Davlat ishtirokidagi korxonalarida kuzatuv kengashi a’zolari faoliyati samaradorligini baholashni elektronlashtirish masalalari

Abstract

Ushbu maqolada davlat ishtirokidagi korxonalarida direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy usullari va uslublari keltirilgan, ushbu baholashlarning umumiy qoidalari va natijalari umumlashtirilgan, shuningdek, ushbu amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
 
CC BY f
209-211
39

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tashmatov, R. . (2023). Davlat ishtirokidagi korxonalarida kuzatuv kengashi a’zolari faoliyati samaradorligini baholashni elektronlashtirish masalalari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 209–211. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25042
Rustam Tashmatov, Center for research on issues of privatization and public asset management

i.f.d. (DSc)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada davlat ishtirokidagi korxonalarida direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy usullari va uslublari keltirilgan, ushbu baholashlarning umumiy qoidalari va natijalari umumlashtirilgan, shuningdek, ushbu amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar berilgan.


background image

209

отчетности

,

1

(5), 426–430.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp426-

430

7.

https://jizzaxstat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments

8.

https://miit.uz/oz/menu/mery-po-privlecheniju-inostrannyh-investitsij-i-

uluchsheniju-investitsionnoj-privlekatelnosti-uzbekistana

9.

https://www.spot.uz/oz/2023/02/23/foreign-investment/


DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARIDA KUZATUV KENGASHI

A’ZOLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNI

ELEKTRONLASHTIRISH MASALALARI

i.f.d. (DSc) Tashmatov Rustam Xusanovich

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi

rustam9837@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada davlat ishtirokidagi korxonalarida direktorlar

kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy
usullari va uslublari keltirilgan, ushbu baholashlarning umumiy qoidalari va natijalari
umumlashtirilgan, shuningdek, ushbu amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llash
imkoniyatlari bo‘yicha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi), korporativ boshqaruv

kodeksi, so‘rovnoma, intervyu, faoliyat samaradorligini baholash.


Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) samaradorligini baholash bo‘yicha

xorijiy amaliyot va tajribani o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, baholashni
o‘tkazishning eng samarali usuli “sertifikatlangan direktorlarning tashabbusi” – Buyuk
Britaniyada joriy etilgan qat’iy yozma va og‘zaki bilimlarni tekshirish tartibi
hisoblanadi. Ushbu tartib Yaponiya korporasiyalarida ham keng qo‘llaniladi. Xorijiy
kompaniyalar direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini baholash uchun turli
usul va vositalardan foydalanadilar. Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari
va top-menejerlarning direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatining sifatini
tahlil qilish uchun bir qator kompaniyalar yillik so‘rovnomalarni ishlab chiqqan.
Boshqa kompaniyalarda ushbu ma’lumotlar yillik yig‘ilishlarda direktorlar kengashi
(kuzatuv kengashi) faoliyati va uning o‘tgan yildagi samaradorligini muhokama qilish
orqali to‘planadi.

Chet elda direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini baholashning yana

bir keng tarqalgan usuli – bu odatda haq to‘lash qo‘mitasi raisi tomonidan ochiq
savollar orqali o‘tkaziladigan individual suhbatdir. Yozma so‘rovnomalar
ma’lumotlarning to‘liqligi va sifati jihatidan ko‘proq mazmunli hisoblanadi.

Kompaniyalarda direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi)ning samaradorligini

baholash bo‘yicha metodologiya sohasida Rossiya MDHning yetakchi
mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini
baholash muhimligini anglagan holda, Rossiya kompaniyalari baholash usullarini
ishlab chiqmoqdalar va ularni takomillashtirmoqdalar.


background image

210

Rossiya direktorlar instituti (RID, Rossiya) tajribasi shuni ko‘rsatadiki,

direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini yaxshiroq tahlil qilish uchun
direktorlar kengashi faoliyatini uning a’zolari tomonidan subyektiv o‘zini o‘zi
baholash (anketalar, intervyular) va obyektiv baholashdan (kompaniyaning ichki
hujjatlarini tahlil qilish orqali) birgalikda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Umuman olganda, xalqaro amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko‘ra direktorlar

kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolarining samarali ishlashini baholash bo‘yicha 5ta
usullarni ajratish mumkin. Ular 1-rasmda keltirilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, oxirgi yillarda aynan 5-chi usul, ya’ni intervyu,

so‘rovnoma hamda hujjatlar va natijalarni tahlil qilish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan
integrasiyalashgan dasturiy mahsulotlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
mazkur dasturiy mahsulot orqali davlat ishtirokidagi korxonalarida kuzatuv kengashi
a’zolari faoliyati samaradorligini baholash jarayonini optimallashtirishga olib keladi,
ya’ni ushbu baholashni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va yakunlash
uchun talab etiladigan vaqt, moliyaviy va mehnat va boshqa resurslar tejaladi.

1-rasm. Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari faoliyati samaradorligini

baholash bo‘yicha qo‘llaniladigan usullar


Xulosa qilib aytganda respublikamizda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat ishtirokidagi

korxonalarida kuzatuv kengashi a’zolari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha
ishlar amalga oshirilmayapti. Chunki bu borada uslubiy ishlanma va uni amalga
oshirish mexanizmlar ishlab chiqilgan yo‘q. Shuni inobatga olib, avvalombor ilg‘or
xorijiy amaliyotdan foydalangan holda davlat korxonalarida kuzatuv kengashi a’zolari
faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiyotni ishlab chiqish va bu borada
dasturiy mahsulotlarni yaratish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "I

qtisodiyotda davlat ishtirokini

qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

"2023 yil 24 martdagi PQ-102-


background image

211

son Qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aktsiyadorlik jamiyatlarida

zamonaviy

korporativ

boshqaruv

usullarini

joriy

etish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida"2015 yil 24 apreldagi PF-4720 –son Farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat ulushi bo‘lgan

aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati
samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida" 2015 yil 28 iyul

dagi 207-

son

qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2021-2025 yillarda

davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida" 2021 yil 29 mart

dagi 166-son

qarori.

5.

Korporativ boshqaruv kodeksi (aktsiyadorlik jamiyatlari samaradorligini

oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan 9 dekabr 31 yil 2015-sonli bayonnoma) URL:

https://tmz.uz/f/kodeks_korporativnogo_upravleniya.pdf


ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ БИЗНЕСА НА ОСНОВЕ ТЕХНОЛОГИЙ

КРАУДСОРСИНГА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

к.э.н. Охунов Дилшод Маматжонович

1

,

к.ф-м.н. Охунов Маматжон Хомидович

2

1

Ферганский филиал Ташкентского университета информационных технологий

2

Ферганский политехнический университет

mamatdilshod@rambler.ru

Аннотация:

в статье рассмотрены вопросы краудсорсинга, как одного из

популярных современных явлений в бизнесе в условиях цифровизации,
позволяющее использовать труд добровольной «толпы», т.е. возможности
людей, которые не являются сотрудниками компании.

Ключевые слова:

цифровая экономика,

краудсорсинг,

толпа, крауд-

платформа, краудсорсинговый продукт,

коммерческий краудсорсинг,

социальный краудсорсинг, к

раудсорсинг инноваций, краудфандинг.


Несмотря на то, что влияние цифровой экономики на экономические

процессы и отношения является очевидным, данный вопрос еще не является
достаточно изученным и требует детального рассмотрения.

Необходимо отметить, что в рамках цифровизации экономических

отношений недостаточно внимания уделяется моментам, связанным с развитием
цифрового потенциала с целью достижения инновационного роста отдельных
фирм и отраслей. Кроме того, практически не рассматриваются институциональ-
ные аспекты современной экономики, а также проблемы и перспективы развития
бизнеса в условиях формирования цифровой экономики. Таким образом, в целом
не отражено должным образом место цифровой экономики в общей системе
современных хозяйственных отношений.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"2023 yil 24 martdagi PQ-102-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"2015 yil 24 apreldagi PF-4720 –son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat ulushi bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida" 2015 yil 28 iyuldagi 207-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" 2021 yil 29 martdagi 166-son qarori.

Korporativ boshqaruv kodeksi (aktsiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan 9 dekabr 31 yil 2015-sonli bayonnoma) URL: https://tmz.uz/f/kodeks_korporativnogo_upravleniya.pdf