NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA AXLOQIY ME’YORLARNING

Аннотация

Mazkur maqolada nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy me’yorlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Axloqiy tamoyillar nogironligi bor shaxslarning huquqlarini hurmat qilish, kamsitishning oldini olish va jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida xalqaro va milliy qonunchilik, falsafiy va ijtimoiy yondashuvlar hamda ijtimoiy ish xodimining bu jarayondagi roli yoritiladi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslarga nisbatan hurmat, adolat, mustaqillik va inklyuzivlik tamoyillari muhokama qilinadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
142-146
21

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Madaminova, K. . (2025). NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA AXLOQIY ME’YORLARNING. Академические исследования в современной науке, 4(18), 142–146. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/80841
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy me’yorlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Axloqiy tamoyillar nogironligi bor shaxslarning huquqlarini hurmat qilish, kamsitishning oldini olish va jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida xalqaro va milliy qonunchilik, falsafiy va ijtimoiy yondashuvlar hamda ijtimoiy ish xodimining bu jarayondagi roli yoritiladi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslarga nisbatan hurmat, adolat, mustaqillik va inklyuzivlik tamoyillari muhokama qilinadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

142

NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA AXLOQIY

ME’YORLARNING

Madaminova Kamola Sirojiddin qizi

FarDU Ijtimoiy ish kafedrasi magistranti

+998 (33) 050 10 05 (tg: @kamolamadaminovaa)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15259608

Annotatsiya:

Mazkur maqolada nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda

axloqiy me’yorlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Axloqiy tamoyillar nogironligi
bor shaxslarning huquqlarini hurmat qilish, kamsitishning oldini olish va
jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida
xalqaro va milliy qonunchilik, falsafiy va ijtimoiy yondashuvlar hamda ijtimoiy
ish xodimining bu jarayondagi roli yoritiladi. Shuningdek, nogironligi bor
shaxslarga nisbatan hurmat, adolat, mustaqillik va inklyuzivlik tamoyillari
muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Nogironligi bor shaxslar, axloqiy me’yorlar, huquqiy asoslar,

ijtimoiy ish, diskriminatsiya, inklyuzivlik, inson huquqlari, adolat, mustaqillik,
identifikatsiya, jamiyatga integratsiya.

Jamiyat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri inson huquqlarining

hurmat qilinishi va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarning yaratilishidir.
Nogironligi bor shaxslar jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, ularning huquqlarini
ta’minlash nafaqat huquqiy, balki axloqiy majburiyat hamdir. Axloqiy me’yorlar
nogironligi bor shaxslarga inson sifatida to‘laqonli yondashish, ularni
kamsitishdan saqlanish va teng huquqli sharoit yaratish tamoyillarini o‘z ichiga
oladi.

Bu masala xalqaro va milliy qonunchilikda mustahkamlangan. Birlashgan

Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi
nogironligi bor insonlarning jamiyatda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini
ta’minlashni talab qiladi. Ushbu maqola nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda
axloqiy me’yorlarning ahamiyati, ularning huquqiy asoslari va ijtimoiy ish
xodimining burchlarini yoritishga qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 57-moddasida jamiyatda

har bir inson, jumladan, nogironligi bor shaxslar ham davlat himoyasida bo‘lishi
ta’kidlangan. "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonun
nogironligi bor shaxslarning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilishni
ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qonunga ko‘ra, nogironligi bor shaxslarning
jamiyatdagi faoliyati cheklanmasligi va ular bilan inson qadr-qimmati asosida
muomala qilinishi kerak.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

143

Biroq, huquqiy kafolatlarning o‘zi yetarli emas, balki ijtimoiy

munosabatlarni inklyuziv va axloqiy asosda shakllantirish ham muhimdir.
Shuning uchun ijtimoiy ish xodimlari va jamiyatning barcha qatlamlari
nogironligi bor shaxslarning huquqlarini ta’minlashda axloqiy tamoyillarga amal
qilishi lozim.

Nogironligi bor shaxslar bilan munosabatda quyidagi etik qoidalar muhim

o‘rin tutadi. Hurmat va tenglik – nogironligi bor shaxslarni mustaqil va
jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilish. Immanuil Kantning
deontologik etikasi bo‘yicha inson hech qachon vosita sifatida ko‘rilmasligi
kerak. Nogironligi bor shaxslar ham jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida e’tirof
etilishi lozim. BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi ham bu
tamoyilni tasdiqlaydi. Misol uchun, O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan
foydalanish jarayonida nogironligi bor shaxslarga qulay muhit yaratish masalasi
ko‘tarilgan. "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunning
3-moddasida nogironligi bor shaxslarga nisbatan hurmat va kamsitishning
oldini olish majburiyati belgilangan.

Mehribonlik va g‘amxo‘rlik – nogironligi bor shaxslarning hissiy va jismoniy

ehtiyojlarini inobatga olish.

Adolat va inklyuziya – nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy hayotda

to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash. Jon Rolsning adolat nazariyasi bo‘yicha
jamiyat adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etilishi kerak. Michel Foucault esa
jamiyatning nogironligi bor insonlarga nisbatan haddan tashqari homiylik
qilishini tanqid qilib, ularning mustaqil qaror qabul qilish huquqini hurmat
qilish lozimligini aytgan. Nogironligi bor shaxslarga adolatli munosabatda
bo‘lish quyidagilarni talab qiladi: jamoat joylari, ta’lim va ish sharoitlari
nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilishi kerak. Ishga joylashish
jarayonida teng imkoniyatlar yaratilishi muhim. Ta’lim tizimi inklyuziv bo‘lishi
kerak .

Shaxsiylik va mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash – nogironligi bor shaxslarga

haddan tashqari himoyachilik qilmasdan, ularning mustaqilligini oshirish va
nogironligi bor shaxslarning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash zarur. Michel
Foucault ta’kidlaganidek, haddan tashqari nazorat va himoyalash ularning
ijtimoiy faolligini cheklaydi. Shu sababli, nogironligi bor shaxslarga o‘zini
boshqarish imkoniyatlari berilishi lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni 18-moddasiga
ko‘ra, davlat nogironligi bor shaxslarning mustaqil yashashini qo‘llab-
quvvatlashi shart.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

144

To‘g‘ri muloqot va axloqiy nutq me’yorlariga amal qilish ham nogironligi

bor shaxslar bilan ishlashda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining
“Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni axborot
yetkazishda hurmat va kamsitishlardan holi til ishlatishni talab qiladi. BMTning
Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi ham nogironligi bor insonlarga
hurmat bilan muomala qilishni ta’kidlaydi. Sapir-Whorf gipotezasiga ko‘ra, til
inson tafakkuri va ijtimoiy munosabatlarini shakllantiradi, shuning uchun
nogironlik bo‘yicha ishlatiladigan til neytral va hurmatli bo‘lishi lozim. Pierre
Bourdieu esa nutq va diskurs jamiyatda qudrat munosabatlarini
shakllantirishini aytib, nogironligi bor shaxslarni stigmatizatsiyadan himoya
qilish zarurligini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi nogironligi bor shaxslarning

ish bilan ta’minlanishini huquqiy kafolatlaydi va korxonalarga nogironligi bor
shaxslarni ishga qabul qilish kvotalarini belgilaydi. Ammo ish beruvchilarning
ushbu huquqiy me’yorlarga rioya qilishida axloqiy mas’uliyat ham katta
ahamiyatga ega. Jamoat joylarida nogironligi bor insonlarning harakatlanishiga
qulay sharoitlar yaratish davlat va jamiyat zimmasidagi axloqiy hamda huquqiy
majburiyatlardan biridir.

Ijtimoiy ish xodimi nogironligi bor shaxslarning huquqlarini ta’minlashda

vositachi bo‘lib, ularning jamiyatda inklyuziv ishtirok etishiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy sh xodimining asosiy majburiyatlari nogironligi bor insonlarning
qonuniy huquqlarini kafolatlash va ijtimoiy himoyani amalga oshirish,
inklyuziyani rag‘batlantirish orqali nogironligi bor shaxslarning ta’lim, mehnat
va ijtimoiy hayotda ishtirokini kengaytirish, shaxsiy mustaqillikni rivojlantirish
nogironligi bor insonlarni jamiyatga moslashtirish va ularga o‘z hayotlarini
boshqarish imkoniyatini berish kabilardir.

Ijtimoiy ish xodimi quyidagi axloqiy me’yorlarga amal qilishi lozim:
• Konfidentsiallik – nogironligi bor shaxslar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni

oshkor qilmaslik.

• Beg‘araz xizmat ko‘rsatish – ijtimoiy ish xodimi shaxsiy manfaatlardan voz

kechgan holda ishlashi lozim.

• Hurmat va e’tibor – nogironligi bor shaxslarning shaxsiyati va

qadriyatlariga hurmat bilan yondashish. Ijtimoiy ish xodimi jamiyatda
nogironlik masalalariga nisbatan inklyuziv qarashlarni shakllantirishda ham
muhim rol o‘ynaydi.

Nogironligi bor shaxslar bilan muloqot qilayotganda kamsitmaydigan tildan

foydalanish muhimdir. Nogironligi bor shaxslarga nisbatan ishlatiladigan so‘z va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

145

iboralar ba’zan bilib yoki bilmasdan kamsituvchi bo‘lishi mumkin. Buning oldini
olish uchun stereotiplardan qochish masalan, nogironligi bor shaxslarni doimiy
ravishda “yordamga muhtoj” yoki “baxtsiz” deb tasvirlash noto‘g‘ri. Imkoniyatga
urg‘u berish – nogironligi bor shaxslarning qobiliyatlari va jamiyatga qo‘shgan
hissasi ta’kidlanishi lozim. Nogironligi bor shaxslarning o‘z fikrlarini inobatga
olish - qanday atamalarni afzal ko‘rishlari bo‘yicha ularning o‘zlaridan so‘rash
muhim. Michael Oliver o‘zining “Nogironlikni ijtimoiy modeli” nazariyasida til
nogironlikni qanday idrok qilishimizga bevosita ta’sir qilishini ta’kidlaydi. Susan
Wendell nogironlik bilan bog‘liq tildan noto‘g‘ri foydalanish nogironligi bor
shaxslarning ijtimoiy hayotga integratsiyasiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini
qayd etadi.

Kamsitmaydigan til asosiy ikki tamoyilga tayanadi: Shaxsga yo‘naltirilgan til

(Person-first language) – insonni nogironligidan ustun qo‘yish. Masalan,
“nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bor shaxs” iborasidan foydalanish tavsiya
etiladi. Identifikatsiyaga asoslangan til (Identity-first language) – ayrim
nogironligi bor shaxslar o‘z holatini identifikatsiya vositasi sifatida qabul
qilishadi. Masalan, ko‘r yoki kar shaxslar o‘zlarini “ko‘r odam” yoki “kar odam”
deb atashni afzal ko‘rishlari mumkin. Shuning uchun nogironligi bor shaxslarga
nisbatan “ko‘r, soqov, kar” kabi so‘zlar o‘rniga “ Ko’rishda nuqsoni bor, eshitish
yoki gapirish qobiliyati cheklangan shaxs” degan so‘zlarni ishlatish maqsadga
muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda, nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy

me’yorlarga rioya qilish ularning jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash
uchun muhim ahamiyatga ega. Axloqiy tamoyillar inson huquqlarini hurmat
qilish, kamsitishning oldini olish, inklyuzivlikni rivojlantirish va adolatli
munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro va milliy qonunchilikda
nogironligi bor shaxslarning huquqlari mustahkamlangan bo‘lsa-da, amaliyotda
ularning hayot sifatini oshirishda axloqiy yondashuv muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy ish xodimlari nogironligi bor shaxslarning jamiyatga integratsiyasida
vositachi bo‘lib, ularning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash, teng imkoniyatlarni
yaratish va inklyuzivlikni targ‘ib qilishda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishi
lozim. Hurmat, mehribonlik, adolat, shaxsiylik va mustaqillik kabi tamoyillar
nogironligi bor shaxslarning huquqlarini ta’minlashda asosiy yo‘nalishlar
hisoblanadi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslarga nisbatan kamsitmaydigan
va hurmatli tildan foydalanish, ularning hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga
olish, jamiyatda stereotiplarni yo‘qotish ham muhimdir. Zero, nogironligi bor
shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi nafaqat huquqiy, balki axloqiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

146

majburiyat hamdir. Shu sababli, barcha sohalarda nogironligi bor shaxslarning
huquqlarini ta’minlash va ularga nisbatan hurmatli munosabatni shakllantirish
jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nogironlar huquqlari to’g’risida konvensiya, 2006 y.

2.

https://lex.uz/docs/-6445145 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

30.04.2023
3.

https://lex.uz/acts/-5049511 O‘zbekiston Respublkasi Qonuni Nogironligi

bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida
4.

Nusbaum M.C. Frontiers of Justice: Disability, Nationality, Species,

Membership. Harvard University Press. 2006
5.

Kant, I. Groundwork of the Metaphysics of Morals. Riga: Johann Friedrich

Hartknoch. 1785
6.

Noddings, N. Caring: A Feminine Approach to Ethics and Moral Education.

Berkeley: University of California Press.1984
7.

Sen, A. Development as Freedom. Oxford: Oxford University Press. 1999

8.

Foucault, M. Discipline and Punish: The Birth of the Prison. New York:

Pantheon Books. 1975
9.

https://lex.uz/ru/docs/-6257288 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat

kodeksi
10.

https://lex.uz/docs/-5013007 O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim

to‘g‘risidagi Qonuni
11.

Whorf, B. L. Language, Thought, and Reality: Selected Writings of Benjamin

Lee Whorf. Cambridge, MA: MIT Press.1956
12.

Bourdieu, P. Language and Symbolic Power. Cambridge, MA: Harvard

University Press.1991
13.

Goffman, E. Stigma: Notes on the Management of Spoiled Identity.

Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.1963
14.

Florida, R. The Rise of the Creative Class: And How It’s Transforming

Work, Leisure, Community, and Everyday Life. New York: Basic Books.2002
15.

Banks, S. Ethics and Values in Social Work. Basingstoke: Palgrave

Macmillan.2012
16.

Oliver, M. The Politics of Disablement. Basingstoke: Macmillan

Education.1990
17.

Wendell, S. The Rejected Body: Feminist Philosophical Reflections on

Disability. New York: Routledge.1996

Библиографические ссылки

Nogironlar huquqlari to’g’risida konvensiya, 2006 y.

https://lex.uz/docs/-6445145 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023

https://lex.uz/acts/-5049511 O‘zbekiston Respublkasi Qonuni Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida

Nusbaum M.C. Frontiers of Justice: Disability, Nationality, Species, Membership. Harvard University Press. 2006

Kant, I. Groundwork of the Metaphysics of Morals. Riga: Johann Friedrich Hartknoch. 1785

Noddings, N. Caring: A Feminine Approach to Ethics and Moral Education. Berkeley: University of California Press.1984

Sen, A. Development as Freedom. Oxford: Oxford University Press. 1999

Foucault, M. Discipline and Punish: The Birth of the Prison. New York: Pantheon Books. 1975

https://lex.uz/ru/docs/-6257288 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

https://lex.uz/docs/-5013007 O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni

Whorf, B. L. Language, Thought, and Reality: Selected Writings of Benjamin Lee Whorf. Cambridge, MA: MIT Press.1956

Bourdieu, P. Language and Symbolic Power. Cambridge, MA: Harvard University Press.1991

Goffman, E. Stigma: Notes on the Management of Spoiled Identity. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.1963

Florida, R. The Rise of the Creative Class: And How It’s Transforming Work, Leisure, Community, and Everyday Life. New York: Basic Books.2002

Banks, S. Ethics and Values in Social Work. Basingstoke: Palgrave Macmillan.2012

Oliver, M. The Politics of Disablement. Basingstoke: Macmillan Education.1990

Wendell, S. The Rejected Body: Feminist Philosophical Reflections on Disability. New York: Routledge.1996