ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
42
TANQIDIY FIKRLASH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA
METODIK YONDASHUVLAR
Fayzullayeva Azizabonu Sadullo qizi
Buxoro xalqaro universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16736651
Annotatsiya.
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida tanqidiy
fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy-metodik
asoslari yoritilgan. Tanqidiy tafakkurning mohiyati, uning o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashiga ta’siri, shuningdek, mazkur kompetensiyani rivojlantirishga
xizmat qiluvchi pedagogik sharoit va usullar tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
tanqidiy fikrlash, tafakkur, pedagogik metodlar, interfaol
usullar, aqliy hujum, INSERT, klaster metodi, metodik yondashuv, o‘quv faoliyati.
Аннотация.
В данной статье освещены теоретико-методические
основы формирования и развития навыка критического мышления в
современном образовательном процессе. Анализируется сущность
критического мышления, его влияние на самостоятельное мышление
учащихся, а также педагогические условия и методы, служащие развитию
данной компетенции.
Ключевые
слова:
критическое
мышление,
мышление,
педагогические методы, интерактивные методы, мозговой штурм, вставка,
кластерный метод, методический подход, учебная деятельность.
Annotation.
This article covers the theoretical and methodological
foundations of the formation and development of critical thinking skills in the
modern educational process. The essence of critical thinking, its influence on the
independent thinking of students, as well as pedagogical conditions and
methods that serve to develop this competence are analyzed
Keywords:
critical thinking, thinking, pedagogical methods, interactive
methods, mental attack, INSERT, cluster method, methodological approach,
educational activity.
Hozirgi vaqtga qadar tanqidiy fikrlash masalasi MDH va xorij olimlari
tomonidan turli jabxalarda o‘rganilgan va o‘rganilib kelinmoqda. Xususan,
mamlakatimiz taraqqiyotida Sharq ta’limi mazmunini o‘zida mujassam etgan
ta’lim muassasalarimizda o‘quvchilarni mustaqil tanqidiy fikrlashga o‘rgatish
zarurligi haqida o‘rta asrlarning buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn
Sinolar ta’kidlaganidek, ana shu tanqidiy fikrlash jarayonida, bugungi
globallashuv asrida o‘zlashtirilgan bilimlar ma’lum manbadan olingan bilimlarga
nisbatan katta ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatish muhimdir. Tanqidiy fikrlash –
bu axborotni tizimli tahlil qilish, dalillarning ishonchliligini baholash, qarama-
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
43
qarshi fikrlarni tortish va asosli xulosalar shakllantirishni o‘z ichiga olgan
kognitiv jarayon. Bu qobiliyat zamonaviy voqelikka samarali moslashishning
ajralmas qismidir. Zamonamiz olimlaridan S.S.G‘ulomov o‘z tadqiqotlarida
tanqidiy fikrlash uchun “dalillarni eslab qolish va g‘oyalarni isbotlash” deb ta’rif
beradi.O.S.Dadabolayeva esa o‘zining “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish mexanizmlari” nomli tadqiqot ishida
tanqidiy fikrlash haqida “Tanqidiy fikrlash - o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida
mustaqil bilim olishi natijasida talabaning yanada rivojlangan shaxsi
shakllanadi.” -deb ta’kidlaydi. Yana bir tadqiqodchilaridan biri T.B.Nazarov
tanqidiy fikrlashga “Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini muvaffaqiyatli
ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan
ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi ijobiy
ko‘nikmadir”-deya ta’riflaydi
Ma’lumki, inson bilim egallash va uni o‘zlashtirish jarayonida tanqidiy
yondashuvni qo‘llamasa, tafakkur faoliyatida mustaqillik vujudga kelmaydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor
yo‘nalishlardan biri – erkin, mustaqil va tanqidiy fikrlovchi yosh avlodni
tarbiyalashdir. Shu sababli umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-
hunar maktablari va texnikumlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘quvchilarning bilish jarayonini faollashtirish,
mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish zarur bo‘lib
qolmoqda. Tanqidiy tafakkur tabiiy ravishda yuzaga kelmaydi; bu – o‘quv
jarayonida maqsadga yo‘naltirilgan, izchil shakllanadigan malaka va
kompetensiyalardandir. Ushbu ko‘nikma foydali axborotlarni tahlil qilish,
baholash, farqlash va ularni ijodiy qayta ishlashga asoslangan. Shuningdek,
tanqidiy fikrlash an’anaviy o‘quv predmeti emas, balki ta’lim samaradorligining
natijasi sifatida qaraladi. Bu ko‘nikma mavjud g‘oyalarni boshqa fikrlar bilan
solishtirish, baholash va ularning mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish orqali
yuzaga chiqadi.
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1)da’vat,
2)anglash
3)fikrlash.
Da’vat bosqichda interfaol o‘qitish metodlaridan – xususan, “Aqliy hujum”
texnologiyasidan foydalaniladi. O‘quvchilar o‘zlarining mavjud bilim va taxminiy
tasavvurlarini aniqlab, erkin tarzda bayon etadilar. Bu jarayon individual,
juftlikda yoki guruh shaklida amalga oshiriladi. Barcha fikrlar to‘g‘riligidan qat’i
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
44
nazar, doskaga yozib boriladi. O‘qituvchi esa ushbu jarayonda faqat
yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi sifatida qatnashadi. Uning asosiy vazifasi –
savollar orqali o‘quvchilar tafakkurini faollashtirish, muhokamaga tortilmagan
masalalarni ilgari surishdir. Ushbu bosqich o‘quvchilarning mavjud bilimlarini
faollashtirish, ularni o‘z bilimlari ustida fikr yuritishga undash orqali yangi
mavzuni anglashga tayyorlash vazifasini bajaradi. Psixologik jihatdan
qaralganda, yangi axborot mavjud bilimlar bilan integratsiyalanmasa, u qisqa
vaqt ichida unutilishi ehtimoldan xoli emas. Zero, ta’lim bu – yangi bilimlarni
tizimli ravishda egallash, saqlash va qo‘llash jarayonidir.
Anlash bosqichda o‘quvchilar yangi axborot bilan muloqotga kirishadilar.
Bu muloqot matn o‘qish, ma’ruzani tinglash, videomateriallarni ko‘rish, tajriba
o‘tkazish yoki boshqa turdagi bilim manbalari orqali yuzaga keladi. Bu
bosqichda o‘qituvchining roli minimal bo‘lib, o‘quvchining mustaqil faoliyati
ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, INSERT (Interactive Noting
System for Effective Reading and Thinking) usuli samarali vosita hisoblanadi.
Mazkur metod o‘quvchilarga matnni o‘qish jarayonida fikr yuritish, savol berish,
shubha bildirish va yangi bilimlarni ilg‘ash imkonini beradi. Anglash
bosqichining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilimlarni chuqur egallashga
xizmat qiladi. Passiv yoki sust fikrlovchi o‘quvchilarning ham faolligini
ta’minlash uchun strategik yondashuvlar talab etiladi. An’anaviy ta’limda bu
bosqich ko‘pincha yetarlicha e’tibordan chetda qoladi, bu esa o‘quvchilarning
bilimlarni chuqur anglashlariga to‘sqinlik qiladi.
Fikrlash bosqichda o‘quvchilar yangi o‘zlashtirilgan bilimlarni mavjud
bilimlari bilan integratsiyalaydilar, ular asosida yangi tasavvurlar hosil qiladilar
va o‘z mulohazalarini mustaqil shakllantiradilar. Tanqidiy fikr yuritish
jarayonida o‘quvchilar yangi ma’lumotlarni o‘z so‘zlari orqali ifodalashga
intiladilar, bu esa ularning tafakkur doirasini kengaytiradi. Shuningdek, bu
bosqichda o‘quvchilar mustaqil qaror qabul qilish, muqobil fikrlarni tahlil qilish,
mavjud muammolarni hal etishda turli yondashuvlardan foydalanish
malakalarini egallaydilar. Shu bilan birga, o‘quvchilar orasida erkin fikr
almashish, boshqalarning nuqtai nazarini hurmat qilish va o‘z fikrini muloqot
madaniyati doirasida bayon etish ko‘nikmalari shakllanadi.
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi
pedagogik shart-sharoitlarni yaratish lozim:
-
o‘quvchilarga mustaqil fikr bildirish imkoniyatini berish va ularni faol
tinglashga o‘rgatish;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
45
-
turli fikr va nuqtai nazarlarni baholash, saralash hamda ijodiy
yondashuvni rivojlantirish;
-
o‘quv jarayonida o‘quvchilarning faolligini ta’minlash;
-
o‘quvchilar fikr bildirganida ularni tanqid yoki masxara qilinmasligiga
ishonch hosil qilish;
-
har bir o‘quvchining tanqidiy tafakkur yuritishga layoqatli ekanligiga
ishonch uyg‘otish;
-
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini qadrlashga undovchi ijobiy ijtimoiy
muhitni shakllantirish.
O‘zaro fikr almashuvlarda o‘quvchilar bir-birining fikrini e’tibor bilan
tinglashi, mulohazalarni majburlab qabul qildirmasligi, shuningdek, noto‘g‘ri deb
hisoblagan fikrlarni konstruktiv tarzda tahlil qilishi kerak. Bunday yondashuv
o‘quvchilarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirib, ularni
muloqotga tayyorlaydi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda klaster metodi muhim o‘rin tutadi.
“Klaster” termini lotin tilidan olingan bo‘lib, “g’uncha to‘plami” ma’nosini
anglatadi. Mazkur metod o‘quvchilarga muayyan mavzu doirasida erkin fikr
yuritish, ularni tartibga solish va g‘oyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash
imkonini beradi. Klasterlar yaratishda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi:
barcha fikr va g‘oyalarni to‘xtovsiz yozib chiqish, imloviy yoki uslubiy jihatlarga
vaqtincha e’tibor qaratmaslik, vaqt tugaguncha yozishni davom ettirish, o‘zaro
bog‘liq fikrlarni tartiblash va guruhlash.
Xulosa qilib aytganda, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish o‘quvchilarda ilmiy-
tahliliy qarashlar shakllanishi, savol berish, muammoga turli nuqtai nazardan
qarash, taxminlar ilgari surish va ularni tahlil qilish imkonini yaratadi. Ushbu
kompetensiyalarni shakllantirish esa zamonaviy ta’limning asosiy strategik
maqsadlaridan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Dadabolayeva O. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish mexanizmlari. – Monografiya. Toshkent, 2015. –
120b.
2.
Nazarov T.B. Tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha
xorijiy tajribalar tadbiq qilish. – Ilmiy maqola.
3.
Кларин М.В. Развитие критического и творческого мышления //
Школьные технологии. – 2004. – №7.
4.
Nishonov A., Xaydarov B., Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash usullari. –
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2023. – 190 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
46
5.
Paul R., Elder L. Critical Thinking: Tools for Taking Charge of Your
Learning and Your Life. – Pearson Education, 2022.
6.
Facione P.A. Critical Thinking: What It Is and Why It Counts. – Insight
Assessment, 2023.
7.
Halpern D.F. Thought and Knowledge: An Introduction to Critical
Thinking. – 5th edition. – Psychology Press, 2022.
