191
19.
Абдухакимов С.Х., Хомидов М.К. Орбита критической точки и
термодинамический формализм для отображений критического круга без
периодических точек //Узбекский математический журнал. – 2020. – С. 4-15.
20.
Fazliddinovna
S.
S.
et
al.
KARRALI
INTEGRALLARNI
HISOBLASHNING GEOMETRIK USULI //Conferencea. – 2022. – С. 76-79.
21. Qahhorov, Muhruddin, and Dilmurod Xoljigitov. "Tenglamalar sistemasiga
doir misollarni grafik usulda yechish."
Журнал математики и информатики
2.1
(2022).
22. Dilmurod X. et al. HAJM VA YUZALARNI TOPISHDA ANIQ
INTEGIRALNING TADBIQLARI. – 2023.
23.Xoljigitov D., Isroilov I. GRAFLAR NAZARIYASI YORDAMIDA
MANTIQIY MASALALARNI YECHISH //Журнал математики и информатики. –
2022. – Т. 2. – №. 2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILISH SOXASIDAGI
INVESTITSION MUHIT
Usmonova Vasila Botirovna
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar
soxasida amalga oshirilayotgan isloxatlar, soxalarga jalb qilinayotgan xorijiy,
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shu qatorda qurilish soxasiga jalb qilinayotgan
investitsiylar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar hamda muallif takliflari keltirib o’tilgan.
Kalit soʻzlar:
xorijiy investitsiyalar, qurilish, investitsion muhit.
Butun dunyoda har qanday zamonda iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni jalb
qilish, soxalarga investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish asosiy
yo’nalishlaridan xisoblangan. Ayni shu sababli mamlakatning turizm soxasida,
ijtimoiy-iqtisodiy soxasida, asosiy yo’nalishlaridan xisoblangan qurilish soxasiga ham
albatta keng qamrovli kapital jalb qilish lozim. Yurtimizda ham jahon miqiyosidagi
talablarga javob beradigan investitsion muhit yaratilgan. Hukumat tomonidan
investorlar uchun barcha qulayliklar yaratib berilgan. Shu sababli ham, yurtimizda
2022-2026 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini kompleks rivojlantirish
dasturi bo’lmish “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni uchinchi yo’nalishi
ham aynan ushbu soxaga yo’naltrilgan bo’lib, davlat va jamiyat qurilishiga keng
imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratilishi ko’zda tutilgan edi.
2023- yilning yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasida jami 5 011,9 mlrd.
so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o’sish suratlari 2022- yilning yanvar oyida hududlar
kesimida xususan, Toshkent shahri (1721,7 mlrd. so‘m), Toshkent viloyati (480,0
mlrd. so‘m) va Farg‘ona viloyatida (344,5 mlrd. so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi
qayd etildi. 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish
ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
192
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,1 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning
mos davriga nisbatan 66,5 % ni tashkil etdi;
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 19,9 % ulushni tashkil etib, 2022-
yilning mos davriga nisbatan 70,9 % ni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 13,0 % ulushni va 2022- yilning
mos davriga nisbatan 56,1 % ni tashkil etdi.
Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga
tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari
aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy
obyektlarni yaratishga qaratilgan. Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish
hisobidan 302,7 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining
yangi qurilish ishlaridagi ulushi 9,2 % ni tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalar
bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va
mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 60,3 % ni tashkil etdi. Yangi
qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1 005,4 mlrd. so‘m yoki ularning
jamiga nisbatan ulushi 30,5 % ni tashkil etdi. Yuqoridagi raqamlardan ham ko’rishimiz
mumkinki yildan-yilga yurtimizdagi investitsion muhit yaxshiliki hamda aholining
daromadlari oshganini xulosa qilib olishimiz mumkin Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida investitsiya jarayonlarini tartibga solish, yo’nalishi va taqsimlanishini to’g’ri
aniqlashning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga
imkon tug’diruvchi shart-sharoitni ta’minlash investitsiya siyosatining muhim
vazifalaridan biri bo’lib, iqtisodiy o’sishga aynan shu yo’l bilan erishish mumkin.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy
davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi
kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish
loyihalarini ishlab chiqish, turar joy va yashash uchun mo`ljallangan binolar qurish
hamda yashash uchun mo`ljallanmagan binolarni qurish bo`yicha amalga oshirilgan
qurilish ishlaridan tashkil topdi. 2023- yil yanvar oyida hududlar kesimida yangi
qurilish ishlari bo‘yicha yuqori hajm, Toshkent shahri (988,9 mlrd. so‘m), Toshkent
viloyati (357,1 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyati (250,3 mlrd. so‘m) va Qashqadaryo
viloyatida (207,3 mlrd. so‘m) qayd etildi.
Amaldagi statistik kuzatuv shakllarida 2015- yilning 1- yanvaridan boshlab,
“O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (mahsulot,
ish, xizmat) statistik tasniflagichi (MST)”ga muvofiq “Qurilish” faoliyati bo‘yicha
“faoliyat turi bo‘yicha o‘z kuchi bilan amalga oshirilgan ishlar hajmi” ko‘rsatkichi
qo‘llaniladi. Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik
qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,2 % ni tashkil etib,
2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga ko‘paydi. Ushbu
faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022-
yilning mos davriga nisbatan 8,0 % punktga kamayib, 59,0 % ni tashkil etdi. Norasmiy
sektorning ulushi esa 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,9 % punktga ko‘payib, 33,8
% ni tashkil etdi.
Xulosa. 2023- yilning 1- fevral holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tshkilotlarning umumiy soni 45 591 tani
193
tashkil etdi. Shuningdek, 2023- yilning yanvar oyida jami 426 ta yangi qurilish
korxonasi tashkil etilib, ularning faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga nisbati 0,9 % ni
tashkil etdi. Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 9 166 tasi yoki respublikadagi
jami korxonalarning 20,1 % i Toshkent shahrida joylashgan. Shuningdek Toshkent
viloyatida 3 999 ta (respublika bo‘yicha jami qurilish korxonalarining 8,8 % i ) va
Farg‘ona viloyatida 3 788 ta (8,3 %) qurilish korxonalari mavjud bo‘lib, qolgan
hududlarga nisbatan kattaroq ko‘rsatkichga ega. Yuqoridagi ko‘rsatgichlardan
ko’rinadiki, mamlakatimizda investitsion muhit yaxshilayotganligi va islohotlar o’z
samarasini ko’rsatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining
2017 yilgi Investisiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil uchun mo‘ljallangan Oliy
Majlisga Murojaatnomasi.
3. Investitsiya va Lizing asoslari – K.Z. Homitov, A.N.Mahmudov
4.
Ботировна, У. В. (2022). ҲУДУДЛАР ТАРАҚҚИЁТИДА РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ.
5.
ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK TENGLAMASI UCHUN AYIRMALI
SXEMALAR
Nuraliyev T.A., Alimov S.H., Hamdamov F.
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Annotatsiya.
Bir jinsli muhitda, bir o‘lcham uchun issiqlik o‘tkazilishi to‘rlar
tuzilib o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar.
chekli ayirmalar usuli, chegaraviy tugunlari, ichki tugunlar, qatlam.
Bir o`lchamli nostatsionar issiqlik o`tkazuvchanlik tenglamasi quyidagicha
bo`ladi.
(1)
bunda
– temperatura,
– birlik massa issiqlik sig`imi,
–
zichlik, –
issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti,
– issiqlik manbalari zichligi, ya`ni birlik
vaqtda birlik uzunlikdan ajralib chiquvchi issiqlik miqdori. Agar
,
bo`lsa – tenglama kvazichiziqli deb ataladi. Agar
,
bo`lsa tenglama quyidagicha bo`ladi
,
f
x
u
k
x
t
u
c
p
+
=
)
,
(
t
x
u
u
=
p
c
k
f
(
)
u
t
x
c
c
p
p
,
,
=
(
)
u
t
x
k
k
,
,
=
const
=
p
c
const
=
k
