646
15. Boltaeva M. J., Kh O. Ortikov. Features of the scientific heritage of
eastern thinkers about the attitude of parents to the child //Society and innovations.
Special. –2021. –No. 2. –С. 469-474.
16. Kumakovich T. A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT
OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research. – 2022. – С. 196-199.
17. Islom Xosilmurodov Falsafiy tafakkur uslubining ijtimoiy-falsafiy ahamiyati.
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. 2022 yil noyabr.
982-990b.
18. Xosilmurodov Islom, Kalandarov Mexroj Abu Nasr Farobiy Falsafasida axloq
masalasi. Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2023.04.15. 434-437b
19. Islam Hasilmurodov. SOCIO-PHILOSOPHICAL IMPORTANCE OF THE
SCIENTIFIC WAY OF THINKING. WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL
SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL. 2022. Noyabr. 138-147b.
QADIMGI MISR TARIXIDAN BA’ZI MULOHAZALAR
Tugalov Boburjon Baxodir o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Axmadqulov Nozim
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qadimgi Misr tarixi bo’yicha manbalar tahlili
asosida siyosiy jarayonlar bog’liq voqea hodisalar ochishga harakat qilingan.
Kalit soʻzlar:
Qadimgi Misr,poleolit,O’rta va yangi podsholik, Snofru, Xeops,
Xefren, Mikerin ehromlari, Tutmos I, Tutmos III, Amenxotep II.
Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 10—
6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik,
ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad, som
xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar boʻlib, ularning aralashuvidan
miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufuzining ortishi
chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning
paydo boʻlishiga olib kelgan[1,B.89].
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan,
buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan.
Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib chiqqan,
qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar
vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shimolida Quyi Misr,
janubida Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming
yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi
4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800),
Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik
(miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—
647
1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332)
[2,B.28].
Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis
kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash
savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga
xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar —
nomlar tashkil topib, ularni nomarxlar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik
yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga
— liviyaliklarga va Sinay yarim oroldagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari
bor edi) yurishlar qilingan.
Qadimgi podsholik davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish
rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor —
tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek,
bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari
va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo
qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli
maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar
davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda
qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan[3,B.112].
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda Misrning oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha
nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. taxminan 2050-yil Mentuxotep I davrida
mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning
poytaxtiga aylangan.
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan.
Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo
boʻlgan. Suriya, Krit, janubida — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida
Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki
firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III
davrida (19-asrning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat
mustahkamlangan. Ittaun shahri M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy
tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada
taxminan 1750-yil mamlakat yana parchalanib ketgan. taxminan 1700-yil M.ga shim.-
sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab
turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil
etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga
mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu
kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan
muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580-yil giksoslarni M.dan quvib chiqargan.
Shundan soʻng tiklangan Misr davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan
keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan,
metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar
keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan
oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush,
qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan,
xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut
648
tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik
nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab
qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini
qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini
zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan,
ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan.
Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa Tutmos III, Amenxotep II shimolida Suriya
va Falastinni, janubida — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil
va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III
davrida (15-asrning 2-yarmi) Misr oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan.
Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va boshqa olib turgan ibodatxonalar mavqeining
ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va
zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va
oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga
sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan.
Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna)
koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-asrning
1-yarmida u shimolidagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng
firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni
tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani
egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi 13-asrning 2-yarmi
—12-asr boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida „dengiz xalqlari“ va
liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
Uzoq, davom etgan urushlar Misrning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan
zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va
Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan
avvalgi taxminan 1070-yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini
— Xerixor qoʻliga oʻtgan[4,Б.35].
Qadimgi Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1-sulola: Meneye, Jer, Den,
Semerxet, 2-sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad.
podsholik. 3-sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4-sulola (miloddan avvalgi 28—26-asr
oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf.
5-sulola (miloddan avvalgi 26—25-asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una.
6-sulola: (miloddan avvalgi 25—23-asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II,
Merenra II. 7-8-9-sulolalar (miloddan avvalgi 23—22-asr oʻrtalari). 10-sulola
(miloddan avvalgi 22—21-asr oʻrtalari). 11-sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III
Nebxepetra.
Oʻrta podsholik. 11-sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007),
Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12-sulola (2000—1787): Amenemxet I
(2000—1970), Senusert I (1970—1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III
(1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola
(1680-yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580):
Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-asr oʻrtalari): Yaxmos I
(1580—1559), Amenxotep I (1559—1538), Tutmos I (1538—1525), Tutmos II va
Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419),
649
Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr
oʻrtalari). 19-sulola (1342—1206): Seti I (1337—1317), Ramses II (1290—1224). 20-
sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi
podsholik (miloddan avvalgi 11—4-asrlar). 21-sulola (1085—950): Xerixor (Fiva),
Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929).
Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-
772). 23-sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola
(730—715): Bokxoris (720 — 715). 25-(nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716),
Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663—
656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594),
Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola
(525—404, yana q. Axomaniylar), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378).
30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. Axomaniylar).
Umuman olganda qadimgi Misr tarixi uzoq yillik tarixni qamrab olib ilk
sivilizatsiya makonlaridan biri hisoblanadi.Bu davrlarda Misrda ijtimoiy,iqtisodiy
,siyosiy jarayonlar kechib rivojlanish tarqqiyoti amalga oshirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Raximov, Muhammadjon Mavrulov, Abduxalil. OʻzME. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil.B.89
2. Turayev B. A,Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956,B.28
3. Matye M,Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920. E.B.112
4. Kabirov.A,Qadimgi Sharq tarixi,Toshkent,Tafakkur nshriyoti.,2016.B.35.
MADANIYAT TUSHUNCHASINING RIVOJLANISHIGA TURLI
YONDASHUVLAR TAHLILI
Raimov S.S.
Oʻzbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi
umumqo‘shin
tayyorgarlik sikli oʻqituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada madaniyat tushunchasi mazmuni, o’ziga xos
xususiyatlari, tarixiy rivojlanish aspektlari va soha olimlarining turli yondashuvlari
tahlili yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
xavsizlik, madaniyat, antik madaniyat, o’zbek madaniyati,
mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati
xavfsizlik madaniyati.
Madaniyat falsafiy, pedagogik va psixologik kategoriya sifatida har xil
ma'nolarga ega. Ta'rifining to'g'riligiga ilmiy va pedagogik adabiyotlarda katta e'tibor
beriladi. Kontseptual va terminologik tahlil qilish tajribasini amalga oshirib, biz
madaniyat fenomenini talqin qilish uchun mahalliy falsafiy va madaniy fanlarda
rivojlangan etakchi yondashuvlarni ochib beramiz.
Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining
muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek,
