Koxlear nevritni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish

Аннотация

Hozirgi vaqtda tibbiyotning sezilarli darajada rivojlangan bo’lishiga qaramay insonlar o’rtasida koxlear nevrit kasalligi juda ko’p uchrab turibdi. Bu o’z navbatida bemorlarda erta kundan eshitish qobiliyatini pasayishiga yoki butunlay yo’qolishiga olib kelmoqda. Bu kasallikni kelib chiqish mexanizmini va bunga sabab bo’luvchi faktorlarni o’rganish va uni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish bemorlar orasida nogironlik darajasini kamayishiga olib keladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
533-534
504

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Турсунпулатов I., & Нурмухамедова F. (2023). Koxlear nevritni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish. Перспективы развития медицины, 1(1), 533–534. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/development_medicine/article/view/21550
Илхомжон Турсунпулатов, Ташкентский педиатрический медицинский институт

Группа 401 1 Факультет педиатрии и народной медицины

Фируза Нурмухамедова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

Научный руководитель: к.м.н., оториноларингология, детская оториноларингология и детская стоматология

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi vaqtda tibbiyotning sezilarli darajada rivojlangan bo’lishiga qaramay insonlar o’rtasida koxlear nevrit kasalligi juda ko’p uchrab turibdi. Bu o’z navbatida bemorlarda erta kundan eshitish qobiliyatini pasayishiga yoki butunlay yo’qolishiga olib kelmoqda. Bu kasallikni kelib chiqish mexanizmini va bunga sabab bo’luvchi faktorlarni o’rganish va uni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish bemorlar orasida nogironlik darajasini kamayishiga olib keladi.


background image

533

KOXLEAR NEVRITNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLARNI

O’RGANISH

Tursunpo’latov Ilhomjon Qodirjon O’g’li, 401-guruh 1 Pediatriya va xalq

tabobati fakulteti

Ilmiy rahbar: PhD, Nurmukhamedova Firuza Bahtiyorovna

ТаshPMI, otorinoloringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi va bolalar

stomatologiyasi

Dolzarbligi

: Hozirgi vaqtda tibbiyotning sezilarli darajada rivojlangan bo’lishiga qaramay

insonlar o’rtasida koxlear nevrit kasalligi juda ko’p uchrab turibdi. Bu o’z navbatida bemorlarda erta
kundan eshitish qobiliyatini pasayishiga yoki butunlay yo’qolishiga olib kelmoqda. Bu kasallikni kelib
chiqish mexanizmini va bunga sabab bo’luvchi faktorlarni o’rganish va uni oldini olishga qaratilgan
chora tadbirlarni ishlab chiqish bemorlar orasida nogironlik darajasini kamayishiga olib keladi.

Ishning maqsadi

. Koxlear nevrit bilan kasallangan bemorlarda kasallikni keltirib chiqargan omil

va mehanizmlarini o’rganish.

Material va usullar

: ToshPMI LOR bo’limiga murojat qilgan 35 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan

20 ta bemor tekshirildi. Shifoxonaga kelgan bemorlarga MKB-10 bo’yicha tasdiqlangan mezonlar
asosida koxlear nevrit tashxisi qo’yilgan. Barcha bemorlarda umumiy qon taxlili, umumiy LOR
tekshiruvi - rinoskpiya, otoskopiya, faringoskopiya, akumetriya, tonal audimetriya, bo’yin qon -
tomirlarining doplerografiyasi va TORCH infeksiyasiga tekshiruvlari o’tkazilgan.

Olingan natijalar

: Bemorlarda eshitish pasayishining kelib chiqishi 2-25 yilni tashkil qilgan .

Ulardan 13 tasi ayol (65%) va 7 tasi erkak (35%) kishini tashkil qiladi. Tekshirilgan bemorlarning 2
tasida (10%) 1 daraja, 5 tasida (25%) 2 daraja, 10 tasida (50%) 3 daraja va 3 tasida (15%) 4 daraja
eshitishning pasayishi aniqlandi. Anannez yig’ish vaqtida, murojat qilgan bemorlarning 3 tasida (15%)
kasallik infeksiya natijasida rivojlanganligi aniqlandi. Ulardan 2 nafari yoshligida epidemik meningit, va
1 tasi qizamiq bilan og’rigan. Tekshirilgan bemorlarning 2 tasida (10%) ototoksik dorilarni qabul qilgani
aniqlandi. Ototoksik dorilardan - streptomicin va gentamitsin dorilarini qabul qilganligi aniqlandi.
Strepomicin qabul qiluvchi bemor sil kasalligi bilan “D” nazoratida turadi va 12 yil mobaynida abul
qiladi. Ushbu dorilar ta’sirida ichki quloq qon tomirlarida, chig’anoq retseptori hujayralarida o’ziga xos
potomorfologik o’zgarishlarni keltirib chiqarishi o’rganilgan. Bemorlarning 1 nafarida (5%) bosh miya
va quloqning mexanik akustik jarohatlari tufayli yuzaga kelgan jarohatdan so’nggi yallig’lanishi
aniqlandi. Bu jarayon kasb bilan bog’liq bolib ichki quloqqa ishlab chiqarish korxonalaridagi shovqin va
vibratsiyani davomli ta’sirida rivojlangan. 2 nafar (10%) bemorda bo'yin osteoxondrozi va 5 nafar (25%)
bemor gipertoniya kasalligi bilan «D» nazoratida turishi aniqlandi, ulardan 2 tasida (10%) qantli diabet
kasalligi mavjud. 2 nafar (10%) bemorda TORCH infekciyasidan gerpesning yuqori titri aniqlandi.
Bemorlarning barchasida audiogrammada suyak va havo o’tkazuvchanligiHUHr yuqori chastotalarda
pastga yo’nalib orasidagi masofa yo’qolganligi kuzatilgan. Qolgan 5 nafar bemorda (25%) idiopatik
koxlear nevrit aniqlandi, bu bemorlarda anamnez va tekshiruvlar natijasida kasallikni keltirib chiqaruvchi
omillar aniqlanmadi.

Xulosa

: l.Tashxislash usullarining rivojlanganligiga qaramay, bugungi kunda etiologik omil

sababli aniqlanmay qolayotgan bemorlar borligi bu borada izlanishlarni davom ettirish kerak ekanligini
ko'rsatadi.

2. Kasallikka sabab bo’luvchi etiologik omillarni aniqlash va bartaraf qilish bemorlarni eshitish

qobiliyatini saqlab qolishga va nogironlikning oldini olishga yordam beradi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Мищенко, Т. С., Здесенко, И. В., Линская, А. В., & Мищенко, В. Н. (2011). Новые мишени


background image

534

терапевтического воздействия у пациентов с хронической ишемией головного
мозга. Международный неврологический журнал, (2), 7-13.

Библиографические ссылки

Мищенко, Т. С., Здесенко, И. В., Линская, А. В., & Мищенко, В. Н. (2011). Новые мишени терапевтического воздействия у пациентов с хронической ишемией головного мозга. Международный неврологический журнал, (2), 7-13.