ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
534
Samarkand State Institute of Foreign Languages
PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA DIDAKTIKANING ROLI
Jiyanov О.P., Majidov H.A., Axtamov S.S.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Samarqand filiali o‘qituvchisi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Samarqand filiali talabalari.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada nazarda tutilgan asosiy maqsad, p
rofessional ta’lim
o‘qituvchilarini tayyorlashni zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron
o‘quv qo‘llanma, elektron masalalar to‘plami, elektron trenajyorlar, elektron praktikumlar,
elektron ma’lumotnomalar, elektron ensiklopediyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari,
elektron o‘quv metodik-majmua (EO‘MM), mabil ilovalar va shu kabi boshqa ko‘plab
zamonaviy didaktik vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Shu bois, hozirgi zamon professional
ta’limida zamonaviy didaktik vositalari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so‘zlar:
Didaktika, elektron darsliklar, metod, axborot, o‘qitish, bilim, ko’nikma,
imkoniyat, boshqaruv, elektron trenajyorlar, vosita, elektron ma’lumotnomalar
Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish
borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga
ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda
xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga
mos zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Bugungi kunda OTM larida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashni
zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron
masalalar to‘plami, elektron trenajyorlar, elektron praktikumlar, elektron ma’lumotnomalar,
elektron ensiklopediyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, elektron o‘quv metodik-majmua
(EO‘MM), mabil ilovalar va shu kabi boshqa ko‘plab zamonaviy didaktik vositalarisiz tasavvur
etish qiyin. Shu bois, hozirgi zamon professional ta’limida zamonaviy didaktik vositalari tobora
katta ahamiyat kasb etmoqda.
Professional ta’lim tizimida zamonaviy didaktik vositalarining ahamiyati ularning
qo‘llanilishi bosqichlari va darajalari bilan belgilanadi. Birinchi bosqichda zamonaviy didaktik
vositalari an’anaviy ta’lim shakllari va o‘qitish metodlari doirasida alohida pedagogik vazifalarni
hal qilish vositasi sifatida qo‘llaniladi.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
535
Samarkand State Institute of Foreign Languages
1-rasm. Professional ta’lim tizimining bosqichlari.
Zamonaviy didaktik vositalari o‘quv jarayonini boshqa o‘quv- metodik vositalar bilan
baravar holda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining o‘rni va
uning bajaradigan vazifalari ta’limni tashkil etishning shakllangan tamoyillari bilan belgilanadi.
Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda zamonaviy didaktik vositalari nofaol tarzda qo‘llaniladi,
ya’ni ta’lim tizimining o‘zgarishiga deyarli ta’sir etmaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining professional ta’limda faol qo‘llanilishi ikkinchi va
uchinchi bosqichlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu shu bilan belgilanadiki, zamonaviy didaktik
vositalar an’anaviy o‘quv-metodik vositalarga nisbatan yangi imkoniyatlarni ta’minlaydi,
ko‘pgina mavjud funksiyalar yanada yuqori sifat bilan amalga oshiriladi.
Zamonaviy didaktik vositalarning asosiy afzalliklari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash joyi va vaqtini, o‘qish
sur’atini tanlashga imkon beradigan o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish (mustaqil ta’lim
olish) uchun shart-sharoitlar yaratilishi; ta’limni yanada chuqurroq individuallashtirish va uning
variativligini (ayniqsa, ta’lim oluvchining joriy tayyorgarlik darajasi va qiziqishlar doirasiga
moslashtiriladigan zamonaviy didaktik vositalari) ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi;
o‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarning modellari (shu jumladan, amaliyotda tanishish qiyin
bo‘lgan modellar) bilan ishlash imkoniyati; o‘rganilayotgan ob’ektlarning uch o‘lchamli virtual
obrazlarini taqdim etish va birgalikda ishlash imkoniyati; noyob axborot materiallarini (slaydlar,
rasmlar, qo‘lyozma, videolavhalar, ovozli yozuvlar va boshqalar) multimedia va mabil ilova
shaklida taqdim etish imkoniyati; nazoratni avtomatlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni yanada
ob’ektiv baholash imkoniyati; bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish uchun takrorlanmaydigan
topshiriqlar sonini avtomatik tarzda generatsiya qilish imkoniyati; axborotni izlash (gipermatn,
gipermedia, avtomatlashtirilgan ko‘rsatkichlar, tayanch so‘zlar bo‘yicha izlash, butun matn
bo‘yicha izlash va boshqalar) imkoniyati; ilg‘or psixologik-pedagogik metodikalarni (o‘yinli va
musobaqali ta’lim shakllari, eksperiment o‘tkazish, virtual holatga “sho‘ng‘ish” va boshqalar)
samarali qo‘llash uchun yaratilgan imkoniyatlar.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan mulohazalar zamonaviy didaktik vositalarini didaktik va
funksional nuqtai nazardan tavsiflaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining texnologik afzalliklariga quyidagilar kiradi: ishlab
chiqish tezkorligining oshishi; yangilash, rivojlantirishning osonligi va nusxalarini
ko‘paytirishning osonligi, Internet orqali foydalanishi va tez tarqatilishi.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
536
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Ta’limda zamonaviy didaktik vositalarining faol qo‘llanilishining ahamiyati shundan
iboratki, ular nafaqat ma’lum pedagogik vazifalarni hal qilish vositalari sifatida
foydalaniladi, balki didaktika va metodikaning rivojlanishiga turtki beradi, o‘qitish va ta’limning
yangi shakllarini yaratishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy ta’lim Internet texnologiyalarining
keng tarqalishi natijasida jadal rivojlanadi. Multimedia, kompyuter grafikasi, mabil ilovalar va
trenajyor tizimlari texnologiyalari, shuningdek raqamli ma’lumotlarni zichlashtirish metod va
algoritmlarining rivojlanishiga, kasbiy faoliyat sharoitini imitatsiya qiluvchi virtual voqelikka
“kirish” orqali foydalaniladigan o‘qitish metodikalarini ishlab chiqishga turtki beradi. Bundan
tashqari, kompyuterli tarmoq trenajyorlar sinfining yaratilishi ishbilarmonlik va musobaqa
o‘yinlari (kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirishda kasbiy musobaqa va ishbilarmonlik o‘yinlari
avvaldan qo‘llanilib kelinsada, lekin zamonaviy didaktik vositalari ularni tashkil etish va
o‘tkazish sifatini sezilarli oshiradi shaklidagi mashq qilish metodikasining rivojlanishiga ham
imkoniyat yaratadi).
Metodika va didaktikaning rivojlanishida zamonaviy didaktik vositalari hal qiluvchi
ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanish natijasida
(ta’lim sifatini oshirish; o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni
kamaytirish; o‘qituvchilar yuklamasi va metodik vazifalarni qayta taqsimlash, nostandart o‘quv
topshiriqlarini tayyorlash, ta’lim oluvchilar bilan individual ishlash va boshqalar natijasida)
o‘quv jarayonini o‘quv-metodik vositalar bilan ta’minlashning tezkorligi ta’minlanadi.
Ta’limga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish quyidagilarning hisobiga amalga
oshiriladi: o‘qituvchining ayrim vazifalarini (tayanch o‘quv materialini bayon etish, ko‘p sonli
nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tekshirish, ta’lim oluvchilarning dastlabki tayyorgarligi,
bilim va ko‘nikmalari darajasini joriy baholash va boshqalarni) zamonaviy didaktik vositalariga
yuklash; bosma, o‘quv-metodik qo‘llanmalarga ehtiyojni kamaytirish; o‘quv jarayonining
moddiy-texnik ta’minoti vositalari (bino, laboratoriya jihozlari va boshqalar) ga yuklamani
kamaytirish; o‘quv tadbirlarini o‘tkazish joylariga borishga harajatlarni kamaytirish va boshqalar.
Qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta’limning zamonaviy tizimida aniq o‘quv-
metodik vositalarni tanlash ehtiyoji tug‘ilganda zamonaviy didaktik vositalariga o‘qitishning
an’anaviy vositalariga nisbatan ko‘proq ustuvorlik beriladi. Ammo, bu ustuvorlik zamonaviy
didaktik vositalarining o‘qitishning an’anaviy vositalarini butunlay siqib chiqarishini yoki ularni
almashtirishni anglatmaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining ham o‘ziga xos kamchiliklari bor.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash uchun mos dasturiy ta’minotga ega
bo‘lish; kompyuterda ishlash ko‘nikmasini egallash zarurligi;
kompyuter ekranida katta hajmdagi matnli materiallarni idrok qilishning
murakkabligi;
zamonaviy didaktik vositalarining interfaolligining yetarli emasligi;
o‘quv rejasi bajarilishini bevosita va muntazam nazorat qilish imkonining yo‘qligi.
Bu kamchiliklar ob’ektiv xarakterga ega. Afsuski, ular qatoriga zamonaviy didaktik
vositalarini loyihalash jarayonida yaratuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan konseptual
noaniqliklar natijasi bo‘lgan sub’ektiv kamchiliklar ham kiradi. Shu bois zamonaviy didaktik
vositalarini o‘quv jarayoniga an’anaviy o‘quv-metodik vositalar bilan majmuaviy qo‘llash
maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev. 20.04.2017 yildagi Qarori
bilan ― 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturidan - Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroridan.
2. Hamidov J.A. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
// Kasb-hunar ta’limi.-Toshkenet, 2007.- № 2.-B.20-21.
3. «Zamonaviy ilg‘or va innnovatsion texnalogiyalar» mavzusidagi Respublika ilmiy
amalaiy kanferensiya materiallari to‘plami. Buxoro Yu.T.M.T.I. 2012 yil.
