➤
Kategoriyalar
Jurnallar
Konferensiyalar
Avtoreferat katalogi
Dissertatsiya katalogi
Монографиялар каталоги
Darslik katalogi
Kelgusi konferentsiyalar
Tashkilotlar
Mualliflar
Blog
Biz haqimizda
Materiallarni yuborish
Ommaviy Oferta
Шахсий Маълумотларни Қайта Ишлаш Сиёсати
Ochiq kirish bayonoti
Ommaviy litsenziya
Mualliflik huquqi
Kontaktlar
Kirish
Asosiy sahifaga o'tish
/
Arxivlar
/
№ SI-1 (2020) Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
№ SI-1 (2020) Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
Jurnal:
Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali
Nashr qilingan:
2020-02-17
Ulashish
Статьи
SAMARQAND VILOYATIDA KORONAVIRUSLI INFEKSIYA (COVID-19) KLINIK KECHISHINING AYRIM JIHATLARI
Koronavirusli (Covid-19) infeksiya diagnostikasi halqumdan yoki burundan olingan namunalarni polimerazali zanjir reaksiyasi tahlili orqali indentifikatsiya qilishga asoslangan bo‘lib, bu koronavirusli infeksiyaning uchta klinik shakllari, yuqori nafas yo‘llarining yyengil yallig‘lanish simptomlari bilan kechadigan o‘tkir respirator virusli infeksiya, hayotga xavf tug‘dirmaydigan o‘tkir pnevmoniya va o‘tkir respirator distress-sindrom bilan kechadigan og‘ir pnevmoniyalarda bir xil musbat natija beradi. Koronavirusli (Covid-19) infeksiyaning biror bir klinik simptomlarsiz subklinik shaklda kechayotganligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar mavjud bo‘lib uni atroflicha o’rganish, tahlil qilish nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan zo’riqishni yengillashtirishga balki ortiqcha vahimalarning barham berilishiga va iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
Absamat Oslanov, Soatboy Yuldashev
37-39
118
25
Batafsil o'qish
OG’IR PREEKLAMPSIYANING COVID-19 PANDEMIYASI SHAROITIDA XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola COVID-19 pandemiyasi va homilador ayollarda pandemiya va o'zini izolyatsiya qilish paytida duch kelgan vahima hujumlari kontekstida og'ir preeklampsiyaning xususiyatlariga bag'ishlangan. Yangi koronavirusning pandemiyasi haqida yangiliklarning ko'pligi sababli, vahima qo'zg'ashi mumkin. Alomatlar COVID-19 ga o'xshash: nafas qisilishi, yaqinlashayotgan o'lim hissi, ko'kragida siqilish hissi. Vahima hujumi - bu somatik alomatlar bilan birlashtirilgan, qo'rquvning tushunarsiz va og'riqli uyg'unligidir. Ushbu nevrotik kasallik juda keng tarqalgan va uning sabablari to'liq tushunilmagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ko'p hollarda vahima qo'zg'ashning sababi jiddiy stress, kasallik yoki haddan tashqari stress hisoblanadi.
Sevara Мakhmudova
33-36
97
30
Batafsil o'qish
BIRLAMCHI TIBBIY – SANITARIYA MUASSASALARIDA UMUMIY AMALIYOT VRACHI TOMONIDAN OLIB BORILADIGAN TADBIRLAR ALGORITMI. (АDABIYOTLAR TAHLILI)
Ushbu maqola umumiy amaliyot vrachi tomonidan birlamchi tibbiyot – sanitariya muassasalarida olib boriladigan tadbirlar algoritmi berlilgan. Maqolada tibbiy yordamni tashkil qilish, tibbiy yordamning asosiy vazifalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish muhokama qilinadi. «Мuloqotda bo’lgan», «Shubhali holatlar», «Таsdiqlangan holatlar» ni yordam berish algoritmi ko’rsatilgan. Covid – 19 ta’siriga qarshi infeksiyani nazorat qilish tadbirlarini tashkil qilish masalalari ko’rib chiqiladi. Bemorlarga va oila a’zolariga uyda parvarish qilish, shuningdek, aholi bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Shoira Khusinova
29-32
139
30
Batafsil o'qish
BOLALARDA COVID-19 RIVOJLANISHNING SABABLARI, RIVOJLANISH MEXANIZMI VA XUSUSIYATLARI (ADABIYOTLAR TAHLILI)
Alisher Rasulov , Rustam Sharipov, Nodira Rasulova
25-28
66
27
Batafsil o'qish
COVID-19 O’TKAZGAN OPERATIYADAN KEYINGI BEMORLARDA REABILITATSIYA TADBIRLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (ADABIYOTLAR TAHLILI)
Ishlab chiqilgan reabilitatsiya tadbirlari kompleksi, shu jumladan tana mushaklarining tonusini tiklash va koʼkrak qafasining nafas olish ekskursiyasi, havo yoʼllarining holatini tiklash va oʼpka atelektazining oldini olish boʼyicha chora-tadbirlar nafas olish tizimining faoliyatini tezda tiklashga yordam beradi, operatsiyadan keyingi pnevmoniya paydo boʼlishining oldini oladi. Jarrohlik aralashuvlardan soʼng oʼrtacha individual dozalangan jismoniy faollik yurak-qon tomir tizimiga normalizatsiya qiluvchi taʼsir koʼrsatishi, miokarddagi metabolik jarayonlarni yaxshilaydigan, arteriyalar va yurak tomirlari tonusiga ijobiy taʼsir koʼrsatadigan, periferik qon aylanish buzilishlarini bartaraf etadigan, venoz staz, tromboemboliya rivojlanishining oldini olishi koʼrsatildi. Ichak boʼshligʼidagi ichki bosimni pasaytirishga medikamentoz boʼlmagan va medikamentoz bilan bogʼliq kompleks chora-tadbirlarni qoʼllash orqali buzilgan ichak funktsiyalarini tiklash ichak harakatini tiklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi va operatsiyadan keyingi davrda paretik ichak tutilishining oldini olishligi aniqlandi. Reabilitatsiya tadbirlarining hajmi va tarkibini tanlashda, ularning samaradorligini dinamik ravishda kuzatishda individual yondashuv zarurligi koʼrsatilgan.
Oksana Polyanskaya, Igor Polyanskiy, Zilola Mavlyanova
20-24
103
31
Batafsil o'qish
KORONАVIRUS INFEKTIYASIDА STOMАTOLOGIK STАTUSNING OʼZIGА XOS XUSUSIYATLАRI
Ushbu maqolada kasallikning boshida va avj olish davrida teri ustida, ogʼiz boʼshligʼi organlari va toʼqimalarida paydo boʼladigan klinik xususiyatlari, xarakterli belgilari, shuningdek, ulardagi funktsional oʼzgarishlar, trigeminal sezuvchanlik buzilishi – yaʼni, teri va shilliq pardalarining sezuvchanligini buzilishi taʼriflanadi, pandemiya davrida stomatologning ishlash qoidalari keltirilgan. Maqolada stomatologiya sohasi xodimlari va bemorlar orasida koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Shuningdek ogʼiz boʼshligʼi va xonani parvarish qilish uchun gigienik tadbirlar tavsiya etilgan.
Nodira Nazarova
17-19
88
29
Batafsil o'qish
COVID-19 BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA O'SVNI AMALGA OSHIRISH UCHUN AMALIY TAVSIYALAR (ADABIYOTLAR TAHLILI)
Maqolada koronavirus infeksiyasining fonida paydo bo'lgan respirator distress sindromining og'ir shakllarida o'pkaning sun'iy ventilyasiyasining xususiyatlari muhokama qilinadi. Bunda, protektiv O'SVga alohida e'tibor berilishi kerak, chunki o'pka to'qimasi juda zaif va osonlik bilan zararlanadi. Ventilyasiyaning o'pkani eng kam zaiflashtiruvchi parametrlari taklif etiladi. Bemorni respiratordan uzish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
Yuliy Zamanov, Sanat Narzullaev, Shoira Parmanova
14-16
100
31
Batafsil o'qish
<<
<
1
2
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer