STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
87
asks the same about animals. When you change the contents of your circle, you change your
concepyion of yourself. The center of the circle shifts as its perimeter is changed. The liberal impulse
is to expand the circle, while conservatives tend to want to restrain or even contract the circle.
Conclusion.Today, technology is all around us. It shapes how we live, how we talk to each other,
and even how we see ourselves. Tools like smartphones, social media, and the internet can make life
easier and help us stay connected. But, they can also make people feel alone, act differently online, or
forget who they really are. That’s why it’s so important to hold on to our human values — like
empathy, kindness, and self-control. These qualities help us treat others with respect and care. The
idea of the “circle of empathy” reminds us to include more people in our care and understanding.
When we do that, we create a kinder, more connected world. Technology should help us become better
people, not pull us away from our true selves. If we stay thoughtful about how we use it, think before
we react, and try to understand others’ feelings, we can use technology in a way that strengthens our
humanity — not weakens it.
References:
1.
Bowles, Cennydd.
Future Ethics
. London: NowNext Press, 2018.
2.
Deragon, Jonathon.
The Influence of Technology on Humanity
. 2011.
Chicago. 17th
edition, Notes and Bibliography style.
3.
Lanier, Jaron.
You Are Not a Gadget: A Manifesto
. New York: Vintage Books, 2010.
4.
Piaget, Jean.
The Language and Thought of the Child
. 3rd ed. New York: The Humanities
Press, 1959.
5.
Turkle, Sherry.
Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less from
Each Other
. New York: Basic Books, 2011.
6.
Yamamoto, Junko, and Simeon Ananou.
Humanity in the Digital Age: Cognitive, Social,
Emotional, and Ethical Implications
. Slippery Rock University of Pennsylvania & Salisbury
University, n.d.
7.
7. Uteshova Z. TESTS AS ONE OF THE WAYS OF ASSESSMENT IN LANGUAGE
TEACHING //InterConf.–2020.
QO‘QON ADABIY MUHITIDA HAJVIYOT YO‘NALISHI RIVOJI
Mansurova Mohinur Akmal qizi
Toshkent davlat transport universiteti
tayanch doktoranti,
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XIX asrda Qo‘qon adabiy muhitida hajviyot yo‘nalishining
rivojlanishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni tahlil etilgan. Jumladan, Amir
Umarxon va uning atrofida to‘plangan adiblarning faoliyati, adabiyot orqali ijtimoiy illatlarni tanqid
qilish an’analari yoritilgan. Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Zavqiy kabi hajviy asarlar yaratgan shoirlar
misolida hajviyotning jamiyatdagi o‘rniga baho beriladi. Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek adabiyotining
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan adabiy maktab sifatida tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
Qo‘qon adabiy muhiti, hajviyot, satira, Umarxon, Amiriy, Muqimiy, Gulxaniy,
Maxmur, Zavqiy, ijtimoiy tanqid, o‘zbek adabiyoti, XIX asr.
XIX asr Sharq adabiyoti o‘zining boy mazmuni, murakkab badiiy shakllari va ijtimoiy
yo‘nalganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Sharqning turli hududlarida – xususan, Markaziy Osiyo,
Eron, Hindiston va Usmoniylar imperiyasida adabiyot jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga faol
munosabat bildirgan, ma’naviy uyg‘onish jarayonlarining ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘lgan.
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
88
XIX asr – bu Sharq xalqlari uchun siyosiy beqarorlik, tashqi bosimlar, ichki ziddiyatlar va
ma’naviy izlanishlar davri bo‘ldi. Markaziy Osiyoda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida feodal
tuzum hukm surar, amaldorlarning adolatsizligi, savodsizlik va xurofot keng tarqalgan edi. Ana
shunday sharoitda adabiyot ijtimoiy adolatni tiklash, xalqni ma’rifatga yetaklash vositasi sifatida faol
ishlatildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek adabiyotining rivojlanishi o‘lkada yuz bergan iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi katta o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq edi. 1880-yillar
o‘rtalariga kelib, Markaziy Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi yakunlandi. Garchi Buxoro amirligi
va Xiva xonligi siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib turgan ko‘rinsa-da, amalda ular Rossiya imperiyasiga
tobe holatga tushib qolgan edi. Qo‘qon xonligi esa allaqachon — 1876 yilda tugatilgan edi.
Sharq adabiyoti o‘zining asrlar davomida shakllangan klassik an’analariga tayanar ekan, XIX
asrga kelib mazmun va g‘oya jihatidan sezilarli darajada yangilanish yo‘liga o‘tdi. Bu davrda adabiyot
nafaqat estetik zavq bag‘ishlovchi vosita, balki xalqni ogohlikka chorlovchi, ijtimoiy hayotdagi
muammolarni ochib beruvchi kuchli targ‘ibot quroliga aylandi. Bu davr adabiyotining muhim
yo‘nalishlaridan biri – ma’rifatparvarlik bo‘ldi. Shoir va adiblar o‘z asarlarida ilm, tafakkur, adolat va
axloqiy yetuklikka da’vat etdilar. Ayniqsa, hajviy adabiyot bu davrda yuksak taraqqiy etib,
jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni tanqid qilishning asosiy shakliga aylandi. Adreslik tanqid kuchaydi.
Realistik tasvir keng o‘rin ola boshladi. Hajviylik orqali amaldorlarning riyokorligi, poraxo‘rligi,
nodonlik va jaholat ochiq fosh etildi. Kulgi vositasida o‘quvchini o‘ylantirish, uni muammoga befarq
bo‘lmaslikka undash adabiy uslubning bosh maqsadiga aylandi.
Sharq adabiyoti haqida so‘z ketganda, Qo‘qon adabiy muhitini ta’kidlab o‘tish joiz, chunki aynan
Qo‘qon adabiyoti hajviyot yo‘nalishida ijod qilgan adiblarga boy va betakror asarlarni o‘z ichiga
olgan.
O‘zbek adabiyoti tarixida “Qo‘qon adabiy muhiti” nomi bilan atalgan adabiy madaniy hodisaning
asoschisi, rahnamo va peshvosi ham amir Umarxon sanaladi. “Amiriy” taxallusi bilan qalam tebratgan
Umarxon turkiy va forsiyda birdek mahorat ijod qilgan iste’dodli shoir edi. “Bu jannatmakon asrinda
ulamoyu talaba va ahli ilmlar rivojda bo‘lib, she’riyat mo‘tabar ekan, – deb yozadi muarrix Ibrat. –
O‘zi she’rda benazir o‘lub, “Majmuat ush-shuaro”sinda fasohati bayon va balog‘ati ayondur”[1]
Umarxon farmoyishiga ko‘ra, adabiy hayotda qator islohotlar qilindi. U Olimxon zulmidan
qochib, qo‘shni mamlakatlarga ketib qolgan bir qancha ulamo va fuzalo hamda taniqli ziyolilarni
Qo‘qonga qaytaradi. Amiriy boshchiligidagi Qo‘qon adabiy muhitining taraqqiy etishida uning umr
yo‘ldoshi, zabardast lirik shoira Mohlar oyim Nodiraning ham xizmatlari beqiyos bo‘lgan.
Qo‘qon adabiy muhitiga xos adabiyot tarixini uch bosqichga ajratish mumkin: 1.Amiriy va
Qo‘qon xonligi davri (1810-1822 yillar va XIX asrning 3-choragi) 2.Chor Rusiyasi istilosi davri (XIX
asrning oxirgi choragi va XX asr boshlari) 3.Sho‘rolar davri (1917 yildan XX asrning ikkinchi
choragicha)
Birinchi bosqichda “Qo‘qon adabiy muhiti” nomini olgan adabiy maktabga asos solindi. Aynan
Amiriy davri Qo‘qon adabiy muhitining ilk va avj taraqqiyot bosqichi sifatida tarixda qoldi. Vadud
Mahmud Amiriy davri adabiyotini chig‘atoy adabiyotining ikkinchi oltin asri deb baholagan bo‘lsa,
Fitrat “Umarxon zamonida adabiyot yangidan bosh ko‘tardi” deydi.[2] Bu davrdagi ijod ahli orasida
Fazliy, Ado, G‘oziy, Hoziq, Mushrif, Fayziy, Akmal, Maxmur, Gulxaniy, Oshiq, Vazir, Nola,
Ma’yus, Mujrim, Ramziy, Afsus, Miriy, Nodir-Uzlat, Ravnaq, Hotif, Xijlat, Xon, Nodira, Uvaysiy,
Dilshodi Barno kabi o‘zbek va tojik tillarida qalam tebratgan iste’dodli so‘z ustalari bor edi. U umr
yo‘ldoshi Nodira bilan birgalikda o‘z davrining ayol ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga she’riyat
maydonida o‘z so‘zini aytish imkonini berishga xayrxohlik ko‘rsatdi.
Shuningdek, Gulxaniy va Maxmur kabi o‘tkir qalam sohiblari ijodi misolida hajviyot, xususan,
satira rivoj topdi. Turli janrlardagi 70 ga yaqin hajviy asarlar ijodkori bo‘lgan Maxmur satirasining
markazida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy nufuzga ega qatlam vakillari turganligini muayyan darajada
Amiriy zamonidagi ijodiy so‘z erkinligidan dalolat sifatida baholash mumkin. Maxmur bir shaxsning
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
89
hajviga bag‘ishlangan bir necha asarlar yaratish bilan o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib satirik turkum
yaratish an’anasini boshlab berdi (“Avsofi qozi Muhammadrajabi Avj”, “G‘azali qozi
Muhammadrajabi Avj dar borai xud”; “Avsofi Hoji Niyoz”, “G‘azali Hoji Niyoz dar borai xud”; “Dar
sifati qoziyi Xoja sagbon”, “G‘azali qoziyi Xoja sagbon” va boshqalar). Keyinchalik bu an’ana
Qo‘qon adabiy muhitining yana bir vakili bo‘lgan Muqimiy ijodida ko‘zga tashlanadi («Hajvi
Viktorboy», «Hajvi Viktor», «Voqeai Viktor»). Amiriy tashabbusi va homiyligida yaratilgan
Gulxaniyning “Zarbulmasal”i esa 400 ga yaqin xalq maqol va aforizmlarini yaxlit kompozitsiyaga
ega apologik asar tarkibida taqdim etgan, ayni paytda hajviyot unsurlarini mujassam etgan unikal ijod
namunasi bo‘lib, uning analogi nafaqat o‘zbek, Sharq mumtoz adabiyotida uchramaydi. Bu asar
o‘zbek adabiyotidagi mashhur dostonlardan biri bo‘lib, unda xalq maqollari asosisa jamiyatdagi
illatlar tanqid qilinadi.
“Yetim chiqsa, birov bermas bir og‘iz salom,
Boy chiqsa, ming kishi bo‘lar og‘zida kalom.
Boyga borib salom bersang, bo‘lar jon deb,
Yetim kelsa, qarab tur, bo‘ldi, qon deb.[3]
Bu satrlar Gulxaniyning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi yozilgan hajviy asarlaridan biridir. Shoir
jamiyatda mavjud tabaqalanishni – ya’ni boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqni tanqid qiladi.
Boylarga xushomad, kambag‘allarga esa e’tiborsizlik – bu holat Gulxaniy nazarida noinsoniy. U kulgi
vositasida tanqidni yetkazgan.
Chor Rusiyasi istilosi davrida ham Qo‘qon xonligi rasman tugatilib, uning o‘rniga Farg‘ona
viloyati tashkil qilingan bo‘lsa-da, adabiy hayot, ijodiy hamkorliklar davom etdi. Davr adabiy
hayotining rang-barangligi bu vaqtda ijod sahnasiga chiqqan qalam sohiblari faoliyatida aks etdi. Bu
paytda Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbatiy, Zavqiy, Fansurulloh Xisrav, Haziniy, G‘urbat, Yoriy,
Nusrat, Muntazir, Pisandiy, Tahayyur, Zoriy, Qoriy, Rojiy, Muhayyir, Nayyiriy, Mirzoi Xo‘qandiy,
Mahmud Hakim Yayfoniy, Muhsiniy, Shaydoi Ho‘qandiy, Mavlaviy Yo‘ldosh kabi va boshqa
ko‘plab shoirlar yetishib chiqdilar. XIX asrning 80-yillarida Qo‘qonda Amiriy davridagi ijodiy
hamkorlik an’analarini izchil ravishda davom ettirgan adabiy anjuman tashkil topganini Furqatning
ushbu fikrlari tasdiq etadi: «...asr shuarolarikim, chunonchi mavlono Muhyi va mavlono Muqimiy va
mavlono Zavqiy va mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zodai tab’larimizdin
mushoira qilur erdik va bir g‘azalda tatabbu’ ko‘rguzub, bir mazmun har nav’ ifoda topar erdi»[4]
Muqimiy she’riyatda Amiriyning o‘zi uchun ustoz maqomida so‘z ustasi bo‘lganini faxriya tarzida
ifodalaydi:
Nazar qilganda nazmingg‘a Muqimiy,
Nazokatda Umarxondin qolishmas[5]
Amiriy davridagi badiiy adabiyotning xarakterli xususiyatlaridan bo‘lgan hajviyot an’analari
Muqimiyning “Tanobchilar”, “To‘yi Iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Voqeai Viktor”,
“Saylov”, “Dar shikoyati Laxtin”, “Voqeai ko‘r Ashurboy hoji” kabi satirik, “Aroba”, “Loy”,
“Bezgak”, “Pashshalar” singari yumoristik asrlarida, Zavqiyning (1853-1921) “Hajvi ahli rasta”,
“Talading baring”, “Voqeai qozi saylov”, “Veksel” kabi hajviyalarida davom ettirildi.[6]
Bir mullo bor, ko‘zoynakli, so‘zakli,
O‘zi johil, lekin boshi do‘zakli.
Yuzta bola o‘qitar, ilmsiz o‘zi,
Til o‘rgatar, bilmas o‘zi lug‘atni.”[7]
Bu she’rda Muqimiy johil “ustozlar”ni tanqid qilmoqda. Ilmsiz mullalar bolalarni o‘qityapti,
ammo o‘zi oddiy bilimdan ham yiroq. Shoir hajv orqali ta’lim sohasidagi muammolarga e’tibor
qaratadi – ya’ni ma’naviy va ilmiy savodsizlikni fosh qiladi. Bu kulgili, ammo chuqur ma’noli hajvdir.
“Qo‘li bir qop pulga yetgach, xotinimni aytmas,
O‘rtog‘im eding-ku desam, endi menga qaytmas.
Oldin du’oyi men edim, hozir so‘kadi bemalol,
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
90
Mol chiqsa, odam o‘zgarar, qilsa tovuqday galgal.[8]
Zavqiy bu yerda pul topgach, do‘stlik va insoniylikni unutgan odam obrazini tasvirlaydi. Shoir
jamiyatdagi yolg‘on do‘stlik, manfaatparastlik, pulga qul bo‘lish kabi illatlarni tanqid qiladi.
“Tovuqday galgal” – bu kinoya bilan aytilgan ibora bo‘lib, insonning tuban xatti-harakatlarini
ifodalaydi.
Ko‘rib turganimizdek Qo‘qon adabiy muhiti juda boy bo‘lib, adiblar Amir Umarxon davrida
ayniqsa juda keng taraqqiy topgan. Hajv va tanqidiy yo‘nalish rivojlangan va iltimoiy nohaqliklarni
tanqid qiluvchi hajviy asarlar keng yoyilgan. Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek adabiyotining keyingi
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy va Zavqiy kabi adiblarning asarlari
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘zbek adabiyotining tanqidiy yo‘nalishini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ибрат. Фарғона тарихи. – Т.: Камалак, 1992. – Б. 290
2.
Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 2-жилд .Тошкент: “Маънавият”, 2000, 59-бет.
3.
Gulxaniy. Zarbulmasal. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1970.
4.
Хўқандлик шоир Зокиржон Фурқатнинг аҳволоти - ўзи ёзгони // Туркистон вилоятининг
газети. 1891 , №9.
5.
Муқимий. Асарлар. (Нашрга тайёрловчи Ғ.Каримов). – Т.: Адабиёт ва санъат, 1974. – Б.
203
6.
Zeboxon Qobilova, Filologiya fanlari doktori, professor “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari
antologiyasi” Tamaddun, Toshkent 2022.
7.
Muqimiy “Tanlangan asarlar”.-Toshkent: Fan nashriyoti, 1980.
8.
Zavqiy. She’rlar.- Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.
TILNING ONOMASTIKA TIZIMINI TASNIFLASH MEZONLARI
Maxsudova Xolisxon Ummatovna
Andijon davlat texnika instituti
Tillar va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti
Nomlarning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlarini hisobga olgan holda, A.V.Superanskaya
ularni tasniflashning quyidagi turlarini ajratadi (to‘liq deb da’vo qilmagan holda):
1) nomlanuvchi obyektlar bilan bog‘liq holda tasniflash;
2) tabiiy kelib chiqqan va sun’iy ravishda yaratilgan nomlar. Bu tasnif nomlarning ma’nosiga
ko‘ra tasniflanishi va “rasmiy va norasmiy qo‘llanuvchi nomlar” dixotomiyasi bilan chambarchas
bog‘liq.
3) "mikro" - "makro" ko‘lami bo‘yicha tasniflash;
4) nomlarning tarkibiy tasnifi;
5) xronologik tasnifi;
6) nomlarni ularning motivatsiyasi va unga tutash etimologik tasnifi bilan bog‘liq holda,
shuningdek, ismlarning apellyativ va nomdoshga, o‘z va ko‘chma ma’nosiga ko‘ra bo‘linishi;
7) nomlarni ularda ifodalangan tushunchalar mazmuniga ko‘ra tasniflash;
8) til va nutq dixotomiyasi bilan bog‘liq tasniflash;
9) stilistik va estetik tasnif.
1
1
А. В. Суперанская. Общая теория имени собственного. Москва: Наука, 1973. – С. 159
