“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
272
Адабиётлар
1.
Tanzi, V., & Zee, H. H. (2000). Tax Policy for Emerging Markets: Developing Countries.
International Monetary Fund.
2.
Baer, K., & Galper, H. (1974). Tax Administration Reform in Developing Countries:
Strategy and Implementation. World Bank.
3.
Икромов, А. (2019). Ўзбекистонда солиқ маъмуриятчилиги самарадорлигини
ошириш йўналишлари. Иқтисодий тараққиёт ва таҳлил.
OʻZBEKISTONNING IQTISODIY LANDSHAFTINI YANGI BOSQICHGA OLIB
CHIQISHDA KRAUDFANDINGNING OʻRNI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Begali Sadoqat Alisher qizi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi” yoʻnalishi
magistratura 2-bosqich magistranti
Soʻnggi yillarda moliya bozorida
axborot texnologiylarining joriy etilishi
hamda jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida katta ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi.
Bu esa oʻz
navbatida jahon moliya infrasturkturasi globallashuv va
integratsiyalashuvini yanada ragʻbatlantirdi. Shunday innovatsiyalar qatorida
kraudfanding koʻrinishidagi fintex platformalari yangi start
-uplar, kichik biznes
va innovatsion loyihalar uchun muqobil k
apital manbasini ta’minlash orqali
iqtisodiy oʻs
ishning kuchli katalizatori sifatida jahonda faoliyat yuritib
kelmoqda. Oʻzbekiston kabi anʼanaviy moliyaviy imkoniyatlar hali rivojlanish
bosqichida boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun kraudfanding kab
i
yechimlar tadbirkorlik, innovatsiyalar va iqti
sodiy oʻsishni ragʻbatlantirish
uchun noyob imkoniyatdir.
Kraudfanding
–
Internet platformalariga asoslangan moliyalashtirish usuli
boʻlib, unda cheklangan vaqt oraligʻida jismoniy va yuridik shaxslarda ibora
t
boʻlgan investorlar tomonidan kichik miqdordagi pul koʻrinishidagi onlayn
kirimlar va mikro-hamkorliklar orqali turli tashabbusli loyihalarni realizatsiya
qilish uchun sharoit yaratadi. Bunda loyihalar oʻz loyiha takliflarini maxsus veb
-
saytlarga joylashtirish orqali investorlar tomonidan xayriya mabl
agʻlariga,
mahsulot uchun oldindan buyurtmalarga, qarz yoki investitsiya koʻrinishidagi
moliyalashtirishga ega boʻlishlari mumkin
[1].
Kraudfanding platformalari zamonaviy moliyaviy texnogologiylarning
yorqin
namoyondasi boʻlishiga qaramay, uning mohiyat j
ihatidan hayotga tadbiq
etilishi yangi hodisa emas. Kraudfanding nazarda tutadigan yondoshuv XIII-XIX
asrlarda yuk tashish sohasida treyderlar va yuk tashish kompaniyalari oʻrtasida
foydalanilgan. Bu risklarni boshqarishning eng qadimgi shakllaridan biri b
oʻlib,
oʻzaro kafolatlashuv asosida agar yuk yoʻqolsa, har bir ishtrokchi zararning bir
qismini zimmasiga olgan. Bundan tashqari, yunon shoiri Aleksandr Papa 1713-
asrda Gomerning “Illiada” dostonini tarjima q
ilish uchun olomondan ikki oltin
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
273
gvineya xayriya
qilishni soʻragan va evaziga ushbu donorlarning nomlari kitobda
chop etilishi va’dasini bergan. Z
amonaviy kraudfanding kampaniyalarining
mohiyatan ilk tairixiy yorqin qoʻlanilishining misolini 1885
-yilda Nyu-Yorkda
Ozodlik haykalini barpo etish jarayonlar
ida koʻrishimiz mumkin. Qurilish uchun
yetarli mablagʻlar topilmagach,
Jozef Pulitser gazetada haykal poydevori uchun
mablagʻlar yigʻilayotgani va har qanday miqdordagi hayriya egasining nomi
gazetada chop et
ilishi e’lonini beradi. Natijada besh oy ichida
160 mingdan ortiq
donor
100
000 AQSH dollaridan ortiq mablagʻ toʻplashga muvaffaq boʻladi. 1976
-yilda
Bangladeshlik Muhammad Yunus Grameen Bankni tashkil etish bilan turli
manbalar hisobiga hosil qilingan mab
lagʻlar orqali kambagʻal aholi orasida
tadbirkor
lik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun moliyaviy
manba ajratdi. Natijada,
2000-
yilda Muhammad Yunus ijitmoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab
quvatlashdagi muvaffaqiyatli sa’y
-harakatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor
boʻldi
[2].
Kraudfanding moliyalashtir
ish shartlariga koʻra asosan toʻrt toifaga
ajratiladi: a) hayriyaga asoslangan; b) mukofotlarga asoslangan; c) qarzga
asoslangan; d) ulushga (aksiyadorlik) asoslangan modellar[3]. Xayriyaga
asoslangan kraudfanding modellari orqali xayriya qilgan shaxslar va tashkilotlar
hech qanday evaz kutmaydilar. Biroq, donorlar kichik xayriya evaziga online
e’tirof etilishlari va kattaroq summa evaziga esa kichik sovgʻa hamda/yoki
jamoatchilik tomonidan e’tirofga sazovor boʻlishlari mumkin[4]. Ushbu model
filantropik ah
amiyatga ega boʻlishiga qaramay, eng kam tarqalg
an turdagi
moliyalashtirish modeli boʻlib qolmoqda –
global kraudfandingning umumiy
hajmidagi xayriya asosidagi kraudfanding ulushi atigi 0,1% ni tashkil etadi[5].
Mukofotlarga asoslangan modelda moliyalashti
rilayotgan loyihalar oʻz
investorlariga mahsulot yoki xizmatlardan namunalar yoki boshqa esdalik
sovgʻalar taklif etish evaziga mablagʻlarga erishish imkoniyatini beradi. Qarzga
asoslangan kraudfanding yoki kraudlending qarz oluvchi va qarz beruvchilar
olomonini birlashtiruvchi platformalarni nazarda tutadi. Bunda bank yoki
boshqa vositachilarning aralashuvi oldi olinib, qarz oldi berdisidagi xarajatlar
keskin qisqaradi, bu esa esa loyiha tashabbuskorlari uchun ancha qulayliklarni
yaratadi[6]. Ulushga asoslangan kraudfanding olomonga, odatda, onlayn
platforma orqali, venchur kapitali koʻrinishiga oʻxshash shaklda biznes va
loyihalarda aksiyalarga ega boʻlish imkonini beradi. Biroq, aksiyadorlik
kraudfandingi boshqa kraudfanding modellari bilan solishtirganda
tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish jihatlaridan eng murakkab model
deb hisoblash mumkin. Sababi, oʻz mablagʻlarini moliyalashtirish bilan bogʻliq
shartnomalar boshqa moliyalashtirish turlariga qaraganda sezilarli darajada
murakkab ekanligidadir[7]. Loyiha tashabbuskorlari loyiha turi, biznes
xarakteri, risk appetiti, tovar va xizmatlarning tabiati va koʻrinishi, rentabellik
darajasi kabi me’zonlardan kelib chiqib eng maqbul model tanlovini amalga
oshiradilar[8].
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
274
Dunyodagi eng mashhur kraudfanding platformalaridan biri Kickstarter,
oʻzining faoliyatini 2009
-yilda boshlaganidan buyon 260 000 dan ortiq loyihalar
uchun 8,2 milliard AQSH dollaridan ortiq mablagʻni muvaffaqiyatli toʻplashga
erishgan va jami bekerlar(moliyalashtiruvchi tomon) soni 23,5 milliondan
ortiqni tashkil etgan[9]. Indiegogo hamjamiyati esa 2008-yildan beri jami
7,7 milliard AQSH dollari summasiga teng boʻlgan 800 000 dan ortiq innovatsion
gʻoyalarni hayotga tatbiq etishga yordam
berdi. Bugungi kunda 235 mamlakat va
hududni ifo
dalovchi 9 milliondan ortiq kishi ushbu platforma qoʻllab
-
quvvatlovchilar guruhini tashkil etadi[10]. Hayriyaga asoslangan Gofundme
kraudfanding platformasida esa 2023-
yilning oʻzida tabiiy ofat oqibatlarini
bartaraf etish uchun 106 million AQSH dollari y
igʻildi[11].
Mamlakatimizda keyingi olti yillikda amalga oshiriladigan islohotlarni
yoritib beruvchi “Oʻzbekiston
-
2030” strategiyasi qamrab olgan 100 muhim
maqsad qatorida mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada
oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish ham koʻzda tuti
lgan.
Ushbu maqsad samaradorligi koʻrsatkichi sifatida:
−
150 mlrd. dollarlik 500 dan ortiq strategik texnologik va infratuzilma
loyihalarini amalga oshirish;
−
pa
y va venchur fondlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
orqali portfel
investitsiyalarini ikki baravar oshirish.
−
iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yoʻnalishlarida 850 turdagi
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish kabi me’zonlar belgilangan[12].
Bundan tash
qari, kichik va oʻrta tadbirkorlik biznes egalar
ining talab va
ehtiyojlarini oʻrgangan holda, ularni kompleks ravishda qoʻllab
-quvvatlashga
qaratilgan qoʻshimcha yordam instrumentlarini mustaqil joriy etish masalasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy
qoʻllab
-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirla
ri toʻgʻrisida”gi
farmonida koʻndalang qoʻyilgan[13].
Osiyo Taraqqiyoti Bankining bir qator soʻrov va tadqiqotlari natijasida
Oʻzbekistonda startap ekotizimi rivojlanishi yoʻlidagi asosiy toʻsiq boʻlib
moliya
viy imkoniyatlarning cheklanganligi boʻlib kelayotganligi ma’lum
boʻlgan[14]. 2019
-
yil oktyabr holatida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida
Oʻzbekiston start
-uplar ekosistemasi 100 indeksdan 32,1 SFI (Starup
Friendliness Index) indeksi bilan baholangan. In
deks me’zonlaridan boʻlgan
infrastuktura va inson kapitali yuqori koʻrsatkichlarni ta’minlagan boʻlsa, bozor
mavjudligi va moliyalashtirilish imkoniyatlari indeksni kamayishiga sabab
boʻlgan[15].
Yuqoridagil
ardan
kelib
chiqqan
holda,
Oʻzbekiston
alternati
v
moliyalashtirish bozori ekotizimida kraudfanding platformalarining joriy etilishi
bir qancha muammolarini hal etib, iqtisodiy muhitni yaxshilashda qoʻl keladi deb
xulosa qilish mumkin:
−
hariyaga hamda mukofotga asoslangan kraudfanding modellari kichik
boʻlishiga qaramay oʻziga xos boʻlgan bizneslar, hu
nardmandchilik vakillariga
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
275
gʻoyalarini amalga oshirishda boshlangʻich kapitalga ega boʻlish hamda
boshlangʻich xaridorlarga oʻz mahsulot va xizmatlarini tanitis
h imkoniyatlarini
beradi;
−
qarz va aksiyadorlikka
asoslangan modellar esa oʻrta koʻlamdagi
bizneslar, startup loyihalarining arzon kapital bozoridan foydalana olishlari,
xarajatlarning tejalishi va koʻp miqdordagi investorlarni jalb eta olishlariga
imkoniyat yaratadi.
Bunda yuqoridagilar bilan bilan cheg
aralanibgina qolmay, Oʻzbekistonning
raqamli iqtisodiyotining infrotuzilmasi rivojlanishiga, potensial banklashmagan
qatlamni ham moliyaviy jarayonlarga jalb etishga; aholiga oʻzlarini oz miqdorda
boʻlishiga qaramasdan oʻzlarini investor sifatida moliyalas
htirish jarayonlarida
ishtrok etaishlarini ragʻbatlantirish
da bir qancha yutuqlarga erishish mumkin.
References
1.
Hossain M, Oparaocha GO (2017) Crowdfunding: motives, definitions, typology and
ethical challenges. Entrep Res J 7(2):20150045. https://doi.org/10.1515/erj-2015-0045.
2. Kallio, A., Vuola, L. (2020). History of Crowdfunding in the Context of Ever-Changing Modern
Financial Markets. In: Shneor, R., Zhao, L., Flåten, BT. (eds) Advances in Crowdfunding. Palgrave
Macmillan, Cham.
https://doi.org/10.1007/978-3-030-46309-0_10
3. Mollick, Ethan. (2014). The dynamics of crowdfunding: An exploratory study. Journal of
Business Venturing, 29(1), 1
–
16. doi:10.1016/j.jbusvent.2013.06.005.
4. Rijanto, Arief. (2018). Donation-based crowdfunding as corporate social responsibility
activities
and
financing.
Journal
of
General
Management,
43(2),
79
–
88.
doi:10.1177/0306307017748125.
5. Zhao, L., & Shneor, R. (2020). Donation crowdfunding: Principles and donor behaviour.
Advances in Crowdfunding: Research and Practice, 145-160.
6. Ziegler, T., Shneor, R. (2020). Lending Crowdfunding: Principles and Market
Development. In: Shneor, R., Zhao, L., Flåten, BT. (eds) Advances in Crowdfunding. Palgrave
Macmillan, Cham.
https://doi.org/10.1007/978-3-030-46309-0_4
7. Vu
lkan, Nir; Åstebro, Thomas; Sierra, Manuel Fernandez . (2016). Equity crowdfunding:
A
new
phenomena.
Journal
of
Business
Venturing
Insights,
5(),
37
–
49.
doi:10.1016/j.jbvi.2016.02.001.
8. Rotem Shneor, 2020. "Crowdfunding Models, Strategies, and Choices Between Them,"
Springer Books, in: Rotem Shneor & Liang Zhao & Bjørn
-
Tore Flåten (ed.), Advances in
Crowdfunding, edition 1, chapter 2, pages 21-42, Springer.
https://www.kickstarter.com/help/stats
. Murojat qilingan sana:21.09.2024
10.
https://www.indiegogo.com/about/our-story
. Murojat qilingan sana:21.09.2024
11.
https://www.gofundme.com/c/gofundme-2023-year-in-help
. Murojat qilingan
sana:21.09.2024
12.
“Oʻzbekiston
—
2030”
strategiyasi
toʻgʻrisidagi
11.09.2023
y
ildagi
PF-158-sonli O
ʻ
zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.11.2023
-yildagi PF-193-
sonli “Kichik va
o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab
-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni.
14. Asian
Development Bank. Uzbekistan’s ecosystem for technology startups report 2023.
15. Enpact data. Startup Ecosystem report Tashkent 2019.
16. Абдулазизова Ў. Роль финансовой инфраструктуры в повышении уровня жизни
населения //Nashrlar. –
2023.
–
С. 177
-179.
