“Jaholat” romani qahramonlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni
Truman Kapotening “Jaholat” romani o‘z davrining shov shuvli asarlaridan sanalib, undagi voqealar ayni ijtimoiy hayotning inikosi sanaladi. Asardagi voqealar va qahramonlar shunchalik kitobxon o‘rtasida bahsmunozaraga sabab bo‘lishi, muvaffaqiyatga erishishi ortida yozuvchining cheksiz mehnati, izlanishlari yotibdi, desak adashmaymiz. Qolaversa, ushbu asar uchun Truman Kapote ko‘p narsasini fido qilishiga to‘g‘rikeldi, sog‘ligi, ijtimoiy holati, mashhurlik. Roman 1965-yilda kitob holida “Jaholat” sarlavhasi ostida chop etilgunga qadar, yozuvchi tinimsiz faktlar, qaydnomalar, real qahramonlar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazdi.