TA’LIM TIZIMINI ZAMONAVIY BOSQICHGA OLIB CHIQISH – IQTISODIY YUKSALISH KAFOLATIDIR

Annotasiya

Bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv va texnologik qurollanish bosqichida ilm-fan, real ishlab chiqarish va texnika-texnologiyalarning rivojlanishi natijasida malakali, intellektual salohiyatli kadrlarga talab kuchayib bormoqda.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Davlatova, N. (2023). TA’LIM TIZIMINI ZAMONAVIY BOSQICHGA OLIB CHIQISH – IQTISODIY YUKSALISH KAFOLATIDIR. Nashrlar, 28–32. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/editions/article/view/92116
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv va texnologik qurollanish bosqichida ilm-fan, real ishlab chiqarish va texnika-texnologiyalarning rivojlanishi natijasida malakali, intellektual salohiyatli kadrlarga talab kuchayib bormoqda.


background image

28

qo‘llashga, shuningdek, talabalar o‘rtasida innovatsion, ijodiy fikrlashni
shakllantirishga e’tibor qaratish lozim.

Xulosa

qilib aytganda, oliy o‘q

uv yurtlarining yuqori salohiyati qurilish kabi

muhim fond yaratuvchi sohaning innovatsion rivojlanishiga katta hissa qo‘shish

imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

:

1.

Asamatdinov M.O. Mahalliy xom ashyo asosida suvoq qorishmasining tarkibi va

xossalarini shakllantirish. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya

avtoreferati.- Toshkent, 2020.

2.

Aхлиддинoв и дp. “Упpaвление oбpaзoвaнием в Узбекистaне: пpoблемы, пoиск,

pешения”. Т. “Ес

-

ТAСИС”. 1999.

3.

Ilyasov A.T. Mahalliy xom ashyo asosida samarali devorbop keramik buyumlarning

strukturasi, tarkibi va xossalarini shakllantirish. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (

PhD)

dissertatsiya avtoreferati.- Toshkent, TAQI, 2018.

4.

Кopзникoвa Г.Г. Менеджмент в oбpaзoвaнии. М., “Aкaдемия”, 2008 г.

5.

Najimov I.P. Qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini

ta’minlash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida). Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.- Toshkent, 2021.

6.

Сaгинoвa O.В. –

Мapкетинг высшегo oбpaзoвaния: oснoвные пoнятия, нoвые

тенденции и пеpспективы, М. 2006.

7.

https://map.uzgeolcom.uz

TA’LIM TIZIMINI

ZAMONAVIY BOSQICHGA OLIB CHIQISH

IQTISODIY

YUKSALISH KAFOLATIDIR

Davlatova Nilufar Vosiljonovna

Namangan Davlat Universiteti tayanch doktoranti

Bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv va texnologik qurollanish

bosqichida ilm-fan, real ishlab chiqarish va texnika-texnologiyalarning
rivojlanishi natijasida malakali, intellektual salohiyatli kadrlarga talab kuchayib

bormoqda.

Qaysi bir rivojlangan mamlakatning iqtisodiyotiga razm qolmaylik, YaIMning

yuqori sur’atlarida o‘sib kelishiga inson kapitalining o‘rni beqiyosligini

ko‘rishimiz mumkin. O‘z navbatida, mamlakatning

eksport salohiyati, innovatsion

mahsulotlar, hududlarda maxsus iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi qolaversa,

daromad olib keluvchi g‘oyalar, patentlar, nou

-xau va venchur loyihalarning

yaralishida davlat tomonidan ta’lim tizimi ilmiy faoliyatini konst

ruktor-

texnologik ta’minlash orqali erishiladi.

Hozirgi kunda ta’lim tizimi

barcha mamlakatlar uchun asosiy ustuvor

beriladigan tarmoq sifatida qaralmoqda. Chunki, mamlakat istiqboli, kelajagi

aynan yoshlar qo‘lida ekanligi barchamizga ma’lum.

Aynan yoshlarning tanlagan

sohalari bo‘yicha zaruriy bilimlar berish, ularning ko‘nikma

larini shakllantirish

ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakat tayanchi va

pirovard asosi aynan pul bilan bog‘liq munosabatlarda shakllanganligi tufayli


background image

29

ushb

u sohada mavjud bo‘lgan muammolarni o‘rganish va ularga

y

еchim

beradigan bo

‘lajak

malakali kadrlarni yеtishtirib berish mamlakat ta’lim siyosati

bilan bog‘liq jarayondir.

Ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarilganligi sababli talabalarning fikr

darajasi kengaymoqda, axborot olish imkoniyatlari osonlashmoqda, bunday

sharoitda dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik

talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini va dars samaradorligini pasaytirib

yuboradi. Ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy mahorati, o‘z kasbiga puxta

yondoshgan holda darslarni tashkil etish

i bo‘lajak yosh kadrlarning ko‘nikma va

malakalarini shakllantirilishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi

[1].

Ta’lim jarayoniga, jumladan, umumjahon manfaati va inson salohiyatini

maksimal darajada rivojlantirishga kengroq qarash zarur. Jahon iqtisodiyotining

ob

’y

ektiv haqiqati shundaki, Yaponiya tomonidan moliyalashtirilgan sport

avtomobili Italiyada ishlab chiqilgan, Meksika, Fransiyada yig‘ilgan va AQShda

ishlab chiqilgan yuqori aniqlikdagi elektron komponentlardan foydalanadi.

Hozirda bir mamlakatga tegishli mahsulotlar va texnologiyalarning vaqti tugadi

va xuddi shu jihat korporatsiyalar va umuman sanoat uchun ham amal qiladi.

Bunday holatda millatning asosiy boyligi fuqarolarning malakasi va ijodiy

salohiyatiga borib taqaladi.

Y

angi ta’lim mazmun

ini shakllantirishda eng avvalo xorij tajribasi muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, Oksord, Harvard, Kembrij, Stenford, Kaliforniya

texnologiya instituti, Prinston, London Imperial kolleji va boshqa nufuzli ta’lim

muassasalarida asosiy maqsad zamon talab

lariga mos bo‘lgan, raqobatbardosh

kadrlar yеtishib chiqarishdadir. Bunda, innovatsion texnologiyalarni joriy etish,

shu orqali o‘quvchilarni amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash ustuvor

vazifalaridan biri deb hisoblashadi.

Shuningdek, ta’lim tizimini rivojlantirishda innovatsion jarayonlarning o‘rni

juda muhim sanaladi, xorij mamlakatlari ta’lim tizimida bir qancha namunali

strategiyalar mavjud bo‘lib, kadrlar tayyorlashda kutilgan natijaga tezroq va

sifatli tarzda olib borishga zamin yaratmoqda (1-rasm).

Zamonaviy texnologiyaga asoslangan ta’lim vositalarini puxta pedagogik

amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirish talabalarga ham, umuman universitetlarga

ham foyda keltirishi mumkin, ammo bu ta’lim ekotizimida katta o‘zgarishlarga

olib keladi. Shuning uchun bunday qayta taqsimlash insoniy, texnologik va

pedagogik omillarni hisobga oladigan keng strategik rejalashtirishdan

boshlanishi kerak.

1-rasm.

Ta’lim tizimini rivojlantirishda innovatsion jarayonlar

[2]


background image

30

Xususan, yangi asbob-uskunalarni xarid qilish professor-

o‘qituvchilarni

qo‘llab

-

quvvatlash, xabardor qilish, rag‘batlantirish va malakasini oshirish

tuzilmasini, shuningdek, ushbu uskunani ularning pedagogik faoliyatiga joriy

etishni rag‘batlantirish uchun

mukofotlash tizimini yaratish bilan birga olib

borilishi kerak [3].

Buyuk Britaniyada bakalavr darajasida iqtisod bo‘yicha universitet ta’limi

mustaqil bilim sohasiga tuzilgan keng fanlar majmui bo‘lib, talabaga bilimlar

chegaralari, shuningdek, uni qo‘llashning ayrim asosiy yo‘nalishlari haqida

tushuncha beradi. Iqtisodchining ish faoliyati davomidagi asosiy vazifa va

qiyinchilik bu avvalgi bajarilgan ishlarni kelgusida yangicha innovatsion usulda

bajara olishidir. Iqtisodchining ish prinsiplarini asos (iqtisod asoslari bo‘yicha
haqiqiy bilim) bo‘lmasa, to‘g‘ri talqin qilib bo‘lmaydi, shuning uchun gap

ustuvorliklarda emas, balki muvozanatda bo‘lib, talabalar –

bo‘lajak

iqtisodchilarga kontseptual tushuncha beradi.

Ilg‘or G‘arb mamlakatlari ta’limning boshlang‘ich bosqichidayoq

iqtisodchining kasbiy faoliyatining innovatsi

on xarakterini ko‘rishadi. Biroq,

mamlakatimizda ta’lim ko‘pincha kasbiy hamkorlik, zamonaviy texnologiyalar va

ijodkorlikdan ko‘ra bilimlarni professor

-

o‘qituvchilardan talabalarga o‘tkazishga

qaratilgan. Hozirgi holat ushbu yondash

uvni qayta ko‘rib chiqi

shni va asosiy

e’tiborni kasbiy mustaqillik, ijodkorlik va еtakchilikni rivojlantirishga qaratishni

talab qiladi.

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib, ularning

yosh avlod turmush tarziga ta’siri yildan

-yi

lga ahamiyatli bo‘lib b

orar ekan,

ularning o‘zgartiruvchi xususiyati butun jamiyat, jumladan, ta’lim sohasiga ham

taalluqlidir. O‘quv jarayonida mobil qurilmalar, simsiz tarmoqlar, bulutli saqlash

va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga bo‘lgan ishtiyoq ularning o‘quv jarayonini

o‘zgartirish va samaradorligini oshirishda taqdim etayotgan ulkan imkoniyatlari

bilan bog‘liq.

Ta’lim sharoitida globallashuv

natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijobiy

hodisalar:

1) ta’lim va kadrlar tayyorlash mamlakatning i

qtisodiy raqobatbardoshligini

oshirishning asosiy vositasiga aylanishi;

2) aholi va ishchi kuchining bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish

maqsadida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim va kasbiy qayta tayyorlashni

kengaytirish zarurati.

Hozirgi kunda, mamlakatimiz oliy

ta’lim muassasalarida dars jarayonlarini

samarali tashkil etishda bir qancha metodlar mavjud bo‘lib, ular orqali fanning

mazmuni, jamiyat hayotidagi aktualligi hamda soha ichidagi muammolar va

ularni bartaraf etishdagi yеchimlarni topishda qo‘l keladi (1

-jadval).

Butun dunyodagi OTMlardagi o‘zgarishlarni boshqaradigan kuchlardan

ustun turish uchun texnologiya tobora ko‘proq innovatsion, tejamkor yеchimlar

bilan bog‘lanmoqda. Zamonaviy texnologiyaga asoslangan ta’lim vositalarini

puxta pedagogik amaliyotlar

bilan uyg‘unlashtirish talabalarga ham, umuman

universitetlarga ham foyda keltirishi mumkin, ammo bu ta’lim ekotizimida katta


background image

31

o‘zgarishlarga olib keladi. Shuning uchun bunday qayta taqsimlash insoniy,

texnologik va pedagogik omillarni hisobga oladigan keng strategik

rejalashtirishdan boshlanishi kerak.

1-jadval

O‘quv mashg‘ilotlarini samarali tashkil etuvchi metodlar

[4]

O‘quv

mashg‘ulotlari

texnologiyasi

Interfaol metodlar va

ta’lim strategiyalari

Grafik organayzerlar

Ma’ruza mashg‘ulotlari

ta’lim texnologiyasi

Erkin yozish. Asoslangan

esse

Klaster.

B-B-B chizmasi T-chizma

Seminar mashg‘ulotlari

ta’lim

texnologiyasi

Aqliy hujum. FSMU

Blist-

so‘rov.

Blist-

o‘yin

Venn diagrammasi.

Konsteptual jadval

Amaliy mashg‘ulotlar ta’lim

texnologiyasi

O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma.

Yozma va og

zaki davra

suhbati

Insert jadvali.

“Nima uchun” chizmasi.

“Qanday?”

diagrammasi

Mustaqil ta’lim

texnologiyasi

Tushunchalarni aniqlash

Baliq skeleti

Keys-

stadi ta’lim

texnologiyasi

Tushunchalar asosida matn

tuzish

Toifalash jadvali

Loyihali ta’lim texnologiyasi

Chalkashtirilgan mantiqiy

zanjirlar ketma-ketligi

Nilufar guli

Bilamizki, ta’lim tizimini moddiy

-texnik bazasini yaxshilash moliyaviy

sog‘lomlashtirishning strategik yo‘nalishi

bo‘lib, budjetdan tashqari mablag‘, ya’ni

tadbirkorlik faoliyatidan mablag‘larni jalb etish hisobig

a moliyalashtirishning

yangi manbaidan foydalanish

kerak bo‘lib, bu chora oliy ta’limni jahon miqyosida

rivojlantirishning ob’

yektiv qonuniyati hisoblanadi.

Shunday ekan, O‘zbekistonda ta’lim tizimining moliyaviy boshqaruvini

takomillashtirish orqali malakali kadrlar tayyorlashning yangicha boshqaruv

tuzilmalarini tashkil etish va boshqaruvning zamonaviy shakl va usullaridan

foydalanish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Buning uchun, avvalo, ta’lim tizimini davlat tomondan moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlash, mavjud mablag

‘lardan samarali foydalanish hamda ta’lim

muassasalariga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etishni takomillashtirish

muhim o‘rin tutadi. Negaki, ta’lim muassasalarini yetarlicha mablag‘ bilan

ta’minlamay turib, sifatli ta’lim tizimini tala

b etish oxir oqibatda ushbu soha

samaradorligiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Budjetdan tashqari

mablag‘larni jalb qilish yo‘nalishlari va usullarini qo‘llashda ta’lim sohasi

rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish va mamlakatimi

zning ijtimoiy-

iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda, o‘zimizga moslashtirib, xorij tajribasidan

foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Ta’lim tizimi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan bizga ma’lumki,

AQSh va Yevropa mamlakatlarida aksariy

at ta’lim muassasalari xususiy tarzda

ochilgan yoki bo‘lmasa mamlakatdagi birorta yirik korporatsiyalari vasiyligida

ochilgan. Bu esa ta’lim mu

assasalarini bir nechta manbalar hisobiga

moliyalashtirishiga olib keladi. Qolaversa, turli xil grantlar, turli x

il ta’lim va


background image

32

konsalting xizmatlari hamda h

omiylik asosida qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish

lozim. Bu jarayonlarga bevosita ta’lim muassasala

rining professor-

o‘qituvchilari

va ishchi-xodimlarini ham jalb qilish lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki,

O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham mazkur

tizim joriy qilinsa, ta’lim muassasalariga qo‘shimcha mablag‘larni kelib tushishiga

hamda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida ta’limni zamonaviy

bosqichga olib chiqish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash orqali mamlakat

iqtisodiyotini yuksalishiga zamin yaratadi.

Adabiyotlar ro

yxati:

1.

Ожерелева Т. А. Информaционное моделирование в образователных технологии

//Международный журнал эксперименталного образованиа –

2016.

№. 3

-2.

С. 214

-218.

2.

Абрамов С. А. Исползование современных образователных технологий в процессе

организaции

дополнителного

профессионалного

педагогического

образованиa

//Оргкомитет. –

2023.

С. 5.

3.

Савчук Г. и др. Исползование интерактивных образователных технологий по теме

«трансформаторы» дисциплины «электротехника»

2023.

Т. 2. –

№. 3.

4. S.I.Mirhayitova

«

Pedagogik texnologiya

moduli bo‘yicha

»

o‘quv qo‘llanma. Toshkent

-

2020. 200 bet.

THE INFLUENCE OF SUSTAINABLE TOURISM POLICY, DESTINATION

MANAGEMENT, AND SUSTAINABLE TOURISM DEVELOPMENT ON

IMPROVING THE QUALITY OF LIFE FOR THE PEOPLE OF UZBEKISTAN : A

COMPREHENSIVE OVERVIEW

Egamnazarov Khusniddin

Tashkent State University of Economics

Sustainable tourism policy in Uzbekistan encompasses strategies for

environmental conservation, cultural preservation, economic empowerment, and
visitor management. It sets the foundation for responsible tourism practices that

benefit the environment and local communities. Destination management

initiatives coordinate efforts to ensure that tourist destinations offer authentic

and enriching experiences while efficiently managing infrastructure, services, and

visitor flows.

The ultimate goal of these policies and practices is sustainable tourism

development, where economic prosperity, cultural respect, and environmental

stewardship harmonize to enhance the quality of life for Uzbekistan's people. The

paper highlights the role of tourism in creating employment opportunities,

reducing poverty, and fostering community engagement. It also examines the
importance of maintaining the integrity of Uzbekistan's natural and cultural

assets to attract responsible and culturally sensitive tourists.

Through an interdisciplinary analysis of sustainable tourism in Uzbekistan,

this study sheds light on the multifaceted benefits and challenges faced in

Bibliografik manbalar

Ожерелева Т. А. Информaционное моделирование в образователных технологии //Международный журнал эксперименталного образованиа – 2016. – №. 3-2. – С. 214-218.

Абрамов С. А. Исползование современных образователных технологий в процессе организaции дополнителного профессионалного педагогического образованиa //Оргкомитет. – 2023. – С. 5.

Савчук Г. и др. Исползование интерактивных образователных технологий по теме «трансформаторы» дисциплины «электротехника» – 2023. – Т. 2. – №. 3.

S.I.Mirhayitova – «Pedagogik texnologiya moduli bo‘yicha» o‘quv qo‘llanma. Toshkent-2020. 200 bet.