Titan birikmalarining tibbiyotdagi o‘rni

Annotasiya

Odam organizmida mavjud bo‘lgan va dorivor moddalar tarkibiga kiruvchi elementlar ta’sir mexanizmini atom tarkibi darajasida o‘rganish hozirgi kun tibbiyotining dolzarb masalalaridan biridir. Ko‘pgina elementlar qatorida titan almashtirib bo‘lmaydigan elementlar qatoriga kirmasada, kompleks hosil qilish xususiyati ustunligi bilan tibbiyotda implantatlar va saratonga qarshi komplekslarda yengil va kuchli metall sifatida tanilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2021
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
642
40

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamasoliyeva, K., & Ikramova, Z. (2023). Titan birikmalarining tibbiyotdagi o‘rni. Тиббиётни ривожлантириш истиқболлари, 1(1), 642. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/development_medicine/article/view/21582
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Odam organizmida mavjud bo‘lgan va dorivor moddalar tarkibiga kiruvchi elementlar ta’sir mexanizmini atom tarkibi darajasida o‘rganish hozirgi kun tibbiyotining dolzarb masalalaridan biridir. Ko‘pgina elementlar qatorida titan almashtirib bo‘lmaydigan elementlar qatoriga kirmasada, kompleks hosil qilish xususiyati ustunligi bilan tibbiyotda implantatlar va saratonga qarshi komplekslarda yengil va kuchli metall sifatida tanilgan.


background image

642

TITAN BIRIKMALARINING TIBBIYOTDAGI O‘RNI

Mamasoliyeva K. 112-gurux 2 pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti

Ilmiy rahbar: t.f.n., dotsent Ikramova Z.A.

ToshPTI, Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika

kafedrasi

Dolzarbligi:

Odam organizmida mavjud bo‘lgan va dorivor moddalar tarkibiga kiruvchi

elementlar ta’sir mexanizmini atom tarkibi darajasida o‘rganish hozirgi kun tibbiyotining dolzarb
masalalaridan biridir. Ko‘pgina elementlar qatorida titan almashtirib bo‘lmaydigan elementlar
qatoriga kirmasada, kompleks hosil qilish xususiyati ustunligi bilan tibbiyotda implantatlar va
saratonga qarshi komplekslarda yengil va kuchli metall sifatida tanilgan.

Ahamiyati:

Ti (IV) oksalat qo‘shimchalari bilan ishlanganda sichqonlarda ijo biy vazn

ortishi va o‘smaning rivojlanishini pasaytirishi kuzatilgan. Boshqa hayvonlardagi foydali ta'sirlari
haqida ham hozirgi kunda ilmiy ma’lumotlar mavjud. Ushbu ma’lumotlar odam organizmiga ta’siri
haqida izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.

Maqsadi:

Titan (IV) kompleks birikmalari metall birikmalarining yuqori darajalilari turiga

kiradi. Ushbu birikmalar saraton kasalligini davolash maqsadida qo‘llaniladigan platina komplekslari
qatorida ishlatilishi mumkinligini e’tiborga olib klinik sinovlar olib borildi.

Qo'llanilish usuli:

Ilmiy adabiyotlar va internet ma’lumotlari asosida titan (IV) kompleks

birikmalarining odam organizmiga ta’siri va saraton kasalligini davolashda qo‘llash imkoniyatlari
o‘rganildi.

Izlanish natijalari:

Titan komplekslarining beqarorligini bartaraf etish uchun yangi Ti (IV)

komplekslari ishlab chiqila boshlandi. Ulardan istiqbolli titanotsen hosilalari Ti-Salan va Ti- Y titan
komplekslaridir. Ti-Salan va Ti-Y titanium komplekslarining DNK yoki albumin bilan reaksion ta’siri
o‘rganildi. Ti-Salan biomolekulalarga ta’siri o‘rganish natijasida hujayraning qabul qilish darajasi
oshishi o‘rganildi.

Xulosa:

Saratonni davolash maqsadida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan budotitan va titanotsen

nomli titan saqlovchi moddalari ishlab chiqildi va ularning beqarorligi aniqlandi. Ti- Salan va Ti-Y
titanium komplekslarining ta’sirini o‘rganish natijasida ularning natriyli va litiyli tuzlarini bipolyar
o‘zgarishlarda ishlatish imkoniyatlari aniqlandi. Ushbu birikmalar boshqalariga nisbatan organizmga
toksik ta’siri kamligi bilan ajralib turadi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Дон, А. (2021). Гистоморфометрия аденогипофиза и щитовидной железы под влиянием
ладыгинозида в эксперименте. Медицина и инновации, 1(4), 55-63.

Bibliografik manbalar

Дон, А. (2021). Гистоморфометрия аденогипофиза и щитовидной железы под влиянием ладыгинозида в эксперименте. Медицина и инновации, 1(4), 55-63.