“ZARBULMASAL” ASARIDA HAYVONLAR OBRAZI VA UMUMINSONIY G‘OYALAR TIG‘IZLIGI

Abstract

Bizning ushbu maqolamizda Muhammadsharif Gulxaniyning  “Zarbulmasal” asari tahlilga tortilgan. Unda xonliklar davri tarixi va o‘tmishi ya’ni o‘sha davrning muammolari masallar asosida ochib berilgan. Insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar hayvonlarga  majoziy tarzda ko‘chirilib, ular o‘rtasidagi munosabat asosida o‘sha davrda jamiyatning qanchalik qoloq ahvolda ekanligi ko‘rsatilgan. Asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, bosh syujet yo‘li, tarkibi, tili, uslubiy xususiyatlari haqida ma‘lum tasavvur hosil qilinadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
17-19
51

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Karjavuv , G. . (2025). “ZARBULMASAL” ASARIDA HAYVONLAR OBRAZI VA UMUMINSONIY G‘OYALAR TIG‘IZLIGI. Development and Innovations in Science, 4(1), 17–19. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/63312
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bizning ushbu maqolamizda Muhammadsharif Gulxaniyning  “Zarbulmasal” asari tahlilga tortilgan. Unda xonliklar davri tarixi va o‘tmishi ya’ni o‘sha davrning muammolari masallar asosida ochib berilgan. Insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar hayvonlarga  majoziy tarzda ko‘chirilib, ular o‘rtasidagi munosabat asosida o‘sha davrda jamiyatning qanchalik qoloq ahvolda ekanligi ko‘rsatilgan. Asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, bosh syujet yo‘li, tarkibi, tili, uslubiy xususiyatlari haqida ma‘lum tasavvur hosil qilinadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

17

“ZARBULMASAL” ASARIDA HAYVONLAR OBRAZI VA

UMUMINSONIY G‘OYALAR TIG‘IZLIGI

Karjavuv G‘olib Azamat o‘g‘li

Sharof rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14711021

Annotatsiya:

Bizning ushbu maqolamizda Muhammadsharif Gulxaniyning

“Zarbulmasal” asari tahlilga tortilgan. Unda xonliklar davri tarixi va o‘tmishi
ya’ni o‘sha davrning muammolari masallar asosida ochib berilgan. Insonlarga
xos bo‘lgan xususiyatlar hayvonlarga majoziy tarzda ko‘chirilib, ular o‘rtasidagi
munosabat asosida o‘sha davrda jamiyatning qanchalik qoloq ahvolda ekanligi
ko‘rsatilgan. Asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, bosh syujet yo‘li, tarkibi, tili,
uslubiy xususiyatlari haqida ma‘lum tasavvur hosil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

asar, sujet, mazmun, fikr, xarakter, qahramon, moziy, dialog

“Zarbulmasal” asarining janr xusususiyati murakkabligi, uni na hikoya, na

qissa, na masal, na hajviya deb alohida olingan biror adabiy janr qolipiga
sig‘dirib bo‘lmasligining o‘zi asarning betakror belgisidir. Asarda bu janr
turlarining har biriga xos xususiyatlar, ifoda yo‘llari (nasr, nazm, saj) aralashgan,
qorishgan holda tiniq bir umumiy ohang yaratadi. “Zarbulmasal” asari –
maqsadni majoz yo‘li bilan ifodalashga qaratilgan hikoyatdir. Undagi majoz
oddiy majoz emas, ko‘p qavatli murakkab majozdir. Insonlar timsoli o‘rnida
qushlarning harakatda bo‘lishi birinchi majoz bo‘lsa, ular tilidan Xolvoqi Misgar,
Yodgor po‘stindo‘z singari kishilarning, Tuya, Chayon, Maymun, Sangpo‘sht
(Toshbaqa) singari hayvon-hasharot timsollarining har xil naql-rivoyatlar
keltirib so‘z yuritishi – ikkinchi majoz, bu timsollar nutqida keltirilgan
ifodalarning ko‘chma ma’nolari – yana bir majoz – majoz ichidagi majoz
hisoblanadi. Asarning g‘oyaviy mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, kichik hajmli
bu asarning mazmuni shu qadar keng ko‘lamliki, uni mazmun-mohiyati tushunib
o‘qigan kishi ma’naviy ozuqa oladi.

Gulxaniy bu asarni yozishga kirishgan paytda Qo‘qon xonligini uzoq vaqt

qiynab kelgan bir siyosiy jumboq – O‘ratepa masalasi endigina o‘z yechimini
topgan, Qo‘qondagi hukmdor toifalar O‘ratepani o‘ziga qaratib olib o‘zlarini
g‘olib hisoblab, Qo‘qon xonligini Buxoro amirligidan ustun ko‘rayotgan yillar edi.
Buxoro bilan Qo‘qon xonliklari orasida bir tomoni Xo‘jand, ikkinchi tomoni
Jizzaxgacha tutashgan O‘ratepa bekligi mavjud bo‘lib, bu beklik, tarixiy
an’analarga ko‘ra, mustaqil davlat huquqi uchun kurashib kelar, xonlar esa
strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu viloyatni bo‘ysundirish


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

18

uchun tinimsiz kurash olib borardilar. O‘ratepa bekligi mustaqillikni bir muncha
vaqt saqlab qolishga erishgan bo‘lsa ham, ko‘proq Buxoro izmida qolishga
izmida qolishga majbur edi. Qoqon xonligi markazlashib olganidan keyin
Olimxon va Umarxonlar davrida O‘ratepani bo‘ysundirish uchun kurash
boshlanadi. XIX asrning birinchi choragida Qo‘qon xonlarining O‘ratepa uchun
Buxoroga qarshi 20 martadan ortiq yurish qilgani tarixdan ma’lum. O‘ratepa
qo‘rg‘oni Amir Umarxonning 1817-yilgi yurishlaridan birida qo‘lga kiritiladi.
Biroq undan keyin ham bu yerda tinchlik bo‘lmaydi. “Zarbulmasal”da Qoqon –
O‘ratepa-Buxoro munosabatlariga doir ana shu tarixiy holat-siyosiy inqirozlar
davri o‘z ifodasini topgan. O‘zaro urushlar tufayli har ikki xonlikdagi ahvol bir-
biridan og‘ir ekanini yaxshi ko‘rib turgan chog‘ida ham adibimizning o‘z xonligi
yutuqlaridan, ayniqsa, uning hududi kengayganidan faxrlanmay qolishi mumkin
emas edi. Shuning uchun ham asarda obrazlar tilidan Umarxon davrida
mamlakat obod bo‘ldi, yangi shahar andozasida yurtlar bino bo‘ldi, bu yerdan
boyqushbop vayronalar topilmaydi deb mubolag‘a qilinadi. Buxoro haqida esa
aksincha holni ko‘ramiz. Ko‘rqush tilidan hikoya qilinishicha, Buxoro amirligiga
qarashli yurtlar (O‘ratepa atrofi) Umarxonning bir yurishi bilan vayronaga
aylanib ketgan. Agar Boyo‘g‘li rozi bo‘lsa, qizining qalini uchun tilagan ming
chordevorni Buxoro hududidan sanab berishi mumkin. Buxoroning bir
tumanidan chordevor – “Chordevor (to‘rt devor)”emas, “Hashtdevor (sakkiz
devor)” desa ham topiladi deyiladi. Boyo‘g‘li vakilning roziligi bilan kuyov tomon
qizning qalini deb Urgutdan boshlab Yangiqo‘rg‘on, Rabot, Pushog‘ar, Eski Sabot,
Mo‘g‘ul, Chakan, Firuz, Nishopur, Shahriston, Beshsaroy, Dehliyon, Itarchi,
Mujun, Mang‘it, Kenagas, Yangiariq, G‘onchi, G‘azondarak, Xrak, Xoja Tohir,
Yaxoja Tohir, Yaxdon, Qizili, Kurkat, Bekobod, Xayrobodgacha bo‘lgan vayrona
yurtlarni solib beradi. Yig‘inda o‘tirgan qushlarning hammasi Yapaloqqush
vakilining mardligiga qoyil qolib turgan bir paytda qiz tomonning vakili
Xayrobodga nisbatan e’tiroz bildirib qoladi. Sababi – “daryoga yovuq(yaqin)dir,
Boyo‘g‘li xalqi suvdin e’tiroz etar, muni o‘rnig‘a Mug‘ni soling”, deydi. “Mug‘”dan
bu yerda O‘ratepa ichidagi qal’a – Mug‘tepa, ya’ni O‘ratepaning o‘zi ko‘zda
tutilyapti. “Xayrobodning o‘rniga Mug‘ni soling!” deyish bilan “Xayrobodning
o‘rniga O‘ratepani bering!” demoqchi. Ayni o‘sha tarixiy – siyosiy vaziyat nuqtayi
nazaridan qaraganda, bu gapda qanchalik tagdor mazmun borligini tushunish
qiyin emas. Ushbu talab oldida kuyov vakili Ko‘rqush: “Shoshmang, Mug‘ egasini
mug‘ atvorlig‘i bor, ya’ni berish yo‘lini yo‘qotibdir, mumsiklar af’oli ang‘a maqbul
va marg‘ub tushubdir, mug‘luq bo‘lurg‘a oz qolibdur, yana bir safarlik holi bor,
kech kuzgacha ani ham solib bermoqg‘a man kafil”, deb ishontiradi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

19

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, adib o‘zining ‘Zarbulmasal” asari orqali
insonlarga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni qushlarning obrazlari orqali
ifodalab bergan. Xonliklar davrida jamiyatning umumiy ahvoli qanday holatda
ekanligini ham majoziy obrazlar misolida namoyon etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. – №. 1. – С. 170-179. 5. Saodat K. ANCIENT PROVERBS //European Scholar
Journal (ESJ) ISSN. – С. 2660- 5562.
2. Кодирова С. А. Жанровые особенности" зарбулмасала" //современная
наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. – 2021. – С. 97-99.
3. Kodirova S. A. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC FEATURES OF «ZARBULMASAL»
//Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 10. – С. 318-320.
4. Abdurakhimovna K. S. Idealistic Study of Proverbs //International Journal on
Integrated Education. – Т. 3. – №. 11. – С. 201-202.
5. Kodirova S. A. Idealistic study of proverbs in “zarbulmasal” of gulkhani
//Scientific reports of Bukhara State University. – 2021. – Т.

References

– №. 1. – С. 170-179. 5. Saodat K. ANCIENT PROVERBS //European Scholar Journal (ESJ) ISSN. – С. 2660- 5562.

Кодирова С. А. Жанровые особенности" зарбулмасала" //современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. – 2021. – С. 97-99.

Kodirova S. A. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC FEATURES OF «ZARBULMASAL» //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 10. – С. 318-320.

Abdurakhimovna K. S. Idealistic Study of Proverbs //International Journal on Integrated Education. – Т. 3. – №. 11. – С. 201-202.

Kodirova S. A. Idealistic study of proverbs in “zarbulmasal” of gulkhani //Scientific reports of Bukhara State University. – 2021. – Т.