Ushbu maqolada mualliflar bugungi kungacha bronxial astma (BA) kasalligini davolashda genetik va patogenetik usullar bilan olib borilgan tadqiqotlar yutuqlarini namoyish etishmoqda. Ammo, ВАni davolashda tadqiqotchilar tomonidan bir nechta taklif va usullar mavjud bo'lishiga qaramay, ushbu kasallikning tizimli glyukokortikoidlar bilan kuchayishini davolashni ishlab chiqish va standartlashtirish hanuzgacha dolzarb bo'lib qolmoqda. Adabiyot ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, hozirgi kunga qadar ВАda glyukokortikosteroidlarga (GКS) limfotsitlarning sezgirligiga asoslangan davolash usullari уetarlicha o'rganilmagan. Shuning uchun quyidagi tadqiqotlar bronxial astmani glyukokortikosteroidlar bilan davolashda yangi yondashuvlarni shakllantirishga imkon beradi.