Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nutqining ta’limdagi ahamiyati

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘qituvchining nutqi his – tuyg‘uga to‘la, so‘zlashuv ohangi aniq, ravshan, dona – dona, o‘rtamiyona tovushda bo‘lishi kerak.Qo‘pol iboralar, begona tovushlarga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘qituvchi gapirayotgan bolaga sabr – toqat bilan munosabatda bo‘lishi, nazokat me’yoriga rioya qilishi, uning gapini bo‘lmasligi, fikr mulohazalariga tanbeh bermasligi haqida gap boradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
368-372
65

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Najiyeva, S., & Batyrbekova, R. (2025). Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nutqining ta’limdagi ahamiyati. Ilmiy Va Professional ta’lim Jarayonida Muloqot, Fan Va Madaniyatlar Integratsiyasi, 1(1), 368–372. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81307
Sojida Najiyeva, Samarqand davlat chet tillar instituti
Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi
Raimoxan Batyrbekova, Чуйский Университет имени Султана Мамбеткалиева
Katta o‘qituvchi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘qituvchining nutqi his – tuyg‘uga to‘la, so‘zlashuv ohangi aniq, ravshan, dona – dona, o‘rtamiyona tovushda bo‘lishi kerak.Qo‘pol iboralar, begona tovushlarga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘qituvchi gapirayotgan bolaga sabr – toqat bilan munosabatda bo‘lishi, nazokat me’yoriga rioya qilishi, uning gapini bo‘lmasligi, fikr mulohazalariga tanbeh bermasligi haqida gap boradi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

368

Samarkand State Institute of Foreign Languages

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVChISI NUTQINING TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Najiyeva Sojida Nasirdinovna

SamDChTI Pedagogika, psixologiya

va jismoniy madaniyat kafedrasi

katta o‘qituvchisi

Чуйский Университет имени

Султана Мамбеткалиева:

Ст. преп. Батырбекова

Раимохан Сагынбаевна

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘qituvchining nutqi his – tuyg‘uga to‘la, so‘zlashuv

ohangi aniq, ravshan, dona – dona, o‘rtamiyona tovushda bo‘lishi kerak.Qo‘pol iboralar, begona

tovushlarga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘qituvchi gapirayotgan bolaga sabr – toqat bilan munosabatda

bo‘lishi, nazokat me’yoriga rioya qilishi, uning gapini bo‘lmasligi, fikr mulohazalariga tanbeh

bermasligi haqida gap boradi.

Аннотация

: В этой статье речь педагога должна быть насыщена эмоциями, тон

речи должен быть ясным, ясным, лаконичным, в умеренном тоне не допускаются грубые

выражения и посторонние звуки. Сказано, что педагог должен терпеливо относиться к

говорящему ребенку, соблюдать нормы вежливости, не перебивать его, не отчитывать за

высказывания.

Annotation

: This article discusses the teacher's speech, which should be full of emotion,

the tone of speech should be clear, clear, concise, and moderate in volume. Rude expressions and

extraneous sounds are not allowed. The teacher should be patient with the child who is speaking,

observe the norms of politeness, not interrupt him, and not reprimand him for his opinions.

Kalit so‘z:

O‘qituvchi, bola, nutq, ta’lim, sinf, faoliyat, ma’suliyat, til, muomala, odob.

Ключевые слова:

Учитель, ребенок, речь, воспитание, класс, деятельность,

ответственность, язык, поведение, манеры.

Keywords:

Teacher, child, speech, education, class, activity, responsibility, language,

behavior, etiquette.

O‘qituvchining nutq madaniyati kommunikativ faoliyatining asosi hisoblanadi. Tilning

nazariy masalalari qanchalik ishlangan me’yoriy jixatdan belgilangan bo‘lmasin, ularni

o‘rganishda, ulardan foydalanish va ko‘nikmalar hosil qilishda loqaydlik, beparvolik, hatto

ma’suliyatizlikka yo‘l qo‘yish, bugungi kun o‘qituvchisiga xos bo‘lmagan fazilatdir.

Shunday ekan, ona tilimizga nutqimiz madaniyatiga yuksak talablar bilan yondashishimiz,

so‘zlashish va yozish jarayonida uning barcha me’yoriy talablariga qat’iy rioya qilishimiz, go‘zal

muomala odobini yo‘lga qo‘yishimiz va shu orqaligina o‘zimiz tarbiyalayotgan yoshlarga

namuna bo‘lishimiz va ta’sir o‘tkazishimiz bugungi kunimizning asl talabidir.

Dehqon niholini parvarish qiladi, ulg‘aytiradi, o‘stiradi. Boshlang‘ch sinf o‘qituvchisi esa

murg‘ak bolani o‘qishga, yozishga o‘rgatadi, ta’lim- tarbiya beradi. Demak, boshlangich sinf

o‘qituvchisi, tarbiyachi, o‘quvchilarni parvarish qilishi, ulardagi yaxshi fazilatlarni tarkib

toptirishi, yomon fazilatlarni bartaraf qila olishi kerak.

O‘quv – tarbiya faoliyatini mohirlik bilan uddalashi uchun o‘qituvchi bir qator

-

pedagogik fazilatlarni o‘zida shakllantirishi lozim.

O‘qituvchining - pedagogik fazilatlari umuminsoniy va milliy axloq odobning

qonuniyatlari, tushunchalari, mezonlaridan tashkil topadi. O‘qituvchi faoliyatining samaradorligi

ham xuddi shunday fazilatlar bilan belgilanadi.

Maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari quydagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim

1.Pedagogik mahorat fazilatlari.

2.Axloqiy fazilatlari.

3. O‘zini – o‘zi tarbiyalash fazilatlari.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

369

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Yuqoridagi fazilatlarni o‘zida mujassam yetgan o‘qituvchigina bugungi kun talabiga mos

ravishda ish yuritadigan mohir pedagog bo‘la oladi.Lekin bugungi kunda hamma pedagoglar

talab darajasiga javob bera olmayotganliklari achinarli hol.

Biz yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, muomala o‘qituvchi faoliyatida eng muhim ahamiyatga

ega hozirgi kun o‘qituvchilarida esa muomala odobi, nutq madaniyati yaxshi rivojlantirishi lozim.

Pedagogik muomala pedagogik ta’sirning eng muhim vositasi hisoblanadi va u ijodiy

jarayonda sodir bo‘ladi hamda takomillashib boradi. Kuzatishlar shundan dalolat berdiki, eng

avvalo, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik nochorliklarining aksariyat qismi

ularning metodik tayyorgarligidagi kamchiliklar bilan bog‘lanmasdan balki pedagogik

muloqatning shakllanmaganligi bilan bog‘liqdir. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ko‘proq

ishlashi, izlanishi, yangi usullari, texnalogiyalarini tadbiq qilishi kerak.

O‘qituvchi o‘zining ichki imkoniyatlarini diqqat bilan o‘rganishi ifodali nazar solishdan

foydalanaolishi, ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.

Uning nazari o‘quvchilarga qaratilganda vizual muloqat hosil bo‘ladi. Vizual muloqat

texnikaviy xarakterga ega bo‘lib uni ongli ravishda rivojlantirishga yerishish zarurdir. O‘qituvchi

sinfda hech qachon o‘zning qad – qomatini qanday tutishini, qanday harakatlanishini yoddan

chiqarmasligi kerak.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z xulq – atvorini shakillantirishi lozim. Uning barcha

harakatlari va gavdasi biror holatda turishi, bejirimligi va oddiyligi bilan o‘quvchilarni o‘ziga

jalb qila olishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z o‘qituvchisiga taqlid qiladi, unga

o‘xshashga harakat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomala qilganda, amalga oshiriladigan

muloqotni faollashtirish uchun gavdasini to‘g‘ri tutishi, bolalar bilan yuzma – yuz bo‘lishi,

mutanosib masofaga rioya qilmog‘i lozim.

Imo – ishoralar yordamida amalga oshiriladigan verbal muloqot jiddiy emotsional quvvatga

ega. O‘qituvchining nutqi his – tuyg‘uga to‘la, so‘zlashuv ohangi aniq, ravshan, dona – dona,

o‘rtamiyona

tovushda

bo‘lishi

kerak.Qo‘pol

iboralar,

begona

tovushlarga

yo‘l

qo‘yilmaydi.O‘qituvchi gapirayotgan bolaga sabr – toqat bilan munosabatda bo‘lishi, nazokat

me’yoriga rioya qilishi, uning gapini bo‘lmasligi, fikr mulohazalariga tanbeh bermasligi kerak.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va o‘quvchisi bilan muloqat qilish quydagi shakl va

usullarni o‘z ichiga oladi.

- Pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va yechish.

- Pedagogik o‘yinlar.

- uy topshiriqlari

- imo – ishora mimikasi, talaffuz texnikasini rivojlantirishga mo‘ljallangan qisqa muddatli

muloqat mashqlari va hokozo.

Pedagogik o‘yinlarni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida pedagogik muloqat uchun zarur

bo‘lgan ijodiylik elementlarining bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim.

Hozirgi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining

soni emas, balki, sifatini yaxshilash kerak. Ular ijodiy muloqot, muomala madaniyatini,

o‘quvchilar dunyoqarashini anglay olish, ularni tushuna bilish kabi fazilatlarni,shakllantirish

kerak. Ijodiy muloqot orqaligina, maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiyani tashkil etish mumkin.

Ijodiy muloqat orqali shaxning bilish faolligi oshadi, shakillanadi, ruhiy to‘siq olib tashlanadi,

yaxshi natijalarga erishiladi.

Hozirgi texnika informatsiyasi kuchaygan davrda o‘qituvchining ongini har tomonlama

rivojlantirish uchun quydagi masalalarga e’tibor berish lozim;

a) o‘qitishni hayot bilan mustahkam bog‘lab borish;

b) uquvchilarning darsda va darsdan so‘ng olgan bilimlari asosida mustaqil va ijodiy

fikrlash qobiliyatlarini o‘stirib borish ;

v) dars jarayonida hozirgi zamon texnika vositalaridan ko‘rgazmali kurol sifatida

foydalanib ish ko‘rish;

g) o‘qituvchining eng samarali uslublaridan foydalanish, tajriba almashtirish;


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

370

Samarkand State Institute of Foreign Languages

d) o‘quvchi ongining har tomonlama rivojlanishi uchun xizmat qiladigan uquv uslubiy

metodlaridan keng foydalanish.

O‘qituvchi muaffaqiyatli ish olib borishida uning shirin so‘zligi, har bir o‘quvchiga

e’tiborli bo‘lishi va bolaning ichki dunyosiga kiraolishi katta ahamiyatga ega. Lekin hozirgi

o‘qituvchilarda shunga o‘xshash ko‘pgina munosabatlar shakllanmaganligi tufayli eng yaxshi

pedagogik usul, metodika muaffaqqiyatsizliklarga uchrashi kuzatilmoqda, zamonaviy texnika

vositalari ko‘zda tutilgan natija bermasligi mumkin. Negaki shaxsning shaxs “ichki dunyosiga”

kira olish olmasligi muaffaqiyat yoki muaffaqiyatga erishishning asosiy sababi bo‘lib

hisoblanadi.

Taniqli psixolog olim A. A.Leontiv maktablarda hali ham uchraydigan o‘qituvchining

“yomon o‘zlashtiruvchi” o‘quvchiga bo‘gan munosabatini shunday tasvirlaydi.

1. Uqituvchi “yaxshi” o‘qiydigan o‘quvchiga nisbatan “yomon” o‘qiydigan o‘quvchiga

javob berishi uchun oz vaqt beradi, ya’ni uning o‘ylashiga vaqt qoldirmaydi.

2. Agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa savolni qaytarmaydi, yordamchi savol bermaydi, darhol

boshqa o‘quvchidan so‘raydi yoki o‘zi to‘g‘ri javobni aytib qo‘yadi.

3. Ba’zan esa liberallik qiladi – noto‘g‘ri javobni ijobiy baholaydi.

4. “Yomon” o‘quvchiga noto‘g‘ri javob berganida tez – tez tanbeh beradi.

5. Xuddi shuningdek to‘g‘ri javob bersa kamdan- kam maqtaydi.

6. "Yomon” o‘quvchi qo‘l ko‘tarsa ko‘pincha payqamay qoladi, boshqa o‘quvchini javob

berishga chaqiradi.

7. Kamdan – kam kulimsiraydi, “yomon” o‘quvchiga qaramaydi.

8. Undan juda siyrak suraydi ,ba’zan darsda u bilan umuman

ish olib bormaydi.

Shunisi ajablanarliki, o‘qituvchi o‘zining bunday fe’lini ko‘pincha anglab yetmaydi, tan

olmaydi. Shuning uchun ham ko‘pgina munosabatlar shakllanmagani sababli ijobiy natijalarga

yerishish qiyin.

Shu sababli o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirishda o‘qituvchining kommunikativ

faoliyati juda muhim rol o‘ynaydi.

Uzluksiz ta’lim tizimida raxbarlik qilayotgan xodimlarning muomala madaniyati,

kommunikativ faoliyatini zamon talablariga mos ravishda shakllantirish hayot ehtiyojidir.

Bo‘lajak mutaxasislarning kommunikativ faoliyatini shakllantirishda ta’lim jarayonida

informatsion texnalogiyadan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Bu muommoni hal qilish

uchun informatsion texnalogiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qiladigan va o‘qitishning

zamonaviy usullariga mo‘ljallangan innovatsion tizimlarini yaratish kerak. Kompyuter

tizimining asosini turli o‘quv dasturlari ya’ni namoyish qilish, trenajyorlar, imitatsion

modellashtiruvchi dasturlar tashkil yetadi. O‘qituvchilarning kommunikativ faoliyatini

shakllantirishda buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan bebaho meros, ibrat va

namunadir. Ularning ta’lim - tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari Ona - Vatanga, millatga sadoqat

va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon etiqodli, insof va diyonatli, odob axloqli, oqil va

odil inson qilib tarbiyalashda o‘zligini anglatishda benazir qadriyatlidir.

Mustaqillik tufayli mamlakatimizda ochilgan tubdan yangi bilim berish va yangi komil

shaxsni tarbiyalash maskanlari - litsey, kollej va maktab o‘qituvchilarining butun faoliyati

kommunikatsiya, muloqat bilan bog‘liqdir.

Bu xodimlar ishining samaradorligi nafaqat ularning yunalganligi maqsadliligi, shaxsiy

individual sifatlari tayyorgarligi bilan, balki shu bilan birga ularning qanchalik muloqot

qoidalarini bilishlari, kommunikativ bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bolishlari bilan

bog‘liqdir.

O‘qituvchilar doimiy kommunikativ muloqotda bo‘ladilar. Muloqot davomida axborot

maqsadli uzatiladi, qabul qiluvchi diqqatini qiziqishini o‘ziga tortadi, qabul qilinadi va axborot

asosida faoliyat shunday shart sharoitki unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi,

bilimlar va tasavvurlarning xilma – xilligi namoyon bo‘ladi. Kommunikatsiya – muloqotning


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

371

Samarkand State Institute of Foreign Languages

asosiy funksiyasi suhbatdoshlarga asosiy axborot uzata bilish, ular o‘rtasidagi bir –birini

tushinishini taminlashdir.

Kommunikatsiya va muloqotning bir funksiyasi har bir insonning ijtimoiy tajribasini

o‘stirishdir.

O‘qituvchining komminikativ faoliyatining asosiy vositalarini quydagilar tashkil etadi.

1. Verbal ta’sir.

2. Paralingvistik ta’sir.

3. Noverbal ta’sir.

Verbal ta’sir so‘z yordamida boshqa insonlarga ta’sir etilishdir.Har bir so‘zni o‘z lug‘aviy

ma’nosi bilan kerakli vaqtda, muayyan diksiya bilan ayta olish ko‘p so‘z ishlatmaslik, aytgan

so‘zni bajarish har bir o‘qituvchining hurmat izzati obro‘sini oshradi.

Paralingvistik ta’sir bu nutqni bezovchi omillar, nutqning baland yoki past tovushda

aytilishi, tovushlar artikulyatsiyasi, to‘xtamlar, yutal, duduqlanish kabi nuqsonlardir.

Noverbal ta’sir bu nutqsiz ta’sir etishdir. Suxbatdoshlarning bir biri bilan fazodagi yaqinligi,

uzoqligi, intilish, qiliqlari, memikasi, pantomimikasi va qiyofasidan seziladigan axborotlardir.

O‘qituvchining o‘z faoliyatida ushbu ko‘rsatilgan ta’sir vositalarini yaxshi bo‘lishlari va xayotda

qo‘llana olishlari maqsadga muofiqdir.

O‘qituvchining pedagogik faoliyatida muomalaning roli nihoyatda muhim bo‘lib,

pedagogdan o‘z komunikativ faoliyatini mohirlik bilan boshqarishni talab yetadi. Bu o‘z

navbatida, pedagogdan qator komunikativ muomila ko‘nikmalari mavjud bo‘lishini taqazo yetadi.

Bular quydagilar:

-Kishilar bilan muomala qilaolish ko‘nikmasi;

-To‘g‘ri tashkil etilgan muomala tizimi orqali o‘quvchilar bilan ijodiy hamkorlik faoliyatini

uyushtirish;

-Muomalani maqsadga muofiq tashkil etish va boshqarish ko‘nikmasi,

Muomala – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga keluvchi shaxslar aro muloqat

rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muomala ushbu tartiblardan tashkil topadi:

1.Komunikativlar(bir tomonlama axborot uzatish )

2.Interaktivlar (ikki tomonlama o‘zaro ta’siri)

3.Persiptivlar (o‘zaro bir birini idrok qilishlar)

Bo‘lajak o‘qituvchilarda komunikativ faoliyatini shakllantirishning muayyan tizimi

quydagilar:

-hamkorlik ishtirokchilarining o‘zaro axborot almashinuvidir;

-turlicha komunikativ vositalar (telefon, telegraf, kompyuter va h.k) yordamida o‘qituvchi

tomonidan o‘quvchi bilan o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni tashkil qilish;

-muayyan maqsadda dastur asosida amalga oshirishni rivojlantirish va o‘tkazish

funksiyasini bajaradi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi muloqot jarayonining mantiqini bosqichini va uni ro‘yobga

chiqarish ketma –ketligini aniq tasavvur qila olish kerak.Yosh o‘qituvchi o‘z pedagogik

faoliyatining birinchi qadamlaridanoq shaxsiy komunikativ faoliyat imkoniyatlarini ishlash zarur.

Chunki ular birinchidan, boshlang‘ich pedagogika komunikativ texnalogiyani egallashga,

ikkinchidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi muloqot jarayoni uning ijodiy individualligi bilan

to‘liq mos kelishiga yordam beradi.

O‘qituvchining nutq madaniyati komunikativ faoliyatining asosi hisoblanadi.

Tilning nazariy masalalari qanchalik ishlangan, me’yoriy jihatlari belgilangan bo‘lmasin,

ularni o‘rganishga, ulardan foydalanish va ko‘nikmalar hosil qilishda loqaydlik, beparvolik hatto

ma’suliyatsizlikka yo‘l qo‘yish bugungi kun o‘qituvchisiga xos bo‘lmagan fazilatdir.

Shunday ekan ona tilimizga, nutqimiz madaniyatiga yuksak talablar bilan yondashishimiz

so‘zlashish va yozish jarayonida uning barcha me’yoriy talablariga qat’iy rioya qilishimiz go‘zal

muomala odobining yo‘lga qo‘yishimiz va shu orqaligina o‘zimiz tarbiyalayotgan yoshlarimizga

namuna bo‘lishimiz va ta’sir o‘tkazishimiz bugungi kunimizning asl talabidir.O‘qituvchi hozirgi

zamon ta’lim - tarbiya talablariga mos bo‘lmog‘i –yuksak darajadagi boshqaruv ko‘nikma va


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

372

Samarkand State Institute of Foreign Languages

malakalariga ega bo‘lmog‘i, o‘z tashkiliy – pedagogik darajasini doim takomillashtirib bormog‘i,

lozimim.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Maxmudova M.,E.Shamuratova Xorijiy mamlakatlar pedagogikasi tarixi.

Samarqand: SamDChTI, 2021.-143 b

2.

Mahmudova M. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ijodiylikni rivojlantirish

muammosi. “Xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali. 2021, (maxsus son) 5-son, 29-32-bet.

3.

Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. Pedagogik

kompetentlik va kreativlik asoslari – Toshkent, 2015. – 120 bet.

4.

Muslimov N.A., Raximov Z.T., Xo‘jaev A.A., Qodirov H.Sh. Ta’lim

texnologiyalari. Darslik. Toshkent “Voris” nashriyoti–2019

5.

Xo‘jaev B.Q., Olimov Sh.Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar: nazariya va

amaliyot. - Buxoro, Yoqub Dovud, - 2004. -164 b.

6.

Yo‘ldoshev J., Usmonov S. – Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent:

O‘qituvchi, 2004. – 104 b.

7.

Yo‘ldoshev J.G’. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000. – 207

b.

8.

Shaxobiddinovna, Z. S. (2024). Impact of Assessment Results on Student

Development and Ways to Improve the Assessment System. Miasto Przyszłości, 55, 833-835.

9.

Zaripova, S., & Gafurova, K. (2024). FEATURES OF TEACHING ENGLISH

PHONETICS TO PRESCHOOL CHILDREN. TAMADDUN NURI JURNALI, 5(56), 289-292.

10. Shaxnoza, Z. (2023). TEACHING FOREIGN LANGUAGES AT PRESCHOOLS

USING

CONTEMPORARY

METHODS.

REGARDING

FOREIGN

APPROACHES. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 49-53.

11. Zaripova, S. (2024). METHODOLOGY-AN IMPORTANT FACTOR IN THE

STUDY OF FOREIGN LANGUAGES. Science and innovation, 3(B1), 420-423.

12. Zaripova, S. (2025, January). CLASSROOM MANAGEMENT AND

TEACHER’S

APPROACH.

In

INTERNATIONAL

CONFERENCE

ON

INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 2, No. 1, pp. 34-38).

Bibliografik manbalar

Maxmudova M.,E.Shamuratova Xorijiy mamlakatlar pedagogikasi tarixi. Samarqand: SamDChTI, 2021.-143 b

Mahmudova M. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ijodiylikni rivojlantirish muammosi. “Xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali. 2021, (maxsus son) 5-son, 29-32-bet.

Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari – Toshkent, 2015. – 120 bet.

Muslimov N.A., Raximov Z.T., Xo‘jaev A.A., Qodirov H.Sh. Ta’lim texnologiyalari. Darslik. Toshkent “Voris” nashriyoti–2019

Xo‘jaev B.Q., Olimov Sh.Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. - Buxoro, Yoqub Dovud, - 2004. -164 b.

Yo‘ldoshev J., Usmonov S. – Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 2004. – 104 b.

Yo‘ldoshev J.G’. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000. – 207 b.

Shaxobiddinovna, Z. S. (2024). Impact of Assessment Results on Student Development and Ways to Improve the Assessment System. Miasto Przyszłości, 55, 833-835.

Zaripova, S., & Gafurova, K. (2024). FEATURES OF TEACHING ENGLISH PHONETICS TO PRESCHOOL CHILDREN. TAMADDUN NURI JURNALI, 5(56), 289-292.

Shaxnoza, Z. (2023). TEACHING FOREIGN LANGUAGES AT PRESCHOOLS USING CONTEMPORARY METHODS. REGARDING FOREIGN APPROACHES. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 49-53.

Zaripova, S. (2024). METHODOLOGY-AN IMPORTANT FACTOR IN THE STUDY OF FOREIGN LANGUAGES. Science and innovation, 3(B1), 420-423.

Zaripova, S. (2025, January). CLASSROOM MANAGEMENT AND TEACHER’S APPROACH. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 2, No. 1, pp. 34-38).