SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA SIZOT SUVLARI DINAMIKASI

Annotasiya

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining sugʻoriladigan yer maydonlarida sizot suvlari sathi chuqurligi va shoʻrlanish darajasi boʻyicha hududlar tahlil qilinib, ular 2016–2017-yillar statistik maʼlumotlari asosida maydonlarga ajratilgan. Tadqiqot davomida sizot suvlarining sathi va ularning shoʻrlanish darajasi qishloq xoʻjaligi ekinlari, xususan, hosildorlikka koʻrsatadigan taʼsiri oʻrganilgan. Tahlillar natijasida sizot suvlarining sathi va shoʻrlanish darajasi hosildorlikka bevosita taʼsir koʻrsatishi aniqlangan hamda agrotexnik tadbirlarni rejali amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
85-90
214

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Durdiyev , N. ., & Moyliyev , J. (2025). SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA SIZOT SUVLARI DINAMIKASI. Академические исследования в современной науке, 4(18), 85–90. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/80853
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining sugʻoriladigan yer maydonlarida sizot suvlari sathi chuqurligi va shoʻrlanish darajasi boʻyicha hududlar tahlil qilinib, ular 2016–2017-yillar statistik maʼlumotlari asosida maydonlarga ajratilgan. Tadqiqot davomida sizot suvlarining sathi va ularning shoʻrlanish darajasi qishloq xoʻjaligi ekinlari, xususan, hosildorlikka koʻrsatadigan taʼsiri oʻrganilgan. Tahlillar natijasida sizot suvlarining sathi va shoʻrlanish darajasi hosildorlikka bevosita taʼsir koʻrsatishi aniqlangan hamda agrotexnik tadbirlarni rejali amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN MAYDONLARDA SIZOT

SUVLARI DINAMIKASI

Durdiyev Normat Hasanovich

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari

instituti Milliy tadqiqot universiteti,

qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Toshkent

normat8986@gmail.com

Moyliyev Jamshid Nurboy o‘g‘li

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari

instituti Milliy tadqiqot universiteti magistranti

moyliyevjamshid47@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15255207

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining sugʻoriladigan yer maydonlarida

sizot suvlari sathi chuqurligi va shoʻrlanish darajasi boʻyicha hududlar tahlil
qilinib, ular 2016–2017-yillar statistik maʼlumotlari asosida maydonlarga
ajratilgan. Tadqiqot davomida sizot suvlarining sathi va ularning shoʻrlanish
darajasi qishloq xoʻjaligi ekinlari, xususan, hosildorlikka koʻrsatadigan taʼsiri
oʻrganilgan. Tahlillar natijasida sizot suvlarining sathi va shoʻrlanish darajasi
hosildorlikka bevosita taʼsir koʻrsatishi aniqlangan hamda agrotexnik tadbirlarni
rejali amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so’zlar:

sizot suvlari, sho’rlanish darajasi, hosildorlik, agrotexnik

tadbirlar, Sirdaryo viloyati, irrigatsiya.

Аннотация

В данной статье проведён анализ орошаемых земель Сырдарьинской

области с классификацией территорий по глубине залегания и степени
минерализации грунтовых вод на основе статистических данных за 2016–
2017 годы. В ходе исследования изучено влияние уровня залегания
грунтовых вод и степени их минерализации на урожайность
сельскохозяйственных культур. В результате анализа установлено, что
глубина и минерализация грунтовых вод оказывают прямое воздействие
на урожайность. Обоснована необходимость планомерного осуществления
агротехнических

мероприятий

для

повышения

эффективности

землепользования.

Ключевые слова:

грунтовые воды, степень засоления, урожайность,

агротехнические мероприятия, Сырдарьинская область, ирригация.

Annotation

This article analyzes the depth of groundwater levels and salinity in the

irrigated lands of the Syrdarya region, with areas divided based on statistical


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

data from 2016–2017. During the study, the effect of groundwater levels and
their salinity on agricultural crops, particularly on yield, was examined. The
analysis revealed that the depth of groundwater and salinity levels directly
affect crop yields, and the need for planned agro-technical measures was
substantiated.

Key words:

Groundwater, salinity level, Crop yield, Agrotechnical events,

Syrdarya region, Irrigation

Hozirgi davrda suv resurslarining, xususan, yer osti suvlarining kamayib

borayotgan zaxiralari, ularning ifloslanishi va noto‘g‘ri boshqarilishi global
miqyosda dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda
sug‘oriladigan yerlar, ichimlik suvi ta’minoti va sanoat ehtiyojlari uchun yer osti
suvlaridan keng foydalaniladi. Shu sababli ularning holatini nazorat qilish,
hisobga olish va oqilona boshqarish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan
biridir. Shu munosabat bilan, 2017-yil 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining "Yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat
qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori
qabul qilindi. Ushbu qaror yer osti suvlarini hisobga olish, ularni muhofaza qilish
va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib
xizmat qilmoqda.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yer osti va sizot suvlaridan

foydalanish amaliyoti, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari,
shuningdek, Prezident qarorining ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil
qilinadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotlar “Dala tajribalarini o‘tkazish

uslublari”, “Методика полевого опыта”

tuproqning agrofizik va agrokimyoviy

tahlillari “Методы агрохимических и агрофизических исследований в
поливных хлопковых районах”, GOST 17.1.3.07-82 –“Yer osti suvlari sifatini
nazorat qilish” bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar va uslubnomalar asosida olib
borildi.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekiston Respublikasida yer osti suvlaridan

foydalanish va ularni boshqarish bo‘yicha huquqiy asoslar mavjud bo‘lsa-da,
ularning ijrosini kuchaytirish zarur. Suv manbalarining monitoringi va hisobga
olinishini raqamlashtirish, quduqlarni ruxsatnoma asosida ishlatish tizimini
takomillashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Kelgusida yer osti suvlari
resurslarini muhofaza qilish, ifloslanishdan saqlash, suvdan foydalanuvchilar
orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarur. Maqola natijalari hududiy suv
siyosatini shakllantirishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

Sirdaryo viloyati sizot suvlari sathining chuqurligi bo’yicha maydonlarga
bo’linishi 2016-yil.

Sirdaryo viloyati sizot suvlari sathining chuqurligi bo’yicha maydonlarga

bo’linishi 2017-yil.

Tadqiqot doirasida sizot suvlari sathining chuqurligi bo‘yicha yer

maydonlarining taqsimoti ikki davrga oid statistik ma’lumotlar asosida tahlil
qilindi. Maqsad – sizot suvlari sathidagi o‘zgarishlarni aniqlash va bu holatning
meliorativ hamda agroekologik sharoitlarga ta’sirini baholashdan iborat bo‘ldi.

2016-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 287.46 ming gektar yer

maydonining katta qismi – ya’ni 234.41 ming gektari (81.5%) sizot suvlari sathi
1.5–3 metr chuqurlikda joylashgan. Shu bilan birga, 0–1.5 metr chuqurlikdagi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

sayoz qatlamlarda joylashgan yer maydonlari 34.05 ming gektarni (11.8%)
tashkil etgan. 3–5 metr chuqurlikdagi qatlamda esa 19.00 ming gektar (6.6%)
yer maydoni qayd etilgan.

2017-yilgi esa jami 285.15 ming gektar yer maydoni bo‘yicha

o‘tkazilgan tahlilda 1.5–3 metr chuqurlikdagi yerlar 243.76 ming gektarni
(85.7%) tashkil qilgan. Sayoz qatlamdagi (0–1.5 m) yer maydoni 27.89 ming
gektar (9.8%), 3–5 metr chuqurlikdagi yer esa 15.49 ming gektar (5.4%) ni
tashkil etgan.

Ushbu ikkita holatni solishtirish natijasida quyidagi asosiy ilmiy

xulosalar aniqlandi: Sizot suvlari sathi o‘rtacha chuqurlik (1.5–3 m) tomon
siljigan, bu holat tuproqdagi namlik rejimini barqarorlashtirishga xizmat qilishi
mumkin.

Sayoz qatlamdagi yer maydonining kamayishi (11.8% → 9.8%) sho‘rlanish

xavfini kamaytirgan, bu esa ekinlar uchun qulay agroekologik muhit
shakllanishiga zamin yaratadi. 3–5 metr chuqurlikdagi yer maydonining biroz
qisqarganligi esa, ehtimol, suv resurslarining nisbatan barqaror holatga kelgani
yoki yer osti suvlari harakati oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2016 va 2017-yillarda Sirdaryo viloyati sizot

suvlarining sho‘rlanish darajasi bo‘yicha maydonlar sezilarli farq qilgan.
Tatqiqot natijalaridan ko‘rinib turibdiki, eng katta maydon 3-5 g/l sho‘rlanish
darajasiga to‘g‘ri keladi: 2016-yilda bu ko‘rsatkich 134.36 ming gektarni tashkil
etgan bo‘lsa, 2017-yilda esa biroz kamayib, 131.88 ming gektarga tushgan. Bu


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

89

ko‘rsatkichlar, ayniqsa, o‘rtacha sho‘rlanish darajasining keng tarqalganligini
ko‘rsatadi.

1-3 g/l oralig‘idagi sho‘rlanishga ega maydonlar ham salmoqli o‘ringa ega

bo‘lib, 2016-yilda 93.97 ming gektarni, 2017-yilda esa 104.84 ming gektarni
tashkil etgan. Bu esa ushbu sho‘rlanish darajasining ortib borayotganini
ko‘rsatadi.

Ayniqsa, yuqori sho‘rlanish (5-10 g/l) darajasidagi maydonlar kamaygani

kuzatilgan: 2016-yilda 55.79 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda bu raqam
48.95 ming gektargacha kamaygan. Bu, ehtimol, meliorativ choralar yoki tabiiy
omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Eng past sho‘rlanish darajasi (0-1 g/l) bo‘yicha esa deyarli ahamiyatli

o‘sish kuzatiladi 2016-yilda 0.37 ming gektar bo‘lgan maydon 2017-yilda 0.52
ming gektarga yetgan. Eng yuqori sho‘rlanish (>10 g/l) kuzatilgan maydonlar
esa juda kam, va ularning maydoni 2016-yildagi 2.97 ming gektardan 2017-yilda
0.95 ming gektargacha kamaygan. Umuman olganda, ushbu natijalar sizot
suvlarining sho‘rlanishi bo‘yicha ekologik holat va suv resurslarini
boshqarishdagi ijobiy siljishlarni ko‘rsatadi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, sizot suvlari sathining optimal

chuqurlikda joylashuvi meliorativ holatni yaxshilash bilan birga, qishloq xo‘jaligi
yerlarida hosildorlikni oshirish imkonini ham beradi. Shuningdek, bu holat yer
osti suvlarining monitoringi va boshqaruvini takomillashtirish zaruratini yana
bir bor tasdiqlaydi.

Sizot suvlari sathi va hosildorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik

Sizot

suvlari

sathi (m)

Paxta hosildorligiga ta’siri
(%)

Sho‘rlanish xavfi

1,0

−50%

Juda yuqori

1,5

−35%

Yuqori

2,0

−15%

O‘rta

2,5+

−0–5%

Past

Manba: Karimov A., “Yer osti suvlarining sho‘rlanishga ta’siri”, 2022

Xulosa.

Tadqiqot natijalari sizot suvlarining sho‘rlanish darajasi va

chuqurlik bo‘yicha hududiy taqsimoti qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ
holatini baholashda muhim ko‘rsatkich ekanligini ko‘rsatdi. 2016–2017-yillarda
sho‘rlanish darajasining o‘rtacha (1–5 g/l) diapazonida joylashgan maydonlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

90

ustunlik qilgan bo‘lib, bu yerlarning qishloq xo‘jaligi uchun nisbatan yaroqli
ekanini bildiradi. Ayniqsa, yuqori sho‘rlanish (>5 g/l) darajasidagi
maydonlarning qisqarishi meliorativ tadbirlarning samarasini ko‘rsatadi.

Sizot suvlarining chuqurlik taqsimoti tahliliga ko‘ra, asosiy maydonlar 1.5–

3 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, bu holat agrotexnik jihatdan qulay
sharoitlarni ta’minlaydi. Yuqori grunt suvlari tarqalishining pastligi esa
gidrogeologik muvozanatning saqlanib qolganligini anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, sho‘rlanish darajasining pasayishi va sizot

suvlarining nisbatan chuqur joylashuvi hududdagi yerlarning meliorativ
holatining yaxshilanishidan dalolat beradi hamda bu holat barqaror
agroekotizimni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017—2021-yillarda yer osti

suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni
tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori.
2.

Namozov X. va boshqalar. Buxoro vohasi sugʻoriladigan erlarining tuproq

meliorativ tavsifi. //Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal. -
Xiva 2020. № 8. (65) -B.235-241.
3.

Teshaev F., va boshqalar. Suv tanqisligi sharoitida gʻoʻzani parvarishlash.

//Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali. -Toshkent 2021. № 5. -B.5-6.
4.

Xamidov M., Joʻraev U., Dustov J. “Suv tanqisligining salbiy oqibatlarini

yumshatishda biologik tozalangan zovur suvlarining ahamiyati” Oʻzbekiston
Qishloq va suv xoʻjaligi jurnalining Agroilm ilmiy ilovasi. №4. -Toshkent 2019. -
B.94-95.
5.

Dudley, L. M., Ben‐Gal, A., & Lazarovitch, N. (2008). Drainage water reuse:

Biological, physical, and technological considerations for system management.
Journal of environmental quality, 37(S5), -p.25
6.

Hossain S. Present scenario of global salt affected soils,its management

and importance of salinity research. International Research Journal of Biological
Sciences. 2019;1(1): -p.1-3.
7.

Wicke B, Smeets E, Dornburg V, Vashev B, Gaiser T, Turkenburg WC, Faaij

APC. The global technical and economic potential of bioenergy from salt-affected
soils. Energy & Environmental Science. 2011;4(8): 2669-2681. DOI:
10.1039/C1EE01029H

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017—2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori.

Namozov X. va boshqalar. Buxoro vohasi sugʻoriladigan erlarining tuproq meliorativ tavsifi. //Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal. -Xiva 2020. № 8. (65) -B.235-241.

Teshaev F., va boshqalar. Suv tanqisligi sharoitida gʻoʻzani parvarishlash. //Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali. -Toshkent 2021. № 5. -B.5-6.

Xamidov M., Joʻraev U., Dustov J. “Suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatishda biologik tozalangan zovur suvlarining ahamiyati” Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi jurnalining Agroilm ilmiy ilovasi. №4. -Toshkent 2019. -B.94-95.

Dudley, L. M., Ben‐Gal, A., & Lazarovitch, N. (2008). Drainage water reuse: Biological, physical, and technological considerations for system management. Journal of environmental quality, 37(S5), -p.25

Hossain S. Present scenario of global salt affected soils,its management and importance of salinity research. International Research Journal of Biological Sciences. 2019;1(1): -p.1-3.

Wicke B, Smeets E, Dornburg V, Vashev B, Gaiser T, Turkenburg WC, Faaij APC. The global technical and economic potential of bioenergy from salt-affected soils. Energy & Environmental Science. 2011;4(8): 2669-2681. DOI: 10.1039/C1EE01029H