➤
Kategoriyalar
Jurnallar
Konferensiyalar
Avtoreferat katalogi
Dissertatsiya katalogi
Монографиялар каталоги
Darslik katalogi
Kelgusi konferentsiyalar
Tashkilotlar
Mualliflar
Blog
Biz haqimizda
Materiallarni yuborish
Ommaviy Oferta
Шахсий Маълумотларни Қайта Ишлаш Сиёсати
Ochiq kirish bayonoti
Ommaviy litsenziya
Mualliflik huquqi
Kontaktlar
Kirish
Asosiy sahifaga o'tish
/
Arxivlar
/
№ 3 (2020) Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
№ 3 (2020) Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
Jurnal:
Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
Nashr qilingan:
2020-11-03
Ulashish
Статьи
REVMATOID ARTRIT VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI BO‘LGAN BEMORLARDA ASPIRIN QO‘LLANILISHI
Ishning maksadi: Revmatoid artrit (RA) kasalligini yurak ishemik kasalligi (YUIK) bilan birgalikda kechgan bemorlarga aspirin qo‘llanilganda koagulyasiya va tomir ichi trombotsitlarga bog‘liq gemostazni o‘rganish. Bizning tadqiqotimizda revmatoid artrit bilan yurak ishemik kasalligi birga qo‘shilib kelgan holati bilan davolangan 82 bemor (68 ayol va 14 erkak) tekshirildi. Tadqiqot ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, fibrinogen, VO va plazmadagi fibrinolitik faollikning pasayishi aterosklerozning rivojlanishi va yurak xurujlari hamda insult xavfining oshishi bilan bog‘liq. Bizning tekshiruvlarda ham nosteroid yallig’lanishga qarshi dori vositalari (NYAQD) vositalari va aspirin qabul qilishiga qaramasdan koagulyasiyadagi bunday o‘zgarishlar qayd etildi. Bizning ishimizda NYAQD vositalarining aspirinorezistentlik holati meloksikam bilan 8,5%, nimesulid bilan 7,3%, diklofenak bilan 6% ko‘rsatadi. RA bilan YuIK qo‘shilib kelganda aspirinning antitrombotsit ta’siri yetarli bo‘lmagan bemorlarga, boshqa antiagregant preparati buyurildi.
Ибрат Ахмедов, Komila Abdushukurova
49-51
101
17
Batafsil o'qish
BOLALARDA O'TKIR BRONXIOLITNI DAVOLASHDA BRONCHO-MUNAL PREPARATINI QO'LLASH
O'tkir bronxiolit-bronxoobstruktiv sindrom va nafas olish yetishmovchiligining namoyon bo'lishi bilan ajralib turadigan hayotning dastlabki ikki yillik bolalarini kasalxonaga yotqizishning eng keng tarqalgan sababi. O'tkir bronxiolitning sababchi agenti virusdir. Asosiy patogenetik bog'lanish epiteliyada yallig'lanishning shakllanishi bo'lgani uchun bronxiol turli moddalar bilan immunomostimulyator preparat - bronxo- munal yordamida davolanganmiz. Biz 2 guruhga bo'lingan edi 6 oy 3 yoshgacha 50 bemor, muomala qilindi. Bemorlar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida, pediatriya bo'limlarida statsionar davolanishgan. 25 bemor 10 kun davomida yosh dozasida Bronxo-munal tayinlandi. Bronxo-munal preparatini olgan guruh I guruhining klinik ko'rinishlari II guruhdagi bemorlarga nisbatan deyarli 2 marta tezroq to'xtatildi. O'tkir bronxiolitlarda Bronxo-munal preparatini qo'llash o'tkir bronxiolit kursining og'irligini oldini oladi va kamaytiradigan samarali yallig'lanishga qarshi va antibakterial preparat ekanligini ko'rsatdi.
Nurali Shavazi, Marina Ibragimova, Muhiba Ataeva, Maksim Lim
82-84
62
20
Batafsil o'qish
INFARKT MIOKARD O`TKAZGAN BEMORLARDA YURAK DIASTOLIK DISFUNKSIYASI HOLATI
Hozirgi vaqtda diastolik disfunktsiyaning og'ir darajasi o'tkir miokard infarkti bilan og'rigan bemorlarning prognoziga ta'sir qiluvchi omil ekanligi isbotlangan. Ushbu maqolada infarkt miokard o’tkazgan bemorlarda yurak diastolik disfunksiyasi holati o'rganildi. Biz 40 yoshdan 69 yoshgacha (51,9 ± 9,13 yosh) 44 erkak miokard infarkti bilan kasallangan bemorlarni tekshirdik. Barcha bemorlar klinik tekshiruvdan o'tdilar, shu jumladan tekshiruv, anamnez, EKG, Dopler sonografiyasi bilan EХОКG. Мiokard infarktiga chalingan bemorlarda chap qorincha diastolik disfunktsiyasining rivojlanishi koronar yurak kasalligi va arterial gipertenziyaning uzoq davom etishi bilan bog'liq. Diastolik disfunktsiyani kuchayishi bilan chap qorincha sistolik funktsiyasining aniq ingibitsiyasi mavjud. Miokard infarkti bo'lgan bemorlarda og'ir diastolik disfunktsiya miyokardning elektr beqarorligi bilan chambarchas bog'liq.
Sitora Soleeva, Nafisa Djabbarova, Sherzod Muradov
78-81
93
18
Batafsil o'qish
O’PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI VA BRONXIAL ASTMA BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA IMMUNOLOGIK KO’RSATKICHLARNING XUSUSIYATI
Tadqiqot Samarqand shahar kasalxonasida pulmonologiya bo’limida o'tkazildi. Tadqiqotga 103 bemor kiritilgan. Bemorlar patologiyasi mavjudligiga qarab 3 guruhga bo’lindi. Birinchi guruh o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan 37 bemordan iborat bo’lib, ularning o'rtacha yoshi 48,3±1,7 ni tashkil etdi, ikkinchi guruh esa bronxial astma tashxisi qo'yilgan bemorlardan iborat bo’lib, 36 nafar bemor (o’rtacha 44,7±1,5) va 30 nafar sog’lom odamlar bo’lgan nazorat guruhini tashkil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, o’pkaning obstruktiv kasalligi va bronxial astma bilan immunitet tizimida o'zgarishlar yuzaga keladi, bu bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Birinchi navbatda o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bo’lgan bemorlarning qonida sitotoksik limfotsitlar tarkibining sezilarli darajada oshishi bilan bog’liq. O’pka to’qimalariga zarar yetkazadigan, pnevmoskleroz va emfizemaning rivojlanishiga olib keladigan o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bo’lgan bemorlarning immun tizimining yuqori sitostatik potensiali deb taxmin qilish mumkin.
Aziza Nasirova, Zarrina Babamuradova, Sayora Bazarova
72-77
122
16
Batafsil o'qish
ADEKVAT GIPOGLIKEMIK TERAPIYA IMKONIYATLARI YORDAMIDA ELEKTRIK BEQAROR MIOKARD KORREKSIYASI
Ushbu maqolada biz uzoq muddatli EKG monitoringi va FreeStyle Libre yordamida qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda bazal insulin Degludekni boshqa antigiperglikemik dorilar bilan birgalikda qo'llash bo'yicha o'z natijalarimizni yoritdik. Glikirlangan gemoglobin darajasi yaxshi bo'lgan bemorimizda CGM ma'lumotlariga ko'ra bo’lmachalar fibrillatsiyaning paroksizmalari bilan bog'liq bo'lgan gipoglikemiyaning tez-tez epizodlari kuzatildi. Ushbu holat terapiyani qayta ko'rib chiqish masalasini hal qilish foydasiga guvohlik berdi. Shunday qilib, biz Glargin bazal insulini yangi avlod Degludek insulini bilan almashtirdik, bu esa glyukemik o'zgaruvchanlikka aniqroq ta'sir qiladi, shuning uchun uning ta'siri oldindan taxmin qilinadi. Hozirgi vaqtda o'limga olib keladigan aritmiyalar paydo bo'lishi bilan miyokardning elektr beqarorligini rivojlanishiga gipoglikemiya ta'sirining ishonchli dalillari mavjud. Glikemiya va yurak urish tezligini sinxron ravishda uzoq muddatli kuzatish tizimlaridan foydalanish gipoglikemiya epizodlarini aniqroq qayd etish va insulin terapiyasini to'g'rilashga imkon beradi va shu bilan aritmiya xavfini kamaytiradi.
Zulfiya Mirzaraximova, Gulnora Raximova , Guzal Mullabaeva
67-71
89
36
Batafsil o'qish
SOG’LIQNI SAQLASHNING BIRLAMCHI BO`G`INIDA KORONAVIRUS BILAN KASALLANGAN SHAXSLARNI KUZATISH NATIJALARI
COVID-19 ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirganlar soni dunyo miqyosida o`sib bormoqda. SARS-CoV-2 o’tkir respirator sindromining paydo bo’lishiga sabab bo`lmoqda. Koronavirus kasalligi, yoki COVID-19 tezda pandemiyaga aylandi. Kasallik yangi ekanligini hisobga olib, ushbu kasallikga chalingan odamlarda tarkalish xususiyatlarini va klinik ko’rinishini o’rganish kerak. Pandemiya davrida birlamchi tibbiy – sanitariya yordami tibbiyot tashkilotining natijalariga asoslanib, bemorlarda COVID-19 patologik jarayonining tarqalishi va klinik ko’rinishini tahlil qilish maqsadga muvofiq. COVID-19 tasdiqlangan dastlabki 100 bemorda kasallikning kechishi tahlil qilindi: 58 (58%) ta erkak va 42 (42%) ayol. Bemor qarindoshi bilan aloqa qilish orqali tekshirilganda 11 (11%) bemorda kasallik asimptomatik bo’lgan: 89% yengil, kataral simptomlar bilan COVID-19 ni yengil o’tkazgan. COVID-19 o’tkazgan bemorlarning eng katta guruhini 30-55 yoshdagi odamlar (65%) edi: 20% hollarda 65 yoshdan katta bemorlar tashkil etdi. COVID-19 pandemiyasi davrida ambulator shifokorlarining zimmasiga ma'suliyat yana ortadi, chunki bemorlarning 80%i asimptomatik yoki yengil o’tkazadi. Klinik ko’rsatgichlarni tahlil qilish, laboratoriya parametrlarni imkon qadar erta tahlil qilish, erta tashhis qo’yish va kasallikning og’irligini baholash imkonini beradi.
Sanjar Хоlboyev
63-66
97
19
Batafsil o'qish
QANDLI DIABET KASALLIGI FONIDA YURAK QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARINING KLINIK KECHUV XUSUSIYATLARI
Ishning maqsadi: Qandli diabet (QD) kasalligi fonida, yurak qon tomir tizimi (YUQTT) kasalliklarini klinik kechuv xususiyatlarini o‘rganish. Tekshiruv materiallari va metodlari: Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi 1-terapiya bo‘limida QD II tipi aniqlangan ichki a’zo kasalliklari bilan kasallangan 80 bemor klinik, laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazildi. Amaldagi QD ning etiologik va tomir asoratlari tasnifi kiritilib, ushbu tasnifning diagnostik mezonlar asosida tasdiqlanganligi o‘rganildi. Tekshiruvlarimizda QD kasalligi 50 yoshdan keyin ko‘proq uchrashi aniqlandi. 50 yoshdan katta kishilar ayollar orasida 46 (92,0%), erkaklar orasida esa 26 (87,0%) ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Tekshiruvdagi bemorlarning 49 (61,25%) nafarida yurak qon tomir tizimi kasalliklari aniqlandi. Bundan 34 (69,4%) bemorda gipertoniya kasalligi, 13 (26,5%) bemorda - yurak ishemik kasalligi, 2 (4,1%) bemorda – revmatizm, yurak nuqsonlari aniqlandi. Xulosa: QD II tipi fonida ichki a’zo kasalliklaridan asosan YUQTT kasalliklari bemorlarda turli asoratlarni tez rivojlanishiga va QDni og‘ir kechishiga olib keladi. QD va YUQTT kasalliklari komorbid kechganda kospleks davolashda antidiabetik dori vositalar to‘g‘ri dozada tavsiya qilinishi muhim o‘rin tutadi.
Kamola Islamova , Gulchehra Karabaeva
59-62
90
27
Batafsil o'qish
BRONXIАL АSTMАNI KOPLEKS DАVOLАSHDА REZISTOL MODDАSINI QO’LLАSH USULI
Biz 6-14 yoshda bronxial astmaning og'irligi har xil bo'lgan 78 bolani tekshirdik. Standart terapiya asosida platsebo tabletkasini olgan bemorlarning birinchi guruh deb atadik (n = 35); shunga o'xshash asosiy terapiya spektri bilan birga qabul qilingan bemorlarning ikkinchi guruhiga (n = 43) sxema bo'yicha "Resistol" preparati buyurildi. Yallig'lanishga qarshi vositalar va Resistolni birgalikda qo'llash bolalarning klinik holatini yaxshilash, bronxial astma bilan og'rigan bemorlarda immunologik, limfotsitik ko'rsatkichlarni normallashtirish nuqtai nazaridan sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Abdurashid Ganiev, Komil Nazarov
55-58
69
20
Batafsil o'qish
REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA BO‘G‘IM VA BRONXOPULMONAL O‘ZGARISHLARNI ERTA ANIQLASHDA MAGNIT REZONANS VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING IMKONIYATLARI
Maqsad: Revmatoid artrit kuzatilgan bemorlarda kasallikning bosqichiga nisbatan bo‘g‘imlar zararlanishini MRT va nafas tizimi zararlanishini KT usullari orqali erta aniqlash. Materiallar va usullar. SamMI klinikasida RA bilan kasallangan 104 nafar va RA bilan nafas tizimi patologiyasi birgalikda kuzatilgan 54 nafar bemorlar tekshirildi. Barcha bemorlar kechishiga nisbatan erta va kechki bosqichlarga bo‘lindi. Erta bosqichda bemorlarning o‘rtacha yoshi 49,4±14,1 deb olindi. Bemorlar ichida ayollar 87 kishi (83,65%), erkaklar 17 kishi (16,3%) tashkil qildi. Kasallikning davomiyligi 1 oydan 30 yilgacha (8,8±1,3) yilni tashkil qildi. Kasallikning erta bosqichida bo‘g‘imlar MRT sida: bo‘g‘im xaltachasining o‘zgarishi, pannus 29 bemorda (85,3%), sinovitlar 34 bemorda (94,1%), tog‘ayning yupqalashishi, panjalarda o‘chog‘li shishlar 23 bemorda (67,6%), eroziyalar 49 bemorda (47,1%); va kechki bosqichda: eroziyalar 59 bemorda (47,1%), bo‘g‘imlarda sharsimon plastinkalar 44 bemorda (42,3%), sklerotik o‘zgarishlar 17 bemorda (16,3%) kuzatildi. Xulosa: MRT tekshirish RA ning erta bosqichida pannus va sinovitni aniq ajrata oladi. Rentgenografiya nisbatan kompyuter tomogramma usuli 35% holatlarda yuqori saviyali natijalarni beradi. RA kasalligida kompleks tekshirish usullarini qo‘llash erta va effektiv tashxis qo‘yishda va davolash usulini tanlashda samarali hisoblanadi.
Ibrat Axmedov, Laylo Tashinova
52-54
68
35
Batafsil o'qish
SHIFOXONADAN TASHQARI PNEVMONIYANI DAVOLASHDA EMPIRIK TERAPIYA UCHUN OPTIMAL ANTIBAKTERIAL PREPARAT TANLASH
Bugungi kunda pnevmoniya insoniyatning eng dolzarb kasalliklaridan biri bo'lib qolmoqda va o'lim ko`rsatkichi bo`yicha 4-o'rinni egallab turibdi. Pnevmoniyaning uchrashi yoshga, jinsga va yo`ldosh kasalliklarga bog'liq. Pnevmoniyalar orasida eng keng tarqalgani bu shifoxonadan tashqari pnevmoniya bo`lib, uning kelib chiqishida asosiy omillardan biri – bakteriyalardir. Shu sababdan pnevmoniyalarni davolashda antibakterial preparatlar muhim o’rinni egallaydi. Antibakterial terapiya o’tkazishning asosiy muammolardan biri bu – mikroblarning antibiotiklarga rezistentligi ortib borayotgan bir paytda empirik terapiya uchun antibakterial preparat tanlashdir. O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, metanalizlar, farmakoepidemiologik tekshiruvlar natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan protokollar va ko’rsatmalar ushbu muammoni hal etishda yordam beradi.
Lola Daminova , Olim Siddikov
9-13
97
28
Batafsil o'qish
BO`LMACHALAR FIBRILATSIYASI FONIDA YURAK ISHEMIK KASALLIGI BO'LGAN BEMORLARDA SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIIGINING KECHISHI
Bo`lmachalar fibrilatsiyasi (AF) dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi orasida eng keng tarqalgan ritm buzilishidir. Bundan tashqari, so'nggi yillarda AF tarqalishining yanada o'sishi kuzatilmoqda. Ushbu profildagi bemorlarda AF ning hayot prognoziga salbiy ta'siri, birinchi navbatda, kardioembolik qon tomirlari va tizimli tromboembolik asoratlar sonining sezilarli darajada oshishiga bog'liq. Bo`lmachalar fibrilatsiyasining (AF) klinik ahamiyati ushbu turdagi aritmiya bilan og'rigan bemorlarning populyatsiyasida qon tomirlari xavfining besh baravar ko'payishi va o'lim ko'rsatkichlarining 1,5-2 baravar ko'payishi bilan bog'liq. Shu sababli, yurak-qon tomir asoratlarining oldini olish va surunkali yurak yetishmovchiligini rivojlanishining samarali strategiyalaridan foydalanish AF bilan kasallangan bemorni boshqarishda eng muhim tarkibiy qism ekanligi shubhasizdir. Yurak etishmovchiligi (YuE) rivojlangan AF bilan og'rigan bemorlarning prognozi o'limga olib keladigan kardiotromboembolizm (KTE) xavfini sezilarli darajada oshiradi, shuning uchun erta funktsional sinflarda YuE diagnostikasi profilaktika antitrombotik terapiyani ko'payishi xavfga muvofiq ravishda o'z vaqtida takomillashtirishga imkon beradi. Asoratlarni va YuEni nazorat qilish uchun AF epizodlarining klinik ko'rinishini va xususiyatlarini hisobga olgan holda markazda yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlar orasida AF tarqalishini o'rganish dolzarb muammo bo'lib qolmoqda.
Farida Rasuli, Eleonora Tashkenbaуeva, Gulnora Abdieva, Isomiddin Hayitov, Sarvinoz Boltakulova, Moxinabonu Yusupova
44-48
97
21
Batafsil o'qish
YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI BILAN TASHVISH-DEPRESSIV SINDROM ALOQASI
Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan bemorlar odatda salbiy psixologik holatlarga duch kelishadi. Bugungi kunga kelib, depressiya yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan bemorlar orasida, ayniqsa, o'tkir yurak tomir sindromi (O’YUTS) kabi jiddiy yurak xurujiga uchragan bemorlar orasida eng ko'p e'tibor qaratmoqda. Ammo yaqinda tashvish yana bir muhim psixologik tuzilishga aylandi, bu ko'pincha depressiya bilan birga keladi va depressiyani davolashga ta'sir qiladi va natijada depressiyadan mustaqil ravishda yurak-qon tomir kasalliklariga ta'sir qilishi mumkin. Ushbu maqolada biz yurak-qon tomir kasalliklarida bezovtalik va unga bog'liq buzilishlarga oid so'nggi adabiyotlarni ko'rib chiqishni maqsad qildik.
Zarina Nasirova, Eleonora Tashkenbaуeva, Dilangiz Nosirova
40-43
91
17
Batafsil o'qish
POSTMENOPAUSAL DAVRDAGI AYOLLARDA KARDIOVASKULAR VOQEALAR UCHUN XAVF OMILLARI
Adabiyotlar sharhiga ko'ra, menopauza boshlanganidan keyin ayollarning 70 foizida yurak-qon tomir kasalliklari, 30 foizida osteoporoz paydo bo'lishi aniqlandi. Menopauza belgilari bo'lgan ayollarda kardiovaskulyar kasalliklar xavfi (KVX) ortishi bilan salbiy o'zgarishlar kuzatiladi. Shu bilan birga, menopauza alomatlari mavjudligi KVX klinik voqealarini oldindan taxmin qila oladimi yoki birinchi navbatda yurak-qon tomir hodisalari bilan bog'liq xavf omillari bilan bog'liqmi, aniq emas. Hozirgi kunga qadar ushbu masala bo'yicha yakdil kelishuvga erishilmagan. Endogen estrogenning yurak-qon tomir kasalliklari (YuQK) himoyachisi rolini tushuntiradigan ko'plab taklif qilingan mexanizmlar mavjud. Binobarin, yurak-qon tomir kasalliklari ko'plab mamlakatlarda, postmenopozal davrdagi odamlar orasida ayollarda kasallik va o'limning asosiy sababi bo'lib qolmoqda va ehtimol keksa yoshdagi odamlar sonining ko'payishi bilan ular rivojlanish uchun asosiy xavf omil bo'lib qolishi mumkin.
Eleonora Tashkenbaуeva, Nilufar Rajabova, Farzona Kadirova, Gulnora Abdieva
33-39
114
26
Batafsil o'qish
YURAKNING SURUNKALI ISHEMIK KASALLIGINI DIAGNOSTIKA USULLARI VA ULARNI DAVOLASH USULLARIGA BOG'LIQ RAVISHDA STRATIFIKATSIYA QILISH
Barcha bemorlarning taxminan 50 foizida surunkali stabil senokardiya odatda ateromatoz pilakcha bilan kamida bitta yirik epikardial koronar arteriyani to'sib qo'yishi natijasida yuzaga keladi. Stenokardiya miokardning kislorodga bo'lgan talabining mos kelmasligi tufayli yuzaga keladi, bu esa miokard ishemiyasiga olib keladi. Koronar revaskulyarizatsiya ko'rsatkichlari rivojlanishda davom etmoqda, chunki ilmiy va texnologik yutuqlar optimal dori terapiyasi natijasida olingan natijalarni va revaskulyarizatsiya usullarini yaxshilaydi. Terapiyaning barcha turlarini ko'rsatmalar va muvofiqlik mezonlari asosida, ayniqsa, parvarishlash xarajatlari va mavjudligini hisobga olgan holda, tegishli darajada ishlatish darajasi juda muhim masala. Agar faqat dori vositasida simptomlar va hayot sifati yaxshilanmasa, revaskulyarizatsiyaga o'tish imkoniyati bilan dori-darmonlarni dastlabki sinovdan o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, ushbu natijalar tavsiyalarni tasdiqlaydi va koronar revaskulyarizatsiyani, xususan, teri orqali koronar aralashuvni qo'llash maqsadga muvofiqligi to'g'risida savollar tug'diradi.
Eleonora Tashkenbaуeva, Zarina Nasirova, Rizamat Mirzayev
28-32
89
16
Batafsil o'qish
QALQONSIMON BEZINING FUNKSIONAL HOLATIGA SILGA QARSHI DAVOLASH CHORALARINING TA`SIRI
Sil kasalligi bilan og’rigan bemorlarda qalqonsimon bezning funksional holati to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, silga qarshi davolash choralarining qalqonsimon bezining faoliyatiga ta’siri kam o’rganilgan va qarama-qarshi fikrlardan iborat. Qalqonsimon bezining uzoq muddatli davolash choralariga nisbatan holati ayniqsa premorbid tiroid disfunksiyasiga ega bemorlarda o’rganilmagan. Ishning maqsadi nafas olish a’zolari silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemorlarda qalqonsimon bezining funksional holatini silga qarshi kimyoviy terapiyaning jadal davolash bosqichidan oldin va keyin o’rganish edi. Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolayotgan, o’pka silining yemirilish bosqichi bilan kechuvchi shakllari ilk marta tashxis qo’yilgan bemorlar tekshirildi. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, qalqonsimon bez gormonlarining sintetik analoglarini silga qarshi kimyoviy terapiya bilan birga qo’llashga uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa bemorlarning silga qarshi davolash choralarida muvaffaqiyatli natijalarga erishishga imkon beradi.
Nargiza Mamatova , Baxrombek Abduhakimov
24-27
63
22
Batafsil o'qish
MIOKARD INFARKTI BO'LGAN BEMORLARDA CHAP QORINCHA DIASTOLIK DISFUNKTSIYASI
Diastolaning mavjudligi haqida o'tgan asrning boshida ma'lum bo'lgan bo'lsa-da, uzoq vaqt davomida yurak kameraning passiv ravishda to'ldirilgan oddiy interval sifatida qabul qilindi. Chap qorincha sistolik funktsiyasining prognostik qiymati har tomonlama o'rganildi, ammo diastolaning infarkt miokardidan keyingi ta'siri haqida ma'lumot kam. Hozirgi kungacha, faqat bir necha nashrlarda chap qorincha diastolik funksiyasi ko'rsatkichlarining prognostik qiymati haqida ma'lumot berilgan. Bemorlarda miokard infarktidan keyingi surunkali yurak yetishmovchiligida (SYY) diastolik disfunksiyaning rivojlanishi kam o’rganilgan. Miokard infarktidan keyingi chap qorincha diastolik disfunksiyasining erta markeri hisoblanadi. Shu bilan birga, ko'plab tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, chap qorincha diastolik disfunktsiya SYYning darajasini ko’rsatadi. Patologiyaning rivojlanishi klinikaning paydo bo'lishi va simptomlar rivojlanishidan oldin, shuningdek, mexanizmlarga terapevtik ta'sir ko'rsatishiga qadar olib keladi, bu esa ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli o'rganishni qiyinlashtiradi. Ko'plab tadqiqotlar ko’rsatadikim, YuIK fonida diastolik yurak yetishmovchiligi rivojlanishiga quyidagi xavf omillar ayol jinsi, qandli diabet, semizlik, gipertoniya kasalligi, metabolik sindrom va boshqa omillar ustunlik qiladi.
Sitora Istamova, Eleonora Tashkenbaуeva, Dilnoza Fatullayevа , Ozod Murotkobilov, Xusan Aliqulov, Farzona Kadirova
18-23
112
29
Batafsil o'qish
SURUNKALI OBSTRUKTIV O'PKA KASALLIGI BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMINING PATOLOGIK O’ZGARISHLARINI O'RGANISH
O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O’SOK) - mustaqil nozologik shakl bo’lib, bu o'pkada patologik yallig'lanish jarayoni bilan bog'liq havo oqimi tezligini cheklash bilan tavsiflanadi. O’SOK qaytarilmas bu ortga qaytmas jarayon, doimiy ravishda rivojlanib boradi va yurak- qon tomir tizimidan og'ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda O’SOK xavf omillarini o'rganishga alohida e'tibor berilmoqda, ular orasida shaharlar havosining ifloslanishi, sanoat changlari miqdorining ortishi, yoshi, tamaki chekish, nafas yo'llarining yuqumli kasalliklari, ularning tez-tez avj olayotgani, obstruktiv o'pka kasalligi holatini og'irlashtirmoqda. Shunday qilib, tamaki chekish nafaqat o'pkada patologik jarayonlarning paydo bo'lishi, balki tizimli yallig'lanish reaktsiyalarining rivojlanishi, oksidlovchi stress, qon tomirlar endoteliyasining disfunktsiyasi, prokoagulyant omillar faolligining oshishi, onkogenlarning kuchayishi va boshqa tizimli ta'sirlar bilan bog'liq.
Jamshid Ismailov
14-17
90
21
Batafsil o'qish
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer