Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati

Abstract

Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish, integratsiya ta’riflari haqida ma`lumotlar berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
 
CC BY f
361-362
304

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Najmiddinov, D. . (2023). Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 361–362. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25305
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish, integratsiya ta’riflari haqida ma`lumotlar berilgan.


background image

360

TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Najmiddinov Dilshod Rafiddin o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

dear246.dn@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon

hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish, integratsiya
ta’riflari haqida ma`lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

innovatsion texnologiyalar, pedagogik jarayon, o‘zgarish,

yangilik, integratsiya ta’riflari.


Innovatsiya – (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni ifodalaydi,

texnologiya esa yunoncha “texnos” – san’at, mahorat va “logos” – fan so‘zlaridan
olinib, innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga
yangicha yondoshish degan ma’noni bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik
jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritishdir.

Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o‘qituvchiga quyidagi bilimlarni

bilish taqazo etiladi:

-

AKT bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish;

-

yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo‘lish

(PISA,TIMSS);

-

ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan

foydalanish mahorati;

-

ilg‘or pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib borish;

-

bilimlarni ko‘nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan

bo‘lishi;

-

dars jarayonida harakatli o‘yinlardan unumli foydalana bilishi;

-

imkoni bo‘lsa darsni internet tarmog‘iga bog‘lab o‘ta bilishi;

-

o‘z ustida tinmay ishlashi, har sohaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va

boshqalar.

O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli

texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron doska va hokazo)
foydalanishi mumkin. O‘qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa,
mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar
haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish
kerak. Har bir o‘qituvchi ta’limga individual tarzda yangilik kiritishi mumkin.
Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi o‘z faoliyatidan qoniqmaslikdan kelib chiqadi.
“Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish
bosqichlarida amalga oshiriladi.”– degan edi mashhur pedagog A. Nikolskaya.
Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o‘qituvchi va o‘quvchi mushtarakligiga
erishish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish,
o‘rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish,
AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg‘unlashtirish kabilarni keltirish


background image

361

mumkin.Darslarni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishga doir ushbu
maqola bilan, darslarni samarali tashkil etish uchun foydalaniladagan metod va
o‘yinlardan har bir fan o`qituvchisi dars jarayonida foydalanish imkoniga ega.
O`qituvchi izlanuvchan,ijodkor,fanini puxta biladigan va shu fani orqali o`quvchilarga
bugungi kun davr talabi asosida innovatsion g`oyalarga tayanib bilim bersa, bu o`sha
o`qituvchining o`quvchilar hamda ota-onalarning e`tiborini qozonishiga sabab bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan fikrlar asosida barcha darslarda ham o`quvchilarga ko`plab
ma`lumotlarni singdirish orqali ularni bilim olishga,kasb-hunarga bo`lgan
qiziqishlarini ham orttirish mumkin.Buning uchun albatta o`quvchilarga fanga oid
zamonaviy

texnika

va

texnologiyalar

haqida

ko`proq

tushunchalarni

uyg`unlashtirish,singdirish lozim. O`qituvchi qanchalik mahoratli bo`lsa,kelajakda
o`quvchilarining yutuqlaridan shunchalik ko`p faxrlanib yuradi. Xulosa qilib aytganda,
innovatsion texnologiya – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov
ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda
o‘quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir. Integratsiya ta’riflari "Integratsiya"—
bir nechta o`quv predmeti materiallarini, metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga
tabiiy bo`ysundirish asosida tuzish usuli. N.S.Svetlovskaya. "Integratsiya"-fanlararo
aloqa, o‘rnatishning yangi sifati darajasiga ko‘taruvchi, bir butun bilimlar "monoliti"ni
yaratishga imkon beruvchi vosita. L.N.Bakareva. "Integratsiya" predmetlararo
bog`lanishning eng yuqori darajasi,u metodologik prinsiplar asosida muammoni
kompleks o`rganish yo‘li. LT.Tarasov. "Ingegratsiya"-atrof-muhitni, yahlit tasavvurni,
predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topuvchi vosita. Yu.
M.Kolyagin. Integrallash qomusiy ajdodlarimiz Zardo`shtiy, Aristotel, Muso al-
Xorazmiy, al-Farobiy, Axmad al-Farg`oniy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug`bek kabi
o`nlab ma‘naviy yuksalish davrini daholarining g`oyalarida yuzaga kelgan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A muallifligidagi Ta‘limda

innovatsion texnologiyalar. -T.: O`qituvchi, 2003. -189 b.

2.

Internet materiallari.hunar. uz.Hunarmand uyshmasi










References

Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A muallifligidagi Ta‘limda innovatsion texnologiyalar. -T.: O`qituvchi, 2003. -189 b.

Internet materiallari.hunar. uz.Hunarmand uyshmasi