Barcha maqolalar - Adabiyot

Maqolalar soni: 373
  • Ma’lumki, so‘nggi yillarda respublikamizda tilga bo‘lgan e’tibor jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan yurtimizning turli hududlarida yashovchi aholi shevasining o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalasini o‘rganish dolzarb masalaga aylandi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Terak qishlog‘i shevasiga xos bo‘lgan oziq-ovqat nomlari leksikasini tahlil qilish va uning o‘zbekadabiy tiliga munosabati masalasini o‘rganish bosh mezon qilib olingan.

    Gavhar Toshtemirova
    237-240
    841   284
  • Мумтоз бадиий асарлар матни тарихини чуқур ўрганмай туриб, матншунослик илмининг тараққий этиши ҳақида гап ҳам бўлиши мумкин эмас. Чунки матн тарихи тушунчаси матншуносликнинг таянч назарий асосларидандир. “Матн тарихи қўлёзма манбалар генеалогиясини текширишдан муаллифнинг ва манбани кўчирган котибнинг дунёқараши ва ғоясини ўрганишгача, асарнинг юзага келишида муаллиф ижодий ниятининг рўёбга чиқишидан унинг яратилишига у ёки бу даражада алоқадор бўлган бошқа адабий ёдгорликлар билан ўзаро боғлиқ жиҳатлари тадқиқигача бўлган барча жараёнларни ўз ичига олиши” [6,9] назарда тутилса, ушбу илмий муаммони ўрганиш нечоғлиқ муҳим экани янада ойдинлашади.

    Nurboy Jabborov
    5-12
    200   40
  • “Ҳиммат ва саботи бўлмаган миллатнинг ҳақи ҳаёти йўқдир”. Бундан роппароса бир юзу беш йил олдин “Ойна” журналида босилган мақоласига улуғ маърифатпарвар Абдурауф Фитрат ана шундай сарлавҳа қўйган эди. Ҳиммат – Ватан ва миллат учун, зарур бўлганда, молу жондан кеча олмоқ. Сабот – Ватан ва миллатнинг шаъни-шарафи, ор-номусини ҳимоя қилиш йўлида метин иродани намоён эта билмоқдир. Биз тарихий илдизлари қадимият булоқларидан сув ичган, дунё тамаддунининг, инсониятнинг илму ирфон бешигини тебратган миллатмиз. Башариятга маърифат ва ахлоқдан, ҳиммат ва саботдан дарс берган буюк мутафаккирлар ворисимиз. Лекин ворислик ҳақи бу ҳақда жар солиш, оғиз йиртиш билангина адо этилмас. Ворислик ҳуқуқига қуруқ даъволар билан эришилмас. Бунинг учун аждодларни мукаммал танимоқ, улар меросини қунт билан ўрганмоқ, тафаккур ва тадаббур этмоқ, илму ирфонда улар эришган оламшумул ютуқларни янгилари билан бойитмоқ зарур.

    Nurboy Jabborov
    143-149
    92   20
  • This article discusses one of the possible approaches to assessing the content of oral monologue messages, which is based on the reproduction and interpretation of directly perceived semantic information in the text.

    A Tursunova
    241-243
    39   21
  • Буюк озарбайжон шоири шайх Низомий Ганжавий жаҳон адабиётидаги ноёб поэтик ҳодиса – хамсачиликни бошлаб берди. Гарчи форсийда битган бўлса ҳам, улуғ шоирнинг “Панж ганж”ида туркий тафаккур, туркий руҳ акс этгани маълум . Улуғ ўзбек мутафаккири ҳазрат Алишер Навоий эса “Хамса”си билан Низомий Ганжавий бошлаган поэтик анъанани янгилаш баробарида юксак тараққиёт босқичига кўтарди. Озарбайжонўзбек адабий алоқаларига доир эътиборга молик илмий тадқиқотлар муаллифи профессор Алмаз Улвийнинг ёзишича, Алишер Навоий Низомий анъаналарини изчил давом эттириш билан чекланмай, туркий адабиётнинг тараққиёт даражасини янада юксалтирди . Зеро, буюк салафига бўлган эҳтиром, унинг поэтик тафаккур такомилидаги беназир хизматлари эътирофи ҳазрат Алишер Навоий “Хамса”сининг ҳар бир достонида яққол сезилиб туради. “Хамса” достонларининг алоҳида боблари унинг васфига бағишлангани ҳам буни тасдиқлайди.

    Nurboy Jabborov
    192-200
    97   16
  • Hammamizga ma’lumki , til bu mamlakatning madaniyati va urf-odatlari haqida ko‘proq ma’lumot beradigan eng muhim unsurlardan biri hisoblaniladi. Ushbu maqolada biz madaniyat va turmush tarzining chet tillarini o‘rganishga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berishga harakat qilamiz . Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lgan ba’zi muloyimlikni aks ettiruvchi so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan, ularning ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlari solishtirilgan . Biz bu maqolada til o‘rganish jarayonida madaniyatning o‘quvchilar va o‘qituvchilarga ta’siri haqida biroz ma’lumot berishga harakat qildik.

    Nargiza Tulaganova , Shoira Yusupova
    244-246
    155   52
  • В статье анализируются современные трактовки информационной культуры, рассматривается процесс формирования информационной культуры у студентов гуманитарных специальностей. Предлагается авторская рабочая интерпретация понятия «информационная культура». Намечены пути формирования информационной культуры у студентов – гуманитариев, такие как создание ресурсной базы научных исследований и учебной деятельности в режиме онлайн, изучение в рамках гуманитарных дисциплин методов междисциплинарного синтеза, освоение средств проектирования педагогического дизайна. Рассмотрены такие понятия: информационная культура, информационная среда, методы междисциплинарного синтеза, педагогический дизайн.

    Nadira Usmanova
    247-252
    54   16
  • O‘zbek adabiy tili tarixi shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyati va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O‘z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz beradigan o‘zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog‘langan emas.

    A Khairullaev, M Rahimjanova
    253-257
    104   40
  • Ushbu maqolada milliy tilimizning keiib chiqishi va rivojlanishi haqida ma'lumotlar batafsi! yoritilgan. Ona tilimizning jahonda tutgan o‘rnini va nufuzini oshirish uchun ishiab chiqiigan qarodar va berilayotgan e’tibor to'g'risida mulohazalar keltirilgan.

    Hayotxon Xaydarova , Xusni̇da Yoqubova
    258-260
    61   40
  • Truman Kapotening “Jaholat” romani o‘z davrining shov shuvli asarlaridan sanalib, undagi voqealar ayni ijtimoiy hayotning inikosi sanaladi. Asardagi voqealar va qahramonlar shunchalik kitobxon o‘rtasida bahsmunozaraga sabab bo‘lishi, muvaffaqiyatga erishishi ortida yozuvchining cheksiz mehnati, izlanishlari yotibdi, desak adashmaymiz. Qolaversa, ushbu asar uchun Truman Kapote ko‘p narsasini fido qilishiga to‘g‘rikeldi, sog‘ligi, ijtimoiy holati, mashhurlik. Roman 1965-yilda kitob holida “Jaholat” sarlavhasi ostida chop etilgunga qadar, yozuvchi tinimsiz faktlar, qaydnomalar, real qahramonlar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazdi.

    Muxlisa Xidirova
    261-263
    47   35
  • Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir.
    Sifatlar frazeologik iboralar tarkibida ham tez-tez qo‘llanilishini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Har bir tilda frazeologik iboralar tuzilishi, lеksik-sеmаntik, funksiоnаl uslubiy vа sintаktik vаzifаlаri, shuningdеk, o‘zigа хоs shаkllаnish хususiyatilаrigа egа bo‘lgаn til birligidir.
    Ushbu maqolada italyan tilidagi sifat komponentli frazeologik iboralar va ularning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat komponentli frazeologik iboralarga oid misollar orqali, frazeologik iboralarda eng ko‘p qo‘llaniladigan sifatlar tahlili ham berilgan.

    Behzod Xudoyqulov
    264-269
    77   21
  • Статья посвящена вопросам реализации межпредметных связей, способствует более глубокому изучению языка, вводит его в широкий культурный контекст, продуктивно развивает личностные качества, а также соответствует современному методическому опыту.

    Guli Xamroeva
    270-273
    165   105
  • Maqola buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkirining qarashlari tahliliga bag‘ishlangan Alisher Navoiy qomusiy olim, temuriylar hukmdori Mirzo Ulug‘bek davridagi adabiyot haqida. Muallif Navoiy ijodidagi bu mavzudagi g‘oya va talqinlarni quyidagi tasnif asosida o‘rgangan: 1) buyuk shoir ijodida Mirzo Ulug‘bekni madh etish; 2) Mirzo Ulug‘bek davrida vujudga kelgan adabiy muhit va uning namoyandalari ijodiga munosabat; 3) bu hukmdor davrida adabiy-estetik tafakkurning rivojlanishi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonining yakuniy qismida hamda “Majolis un-nafois” (“Tozli majlislar”)da Mirzo Ulug‘bek Qur’oni Karimni yetti qiroat bilan yod olgan va o‘rgangan betakror hofiz sifatida ta’riflanadi va madh etiladi. , “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”ni yozgan buyuk astronom, shuningdek, u zo‘r didga ega shoir sifatida tilga olingan. Abdullatif Mirzo misolida Mirzo Ulug‘bekning she’riyatga bo‘lgan tabiiy moyilligi uning farzandlariga ham o‘tganligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, maqola muallifi o‘z fikrlarini isbotlash uchun Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sadayn va majmai bahrayn” va Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarlaridagi ma’lumotlardan ham foydalangan. Bu manbalardagi ma’lumotlar Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”da keltirilgan fikr-mulohazalarini to‘ldirish, yangi fakt va dalillar bilan boyitish jihatidan qimmatli ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. O‘z navbatida V.V.Bartoldning “Ulug‘bek va uning davri”, Ergash Rustamovning “XV asr birinchi yarmi o‘zbek she’riyati” monografiyalaridagi qarashlar ham tahlil qilindi.

    Nurboy Jabborov
    76-92
    159   21
  • This article provides information on the impact of empathy in newspapers and magazines and the norms of their application.
    The phrase “empathy” is used by psychologist Edward. B was introduced by Tetchener in 1909 in Germany as a translation of einfuhlung (meaning emotion).
    So how are grief and empathy different? Depression involves more passivecommunication, but empathy usually involves a very active effort to understand the other person. Many theories have been proposed to explain empathy. Preliminary research on the subject focuses on the concept of empathy. The philosopher Adam Smith allows us to expe rience things we can never feel otherwise.

    Odil Yoqubov
    274-280
    97   23
  • Atash-Nomlash Hodisasining Milliyligi Sezgi Va Hislarninggina Mahsuli Bo‘lib Qolmay, Unda Munosabat Ham Katta Ahamiyatga Ega. Munosabat Esa Asosiy Diqqatning Atalmishni Nomlovchi Subyekt Uchun Ahamiyati Va Qiymati Bilan Belgilanadi. Ushbu Ahamiyatlilik Til Birliklarining Lisoniy Qiymatini Muayyanlashtiradi. Atash Nomlash Jarayonining Milliy Mentalitet Va Ahamiyatlilik Bilan Bog‘lanishi Tilshunoslarni Qadimdan Qiziqtirib Keladi. Bu Esa Fanda Qiyosiy-Tarixiy Yo‘nalishning Shakllanishiga Asos Bo‘ldi. Turkiy Va Forsiy So‘zlarning Lisoniy Qiymati Masalasi Bilan Qiziqqan Mutafakkir Alisher Navoiy Mazkur Tillardagi Farqlarni Ayrim Lisoniy Epizodlar Asosida Ravshan Tushuntirib Bergan. Olimning Qarashlari “Yazikovaya Znachimost” Termini Ostida F. De Sossyur Ta’limotida Rivojlantirildi.

    A Yaxshiboyev , M Raximjanov
    281-284
    62   53
  • Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning respublika hududiga mustaqillikning kirib kelishiga zamin yaratganligi haqida so‘z yuritiladi.

    E’zoza Ziyodullayeva
    285-287
    100   73
  • Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rganishda bevosita asar matni ustida ishlashga bog‘liq bo‘lishi, matn ustida ishlashning xilma-xil usullari, ana shular orasidan obrazlarning portretini o‘rganish muhim hisoblanishi, badiiy asarlarda qatnashuvchi qahramonlar ham bir-biridan farq qilishi, insonlar tashqi ko‘rinishi, xarakterlari, kiyinishi bilan bir-biriga o‘xshamasligi, har bir inson o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga va ichki xislatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritildi.

    Javohir Zokirov
    288-291
    198   194
  • Maqolaning maqsadi - Viktor Pelevinning "Blur dunyo" va "Vera Pavlovnaning to'qqizinchi orzusi" hikoyalarida adabiy strategiyaning bir qismi sifatida badiiy voqelikni yaratish jarayonida "begona so'z" funktsiyalarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, V.Pelevinning 1990-yillardagi ijodi postmodernizm kontekstida badiiy voqelikni qurish nuqtai nazaridan ilmiy adabiyotlarda amalda aks ettirilmagan. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, V. Pelevinning dastlabki hikoyalarida qahramon ongining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda "obyektiv" va "sub'ektiv" realliklarning sintezidan iborat badiiy haqiqat funktsiyalarini qurishga noan'anaviy yondashuv, yoki bu voqeliklarni rus adabiyoti uchun yangi bo‘lgan noreal darajasiga qo‘yuvchi qandaydir tashqi kuch tomonidan.

    Temur Ayupov
    5-9
    162   34
  • Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, Qur’on va Sunnatni mukammal o‘rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o‘zi mansub turkiy xalq tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo‘liga safarbar eta olganida namoyon bo‘lishi tadqiq qilingan.
    Alisher Navoiyning e’tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk mutafakkir o‘qib o‘rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari haqida so‘z yuritiladi. Diniy-ma’rifiy va falsafiyirfoniy g‘oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd, munojot va na’t qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom ma’rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni ifodalashiga monelik qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to‘ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar chiqariladi.

    Nurboy Jabborov
    16-27
    95   47
  • Ушбу монографияда буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоийнинг шахс ва давлат арбоби сифатидаги фазилатлари, бунёдкорлик фаолияти янги талқинлар асосида ёритилган. Улуғ бобокалонимизнинг ирфоний ва адабий-эстетик олами билан боғлиқ ўзига хос илмий қарашлар илгари сурилган. Буюк бешлик – “Хамса”да ижодкор бадиий концепцияси, она образининг поэтик талқини юзасидан илмий-назарий фикрлар билдирилган. Алишер Навоий ижодиётининг миллат адабий-эстетик тафаккури такомилига кўрсатган таъсири масалалари тадқиқ қилинган.
    Монография адабиётшунос ва навоийшунос олимлар, ёш тадқиқотчилар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

    Nurboy Jabborov
    3-152
    79   0
  • Maqolada Yunus Emro turkiy she’riyatda Xoja Ahmad Yassaviy ijodiy an’analarini munosib davom ettirgani ikki shoir asarlari qiyosiy tahlili asosida dalillangan. Ikki buyuk shoir asarlari uch yo‘nalishda qiyoslangan: 1) irfoniy mazmunning badiiy talqini; 2) badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik; 3) badiiy asar tili va ifoda usuli. Qiyosiy tahlil natijasida, birinchidan, Yunus Emroning ulug‘ bir irfon shoiri ekani, ikkinchidan, badiiy ijodda hazrat Xoja Ahmad Yassaviy an’analarini munosib davom ettirgani, uchinchidan, turkiy xalqlar adabiy-estetik tafakkuri yuksalishiga katta hissa qo‘shgani haqidagi xulosaga kelingan.

    Nurboy Jabborov
    91   163
  • Maqolada Alisher Navoiy an’analarining zamonaviy o‘zbek she’riyati namoyandasi Abdulla Oripov she’riyatida poetik yangilanishi masalasi tadqiq qilingan. Ikki shoir ijod konsepsiyasi, ular asarlarida milliy til ravnaqi masalasining yoritilishi, g‘azal janridagi an’ana va novatorlik, vazn borasidagi izdoshlik, hadislar mazmunini badiiy talqin etishdagi mushtarak va farqli jihatlar tahlil etilgan. Tahlillar natijasida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.

     

    Nurboy Jabborov
    112-125
    125   251
  • Maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan joy olgan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari qahramonlarining o‘limi tafsilotlari tahlil qilinadi. Dostonlar qahramonlari – Farhod va Shirin, Layli bilan Majnunning o‘limlari sababi yoritib berilgan. Shuningdek, ko‘pchilik o‘quvchilarning “bu qahramonlar o‘zlarini o‘ldirgan”, degan tasavvurlarining noto‘g‘ri ekanligi, bu qahramonlarning o‘zlarini o‘ldirishlari Navoiyning axloqiy-e'tiqodiy, ma'naviy qarashlariga mutlaqo zid ekani isbotlangan. Bu qahramonlarning o‘limi mutlaqo tabiiy ravishda, o‘zlari tomonidan biror-bir sababni yuzaga chiqarmasdan yuz bergani dostonlardan olingan misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Insonning eng chorasiz qolgan vaqtlarida ham o‘z joniga qasd qilmay, taqdirga rozi bo‘lib, duoning odobiga rioya qilgan holda Yaratuvchiga iltijo qilishi lozimligi xususida so‘z yuritiladi.

    Akramjon Dehqonov
    4-14
    95   148
  • Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoirning nashr qilingan she’rlari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida 903/IV, 906/VII raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmalari, Laffasiyning 12561 raqamli tazkira qo‘lyozmasiva, Matnazar Pirnazarovning “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)”si, Bolta Davlatovning “Xorazm haqiqati” gazetasi (1991-yil, 20-iyul soni), “Guliston jurnali” (1974-yil 7-soni), Polvonnazir Bobojonov (Laffasiy. Tazkirayi shuaro. 1992) tomonidan nashr qilingan she’rlari qiyoslab o‘rganilgan.
    Mutrib devoni qo‘lyozmasini joriy imlodagi nashri bilan qiyosiy o‘rganish natijasida aniqlangan farqlar ilmiy tasnif etilgan va tahlil qilingan. Qiyosiy tahlillar natijasida Mutrib devonining mukammal nashrlarini tayyorlash matnshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan ekanligi ta’kidlangan.

    Sohiba Madirimova
    15-26
    96   156
  • Maqolada Turkiston xalqlari uchun nihoyatda og‘ir va ziddiyatli bo‘lgan XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi choragida yashab, faoliyat olib borgan ma’rifatparvar adib, jonkuyar pedagog Siddiqiy-Ajziyning hayoti va ijod yo‘li haqida fikr yuritiladi. Ushbu adibning xalqimiz ma’rifatini o‘stirish, ijtimoiy ongini rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatgan fidokorona shijoati, sabr-matonati, zahmatli mehnati haqidagi mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek maqolada Siddiqiy-Ajziy vafot etganidan buyon o‘tgan salkam yuz yil ichida adibning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan deyarli barcha ishlarga munosabat bildirib o‘til- gan. Ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilingan.
    Siddiqiy-Ajziy XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Turkis-tondagi ijtimoiy, madaniy, fikriy va milliy uyg‘onish harakatining jonkuyar vakillaridan biri bo‘laganligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

    Tilovmurod Shaymardonov
    27-39
    194   236