Chet tillarini o’qitishdagi mavjud ayrim muammolar va ularning yechimlari

Abstract

Bugungi kunda zamonaviy dunyoda odmlarning chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishi kundan kunga juda tez o’sib bormoqda. Chet tilini bilish orqali odamlar ko’plab davlatlarga sayohat qilib va ulaming tarixi, urf-odatlari va madaniyatini o’rganib katta tajribalar orttirishmoqda. Ilmiy-tcxnika taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan qator islohotlar tufayli chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqish jamiyatdagi o’rni va obro’sini yanada mustahkamlab bormoqda.

CC BY f
37-40
62

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Farkhodova, O., & Joraev, . G. . (2024). Chet tillarini o’qitishdagi mavjud ayrim muammolar va ularning yechimlari. Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика, 1(1), 37–40. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/communicative-language-skills/article/view/30120
Oltinoy Farkhodova, Uzbek State University of World Languages
Faculty of Foreign Languages and Literature, student of group 2214.
Ganisher Joraev, Uzbek State University of World Languages
Scientific leader
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bugungi kunda zamonaviy dunyoda odmlarning chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishi kundan kunga juda tez o’sib bormoqda. Chet tilini bilish orqali odamlar ko’plab davlatlarga sayohat qilib va ulaming tarixi, urf-odatlari va madaniyatini o’rganib katta tajribalar orttirishmoqda. Ilmiy-tcxnika taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan qator islohotlar tufayli chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqish jamiyatdagi o’rni va obro’sini yanada mustahkamlab bormoqda.


background image

37

CHET TILLARINI O’QITISHDAGI MAVJUD AYRIM MUAMMOLAR VA

ULARNING YECHIMLARI

Talaba: Farhodova Oltinoy Umid qizi

Xorijiy til va adabiyoti 1-fakulteti,

2214-guruh talabasi.

Ilmiy rahbar: Jo’rayev G’anisher

Bugungi kunda zamonaviy dunyoda odmlarning chet tillarini o’rganishga

bo’lgan qiziqishi kundan kunga juda tez o’sib bormoqda. Chet tilini bilish orqali

odamlar ko’plab davlatlarga sayohat qilib va ularning tarixi, urf-odatlari va

madaniyatini o’rganib katta tajribalar orttirishmoqda. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va

amalga oshirilayotgan qator islohotlar tufayli chet tillarini o’rganishga bo’lgan

qiziqish jamiyatdagi o’rni va obro’sini yanada mustahkamlab bormoqda.

Tadqiqotlarga ko'ra, odatiy darajada rivojlangan va rivojlanib borayotgan

mamlakatda har bitta inson o’zi yashab turgan muhitdagi har qanday tilni

o’rganishga qodir va boshqalar bilan ushbu tillarda erkin muloqot qila oladi ya’ni

patologik nuqsoni bo’lmagan bola ikki, uch yoki undan ortiq tillarni o’rgana oladi.

Til o’rgatish juda ko’p turli xil xususiyatlarga ega. O’qituvchi nafaqat o’quvchilarga

til ko’nikmalarini o’rgatishi balki ularni amalda tatbiq qila olishiga e’tibor qaratishi

kerak. Bundan tashqari, o’qituvchilar o’quvchilar nimani o’rganishi, bunday ta’lim

ularga nima uchun zarur ekanligi va darslar kelajakda ular uchun qanday foyda

keltirishini anglab yetishi kerak. Demak, til o’rgatish o’qituvchilardan talabalarni

ham akademik ham shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishga o’rgatishlarini talab

qiladi.

Dunyoning turli mamlakatlarida bolalarga erta yoshdan chet tilini, xususan,

ingliz tilini o’rgatish yaxshi yo'lga qo'yilgan va bu bizning ta’lim tizimimizga mos

keladi. Ammo yurtimiz O’zbekistonda ham xorijiy tillarni o’qitishda dolzarb

muammolar mavjud. Xo’sh, o’qituvchilar ingliz tilini o’qitishda qanday

muammolarga duch kelishadi? Birinchi muammo bu-sinfdagi buzilgan muhit.

Atrof-muhit ham ta’limda, ham o’qitishda eng muhim sanaladi. Ingliz tilini


background image

38

o’qitishda o’qituvchilar asosan ekologik muammolarga duch kelishadi. Sinfdagi

bezovta qiluvchi muhit o’qituvchilarni chalg’itadi va tilni o’rgatishga bo’lgan

ishtiyoqini tushuradi. Bunday sharoitda na o’qituvchi yaxshi ta’lim bera oladi, na

o’quvchilar yaxshi o’rgana olishadi. Shuning uchun ham til o’rgatishda ijobiy va

qulay o’quv muhiti bo’lishi zarur.

Ikkinchi muammo - cheklangan resurslar bo’lib, resurlarning yetarli ekanligi

nafaqat chet tilini o’qitishda balki boshqa fanlarda ham katta ahamiyatga ega. Bunga

biz misol qilib o’qituvchilarning oylik maoshini olsak, agar ular yetarli mablag’

bilan ta’minlanmagan bo’lsa, o’qituvchilar o’ziga kerakli resurslarni ola olmaydi va

natijada resurslarsiz dars berish juda qiyin bo’lib qoladi.

Uchinchi muammo bu - sinfda o’quvchilarning haddan ziyod ko’pligi. Sinfda

o’quvchilarning ko’p bo’lishi o’qituvchilar uchun ko’p shovqin va stressni keltirib

chiqaradi. Chunki ko’p sonli talabalarni o’qitish ko’proq kuch va energiya talab

qiladi vas hu sababli ham ular o’quvchilarni boshqarishda qiyinchiliklarga duch

kelishadi.

Til o’rganishda vaqt eng zarur narsadir. Masalan, maktablarda ingliz tilidan dars

berish uchun vaqt juda oz. Shu sababli, o’qituvchilarm uchun qisqa vaqt ichida dars

berish eng qiyin vazifalardan biridir. O’qituvchi o’z ma’ruzasini o’quvchilarga

yetkazib berishga bu vaqt yetarli emas.

Yana bir muammo bu- sinfda o’quvchilarning o’z ona tilisida gapirishi bo’lib, bu

ularning til o’rganishida katta ta’sir ko’rsatadi va tilni o’rganish vaqtini uzaytiradi.

Ular dars davomida o’rganayotgan chet tilisida gapirishga harakat qilishmaydi va

har doim o’qituvchilardan to’g’ri javobni o’qituvchilari aytishini kutishadi ya’ni o’z

o’qishiga jiddiy yondashmaydi.

Yuqorida keltirilgan bir qator muammolarga yechim sifatida quyidagilarni

keltirishimiz mumkin. Birinchidan, o’quv muhitining holati yaxshi bo’lishi va

hamma o’quv qurollari va jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Ikkinchidan,

dars jarayonida o’qituvchi talabalardan ortiqcha diqqatni jalb qiladigan narsalarni

yig’ishtirib qo’yishini va darsda faqat ingliz tilida yoki boshqa o’sha


background image

39

o’rganilayotgan tilda gapirishi talab qilishi kerak. Ana shu holatdagina til

o’rganishda o’sish, talaffuzda ravonlik kabi yutuqlarga erishish darajasi oshadi.

Dars jarayonida ushbu qoidalar qat’iyat bilan talab qilinsa va cheklovlar yo’lga

qo’yilsagina chet tilini o’zlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshadi. Bundan tashqari,

o’quvchilar sinflarga to’g’ri taqsimlanishi kerak. Kam sonli o’quvchilarni o’qitish

ko’p sonli o’quvchilarni birvarakayiga o’qitishdan ko’ra ancha oson va samarali

kechadi. Shu sababli hozirgi kunda ayniqsa universitetlarda talabalarning kam sonli

kichik- kichik guruhlarga ajratilishi kuzatilmoqda. Bularga qo’shimcha tarzda chet

tilini samarali o’qitishdagi muammolarga yechim sifatida yana boshqa bir qator

yo’llarni sanab o’tishimiz mumkin. Shulardan biri, talabalarni tovush, so’zlarni

to’g’ri va ravon talaffuz qilishni o’rganishi uchun turli xildagi audiomateriallardan

keng foydalanishiga yo’naltirilishi kerak. Aynan faqat o’qituvchilar o’rgatsagina

o’sha narsani o’qishdan tashqari mustaqil ravishda chet tilida filmlar, multfilmlar,

til o’qitishga moslangan video-lavhalarni tomosha qilish ham qisman bo’lsa ham

ko’prik sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, universitetlarning boshqa davlatlar

bilan hamkorlikda ishlashi ham talabalar til o’rganishida katta yordam beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jahonning yarmidan ko’p aholisi kundalik

hayotlarida ikki va undan ortiq tilda so’zlashishini hisobga oladigan bo’lsak, chet

tilini o’rganish mўъжиза emasligiga amin bo’lamiz. Buning ustiga, o’qituvchilar

chet tilini talabaga faqat sanoqli odamlar o’rgana oladigan yutuq sifatida emas balki

zamon bilan hamnafas bo’lib yurishi uchun o’rgatishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

:

1.

J.Jalolov, G.T. Mahkamova, Sh. S. Ashurov. “ENGLIIII LANGUAGE TEAM

ING METHODOLOGY”.

2.

Rasulova. M. I. “Challenges and Solutions in English Language Teaching to

Students”

3.

https: //baxtiyor.uz.

4.

https://cyberleninka.ru

5.

Ziyatova, N., Nurmuhamedova, N., & Xakimbayeva, O. K. (2022, July).

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA IBORALI QO’SHMA SO’ZLAR

YASALISHIDA

METONIMIYANING

O’RNI.

In Международная


background image

40

конференция академических наук (Vol. 1, No. 24, pp. 39-42).

References

J.Jalolov, G.T. Mahkamova, Sh. S. Ashurov. “ENGLII1I LANGUAGE TEAM ING METHODOLOGY”.

Rasulova. M. I. “Challenges and Solutions in English Language Teaching to Students”

https: //baxtiyor.uz.

https://cyberleninka.ru

Ziyatova, N., Nurmuhamedova, N., & Xakimbayeva, O. K. (2022, July). INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA IBORALI QO’SHMA SO’ZLAR YASALISHIDA METONIMIYANING O’RNI. In Международная конференция академических наук (Vol. 1, No. 24, pp. 39-42)