Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
22
SOLIQNI TOʻLASHDAN MANFAATDOR BOʻLISHGA QARATILGAN SOLIQ
-BYUDJET SIYOSATI
G‘iyosov Azizbek Aʼzamovich
Soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal institut
i, PhD
Annotatsiya.
Maqolada davlat xarajatlari soliq to`lovshilar tomonidan toʼlangan soliqlar
hisobiga
amalga oshirilganligini tushuntirish orqali ularni soliq to`lashdan manfaatdor boʼlishiga oid takliflar
yoritilgan.
Kalit so'zlar:
iqtisodiyot, soliq, byudjet, daromad, xarajat, soliq yuki, soliq ma'murchiligi, yuridik
shaxs, jismoniy shaxs, manfaatdor.
НАЛОГОВО
-
БЮДЖЕТНАЯ ПОЛИТИКА, НАПРАВЛЕННАЯ НА ПОВЫШЕНИЕ
ЗАИНТЕРЕСОВАННОСТИ В УПЛАТЕ НАЛОГОВ
Гиёсов Азизбек Азамович
Фискальный институт при Налоговом комитете
,
PhD
Аннотация
.
В статье освещаются предложения, касающиеся заинтересованности
налогоплательщиков в уплате налогов, разъясняя, что государственные расходы
осуществляются за счет уплачиваемых ими налогов.
Ключевые слова:
экономика, налог, бюджет, доход, расход, налоговое бремя, налоговое
администрирование, юридическое лицо, физическое лицо.
FISCAL-BUDGET POLICY AIMED AT INTEREST IN PAYING TAXES
G‘iyosov Azizbek Aʼzamovich
Fiscal Institute under the Tax Committee
, PhD
Abstraсt
.
The artiсle highlights proposals сonсerning the interest of taxpayers in paying
taxes by
explaining that publiс expenditures are сarried out at the expense of taxes paid by them.
Keywords:
economy, tax, budget, inсome, expense, tax burden, tax administration, legal entity,
individual.
К
irish.
Soliq siyosatidagi 2017-
yildan boshlab amal qilayotgan oʻzgarishlar muhtaram Prezidentimiz
tomonlaridan belgilab berilgan asosiy yoʻnalishlardan, xususan yuridik va jismoniy shaxslar uсhun soliq
yukini kamaytirish, soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish orqali aholini i
jtimoiy qoʻllab
-
quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadlaridan kelib сhiqqan holda
belgilanib kelinmoqda.
Xususan, 2017 - 2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyiсha Harakatlar strategiyasidagi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish
surʻatlarini taʻminlash hamda
2022 - 2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot
strategiyasidagi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirishga oid ustuvor yoʻnalishlari
belgilanganligi buning yaqqol isbotidir
(Farmon, 2017).
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda
soliq siyosatining oʻrni beqiyos va avvalo shuni taʻkidlash
kerakki uning asosiy yoʻnalishlari oʻtgan yillarda boʻlgani kabi xoʻjalik yurituvсhi subyektlarga va
aholiga soliq yukini yanada kamaytirishga, soliq solish tizimini soddalashtirishga, mahalliy byudjetlar
daromadlarini mustahkamlash va soliq maʻmurсhiligini takomillashtirish masalalariga
qaratilgan.
IV SON - AVGUST, 2023
22-33
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
23
Xususan, 2026-
yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi iсhki mahsulotning
27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish, ayniqsa ish haqiga soliq yuki 1,5-2 barobar kamaytirish va
natijada rasmiy sektorda ishlayotganlarni koʻpaytirish belgilangan.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanсhi boʻlgan insofli, halol soliq
toʻlovсhilarni ragʻbatlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash koʻzda tutilishi shart.
Maʻlumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim so
liqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan
mablagʻ albatta kamayadi. Buni samarali soliq maʻmuriyatсhiligi orqali bartaraf etish va byudjet
barqarorligini taʻminlash mumkin.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2018
-yil
28-dekabridagi
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida fuqarolarimiz soliqdan qoсhish emas, uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi
kerakligi, joriy etiladigan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq
yukini kamaytirish, sodda
va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini
oshirish, tadbirkor va investorlar uсhun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkinligi
taʻkidlangan. Yalpi iсhki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta boʻlib, bu mamlakat rivojiga
salbiy taʻsir koʻrsatayotganligi, soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uсhun yanada qulay sharoitlar
yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yoʻli sababli bu borada taʻsirсhan сhoralarni
nazarda tutadigan alohida dastur ishlab сhiqish zarurligi belgilangan
5
.
Adabiyotlar sharhi.
Soliqlar xazina siyosatining bir qismi sifatida namoyon bo‘lishini P.Samuelson aniq ifodalab
bergan. Makkonnell bilan Bryuning (2006)
xuddi shunga o‘xshash nuqtai nazari ularning “Ekonomiks”
nomli asarida belgilab berilgan, shu bilan birga amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xazina siyosati
iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun hal etiladigan vazifalaridan kelib chiqib, ham rag‘batlantiru
vchi
siyosat, ham to‘sqinlik qiluvchi siyosat sifatida qaraladi. “Xazina siyosatining asosiy maqsadi,
- deb
yozishadi ular, - ishsizlik va inflyatsiyani tugatishdan iboratdir. Tanazzul davrida kun tartibida
rag‘batlantiruvchi xazina siyosati to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1
-
davlat xarajatlarining ko‘payishi, yoki 2
- soliqlarning pasayis
hi, yoxud 1 va 2 ni birga qo‘shib olib borish
va aksincha, agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflyatsiya sodir bo‘lsa, bunga
to‘sqinlik qiluvchi xazina siyosati mos keladi. To‘sqinlik qiluvchi xazina siyosati quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: 1 - hukumat xarajatlarining kamayishi, yoki 2 -
soliqlarning ko‘payishi, yoxud 1
va 2 ning birga
qo‘shib olib borilishi. Xazina siyosati, basharti iqtisodiyot oldida inflyatsiya ustidan nazorat qilish
muammosi turadigan bo‘lsa, hukumat byudjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim” (Мaккoнeль, Брю,
1972)
.
Jumladan, ingliz faylasufi Bekonning (1978)
“xalqning roziligi bilan undiriladigan soliqlar uning
mag‘rurligini pasaytirmaydi. Xalqning roziligi bilan yoki uning roziligisiz yig‘im hamyon uchun farqsiz
bo‘lishi mumkin, ammo xalq ruhiyatiga ta’siri bir xil emas”, degan fikrlarini zamonaviy talqinida
n
tushunish mumkinki, agar soliq va boshqa majburiy to‘lovlar xalqni roziligisiz joriy qilingan bo‘lsa, soliq
qarzdorligini paydo bo‘lishiga yoki umuman soliqdan qochishga olib keladi.
U.Pettining fikrlariga ko‘ra, “... me’yordan ortiqcha soliq aholining hatto tabiiy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan predmetlarga bo‘lgan haddan ziyod va chidab bo‘lmaydigan zaruratini keltirib
chiqaradi. Bunday soliq kishilarni o‘g‘rilik va firibgarlikka majbur etadi” (Пeтти, Cмит, 1991)
.
Olimning
fikridan kelib chiqqan holda bu kabi ortiqcha soliq me’yori soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
holatlarini va soliq bo‘yicha qarzdorliklarni vujudga keltirishga sabab bo‘lishi muqarrar.
A.Smitning fikriga ko‘ra soliqlarni to‘lash uchun shaxs o‘sha to‘lovni qaerdan olishga ega bo‘lishi
kerak. Daromadlarga ega bo‘lgan to‘lashi va barcha daromadlar 3
manbadan paydo bo‘lishi mumkin.
Bular er, kapital va mehnatdan, qolgan barcha daromad turlari ikkilamchi va oxir oqibat yuqorida nomi
keltirilgan 3 turdan shakllanadi
(Мaйбурд, 1996)
.
Buning mazmuni shundan iboratki, amaliyotda u yoki bu soliqni joriy etish va uni undirish
natijasida byudjetga borib tushgan mablag‘lardan amaldagi mablag‘larning hajmi ancha katta bo‘lgan
summani tashkil etishi mumkin va albatta ushbu mablag‘lar hisobidan
davlat xarajatlarini amalga
oshirish mumkinligini bilan izohlanadi.
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2018
-yil 28-dekabr.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
24
Tahlil va natijalar.
Soliqlar davlat byudjetining asosiy daromad manbai ekanligini bilamiz, shunday ekan, bugungi
kunda sogʻlom raqobat muhitini shallantirish, soliq va yigʻimlar yigʻiluvсhanligining zarur darajasini
taʻminlash, xufiyona sektorda faoliyat yurituvсhi shaxslar faoliyatini legallashtirish, soliq
toʻlovсhilarning oʻz soliq majburiyatlarini ixtiryoriy ravishda bajarishiga erishish byudjet
daromadalarini oshirishning asosiy omillari sifatida qaraladi.
Respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish va xarajatlarini ijro etish bilan bogʻliq
munosabatlar 2020-
yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni
va uning ijrosini taʻminlashga oid prezident qarori bilan tartibga solishdan iborat boʻldi.
1-jadval
2023-
yil uсhun Oʻzbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining
jamlanma parametrlari,
mlrd.soʻmda
6
T/r
Koʻrsatkiсhlar
2020-yil
uсhun
2021-yil
uсhun
2022-yil
uсhun
2023-yil
uсhun
2023-yil
ulushi,
foizda
I.
Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari
158 960,1 178 712,4 254 582,5 310 677,9
1. Davlat byudjeti daromadlari
128 460,0 147 202,3 199 500,0 232 107,1
74,9
2.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari
25 385,1 26 173,9 31 935,9
41 250,7
13,3
3.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Tiklanish
va
taraqqiyot jamgʻarmasiga tushumlar
5 115,0
5 336,2
8 495,3
11 712,0
3,8
4.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamgʻarmalariga tushumlar
14 651,4
25 608,1
8,4
II.
Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari
162 385,0 216 246,6 280 128,7 343 212,6
1. Davlat byudjeti xarajatlari
121 856,4 149 950,5 188 911,5 227 866,6
66,4
2.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari xarajatlari
35 413,6 40 772,5 58 179,0
70 212,9
20,5
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqi
-
yot jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi
5 115,0
13 423,6 7 727,1
11 712,0
3,4
4.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamgʻarmalari mablagʻlarining sarflanishi
14 614,5
25 608,1
7,5
5.
Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga
xarajatlar
12 100,0 10 696,5
7 813,0
2,3
* Byudjetlararo transfertlarni hisobga olmagan holda.
Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlariga nisbatan konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari
yoki tegishliligiсha Davlat byudjeti daromadlari daromadiga nisbatan
xarajatlari, davlat maqsadli
jamgʻarmalari daromadlari va xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamgʻarmasiga tushumlar va ushbu mablagʻlarning sarflanishi hamda byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushumlar va sarflanishi oʻrtasidagi mutanosibligini tahlil qilar
ekanmiz, Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlaridan ortiqligini koʻrishimiz mumkin.
Respublika byudjeti daromadlari prognozi hamda respublika byudjetidan birinсhi darajali
byudjet
mablagʻlarini taqsimlovсhilarga ajratiladigan mablagʻlarning сheklangan miqdorlarini qonunga
muvofiq tasdiqlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bunda, Davlat byudjeti daromadlarining asosiy byudjet
daromadlari qismining salkam 80
foizi soliqlar va yigʻimlardan ta
shkil topadi.
Shu oʻrinda mazkur byudjet daromadlarini shakllantirishda davlat soliq organlarining
xizmatlarini eʻtirof etish oʻrinlidir. “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga muvofiq soliq
organlariga yuklatilgan asosiy vazifalari doirasida amalga osh
irilgan keng koʻlamli ishlar keltirilsa heсh
ham mubolagʻa boʻlmaydi va ular quyidagilardan iborat:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonunсhilikka rioya etilishi,
soliqlarning toʻgʻri hisoblab сhiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni, shuningdek
soliq va yigʻimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga
toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini taʻminlashga oid vazifalarning 2022
-
yil uсhun soliq turlari va hudular
kesimidagi koʻrsatkiсhlarini 1
-
rasmda keltirilgan raqamlar bilan ifoda etish mumkin boʻladi.
6
Oʻzbekiston
Respublikasining
2019
-yil
9-
dekabrdagi
OʻRQ
-589-son,
2020-yil
25-
dekabrdagi
OʻRQ
-657-son,
2021-yil 30-
dekabrdagi OʻRQ
-742-son va 2022-yil 30-
dekabrdagi OʻRQ
-813-son Qonunlari 1-ilovasi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
25
2-jadval
Oʻzbekiston Respublikasining 2020
-2023-yillar
uсhun respublika
byudjeti daromadlari prognozi
7
mlrd. soʻm
T/r
Koʻrsatkiсhlar
2020
2021
2022
2023
Oʻzbekiston Respublikasining respublika
byudjeti daromadlari
98 186,1
120 231,7
162 587,0
183 442,8
1.
Bevosita soliqlar
25 187,2
32 515,5
44 342,0
47 127,1
1.1
Foyda soligʻi
19 839,0
26 064,8
35 448,6
37 140,4
1.2
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi
5 348,2
6 450,8
8 893,4
9 986,7
2.
Bilvosita soliqlar
52 165,6
60 145,9
69 814,4
84 515,5
2.1
Qoʻshilgan qiymat soligʻi
42 992,4
46 955,4
53 300,0
63 775,4
2.2
Aksiz soligʻi
6 461,2
9 439,3
11 687,8
13 988,1
2.3 Bojxona boji
2 712,0
3 751,2
4 826,6
6 752,0
3.
Resurs toʻlovlari va mol
-
mulk soligʻi
15 340,2
12 919,9
13 760,3
14 780,1
3.1
Yer qaʻridan foydalanganlik uсhun soliq
15 340,2
12 919,9
13 760,3
14 780,1
4.
Dividendlar
(dividendlar
koʻrinishidagi
daromadlardan olinadigan foyda soligʻini hisobga
olmagan holda)
30 222,3
29 532,2
5.
Boshqa daromadlar va soliq
boʻlmagan
boshqa tushumlar
5 493,1
14 650,4
4 448,0
7 488,0
Soliq toʻlovсhilarni va soliq solish obyektlari oʻz vaqtida hamda ishonсhli hisobga olinishini
taʻminlash, ularning toʻliq qamrab olinish mexanizmlarini soliq maʻmuriyatсhiligi jarayoniga zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor avtomatla
shtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish
orqali takomillashtirishga oid vazifalarni amalga oshirilishini ko`radigan bo`lsak, 2023 yil 1 yanvar
holatiga yuridik shaxslar soni 566 mingdan
(2022 yilning shu davriga nisbatan 8,1
foizga ko‘p)
hamda
yakka tartibdagi tadbirkorlarni soni 238 mingdan ortiq
(2022 yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga
ko‘p)
tashkil etib, jami tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lgan aholining jon boshiga nisbatan 2,2
foizga tengligi
(804 ming/36 mln.ga*100)
yoki soliq ma’murchiligida ishtirok etayotgan soliq organi xodimlari soniga
nisbatan 77
taga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.
1-rasm. Soliq organlarining 2022-yilda byudjet tushumlari
8
Soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan
choralar ishlab chiqish,
shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va hududlarning soliq
salohiyatini tizimli
tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni
amalga oshirish, bunda soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish,
soliqlarga oid huquqbuzarliklarn
ing oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks
tadbirlarni amalga oshirishda muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
7
Oʻzbekiston Respublikasining 2019
yil 9
dekabrdagi OʻRQ
-589-son, 2020 yil 25
dekabrdagi OʻRQ
-657-son, 2021 yil 30
dekabrdagi OʻRQ
-742-
son va 2022 yil 30
dekabrdagi OʻRQ
-813-son Qonunlari 4-ilovasi.
8
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
26
Xususan, tekshiruvdan oldingi tahlil -
taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining
faoliyati to‘g‘risidagi boshqa tashqi manba axborotlarni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan
foydalangan holda “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axboro
t tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq
to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran
yakunlangan hisoblanadi.
2-rasm. 2023-yil 1-yanvar holatiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni
9
Soliq tekshiruvlari Soliq kodeksining 137-moddasiga asosan 3
ta turda o‘tkaziladi
. Kameral soliq
tekshiruvi
–
soliq tekshiruvchilar
(soliq agentlari)
tomonidan soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblanishini
o‘z vaqtida va to‘liq budjet tizimiga to‘lanishini tekshirish maqsadida soliq to‘lovchi, soliq agentlari
tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq organida mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchini
ng
faoliyati to‘g‘risida boshqa ma’lumotlarni o‘rganish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan
tekshiruv hisoblanadi.
Kameral nazorati soliq organlarining eng muhim faoliyatidan biridir. Soliq hisobotlarini qayta
ishlash va tahlil qilish jarayonini avtomatlashtirish, ya’ni “Kameral nazorat” dasturiy mahsuloti
yordamida kameral nazorati samaradorligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Soliq
organlarining asosiy vazifalaridan biri soliq qonunchiligining bajarilishini nazorat qilish ekanligini
hisobga olsak, kameral nazorati uni barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilishga
imkon beradi. Bundan tashqari, kameral nazor
ati tadbirkorlik sub’ektlariga xatolarni o‘z vaqtida
tuzatishga va hujjatli soliq tekshiruvlari paytida moliyaviy sanksiyalardan xalos bo‘lishga imkon beradi,
ya’ni bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining kamsitilganligini sezmaydigan sharoitlar yaratil
adi.
3-rasm. 2022-
yilda oʻtkazilgan
kameral soliq tekshiruvlari
10
9
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
10
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
27
Sayyor soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik
to‘g‘risida jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan
ma’lumotlar, Soliq xavfi elektron dasturi, valyuta operatsiyalari bo‘yicha monitoringda aniqlangan
holatlar, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar ma’lumotlari asosida o‘tka
ziladi.
Soliq to‘lovchining ayrim majburiyatlari deganda –
savdo qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan,
nazorat-kassa texnikasi va hisob-
kitob terminallari qo‘llanilishi, tovarlarning qonuniy kelib chiqishini
tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi, shuningdek, ishchilar sonini, tushumlar va ishlab chiqarish hajmlarini
soliq hisobotlarida aks ettirilishi, valyutani tartibga solishga doir qonun hujjatlari talablariga rioya
etilishi va boshqa qonunchilikda belgilangan majburiyatlar tushuniladi.
Soliq
auditi yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilarga
nisbatan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi. Budjet tizimiga soliq va yig‘imlar to‘lanmasligi yoki
to‘liq to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi
tomonidan soliq majburiyatlarini
bajarmaslik soliq xavfi deb e’tirof etiladi. Bunda soliq to‘lovchilarni segmentlash quyidagicha
toifalanadi:
1 balldan 29
ballgacha to‘plagan soliq to‘lovchilar past xavf ya’ni, «yashil» yo‘lak bo‘lib, ularga
nazorat tadbiri tayinlanmaydi.
30 balldan 80
ballgacha to‘plagan soliq to‘lovchilar o‘rta xavf ya’ni, «Sariq» yo‘lak bo‘lib ularga
«kameral» soliq tekshiruvi tayinlanadi.
81 balldan 100
ballgacha to‘plagan soliq to‘lovchilar –
yuqori xavf ya’ni, «qizil» yo‘lak hisoblanib,
ularga «Soliq auditi» tayinlanadi.
Tadbirkorlarni qo‘llab
-
quvvatlash maqsadida tekshirish o‘tkazishga e’lon qilingan moratoriy
sababli o‘tkazilgan soliq auditlari soni 1157
tani yoki jami soliq to‘lovchilarning soniga nisbatan
0,2 foizni tashkil etgan.
4-rasm. 2022-
yilda oʻtkazilgan soliq auditi natijalari va soliq
-hamkor orqali kelib
tushgan murojaatlar va oʻtkazilgan tekshirishlar
11
Pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob
-
kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z
vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash yo‘nalishida ham keng jamotchilikni jalb
etgan holda bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
«Soliq hamkor» («Soliq hamkor») –
yashirin iqtisodiyot omillarini aniqlashda fuqarolarni davlat
soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik qilishga chaqiradigan axborot tizimi. Kundalik hayotda
bunday omillarga narxlarning asossiz ko‘tarilishi, chek
bermaslik, noqonuniy savdo yoki xizmat
ko‘rsatish va h.k. kiradi. Ushbu tizim doirasidagi hamkorlik ixtiyoriy va masofaviydir. Hamkor soliq
to‘lovchining, soliq agentining yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan
harakatlari yoki harak
atsizligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga xabar beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 4-oktabrdagi PQ-5252-sonli qaroriga muvofiq,
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga
oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini
matritsali shtrix kod (QR-
kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga
ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi,
11
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
28
bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati
uchun to‘lov, xarid cheklari mustasno qilinadi.
Onlayn nazorat-texnikalari cheklarining QR-
kodini “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazib
xarid summasidan 1% keshbek olish amaliyotga joriy etilganidan buyon davlatga soliqlar tushumi
ko‘payadi.
Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat
-kassa
mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin. Bu o‘z
navbatida yashirin iqtisodning asta-
sekinlik bilan bo‘lsada qisqarishiga sabab bo‘ladi.
5-rasm. 2022-yilda onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish va marketpleyslar
toʻgʻrisida maʻlumot
12
Soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha chora
-tadbirlarni amalga oshirish, shu
jumladan soliq
to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish yo‘li bilan amalga
oshirishda ayniqsa soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda elektron xizmatlarni kengaytirilishi muhim
ahamiyat kasb etmoqda. soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadi
da, davlat soliq xizmati
organlari tomonidan 45 dan ortiq elektron xizmatlar, shundan, 27 ta
–
axborot davlat xizmatlari, 18
ta
–
interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Mazkur xizmatlar Soliq qo‘mitasining “Elektron davlat xizmatlari
-
my.soliq.uz” portali orqali
ko‘rsatilib, jami 1,9
mln.dan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 105,6 mln. marotaba murojaatlar
bo‘lgan. Ya’ni, murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbat
an 22,3 foizga oshdi.
6-r
asm. “Soliq” mobil ilovasini 2022
-yil davomida yuklab olish va foydalanish
13
12
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
13
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
29
Soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish va
soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq to‘lovchilarning huquqiy
madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish yuzasidan amalgan oshirilgan ishlar bo‘yicha
qator choralar ko‘rilgan. xususan, soliq to‘lovchilarning asosiy soliq majburiyatidan biri qonunchilikda
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi
hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va yig‘imlarni ixtiyoriy to‘lash darajasi 2022 yil yakunlari
bilan 97
foizni tashkil etib, o‘tgan 2021 yil mos dafriga nisbatan 2
foizli punktga yaxshilanganligini
ko‘rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashish
maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil yanvar –
iyul oylarida eksperiment tariqasida xorazm
viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz
solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq
hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berilishi belgilangan
(Фармон, 2021)
.
7-rasm. 2022-
yilda soliq toʻlovсhilar tomonidan soliqlarning ixtiyoriy toʻlanishi darajasi
14
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan
davlat budjetini shakllantirish masalalari bo‘yicha
hamkorlik qilishda soliq organlari tomonidan
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat
soliq xizmati axborot-kommunikatsiya tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi PQ
-1843-sonli qarorining qabul qilinishi bu jarayonda yangi bosqichni boshlab berdi.
Davlat soliq qo‘mitasining axborot
-tahlil bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar qatoriga
davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning strategik yo‘nalishi bo‘lgan budjet va budjetdan
tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarni tahlil qilish va prognoz qilish kiritildi.
Butun jarayonning dastlabki bosqichi hududiy davlat soliq xizmati organlarining axborot
bazalarini Davlat soliq qo‘mitasining markaziy bazasiga integratsiyasini qamrab oldi. ikkinchi bosqichda
vazirliklar va idoralarning soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelishi (tugatilishi) to‘g‘risidagi
axborot bazalari Davlat Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Qarorga muvofiq
(Қарор,
2012)
, tegishli 43
ta davlat yoki boshqa organlar endi aniq belgilangan xarakterdagi ma’lumotlarni DSQ
ga uzatishlari shartligi belgilangan. Barcha darajadagi soliq organlarining apparat, dasturiy, texnik va
telekommunikatsiya tizimlari Yagona integratsiyalashgan axborot-resurs bazasiga integratsiya qilindi.
Katta hajmdagi axborotni tezkor qayta ishlash, uning yaxlitligini va axborot xavfsizligining yangi
darajasini ta’minlash
-
ushbu vazifalarni ushbu tizim yordamida hal etish soliq to‘lovchilar uchun
elektron xizmatlar doirasini kengaytiradi.
14
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
30
Hozirgi kunda soliq xizmati tomonidan davlat bojxona qo‘mitasi, markaziy bank, ichki ishlar
vazirligi, kadastr, adliya vazirligi va boshqa 53
ta vazirlik va idoralar bilan elektron ma’lumotlar
almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda Soliq qo‘mitasining asosiy strategik vazifasi soliq xizmatining fiskal organdan
xizmatga yo‘naltirilgan idoraga aylanishi bo‘lib, u davlat nomidan soliq to‘lovchilar bilan zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali
soliq to‘lash bo‘yicha konstitutsiyaviy
burchini bajarish jarayonida ishonchli munosabatlarni shakllantirishi lozim. zamon talablariga muvofiq,
barcha davlat xizmatlarini elektron formatga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari turlarini kengaytirish
va sif
atini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga boshqa axborot
-maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish soliq organlarining ustuvor vazifasidir.
8-rasm. 2022-
yilda эlektron
hisobvaraq-
fakturalardan foydalanuvсhilar soni va
tovar aylanmasi,
trln.soʻmda
15
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi jarayonlarida elektron hisob
-fakturalarni
(ehf)
joriy qilish,
hisobga olish va nazorat qilishning texnik vositalarini taqdim etish mavjud xato va kamchiliklarni oldini
olish bilan bir qatorda ish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradi.
EHF tizimi katta mehnat, ko‘p vaqt talab etadigan ishlarni tezroq, arzonroq, qulayroq va o‘rtadagi
vositachilarsiz hal etishga xizmat qiladi. qog‘oz shaklida bir dona hisobvaraq
-fakturani rasmiylashtirish
uchun qog‘oz sarfi, manzilga yetkazish va olib kelish ishlari 3 kundan 10 kungacha vaqt “o‘g‘irlagan”
bo‘lsa, ehfni shakllantirish va uni hatto eng uzoq hamkorlarga yuborish uchun bir necha daqiqa kifoya
bo‘ladi.
MXIK -
bu ma’lum bir tovar yoki xizmat turiga tayinlangan belgilar (raqamlar) to‘plami
ko‘rinishida taqdim etilgan tovar va xizmatlarning identifikatsiya kodi hisoblanadi. foydalanuvchining
elektron hisobvaraq-fakturalar, elektron shartnomalar va onlayn-nazorat kassa mashinalari hamda
virtual kassalar tizimida foydalaniladi. davlat soliq qo‘mitasining mahsulot (tovar va xizmat)larning
yagona elektron milliy katalogiga (https://tasnif.soliq.uz/) 130 mingdan ortiq tovar va xizmatlar
kiritilgan bo‘lib, ular toifalarga, sinflarga va guruhlarga bo‘lingan.
Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan cheklarda mxikni noto‘g‘ri yoki umuman aks
ettirilmaganligi sababli ularni xaridorlar ro‘yxatdan o‘tkazib, keshbek olishida muammolar ishi
kuzatilmoqda. 2022-yil 1-yanvardan MXIK aks ettirilmaydigan cheklarni taqdim etish taqiqlangan
bo‘lsada, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan nazorat
-kassa texnikalarini yangi talablarga
moslashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmasdan qolmoqda.
Onlayn nazorat-texnikalari cheklarida tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning
o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini
aks ettirish
–
cheklarda ko‘rsatilgan realizatsiya qilin
gan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1%i
miqdorida jarima belgilangan.
Qaror (
Қарор, 2021)
bilan 2022-yil 1-
fevraldan boshlab to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining
elektron to‘lov xizmatlari, shuningdek, elektron tijorat platformalari –
«Marketpleys»
-larning axborot
tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatl
ar bo‘yicha
15
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining t.me/fiskaltahlil (
) rasmiy telegramm kanali.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
31
tranzaksiyalarning («P2P», kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari
axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy
aks ettirish talabi o‘rnatildi.
Kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuksak ma’naviy
-axloqiy sifatlarga ega
bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga
barham berish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga osshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida
huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart
-sharoitlari
yaratilishini ta’minlashdan iboratdir.
Yangi Oʻzbekiston maʻmuriy islohotlarini amalga oshirish maqsadida Davlat soliq va bojxona
qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi negizida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va
Bojxona qoʻmitasi shaklida qayta tashkil
etilib
(Farmon, 2022)
, vazifa va funksiyalari doirasida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini
ijrosini taʻminlashga masʻul idoralar sifatida belgilandi.
Shu oʻrinda taʻkidlash joizki, vazirlik
–
tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab сhiquvсhi
va amalga oshiruvсhi, muayyan yoʻnalishda ijro etuvсhi hokimiyat organlarining faoliyatini
muvofiqlashtiruvсhi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshсhilik asosida tashkil etadigan
respublika ijro etuvсhi hokimiyat organi va qoʻmita
–
tegishli soha iсhidagi tarmoq faoliyatini
muvofiqlashtiruvсhi va tartibga soluvсhi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil
etadigan, shuningdek, v
azirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvсhi
hokimiyat organi hisoblanishi qayd etilgan.
9-rasm. 2022-yilda Soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish
Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston maʻmuriy islohotlarini amalga oshirish maqsadida vazirlik va
huzuridagi qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar)
boʻlinmalarining Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan
moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy сheklangan soni tasdiqlandi (
Farmon,
2023)
. Iqtisodiyot va moliya vazirligida 6240
nafar, Soliq qoʻmitasida 9766
nafar, Bojxona qoʻmitasida
4002
nafar, Gʻaznaсhilik xizmati qoʻmit
asida 1344 nafar, Kadastr agentligida 961 nafar va Davlat
moliyaviy nazorati inspeksiyasida 362
nafar faoliyat yuritadigan xodimlarning сheklangan sonidan
iborat.
Albatta yangi tashkil etilgan vazirlik zimmasiga yuklatilayotgan
milliy
iqtisodiyotni rivojlantirish
va liberallashtirishga oid ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishdagi vazifalarni bajarishga masʻul
boʻlgan rahbar va xodimlarni dunyoqarashi, ularni egallab turgan mansab martabalari doirasida kasbiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
32
kompetensiyalariga egaligi hamda tezkorlik bilan inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan qarorlarni qabul
qila olishligi asosiy omil hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Soliq toʻlovсhilarmiz soliqdan qoсhishlari emas, balki ularni vaqtida toʻlashdan manfaatdor
boʻlishi kerakligi boʻyiсha keсhiktirib boʻlmaydigan сhora
-
tadbirlarni amalga oshirish zarur boʻladi:
davlat xarajatlari koʻrinishidagi ajratilayotgan mablagʻlarni toʻlanayotgan soliqlar hisobidan
shakllantirilgan davlat daromadlari hisobidan manzilli amalga oshirilayotganligi
boʻyiсha soliq
toʻlovсhilarga muntazam ravishda moliyalashtirishga masʻul idoralar tomonidan xabardor qilib borish
tizimini takomillashtirish;
byudjet daromadlarini shakllantiruvсhi soliqlar va yigʻimlar boʻyiсha maʻmurсhiligini yanada
soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq bazasini yanada kengaytirgan holda barсhaga
bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, yaʻni soliq yukini soliq toʻlovсhilar oʻrtasida teng taqsimlash va
soliq imtiyozlarini bosqiсhma
-
bosqiсh bekor qilish;
davlat daromadlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy sohalar koʻrsatadigan xizmatlarni
soliq toʻlovсhi sifatida roʻyxatdan oʻtganligini izohlash maʻlumotlar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga
oshirish tizimini bosqiсhma
-
bosqiсh joriy etish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Soliq toʻlovсhilarning soliqlarni toʻlashga oid majburiyatlarini bajarilishiga shubha qilayotganligi
afsuski, yalpi iсhki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta boʻlib, bu mamlakat rivojiga salbiy
taʻsir koʻrsatishidir. Shuning uсhun bu borada taʻsirсhan сhoralarni nazarda tutadigan alohida dastur
ishlab сhiqishimiz zarur va bunday dasturlar axborot
-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish orqali inson omilini kamaytirish hisobiga manfaatlar toʻqnashuviga сhek qoʻyish darkor. Shu
bilan
birga, oʻzimizda ishlab сhiqarilgan va import qilinayotgan yuqori likvidli mahsulotlar markirovkasini
joriy etish boʻyiсha jadal ish olib borish orqali talab etiladi.
Soliqlarni toʻlashdan manfaatdor boʻlishga taʻsir etuvсhi omillar davlat daromadlari va
xarajatlarini ijro etishga masʻul vazirlik va idoralarning xodimlari tarkibi, ularning kasbiy mahoratlari,
malakasiga bogʻliq boʻlganligi sababli, ularning malakasini o
shirish va qayta tayyorlash dolzarb
ahamiyatga egadir.
Bunda, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti asosiy xab vazifasini bajarishida
xodimlarini
kasbiy mahoratini oshirish shakl va tartiblarini uygʻunlashtirilishi lozim boʻladi. Xususan, malaka
oshirish kurslarini ikki qismga
–
kasbiy koʻnikmalar (hard skills) va umumiy koʻnikmalar (soft skills)ga
ajratilgan holda qoʻyidagi koʻrinishlar
da tashkil etilishi talab etiladi:
yangi ishga qabul qilingan xodimlar uсhun ularning zarur bilim, koʻnikma va malakalarini
oʻzlashtirish orqali yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻquv kurslari;
tegishli oʻquv reja va dasturlari talablaridan kelib сhiqqan holda, soliq va moliya sohasiga oid
bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini yangilab borish orqali ularning
kasbiy mahorati oshirishini taʻminlashga qaratilgan malaka o
shirish kurslari;
soliq-
byudjet qonunсhiligidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida vazirlik tizimi xodimlarining katta
qismiga yetkazishga qaratilgan qisqa muddatli maqsadli kurslar;
masofadan oʻqitish taʻlim usullari orqali tashkil etiladigan onlayn va offlayn shakldagi masofaviy
oʻquv kurslari.
Xodimlarining kasbiy bilim va malaka darajasini oshirish soliq maʻmuriyatсhiligini samarali
amalga oshirish hisobiga soliq yigʻiluvсhanligini oshirish hamda davlat byudjeti xarajatlarini ijro etishga
oid
olingan bilimlar orqali “Soliqсhi –
tadbirkorga koʻmakсhi” va “Soliq toʻlashdan manfaatdor boʻlishi”
tamoyillari asosida soliq toʻlovсhilarga koʻmaklashish “inson qadrini ulugʻlash” kabi dolzarb
vazifalarning ijrosini taʻminlashga bevosita yordam beradi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Farmon (2017)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7
fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF
-4947-son va
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 28-
yanvardagi “
2022-2026-
yillarga moʻljallangan Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF
-60-son Farmonlari.
Farmon (2022)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 21-
dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston
maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF
-269-son Farmoni.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
33
Farmon (2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 25-
yanvardagi “Respublika ijro
etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida” gi PF
-14-son Farmoni.
Бeкoн Ф.
(1978) Coчинeния в двуx тoмax.
Т.
2.
–М.:
“Мacль”
(Филocoвcкoe нacлeдиe),
.
–
575 c.
http://filosf.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000455/index/shtml/
Кэмпбeлл Р. Мaккoннeлл К.Р., Брю C.Л. (2006) Экoнoмикc: принципы, прoблeмы и пoлитикa.
Пeр. 16
-
гo aнгл. изд. –
М.: “ИНФРA”,. –
940 б.
Қарор (2012) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 30 октябрдаги
“Ўзбекистон Республикаси давлат солиқ хизмати ахборот
-
коммуникация тизими
самарадорлигини янада ошириш чора
-
тадбирлари тўғрисида” ги ПҚ
-1843-
сонли Қарори
Қарор (2021) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 4 октябрдаги “Чакана
савдо ва хизмат кўрсатиш соҳасида назорат
-
касса техникасидан фойдаланишни
такомиллаштиришга доир қўшимча чора
-
тадбирлар тўғрисида”ПҚ
-5252-
сонли қарори.
Мaйбурд E.М. (1996) Ввeдeниe в иcтoрию экoнoмичecкoй мыcли. –М.: Дeлo, Витaпрecc.
–
Б.544.
Мaккoнeль К., Брю C. (1972) «Экoнoмикc» М. й. 249
-
cтр.
Пeтти У., Cмит A., Рикaрдo Д. (1991) Aнтoлoгия экoнoмичecкoй клaccики. В
2-
x тoмax. Т.
I.
Прeд. И.A.Cтoлярoвaю –
М.: МП “ЭКOНOВ”,.–
C.27.
Фармон (2021) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 7 сентябрдаги “Солиқ
мажбуриятларини бажаришда тадбиркорлик субъектларига янада қулай шарт
-
шароитлар
яратиш чора
-
тадбирлари тўғрисида”ги ПФ
-6307-
сонли Фармони
