Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
102
JANUBIY KOREYA TAJRIBASI ASOSIDA O
‘
ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINI
BARQAROR RIVOJLANTIRISHGA OID YONDASHUVLAR
Tohirov Asilbek
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
ORCID: 0009-0001-4143-7351
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Janubiy Koreyaning turizm infratuzilmasini
rivojlantirishdagi ilg‘or tajribasi o‘rganilib, uning O‘zbekiston sharoitiga mos barqaror
yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Koreya Respublikasida davlat va xususiy sektor
hamkorligi,
raqamli texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda
sayyohlik hududlarini tizimli rivojlantirish kabi omillar asosiy e’tiborga olingan. Mazkur tajribani
O‘zbekistonga tatbiq etish orqali mamlakatimizda turizm sohasini
ng uzoq muddatli va barqaror
rivojlanishiga erishish mumkinligi asoslab beriladi. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun amaliy
tavsiyalar hamda zamonaviy infratuzilmaviy yondashuvlar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar:
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, barqaror turizm, Janubiy Koreya
tajribasini o‘rganish, O‘zbekiston turizm siyosati, davlat
-xususiy sheriklik modeli, raqamli
texnologiyalarni joriy etish, yashil infratuzilma, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari.
ПОДХОДЫ К УСТОЙЧИВОМУ РАЗВИТИЮ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В
УЗБЕКИСТАНЕ НА ОСНОВЕ ОПЫТА ЮЖНОЙ КОРЕИ
Тохиров Асилбек
Ташкентский международный университет Кимё
Аннотация.
В данной статье рассматривается передовой опыт Южной Кореи в
развитии туристической инфраструктуры и анализируются устойчивые подходы,
применимые к условиям Узбекистана. В ходе исследования основное внимание уделено
таким аспектам, как государственно
-
частное партнерство, внедрение цифровых
технологий, обеспечение экологической устойчивости и системное развитие
туристических зон. Доказывается, что адаптация данных практик может обеспечить
долгосрочное и устойчивое развитие туристической отрасли в Узбекистане. В
заключении статьи представлены практические рекомендации и современные
инфраструктурные подходы для Узбекистана.
Ключевые слова:
развитие туристической инфраструктуры, устойчивый туризм,
опыт Южной Кореи, туристическая политика Узбекистана, модель государственно
-
частного партнёрства, внедрение цифровых технологий, зелёная инфраструктура,
современные управленческие подходы.
UO‘K:
338.49
VI SON - IYUN, 2025
102-111
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
103
APPROACHES TO SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF TOURISM INFRASTRUCTURE IN
UZBEKISTAN BASED ON SOUTH KOREA’S EXPERIENCE
Tokhirov Asilbek
Tashkent Kimyo International University
Abstract.
This article explores South Korea’s advanced experience in developing tourism
infrastructure and analyzes its potential sustainable applications in the context of Uzbekistan. The
research focuses on key aspects such as public-private partnerships, the implementation of digital
technologies, ensuring environmental sustainability, and systematic development of tourist
destinations in South Korea. It is argued that adapting these practices to Uzbekistan’s conditions
could lead to long-term and sustainable growth in the national tourism sector. The article
concludes with practical recommendations and modern infrastructural approaches for
Uzbekistan.
Keywords:
development of tourism infrastructure, sustainable tourism, South Korea’s
experience, Uzbekistan’s tourism policy, public
-private partnership model, implementation of
digital technologies, green infrastructure, modern management approaches.
Kirish.
Bugungi kunda turizm sohasi nafaqat iqtisodiy o‘sishning muhim omili, balki xalqaro
hamkorlik, madaniyatlararo almashinuv va hududiy rivojlanishning strategik yo‘nalishlaridan
biri sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan
, turizm infratuzilmasining barqaror rivojlanishi
mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirishda, investitsion jozibadorligini kuchaytirishda
va sayyohlarga sifatli xizmat ko
‘
rsatishni ta
’
minlashda muhim rol o
‘
ynaydi.
O
‘
zbekiston turizm salohiyatini ro
‘
yobga chiqarishda so
‘
nggi yillarda tizimli islohotlar
olib borilayotgan bo
‘
lsa-da, zamonaviy infratuzilma, raqamli texnologiyalar va ekologik
barqarorlikka asoslangan yondashuvlar hanuz dolzarb masala bo
‘
lib qolmoqda. Shu nuqtai
nazardan, Janubiy Koreyaning turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi tajribasi
alohida ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatda davlat-xususiy sheriklik modeli
, “
aqlli turizm
”
konsepsiyasi, yashil infratuzilma va raqamli innovatsiyalarni joriy etish orqali turizm sohasi
barqaror va samarali tarzda rivojlanmoqda.
Ushbu maqolada Janubiy Koreya tajribasi tahlil qilinib, O
‘
zbekiston sharoitida turizm
infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun qanday zamonaviy va amaliy yondashuvlarni
qo
‘
llash mumkinligi ilmiy asosda yoritiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Mavzuning nazariy asoslarini yoritishda turizm infratuzilmasining mohiyati, rivojlanish
bosqichlari va barqarorlik tamoyillariga oid ilmiy manbalar muhim o
‘
rin egallaydi. Xususan, J.
Tribe (2016) tomonidan ilgari surilgan turizm tizimining kompleks yondashuvi,
infratuzilmaning iqtisodiy va ijtimoiy komponentlari o
‘
rtasidagi o
‘
zaro bog
‘
liqlikni chuqur
tahlil qilgan.
Bu yondashuv O‘zbekiston sharoitida infratuzilmaviy loyihalarning
samaradorligini baholashda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi esa Bramwell va Lane (2011) tadqiqotlarida turizm
kontekstida atrof-
muhit, iqtisodiy foyda va mahalliy aholi farovonligini uyg‘unlashtirish nuqtai
nazaridan ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, yashil infratuzilma va ekologik javobg
arlik tamoyillari
Janubiy Koreya tajribasi bilan bevosita bog‘liq.
Janubiy Koreyaning turizm strategiyalari bo‘yicha Koreya Turizm Tashkiloti va Janubiy
Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy hisobotlar muhim
amaliy manba hisoblanadi. Ularda davlat-xususiy sheriklik, raqamli transformatsiya, hududiy
klasterlar va xorijiy sayyohlar oqimini boshqarish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar o‘z aksini
topgan (KCTI, 2023).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
104
O‘zbekiston bo‘yicha esa, Prezident qarorlari va Vazirlar Mahkamasining turizmni
rivojlantirishga oid hujjatlari, xususan, 2019-
yildagi “Turizm sohasini jadal rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror, sohaga bo‘lgan davlat e’
tiborining
ortganini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, Mahmudov (2020) va Karimov (2021) kabi mahalliy olimlarning ilmiy
maqolalari, O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining holati va istiqbollarini tahlil qilishda
foydali bo‘ldi. Mavjud adabiyotlar mavzuni har tomonlama yoritish imkonini beradi. Chet el va
mahalliy manbalarni uyg‘unlashtirish
orqali O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining barqaror
rivojlanishi uchun zamonaviy va ilmiy asoslangan yondashuvlar ishlab chiqilishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirish
imkoniyatlarini aniqlashda Janubiy Koreya tajribasini tahlil qilish asosiy ilmiy yo‘nalish sifatida
belgilandi. Shunga muvofiq, metodologik asos sifatida kompleks va qiyosiy tahlil yondashuvlari
tanlandi.
Birinchidan,
deskriptiv (ta’riflovchi) metod
yordamida O‘zbekiston va Janubiy
Koreyada turizm
infratuzilmasining mavjud holati, rivojlanish yo‘nalishlari va institutsional
mexanizmlari o‘rganildi. Ushbu yondashuv mamlakatlar o‘rtasidagi asosiy o‘xshashliklar va
farqlarni aniqlash imkonini berdi.
Ikkinchidan,
qiyosiy tahlil (comparative analysis)
usuli orqali Janubiy Koreyaning
ilg‘or amaliyotlari O‘zbekiston kontekstiga moslashtirib baholandi. Xususan, davlat
-xususiy
sheriklik modeli, raqamli infratuzilmaning joriy etilishi, hududiy klasterlashtirish va yashil
texnologiyalar kabi komponentlar alo
hida o‘rganildi.
Uchinchidan,
sifatli (qualitative) tahlil
usullaridan foydalangan holda rasmiy hukumat
hujjatlari, xalqaro tashkilotlar ma’lumotlari (UNWTO, OECD, KTO), ilmiy maqolalar va ekspert
intervyulari asosida chuqur tahlil olib borildi. Shuningdek, mahalliy sharoitda bu
yondashuvlarning tatbiq etilishi b
ilan bog‘liq imkoniyatlar va cheklovlar ko‘rib chiqildi.
To‘rtinchidan,
normativ-huquqiy tahlil
orqali O‘zbekiston va Janubiy Koreyadagi
turizmni tartibga soluvchi qonunchilik bazasi o‘rganilib, ularning infratuzilmaviy siyosatlarga
ta’siri tahlil qilindi.
Umuman olganda, ushbu metodologik yondashuvlar tadqiqot natijalarining ilmiy
asoslanganligi, ishonchliligi va amaliy qiymatini ta’minlashga xizmat qiladi. Natijalar esa
maqola yakunida amaliy tavsiyalar shaklida bayon etiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekistonning turizm infratuzilmasi so‘nggi yillarda sezilarli darajada rivojlanayotgan
bo‘lsa
-da, uning barqarorligi, texnologik yangilanishi va ekologik yondashuvlar joriy etilishi
hanuz dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Tadqiqot davomida Janubiy Koreya tajribasining
qator jihatlari O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish mumkinligi aniqlandi.
Birinchidan,
davlat-xususiy sheriklik
modelining samaradorligi Janubiy Koreyada
amaliy misollarda o‘z isbotini topgan. Transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishda
xususiy sektorning faol ishtiroki byudjet yukini kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va
innovatsiyalarni joriy etish
ga xizmat qilgan. O‘zbekistonda esa bu model bo‘yicha huquqiy
asoslar mavjud bo‘lsa
-
da, investorlar uchun xavfsiz va rag‘batlantiruvchi muhitni shakllantirish
lozim.
Ikkinchidan,
raqamli texnologiyalar asosidagi “aqlli turizm” infratuzilmasi
Koreyada
turizm xizmatlarining interaktiv, tezkor va moslashuvchan bo‘lishini ta'minlaydi. Virtual gidlar,
mobil ilovalar, raqamli xaritalar va sun’iy intellekt asosidagi tavsiyalar orqali turistlar tajribasi
sezilarli darajada oshadi. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston –
2030” strategiyasi doirasida bu
kabi yondashuvlarni joriy etish real imkoniyatlar yaratmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
105
Uchinchidan
, yashil infratuzilma va ekologik barqarorlik
Koreyada turizmni
rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Mehmonxonalar va
sayyohlik zonalari ekologik sertifikatlar asosida faoliyat yuritadi, qayta tiklanadigan energiya
manbalari va chiqindilarni boshqarish tizimlari
keng joriy etilgan. O‘zbekistonda esa ekoturizm
salohiyati yuqori bo‘lishiga qaramay, ekologik standartlar bo‘yicha yagona nazorat tizimi hali
to‘liq shakllanmagan.
1-
rasm. O‘zbekiston va Janubiy Koreya turizm infratuzilmasi qiyosiy tahlili
Manba:
Korea Tourism Organization and Uzbektourism organization rasmiy sayti
ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
Yashil (Janubiy Koreya):
barcha yo‘
nalishlarda yuqori 100% ball bilan oldinda (Vizalar
siyosatida 80%), bu Koreyaning ilg‘or infratuzilma yondashuvini ko‘rsatadi.
Ko‘k (O‘zbekiston)
:
ayrim yo‘nalishlarda (davlat
-xususiy sheriklik, aqlli turizm, raqamli
platformalar) 60% darajasida rivojlangan bo‘lsa, yashil infratuzilma, Hududiy klasterlar,
Startap ekotizimi, Vizalar siyosati kabi yo‘nalishlarda 40% darajasida, bu sohalarda kuchli
islohotlar va investitsiya talab qilinishini bildiradi.
To‘rtinchidan,
hududiy turizm klasterlari
Koreyada mintaqaviy turizm salohiyatini
to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Har bir hudud o‘zining tarixiy, madaniy yoki tabiiy
xususiyatlari asosida turizmga ixtisoslashtirilgan. O‘zbekistonda ham Samarqand, Buxoro, Xiva
kabi shaharlarda bu modelni sinov tariqasida joriy qilish orqali klaster yondashuvining
natijadorligini oshirish mumkin.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Janubiy Koreya tajribasida asosiy e’tibor tizimlilikka,
innovatsiyaga va barqarorlik tamoyillariga qaratilgan. O‘zbekiston sharoitida bu
yondashuvlarni moslashtirib, milliy resurslar va ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshirish
orqali turizm infratuzilmasining raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirish mumkin.
O‘zbekiston hukumati 2024–
2025-yillarda turizm infratuzilmasini yaxshilashga
qaratilgan bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. 2024-yil 18-iyulda qabul qilingan
Prezident farmoni (PF-102-son) doirasida kichik biznesga tayyor joylarni qurib taklif qilish
tizimi joriy etildi. Bu chora hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.
Shuningdek, 2024-yil 5-dekabrda e'lon qilingan Prezident qarori (PQ-424-son) asosida
turistik-rekreasion zonalarni tashkil etish va xalqaro umummavsumiy kurortlarni
rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu tashabbuslar turizm sohasida
raqobatbardoshlikni oshirishga, mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatishga xizmat
qilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
106
Janubiy Koreya 2025-yilda 18,5 million xorijiy sayyohni kutib olishni maqsad qilgan. Bu
2024-yilga nisbatan 13% o'sishni anglatadi. Davlat turizmni jonlantirish uchun K-madaniyat,
wellness va boshqa mavzuli sayohatlarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni amalga
oshirmoqda. Shuningdek, 2025-yilning uchinchi choragidan boshlab Xitoy fuqarolariga vizasiz
kirishni taqdim etish rejalashtirilgan, bu esa turizmni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. (2
-rasm)
2-rasm. Janubiy Koreyaga xorijiy sayyohlar oqimi (2024-2025-yillar)
Manba:
Korea Tourism Organization rasmiy sayti
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
shakllantirildi.
Ushbu diagrammada Janubiy Koreyada 2024-yildan 2025-yilga o'tishda xorijiy sayyohlar
sonining 13% ga o‘sishi aniq ko‘rsatilgan —
bu o‘sishga K
-
madaniyat, “wellness” turlari va Xitoy
fuqarolari uchun vizasiz rejim kabi omillar sabab bo‘ladi.
So‘nggi yillarda Janubiy Koreya turizm sektori innovatsion startaplar orqali sezilarli o‘sish
sur’atlarini namoyon etmoqda. 2025
-
yilda o‘tkazilgan navbatdagi turizm startaplari seminari
ham bu boradagi dolzarb masalalarni yoritib berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar xalqaro
bozorlarga muvaffaqiyatli chiqish uchun startaplar oldida turgan asosiy infratuzilmaviy va
institutsional to‘siqlarni ta’kidlashdi.
Xususan, kontentni
mahalliylashtirish,
ko‘p tilli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish
, xalqaro
to‘lov tizimlariga moslashish
va
mahalliy tarmoq ulanishlarini yaxshilash
zarurligi qayd
etildi. Tadbir muhokamasida "Travolution" kompaniyasi (Travolution Inc. Janubiy Koreyada
joylashgan zamonaviy traveltech (sayohat texnologiyalari) kompaniyasi bo‘lib, u sayohat
xizmatlarini raqamlashtirish va global miqyosga kengaytirish orqali sayyohlik sohasidagi
startaplar va agentliklar uchun innovatsion yechimlar taklif etadi.) bosh direktori Bae In-ho
tomonidan aytilganidek, "ichki xarita va to‘lov tizimlarining jahon standartlaridan yiroqligi
xo
rijlik sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmoqda". Uning fikricha, ushbu
muammolarni bartaraf etish uchun "asosiy infratuzilmani xalqarolashtirish" dolzarb vazifadir
(platum.kr, n.d.).
Shu bilan birga, “All My Tour” kompaniyasi rahbari Yeong
-gyu (2024)
“Google xaritasi”
xizmatlarining Koreyada cheklanganligi sababli xizmat ko‘rsatish sifati pasaymoqda" degan
fikrni bildirdi. Bunday texnik va infratuzilmaviy cheklovlar nafaqat iste’molchilarning
xizmatdan qoniqishini kamaytiradi, balki startaplarning raqobatbardoshligini ham pasaytiradi.
Turizm startaplarining barqaror rivojlanishi uchun davlat tomonidan ko‘mak zarurligi
alohida e’tirof etildi. Bu borada Koreya Turizm Tashkiloti, Seul shahri va Pusan Siti
hokimiyatlari tomonidan
tijoratlashtirish fondlari, murabbiylik dasturlari
va
xalqaro
kengayishni qo‘llab
-quvvatlash loyihalari
amalga oshirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra,
tashkil topganidan so‘ng ilk 3 yil ichida 70 ta startapga har biriga
o‘rtacha 54 milliondan 80
million von
gacha moliyaviy qo‘llab
-quvvatlash ajratilishi rejalashtirilgan (KTO, 2024).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
107
“R&One” kompaniyasi rahbari Yong
-geun (2025)
“Turizm startaplari uchun venchur
(Venchur (inglizcha: venture)
—
bu iqtisodiy riskga asoslangan, yuqori daromad olish ehtimoli
mavjud, lekin bir vaqtning o‘zida yo‘qotish xavfi ham yuqori bo‘lgan biznes faoliyatidir. Bu so‘z
ko‘pincha “venchur kapitali” (venture capital) yoki “venchur loyihasi” kabi birikmalarda
ishlatiladi.) kapitalini jalb etish va eskirgan qoidalarni isloh qilish orqali innovatsion ekotizim
yaratish zarur”ligini ta’kidladi. U, shuningdek, xor
ijlik sayyohlar ichki xizmatlardan hech
qanday byurokratik yoki texnik to‘siqlarsiz foydalana olishlari uchun
institutsional
takomillashtirish
lozimligini bildirdi.
Hozirgi vaqtda Koreya turizm startaplari
turar joy, transport, madaniy tajriba, faoliyat
turlari, mintaqaviy mahsulotlar
kabi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan xizmatlar orqali yangi
bozor segmentlarini o‘zlashtirmoqda. Masalan:
“Excrew”
—
mahalliy va xorijiy sayohatchilar uchun ijtimoiy tarmoqlarga asoslangan
faollik platformasi;
“Xizmat platformasi”
—
xorijliklarga soliqni onlayn qaytarish xizmatini taklif qiladi;
“One Million”
—
koreys raqsiga asoslangan madaniy tajriba maydonini yaratgan;
“Date Trip”
—
mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun “mahalliy kuratorlik
xizmatlari”ni amalga oshirmoqda.
Ularning umumiy strategiyasi koreys turizm kontentini
global maydonga olib chiqish
va
xalqaro sayyohlar talabiga moslashtirish
dir. Bu esa nafaqat xizmat eksportini oshiradi,
balki Koreyaning xalqaro turizm brendini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Koreya turizm tashkiloti “Visit Korea”
(ajunews.com, n.d.) integratsiyalashgan Koreya sayyohlik
platformasini boshqaradi. Visit Korea sakkiz tilda, jumladan, ingliz, yapon, xitoy (soddalashtirilgan va
anʼanaviy), ispan, frantsuz, nemis va rus tillarida faoliyat yuritadi va xorijlik sayyohlarga Koreyadagi
asosiy sayyohlik yoʻnalishlari, oziq
-
ovqat, turar joy va tajriba tadbirlarini oʻrganishga va oʻz
marshrutlarini rejalashtirishga y
ordam beradi. 2024 yil holatiga ko'ra, Visit Koreyaning umumiy a’zolar
soni 115 080 tani tashkil qiladi.
Janubiy Koreya sayyohlik tashkiloti muvaqqat prezidenti Seo Yon Choong tomonidan
o‘tkazilgan Seuldagi matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, so‘nggi davrda Koreya turizm
sektori bir qator murakkab muammolar bilan yuzlashmoqda. Xususan, sayohat xavfsizligiga oid
muammolar, yirik kiruvchi bozorlar, jumladan, iqtisodiy qiyinchiliklar va tezkor o‘zgaruvchan
ichki hamda xalqaro ijtimoiy-
siyosiy holatlar sektorga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan
birga, mustaqil sayohatga bo‘lgan talabning ortishi hamda koreys
madaniyatining global
miqyosda keng tarqalishi kabi salbiy omillarga qarshi imkoniyatlar ham mavjud.
Janubiy Koreya sayyohlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “SPEKTRUM”
(
“SPEKTRUM” strategiyasi –
bu turizmni rivojlantirish yoki marketing faoliyatlarida
qo‘llaniladigan muqobil strategik yondashuv bo‘lib, har bir harf alohida strategik yo‘nalishni
bildiradi.) strategiyasi asosida sakkizta asosiy loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyiha Janubiy
Koreyaning kirish va ichki turizm tendensiyalarini aks ettiruvchi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi: barqaror mintaqaviy turizm, uy hayvonlari uchun qulay turizm imkoniyatlari,
koreys to‘lqin madaniyati sanoatining rivojlanishi, pazandachilik va gurme
(Gurme sayohatlari
(yoki gastronomik turizm)
–
bu sayohatchilarning boshqa mamlakatlar yoki hududlarga
tashrifi asosan mahalliy oshxonani tatib ko‘rish, an’anaviy taomlar bilan tanishish, va ovqat
tayyorlash madaniyatini o‘rganish maqsadida amalga oshirilad
igan sayohat turidir.)
sayohatlari, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan innovatsiyalar, sog‘lomlashtirish va
shifobaxsh sayohatlar, raqamli transformatsiya va mahalliy tajribalarni mazmunli taqdim etish.
2024 yil uchun sayyohlar sonini 18,5 millionga yetkazish maqsadi, “SPEKTRUM” strategiyasi
asosida barqaror va innovatsion turizmni rivojlantirish. K-pop va madaniyat markazlarida
faoliyatni kengaytirish, yangi vizasiz siyosat, raqamli transformatsiya. 2024-2025 yillarda
turizmni rag‘batlantirish uchun yangi hududlar (masalan, “G‘elon”
.
G‘elon qishlog‘i –
O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida joylashgan, tog‘li hududda
joylashgan mash
hur ekoturizm manzillaridan biri. G‘elon so‘lim tabiat, toza havo va an’anaviy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
108
hayot tarzi bilan e’tiborga loyiq joy hisoblanadi. U yerda mehmon uylari, piyoda yurish
marshrutlari va mahalliy milliy taomlar orqali ekoturizm rivojlangan.), investitsiyalarni jalb
qilish, ekologik va madaniy turizmni rivojlantirish, yangi xalqaro marketing strategiyalari.
Shuningdek, Janubiy Koreya sayyohlik tashkiloti dunyoning 20 dan ortiq shahrida shoular
o‘tkazish orqali strategik marketing kampaniyasini amalga oshirmoqda. Ushbu tadbirlarning
yarmidan ko‘pi 2024
-yilning birinchi yarmida rejalashtirilgan. Tashkilot koreys
madaniyatining jahon miqyosidagi keng tarqalishidan foydalanib, Seul tashqarisidagi shahar va
mintaqalarda K-pop konsertlari hamda madaniy tadbirlar tashkil etishda munitsipalitetlar
(Munitsipalitetlar
—
bu ma’lum hudud yoki aholi punktini o‘zini o‘zi b
oshqarish asosida
faoliyat yuritadigan mahalliy boshqaruv organlari tizimi bo‘lib, odatda shaharcha, tuman,
qishloq yoki shahar hokimiyatini anglatadi.) va turizm tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
2024-yil noyabr oyida yangilangan vizasiz rejimga muvofiq, Koreya fuqarolari 2025-yil
31-
dekabrgacha Xitoyga 15 kungacha vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Shunga
javoban, Koreya hukumati xitoylik sayyohlar uchun mamlakatga vizasiz kirishni kengaytirish
masalasini faol ko‘rib chiqib, hozirgi kunga kelib xitoylik sayyohlar faqat Cheju orolida 30
kungacha vizasiz qolish huquqiga ega hisoblanadilar.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya mamlakatlari o‘rtasida turizm infratuzilmasining
rivojlanishida o‘
xshashliklar va farqlar mavjud. Ikkala davlat ham turizmni iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish vositasi sifatida ko'rib, infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ammo Janubiy Koreya ilgari surayotgan K-madaniyat va
“wellness”
(Wellness turizm
—
sayohatchilar sog‘lomlashtirish maqsadida boradigan safar turi
(masalan: issiq buloqlar, balneologik kurortlar, yoga retretlar) kabi mavzuli sayohatlar
O‘zbekistonda hali keng tarqalgan emas.
Shuningdek, Koreya xorijiy sayyohlarni jalb qilishda
yuqori texnologiyalar va marketing strategiyalaridan faol foydalanmoqda.
O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishda Janubiy Koreyaning tajribasini
o'rganish va uning muvaffaqiyatli jihatlarini joriy etish zarur. Bu, o'z navbatida, turizm
sohasining raqobatbardoshligini oshirishga, iqtisodiy o'sishni ta'minlashga va xalqaro
miqyosda O‘zbekistonning imidjini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya misolida turizm
infratuzilmasining rivojlanishiga oid
o‘rganilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy va raqobatbardosh turizm sohasini
shakllantirishda tizimli yondashuv, texnologik innovatsiyalar, davlat-xususiy sheriklik va
ekologik barqarorlik muhim omil hisoblanadi. Janubiy Koreya tajribasi asosida olib borilgan
tahlillar, bu mamlakatda turizmni rivojlantirishda yuqori texnologiyalarni keng joriy etish,
ixtisoslashtirilgan hududiy klasterlar tashkil etish, ekotizimga mos infratuzilmalarni barpo
qilish, shuningde
k, xorijiy sayyohlar uchun raqamli xizmatlar qulayligini ta’minlash kabi
ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekiston sharoitida ham muhim amaliy ahamiyat kasb etishini
tasdiqlaydi.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, O‘zbekiston turizm infratuzilmasida mavjud
salohiyatdan to‘liq va samarali foydalanish, Koreya tajribasida sinovdan o‘tgan mexanizmlar,
xususan “aqlli turizm” texnologiyalari, barqaror rivojlanishga qaratilgan yashil infra
tuzilmalar
va davlat-xususiy sheriklik modellari asosida amalga oshirilsa, bu sohada sezilarli ijobiy
natijalarga erishish mumkin. Shuningdek, Prezident farmon va qarorlarida belgilangan chora-
tadbirlar, xususan kichik biznes subyektlarini qo‘llab
-quvvatlash, rekreatsion zonalarni
rivojlantirish va raqamli xizmatlar joriy etilishi O‘zbekiston turizm sektorining
transformatsiyasi uchun zamin yaratmoqda.
Koreya tajribasining muvaffaqiyatli jihatlarini O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish
orqali milliy turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turistik xizmatlar sifatini oshirish,
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va xalqaro turizm bozori talablar
iga mos innovatsion
yechimlarni joriy etish mumkin. Xususan, SPEKTRUM strategiyasi doirasidagi kompleks
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
109
yondashuvlar O‘zbekiston uchun ham yo‘naltiruvchi metodologiya sifatida xizmat qilishi
mumkin.
O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan
islohotlar mavjud imkoniyatlarni samarali ishlatish va xalqaro tajribalardan oqilona
foydalanish orqali yanada takomillashtirilishi lozim. Bu esa mamlakatning jahon turizm
xaritasidagi raqobatbardoshligini mustahkamlab, iqtisodiy va madaniy barqarorlikka xizmat
qiladi.
Takliflar
1.Davlat-xususiy sheriklik va investitsiya muhitini yaxshilash.
O‘zbekiston “O‘zbekiston–2030” strategiyasida infratuzilma loyihalarini xususiy sektor
bilan hamkorlikda amalga oshirishni rag‘batlantirish vazifalarini belgilagan. Janubiy Koreyada
3P (public
–
private partnership) modelida real loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani,
risklarni ochiq-taqsimlash va shaffof tender jarayonlari investorlarni jalb qilishda muhim
ekanligi amalda ko‘rsatildi. Shu asosda, birinchi bosqichda vazirliklar va xalqaro ekspertlar
bilan birgalikda 3p modeli yo‘l xaritasi ishlab chiqil
ishi lozim: risk-taqsimlash modeli va kafolat
mexanizmlari (soliq imtiyozlari, kompensatsiya shartlari) aniq belgilanadi. Ikkinchi bosqichda
“G‘elon” kabi yirik zonasida xususiy sektor ishtirokida pilot loyiha yuritilib, kelajakda
Samarqand, Buxoro, Xiva kabi klasterlarda ham shartnoma-hujjatlar asosida
davlat-xususiy
sheriklik
loyihalari boshlanishi kerak. Investorlarni rag‘batlantirish uchun soliq, yer to‘lovlari
bo‘yicha imtiyozlar, grant va venchur fondlari tashkil etilishi, murabbiylik va akselerator
d
asturlari yo‘lga qo‘yilishi muhim. Misol uchun, startaplarga Koreya tajribasida bo‘lgani kabi
dastlabki 3 yil ichida moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatuvchi dastur tuzish mumkin.
2.“Aqlli turizm” va raqamli infratuzilma
.
Janubiy Koreyada virtual gidlar, AI tavsiyalari va ko‘p tilli mobil ilovalar orqali sayyohlar
tajribasi sezilarli darajada oshirilmoqda. O‘zbekiston “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi
doirasida turizm sohasida ham interaktiv platforma va mobil ilova yaratishi maqsadga muvofiq.
Buning uchun avvalo texnik topshiriq va arxitektura loyihasi tuzilib, ko‘p tilli
integratsiyalashgan portal hamda mobil ilova bosqichma-bosqich ishlab chiqilishi lozim. Bu
platformada mahalliy obyektlar ma’lumotlari, onlayn bronl
ash, raqamli xarita va AI asosidagi
marshrut takliflari bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, mahalliy navigatsiya ma’lumotlari global
servislar bilan uzviy almashinuvi va real vaqtda yangilanish mexanizmlari tashkil etilishi lozim.
Raqamli infratuzilma uchun t
urizm qo‘mitasi va xususiy startaplar birgalikda ma’lumot
platformasi yaratib, sayyoh oqimlari va xulq-atvorini tahlil qiluvchi data-analitika vositalarini
joriy etishi muhim
3.Ekologik barqarorlik va yashil infratuzilma.
Janubiy Koreyada mehmonxonalar va turistik zonalar ekologik sertifikatlar asosida
faoliyat olib boradi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va chiqindilarni boshqarish tizimlari
keng joriy etilgan. O‘zbekistonda ekoturizm salohiyati katta bo‘lsa
-da, yagona ekologik standart
va nazorat mexanizmi to‘liq shakllanmagan. Shu bois, birinchi bosqichda xalqaro tajribalar
tahlili asosida milliy ekologik sertifikatlash modelini loyihalash kerak. Keyingi bosqichda pilot
hududlarda (masalan, tog‘li sanatoriyalar yoki
“G‘elon” kabi yangi zonalar) sertifikatlash va
monitoring joriy etilib, qayta tiklanadigan energiya va chiqindilarni qayta ishlash muhitini
rag‘batlantiruvchi subsidiya va imtiyozlar mexanizmi ishlab chiqilishi lozim. Bu PPP va xususiy
investorlarni jalb qilib, yashil infratuzilmani kengaytirishga xizmat qiladi.
4.Hududiy turizm klasterlari va mintaqaviy mahsulotlarni diversifikatsiya.
Koreyada har bir mintaqa o‘ziga xos yo‘nalishda klasterlash orqali salohiyatni to‘liq ishga
soladi. O‘zbekistonda Samarqand
-Buxoro-Xiva kabi tarixiy meros klasterlari, Toshkent va
atrofidagi zamonaviy shahar turizmi klasteri, tog‘li hududlarda ekoturizm va
wellness klasteri,
chegaradosh mintaqalarda transchegaraviy marshrutlar klasterlari shakllantirilishi mumkin.
Har bir klasterda mahalliy kontent globallashtirilib, raqamli marketing va ko‘p tilli saytlar,
ijtimoiy tarmoq kampaniyalari, xalqaro ko‘rgazmala
rda ishtirok, madaniy tadbirlar bilan birga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
110
brend identifikatori yaratiladi. Klasterlar doirasida startaplarni jalb qilish (masalan, mahalliy
kuratorlik va raqamli tajriba platformalari) ham amalga oshiriladi.
5.Turizm startaplari va innovatsion ekotizim.
Koreya misolida startaplar tijoratlashtirish fondlari, akselerator va murabbiylik
dasturlari orqali rivojlanadi. O‘zbekistonda ham turizm startaplari uchun maxsus grant va
akselerator dasturi tashkil etilishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda ekotizim tahlili va asos
iy
muammolarni aniqlash, so‘ng akselerator/inkubator dasturini ishga tushirish, xalqaro
hamkorlikda pilot loyihalarni amalga oshirish bosqichlari rejalashtiriladi. Startaplarga ko‘p tilli
interfeys, xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiya bo‘yicha texnik y
ordam, mahalliy tarmoq
infratuzilmasini yaxshilash (API almashish, lokal data center) qo‘llab
-quvvatlanishi lozim. Misol
xizmatlar: ijtimoiy faollik platformasi, soliqni onlayn qaytarish xizmati, madaniy tajriba
maydonchasi va wellness tur paketlari platfo
rmasi kabi startaplar rag‘batlantiriladi.
6.Vizalar siyosati va kirish qulayligini oshirish.
Janubiy Koreya 2025 yilda Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirishni
rejalashtirayotgani kabi, O‘zbekiston ham maqsadli bozorlar (Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy,
Qozog‘iston, Turkiya) uchun vizani soddalashtirish yoki e
-viza joriy etishni faol k
o‘rib chiqishi
kerak. Bunda xalqaro aeroportlarda “tax
-
free” tizimi, qulay transport integratsiyasi (smart
check-
in, ekspress poyezd, onlayn bronlash) tashrifchilar uchun qo‘shimcha rag‘bat yaratadi.
7.Moliyalashtirish va monitoring.
Har bir loyiha uchun capex va opex asosida moliyalashtirish rejasi tuzilib, PPP, xususiy
investitsiya va xalqaro donor institutsiyalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki) orqali
mablag‘ jalb qilinishi nazarda tutiladi. Monitoring uchun SPEKTRUM va boshqa
strategiyalardagi KPI modellari asosida sayyohlar oqimi, raqamli platforma foydalanuvchilari,
ekologik sertifikatlangan obyektlar, startaplar investitsiya hajmi, vizalar jarayoni davomiyligi
kabi indikatorlar ishlab chiqiladi. Turizm qo‘mitasi rahbarligida komissiya tuzilib, choraklik va
yillik hisobotlar bilan baholash amalga oshiriladi. Raqamli dashboard orqali real vaqtda
ma’lumot yig‘ish mexanizmi joriy etilishi maqsadga
muvofiq
8.Xalqaro hamkorlik va bilim almashinuvi.
Janubiy Koreya bilan qo‘shma tajriba almashish dasturlari, ekspert missiyalari, o‘quv
seminarlar tashkil etilishi lozim. Mentorlik va akseleratorlarda Koreya ekspertlari ishtirok
etishi, qo‘shma marketing kampaniyalari (madaniy tadbirlar, K
-pop uslubidagi eventlar) orqali
O‘zbekiston turizm mahsulotlari xalqaro auditoriyaga taqdim qilinadi. Shu bilan birga Jahon
banki va ADB kabi institutlar bilan turizm klasterlari uchun grant va kredit olish bo‘yicha
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim.
9.Ta’lim va kadrlar tayyorlash
.
Universitet va kasb-
hunar kollejlarda “Aqlli turizm”, “Sustainable tourism management”,
“Turizm startaplari” kabi o‘quv dasturlari joriy etilishi, stajirovkalar va mehnat almashinuvi
orqali koreys tajribasini o‘qitish zarur. Raqamli texnologiyalar, ekologi
k boshqaruv va xizmat
sifati bo‘yicha xalqaro sertifikatlashtirish (ISO, Green Key) markazlari tashkil etilishi tavsiya
etiladi.
Amalga oshirish bosqichlari
➢
Qisqa muddat (6
–
12 oy)
: PPP yo‘l xaritasi, raqamli platforma talabnomalari, ekologik
sertifikatlash loyihasi, startap akselerator dasturi rejasini ishlab chiqish.
➢
O‘rta muddat (12–
36 oy)
: Ko‘p tilli portal va mobil ilova ishlab chiqish, DXXSh pilot
loyihalarini joriy etish, navigatsiya ma’lumotlarini global servislarga integratsiya qilish,
ekologik sertifikatlash pilot hududlarda, startap fondlari va vizalar siyosatini soddalashtirish
bo‘
yicha tashqi muzokaralar.
➢
Uzoq muddat (36
–
60 oy)
: Platformani kengaytirish, klaster loyihalarini ko‘lamini
oshirish, ekologik infratuzilma monitoringini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash tizimini
rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
111
Bu takliflar matni O‘zbekiston sharoitida Janubiy Koreya tajribasidan kelib chiqib, milliy
strategiya va “Raqamli O‘zbekiston–2030”, Prezident farmonlari asosidagi chora
-tadbirlar
bilan uyg‘un yuritilishi mumkin. Ularning amalga oshirilishi turizm infratuz
ilmasining
barqarorligi, raqobatbardoshligi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qilishni ta’minlaydi.
Adabiyotlar/Литература/References:
All My Tour (2024). CEO Seok Yeong-gyu's statement on digital map limitations in South
Korea. Seoul: All My Tour Press Center.
Asian Development Bank (2024). “Advancing digital platforms for tourism SMEs in
Uzbekistan” –
tahliliy hisobot.
Asian Development Bank (2024). “Advancing Uzbekistan’s Sustainable Development via PPP
Road Projects” (14 October 2024). development.asia.
Bramwell, B. va Lane, B. (2011). Sustainable tourism: An evolving global approach. Journal
of Sustainable Tourism, 19(3), 1
–
17.
Buhalis, D., & Amaranggana, A. (2015). “Smart Tourism Destinations Enhancing Tourism
Experience Through Personalisation of Services”. Springer.
CAREC Program (2024). “CAREC Visa Facilitation Study: Preliminary Findings”.
carecprogram.org.
CAREC Program (2024). “Visa Facilitation Study”. carecprogram.org.
Global Sustainable Tourism Council (GSTC). (n.d.). “GSTC Criteria for Sustainable Tourism”.
Ibragimov, N. S. (2022). Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining raqamli transformatsiyasi.
Buxoro: “Durdona” nashriyoti.
International Journal of Economics, Finance and Management. (2024). Mirzaev, A., &
Tursunov, S. “Implementing Public
-Private Partnership Models in the Development of the Tourism
Sector in Uzbekistan”.
Jahon banki / UNWTO. (2023). Tourism Doing Business
–
Investing in Uzbekistan.
Jahon banki / World Bank. (2024). Public-Private Partnerships in Infrastructure: Lessons
from Emerging Economies.
Karimov, U. (2021). O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi rivojlanishining dolzarb
masalalari. Turizm iqtisodiyoti jurnali, 2(4), 45
–
52.
Korea Culture and Tourism Institute (2023). Tourism Policy and Strategy Report. Seoul.
Korea Tourism Organization (2024). Strategic Roadmap for Sustainable Tourism Startups.
Seoul: KTO Official Publication. Busan Metropolitan City (2024). Tourism Startup Fund and Global
Expansion Support Initiatives. Busan: Busan City Hall Reports.
Li, X., et al. (2023). “The conceptualization of smart tourism service platforms on tourist
value co-
creation behaviours”. Nature Humanities and Social Sciences Communications.
Mahmudov, Sh. (2020). Turizm sohasida davlat siyosati va infratuzilma rivoji. TDIU ilmiy
axborotnomasi, 3(1), 35
–
41.
Mirzaev, A., & Tursunov, S. (2024). “Implementing Public
-Private Partnership Models in the
Development of the Tourism Sector in Uzbekistan”. IJEFM, 8(2).
OECD (2019). The Missing Entrepreneurs: Policies for Inclusive Entrepreneurship.
Qaror (2019). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Turizm sohasini jadal rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror. PQ–
5611-son, 5-yanvar.
R&One Company Press Release (2025). Statement by CEO Kwon Yong-geun on tourism
startup reform strategies. Seul: R&One Media Office.
Tribe, J. (2016). The Economics of Recreation, Leisure and Tourism (5th ed.). Routledge.
