➤
Kategoriyalar
Jurnallar
Konferensiyalar
Avtoreferat katalogi
Dissertatsiya katalogi
Монографиялар каталоги
Darslik katalogi
Kelgusi konferentsiyalar
Tashkilotlar
Mualliflar
Blog
Biz haqimizda
Materiallarni yuborish
Ommaviy Oferta
Шахсий Маълумотларни Қайта Ишлаш Сиёсати
Ochiq kirish bayonoti
Ommaviy litsenziya
Mualliflik huquqi
Kontaktlar
Kirish
Asosiy sahifaga o'tish
/
Arxivlar
/
№ 3 (2021) Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
№ 3 (2021) Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
Jurnal:
Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
Nashr qilingan:
2021-08-12
Ulashish
Статьи
SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA QANDLI DIABETNING BIRGALIKDA KECHISHIDA ENDOTELIY DISFUNKTSIYASI
O'tgan ikki yil ichida, qandli diabet (QD) va yurak-qon tomir kasalliklar, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE) patogenezida endotelial funktsiya buzilishi (EFB) alohida o'rin tutishi isbotlangan. EFB – bu tomirlarning lokal nospetsefik yallig’lanishi bo’lib, u tomirlar kengaytiruvchi va toraytiruvchi omillar orasida muvozanatning buzilishi bilan ifodalangan. Tadqiqot maqsadi SYuE bilan QD 2 turining birgalikda kelgan bemorlarda EFB holatini baholash. Biz 28 nafar bemorni, 18 ta erkak, 10 ta ayol, o’rtacha yoshi 50-60 atrofida bo’lgan bemorlarni tahlil qildik, ulardan 1 – guruh: QD siz SYuE bilan kasallangan 16 ta bemorlar, 2 – guruh: SYuE QD bilan birgalikda kechishi kuzatilgan 12 ta bemorlar tashkil etadi. Azot oksidi (NO) darajasini P.P. Golikov usuli yordamida, indutsebil azot oksidi (iNOS) aktivligi va peroksinitrit (ONO2) kontsentratsiyasi A.S. Komarin, R.K. Azimov usullari yordamida aniqlandi. Bizning tadqiqitimiz shuni ko’rsatdiki, SyuE va QD birgalikda kechishida endoteliy fiziologik vazifasi buziladi, angiogenez va antiradikal himoya fermentlari aktivligi buzilish jarayonlari kuztiladi.
Zarrina Babamuradova , Aziza Nasirova, Farida Iskandarova
49-52
91
29
Batafsil o'qish
KEKSA YOSHDAGI BEMORLARGA DORI-DARMONLARNI TAYINLASH XUSUSIYATLARI
Keksa yoshdagi erkaklar va ayollarning organizmida yuzaga keladigan o’zgarishlar tufayli buyurilgan preparatning farmakodinamikasi va farmakokinetikasi o'zgaradi. Ushbu guruhda o'limning ko'payishiga olib keladigan dorilarning nojo’ya ta'siri juda yuqori. Hozirgi vaqtda keksa bemorlarning farmakoterapiyasi birlamchi tibbiy yordam darajasidagi umumiy amaliyot shifokorlari uchun juda dolzarb vazifadir. Dori-darmonlarni noto'g'ri ishlatish samarasiz va xavfli davolanishga, kasallikning kuchayishi va davomiyligini oshirishga, bemorning stressiga va shikastlanishiga olib keladi, shu bilan birga dori vositalari qimmat turadi. Dalillarga asoslangan tibbiyot bu xatoliklarning yechimiga yangi yondashuvdir. Kasallikning dastlabki bosqichlarida shifokorlar nomedikamentoz davo buyurishi keksa bemorlar uchun to'g'ri va samarali, xavfsiz va arzonroqdir.
Nilufar Sulaymanova , Xidoyat Rahimova , Nadira Yuldashova
85-88
70
16
Batafsil o'qish
POLIKLINIKA SHAROITIDA YURAK YETISHMOVCHILIGI BILAN BEMORLARNI DAVOLASH SIFATINI BAHOLASH
Ushbu maqola so'nggi 5 yil ichida birlamchi tibbiy yordamda yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarni davolashning tarqalishi va sifatini baholashga bag'ishlangan. Oilaviy poliklinikada (OP) ro'yxatga olingan, turli etiologiyali yurak yetishmovchiligi bo'lgan 125 bemorning ambulatoriya yozuvlari tanlanib tahlil qilindi. Ulardan 77 nafari ayollar (61,6%), 48 nafari erkaklar (38,4%). Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish sifatini baholash jarayonida dalillarga asoslangan tibbiyotga asoslangan yurak yetishmovchiligini davolash standartlari va protokollari yo'qligi aniqlandi. Yurak yetishmovchiligini zamonaviy darajada davolashda nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan umumiy amaliyot shifokorlari ham yetishmayapti. Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarning ko'pchiligi dalillarga asoslangan dori- darmonlar bilan yetarli davolanmaydi.
Shoira Xusinova, L Xakimova, B Qurbonov
82-84
74
23
Batafsil o'qish
O`PKA SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGINING KECHISHINI BASHORATLASHDA OBSTRUKTIV UYQU APNOE- GIPOPNOE SINDROMINING AHAMIYATI
Tadqiqot turli xil zo'ravonlikdagi obstruktiv uyqu apne-gipopne sindromi (OUAGS) bilan bog'liq bo'lgan o`pka surunkali obstruktiv kasalligi (O`SOK) kechishining xususiyatlarini aks ettiradi, ular chuqur klinik va funktsional buzilishlar bilan kechadi va xansirash intensivligining oshishi, funktsional buzilishlarning obstruktiv tipda chuqurlashuvi va jismoniy yuklamalarga bardoshlilikni pasayishi bilan kuzatiladi. Mualliflar xulosa qilishlaricha, kasallikning kechishi asosiy va yondosh kasalliklarning ko'plab kasalxonaga yotqizish talab qilinadigan darajada avj olishlari bilan kechdi - 77,4% O`SOK bilan og`rigan bemorlarda bu yurak qon-tomir kasalliklari ko`rinishida bo`ldi. OUAGS bilan og'rigan bo'lgan O`SOK bilan og'rigan bemorlarning 95,2 foizida semirish aniqlangan. Tadqiqot OUAGS bilan og'rigan bemorlarning 4 yillik taxminiy yashab qolish foizini aniqladi, uning natijalari OUAGS bilan og'rigan O`SOK bilan og'riganbemorlar uchun 12 yillik kuzatuvdan so'ng (2008-2020) o'lim koeffitsienti 22,2%ni tashkil etdi, asosan bu ko`rsatkich og`ir darajali OUAGS bilan kasallanganlar orasida aniqlandi.
Xayrillo Rajabov , Irina Liverko
78-81
108
31
Batafsil o'qish
OVID-19 PАNDEMIYASI SHАROITIDА SILNING DESTRUKTIV OʼPKА SHАKLLАRIDА PSIXOEMOTSIONАL BUZILISHLARI
Xorazm viloyatida COVID-19 pandemiyasi sil kasalligining destruktiv turlarida psixoemotsional buzilishlar ruhiy patologiyaning eng ko`p tarqalgan shakllaridan biridir. Sil kasalligi bilan og`rigan insonlarda ko`p hollarda psixoemotsional buzilishlar aniqlanadi. Sil kasalligi bu sil bakteriyalarini organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi yuqumli kasallik. Bunda, kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ o’pka. Kamdan- kam hollarda miya va uning qobig'i sili, suyaklar, buyraklar, jinsiy a'zolar, ko'z, ichak va boshqa organlarning sili bo'lishi mumkin. Sil bilan og'rigan 75% bemorlarning eng ko'pi mehnatga qobiliyatli va reproduktiv 20-40 yoshdagi insonlarni tashkil etadi. Agar silni aniqlash va davolash nazorat ostida va uzluksiz amalga oshirilishi to'g'ri tashkillashtirilgan bo'lsa, bemorlar tez sog'ayadilar. Hozirgi kunda sil kasalligining deyarli ko’pchilik hollarini davolash mumkinligi isbotlangan. Shunday qilib, ruhiy patologiyaning xususan miya organik kasalliklarni va sil kasalliklarini birga kechishi muammosi juda dolzarb.
Shohista Masharipova, Ikrom Ortiqov, Oysha Matyakubova
73-77
119
25
Batafsil o'qish
GELMINTOZ BILAN KASALLANGAN BOLALARDA O’PKA SILINING KECHISH XUSUSIYАTLARI
Bolalar va o’smirlar sil kasalligining rivojlanishiga eng ko’p moyil bo’lishadi, ayniqsa, ularda yo’ldosh kasalliklar kuzatilganda, bu ham gumoral, ham hujayraviy immunitetning pasayishiga olib keladi. Ushbu yo’ldosh kasalliklardan biri bu gelmintozdir. Organizmning gijja invaziyasi bilan immunologik reaktivligining pasayishi isbotlangan, bu esa o’z navbatida turli infeksiyalarni, shu jumladan sil kasalligini qo’shilishiga yordam beradi. Ishning maqsadi Samarqand viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolanayotgan gelmintoz bilan kasallangan bolalarda birlamchi sil kasalligining klinik kechishining o’ziga xosligini bemorlarning kasallik tarixini va arxiv kasallik tarixini o’rganish. Gelmintozning eng keng tarqalgan turi gimenolepidoz - 40%, enterobioz - 33%, kamroq - lyamblioz (22%) va askaridoz (5%). Birlamchi sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarda gijja invaziyasi kuzatilganda intoksikasiya va bronx-o’pka tizimining zararlanish belgilari aniqlanadi. Gijja invaziyasining mavjudligi o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning davolanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun davolash choralari har ikkala kasallikning kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Nargiza Mamatova , Abduvaliy Ashurov, Baxrombek Abduhakimov
69-72
55
44
Batafsil o'qish
PNEVMONIYA LOKALIZATSIYASINING YOSHGA BOG`LIQ BO`LGAN HOLDA PATOGENEZI VA MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada pnevmoniya to’g’risida so’nggi ma’lumotlar, gerontologiya to’g’risida tushunchalar keltirilgan. Pnevmoniya lokalizatsiyasining nafas yo’llari anatomiyasining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqligi keltirilgan. Bemorlarda pnevmoniya lokalizatsiyasining yoshga bog’liq bo’lgan holda patogenezi va mexanizmlarini o`rganishda davolash chora – tadbirlari bo’yicha tavsiyalar berilgan. Tashqi muhit ta'siri va organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o’sish va rivojlanishi to’xtaganidan keyin boshlanadi. Gerontologiya tibbiy biologiya bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u molekula va hujayralardan tortib butun organizmining qarish sabablarini o’rganadi. Umuman olganda, zamonaviy tekshiruvlarning ma’lumotiga asosan pnevmoniya bilan kasallanish ko‘pgina omillardan iborat: hayot tarzi, oila ijtimoiy holatidan, mehnat sharoitidan, hayvonlar bilan muloqotdan, sayohat, zararli odatlari ko‘pligidan, kasallar bilan muloqotdan, shuningdek xavf omillardan–alkagolizm, chekish, o‘pkaning obstruktiv kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi va jipslashib yashashidan iborat. Shuning uchun pnevmoniya davosida fizioterapevtik muolajalarni tavsiya etishda, o`ng o`pka ko`proq zararlanishini e`tiborga olish tavsiya etiladi, drenajli massaj, bemorning to`shakda joylashishi shu asnoda tavsiya etilishi maqasadga muvofiq.
Nigora Mamurova , Dildora Nosirova
64-68
63
29
Batafsil o'qish
BRONX-O’PKA TIZIMI KASALLIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH CHANGINING AHAMIYATI
Maqolada yuqori nafas yo'llari kasalliklarining etiologiyalaridan biri bo’lgan zararli kasbiy omillar - ishlab chiqarish changi, kasb kasalligiga o'z vaqtida tashxis qo’yish, davolash va oldini olish masalalari dolzarbligi ko'rib chiqildi. Zararli kasbiy omil ta’sirida ishlovchi ishchilar, mehnat intensivligi, sifati, atrof-muhit ifloslanishi, kasbiy kasalliklar muammosi ortib borayotganligi sababli ko'proq e'tiborga sazovor. So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida kasbiy morbidlik tahlili shuni ko'rsatdiki, ular ko'pincha iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi sohasida ishlaydiganlar orasida qayd etilgan. Ular qatoriga surunkali bronxit, pestitsidlardan o'tkir va surunkali zaharlanish, toksik gepatit, Pnevmokonioz, changli bronxit, koxlear nevrit, tebranish kasalligi, brusellyoz, allergik dermatit va boshqalar kiradi. Mavjud zararli va salbiy omillar: gazlar ko’rinishidagi ta’sirlovchi va zaharli moddalar, tutun, bug' shaklidagi chang, allergenlar nafas olish tizimiga zararli ta’sir ko’rsatadi. O'zbekistondagi quruq iqlim ko’pincha nafas yo'llari kasalliklari paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Hayot davomiyligi asoratlar tufayli kamayadi. O’pka-bronx tizimi kasalliklari aksariyat hollarda bemorning ahvolini yengillashtirish va kuchni tiklash, uning hayot sifatini yaxshilash maqsadga kasallikning manbasini bartaraf etish yetarli bo’lishi mumkin.
Nigora Mamurova, Dildora Nosirova
60-63
98
72
Batafsil o'qish
GEMODIALIZ QABUL QILAYOTGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI
Yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim ko‘rsatkichi, dializdagi bemorlarda, ayniqsa yosh va o‘rta yosh aholi orasida, o‘rin bosuvchi terapiyaning samaradorligini pasayishiga olib keluvchi asosiy sabablardan hisoblanadi. Buyrak kasalliklari terminal bosqichidagi bemorlarda umumiy aholi bilan solishtirganda, yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim ko`rsatkichi 10-30 marta ko‘proq tashkil etadi. Jahonda surunkali buyrak kasalligi (SBK) bemorlarida YuQTK kechishi, asoratlari va davolashga qaratilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular asosan yurak va qon tomirlarning ma'lum bir patologiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda ularning soni, tarkibi, kechish xususiyatlari va bemorlar yashovchanlik ko‘rsatkichiga ta'sirini baholash, maqsadga yo‘naltirilgan va tizimli ravishda, ma'lum bir bemorlarda YuQTKning klinik va prognostik ahamiyatini baholash, shahar va qishloq populytasiyasi dializ oluvchi bemorlaridagi YuQTKning qiyosiy baholash alohida ahamiyat kasb etadi.
Botir Daminov , Olimxon Sharapov, Zarina Xaybullina, Valeriy Dyagilev , Svetlana Yarigina
53-59
154
38
Batafsil o'qish
O‘PKANING SURURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SYUYENI DAVOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Hozirgi kunda ko‘pgina tadqiqotlarga asosan, spirometriya yordamida skrining tekshiruvlari paytida olingan statistik hisobotlar bilan taqqoslaganda o‘pkaning sururunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) ning og‘ir va o‘rta og‘ir darajasiga qaraganda yengil darajasi haqiqiy tarqalishidan sezilarli darajada oshib ketgan. Klinikaga boshqa shikoyatlar bilan kelgan 40 yoshdan oshgan 474 bemorda spirometriya 10,3% odamlarda O‘SOK ni aniqlandi. O‘SOK ko‘pincha klinik amaliyotda SYuYe bilan bog‘liq. Ushbu ikkala kasallik yuqori darajada kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Bunday bemorlar ikkala kasallikni ham erta bosqichda ob’ektiv aniqlash uchun kompleks yondashuvni talab qiladi. O‘SOK va SYuYe bilan kasallangan bemorlarning patogenezi va olib borish bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak, bu hayotni yaxshilash, shuningdek ushbu bemorlarning uzoq vaqt yashashiga imkon beradi.
Jamshid Ismailov, Zarina Axrorova , Fazliddin Juraqulov , Olim Shoyimardonov
9-13
102
30
Batafsil o'qish
XORAZM VILOYATIDA SIL KASALLIGIGA QARSHI KURASHISHNING KUCHAYTIRISH CHORA TADBIRLARI
Xorazm viloyati aholisining kasallanish tarkibida o'pka sili salmoqli o'rinni egallaydi. Uning tarqalishi va paydo bo'lish chastotasi, og'ir asoratlari va iqtisodiy yo'qotishlari nuqtai nazaridan sil kasalligi sof tibbiy muammo doirasidan chiqib ketdi. Ko'pgina nashrlar XXI asrda o'pka sili nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham global va ustuvor sog'liqni saqlash muammolaridan biri bo'lib qolayotganini ko'rsatdi. Epidemiya jarayonining rivojlanishiga yuqumli, biotibbiyot va ijtimoiy omillar ta'sir ko'rsatadi, jamiyat hayotidagi ijtimoiy va boshqa o'zgarishlar ushbu kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashish strategiyasiga alohida tashkiliy yondashuvlarni talab qiladi. COVID-19 ning ta'siri virusning o'zi keltirib chiqaradigan o'lim va kasallikdan ancha yuqori. Sil bilan kasallangan odamlar uchun asosiy xizmatlarning uzilishi pandemiya sil kasalligi xavfi yuqori bo'lgan dunyodagi eng kambag'al odamlarga qanday nomutanosib ta'sir ko'rsatishining fojiali misolidir.
Roza Askarova
45-48
739
193
Batafsil o'qish
YURAK TOJ KASALLIGILI BEMORLARNI KOMPLEKS DAVOLASH VA REABILITASYASI NATIJALARI
Maqsad: stentlashdan o'tgan yurak toj kasalligili (YTK) bo'lgan bemorlarni kompleks davolash va reabilitatsiya qilish samaradorligini baholash. Materiallar va usullar: Tadqiqotda rejalashtirilgan stentlashdan o'tgan YTK bilan kasallangan 36 bemor ishtirok etdi. Davolashdan oldin va dinamikada trombotsitlar agregatsiyasi, lipid spektri, CYP2C19*2 va 9p21 genlarining polimorfizmi o'rganildi, miokardning hayotiyligi baholandi (ehokardiografiya (stress eчokardiografiyasi), multislays kompyuter tomografiyasi (MSCT)) va yurak reabilitatsiyasi o'tkazildi. Natijalar: Dastlab, aterogen giperlipidemiya turidagi lipid metabolizmining buzilishi, trombotsitlar agregantlanish xususiyatlarining oshishi va chap qorincha sistolik funktsiyalarining global va mintaqaviy parametrlarining pasayishi bilan YTK stabil stenokardaya FS IV bilan og'rigan bemorlarda aniqroq namoyon bo'ldi.Genotiplarning taqsimlanishi (rs 12248560) CC, CT va TT va (rs 4244285) GG, AG va AA. Davolash va reabilitatsiyaning bemorlarning ahvoliga ijobiy ta'siri qayd etilgan. Xulosa: Asosiy dori -darmonlarni nazorat qilish, stentlangan bemorlarning farmakogenetik tadqiqotlarini hisobga olgan holda individual yondashuv, davolanish va reabilitatsiya xavfsizligi va samaradorligini oshiradi, og'ir asoratlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, bu ularning hayot sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Baxromhon Alyavi , Akbar Abdullayev, Dilbar Dalimova , Jamol Uzokov , Gulchehra Yuldasheva, Muzaffar Babaev
40-44
125
22
Batafsil o'qish
TROMBOFILIA F5 GENINING ARG506GLN, F2 GENINING G20210A, MTHFR GENINING GLU429ALA, MTR GENINING ASP919 GLYPOLIMORFIZMLARI SURUNKALI OBSTRUKTIV O'PKA KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA TROMBOTIK ASORATLARINI PREDIKTORLARI SIFATIDA
Tadqiqot, o'zbek populyatsiyasida surunkali obstruktiv o'pka kasalligi bo'lgan bemorlarda eng ko'p uchraydigan trombofiliya genlarini o'rganish natijalarini tahlil qiladi. Natijada, mualliflar tomonidan F5 genining Arg506Gln, F2 genining G20210A polimorfizmi, MTHFR genining Glu429Ala polimorfizmlarining o'pka surunkali obstruktiv kasalligi (O'SOK) bo'lgan bemorlarda trombotik asoratlar rivojlanishida ahamiyatli ekanligini va bu aynan shu genlarda mutant allellarning, trombotik asoratlarga moyillik keltirib chiqaruvchi geterozigotali genotiplarning uchrashi bilan isbotlanadi. Mualliflar, shuningdek, o'zbek populyatsiyasida O'SOK bilan og'rigan bemorlarda, MTR genining Asp919Gly polimorfizmining assotsiatsiyalari bo'lmasligi haqida xulosa qiladilar.
Elnora Abduganieva, Irina Liverko
35-39
88
21
Batafsil o'qish
OIV BILAN KASALLANGAN BOLALARDA VIRUSLI DIAREYANING ETIOLOGIK TUZILISHINI TAHLIL QILISH
Oshqozon-ichak traktining (OIT) zararlanishi OIV bilan kasallangan bemorlarda tez-tez uchraydi. Oshqozon-ichak traktining shikastlanishining sababi ikkilamchi virusli va bakterial infektsiya, charchash, immunitet tanqisligi holati, shuningdek, OIVning o'zi bo'lishi mumkin. Oshqozon-ichak traktining asosiy vazifasi - oziq moddalarni hazm qilish, so'rilishi va assimilyatsiyasi. Enterotrop viruslarga to'rt guruhli viruslar kiradi. 1-guruh: DNK o'z ichiga olgan ikki qatorli: Adenoviridae oilasi (yunoncha adenos-temir), Adenovirus jinsi. 2-guruh: tarkibida bitta torli DNK: Parvoviridae oilasi (lotincha parvus-mayda), Parvovirus jinsi. 3 -guruh: RNK o'z ichiga olgan ikki qatorli: Reoviridae oilasi, Reoviruslar (Ortorheoviruslar), Orbiviruslar (Lotin - halqa) va Rotavirus (Lotin rota - g'ildirak). 4-guruh: bitta torli ("ortiqcha zanjirli") RNK o'z ichiga olgan: Astroviridae oilasi, Astrovirus jinsi; Caliciviridae oilasi (lotincha calix-piyola), Norovirus (avvalgi Norfolkga o'xshash viruslar) va Sapovirus (ilgari sapporoga o'xshash viruslar) oilasi; Coronaviridae oilasi, Koronavirus va Torovirus avlodlari; Picornaviridae oilasi (italyancha piccolo - kichik, RNK -RNK), Enterovirus jinsi.
Gulnora Xudayqulova , Maxbuba Mo'minova , Shamsiddin Otajanov
31-34
76
17
Batafsil o'qish
METABOLIK ASIDOZNING KARDIOVASKULAR BUZILISHLARI BILAN ALOQASI, BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI BO’LGAN RETSIPIENTLARDA METOBOLOMIKANING AYRIM JIHATLARI
Metabolik asidoz (MA)-surunkali buyrak kasalligining oxirgi bosqichining ajralmas hamrohi. Xususan, MA va bikarbonat yetishmovchiligi buyrak va yurak to'qimalariga to'g'ridan -to'g'ri salbiy ta'sir ko'rsatadi: bu mikrovaskulyar darajasida perfuziyaning yomonlashishiga, giperkaliemiyaga va kardiomiotsit hujayralar almashinuviga bevosita ta'sir qiluvchi hujayra ichidagi natriyning ko'payishiga yordam beradi. Bundan tashqari, MA oksigemoglobinning ajralish egri chizig'ining o'ngga siljishiga yordam beradi, gemoglobin kislorod va desaturatsiyaga yaqinligini kamaytiradi, shuningdek kislorod holatining buzilishi natijasida to'qimalarning gipoksiyasini keltirib chiqaradi. Operatsiyadan keyingi yurak-qon tomir kasalliklari 46,5% buyrak transplantatsiyasi (BT) retsipientlarida uchraydi: ishemiya, aritmiya, o'tkir koronar sindrom; va BT retsipientlarining 73,8% operatsiyadan keyingi 4 yil ichida vafot etdi. HCO3<20 mmol/L bo'lgan metabolik asidoz yurak -qon tomir kasalliklari xavfining oshishi va barcha sabablardan o'limning oshishi bilan bog'liq bo'lib, buyrak transplantatsiyasini oluvchilarda yurak-qon tomir tizimining holatiga diqqat bilan e'tibor berishni talab qiladi.
Zarina Xaybullina, Lyudmila Nazirova, Nodirxon Sharapov, Xanum Abduxalimova
22-30
98
16
Batafsil o'qish
SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI YETAKCHI TIBBIY, IJTIMOIY VA IQTISODIY MUAMMO SIFATIDA
So'nggi yillarda surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) ga olib keladigan kasalliklar tarkibida o'zgarishlar yuz berdi; SYYning klassik sabablari (yurak nuqsonlari, miokardit) kamroq tarqalgan. Taxminan 66% hollarda SYY ishemik etiologiyaga ega. Bir qator yirik epidemiologik tadqiqotlarga ko'ra, yurak yetishmovchiligi holatlarining 75 foizigacha koronar yurak kasalligi va uning asoratlari bilan bog'liq. Shuningdek, so'nggi yillarda SYY genesida arterial gipertenziya rolining pasayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu uni davolashda erishilgan muvaffaqiyat bilan bog'liq. Shuningdek, yaqinda SYYning rivojlanishining patogenezi haqidagi ilmiy "modellar" va klinik qarashlarda o'zgarishlar yuz berdi. Ko’plab tadqiqotchilar SYY patogenezi asoslarini o'rganishga kompleks yondashuv zarurligini ta'kidlaydigan bir qator mexanizmlarning kombinatsiyasiga asoslangan deb hisoblaydilar. Shunday qilib, SYY haqida ko'p yillar to'plangan ma'lumotlarga qaramay, hal qilinmagan, bahsli masalalar hali ham ko'p va ularni hal qilish yo'llarini izlash zamonaviy tibbiyot uchun dolzarbdir.
Eleonora Tashkenbaуeva, Zarina Nasirova, Azim Yaxyoev, Ixtiyor Xolikov
18-21
123
27
Batafsil o'qish
YURAK ISHEMIK KASALLIGIDA XAVF OMILLARINING STRATIFIKATSIYASI
Yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf omillariga murojaat qilsak, biz aslida kasallikdan (hodisadan) kasalliksiz bosqichgacha davolanishni kutamiz. Aralashuvning samarali ekanligiga dalillarga ishonish zarur. Masalan, 40 yoshdan 69 yoshgacha sistolik qon bosimidagi farq 20 mm simob ustuni. Insultdan o'lim xavfining ikki barobardan ziyod va koronar yurak kasalligidan o'lim xavfining ikki baravar ko'payishi bilan bog'liq. Boshqa tomondan, 5 mm.sim.ust. kamayishi. Insultdan o'limning 14%, koronar yurak kasalligining 9% va barcha sababli o'limning 7% kamayishi bilan bog'liq. Yevropa kardiologiya jamiyati yurak -qon tomir kasalliklari xavfini baholash oilada erta yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan, asosiy xavf omillari bo'lgan va jiddiy qo'shma kasalliklari bo'lgan, maksimal chastotasi 5 yil bo'lgan barcha odamlarda o'tkazilishini tavsiya qiladi. Qolgan asimptomatik populyatsiyaga xavf omillari ma'lum bo'lmagan holda, erkaklar uchun 40 yil, ayollar uchun 50 yilga baholanishi mumkin, ammo bu dalillar unchalik ishonchli emas.
Zarina Nasirova, Maftuna Abdulloeva, Shoxrux Usarov
14-17
90
22
Batafsil o'qish
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer