Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirish

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellektning zamonaviy jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda uning ta’lim sohasiga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirish, o'quv jarayonini interaktiv va innovatsion shakllarda tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositasida bilim olish, masofaviy ta’lim orqali xorijiy tillarni o’rganish, sertifikatlarga ega bo’lish hamda shaxsiy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish usullari yoritiladi. Maqolada, shuningdek, sun’iy intcllektdan samarali foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar ham ilgari suriladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2025
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
290-291
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Akhatova, D. (2025). Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirish . Bringing Together Students: International Research and Collaboration across Disciplines, 1(1), 290–291. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/btsircad/article/view/101197
Dilshoda Akhatova, Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
1st year student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellektning zamonaviy jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda uning ta’lim sohasiga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirish, o'quv jarayonini interaktiv va innovatsion shakllarda tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositasida bilim olish, masofaviy ta’lim orqali xorijiy tillarni o’rganish, sertifikatlarga ega bo’lish hamda shaxsiy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish usullari yoritiladi. Maqolada, shuningdek, sun’iy intcllektdan samarali foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar ham ilgari suriladi.


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

290

SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM

SIFATINI OSHIRISH

Ahatova Dilshoda Bahodir qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

1-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sun’iy intellektning zamonaviy jamiyat hayotidagi ahamiyati

hamda uning ta’lim sohasiga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini
oshirish, o‘quv jarayonini interaktiv va innovatsion shakllarda tashkil etish imkoniyatlari muhokama
qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositasida bilim olish, masofaviy ta’lim orqali xorijiy tillarni
o‘rganish, sertifikatlarga ega bo‘lish hamda shaxsiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari
yoritiladi. Maqolada, shuningdek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
ham ilgari suriladi.

Kalit soʻzlar:

sunʼiy intellekt, masofaviy taʼlim, sertifikat, xorijiy tillar, innovatsion ta'lim,

interaktiv oʻquv jarayoni.


Sun’iy intellekt (SI) — bu kompyuter tizimlarining inson aql-idrokiga xos vazifalarni bajarish

qobiliyatidir. Atamaning kelib chiqishi: “Sun’iy intellekt” atamasi 1956-yilda AQSHning Dartmut
universitetida o'tkazilgan anjumanda amerikalik informatika olimi Jon Makkarti tomonidan birinchi
marta ishlatilgan. Hozirgi kunda jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan sun’iy intellektlar bir
qator vazifalarni bajarishga moslashtirilgan. Ular yordamida vazifalarini tez va aniq bajarish mumkin.
Dunyoda zamonaviy texnologiyalar rivojlangan sari ularga boʻlgan talab tobora kengayib boradi.
Zamon bilan hamqadam boʻlishni istagan har bir yosh avlod yangiliklarga qiziqadi va oʻz bilim va
koʻnikmalarini oshirishni istaydi. Bu borada sunʼiy intellektlarning oʻrni yuqori ekanligini koʻrishimiz
mumkin. Raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar orqali
yoshlar ongida ularga boʻlgan ijobiy fikrda ekanliklarini koʻrishimiz mumkin. Har bir inson
masofadan turib turli sunʼiy intellektlar orqali bilimga ega boʻlishlari mumkin. Bu esa, vaqt va
mablagʻni tejashda juda katta yordam beradi. Masofadan turib ham xorijiy tillarni oʻrganish va
bevosita suhbat qurish mumkin. Xususan, O'zbekistonda ham sun’iy intellekt va raqamli
texnologiyalar sohasida bilim olish va sertifikatga ega boʻlish uchun quyidagi platformalar mavjud:

Edfix - ushbu platforma sun’iy intellekt boʻyicha kurslarni taklif etadi. Kurslarni muvaffaqiyatli

tamomlagan ishtirokchilarga elektron shaklda PDF formatida sertifikat beriladi. Sertifikatda
ishtirokchining ismi va familiyasi aks etadi.

Mohirdev - data science va sun’iy intellekt boʻyicha kurslar oʻtkazib, har bir bitiruvchiga bilim

darajasini ifodalovchi sertifikat taqdim etadi.

Astrum IT Academy - oʻqishni tugatganingizdan soʻng, sizga Amerikaning Silikon vodiysida

ishlash imkonini beruvchi QWASAR sertifikati topshiriladi. Bu sertifikat orqali Yevropa va
Amerikaning nufuzli kompaniyalarida faoliyat olib borishingiz mumkin.

Sun’iy intellekt texnologiyalari til oʻrganish jarayonini ham osonlashtirmoqda. Masalan,

ChatGPT kabi sun’iy intellekt asosidagi chatbotlar orqali ingliz tilini oʻrganish mumkin. Ular
foydalanuvchilarga interaktiv mashqlar, suhbatlar va boshqa o'quv materiallarini taqdim etadi.
Bundan tashqari, Duolingo kabi platformalar sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga til
oʻrganishda shaxsiylashtirilgan yondashuvni taklif etadi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida til
oʻrganish vositalari oʻquvchilarga til koʻnikmalarini yaxshilash uchun shaxsiylashtirilgan
koʻrsatmalar va mashqlarni taqdim etadi. Ushbu imkoniyatlar sunʻiy intellekt va raqamli
texnologiyalar yordamida sertifikat olish va til oʻrganishni osonlashtiradi.

Interaktiv o‘quv jarayoni – bu o‘quvchilarning faolligini oshirish va bilimlarni samarali

o‘zlashtirish uchun zamonaviy texnologiyalar va o‘zaro muloqotga asoslangan ta’lim uslubi. Bu


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

291

jarayonda o‘quvchilar o‘qituvchi bilan yoki bir-birlari bilan faol aloqada bo‘lib, muhokamalar, guruhli
ishlash, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv texnologiyalar (masalan, elektron doskalar, ta’lim
ilovalari, virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari) orqali ta’lim oladilar.

Interaktiv ta’lim an’anaviy ma’ruza uslubidan farqli ravishda, o‘quvchilarning dars jarayonida

faol ishtirok etishini, mustaqil fikrlashini va bilimlarni real hayotda qo‘llay olishini ta’minlaydi. Bu
metod motivatsiyani oshirishga, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga va ta’lim jarayonini yanada
samarali qilishga yordam beradi. Barcha narsalarning ijobiy tarafi boʻlgan kabi salbiy taʼsirlari ham
boʻladi, sunʼiy intellektdan foydalanganda undan toʻgʻri, kerakli narsalar uchun foydalanish
Shuningdek, sogʻliq uchun ham zararli tomonlarini oʻylagan holda foydalanish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

McCarthy, J. (1956). Artificial Intelligence – A Proposal for the Dartmouth Summer Research

Project.

2.

Brown, P., & Jones, K. (2021). The Role of AI in Education. Cambridge University Press.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi. (2023). “Sun’iy intellekt va

ta’lim” tadqiqoti.

4.

Russell, S., & Norvig, P. (2020). Artificial Intelligence: A Modern Approach. Prentice Hall.

5.

Luckin, R. (2018). Machine Learning and Human Intelligence: The Future of Education.

Routledge.

6.

Selwyn, N. (2019). Education and Technology: Key Issues and Debates. Bloomsbury

Publishing.

7.

Holmes, W., & Porayska-Pomsta, K. (2022). Artificial Intelligence in Education. Springer.

8.

Mayer, R. E. (2021). Multimedia Learning. Cambridge University Press.

9.

Li, X., & Lalani, F. (2020). The Future of Jobs Report. World Economic Forum.


IMPROVING LISTENING THROUGH AUTHENTIC MATERIALS: PODCASTS AND

RADIO

Allanazarov Aybek

2nd Year Student, Faculty of Foreign Languages, KarSU

Scientific Advisor: Associate Professor A.N. Sadullaeva

The development of proficient listening skills in a new language poses significant challenges.

Although classroom exercises provide a foundational understanding of linguistic concepts, they are
frequently insufficient in preparing students for authentic interactions with native speakers, who may
communicate at accelerated speeds, employ colloquial language, or exhibit diverse accents. In this
context, authentic resources, such as podcasts and radio broadcasts, emerge as essential tools for
language learners aiming to enhance their listening capabilities.

Authentic materials such as podcasts and radio programs offer a pragmatic solution by immersing

learners in genuine speech patterns, varying accents, and real communicative contexts. This article
aims to investigate how these resources can markedly improve listening skills, thereby enriching the
language acquisition process.

Listening comprehension is widely acknowledged as one of the most challenging dimensions of

language acquisition. Empirical research indicates that 78% of intermediate learners identify it as their
foremost obstacle in language studies. Unlike reading, where learners can pause and revisit complex
material, listening necessitates immediate cognitive processing of rapidly presented information,
thereby introducing unique challenges.

References

McCarthy, J. (1956). Artificial Intelligence - A Proposal for the Dartmouth Summer Research Project.

Brown, P., & Jones, K. (2021). The Role of Al in Education. Cambridge University Press.

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi. (2023). “Sun’iy intellekt va ta’lim” tadqiqoti.

Russell, S., & Norvig, P. (2020). Artificial Intelligence: A Modern Approach. Prentice Hall.

Luckin, R. (2018). Machine Learning and Human Intelligence: The Future of Education. Routledge.

Selwyn, N. (2019). Education and Technology: Key Issues and Debates. Bloomsbury Publishing.

Holmes, W., & Porayska-Pomsta, K. (2022). Artificial Intelligence in Education. Springer.

Mayer, R. E. (2021). Multimedia Learning. Cambridge University Press.

Li, X., & Lalani, F. (2020). The Future of Jobs Report. World Economic Forum.