STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
355
1. Bonk, C., & Graham, C. R. (2006). The Handbook of Blended Learning: Global Perspectives,
Local Designs. San Francisco: Pfeiffer.
2. Bergmann, J., & Sams, A. (2012). Flip Your Classroom: Reach Every Student in Every Class
Every Day. International Society for Technology in Education.
3. Deterding, S., Dixon, D., Khaled, R., & Nacke, L. (2011). From Game Design Elements to
Gamefulness: Defining “Gamification”. Proceedings of the 15th International Academic
MindTrek Conference.
4. Johnson, L., Adams Becker, S., Estrada, V., & Freeman, A. (2014). NMC Horizon Report:
2014 Higher Education Edition. Austin, Texas: The New Media Consortium.
5. Kulik, J. A. (2016). Adaptive Instruction: A Meta-Analytic Evaluation of Effectiveness.
Review of Educational Research, 86(2), 337-367.
6. Thomas, J. W. (2000). A Review of Research on Project-Based Learning. The Autodesk
Foundation.
7. Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.
8. OECD (2020). Education Responses to COVID-19: Embracing Digital Learning and Online
Collaboration. OECD Publishing.
9. Prensky, M. (2001). Digital Natives, Digital Immigrants. On the Horizon, 9(5), 1-6.
10. Wiggins, G., & McTighe, J. (2005). Understanding by Design. Alexandria, VA: ASCD.
ZAMONAVIY XALQARO XUSUSIY HUQUQNING DOLZARB MUAMMOLARI
Kutlimuratova Dilfuza Sharjau qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti
2-bosqich talabasi
Tolegenova Shinargul Sansizbay qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Yuridika fakulteti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Bugungi global dunyoda davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
aloqalar kengayib bormoqda. Ushbu jarayon xalqaro xususiy huquq sohasining rivojlanishi va
murakkablashishini taqozo qilmoqda. Xalqaro xususiy huquq davlatlar o‘rtasidagi fuqaro-huquqiy
munosabatlarni tartibga solish va turli mamlakatlarda qonuniy ziddiyatlarni hal etishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada zamonaviy xalqaro xususiy huquqning dolzarb muammolari
tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Xalqaro xususiy huquq, huquqiy ziddiyatlar, xalqaro arbitraj.
Xalqaro xususiy huquq – chet el elementi bilan murakkablashgan xalqaro xususiy huquqning
subyektlari o’rtasidagi xususiy huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq
xususiy huquq tizimida yuridik fanning bir tarmog‘i sifatida tan olingan alohida huquq sohasi
hisoblanadi. Turli davlatlarning fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet
el yuridik shaxslari o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. Jamiyatda barcha
huquq sohalari yagona huquq tizimini tashkil etadi. Ushbu huquq sohalari ularning mazmunini
ifodalovchi munosabatlarning tabiatiga va xususiyatlariga ko‘ra ikki toifaga: ommaviy huquq va
xususiy huquq tizimlariga ajratiladi. Shunga o’xshash xalqaro huquq ham xalqaro ommaviy huquq va
xalqaro xususiy huquq sohalariga ajratiladi.[1]
Xalqaro xususiy huquq subyektlari – chet elementi bilan murakkablashgan oilaviy masalalar,
meros, tadbirkorlik, shartnomaviy va tijoriy masalalarni o’z ichiga qamrab oluvchi munosabatlarning
ishtirokchilari hisoblanadi. Xalqaro xususiy huquqning subyektlari yuridik va jismoniy shaxslar,
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
356
shuningdek, davlatlar va xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Xalqaro xususiy huquqning eng muhim
subyektlari jismoniy shaxs va yuridik shaxs tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi 16-moddasi (jismoniy shaxs) va 39-moddasi (yuridik shaxs)
tushunchalariga ta’rif berilgandir. Unga ko’ra Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq subyekti sifatida jahon siyosiy xaritasida o’z o‘rniga
ega bo‘lib, ijtimoiy hayotning turli sohalariga taalluqli masalalar bo'yicha boshqa davlatlar, xalqaro
tashkilotlar, birlashmalar, kompaniyalar bilan o'zaro aloqalar o'rnatib hamkorlik qilib kelmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, ushbu aloqalarni tartibga solishga qaratilgan xalqaro qonun qoidalarni bilish
va ularga rioya qilishni talab qiladi. Turli davlatlar fuqarolari, biron-bir davlatda istiqomat qiluvchi
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar hamda davlatlar
o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xalqaro xususiy huquq normalari yordamida tartibga
solinadi. Turli davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida savdo-iqtisodiy bitimlami tuzish,
ularni bajarish jarayonida turli kelishmovchiliklar, shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki lozim
darajada bajarmaslik hollari yuz berib turadi. Ana shunday vaziyatlarda nizoning tez va samarali,
eng asosiysi, adolatli hamda oqilona hal etilishi juda katta ahamiyatga ega. Ushbu vazifaning
murakkabligi ko‘p hollarda nizolashayotgan tomonlarning o‘z huquqiy tizimi va huquqiy rejimi
bilan bir-biridan farq qiladigan turli davlatlar hududida joylashganliklari bilan bog‘liq. Bunday
hollarda xalqaro xususiy huquqning kollizion normalarida nazarda tutilgan echimlardan
foydalanilishi tabiiy, ammo ana shunday yechimni kim topishi, nizolarni hal qilishning xalqaro
huquqiy mexanizmlari qanday ekanligini chuqur tushunib yetish lozim bo‘ladi. Xususiy huquqqa oid
xalqaro huquqiy hujjatlarga ko‘ra ham, ko‘pchilik mamlakatlarning milliy qonunchilik tizimlariga
muvofiq ham taraflar erkining avtonomligi principi e’tirof etiladi. Unga ko‘ra, xalqaro savdo-sotiq
bitimini tuzayotgan tomonlar boshqa masalalar qatorida milliy qonunchilik yo‘l qo‘yadigan darajada
kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish usullari masalasini ham oldindan belgilab
olishlari (nizoning milliy sudlarga yoki xalqaro sudlarga taalluqliligini ko‘zda tutib qo‘yishlari)
mumkin. Bu narsa shartnomaning arbitraj izohiga oid qoidalarida nazarda tutib qo‘yiladi. Bitim
tuzgan tomonlar nizoni ulardan biri joylashgan davlat sudlarida kо‘rib, hal etish haqida kelishib
olganlari taqdirda yoki muayyan mamlakatning milliy qonunchiligida ayrim turdagi nizolar faqat
davlat sudlaridagina ko‘rib hal etilishi mumkinligi qat’i belgilab qo‘yilgan hollarda (masalan, 1992
yil 20-martda MDH qatnashchisi bo’lgan davlatlar o ‘rtasida imzolangan “Xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirish bilan bog‘liq nizolami hal etish tartibi to‘g ‘risida gi bitim 4-moddasining 3-bandiga ko‘ra,
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq nizolarni faqat davlat sudlarigina ko‘rishi mumkinligi belgilangan) nizo
tegishli davlatning protsessual qonunchiligiga muvofiq ko‘rib hal etiladi. Nizolar davlat sudlarida
emas, balki tomonlar kelishib tanlaydigan nodavlat arbitraj (xo‘jalik sudlari) yoki hakamlik sudlarida
ko‘rib hal etilishi belgilangan hollarda masala tomonlar kelishib olgan tarzda hal etiladi. Xalqaro
savdo-sotiq munosabatlari chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni hal etishning huquqiy tizimlari
yaratilgan bo’lib, uning asosiy shakli xalqaro tijorat arbitrajlari (hakamlik sudlari)dir. Bugungi kunda
xalqaro miqyosdagi tijorat sohasidagi nizolar, ya’ni tashqi iqtisodiy bitimlar asosida vujudga keluvchi
nizolar, taraflar tomonidan xalqaro tijorat arbitrajlarida ko‘rib chiqilishi yuqori ahamiyatli bo‘lib
kelmoqda.[2]
Xalqaro savdo nizolarining tijorat arbitrajlarida ko'rib hal etilishi o’zining bir qator afzal
jihatlariga ega bo‘lganligi tufayli keying paytlarda mashhur bo'lib bormoqda va ularda nizolarning
ko'rilishi muntazam ortmoqda. Nizoning davlat sud tizimiga kiruvchi sud muassasalarida ko'rilishi
nizo qatnashchilariga quyidagi noqulayliklarni tug'diradi:
a) xorijiy davlat sudi uchun majburiy bo'lgan tartib-qoidalardan bexabarlik va shu tufayli nizoni
hal etishga oid hujjatlarni tarjima qilish, ishga advokatni jalb etish, rasmiy tarjimon xizmatidan
foydalanish zaruratining yuzaga kelishi;
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
357
b) sud protsessini sud bo'layotgan mamlakat tilida olib borishning shart ekanligi va tarjimaning
ba’zan sifatsiz bo'lishi;
d) nizoning bir necha sud bosqichlarida hal etilishi va shu tufayli uning cho'zilib ketishi;
e) davlat sudlarining har doim ham xalqaro savdoga oid nizolarni hal qilish uchun kerak
bo'ladigan bilim va vakolatga ega bo'lmasligi;
f) nizo yuzasidan milliy qonunchilik doirasida dalillar to'planishi va ularga baho berilishi;
g) bir davlat sudi chiqargan qarorlarning boshqa davlat hududida bajarilishi ancha qiyin
ekanligi.
Xalqaro savdo arbitrajining davlatlar odil sudlov muassasalaridan afzal jihatlari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) ularning faoliyatiga xalqaro savdo sohasida ixtisoslashgan ekspertlarni jalb etish imkonining
mavjudligi;
2) nizo tomonlarining sud tarkibiga ta’sir o‘tkazishi, unda o‘zlari tanlagan sudyalar qatnashishiga
erishilishi mumkinligi;
3) nizoni hal qilish tartibi ham nizolashayotgan taraflar fikriga ko‘ra belgilanishi mumkinligi;
4) nizoning arbitrajda ko‘rilishi davlat sudlaridagiga nisbatan tez va rasmiyatchiliklardan ancha
xoli ekanligi;
5) arbitrajda ish ko‘rish odatda omma ishtirokisiz (tor doirada) amalga oshirilishi;
6) arbitraj jarayoni davlat sudlarida ish ko‘rishga nisbatan arzon va tez kechishi;
7) qarorning tomonlar xohishini e’tiborga olgan holda chiqarilishi hamda xalqaro muomala
principlari va odatlarining hisobga olinishi;
8) xalqaro konvensiyalarning mavjud tizimi xalqaro arbitraj qarorlarining bajarilishini
ta'minlashi.
Xalqaro xususiy huquqni birlashtirish (unifikatsiya) muammolari.
Turli davlatlarning milliy huquqiy tizimlari o‘rtasidagi farqlar xalqaro munosabatlarda huquqiy
noaniqliklarga olib keladi. Bu esa xalqaro xususiy huquq normalarini birlashtirish zaruratini
tug‘diradi. Biroq, unifikatsiya jarayonida quyidagi muammolar yuzaga keladi:
Huquqiy tizimlar xilma-xilligi: Har bir davlatning o‘ziga xos huquqiy an'analari va normalari
mavjud bo‘lib, ularni yagona standartga keltirish qiyin.
Suverenitet masalalari: Davlatlar o‘z milliy huquqiy tizimlarini saqlab qolishga intiladi, bu
esa xalqaro huquqiy normalarni qabul qilishda to‘siq bo‘lishi mumkin.
Madaniy va ijtimoiy farqlar: Turli jamiyatlarning madaniy va ijtimoiy xususiyatlari huquqiy
normalarning bir xil qabul qilinishiga ta'sir qiladi.
Ushbu muammolarni hal etish uchun xalqaro tashkilotlar , jumladan xalqaro xususiy huquq
bo’yicha Gaaga konferenciyasi Ustavi qabul qilingan. [3]
Shuningdek, 1-modda ;
Gaaga Konferensiyasining maqsadi xalqaro xususiy huquq qoidalarini progressiv
unifikatsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
2-modda;
(1) Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga Konferensiyasi a’zolari Konferensiyaning bir yoki
undan ortiq sessiyalarida ishtirok etgan va mazkur Ustavni qabul qilgan davlatlar hisoblanadi.
(2) Konferensiya faoliyati uchun ishtirok etishi yuridik nuqtai nazardan muhim bo‘lgan har
qanday davlat a’zo bo‘lishi mumkin.
Yangi a’zo davlatlarning qabul qilinishi a’zo-davlatlar hukumatlari tomonidan, ularning bir yoki
bir nechtasining taklifiga ko‘ra, ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan, hukumatlarga taklif kiritilgan
sanadan olti oy ichida hal qilinadi.[4]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki xalqaro xususiy huquq bugungi globallashuv davrida milliy
va xalqaro huquqiy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tartibga solishda beqiyos ahamiyat kasb
etmoqda. Turli davlat fuqarolari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar, transchegaraviy oilaviy
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
358
nizolar, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish, shuningdek, elektron tijoratning tez sur’atlar bilan
rivojlanishi ushbu huquq sohasini muttasil yangilanib borishga undamoqda. Mavjud dolzarb
muammolar — kollizion normalarning turlicha talqin qilinishi, xalqaro xususiy huquqda yagona
me’yoriy asoslarning yetishmasligi, sud qarorlarini tan olish va ijro etishdagi to‘siqlar, shuningdek,
raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi huquqiy ehtiyojlar — xalqaro hamkorlikni
chuqurlashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, xalqaro shartnomalar doirasida o‘zaro
uyg‘unlashtirish mexanizmlarini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, muqobil nizolarni
hal etish usullarinirivojlantirish, zamonaviy shartnoma huquqi doirasida adolat va barqarorlikni
ta’minlash, inson huquqlarini xalqaro miqyosda samarali himoya qilish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha
huquqiy instrumentlarni takomillashtirish talab etiladi.
Shu asosda, xalqaro xususiy huquqning dolzarb muammolarini tahlil qilish nafaqat nazariy, balki
amaliy ahamiyatga ham ega bo‘lib, bu sohada milliy qonunchilikni xalqaro andozalar bilan
uyg‘unlashtirish, huquqshunos mutaxassislarni zamonaviy tendensiyalar asosida tayyorlash va ilmiy-
tadqiqot faoliyatini kengaytirish zaruriyatini ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalishdagi izchil islohotlar
nafaqat davlatlararo huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga, balki fuqarolarning huquqiy
manfaatlarini ham munosib darajada himoya qilishga xizmat qiladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. O'zbekston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.Birinchi bo'lim. 1995-yil 22- dekabr.
2. Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga Konferensiyasi Ustav http://lex.uz//docs/-4772006
3. Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy
tahriri ostida. Т.: TDYU, 2019. - 354 bet
4. Международный научный журнал № 15(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Ноября , 2023
Foydalangan elektron manbalar:
1. https://library-tsul.uz/xalqaro-xususiy-huquq
2. https://teletype.in/%40tsul-science_and_innovation
THE PRIORITY OF MODERN INNOVATIVE METHODS IN ENGLISH LANGUAGE
LEARNING
Khalikova Latofat Uktamovna
Associate Professor, Department of Foreign Languages,
Rustamov Matnazar Mizrob o‘g‘li
1st-Year Student, Group HTA 6.24,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
. This article explores the growing significance of innovative and interactive
methodologies in English language education. It emphasizes the importance of learner autonomy, the
integration of information and communication technologies (ICT), and the use of digital pedagogical
tools to foster communicative competence. By examining contemporary approaches in the context of
Uzbekistan’s educational reforms and aligning them with international standards such as CEFR, the
paper highlights the transformative potential of modern methods in creating effective, engaging, and
learner-centered environments.
Keywords:
innovation, digital learning, interactive pedagogy, communicative competence, ICT
tools, CEFR, learner autonomy, blended learning.
