SARGUZASHT-DETEKTIV JANRI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada sarguzasht-detektiv asarlar, ularning o’ziga xosligi, qiyosiy planda o’rganilish ahamiyati va janr sifatida shakllanish bosqichida mavjud omillar haqida so’z yuritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
28-31

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jalilova , G. . (2025). SARGUZASHT-DETEKTIV JANRI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI. Академические исследования в современной науке, 4(50), 28–31. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/136060
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada sarguzasht-detektiv asarlar, ularning o’ziga xosligi, qiyosiy planda o’rganilish ahamiyati va janr sifatida shakllanish bosqichida mavjud omillar haqida so’z yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

28

SARGUZASHT-DETEKTIV JANRI VA UNING SHAKLLANISH

BOSQICHLARI

Jalilova Gulchexra Maxmutdjonovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.17008175

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sarguzasht-detektiv asarlar, ularning o’ziga

xosligi, qiyosiy planda o’rganilish ahamiyati va janr sifatida shakllanish

bosqichida mavjud omillar haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar

: sarguzasht-detektiv janr, jinoyat, jumboqli vaziyat, intriga,

omil

Аннотация:

В статье рассматриваются приключенческо-детективные

произведения, их своеобразие, важность их изучения в сравнительном
плане, а также факторы, которые существуют на этапе их становления как

жанра.

Ключевые слова:

приключенческо-детективный жанр, криминал,

головоломная ситуация, интрига, фактор

Qariyib bir yarim asrdan buyon minglab adabiyotshunoslar va kitobxonlar

muhokamalari markazida bo’lib kelayotgan o’ziga xos g’oyaviy mazmun-mohiyat

kasb etuvchi sarguzasht-detektiv janri o’zining sirli jumboqlarga boyligi,

kutilmagan voqealar ketma-ketligi, o’quvchini sodir etilgan jinoyatni fosh

etishda mantiqiy fikrlashga, zukkolikka undashi bilan tobora shuxrat

qozonmoqda. Insoniyat yaralibdiki, atrofda sodir etilayotgan ijtimoiy tanazzul

hisoblanmish- qonunbuzarlik, jinoyat va qotillik kabi jumboqli vaziyatlar ularda
hamisha katta qiziqish uyg’otib kelgan va albatta, bu intriga san’at darajasida

adabiyotda o’z aksini topishi sarguzasht-detektiv janrining bugungi mashxurligi

va ommabopligini izohlaydi. Binobarin, bu turdagi asarlar hayotiy voqea va

muammolarni reallik tamoiliga asoslangan holda, original ifoda etishi, asarni

o’qish jarayonida kitobxon zamondoshi bo’lmish qahramonlarni, jinoyatchilarni

badiiy bo’rttirishlarsiz odatiy tasavvur etishi bu janrda asarlar yaratishga

bo’lgan ehtiyojni izohlaydi. Rus tadqiqotchisi Yurevna N.G. detektiv janri shiddat

bilan rivojlanayotgani, adabiyot olamida salmoqli nufuzga erishayotgani va

atrofida turli kitobxonlar auditoriyasini to’playotganini alohida t’kidlagan.

1

Hususan, taniqli detektivshunos o’zbek yozuvchisi Tohir Malik va amerikalik

yozuvchi Jon Verdon asarlari ana shular jumlasidandir.

Sarguzasht-detektiv asarlarda aks ettirilgan jinoyat, jinoyatchining chuqur

psixologik holati, uni jinoyatga undagan motiv, moddiy-ma’naviy sabablari,

jabrlanuvchining ruhiy holati, jinoyatni fosh etishda yozuvchi tomonidan

mohirona qo’llanilgan aqlni charxlovchi yechim, qahramonlar duch keladigan

xavfli sayohat va sarguzashtlar adabiyotshunoslar va kitobxonlar tomonidan

dolzarb mavzu sifatida e’tirof etildi va bu jarayon mazkur janr geografik

1

Наталья Юрьевна Георгинова, История появления и становления детективного жанра в литературе, Мир

детектива, стр 2-6


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

29

o’rnining kengayishiga olib keldi. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori B.A.
Xoliqov har qanday badiiy asar voqelikning badiiy talqini bo’lib qolmasdan

hayotning o’ziga xos falsafiy qonuniyatlarini aks ettiruvchi zalvorli fikrlarni ham

o’rtaga tashlashi bilan muvaffaqiyat qozonishini ta’kidlagan.

2

Sarguzasht-

detektiv janri muvaffaqiyati esa, markaziy mavzu sifatida har qanday jinoyat

jazosiz qolmasligi; hayotiy falsafasi, haqiqati qonunlarni mensimaslik va ularni

buzish tamoyili asosida hayot kechiruvchi kimsalarning o’zlari va atrofidagi

yaqin kishilari turmushidagi fojiali yakun; azaliy mavzu bo’lmish ezgulik va

yovuzlik kurashi, har qanday vaziyatda bo’lmasin, alal oqibat ijtimoiy adolatning

qaror topishi falsafasi jahon adabiyoti va milliy zamonaviy adabiyot tarixida

ma’naviy-axloqiy ahamiyatga molik shoh asarlarning vujudga kelishiga zamin

yaratishi bilan izohlanadi.

Sarguzasht-detektiv janrining kelib chiqishi insoniyat ijtimoiy va badiiy

dunyoqarashi shakllana boshlagan qadim zamonlarga borib taqaladi ya’ni, bu

janr shunchaki bir adabiy yo’nalish emas, balki insoniyatning uzoq o’tmishdagi

badiiy tafakkurining mahsuli hisoblanadi, insonlar dunyoni anglashga intila

boshlagan davrlardan buyon sarguzast-detektiv janri asoslari yaratila

boshlangan. Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, detektiv janrining paydo bo’lishi

insoniyatning ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini ifoda etuvchi tabiiy tarixiy

jarayondir.

3

Tadqiqotchi B.A. Xoliqov izlanishlariga ko’ra, detektiv janri genezisi

quyidagi uch omilning mavjudligi bilan ifodalanadi:

Ma’naviy-ma’rifiy

omil- bunda ilohiy kitoblar sanalmish “Injil”, “Qur’oni

Karim”, payg’ambarlar va aziz avliyolar hayotidan hikoya qiluvchi hadis va

rovoyatlarda ilk jinoyatning (diniy manbaalarga asoslansak, ilk gunohning)

amalga oshirilishi va jinoyatga doir jazo qo’llanilishi, adolatning qaror

toptirilishi bashariy jamiyatning ilk asoslari bo’lmish ushbu diniy-ilohiy

kitoblarda o’z aksini topgan. Bunda “Ilk jinoyatni kim amalga oshirgan?”,

“Qachon amalga oshirgan?”, “Qqanday amalga oshirgan?”, “Jinoyatni kim fosh

etgan?” kabi savollarga javob izlanishi detektiv janri hususiyatlarini ifodalaydi.

Bu janr ilk unsurlarini “Injil” hamda “Qur’oni Karim” kitoblarida keltirilgan Qobil

va Hobil hikoyasida qotil va maqtul obrazlarida yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Iymonsizligi va qalbini kemirayotgan hasad tufayli o’z ukasini o’ldirgan Qobil

jinoyatini fosh etish uchun izquvarga hojat yo’q chunki sodir etilgan jinoyat

tafsilotlari bilan ochiq-oydin berilgan va bu yerda Yaratgan izquvar, tergovchi va

hakam vazifasida kelgan.

Ijtimoiy-falsafiy

omil- ma’lumki, har qanday jamiyat muvozanati ma’lum

qonun ustuvorligi tamoyiliga asoslanadi va shu qonunlar yordamida ijtimoiy

muhit nazorat qilinadi, boshqariladi; bu normalarning buzilishi esa, jinoyatni

2

Баҳодир ХОЛИҚОВ (PhD), АҚШ ВА ЎЗБЕК РОМАНЛАРИНИНГ КОМПОЗИЦИОН ҚУРИЛИШИГА ДОИР АЙРИМ

МУЛОҲАЗАЛАР, Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami 2020-yil 6-noyabr

3

Наталья Юрьевна Георгинова, История появления и становления детективного жанра в литературе, Мир

детектива, стр 2-6


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

30

keltirib chiqaradi va albatta, jazo prinsiplari qo’llanilishini taqazo etadi. Shu
nuqtai nazardan qarlganda, insoniyat ilk sivilizatsiya o’choqlari hisoblanmish

Movorounnaxr, Misr, Bobil, Messopotamiya, Xitoy va Hindiston yozma

manbaalarida keltirilgan qonunchilikka oid hujjatlar, buyuk faylasuf Konfutsiy

hikmatlari, Aflotunning “Qonunlar” nomli kitobi va Amir Temurning “Temur

tuzuklari” risolasi, Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonini detektiv adabiyoti

negizlari sifatida misol keltirishimiz mumkin. Zero, ushbu manbaalarda detektiv

voqelik bo’lmish jinoyat, uning sabab va oqibatlari, detektiv surishtiruv-tadqiqot

tamoyillari, ijtimoiy adolat falsafasi bosh g’oya sifatida talqin etilgan.

Adabiy-badiiy

omil- sarguzasht-detektiv janri rivojlanish bosqichida

mustahkam poydevor bo’lgan eng muhim omil hisoblanadi. Bunda xalq og’zaki

ijodi namunalari- topishmoq, ertak, afsona, asotirlar, dostonlar, eposlar, dunyo
adabiyoti og’zaki va yozma manbaalari, jumladan, folklyorlar bu janr

ko’lamining kengayishi, boyishi va mazmunan to’ldilishiga zamin bo’lgan. Ayni

sarguzasht-detektiv adabiyotining shakl va mazmun hususiyatiga ko’ra ma’lum

qoliplar asosida tarkib topishida ushbu omil boshqalariga nisbatan yetakchi va

ahamiyatliligi bilan harakterlanadi. Bunda Ramayana va Alpomish dostonlaridan

tortib to bugungi kun detektiv janri mukammal namunalari- taniqli

detektivshunos yozuvchilar Tohir Malik, I.Qalandarov, O’lmas Umarbekov, Said

Ravshan, Fayzulla Qilichev, Omon Muxtor, A Ibodinov; Ingliz adabiyoti

namoyondalari Edgar Allan Po, Artur Konan Doyal, Agata Kristi, Uillyam Godvel,

Ejen Syularning asarlarigacha barcha yozma manbaalarni o’z ichiga oladi.

4

Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, tobora kitobxonlar ko’lami kengayib

borayotgan sarguzasht-detektiv janri real voqelikni aks ettirishi, intrigalarga
boyligi va asarda keltirilgan dalillar ishonchliligi, o’quvchiga tahlil qilish imkoni
berilishi, yuksak ahloqiy, ma’naviy g’oyalarning targ’ib etilishi bilan boshqa
janrdagi asarlar tubdan farq qiladi. Hususan, detektivshunos yozuvchilar Tohir
Malik va Jon Verdon asarlarining ommabopligi ham ayni shu hususiyatlar bilan
izohlanadi. Sarguzasht-detektiv janri shakllanish bosqichida yuqorida keltirilgan
ma-naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-falsafiy va adabiy-badiiy omillar mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Баҳодир ХОЛИҚОВ (PhD), АҚШ ВА ЎЗБЕК РОМАНЛАРИНИНГ

КОМПОЗИЦИОН ҚУРИЛИШИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР, Respublika
ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami 2020-yil 6-noyabr
2.

Баҳодир ХОЛИҚОВ (PhD), ДЕТЕКТИВ РОМАНЛАРДА ВОҚЕЛИКНИНГ

БАДИИЙ

ТАЛҚИНИНИ

ТИЗИМЛИ

МОДЕЛЛАШТИРИШ

(МАРИО

4

Баҳодир ХОЛИҚОВ (PhD), ДЕТЕКТИВ РОМАНЛАРДА ВОҚЕЛИКНИНГ БАДИИЙ ТАЛҚИНИНИ ТИЗИМЛИ

МОДЕЛЛАШТИРИШ (МАРИО ПЬЮЗОНИНГ «ЧЎҚИНТИРГАН ОТА» («THE GODFATHER») ВА ТОҲИР МАЛИКНИНГ
«ШАЙТАНАТ» АСАРЛАРИ МИСОЛИДА) dissertatsiya… 39-61 betlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

31

ПЬЮЗОНИНГ «ЧЎҚИНТИРГАН ОТА» («THE GODFATHER») ВА ТОҲИР
МАЛИКНИНГ «ШАЙТАНАТ» АСАРЛАРИ МИСОЛИДА) dissertatsiya… 31-61 b
3.

Брюсов В. Miscellanea. Замечания,мысли о исскуств, о литературе, о

критиках, о самом
себе//http://dugward/ru/library/bryusov/bryusovmiscellanea.html
4.

Ustoz bergan qo’llanma

5.

Вулис А.З. Поэтика детектива/ Новый мир, 1987-№1- с. 8

6.

Наталья Юрьевна Георгинова, История появления и становления

детективного жанра в литературе, Мир детектива, стр 2-6
7.

Cawelti, J.G. Adventure mystery and Romance: Formula stories as art and

popular culture. University of Chicago press. 1976
8.

Green, J. Contemporary detective fiction. 2015

9.

Kincaid, J. The adventure genre in literature. Oxford literary review. 2010

10.

T.T.Irisboyev “Hozirgi o’zbek detektiv adabiyotining taraqqiyot

xususiyatlari” (Tohir Malikning “Shaytanat” asari asosida) dissertatsiya
11.

Qodirov , A. O’zbek detektiv adabiyoti tarixi. Toshkent: Fan. 2018.

Bibliografik manbalar

Баҳодир ХОЛИҚОВ (PhD), АҚШ ВА ЎЗБЕК РОМАНЛАРИНИНГ КОМПОЗИЦИОН ҚУРИЛИШИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР, Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami 2020-yil 6-noyabr

Баҳодир ХОЛИҚОВ (PhD), ДЕТЕКТИВ РОМАНЛАРДА ВОҚЕЛИКНИНГ БАДИИЙ ТАЛҚИНИНИ ТИЗИМЛИ МОДЕЛЛАШТИРИШ (МАРИО ПЬЮЗОНИНГ «ЧЎҚИНТИРГАН ОТА» («THE GODFATHER») ВА ТОҲИР МАЛИКНИНГ «ШАЙТАНАТ» АСАРЛАРИ МИСОЛИДА) dissertatsiya… 31-61 b

Брюсов В. Miscellanea. Замечания,мысли о исскуств, о литературе, о критиках, о самом

себе//http://dugward/ru/library/bryusov/bryusovmiscellanea.html

Ustoz bergan qo’llanma

Вулис А.З. Поэтика детектива/ Новый мир, 1987-№1- с. 8

Наталья Юрьевна Георгинова, История появления и становления детективного жанра в литературе, Мир детектива, стр 2-6

Cawelti, J.G. Adventure mystery and Romance: Formula stories as art and popular culture. University of Chicago press. 1976

Green, J. Contemporary detective fiction. 2015

Kincaid, J. The adventure genre in literature. Oxford literary review. 2010

T.T.Irisboyev “Hozirgi o’zbek detektiv adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari” (Tohir Malikning “Shaytanat” asari asosida) dissertatsiya

Qodirov , A. O’zbek detektiv adabiyoti tarixi. Toshkent: Fan. 2018.