Mehnat migratsiyasining unumli bandlik tamoyillariga asoslanishi: vaziyat va zarurat

Аннотация

Jahon ilmiy adabiyotlarida aholi migratsiyasi "ma'muriy-hududiy sub'ektlarning tashqi va ichki chegaralarini kesib o'tishi bilan bog'Iiq bo'lgan har qanday hududiy harakat deb tushuniladi.
Migratsiya lotincha «migratio» so'zidan olingan bo'lib, aholining joyini o'zgartirishi, boshqa joyga ko'chib o'tishi ma’nosini anglatadi. Ana shu atamadan kelib chiqqan holda migratsiyaning tor va keng ma'nosi farqlanadi. Tor ma’noda aholining migratsiyasi - bu ularning doimiy turar joyining o'zgartirilishi bilan yakuniga yetadigan hududiy joyini o'zgartirishidir. Keng ma’noda aholining migratsiyasi esa odamlarning bir yoki bir nechta ma'muriy-hududiy birliklardagi turli aholi turar joylari o'rtasida davomiyligi, muntazamligi va maqsadidan qat’i nazar ko'chib yurishidir.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
529-533
68

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Курбонов S. (2024). Mehnat migratsiyasining unumli bandlik tamoyillariga asoslanishi: vaziyat va zarurat. Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики, 1(1), 529–533. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58698
Самандар Курбонов, Институт исследований рынка труда
докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jahon ilmiy adabiyotlarida aholi migratsiyasi "ma'muriy-hududiy sub'ektlarning tashqi va ichki chegaralarini kesib o'tishi bilan bog'Iiq bo'lgan har qanday hududiy harakat deb tushuniladi.
Migratsiya lotincha «migratio» so'zidan olingan bo'lib, aholining joyini o'zgartirishi, boshqa joyga ko'chib o'tishi ma’nosini anglatadi. Ana shu atamadan kelib chiqqan holda migratsiyaning tor va keng ma'nosi farqlanadi. Tor ma’noda aholining migratsiyasi - bu ularning doimiy turar joyining o'zgartirilishi bilan yakuniga yetadigan hududiy joyini o'zgartirishidir. Keng ma’noda aholining migratsiyasi esa odamlarning bir yoki bir nechta ma'muriy-hududiy birliklardagi turli aholi turar joylari o'rtasida davomiyligi, muntazamligi va maqsadidan qat’i nazar ko'chib yurishidir.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

529

MEHNAT MIGRATSIYASINING UNUMLI BANDLIK TAMOYILLARIGA

ASOSLANISHI: VAZIYAT VA ZARURAT

Qurbonov Samandar Pulatovich

Mehnat bozori tadqiqotlari

instiuti doktoranti

Jahon ilmiy adabiyotlarida aholi mi

gratsiyasi “ma’muriy

-hududiy

sub’ektlarning tashqi va ichki chegaralarini kesib o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan har

qanday hududiy harakat deb tushuniladi.

Migratsiya lotincha «migratio» so‘zidan olingan bo‘lib, aholining

joyini

o‘zgartirishi, boshqa joyga ko‘chib o‘tishi ma’nosini anglatadi. Ana shu atamadan

kelib chiqqan holda migratsiyaning tor va keng ma’nosi farqlanadi. Tor ma’noda

aholining migratsiyasi

bu ularning doimiy turar joyining o‘zgartirilishi bilan

yakunig

a yetadigan hududiy joyini o‘zgartirishidir. Keng ma’noda aholining

migratsiyasi esa odamlarning bir yoki bir nechta ma’muriy

-hududiy birliklardagi

turli aholi turar joylari o‘rtasida davomiyligi, muntazamligi va maqsadidan qat’i

nazar ko‘chib yurishidir [

1].

Xalqaro Mehnat migratsiyasi tav

siyalariga muvofiq, mamlakatda bo‘lish

muddatiga qarab, fuqarolar quyidagi toifaga ajratiladi:

1. Tashrif buyuruvchilar - uch oydan kam muddatga kelgan shaxslar

(masalan, sayyohlar). Ushbu toifa muhojirlar deb hisoblanmaydi, ammo

amaliyot shuni ko‘rsatadi

ki, mehnat migratsiyasining bir qismi qisqa (uch oydan

kam) muddat davomida amalga oshirilishi mumkin, masalan, mavsumiy

migratsiya yoki ma’lum bir qisqa muddatli ishlarni bajarish uchun chet ellik

ishchilarni yollash.

2. Migrantlar, shu jumladan:

- qisqa muddatli migrantlar - odatdagi yashash joyidan boshqa mamlakatga

3 oydan kam bo‘lmagan va 12 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga ko‘chib

yuradigan shaxslar;

- uzoq muddatli muhojirlar - kamida bir yil (12 oy) muddatga odatdagi

yashash joyidan boshqa mamlakatga

ko‘chib o‘tadigan shaxslar.

Ma’lumki, so‘nggi yarim asr mobaynida katta iqtisodiy ko‘rsatkichlarga

erishgan Turkiya, Xitoy, Hindiston, Filippin va hatto industrial rivojlangan

Yaponiyada ham migratsion jarayonlar va unda ishtirok etgan fuqarolarning

inson

iy kechinmalari sotsiologiyasini izchil ilmiy o‘rganish orqali katta yutuqlar

qo‘lga kiritilgan. Ularning tajribalaridan bugungi kunda rivojlanib borayotgan

boshqa mamlakatlar ham unumli foydalanmoqda.

Umuman olganda mehnat migratsiyasi bu mahalliy mehnat bozorining

inqirozi oqibatida yuzaga keladigan holatdir. Mehnat bozorining inqiroz holatini

tavsiflovchi qator tizimli muammolarni ajratib ko‘rsatish mumkin:


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

530

-

iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida (masalan, qishloq xo‘jaligi

sektorida) aholining qashshoqligini keltirib chiqaradigan samarasiz ish bilan

ta’minlash;

-

zaif tadbirkorlik faoliyati;

-

kelajakda aholining noaniqligi;

-

ibtidoiy texnologiyalarga qaytish tendensiyasi, qo‘l mehnati, kam

daromadli, ijtimoiy himoyalanmagan faoliyatga yo‘nalish;

-

ko‘p mehnat tala

b qiladigan tarmoqlarning yetishmasligini qoplaydigan

biznesning ko‘plab turlarining rivojlanmaganligi;

-

ba’zi zamon

aviy mintaqalarda, asosan, zamonaviy arzon uy-joylar

bozorining yetishmasligi sababli zaif hududiy va professional harakatchanlik;

-

ishchi kuchining kasbiy va malaka tuzilmasining mehnat bozori

ehtiyojlariga mos kelmasligi [2].

Migratsiya jarayonining hozir

gi bosqichi oldingilaridan ko‘lami, geografik

xususiyatlari, transformatsiyalashuvi va integratsiyalashuvi jihatdan dinamik

ko‘rsatkichlari,

ijtimoiy-demografik tarkibi bilan farqlanib turadi. Migratsiya

oqimlarining yo‘nalishi dunyo miqyosida o‘zgarib bor

moqda. Jumladan,

O‘zbekiston fuqarolarining migratsiyasi uzoq xorijga ham (AQSh, Yevropa, Arab

mamlakatlari, asosan, BAA, Misr, Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya), yaqin xorijga

ham (

masalan, Rossiya, Qozog‘iston) amalga oshirilmoqda.

Migrantlar o‘z tabiatiga ko‘ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan

a’zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, migratsiya iqtisodiy

o‘sishga, millatlarning assimilyatsiyalashuviga, marginal madaniyatlar boyishiga

olib kelgan [3].

Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari

mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar

ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Migrantlarning

joylashgan mamlakatlari madaniyati va turmush tarziga moslashuvi,
integratsiyalashuvi qiyin kechadi. Ularni qabul qilayotgan davlatlar tub aholisini

ish joylaridan mahrum etadi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholining

migrantlarga nisbatan salbiy munosabatini shakllantiradi. Ushbu va boshqa

ko‘plab sabablarga ko‘ra, migratsiya muammosini har tomonlama, shu jumladan,

siyosiy-sotsiologik jiha

tdan o‘rganish talab qilinadi.

Ijtimoiy jihatdan chuqur ilmiy o‘rganish, bir tomondan, mehnat bozorining

yangi infrastrukturasini, ko‘p mehnat talab qiladigan sohalari

va ishlab

chiqarishning texnologik jarayonini qamrab olsa, boshqa tomondan,

iqtisodiyotn

ing an’anaviy sohalarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va

rivojlantiradi.

So‘nggi yillarda migratsiya faol siyosiy munozaralar markazida bo‘lgan.

Aksariyat od

amlar muhojirlarni ijobiy qabul qilishadi, ammo noto‘g‘ri

tushunchalar va qo‘rquvlar ham

mavjud. Masalan, ba’zilar migrantlar iqtisodiyot


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

531

uchun og‘ir deb ishonishadi. Tartibga solingan migratsiya doimo o‘z ijobiy

tomonlarini namoyon etgan.

Migratsiya jarayonlarini tartibga solishning eng muhim vositasi

bu

me’yoriy

-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishdir.

2020 yilning 15 sentyabrida Prezident imzolagan “Xavfsiz, tartibli va

qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-4829-

son qarori ko‘pgina muammolarga yechim topishga yo‘l ochdi.

Xususan, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning

faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan shaxslarni talab yuqori

bo‘lgan kasblarga o‘qitish, fuqarolarning chet elda bo‘lish davrida huquqlarini

himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migra

ntlarining bandligini ta’minlash,

shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab

-quvvatlash qarorning asosiy

maqsadi ekanligini alohida e’tirof etish mumkin.

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining asosiy

yo‘nalishlari etib qo‘y

idagilar belgilandi:

-

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat

faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini

oshirish, ushbu maqsadda vazirlik, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati

organlarining vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish;

-

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish,

xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diaspo

ralari bilan aloqalarni

mustahkamlash;

-

xorijga ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston Res

publikasi fuqarolarini

kasb-

hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish,

ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish

tizimini joriy qilish;

-

xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini

moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini

sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy

-

ma’rifiy tadbirlarni

tashkil etish;

-

chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-

huquqlari

ni ta’minlashga va ko‘maklashishga qaratilgan chora

-tadbirlarni

amalga oshirish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish;

-

mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish,

shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini

oshirish va

tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish

[4].

Qarorga ko‘ra xorijda ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston fuqarolarini

kasb-hunarga va xorijiy tillarg

a o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish,

ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish

tizimini joriy qilish mazkur tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respub

likasi Prezidentining 2024 yil 23

sentyabrdagi «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi

ni amalga oshirish

bo‘yicha birinchi navbatdagi chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ

-330-son qarori 2-


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

532

ilovasi “2024 yilda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishl

ar va

hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari”da 11320 ta kambag‘al oiladan

49808 n

afar kishini xorijiy tillarga o‘rgatish orqali tashkillashtirilgan mehnat

migratsiyasiga yuborish, ushbu qarorning 3-

ilovasi “2025 yilda aholini

kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli

ko‘rsatkichlari”da esa 14773 ta kambag‘al oiladan 65000 nafar kishini xorijiy

tillarga o‘rgatish orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish

chora-tadbirlari belgilangan [5].

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi shaxslarni unumli bandligi uchun

muhim asos bo‘lib xizmat qila

di.

Unumli bandlik nima? Nega mehnat migrantlari unumli bandlik darajasiga

asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq?!

Bizning mualliflik ta’rifimiz bo‘yicha, unumli bandlik –

bu qonunchilikda

taqiqlanmagan, o‘zining ishlab chiqarish va ijodiy mehnatga doi

r

qobiliyatlaridan foydalangan holda o‘zi va qaramog‘idagilar uchun milliy

kambag‘allik chegarasidan yuqori darajadagi iste’mol uchun kafolatli mehnat

daromadi keltiradigan faoliyatdir [6].

Mehnat migrantlarining xorijda bandligi nafaqat o‘zlarini, balki

qaramog‘idagilarning ham milliy kambag‘allik chegarasidan yuqori darajadagi
iste’mol uchun kafolatli mehnat daromadi keltirishini kafolatlashiga e’tibor

qaratish maqsadga muvofiqdir.

Bir necha o‘n yillar davomida barqaror yoshlar migratsiyasi rivojlangan

mamlakatlarda mehnat bozorining segmentatsiyasiga va asosan migrantlar

band bo‘lgan sektorlarning ajralib chiqishiga ol

ib kelmoqda. Bu, birinchi

navbatda, rasmiy yoki norasmiy bandlik segmentlaridagi yuqori malakani talab

qilmaydigan, og‘ir sharoitlar va i

sh haqi kam, eng kamsitilgan nufuzli ish joylarini

o‘z ichiga oladi.

Buguni kunda unumli bandlikka asoslangan mehnat migratsiyasini faqat

donor mamlakatlar kafolatlashiga zarurat mavjud bo‘lib, yuborilayotgan
shaxslarni o‘qitish, malakasini oshirish, xalqa

ro sertifikatlash hamda tartibli,

tashkillashtirilgan va qonuniy migratsiyasini ta’minlash muhim masalalar

hisoblanadi.

Unumli bandlikka asoslangan mehnat migratsiya jarayonlarining

globallashuvi, avvalambor, davlatlararo bo‘linmalar o‘tkazuvchanligini ob’ektiv

ravishda oshirish va inson resurslarining milliy, transmilliy oqimlari tezligi va

intensivligida sifat ko‘rsatkichlarini keskin oshirishdir. Ko‘chib o‘tishning

oqibatlari, biz ko‘rib turganimizdek, turli sohalarda namoyon bo‘ladi va ijobiy

ham, salb

iy ham bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan globallashuv davrida

mamlakatlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu mamlakatlarning farovon
rivojlanishini, ularning keyingi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy

farovonligini ta’minlash maqsadida migra

tsiya jarayonlarini aniq tartibga

soluvchi samarali va unumli bandlikka asoslangan migratsiya siyosatini ishlab

chiqishdir.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

533

Shu o‘rinda unumli bandlikka asoslangan mehnat migratsiyasini tartibga

solishda quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. R

aqamli mehnat platformalaridan umumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Bu yoshlarni onlayn ish bilan bandligi va daromadini xalqaro standartda

bo‘lishinni ta’minlaydi.

2. Yoshlar malakasini oshirishda Xalqaro stantdart kasblar tasniflagichi

(ISCO) tizimiga moslab kasbga tayyorlash va xalqaro sertifikatlar bilan

ta’minlash bo‘yicha tegishli xalqaro va nodavlat o‘quv markazlar

ini tashkil etish.

Bu bo‘lajak migrantlarni xorijda o‘z mutaxassiligi bo‘yicha ish topishiga imkon

beradi.

3. Oliy ma’lumotli, malakali

mehnat migrantlarini resipient (mehnat

migrantlarini qabul qilib oluvchi) davlatlardagi mehnat shartnomalarini chuqur

tahlil qiladigan mexanizm ishlab chiqish. Aks holda, zaif va unumsiz mehnat

migratsiyasiga duch kelish ehtimoli oshib boradi.

4. Mehnat

migrantlar bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish. Bu bilan

ularning kelgusidagi iqtisodiy-

ijtimoiy holati bo‘yich

a aniq istiqbolli dasturlar

ishlab chiqish mumkin. Bu ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishga asos

bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyo

tlar ro‘yxati

1. Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти (назария ва амалиёт). Дарслик. –

Т.:

«FAN», 2019 йил.

-

670 б.

2. Яковлева Е.А. Тенденции разделения труда в сельском хозяйстве. Теория и

практика. Воронеж: ВГУ, 2010. (Yakovleva E.A. Labor division tr

ends in agriculture.

Theory and practice. Voronezh: Voronezh State University, 2010.)

3. Парманов Ф. Миграция мезони ва урбанизация. // Адолат Ижтимоий

-

сиёсий

газетаси. 2019 йил 7

-

сон.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentabrdagi “X

avfsiz, tartibli va

qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ

-4829-son

qarori. www.lex.uz/docs/4997972 -

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari

milliy bazasi.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident

ining 2024 yil 23 sentabrdagi

«Kambag‘allikdan

farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora

-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

PQ-330-son qarori

6. S.Qurbonov. O‘zini o‘zi band qilishda zaif bandlikdan unumli bandlik sari

transformatsion jarayonla

r // “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy elektron jurnali,

2024-yil 1-son, 33-45-betlar.

Библиографические ссылки

Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат ицтисодиёти (назария ва амалиёт). Дарслик. - Т.: «FAN», 2019 йил. -670 6.

Яковлева Е.А. Тенденции разделения труда в сельском хозяйстве. Теория и практика. Воронеж: ВГУ, 2010. (Yakovleva Е.А. Labor division trends in agriculture. Theory and practice. Voronezh: Voronezh State University, 2010.)

Парманов Ф. Миграция мезони ва урбанизация. //Адолат Ижтимоий-сиёсий газетаси. 2019 йил 7-сон.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 15 sentabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4829-son qarori. www.lex.uz/docs/4997972 - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024yil 23 sentabrdagi «Kambag'allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-330-son qarori

S.Qurbonov. O'zini o'zi band qilishda zaif bandlikdan unumli bandlik sari transformatsion jarayonlar// "Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali" ilmiy elektron jurnali, 2024-yil 1-son, 33-45-betlar.