Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
8
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI
IKKI TOMONLAMA ALOQALARNING JORIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI
DSc
Abduraxmonov Farxod
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-9350-095X
Ismoilov Abduqodir
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0005-6014-4318
Annotatsiya.
Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati 2017
-yildan buyon savdoni
liberallashtirish, diplomatik aloqalarni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi
saʼy
-harakatlarI tufayli mamlakatimiz global iqtisodiyotda faol ishtirokchiga aylandi. Xususan,
iqtisodiy rivojlangan Yevropa Ittifoqi va Germaniya kabi hamkorlar bilan savdo, investitsiya va
ijtimoiy sohalarda sezilarli oʻsish kuzatildi. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya
Federativ Respublikasi bilan olib borgan tashqi iqtisodiy munosabatlar tahlili va savdo-iqtisodiy
integratsiyalashuv darajasini tahlil qiladi. Oʻzbekistonning ikki davlat aloqalarni chuqurlashtirish
uchun qanday imkoniyatlari borligini oʻrganadi. Yangi imkoniyat va loyihalar haqida batafsil
m
aʼlumot beribgina qolmay, kelajakdagi erishish mumkin boʻlgan natijalarni muhokama qiladi.
Kalit soʻzlar:
tashqi iqtisodiyot, savdo aylanmasi, iqtisodiy integratsiya, eksport, import,
texnologiya, xalqaro aloqalar, diplomatik munosabatlar, investitsiya, mehnat bozori, migratsiya,
moliya.
ТЕКУЩЕЕ СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ ДВУСТОРОННИХ ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ
РЕСПУБЛИКОЙ УЗБЕКИСТАН И ФЕДЕРАТИВНОЙ РЕСПУБЛИКОЙ ГЕРМАНИЯ
DSc
Абдурахмонов Фарход
Ташкентский государственный экономический университет
Исмаилов Абдукодир
Ташкентский государственный экономический университет
.
Аннотация.
Благодаря усилиям по либерализации внешней торговли, улучшению
дипломатических связей и привлечению иностранных инвестиций, проводимым Республикой
Узбекистан с 2017 года, страна превратилась в активного участника глобальной экономики.
В частности, наблюдается заметный рост сотрудничества в сферах торговли, инвестиций
и социального развития с такими экономически развитыми партнёрами, как Европейский
союз и Федеративная Республика Германия. Настоящая статья посвящена анализу
внешнеэкономических отношений между Республикой Узбекистан и Федеративной
Республикой Германия, а также уровню торгово
-
экономической интеграции между двумя
странами. Исследование рассматривает существующие возможности для дальнейшего
углубления двустороннего сотрудничества. Кроме того, в статье представлена подробная
информация о новых инициативах и проектах, а также обсуждаются потенциальные
результаты, которых можно достичь в будущем.
Ключевые слова:
внешнеэкономическая деятельность, товарооборот, экономическая
интеграция, экспорт, импорт, технологии, международные отношения, дипломатические
связи, инвестиции, рынок труда, миграция, финансы.
UO‘K:
339.92
VI SON - IYUN, 2025
8-16
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
9
CURRENT STATE AND PROSPECTS OF BILATERAL RELATIONS BETWEEN THE REPUBLIC
OF UZBEKISTAN AND THE FEDERAL REPUBLIC OF GERMANY
DSc
Abdurakhmonov Farkhod
Tashkent State University of Economics
Ismoilov Abdukodir
Tashkent State University of Economics
Abstract.
Due to its efforts since 2017 to liberalize foreign trade, enhance diplomatic
relations, and attract foreign investment, the Republic of Uzbekistan has become an active
participant in the global economy. Notably, there has been significant growth in cooperation with
economically developed partners such as the European Union and the Federal Republic of
Germany in the areas of trade, investment, and social development. This article analyzes the
foreign economic relations between the Republic of Uzbekistan and the Federal Republic of
Germany, as well as the level of trade and economic integration between the two countries. The
study explores existing opportunities for deepening bilateral cooperation. In addition, the article
provides detailed information on new initiatives and projects, and discusses the potential
outcomes that could be achieved in the future.
Keywords:
foreign economic activity, trade turnover, economic integration, export, import,
technology, international relations, diplomatic ties, investment, labor market, migration, finance.
Kirish.
Keyingi yillarda O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar misli
ko’rilmagan hamkorlik darajasiga ko’tarildi. Rivojlanayotgan bu hamkorlik O’zbekistonning
boy tabiiy resurslari, inson kapitali va Markaziy Osiyodagi, shuningdek, Yevro
siyoda o’ziga xos
markaziy joylashuvi geosiyotdagi strategik ahamiyatiga asoslanadi. Tarixan, ikki xalq
o’rtasidagi diplomatik munosabatlar O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1991
-
yil 31-
dekabrda o’rnatilgan. O’sha vaqtdan buyon ikki tomonlama o’zaro munosabatlar izchil
rivojlanib bordi, Germaniya O’zbekistonning asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri, to’g’ridan
-
to’g’ri xorijiy investitsiyalarning yetakchi manbai, mintaqaga ilg’or mahsulot va xizmatlar
eksportchisi sifatida namoyon bo’lib kelmo
qda (Mamatkulova, 2024).
Germaniyaning O’zbekiston uchun ishonchli hamkor sifatidagi roli bir qancha omillarga
asoslangan. E’tiborlisi, Germaniyaning iqtisodiy qudrati va texnologik salohiyati uning jahon
yetakchisi sifatidagi mavqeini mustahkamladi. 2023-yilda Germaniya Yaponiyani ortda
qoldirib, dunyodagi eng yirik uchinchi iqtisodga aylandi (McCurry, 2024). Ushbu iqtisodiy
yuksalish Germaniyaning innovatsiyalar, ilg’or texnologiyalar va barqaror rivojlanish
amaliyotlari bo’yicha yetakchi ekanligini namoyon etdi. Germaniya strate
giya, innovatsiya va
texnologiyalari O’zbekistonning rivojlanish trayektoriyasini tezlashitirish uchun eng
samarador usul hisoblanadi. Ikkalla davlat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni
rivojlantirishdan manfaatdor davlatlar hisoblanishadi.
2024-yil 15-16-
sentabr kunlari Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning O’zbekistonga
tashrifi ikki tomonlama munosabatlarning muhim bosqichi bo’ldi. Ushbu tashrif hamkorlikning
burilish nuqtasi bo’ldi, ikki davlat ham turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo’yicha
hujjatlar imzolashdi. Yashil energetika, axborot texnologiyalari (IT), sog’liqni saqlash, ta’lim,
avtomobilsozlik, qurilish, kimyo sanoati, metallurgiya, ilmiy tadqiqotlar, madaniy almashinuv
va turizm sohalari hamkorlikning asosiy mavzul
ari bo’ldi. Ushbu kelishuvlar har ikki davlatning
barqaror va o’zaro manfaatli o’sishni qo’llab
-
quvvatlash bo’yicha umumiy majburiyatlarini aks
ettiradi (Yerzikov, 2024).
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston
- Germaniya munosabatlarining bugungi holatini tahlil
qilishga qaratilgan bo‘lib, ular hamkorlikning iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy
-siyosiy
jihatlariga alohida e’tibor qaratishdan iborat. Shuningdek, tadqiqotda investitsiya va
savdo
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
10
hajmini oshirish bo’yicha potensial yo’nalishlar sanab o’tiladi. Ushbu maqola resurslarga boy
O’zbekiston va texnologik rivojlangan Germaniya o’rtasidagi bugungi holatdagi savdo
-iqtisodiy
bog’liqlikni va ikki tomonlama hamkorlikni oshirish yo’nalishlarini ko’rib o’tadi.
Adabiyotlar sharhi.
Oxirgi tadqiqot va yangiliklar O’zbekistonning rivojlanayotgan tashqi iqtisodiy siyosati
ko’plab davlatlar bilan iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirdi, xususan, Germaniya Federal
Respublikasi bilan ikki tomolama aloqalar rivojlanib borayotganini ko’rsatmoqda
.
Mamatqulova (2024) O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi savdo
-iqtisodiy va investitsion
hamkorlikni tahlil qilib, 2017-yildan amalga oshirilgan strategik islohotlar va erkin savdo
siyosati natijasida o’zaro savdo va sarmoya oqimining sezilarli yaxshilanganligi ta’kidlaydi.
Bunga parallel ravishda, yirik axborot agentliklari muhim siyosiy bosqichlar haqida ma’lumot
beradi. McCurry (2024) Germaniyaning iqtisodiy ko’rsatkichlarining oshishi Yaponiyada
iqtisodiy ko’rsatkichlaridan yuqori o’ringa chiqqanini na
moyon etadi. Yerzikov (2024) va
“Daryo” (2024) Germaniya Kanslerining O’zbekistonga yuqori darajadagi tashriflari va qabul
qilinga hujjatlar haqida ma’lumot beradi. “Yuz.uz” va “Kun.uz” saytlari Yevropa Ittifoqida
O’zbekiston uchun eng muhim iqtisodiy aloqalar Germaniya hissasiga to’g’ri kelishini va ikki
tomonlama ta’lim, sog’liqni saqlash, ishlab chiqarish, savdo sohalaridagi shartnomalar haqida
ma’lumot beradi. “Review.uz” va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi davlatlar
o’rtasidagi savdo aylanma
si, import, eksport, investitsiya loyihalarini muhokama qiladi.
Umuman olganda, tadqiqot va manbalar iqtisodiy islohotlar, diplomatik aloqalar va xalqaro
investitsiyalarning oshishi natijasida O’zbekiston va Germaniyaning hamkorligi yangi
pog’onaga chiqqanini ko’rsatib berdi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot diplomatik hujjatlar va hisobotlarda berilgan ma’lumotlar asosida savdo
va investitsiya ma’lumotalarni tahlil qilishda turli usullarni qo’llaydi. Tadqiqot jarayoni ikki
asosiy qismdan: ma’lumot yig’ish va ma’lumotlarni tahlil qilishdan ibora
t.
Bir nechta manbalar, jumladan, akademik jurnallar (masalan, Mamatqulova, 2024),
nufuzli axborot agentliklari (McCurry, 2024; Yerzikov, 2024; Daryo, 2024; Kun.uz, 2023) va
GFRning tashqi ma’lumotlar ombori (The Federal Conservicity of Germany) tahlil uchun
muhim
va eng zarur ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, ikki tomonlama iqtisodiy faoliyatdagi
so’ngi o’zgarishlarni aks ettirish uchun “Review.uz” va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazidan tegishli infografika va hisobotlar o’rganilgan.
Diplomatik tashriflar, siyosiy islohotlar va investitsiya tashabbuslari yillar kesimida
infografikada aks ettirildi. “Yuqori darajadagi diplomatik hamkorlik”, “Investitsion kelishuvlar”
va savdoning o’sishi ma’lumotlar tahlilida ko’rsatilgan. Ikki tomonlam
a umumiy savdoda yillik
import va eksport hajmlari o’zgarishi va ularning miqdorlari mos ravishda tasvirlangan va
kerakli mulohazalar orqali xulosalar berilgan. Iqtisodiy hamkorlik jarayonida erishilgan
yutuqlar va natijalar haqida qiyosiy tahlillar berilgan va kelajakda integratsiyatlashuv
jarayonini tezlashtirish mumkin bo’lgan ehtimoliy imkoniyatlar va tavsiyalar sanab o’tilgan.
Ushbu metodologiya O’zbekiston
−
Germaniya iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati
va kelajakdagi salohiyatini baholash imkonini beruvchi iqtisodiy tahlili ko’rsatibgina qolmay,
empirik savdo ma’lumotlarini ishonchli tekshirishni ham ta’minlaydi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O’zbekiston va Germaniya ikki tomonlama diplomatik aloqalari yillar kesimida
1991-yil 31-
dekabrda Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining
mustaqilligini rasman tan oldi. 1992-yil 6-
martda rasmiy diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
1993-
yilda Germaniyaning Toshkentda elchixonasi ochildi, shu yilning o‘zida O‘z
bekiston
Berlinda o‘z elchixonasini ochdi. 1995
-yilda savdo va sarmoyaga qaratilgan dastlabki iqtisodiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
11
bitimlar imzolandi. 1995-yil may oyida esa Germaniya Federal Iqtisodiyot vazirligi bilan
hamkorlikda savdo va investitisiya boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston
−
Germaniya
ishchi guruhi tuzildi. Ishchi guruhning ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida
o‘tayotgan yig’ilishlarida ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishiga doir masalalari, ikki
tomonlama savdo-
iqtisodiy munosabatlarning holati va qo‘shma
investitsiya loyihalarini
amalga oshirish jarayonining borishi va boshqalar muhokama qilingan va savdo bitimlari
imzolangan (1-rasm).
1-rasm. O'zbekiston va Germaniya davlatlari o'rtasidagi diplomatik aloqalar yillar
kesimida
1999-
yilda Gyote Instituti O'zbekistonda nemis tilini o’rgatish va madaniy almashinuvni
qo'llab-quvvatlash maqsadida faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda ham Gyote Instituti yiliga
minglab til ixlosmandlariga ta’lim berib kelyapti. 2005
-
yilda O’zbekiston hududida bo’lib o’tgan
voqealar Germaniya va O'zbekiston diplomatik aloqalarga salbiy ta’sir qildi, ko’plab bitimlar
bekor qilindi. 2009-yildan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik faollashdi. Germaniya
Afg'onistondagi operatsiyalarini tashkil etishda Termiz poligonlaridan faol foydalana boshladi,
shuningdek, milliy xavsizlik va harbiy sohada hamkorlik chuqurlashdi (Daryo.uz, 2024).
2019-
yil yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniyaga ilk rasmiy
tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida umumiy qiymati 4 milliard yevrodan ortiq bo’lgan 58 ta
loyiha imzolangan. Shuningdek, savdo hajmini yiliga 1 milliard yevroga yetkazish maqsadi
belgilangan. Bundan tashqari, mintaqaviy integratsiya va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
maqsadida “Germaniya
−
Markaziy Osiyo” formatida muloqot maydoni tashkil etildi. Shundan
so’ng, ikki davlat o’rtasida “Investitsiyalarni himoya qilish”, “Ikki tomonlama soliqqa
tortishning oldini olish”, “Moliyaviy va texnik hamkorlik” va boshqa bitimlar imzolandi. 2022
-
yilga kelib O’zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik
to’g’risidagi bitim”ni imzoladi. Ushbu bitim Yevrop
a Ittifoqi, ayniqsa Germaniya bilan
energetika, transport, iqlim oʻzgarishi, raqamli iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda
hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan (Yerzikov, 2024).
2023-yil 2-3-
may kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Germaniyaga tashrifi chog’ida ko’p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan
deklaratsiya imzolandi. Tashrif chog’ida Markaziy Osiyo va Yevropani bog’laydigan Trans
-
Kas
piy yo’lagini rivojlantirish loyihasi alohida ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, O’zbekiston
delegatsiyasi Germaniyaning Siemens Energy, Deutsche Bank, Commerzbank, CLAAS va boshqa
yirik kompaniya rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazishdi
(yuz.uz, n.d.). Biznes forum yakuni
bo’yicha yashil energetika, transport infratuzilmasi, metallurgiya, suv ta’minoti, qishloq
xo’jaligi, kimyoviy moddalar, konchilik, avtomobilsozlik, to’qimachilik, elektrotexnika
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
12
sohalarda umumiy qiymati 9 milliard yevrolik kelishuvga erishildi. Bundan tashqarim
Germaniyaning Deutsche Bank va KfW Bank kabi yirik banklari loyihalarni moliyalashtirish
orqali bank va moliya sohasida hamkorlikni kengaytirish rejalarini ishlab chiqishdi. Tashrif
yakunida 16 ta hukumatlararo va idoralararo iqtisodiyot, savdo, moliya, fan-
ta’lim,
innovatsiyalar yo’nalishida bitimlar imzolandi
(kun.uz, 2023).
2024-yil 15-sentabr kuni Germaniya Federal Respublikasining Kansleri Olaf Shols
Markaziy Osiyoga ilk tashrifini Samarqand shahridan boshladi. Oliy darajadagi muzokaralarda
mehnat migratsiyasi sohasida talab yuqori bo’lgan sohalarda o’zbekistonlik mutaxassi
slarni
kasbiy tayyorlash va ishga qabul qilish bo’yicha “yo’l xaritasi”ni ishlab chiqarish taklifi berildi.
O’zbekistonda dual ta’limning nemis modelini joriy etish, yetakchi universitetlar o’rtasida
ta’lim va ilmiy almashinuvni rivojlantirish maqsadida ik
ki davlat universitetlari forumini
tashkil etish takliflari kiritildi. Muzokaralar so’ngida migratsiya va mobillik, veterinariya va
chorvachilik, suv resurslari, foydali qazilmalar, transport, iqlim o’zgarishlari sohasida 8 ta ikki
tomonlama hujjatlar imzolangan. Shuningdek, 2024-2026-
yillarga mo’ljallangan texnologik
sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilingan (News Central Asia, 2024).
Germaniya Federal Respublikasi O‘zbekistonning eng yirik 10 savdo hamkori qatoriga
kiradi, umumiy savdo aylanmasi bo‘yicha 7
-
o‘rin, import bo‘yicha esa 6
-
o‘rinni egallaydi. 2016
-
2023-
yillarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ik
ki barobarga
ko‘payib, 2016
-yildagi 529,1 million dollardan 2023-yilda 1,1 milliard dollarga yetdi. Shu
davrda eksport hajmi 2,4 barobarga, 36,9 million dollardan 87 million dollarga yetdi, import
hajmi ham 492,2 million dollarga o‘sdi. Germaniyaning O‘zbe
kistonning umumiy savdo
aylanmasidagi ulushi 2,2 foizdan 1,7 foizga qisqardi. Biroq uning eksportdagi ulushi 0,3 foizdan
0,4 foizga oshgan (Review.uz, n.d.).
Germaniya Oʻzbekiston savdo importining asosiy qismini, mamlakat iqtisodiy rivojlanishi
uchun zarur boʻlgan mashinalar, uskunalar, transport vositalari va boshqa sanoat
mahsulotlarini yetkazib beradi. Eksportda asosan toʻqimachilik mahsulotlari 29%, rangli
metallar 21%, oziq-ovqat mahsulotlari 8%, kimyo mahsulotlari 3%, xizmatlar 39% tashkil etdi.
Importda 50% ni mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalari, 14% sanoat tovarlari,
12% farmatsevtika mahsulotlari, 12% kimyo va plastmassa buyumlari, 7% x
izmatlar koʻrsatish
tashkil etdi. Shuningdek, 2024-yil 1-
avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda nemis investorlari
ishtirokidagi 276 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda, jumladan, 57 ta yangi korxonalar 2024
-
yildan boshlab faoliyat yurityapti.
2023-
yilda Germaniyaning Oʻzbekistonga kiritgan sarmoyalari va kreditlari 757,8 million
dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2024
-
yilning birinchi yarmida bu koʻrsatkich 577,7 million
dollarga yetdi. Germaniyadan O‘zbekistonga to‘plangan investitsiyalar va kredi
tlarning
umumiy hajmi 4,5 milliard dollardan oshdi. Germaniya sarmoyalari birinchi navbatda ishlab
chiqarish sektoriga, xususan, to'qimachilik, kimyo va metall bo'lmagan foydali qazilmalarni
ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. Boshqa asosiy sarmoya sohalari qatoriga qurilish, tog'-kon
sanoati, savdo va avtomobilsozlik kiradi. Germaniya va O’zbekiston o’rtasida “Investitsiyalarni
rag’batlantirish va himoya qilish” to’g’risida kelishuv, “Eng yaxshi ko’rilgan millat mamlakat
o’rtasidagi savdo tartibi”, “Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish” to’g’risidagi bitimlar
imzolandi (2-rasm).
2016-
yilda O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi savdo aylanmasi 529,1 million dollarni
tashkil etgan, shundan 492,2 million dollari, ya’ni 93%i import xissasiga, qolgan 36,9 million
dollar eksport xissasiga to’g’ri kelgan
(Center,2024). 2020-yilda ikki mamlakatning savdo
aylanmasi 16,5% ga kamaygan, bu esa importning 168,1 million dollarga tushish fonida ro’y
bergan. 2022-yilga kelib, import 1070,4 million dollarni tashkil etgan, bu esa 2016-yilga
nisbatan 117,5% ga ko’p degani.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
13
2-rasm. O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi
mahsulot va xizmatlar savdo aylanmasi
Eksport hajmi ham 141% ga o’sib, 88,9 million dollarni tashkil etgan. Yil oxiriga kelib,
umumiy savdo aylanmasi 1159,3 million dollarga yetgan. Faqat shu davrning oxirida, ya’ni
2022-yilga kelib, umumiy mahsulot, xizmatlar aylanmasi va import 1 milliard dollardan oshgan.
Bu esa Germaniyaning O’zbekiston uchun savdo aylanmasi bo’yicha 7
-yirik davlat ekanligi,
mahsulot va xizmatlarning importi bo’yicha savdo hamkorlari orasida 6
-
o’rinda ekanligini
ko’rsatdi (
3-rasm).
3-rasm. Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo aylanmasi 2016-2022-yillar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
14
Ikki davlat munosabatlarning rivojlantirish imkoniyatlari
O’zbekiston Germaniyaga eksport qiladigan mahsulotlar orasida to’qimachilik
mahsulotlari (12.7 million dollar), choyshablar (4,29 million dollar), qishloq xo’jaligi
mahsulotlari, molibden (15,1 million dollar), mis (2,8 million dollar), va xizmatlar kiradi. Sanab
o’tilgan mahsulot va servislarni Germaniyaga eksportini karrasiga oshirish imkoniyati mavjud:
1.
Ekologik toza tolalardan Germaniya madaniyatiga va trendiga mos bo’lgan
to’qimachilik mahsulotlarini turini kengaytirish va organik sertifikatlangan mahsulotlar
kataloglarni yaratish lozim.
2.
Poliz mahsulotlari, mevalar, yong’oq, murabbolar, quritilgan mevalar,
shuningdek, alohida sertifikatlangan va yaroqlilik muddati uzoq davom etadigan qishloq
xo’jaligi mahsulotlariga talabni O’zbekistondan eksport qilish orqali qondirish mumkin.
3.
Qayta tiklanadigan energiya va texnologiyalar ishlab chiqarish uchun talab
etiladigan molibden, mis, uran, oltin va boshqa qimmatbaho metallar eksportini kengaytirish
va uzoq muddatlik shartnomalar tuzish lozim.
4.
Strategik ahamiyatga ega bo’lgan qayta tiklanuvchi energiya texonologiyalarini,
ya’ni quyosh panellari, turbinalar, batareya va boshqa texnologiyalarni O’zbekistonda
birgalikda ishlab chiqarish, nafaqat ishki talabni qondirish, balki boshqa davlatlarga eksport
qilish salohiyatini yaratish mumkin.
5.
Axborot texnologiyalari (IT) sohasida dasturiy ta’minot, dizayn, sun’iy intelekt
yo’nalishida masofaviy ravishda Germaniyaga xizmatlar soni va sifatini yaxshilash uchun
umumiy platforma yaratish ikki tomonlama aloqalarda yangi bosqichga chiqaradi.
6.
Germaniyada inson resurslariga bo’lgan talabni qondirish maqsadida,
O’zbekistonda kasbiy tayyorgarlik va til ko’nikmalarini beradigan dasturlar sonini oshirish,
dual ta’lim loyihalarini kengaytirish va migratsiya sohasida kelishuvlarga erishish ahamiyati
yildan yilga oshib bormoqda.
7.
O’zbekiston va Germaniya o’rtasida to’g’ridan
-
to’g’ri parvozlar sonini oshirish,
tur paketlar soni va sifatini takomillashtirish, O’zbekistonning asosiy turistik shaharlarida
nemis turizm markazlarini ochish, Germaniya bilan bog’lik tarixiy va madaniy manz
illarni keng
targ’ib qilish zarur.
8.
Yashil energatika, tog’
-
kon sanoati, raqamlashtirish kabi ustuvor yo’nalishlarda
ikki tomonlama shartnomalarni kengaytirish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda Germaniyaning
Siemens Energy kompaniyasi elektr standiyalarni qurishni boshlagan, Linde Group esa
kimyoviy korxonalar infratuzilmasini va sanoat loyihalari kengaytirish imkoniyatlarini
ta’kidlaydi.
9.
Germaniya
−
O’zbekiston biznes uchrashuvlar sonini ko‘paytirish, bir yil
davomida dastlab Germaniya, so’ng O’zbekistonda uchrashuvlar o’tkazish biznes yuritish va
investitsiya hajmini oshishiga yordam beradi. Bu uchrashuvlarda O’zbekistonning maxsus
iqtisodiy zonalari
da qanday imkoniyat va qulayliklar borligi haqida to’laqonli tanishtirish
mumkin bo’ladi.
10.
Diplomatik sohasida doimiy aloqalarni yo’lga qo’yish, vazirlar, hukumat
rahbarlari o’rtasida doimiy muloqot va uchrashuvlarni tashkil etish, Afg’oniston masalasida
birgalikda qarorlar qabul qilish juda muhim.
11.
Qishloq xo’jaligi, samarali sug’orish, bioxilma
-
xillikni saqlash bo’yicha Germaniya
tajribasini o’rganish va tadbiq ekish ikki tomonlama aloqalarni doimiyligini ta’minlaydi va
O’zbekiston uchun suv resurslarini tejashga yordam beradi.
12.
O’zbekistondagi maktab, kasb hunar dargohlarida nemis tilini dasturlarini
kengaytirish, Germaniya universitetlarning filliallarini ochish, o’zbek talabalari uchun grantlar
va stipendiyalar sonini oshirish integratsiya jarayonini tezlashtiradi.
13.
O’zbekiston va Germaniyada madaniy sohada aloqalarni kengaytirish borasida
nemis manadiyati festivallar sonini ko’paytirish, O’zbekistonning etnik nemis hamjamiyatida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
15
ularning milliy an’ana va urf
-
odatlarini saqlab qolish maqsadida ko’plab tadbirlar uyushtirish
zarur.
14.
O’zbekistonda “Germaniya
−
Markaziy Osiyo” sammitini o’tkazish lozim. 2026
-
yilda “Germaniya
−
O’zbekiston madaniyati yili”ni o’tkazish va keng qamrovda nishonlash yana
bir aloqalarni mustahkamlaydigan qadam hisoblanadi.
15.
“Yashil Innovatsiyalar Jamg’armasi”ni yo’lga qo’yish orqali ko’plab ikki
tomonlama innovatsiyalar va texnologik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini kengaytiradi
va sifat jihatidan ularni yaxshilaydi.
16.
Germaniyada talablariga javob beradigan va Yevropa Ittifoqi hududida ham
eksport jarayonini tartibga soladigan xalqaro sertifikatlash tartibini O’zbekistonda yo’lga
qo’yish va o’zbek tadbirkorlariga faol ravishda targ’ib qilish va rag’batlantirish tamoyill
arini
ishlab chiqish yana bir imkoniyat hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati –
savdoni
liberallashtirish, takomillashgan diplomatik aloqalar va faol xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
strategiyasi mamlakatni jahon iqtisodiyotida o’rnini mustahkamladi. 1991
-yil 31-dekabr
kunida O’zbekiston mustaqilligi tan olingandan beri Germaniya bilan ikki tomonlama
munosabatlar doimiy ravishda rivojlanib bordi. Bu esa 1993-yilda ikki davlat elchixonalarini
tashkil etilishi va 1995-yilda dastlabki iqtisodiy bitimlar imzolanishi bilan davom etdi. 2024-yil
sentabrda Germaniya Federal Respublikasi Kansleri Olaf Sholsning yuqori darajadagi tashrifi
davomida investitsiya va savdo hajmini oshirish bo’yicha hujjatlar imzolandi. Uchrashuv
davomida 2016-2023-
yillar oralig’ida integratsiya jarayoni tezlashganligi e’tirof etildi.
Ko’plab kelishuvlarning amaliy natijalariga qaralganda, ikki davlatning diplomatik
natijalari mustahkam hamkorlik va islohotlarga asoslangan savdo siyosatini barqaror
rivojlantirish kerakligini aks ettiradi. Germaniyaning ishonchli iqtisodiy hamkor sifatida paydo
bo’lishi –
o’zining texnologik kuchi va yetakchi investor sifatidagi roli bilan mustahkamlanib
kelmoqda. Biroq, savdodagi tafovut va tartibga solishning uyg’unlashtirish zarurati kabi
muammolar saqlanib qolmoqda. Bu esa o’z navbatida joriy aloqalar
bilan sezilarli yutuqlarga
erishilgan bo’lsa
-
da, hamkorlikni barqarorlashtirish va integratsiyaga erishish yo’lida yangi
imkoniyatlardan foydalanish zarur ekanligini ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, ikki davlat o’rtasida hali amalga oshmagan lohiyalarga e’tibor
qaratish zarur. Iqtisodiy, ijtimoiy, moliya va boshqa muhim sohalarda yangi tashabbuslarni
kengaytirish ushbu ikki tomonlama yutuqlarni yanada mustahkamlab, tobora
integratsiyalashgan global iqtisodiyotda o'zaro manfaatli kelishuvlarga yo'l ochib beradi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Center for Economic Research and Reforms. (2024). Infographics: trade, economic and
investment
cooperation
between
Uzbekistan
and
Germany.
Review.uz.
https://review.uz/en/post/infografika-torgovo-ekonomicheskoe-i-investicionnoe-
sotrudnichestvo-mejdu-uzbekistanom-i-germaniey
Daryo. (2024). Olaf Scholz’s historic visit: What Germany seeks from Uzbekistan. Daryo.
https://daryo.uz/en/2024/09/17/olaf-scholzs-historic-visit-what-germany-seeks-frouzbekistan
Federal Foreign Office of Germany. (n.d.). [Title of the article]. Auswärtiges Amt. Retrieved
from https://www.auswaertiges-amt.de/en/newsroom/news/2595054-2595054
Kun.uz. (2023). Uzbekistan, Germany sign grant agreements to support education and
healthcare. Kun.uz. Retrieved from https://kun.uz/en/news/2023/11/13/uzbekistan-germany-
sign-grant-agreements-to-support-education-and-healthcare
Mamatkulova, S. S. (2024). Trade, economic and investment cooperation between
Uzbekistan and Germany. [Journal Name], 2(4), 146
–
150. ISSN (E): 2994-9521.
McCurry, J. (2024). Japan falls into recession as its economy slips behind Germany.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
16
News Central Asia. (2024). The German chancellor and the president of Uzbekistan met in
Samarkand: A package of documents signed, Germany and Uzbekistan are working on projects
worth 9 billion euros. News Central Asia.
Review.uz. (n.d.). Infographic: Trade, economic, and investment cooperation between
Uzbekistan and Germany. Review.uz. Retrieved from https://review.uz/en/post/infografika-
torgovo-ekonomicheskoe-i-investicionnoe-sotrudnichestvo-mejdu-uzbekistanom-i-germaniey
The Observatory of Economic Complexity. (n.d.). Germany
–
Uzbekistan. Retrieved February
17, 2025, from https://oec.world/en/profile/bilateral-country/deu/partner/uzb
Yerzikov,
V.
(2024).
Olaf
Scholz
Oʻzbekistonga
keladi.
Kursiv
Media.
https://uz.kursiv.media/uz/2024-09-14/olaf-shols-ozbekistonga-keladi
Yuz.uz. (n.d
.). Германия –
главный экономический партнер Узбекистана в ЕС.
Yuz.uz.
Retrieved
from
https://yuz.uz/ru/news/germaniya---glavny-ekonomicheskiy-partner-
