Yoshlarga e'tibor - kelajak sifati

Аннотация

Yosh avlod - har qaysi jamiyatning ertasi, kelajak tayanchi hisoblanadi.Shu bois, yoshlarning tarbiyasi,bilim olishi, ularning ichki dunyosi va ehtiyojlariga nisbatan e'tiborli bo‘lish har bir oila, ta'lim muassasasi va jamiyat uchun muhim masaladir. " Har bir jamiyat o‘z kelajagini bugungi yoshlarga bo‘lgan munosabat orqali quradi" - deb yoziladi UNESCO xisobotida [1].

  • Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
  • Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
CC BY f
170-171
13

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Юлдашева L., & Кеулимжаева G. (2025). Yoshlarga e’tibor - kelajak sifati. Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами, 1(1), 170–171. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/btsircad/article/view/100886
Л Юлдашева, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
студентка
Г Кеулимжаева, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
Научный руководитель: учитель английского языка
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yosh avlod - har qaysi jamiyatning ertasi, kelajak tayanchi hisoblanadi.Shu bois, yoshlarning tarbiyasi,bilim olishi, ularning ichki dunyosi va ehtiyojlariga nisbatan e'tiborli bo‘lish har bir oila, ta'lim muassasasi va jamiyat uchun muhim masaladir. " Har bir jamiyat o‘z kelajagini bugungi yoshlarga bo‘lgan munosabat orqali quradi" - deb yoziladi UNESCO xisobotida [1].


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

170

2.

Association of Colleges. Association of Colleges’ survey on students with mental health

conditions in further education. London: 2017.

3.

Mayer FB, Santos IS, Silveira PSP, et al. Factors associated to depression and anxiety in

medical

students: a multicenter study. BMC Med Educ.2016;16:282. Doi: 10.1186/s12909-016-

0791-1. https://doi.org/10.1186/s12909-016-0791-1

4.

Arnett JJ. Emerging adulthood. A theory of development from the late teens through the

twenties. Am Psychol. 2000;55(5):469-80.
https://psycnet.apa.org/journals/amp/55/5/469.html?uid=2000-15413-004

5.

College students: Mental health problems and treatment considerations by Paola Pedrelli,

Maren Nyer, Albert Yeung, Courtney Zulauf, Timothy Wilens;2014 Aug 21;39(5):503–511.
doi: 10.1007/s40596-014-0205-9 https://doi.org/10.1007/s40596-014-0205-9


YOSHLARGA E'TIBOR - KELAJAK SIFATI

Yuldasheva L.,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti talabasi

Ilmiy maslahatchi: Keulimjaeva G.K.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining ingliz tili o‘qituvchisi.


Yosh avlod - har qaysi jamiyatning ertasi, kelajak tayanchi hisoblanadi.Shu bois, yoshlarning

tarbiyasi,bilim olishi, ularning ichki dunyosi va ehtiyojlariga nisbatan e'tiborli boʻlish har bir oila,
ta'lim muassasasi va jamiyat uchun muhim masaladir. " Har bir jamiyat oʻz kelajagini bugungi
yoshlarga boʻlgan munosabat orqali quradi" - deb yoziladi UNESCO xisobotida [1].

Kopincha ota-onalar farzandlariga moddiy tomondan barcha sharoitlarni yaratib bearish berishni

yetarli deb hisoblaydilar. Ular "farzandim nima desa olib beryapman, demak, yaxshi ota-onaman" deb
oʻylashadi. Ammo bolalar uchun mehr, ruhiy yaqinlik, tushunish, hamdarlik va doimiy suhbatlar
moddiy ne'matlardan ham muhimroqdir. Farzandlar bilan ochiq va ishonchli muloqot nafaqat oiladagi
sogʻlom muhitni ta'minlaydi, balki ularning ruhiy rivojiga ham ijobiy ta'sir koʻrsatadi [2].

Misol uchun men ham hozir oʻqish sababli ota-onamdan yiroqdaman. Har kuni ular bilan

gaplashmasam, oʻzimni yolg‘iz his qilaman. Ularning e'tibori va suhbatlari menga kuch va
motivatsiya beradi. " Mehr va e'tibor - bu bolalarning asosiy ehtiyoji",deb ta'kidlaydi oilaviy psixolog
V. Satir [3].

Bugungi kunda yoshlar orasida jinoyatchilik, ruhiy tushkunlik, agressiya kabi holatlarning

koʻpayishi ham koʻp jihatdan e'tiborsizlik va muhit ta'siri bilan bogʻliq. Sogʻlom ijtimoiy muhit,
oiladagi psixologik qoʻllab-quvvatlash va ta'limdagi adolat yoshlarning ijtimoiy moslashuvchanligini
oshiradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) tadqiqotlariga koʻra, yoshlar orasidagi ruhiy
salomatlik muammolari koʻpincha oilaviy befarqlik tufayli yuzaga kelmoqda[4].

Ta'lim tizimi ham yoshlar tarbiyasida beqiyos oʻrin egallaydi. Maktab va universitetdagi

oʻqituvchilar nafaqat dars oʻtadilar, balki oʻquvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va ruhiy holatlari
bilan ham qiziqishlari kerak. Afsuski, ayrim pedagoglar oʻquvchining ijtimoiy kelib chiqishi yoki
tashqi koʻrinishiga asoslanib munosabat bildirishadi. Bu esa yoshlar qalbida ishonchsizlik, norozilik,
hatto dushmanlik uygʻotadi.

Men boshlangʻich sinfda oʻqigan paytim shunday holatni boshimdan oʻtkazdim. Oilamda sharoit

oʻrtacha boʻlib, rangli qalam va shunga oʻxsahash narsalarim yoʻq edi. Oʻsha oʻqituvchi menga e'tibor
bermas va boshqacha munosabatda boʻlardi. Shu sabab maktabga borgim kelmasdi, bir kunlari oʻtirib
yigʻlardim. Keyin u ketib, oʻrniga juda ajoyib ustoz keldi. U har xil medodlar bilan dars oʻtardi,
sovgʻalar, faxriy yorliqlar berardi, u hech kimni ajratmasdi. Va shundan keyin menda yana oʻqishga
boʻlgan qiziqish oshdi. Bu misol orqali shuni angladimki, bitta ustozning mehrli yondashuvi butun
hayotga ijobiy ta'sir koʻrsatishi mumkin.


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

171

Afsuski, ba'zi yoshlar e'tiborsiz muhitda ulgʻaygani uchun notoʻgʻri yoʻlni tanab qoʻyishadi.

Mening sinfdoshim bor edi. Ota-onasi ajrashgan, buvisinikida yashardi. Otasi haydovchi, onasi chet
elga ishlashga ketgan. Buvisi esa unga mehr,e'tibor bermasdi. Bu bola yolgʻiz e'tiborsiz holda o‘sdi.
U nos chekish, ichkilik va hatto taqiqlangan moddalar bilan tanishdi. Bir kuni u janjal tufayli birovning
burnini sindirib, hatto sudlandi. JSST ma'lumotlariga koʻra, "Mehrsiz muhitda oʻsgan yoshlar
oʻrtasida xatarli odatlar tarqalishi ikki baravar yuqori boʻladi"[5]. Aslida u aqlli, bilimga chanqoq bola
edi. Ammo muhit, ota-onaning e'tiborsizligi uning taqdirini o‘zgartirib yubordi. Maktabni zo‘rg‘a
bitirdi. Uning taqdirini hali noma’lum, lekin u hali ham toʻgʻri yoʻlga qaytishi mumkin. Buning uchun
jamiyat yordami, ijobiy muhit va insoniy yondashuv zarur.

Yoshlar tarbiyasida jamiyat va mahallaning oʻrni ham muhim. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev

ta'kidlaganidek, " Yosh avlodga gʻamxorlik - bu Vatan kelajagi uchun sarmoyadir [6]. Ayni vaqtda
Oʻzbekistonda " Yoshlar daftari", " Yoshlar jamgʻarmasi" kabi loyihalar yoshlarni qoʻllab-
quvvatlash,ularga imkoniyat yaratish yoʻlida xizmat qilmoqda [7].

Yosh avlodning barkamol va sogʻlom rivojlanishi - nafaqat oila, balki jamiyat, ta'lim muassasali

va davlat siyosatining ham mas'uliyatidir. Ota-onalar farzandlariga nafaqat moddiy balki ma'naviy
ham ruhiy e'tiborni ham koʻrsatishlari lozim. Oʻqituvchilar va pedagoglar esa yoshlarning nafaqat
bilim darajasi, balki hissiy holati bilan ham ishlashi kerak.

Bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish, ularni toʻgʻri

yoʻnaltirish, kerakli bilim va tarbiya berish uchun mehr va e'tibor eng muhim vositadir. " Kelajak
yoshlar qoʻlida" degan soʻzlar amalda namoyon boʻlishi uchun ularni tinglash, tushunish, qadrlash va
qoʻllab-quvvatlashimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

UNESCO Global Education Monitoring Report, 2023.

2.

Milliy tadqiqot:" Oʻzbek oilalarida - psixologik iqlim", Ijtimoiy fanlar inistituti, 2022.

3.

Satir V " Oila va bolalar bilan muloqot ", Moskva, 2021.

4.

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti (JSST) - Youth Mental Health Report, 2022.

5.

"Adverse Childhood Experiences and Toxic Stress", Geneva, 2021.

6.

Sh. Mirziyoyev " Yoshlar - ertangi kunimizning tayanchi ", Nutq, 2020.

7.

Oʻzbekistonda Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisobotlari, 2023.

YOSHLAR ORASIDA EKOLOGIK MADANYATNI SHAKILLANISHDA TA’LIM

TARBIYANING O’RNI

Yuldashova X.R.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

2-

kurs talabasi

Xabibullaev A.J.

dotsent, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus

Dunyo kundan kunga ko'plab ekologik muammolarga duch keladi. Aholi sonining o'sishi, fan va

texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida er yuzida qator ekologik muammolar
yuzaga keldi. Shu bois, bugungi kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul. Er yuzidagi o'rmonlar
ko'payish o'rniga tobora qisqarib bormoqda, katta-katta tabiiy hududlar dehqonchilik qilish maqsadida
o'zlashtirildi, tabiat va havo har xil chiqindi hamda gazlar hisobiga ifloslanyapti. Bundan tashqari,
tabiatda toshqinlar, o'rmon yong'inlari, chang bo'ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda.
Bularning barchasi pirovardida tabiat muvozanatiga putur etkazyapti

Havo tarkibida karbonat angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me'yoridan ortiq havoga

chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo'lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini

Библиографические ссылки

UNESCO Global Education Monitoring Report, 2023.

Milliy tadqiqot:" 0‘zbek oilalarida - psixologik iqlim", Ijtimoiy fanlar inistituti, 2022.

Satir V " Oila va bolalar bilan muloqot ", Moskva, 2021.

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) - Youth Mental Health Report, 2022.

"Adverse Childhood Experiences and Toxic Stress", Geneva, 2021.

Sh. Mirziyoyev " Yoshlar - ertangi kunimizning tayanchi", Nutq, 2020.

O‘zbekistonda Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisobotlari, 2023.