INTERBANK COMPETITION AND ITS ROLE IN ENSURING THE STABILITY OF THE BANKING SYSTEM

Abstract

This article examines interbank competition and its role in ensuring the stability of the country's banking system. In addition, the article analyzes the current state of interbank competition in our country and its specific trends, stability of the banking system and the factors influencing it. Relevant conclusions have been developed.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jurayev, I. (2023). INTERBANK COMPETITION AND ITS ROLE IN ENSURING THE STABILITY OF THE BANKING SYSTEM. Economic Development and Analysis, 1(7), 72–79. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44842
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines interbank competition and its role in ensuring the stability of the country's banking system. In addition, the article analyzes the current state of interbank competition in our country and its specific trends, stability of the banking system and the factors influencing it. Relevant conclusions have been developed.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

72



BANKLARARO RAQOBAT VA UNING BANK TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI

Jo‘ra

yev Isroil Ibrohimovich

Toshkent moliya instituti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada banklararo raqobat va uning mamlakat bank tizimi barqarorligini

ta’minlashdagi roli ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, mamlakatimizda banklararo raqobatning joriy holati va
unga xos bo‘lgan tendensiiyalar, bank tizimi barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan va

xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

raqobat, banklararo raqobat, bank kapitali, kredit portfeli, bank barqarorligi, bank

rentabelligi, bank likvidligi.

МЕЖБАНКОВСКАЯ КОНКУРЕНЦИЯ И ЕЕ РОЛЬ В ОБЕСПЕЧЕНИИ

УСТОЙЧИВОСТИ БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ

Жураев Исроил Иброхимович

Ташкентский

финансовый

институт

Аннотация.

В данной статье рассматривается межбанковская конкуренция и ее роль в

обеспечении стабильности банковской системы страны. Также проанализировано современное
состояние межбанковской конкуренции в нашей стране и ее специфические тенденции,

стабильность банковской системы и факторы, влияющие на нее, и даны выводы.

Ключевые слова:

конкуренция, межбанковская конкуренция, банковский капитал,

кредитный портфель, устойчивость банка, рентабельность банка, ликвидность банка.

INTERBANK COMPETITION AND ITS ROLE IN ENSURING THE STABILITY

OF THE BANKING SYSTEM

Jurayev Isroil Ibrohimovich

Tashkent institute of finance

Annotation.

This article examines interbank competition and its role in ensuring the stability of the

country's banking system. In addition, the article analyzes the current state of interbank competition in
our country and its specific trends, stability of the banking system and the factors influencing it. Relevant

conclusions have been developed.

Key words:

competition, interbank competition, bank capital, loan portfolio, bank stability, bank

profitability, bank liquidity.

Kirish.

Mamlakatimiz bank tizimida so‘nggi yillarda raqobat muhitining ijobiy tomonga o‘zgarib

borayotganligi banklarning moliyaviy barqarorligini oshirishga, bank xizmatlari soni va sifatini yanada

yaxshilanishida muhim rol o‘ynamoqda. Banklar o'rtasidagi raqobat darajasining oshib borayotganligi

banklar tomonidan mijozlarni jalb qilish maqsadida kreditlar, depozitlar va boshqa moliyaviy

mahsulotlar bo‘yicha yanada qulay shartlarni taklif qilish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Bu o‘z
navbatida, bank sohasida xizmat ko‘rsatish sifati va innovatsiyalarning yaxshilanishiga, mavjud

resurslardan yanada samarali foydalanishiga, o‘

z xarajatlarini optimallashtirishga, bank biznesi

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

VII SON - NOYABR, 2023

UO‘K:

336.714

72-79


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

73

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda banklar sonining ortib borayotganligi, bank tizimiga raqamli

texnologiyalarning keng joriy etilayotganligi, shuningdek, xorijiy banklar filial va bo‘linmalari sonining

ortib borayotganligi, bank tizimini yanada erkinlashtirish borasidagi islohotlar ko‘lamining

kengayayotganligi, banklar faoliyatini transformatsiyalashuv jarayonlarining yangi bosqichga

ko‘tarilayotganligi banklar o‘rtasida raqobatning yanada ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Shunga qaramasdan, mamlakatimizda davlat ulushi mavjud banklar va boshqa banklar o‘rtasidagi

raqobat darajasining ma’lum darajada cheklanib qolayotganligi, moliyaviy bozorlarning kam

rivojlanganligi, bank tizimida ayrim imtiyozlarning saqlanib qolayotganligi, aholining moliyaviy

savodxonligining umumiy darajasi, davlat banklarida rentabellik darajasining past darajasi, muammoli
aktivlar hajmining ortib borayotganligi va boshqa omillar mamakat bank tizimini raqobatbardoshligini

ta’minlash borasidagi ishlarni

izchil davom ettirish zarurligini taqozo etmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Banklararo raqobat haqidagi nazariy qarashlarning evolyutsiyasi bank tizimida raqobatning

rolini va ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Asli Demirguc-Kunt va Harry Huizinga (2004

) o‘zlarining "Bozor intizomi va depozitlarni

sug‘urtalash" nomli maqolalarida banklararo raqobatni tadqiq qilishadi. Bu ishda ular ikki omil –

davlat

tomonidan

omonatlarni sug‘urtalash tizimi va banklararo raqobatning o‘zaro ta’sirini tahlil qilishgan.

Ular banklararo raqobat bozor intizomini oshirishi va bank tizimi risklarini kamaytirishi mumkin degan

xulosaga kelishadi. Banklar o‘rtasidagi yuqori darajadagi ra

qobat resurslarni yanada ehtiyotkorlik bilan

boshqarishga va ishonchli bank amaliyotlari o‘tkazishga undaydi, chunki banklar mijozlar ishonchi va

o‘z biznesining barqarorligi uchun raqobatlashishi kerak deb ta’kidlashadi.

Xavier Vives (2016)

“banklararo raqobat bank tizimining samaradorligiga hissa qo‘shishini va

monopollashish darajasini pasaytirishi, innovasiyalar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishini
ta’kidlaydi.

Bu ikkala yondashuv ham banklararo raqobat, moliyaviy barqarorlik va bank tizimining

samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Ularda bank sohasida raqobatning ahamiyati va uning

bank tizimining samaradorligi hamda barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.

Xavier Vives (2016) shuningdek, bozor konsentrasiyasi va uning banklararo raqobat va

barqarorlikka ta’siri bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. U raqobatning bozor tuzilishi va bank

faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan turli mexanizmlarni muhokama qiladi. U raqobat va barqarorli

k

o‘rtasidagi muvozanatni saqlash uchun samarali tartibga solish zarurligi haqidagi g‘oyalarni ilgari

suradi.

Fikrimizcha, Xavier Vivesning (2016)

raqobat va barqarorlik o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor

qaratishi bank sektorida samarali boshqaruv siyosatini shakllantirish va nazorat qilishda ushbu
omillarni hisobga olish zarurligi bilan izohlanadi.

O‘zbekistonlik iqtisodchi olim Mirzaev

(2009)

“banklararo raqobat deb, odatda, tijorat banklari

o‘rtasida resurslar jalb qilish va mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish borasida yuzaga keladigan

raqobat tushuniladi” deb izohlaydi.

Arifxodjaevaning (2016)

fikriga ko‘ra, “banklararo raqobat avvalambor mijoz uchun kurashdan

iborat bo‘ladi. Qaysi bankning mijozlari ko‘p va obro‘li bo‘lsa o‘sha bankning o‘z manfaatlarini yuzaga

chiqarish

imkoniyatlari yuqoridir”.

Bizning fikrimizcha, tijorat banklarida raqobat nafaqat mijozlarni ko‘proq jalb qilish, balki

resurslar, kreditlar va boshqa moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan kurash sharoitida ham yanada kengroq

namoyon bo‘ladi.

Mahalliy olimlardan Qurbonov o‘zing ilmiy tadqiqotlarida bank tizimining barqarorligini

ta’minlashda bank kapitallashuv darajasini oshirishning zamonaviy yo‘llariga alohida e’tibor qaratgan

(Kurbanov, 2022; Kurbanov, Asirarov, 2022; Kurbonov, 2021).

Yana bir iqtisodchi olim Yuldasheva (2022)

“Bank raqobati –

moliya bozorining ishtirokchilari,

xususan, kredit tashkilotlari o‘rtasidagi kreditlar, depozitlar va boshqa bank mahsulotlarini sotish
uchun kurash sifatida qaralishi, hamda doimiy tadqiqotlar o‘tkazib borilishi kerak bo‘lgan jarayon

sifa

tida baholanishi lozim” deya ta’kidlagan.

Xorijlik ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra “banklararo raqobat banklarning riskli faoliyatini

kuchaytirishi mumkin, chunki banklar o‘z mijozlariga qulay shartlar taklif qilish orqali ko'proq

mijozlarni jalb qilishga intiladi, bu esa ularning riskli aktivlarini oshirishi mumkin. Boshqa tomondan,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

74

raqobat banklarni yanada samarali ishlashga va innovatsion yondoshuvlarni joriy etishga undaydi, bu

esa ularning barqarorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi”

(Klapper, Leora & other, 2009).

Yana bir boshqa xorijlik olimlar “Bozor raqobati kuchayganda, banklar mijozlarni jalb qilish uchun

kredit foiz stavkalarini pasaytirishga va depozit stavkalarini oshirishga majbur bo‘lishi mumkin, bu esa

ularning daromad marjasini pasaytiradi va moliyaviy

mustahkamligiga ta’sir qilishi mumkin

(Christian, Kersting & other, 2020)

deb ta’kidlashadi.

Umuman olganda, banklararo raqobat sharoitda tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning

zarurligi shundaki, banklar raqobatga kirishish natijasida o‘zlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil

qilishi, bank xizmatlari bozoridagi roli va ulushini yanada oshirish uchun strategiyalar ishlab chiqishi,

mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda innovatsion yondoshuvlarni yanada kuchaytirish imkoniyatlarini

oshirishlari mumkin bo‘ladi

(

Jurayev, 2021)

.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolani tayyorlashda mamlakatimizdagi banklararo raqobat darajasi va uning banklar

barqarorligini oshirish bo’yicha amaliy ma’lumotlar tahlil qilindi va barcha foydalanilgan ma’lumotlar

amaldagi qonun hujjatlari va Markaziy bankning statistik ko’rsatkich

lari asosida mualllif tomonidan

tadqiq qilindi. Maqolada guruhlashtirish, taqqoslash, tizimli yondashuv, va tarkibiy tahlil usullari

ko’llanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Banklararo raqobat haqiqatan ham bank sohasida muhim omil hisoblanadi. Bu banklararo

bozorda banklar o‘rtasidagi raqobat muhiti va dinamikasini bildiradi, bu yerda banklar bir

-biridan

kredit oladi va

mablag‘lar jalb qiladi. Banklararo raqobatning ahamiyatini ko‘rsatib beradigan bir nechta

asosiy jihatlar mavjud:









1-rasm. Banklararo raqobatni asosiy jihatlari

38

1. Qarz olish xarajatlarini pasaytirish: Banklararo kuchli raqobat banklar uchun qarz olish

xarajatlarini kamaytirishga olib

kelishi mumkin. Banklar boshqa banklarning mablag‘larini jalb qilish

uchun raqobatlashganda, ular banklararo kreditlar bo‘yicha qulayroq foiz stavkalarini taklif qilishlari

mumkin. Bu, pirovardida, qarz oluvchi bankka foyda keltiradi, chunki u pul mablag‘l

arini arzonroq

narxda olishi mumkin, bu esa korxonalar va jismoniy shaxslar uchun yanada qulayroq kredit

stavkalarini taklif etish imkonini beradi.

38

Muallif tomonidan tuzildi.

Qarz olish xarajatlarini

pasaytirish

Mablag‘larni

samarali

taqsimlash

Innovatsiyalar va

xizmatlar sifati

Bozor

samaradorligi va

barqarorligi

Moliyaviy

inklyuziya


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

75

2. Mablag‘larni samarali taqsimlash: Banklararo raqobat banklarni o‘z mablag‘larini eng samarali

va kreditga layoqatli qarz oluvchilarga ajratishga undaydi. Banklar ishonchli va kreditga layoqatli

kontragentlarga ularning daromadlarini optimallashtirish va

obro‘sini saqlab qolish uchun kredit

berishga intiladi. Ushbu raqobat bosimi mablag‘larni yanada samarali taqsimlashga yordam beradi va

kuchli o‘sish potensialiga ega bo‘lgan tarmoqlarga kredit berishda yordam beradi.

3. Innovatsiyalar va xizmatlar sifati: Banklararo raqobat bank sektorida innovatsiyalarni

rag‘batlantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishi mumkin. O‘zlarini afzalliklarini ko‘rsatish va
ko‘proq mijozlarni jalb qilish uchun banklar innovatsion moliyaviy mahsulotlarni, ilg‘or texnologik

yechimlarni va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga intilishadi. Raqobat asosidagi ushbu
innovatsiyalar mijozlarga o‘zgaruvchan ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan ko‘proq mahsulot va

xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi.

4. Bozor samaradorligi va barqarorligi: Sog‘lom banklararo raqobat muhiti resurslarni jalb qilish

va kreditlash amaliyoti borasida bozor sharoitlarini yanada to‘g‘riroq baholash orqali bozor

samaradorligini oshirish imkonini beradi. Banklar raqobatlashganda avvalambor ular samarali faoliyat

yuritish, risklarni samarali boshqarish va moliyaviy barqarorlikni saqlash uchun intiladi. Bu turli xil

iqtisodiy zarbalarga yaxshiroq bardosh bera oladigan mustahkam va barqaror bank sanoatini
yaratishga yordam beradi.

5. Moliyaviy inklyuziya: Banklararo raqobat banklarni o‘z xizmatlarini yetarli darajada bank

xizmatlari ko‘rsatilmyotagan bozorlarga kengaytirishni rag‘batlantirish orqali moliyaviy inklyuzivlikni

rivojlantirish imkonini beradi. Raqobat muhitida banklar moslashtirilgan mahsulotlarni taklif qilish va
ularning geografik qamrovini kengaytirish orqali yangi mijozlar segmentlarini oshirishga xizmat qiladi.

Bu avvallari yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmagan jismoniy shaxslar va korxonalar uchun bank

xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada yaxshilashga yordam beradi.

1-jadval

Banklararo raqobatning ijobiy va salbiy tomonlari

39

t/r

Ijobiy tomonlari

Salbiy tomonlari

1.

Raqobat banklarni yanada samaraliroq
faoliyat

yuritishga,

xarajatlarni

kamaytirishi va o'z mijozlariga sifatliroq

xizmatlar hamda mahsulotlarni taklif
qilishi uchun xizmat qiladi.

Kuchli raqobat banklarni bozordagi ishtirokini
saqlab qolish yoki oshirish uchun katta

tavakkalchilikka undashi df bu bank tizimining

barqarorligiga putur etkazishi mumkin.

2.

Mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun

banklar yangi texnologiyalarni joriy

etishlari

va

innovatsion

moliyaviy

mahsulotlarni ishlab chiqishga undaydi.

Haddan tashqari kuchli raqobat banklarning

rentabelligini

pasaytirishi,

ularning

barqarorligiga putur etkazishi va bank
inqirozlari ehtimolini oshirishi mumkin.

3.

Raqobat iste'molchilar va biznes uchun

bank xizmatlari narxini pasaytiradi.

Agar raqobat faqat narxga qaratilgan bo'lsa,

banklar o'zlarini marjalarini pasaytirishlari
mumkin,

bu

esa

ularni

bozordagi

o‘zgarishshlarga qarshi himoyasiz qiladi.

4.

Kuchliroq raqobat banklarni mijozlarning

keng doirasiga xizmat ko'rsatishga undashi
va shu bilan iqtisodiyotda moliyaviy

xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini

yaxshilaydi.

Banklar ko'proq mijozlarni jalb qilish uchun

kreditlash standartlarini yengillatishi mumkin,
bu esa muammoli kreditlarning ko'payishiga va

moliyaviy beqarorlikka olib kelishi mumkin.

Banklararo raqobatni rivojlantirishga qaratilgan sa’y

-

harakatlar ko‘pincha shaffoflikni ta’minlash,

bozorga kirish uchun to‘siqlarni kamaytirish va adolatli raqobat amaliyotini qo‘llash kabi tartibga
soluvchi choralarni o‘z ichiga oladi. Sog‘lom raqobat va risklarni boshqarish o‘rtasida muvozanatni

saqlash bank tizimining barqarorligi va yaxlitligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.


39

Muallif tomonidan tuzildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

76

2-jadval

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari

40

Ko‘rsatkichlar nomi

01.01.

2019-y.

01.01.

2020-y.

01.01.

2021-y.

01.01.

2022-y.

01.01.

2023-y.

YaIM

407 514,5 511 838,1

580 203,2

734658,3

888342,5

Bank aktivlari

, mlrd. so‘m

214 420

272 727

366 121

444 922

556746

Aktivlarning YaIMga nisbati,

foizda

52,6

53,3

63,1

60,6

62,7

Kredit qo‘yilmalari mlrd. so‘m

133751

211581

276 975

326 386

390049

Kredit qo‘yilmalarining YaIMga

nisbati, foizda

32,8

41,3

47,7

44,4

43,9

Jalb qilingan jami depozitlar,

mlrd. so‘m

70001

91009

114747

156 190

216738

Depozitlarning YaIMga nisbati,

foizda

17,2

17,8

19,8

21,3

24,4

Jami kapital

, mlrd. so‘m

26 679

51 031

58162

70191

79565

Jami kapitalning YaIMga nisbati,

foizda

6,5

10,0

10,0

9,6

9,0

Mamlakatimiz bank tizimining joriy holatini tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi

5 yillikda mamlakat

tijorat banklarining barcha asosiy ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasiga ega bo‘layotganligini
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, tijorat banklari aktivlari 2018

-2022-yillarda qariyb 2,5 barobarga

oshgan bo‘lsa, uning YaIMga nisbatan salmog‘i 10 foizga oshgan. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank
aktivlarining o‘sishi iqtisodiyotda kapitalning yanada samarali taqsimlanishiga yordam berish bilan

birga kreditlar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, banklar o‘z aktivlarini oshib borishini ta’minlagan holda ular bilan bog‘liq risklarni to‘g‘ri

boshqara olsa, bu holat mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlanishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Banklarning aktivlarini o‘sishi mos ravishda bank kredit portfelini ham o‘stirish imkonini beradi.

Mamlakatimiz bank tizimida kredit portfelining ijobiy o‘sish tendensiyasi namoyon bo‘lmoqda. Bank
kreditlarining YaIMdagi salmog‘i 2018

-y

ilda 32,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022

-yilda 43,9 foizgacha

o‘sgan. Bu holat mamlakat bank tizimining iqtisodiyotning “lokomotivi” sifatidagi roli oshib

borayotganlgidan dalolat beradi.

Tijorat banklari aktivlarining o‘sib borishi, kredit qo‘yilmalari hajmining barqaror o‘sishida jalb

qilingan mablag‘larning, jumladan bank depozitlarining barqarorlik darajasi muhim ahamiyatga ega.

Tahlil qilinayotgan davrda bank tizimi depozitlarining mut

laq summada o‘sish tendensiyasi kuzatilgan.

Masalan, 2018-

yilda banklarning depozitlari 70,0 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022

-yilda 2016,7

trln.so‘mni tashkil etib, so‘nggi 5 yilda 3 barobardan ko‘proq oshganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek,

bankla

rning moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblangan bankning

kapitali ham barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon qilgan. Mamlakatimiz tijorat banklari kapitali

so‘nggi 5 yilda 3 barobarga oshib, 2022

-

yil yakunida 79,5 trln. so‘mni tashkil qilgan. 2018

-2022-yillar

oralig‘ida bank kapitalining YaIMga nisbatan ham ijobiy o‘sishi kuzatilgan. Xalqaro ekspertlar tijorat

banklari kapitalinnig mamlakat YaIMga nisbati 6 foizdan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etsa, bu mamlakat

bank tizi

mi kapitallashuvining me’yor darajasida ekanligini e’tirof etishadi.

Regulyativ kapitalni ko'paytirish odatda banklarning moliyaviy mustahkamligiga ijobiy ta'sir

ko'rsatadi, chunki bu ularning yo'qotishlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi va bankrotlik ehtimolini

kamaytiradi. O‘zbekiston Respublikasida boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, moliya tizimining
barqarorligini mustahkamlash maqsadida tijorat banklarining regulyativ kapitali hajmiga qo‘yiladigan

talablar oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankinig tegishli me’yoriy xujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlarga

asosan tijorat banklari kapitalining minimal miqdori 2025-yil 1-

yanvardan e’tiboran besh yuz milliard

so‘mni tashkil etishi belgilangan.

40

www.cbu.uz

–O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

77

3-jadval

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining regulyativ kapitali, depozitlari va

kreditlari hajmi,

(yil oxiriga, trln. so‘m)

(Ibrohimovich, 2019)

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2022 yilda

2018 yilga

nisbatan

o‘zgarishi,

marta

2018

2019

2020

2021

2022

Regulyativ kapital

26 679

51 031

58 162

70 191

79565

3,0

Depozitlar

70 001

91 009

114 747

156 190

216738

3,1

Kreditlar

133 751

211 581

276 975

326 386

390049

2,9

Depozitlar banklar uchun kreditlashning asosiy mablag‘ manbai bo‘lib, aholi va korxonalarning

bank tizimiga bo‘lgan ishonchining muhim ko‘rsatkichidir. Depozitlar darajasining

oshishi odatda bank

likvidligini barqarorlashtirish va oshirishga yordam beradi, bu ham uning barqarorligiga ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Shu bilan birga, qisqa muddatli depozitlar ulushining sezilarli darajada oshishi likvidlik

xavfini oshirishi mumkin, chunki bu bankdan omonatchilarga mablag'larni qaytarishga yuqori darajada
tayyor turishni talab qiladi

41

.

Banklar tomonidan berilgan kreditlar ularning daromadlarining asosiy manbai bo‘lishi bilan birga

katta xavflarni ham yuzaga keltiradi, jumladan

kredit riski, foiz stavkalari riski (bank marjasiga ta’sir

ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan foiz stavkalarining o‘zgarishi) va kontsentratsiya xavfi (bir nechta qarz

oluvchilarga berilgan yirik kreditlar bankning moliyaviy holatiga bog'liqligini oshiradi). Kredit risklarini
samarali boshqarish bank tizimi barqarorligining asosiy omili hisoblanadi.

Tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimiz bank tizimining kapitali, kredit va

depozit bazasi barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Biroq, mamlakatimizda banklar depozitlari

miqdorining kreditlarga nisbatan salmog‘i pastligicha qolmoqda.

Bu holat mamlakat bank tizimining

resurs salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki banklararo raqobat sharoitida tijorat

banklarining moliyaviy resurslar bozoridagi raqobatlashuvi resurslar narxini oshishiga va banklarning
foiz siyosatining samaradorlini pasaytiradi. Bu esa, tijorat banklarining daromaliligi va rentabellik

darajasini pasayishiga olib keligshi mumkin.

Shu sababli tijorat banklari banklararo raqobat sharoitida resurslardan oqilona foydalanish bilan

birga, o‘zlarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ham to‘g‘ri boshqara olishlari

talab etiladi.

Mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimini isloh qilish borasida qabul qilinayotgan

strategiyalarning bosh pirovard maqsadi ham avvalambor, tijorat banklari o‘rtasidagi sof raqobat

muhitini shakllantirish orqali mamlakat bank tizimini barqarorligini yanada oshirishga qaratilgan.

2020-

yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–

5992-sonli

2020-2025-yillarga

mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida

gi Farmoni

qabul qilinib, unda:

bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini joriy

15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;

banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari

ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;

2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va

obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;

xalqaro moliya institutlari ko‘magida «Ipoteka

-

bank» ATIB, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB,

«Asaka» ATB, AT «Aloqabank», «Qishloq qurilish bank» ATB va «Turonbank» ATBdagi davlat ulushlarini

bosqichma-

bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni

(faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotish;

moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida

amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni

modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish,

41

www.cbu.uz

–O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

78

shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma

-bosqich bekor qilish orqali

bank tizimining samaradorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan.

Biroq tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat ulushi mavjud tijorat banklarining bank

tizimidagi o‘rni va bank moliyaviy xizmatlari bozoridagi ulushi yuqoriligicha qolmoqda.

4-jadval

Bank tizimining taqqoslama ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot

42

Ko‘rsatkichlar

01.01.2022-y.

01.01.2023-y.

Ak

tivla

r

Majbur

iyat

lar

Kredit

lar

De

poz

it

lar

Ak

tivla

r

Majbur

iyat

lar

Kredit

lar

De

poz

it

lar

Jami

444922 374005 326386 156190 556746 477181 390049 216738

Davlat ulushi

mavjud banklar, trln.

so‘m

362422 304727 280074 104248 435136 373216 324681 135534

Boshqa banklar, trln.

so‘m

82501 69278 46312 51942 121611 103964 65368 81203

Davlat ulushi

mavjud banklar ulushi,

foizda

81,5

81,5

85,8

66,7

78,2

78,2

83,2

62,5

Boshqa banklarning

ulushi, foizda

18,5

18,5

14,2

33,3

21,8

21,8

16,8

37,5

Jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, mamlakatimiz bank tizimida davlat ulushi mavjud

banklarning bank xizmatlari bozoridagi ulushi sezilarli darajad yuqori ekanligi

ko‘zga tashlanmoqda.

2021-yilda bank tizimi aktivlarining 81,5 foizi, majburiyatlarning 81,5 foizi, kreditlarning 85,8 foizi,

depozitlarning 66,7 foizi mazkur banklar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2022

-yilda bank xizmatlari

bozorida banklararo raqobat muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilgan bo‘lsada, davlat ulushi

mavjud tijolrat banklarining ulushi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Davlat ulushi mavjud bo‘lgan eng yirik banklar beshtaligi (O‘zbekiston Milliy banki,

“O‘zsanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Ipotekabank”, “Agrobank”) ning bank tizimi aktivlaridagi ulushi
70,9% dan 60,5% gacha kamaydi. Davlat ulushi mavjud bo‘lgan boshqa b

anklarning ulushi 11% dan

18% gacha oshgan bo‘lsa, xususiy banklarning ulushi 18,1% dan 21,5% gacha ko‘paydi.

Eng yirik banklar beshtaligining jami kredit portfelidagi ulushi 77% dan 64% gacha kamaydi.

Xususiy banklarning ulushi 11,6% dan 16,6% gacha ko‘paygan bo‘lsa, davlat ulushi mavjud boshqa

banklarning ulushi 19% ga yetdi.

Depozitlar bozorida davlat ulushi mavjud bo‘lgan banklar va xususiy banklar o‘rtasidagi

raqobatdan ko‘ra, xususiy banklar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat kuchliroq hisoblanadi. O‘zKDB bankning

ushbu bozordagi ulushi 8,6% dan 3,6% gacha kamaygan bo‘lsa, “Kapitalbank” o‘z ulushini 4,8% dan

10,9% ga yetkazib oldi. “Hamkorbank” depozitlari ulushi 5,5% dan 3% gacha kamaydi.

Depozitlar uchun raqobatning kuchayishi muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining

jozibadorligida ham o‘z aksini topadi. Masalan, 2017 yilning aprel oyida yuridik shaxslar muddatli
depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,8% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilning dekabr oyiga kelib

12,1% gacha ko‘tarildi, 2022 yilning dekabr oyida esa 16,9% ga yetdi. Jismoniy shaxslarning muddatli
depozitlari bo‘yicha o‘rtacha stavka esa so‘nggi 2 yilda 20% ni tashkil etmoqda

43

.

Raqobat sharoitida banklar doimiy ravishda o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishga, mijozlarni

jalb qilishga va ularga yanada qulay shart-

sharoitlarni taklif qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu bank tizimi

samaradorligini oshirish, aholi va korxonalar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish

42

www.cbu.uz

–O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari

.

43

http://i1.md.uz/-

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institut ma’lumotlari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

79

imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek, bozor ishtirokchilarining moliyaviy savodxonlik darajasini
oshirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, banklararo raqobat alohida banklarning va umuman butun bank tizimining

moliyaviy barqarorligini oshirishga yordam beradi. Raqobat banklarni risklarni boshqarishga yanada

mas’uliyat bilan yondashishga, likvidlik va kapitalning yetarli darajasini ta’minlashga majbur qiladi, bu

esa tizimli inqirozlar ehtimolini kamaytiradi.

Xulosa va takliflar

Banklararo raqobat bank tizimida asosiy rol o'ynaydi va uning barqarorligiga ta'sir qiladi.

Mamlakatda banklararo raqobat muhitini yanada yaxshilash va bank tizimining barqarorligini

ta’minlash maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratish zarur deb hisoblaymiz.

1. Bank sohasida raqobatni yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu

jumladan monopoliyaga qarshi nazoratni kuchaytirish va bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng

sharoitlarni ta’minlash.

2. Banklararo raqobat va investitsion jozibadorlikni oshirish uchun yanada qulay muhitni

ta’minlash maqsadida me’yoriy

-huquqiy bazani takomillashtirish.

3. Bank xizmatlari sifati va qulayligini oshirish uchun texnologik innovatsiyalarni rivojlantirishni

davlat omonidan qo‘llab

-quvvatlash.

4. Aholining barcha qatlamlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ta'minlash uchun

moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish dasturlarini amalga oshirish.

5. Adolatli va sof raqobat muhitini yaratish maqsadida banklar faoliyatining shaffofligini

ta’minlash va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish.

Ushbu chora-tadbirlar O'zbekiston bank tizimidagi banklararo raqobat bilan bog'liq

muammolarni hal qilishga yordam beradi va yanada raqobatbardosh va inklyuziv moliya tizimini
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar/Literatura/Reference:

Arifxodjaeva M.I. (2016)

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida raqobat va uni rivojlanishida

innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. №

6, noyabr-dekabr.

Asli Demirguc-Kunt

and

Harry Huizinga

. (2004) Market discipline and deposit insurance.

Journal of

Monetary Economics

, vol. 51, issue 2, 375-399.

Christian

König gen.

Kersting & Stefan Trautmann & Razvan Vlahu, (2020). "Bank instability:

Interbank linkages and the role of disclosure," Working Papers 665, DNB.

Ibrohimovich, J. I. (2019). Deposit Base of Commercial Banks of Uzbekistan: Modern Status and Ways

to Strengthen. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 3, 10.21070/ijler.2019.V3.35.

https://doi.org/10.21070/ijler.2019.V3.35

Jurayev PhD, I. (2021). Urgent Issues To Increase The Sustainability Of The Banking System Of The

Republic Of Uzbekistan. International Finance and Accounting, 2021(6), 12.

Klapper, Leora & Ariss, Rima & Berger, Allen. (2009). Bank Competition and Financial Stability.

Journal of Financial Services Research. 35. 99-118. 10.1007/s10693-008-0050-7.

Kurbanov, R. (2022). BANKLAR KAPITALLAShUV DARAJASINI OShIRIShNING DOLZARB

MASALALARI. Ekonomika i obrazovanie, 23(4), 96-101.

Kurbanov, R. B., & Asirarov, R. Z. (2022). The role of the bank's initial public offering in increasing

the capitalization of commercial banks. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(4), 30-36.

Kurbonov PhD, R. (2021). Analysis of efficiency indicators of private banks activity. International

Finance and Accounting, 2021(1)

Mirzaev F.I. (2009)

O‘zbekistonda banklararo raqobatni shakllantirishning konseptual asoslari.

Iqtisod fanlari doktori... diss. avtoreferati.

Toshkent:O‘zbekiston Respublikasi Bank

-moliyaakademiyasi,

41 b.

Xavier Vives. (2016) Competition and Stability in Banking: The Role of Regulation and Competition

Policy. Published by: Princeton University Press. Pages: 344.

Yuldasheva S.Sh. (2022)

O‘zbekistonda tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishning

shart-sharoitlari. Iqtisodiyot va ta'lim / 5-son.

References

Arifxodjaeva M.I. (2016) O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida raqobat va uni rivojlanishida innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr.

Asli Demirguc-Kunt and Harry Huizinga. (2004) Market discipline and deposit insurance. Journal of Monetary Economics, vol. 51, issue 2, 375-399.

Christian König gen. Kersting & Stefan Trautmann & Razvan Vlahu, (2020). "Bank instability: Interbank linkages and the role of disclosure," Working Papers 665, DNB.

Ibrohimovich, J. I. (2019). Deposit Base of Commercial Banks of Uzbekistan: Modern Status and Ways to Strengthen. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 3, 10.21070/ijler.2019.V3.35. https://doi.org/10.21070/ijler.2019.V3.35

Jurayev PhD, I. (2021). Urgent Issues To Increase The Sustainability Of The Banking System Of The Republic Of Uzbekistan. International Finance and Accounting, 2021(6), 12.

Klapper, Leora & Ariss, Rima & Berger, Allen. (2009). Bank Competition and Financial Stability. Journal of Financial Services Research. 35. 99-118. 10.1007/s10693-008-0050-7.

Kurbanov, R. (2022). BANKLAR KAPITALLAShUV DARAJASINI OShIRIShNING DOLZARB MASALALARI. Ekonomika i obrazovanie, 23(4), 96-101.

Kurbanov, R. B., & Asirarov, R. Z. (2022). The role of the bank's initial public offering in increasing the capitalization of commercial banks. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(4), 30-36.

Kurbonov PhD, R. (2021). Analysis of efficiency indicators of private banks activity. International Finance and Accounting, 2021(1)

Mirzaev F.I. (2009) O‘zbekistonda banklararo raqobatni shakllantirishning konseptual asoslari. Iqtisod fanlari doktori... diss. avtoreferati. – Toshkent:O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliyaakademiyasi, – 41 b.

Xavier Vives. (2016) Competition and Stability in Banking: The Role of Regulation and Competition Policy. Published by: Princeton University Press. Pages: 344.

Yuldasheva S.Sh. (2022) O‘zbekistonda tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishning shart-sharoitlari. Iqtisodiyot va ta'lim / 5-son.