STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
365
3.
Kulik, J. A., & Fletcher, J. D. (2016). Effectiveness of intelligent tutoring systems: A meta-
analytic review.
Review of Educational Research, 86
(1), 42–78.
https://doi.org/10.3102/0034654315581420
4.
Nguyen, T. T. K., Nguyen, M. T., & Tran, H. T. (2023). Artificial intelligent based teaching
and learning approaches: A comprehensive review.
International Journal of Evaluation and
Research in Education, 12
(4), 2387–2400. https://doi.org/10.11591/ijere.v12i4.26623
5.
Selwyn, N. (2016).
Education and technology: Key issues and debates
. Bloomsbury
Publishing.
6.
Smutny, P., & Schreiberova, P. (2020). Chatbots for learning: A review of educational
chatbots.
Computers and Education: Artificial Intelligence, 1
, 100001.
https://doi.org/10.1016/j.caeai.2020.100001
7.
Sottilare, R. A., Graesser, A., Hu, X., & Brawner, K. (2017). Design recommendations for
intelligent tutoring systems: Authoring tools and expert modeling techniques.
US Army
Research Laboratory
.
8.
Van Alten, D. C., Phielix, C., Janssen, J., & Kester, L. (2019). Effects of flipped learning: A
meta-analysis.
Educational Research Review, 28
, 100294.
https://doi.org/10.1016/j.edurev.2019.100294
9.
Wang, Y., Liu, C., & Tu, Y. F. (2021). Automated essay scoring in e-learning: A systematic
literature review.
Educational Technology & Society, 24
(3), 187–200.
TA’LIM TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT: MOSLASHUVCHAN O‘QUV
PLATFORMALARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Madatov Quvonchbek Geldiyor o’g’li
Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti o’qituvchisi
Tojiyeva Ozoda Sohib qizi
Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining zamonaviy ta’lim
tizimidagi roli, ayniqsa moslashuvchan o‘quv platformalaridagi qo‘llanilishi, ularning samaradorligi
va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda SI asosidagi ta’lim tizimlarining individual yondashuv, real
vaqtli baholash va interaktiv o‘rganishga qo‘shayotgan hissasi o‘rganildi. Maqola yakunida
platformalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirilgan. Shuningdek, bu
platformalarning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni qanday o‘zgartirayotgani, o‘quv
motivatsiyasiga ta’siri va bilimlarni mustahkamlash darajasiga ta’siri amaliy misollar orqali ko‘rsatib
beriladi.
Kalit so’zlar.
Sun’iy intellekt, moslashuvchan ta’lim, o‘quv platformalari, interaktiv ta’lim ,
raqamli texnologiyalar, ta’limda innovatsiya.
Kirish. Bugungi kunda raqamli transformatsiya ta’lim tizimida ham jadal sur’atlarda kechmoqda.
Sun’iy intellekt asosida ishlovchi o‘quv platformalari individual yondashuv, avtomatlashtirilgan tahlil
va o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Ushbu maqolada aynan
shu imkoniyatlarning samaradorligi va rivojlanish istiqbollari o‘rganiladi. Dunyodagi yetakchi ta’lim
muassasalari sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini o‘quv jarayonlariga tatbiq etish orqali individual
yondashuv, avtomatlashtirilgan tahlil va o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish imkoniyatlarini
kengaytirmoqda. Ayniqsa, moslashuvchan o‘quv platformalari zamonaviy ta’lim jarayonining
ajralmas qismiga aylanmoqda. Ular orqali har bir o‘quvchi o‘z qobiliyat va bilim darajasiga mos
ravishda bilimlarni egallashi, o‘zlashtirish tezligiga qarab o‘qishni davom ettirishi va teskari aloqa
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
366
olishi mumkin. Bunday platformalar ta’limning interaktivligini oshirib, an’anaviy usullardan farqli
o‘laroq, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi aloqani raqamli muhitda qayta shakllantirmoqda. Ushbu
maqolada sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan moslashuvchan o‘quv platformalarining
imkoniyatlari, ularning samaradorlik darajasi, afzallik va kamchiliklari, shuningdek, ularni
O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etish istiqbollari o‘rganiladi[6;93].
Natijalar va tahlil. Tadqiqot davomida o‘tkazilgan so‘rovlar, amaliy kuzatuvlar va tahlillar
quyidagi asosiy natijalarga olib keldi:
O‘quvchilar faolligi va motivatsiyasi.so‘rovnoma ishtirokchilari orasida 73% o‘quvchi sun’iy
intellekt asosidagi platformalarda o‘qishni an’anaviy usullarga nisbatan qiziqarliroq deb baholagan.
Interaktiv elementlar, o‘yinlashtirilgan topshiriqlar va personalizatsiyalangan yondashuvlar
o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning
darslarga faol ishtirok etishlarini oshirgan.
Individual yondashuv va o‘rganish tezligi. SI asosidagi platformalar o‘quvchilarning bilim
darajasiga mos dars va mashqlarni avtomatik tarzda tanlab beradi. Masalan, Duolingo platformasidagi
til o‘rganish jarayonida, foydalanuvchilarga zaif tomonlari aniq bo‘lgan sohalarda ko‘proq mashq va
o‘rgatish materiallari taqdim etiladi. Bu esa o‘quvchilarning bilimlarini yaxshilashda sezilarli
samaralar berdi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning 68% o‘zlashtirish darajasining oshganini qayd
etgan[5;84].
Avtomatlashtirilgan baholash tizimi. So‘rovnomalarga ko‘ra, 85% o‘qituvchi baholash tizimining
avtomatlashtirilgani ularning ish yukini sezilarli darajada kamaytirganini bildirgan. Bu
o‘qituvchilarga o‘quvchilarning yutuqlarini tez va samarali baholash imkonini yaratadi, shuningdek,
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini yanada aniqroq kuzatish imkonini beradi[1;22].
Statistik tahlil. Tadqiqotda 120 nafar talaba va 35 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Yig‘ilgan
ma’lumotlarga ko‘ra:Talabalar orasida 68% o‘quvchi o‘zlashtirish darajasining oshganini, 52%
o‘quvchi esa platformalarning istalgan vaqtda o‘rganish imkoniyatini qadriga yetganini
bildirdi.O‘qituvchilarning 41% esa, sun’iy intellekt asosidagi platformalar orqali o‘quvchilarning
bilim darajasini aniqlash va ularga to‘g‘ri yondashish ancha osonlashganini qayd etgan.
Amaliy kuzatuvlar va platformalar samaradorligi. Khan Academy platformasidagi matematika
darslari misolida o‘quvchilarning o‘rganish samaradorligi 2 oy davomida o‘rtacha 23% ga oshgan. Bu
natija sun’iy intellekt asosidagi platformalar o‘quvchilarning bilimlarini yaxshilashda samarali vosita
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Interaktiv testlar va individual yondashuvlar bilimni tez va samarali
o‘zlashtirishni ta’minladi[3;67].
Texnologik to‘siqlar va muammolar. Shu bilan birga, tadqiqotda texnologik cheklovlar ham
aniqlangan. Xususan, internet tezligi past bo‘lgan hududlarda SI asosidagi platformalardan samarali
foydalanish qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi o‘qituvchilar va talabalar uchun raqamli savodxonlik
darajasi pastligi ham platformalardan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilgan. Biroq, o‘qituvchilarning
35% si raqamli texnologiyalarni ishlatishda muammolar yuzaga kelganini bildirgan[4;42].
Psixologik va insoniy omillar. Psixologik omillar ham tadqiqotda o‘z aksini topdi.
O‘quvchilarning 41% i sun’iy intellekt asosidagi ta’lim tizimlarining insoniy muloqotni o‘zgartirishini
salbiy baholagan. Ularning fikriga ko‘ra, platformalar orqali o‘quvchi o‘zini alohida his qilishi va
o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishni xohlaydi. Bu esa, SI texnologiyalari bilan
birgalikda, o‘qituvchining emotsional yordami va interaktiv aloqasi muhimligini ko‘rsatadi.Ushbu
tahlilga asoslanib, natijalar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishda sun’iy intellekt
asosidagi o‘quv platformalarining samaradorligini ko‘rsatdi. Ammo texnologik infratuzilma va
insoniy omillarni to‘g‘ri muvofiqlashtirish zarur[2;54].
Xulosa. Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimida qanday o‘rinni
egallashini va ularning o‘quvchilarning bilim olish samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini
o‘rganishga qaratilgan edi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI asosidagi moslashuvchan o‘quv
platformalari o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishda samarali vosita bo‘lishi mumkin.
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
367
Platformalardagi interaktiv elementlar, individual yondashuv va real vaqtli tahlillar o‘quvchilarning
o‘rganish jarayonini optimallashtirib, ularning motivatsiyasini oshirdi.Shu bilan birga, sun’iy intellekt
texnologiyalari o‘quvchilarga bilimlarni shaxsiylashtirilgan tarzda taqdim etish imkonini yaratdi.
Duolingo kabi platformalar til o‘rgatishda foydalanuvchilarning zaif tomonlarini aniqlab, ularni
mustahkamlashda yordam beradi, bu esa o‘rganish samaradorligini oshiradi. O‘qituvchilarning 85%
si baholash tizimining avtomatlashtirilgani ularning vaqtini tejash va o‘quvchilarning yutuqlarini tez
va samarali baholash imkonini berdi.Biroq, bu texnologiyalarning joriy etilishida ba’zi cheklovlar
ham mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Alenezi, A. (2024).
Evaluating the Effectiveness of AI-Powered Adaptive Learning Systems in
Secondary Schools
. International Journal on Studies in Education (IJonSE). (PDF) Evaluating
the Effectiveness of AI-Powered Adaptive Learning Systems in Secondary Schools
2.
U.S. Department of Education. (2023).
Artificial Intelligence and the Future of Teaching and
Learning: Insights and Recommendations
.
3.
Joshi, A. (2023).
Adaptive Learning through Artificial Intelligence
.
4.
Sajja, R., et al. (2023).
Artificial Intelligence-Enabled Intelligent Assistant for Personalized
and Adaptive Learning in Higher Education
.
5.
Jabbour, J., et al. (2025).
SocratiQ: A Generative AI-Powered Learning Companion for
Personalized Education and Broader Accessibility
.
6.
Ng, A. (2025).
Google Brain founder Andrew Ng's startup wants to use AI agents to redefine
teaching
. Business Insider.
THE ROLE OF DICTIONARIES AND LANGUAGE LEARNING
Mambetniyazova Hurliman Maratovna
1
st
year student, Faculty of Foreign language and literature,
Karakalpak State University named after Berdak
Khodjaniyazova Umida
PhD, Karakalpak State University named after Berdak
Abstract.
This article discusses the role that dictionaries play in language learning, with their
importance in promoting lexical competence and learner independence at the forefront. Bilingual
dictionaries and monolingual dictionaries are contrasted, challenges in dictionary usage highlighted,
and the necessity for school dictionaries suited to learner age. The research supports dictionary
training in classrooms to enhance learners' abilities and optimize gains in dictionary usage promoting
language acquisition.
Keywords:
Dictionaries, language learning, bilingual dictionaries, vocabulary acquisition,
educational tool, language teaching, school dictionaries.
Introduction
.
A dictionary is a reference book that lists words from a language, usually in
alphabetical order, together with details about their etymologies, spellings, idiomatic usages, forms,
pronunciations, and meanings. Most of this information cannot be found in other reference books.
When using dictionaries, there are a number of benefits to take into account. Even a poor bilingual
dictionary can serve as a useful reference tool and help during the very early phases of learning. In
language learning and teaching process the importance of using dictionaries cannot be denied. The
dictionary may be a very helpful learning tool, as is shown, especially as it helps students become
more self-reliant on their teachers.
