Asalarichilik xo‘jaliklarida tropilelapsoz kasalligining epizootologiyasi

Annotasiya

Maqolada Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yuqori daromadli tarmog‘i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishda asalari mahsulotlari: asal, gul changi – o‘z xususiyatlari bo‘yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik mahsulotlari hisoblananishi, propolis, asalari zaxri, ona ari suti esa – tibbiyot va kosmetologiyada keng tarmoqda ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini bajaruvshi tabiiy maxsulot ekanligi talqin qilingan. Bundan tashqari keyingi yilllarda asalarichilik sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar asos qilib ko‘rsatilgan. Ammo asalarichilik sohasini rivojiga aks ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bu hozirgi kunda dolzarb masala hisoblangan asalarilarda uchrayotgan tropilelapsoz kasalligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Shu bilan birga epizootologik holatni o‘rganish Qashqadaryo viloyati hududidagi asalarichilik xo‘jaliklariga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish borasida tropilelapsoz kasalligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
CC BY f
5-9
60

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Baliyev, S., Uraqova, R., & Gaznakulov, T. (2024). Asalarichilik xo‘jaliklarida tropilelapsoz kasalligining epizootologiyasi. in Library, 2(2), 5–9. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/48857
Shavkat Baliyev, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti

Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti, Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi mudiri, veterinariya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim

R Uraqova, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
kichik ilmiy-xodim
T Gaznakulov, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
v.f.n., katta ilmiy xodim
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yuqori daromadli tarmog‘i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishda asalari mahsulotlari: asal, gul changi – o‘z xususiyatlari bo‘yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik mahsulotlari hisoblananishi, propolis, asalari zaxri, ona ari suti esa – tibbiyot va kosmetologiyada keng tarmoqda ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini bajaruvshi tabiiy maxsulot ekanligi talqin qilingan. Bundan tashqari keyingi yilllarda asalarichilik sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar asos qilib ko‘rsatilgan. Ammo asalarichilik sohasini rivojiga aks ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bu hozirgi kunda dolzarb masala hisoblangan asalarilarda uchrayotgan tropilelapsoz kasalligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Shu bilan birga epizootologik holatni o‘rganish Qashqadaryo viloyati hududidagi asalarichilik xo‘jaliklariga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish borasida tropilelapsoz kasalligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

20

5

1-noyabr 2024-yil.

UDK.: 638.15.02.03.07.08.

ASALARICHILIK XO‘JALIKLARIDA TROPILELAPSOZ

KASALLIGINING EPIZOOTOLOGIYASI


Uraqova R.M. -

kichik ilmiy-xodim

Baliyev Sh.K.

– v.f.f.d., katta ilmiy xodim

Gaznakulov T.K.

– v.f.n., katta ilmiy xodim

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti


Annotatsiya

. Maqolada

Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yuqori

daromadli tarmog‘i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishda asalari mahsulotlari:
asal, gul changi – o‘z xususiyatlari bo‘yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik
mahsulotlari hisoblananishi, propolis, asalari zaxri, ona ari suti esa – tibbiyot va
kosmetologiyada keng tarmoqda ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini
bajaruvshi tabiiy maxsulot ekanligi talqin qilingan. Bundan tashqari keyingi yilllarda
asalarichilik sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning
zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish
bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar asos qilib ko‘rsatilgan. Ammo
asalarichilik sohasini rivojiga aks ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bu hozirgi kunda dolzarb
masala hisoblangan asalarilarda uchrayotgan tropilelapsoz kasalligi to‘g‘risida so‘z
yuritilgan. Shu bilan birga epizootologik holatni o‘rganish Qashqadaryo viloyati
hududidagi asalarichilik xo‘jaliklariga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish borasida
tropilelapsoz kasalligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.

Аннотация.

В статье в развитии пчеловодства, считающегося

высокорентабельной отраслью сельского хозяйства в нашей республике,
продукты пчеловодства: мед, пыльца- считаются пищевыми, лекарственными и
косметическими продуктами по своим характеристикам, прополис, пчелиный
яд, пчелиное молоко.–лекарственное средство и трактуется как натуральный
продукт, действующий как мощный биостимулятор, широко используемый в
косметологии. Кроме того, в качестве основы показаны принятые нашим
Правительством решения по регулированию отрасли для развития отрасли
пчеловодства, внедрения современных и инновационных методов производства
меда и медовых продуктов в последующие годы. Однако факторами,
влияющими на развитие отрасли пчеловодства, на сегодняшний день является
актуальная проблема тропилалепсиоза у пчел. При этом особое внимание было
уделено изучению эпизоотологической ситуации и оказанию научно-
практической помощи пчеловодческим хозяйствам Кашкадарьинской области.

Annotation.

In the article in the development of beekeeping, which is

considered a highly profitable branch of agriculture in our republic, bee products:
honey, pollen - are considered food, medicinal and cosmetic products by their
characteristics, propolis, bee venom, bee milk. - a medicine and is interpreted as a
natural product acting as a powerful biostimulant, widely used in cosmetology. In
addition, as a basis, the decisions taken by our Government to regulate the industry
for the development of the beekeeping industry, the introduction of modern and


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

20

6

1-noyabr 2024-yil.

innovative methods of producing honey and honey products in the coming years are
shown. However, the factors influencing the development of the beekeeping industry
today is the urgent problem of tropilalepsiosis in bees. At the same time, special
attention was paid to the study of the epizootological situation and the provision of
scientific and practical assistance to beekeeping farms in the Kashkadarya region.

Kalit so‘zlar.

Asalari

,

kasallik, kana, tropilelapsoz, xo‘jalik, qo‘zg‘atuvchi,

tropilylaps clareae, asal, gul changi, asalari zaxri, ona ari suti.

Mavzuning dolzarbligi

. Respublikamizda asalarichilik qishloq xo‘jaligining

yuqori daromadli tarmog‘idir. Asalari mahsulotlari: asal, gul changi – o‘z
xususiyatlari bo‘yicha oziq-ovqat, dorivor va kosmetologik mahsulotlari hisoblanadi;
propolis, asalari zaxri, ona ari suti – tibbiyot va kosmetologiyada keng tarmoqda
ishlatiladigan kuchli biostimulyator vazifasini bajaradi. O‘zbekiston asalarilarni
ko‘paytirish va boqish bo‘yicha tarixiy markazlardan biri bo‘lib, quyoshli tabiati
asalarichilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Keyingi yilllarda asalarichilik
sohasini rivojlantirish, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va
innovatsion uslublarini joriy etish uchun sohani tartibga solish bo‘yicha
Respublikamiz Prezidenti tomonidan bir qator qarorlar qonun hujjatlari qabul qilinib,
ularning ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16
oktyabrdagi PQ-3327-son

qarori, hamda

V

azirlar Mahkamasining 12.06.2023 yildagi

asalarichilik tarmog‘ini qullab-quvvatlash va qishloq xo‘jalik ekinlarini asalari bilan
changlatishga doir qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorlari asalarichilik
tarmog‘ini yanada takomillashtirishda xizmat qiladi. Asalari bejizga etti xazinaning
biri deyilmaydi. Uning asali, zahri, suti propolisi, gulchangi ko‘pgina xastaliklarga
davo, mumi esa sanoatimizda muhim xomashyo hisoblanadi. Asalarilar o‘simlik
gulini chetdan changlantirishi natijasida, ularning turlarini sog‘lomlashtirish va
yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi va ularning hosilini
ma’lum darajada oshiradi. Er yuzida insoniyatga ma’lum bo‘lgan o‘simliklarning
80% ga yaqini oraliq changlanish natijasida tugun tugadi, meva, urug‘, hosil kiladi.
Oraliq changlanishga muhtoj barcha o‘simliklarni beshdan to‘rt qismi hasharotlar
yordamida changlanadi umuman asalarilarning insoniyatga foydasi beqiyosdir. Biroq
xozirgi kunda bu noyob hashoratga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan asrash
dolzarb mummolardan biri hisoblanadi. Jumladan asalarilar orasida hozirgi kunda
ko‘p uchrayotgan parazit kana chaqiruvchi Tropilelapsoz kasalligi asalarichilikka
katta iqtisodiy zarar keltirishi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Tropilelapsoz:

qo‘zg‘atuvchisi (

Tropilaelaps

clareae

)

kanasi och sariq

jigarrang, o‘lchami (0,9-1) x (0,5-0,6) mm. Ust qismi qisqa qattiq to‘plamlar bilan
qoplangan; orqa chekka to‘plamlar uzun va elastik. Og‘iz apparati ari nasli bilan
oziqlanishiga imkon beradi katta asalarilarning segmentlararo bo‘laklarini teshishga
qodir emas. Urug‘langan urg‘ochi lichinka bilan hujayra devoriga 3-4 tuxum qo‘yadi.
24 soatdan keyin tuxumdan protonimfa chiqib keyin deytonimfaga, so‘ngra katta
kanaga aylanadi. Hujayradagi erkak va urg‘ochilarning nisbati 1:1. hujayralardan
chiqqan yosh urg‘ochilar 1-2 kun ichida tuxum qo‘yishga qodir bo‘ladi. Butun


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

20

7

1-noyabr 2024-yil.

rivojlanish davri 8-9 kun davom etadi. Kanalarning asosiy ari zoti bo‘lgan hujayralar
ichida joylashgan bo‘ladi va katta asalarilarda arzimas miqdordagi parazitlar topiladi.
Kana aridan transport vositasi sifatida foydalanadi va zararlanish natijasida asalari
zotlarining o‘limiga olib keladi.

1-2 rasm. Chapdan Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligiga qarashli lasalarichilik

xo‘jaliklarida epizootik holatni o‘rganish o‘ngdan zararlangan asalari romlai


Tadqiqot maqsadi.

Respublikamiz aholisini sifatli asal mahsulotlariga bo‘lgan

talabini qondirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda oilalari ko‘payishiga, aholini
da asalari kasalliklarining oldini olish va asalarichilik xo‘jaliklariga amaliy yordam
ko‘rsatishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari.

asalari kasalliklari tarqalishini aniqlash, diagnostik

tekshirishlarni o‘rganish, oldini olish va qarshi kurash choralarini amaliyotga tadbiq
etish.

Tadqiqot

materiallari va uslublari

Tadqiqotlarimizni Qashqadaryo viloyati

o‘rmon xo‘jaligiga qarashli lasalarichilik xo‘jaliklarida olib borildi. Ushbu hududdagi
asalarichilik xo‘jaliklarida Tropilelapsoz kasalliklarining uchraganligi sababli
epizootologik tekshirish ishlari olib borildi, veterinariya-sanitariya va profilaktik
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Asalarichilik xo‘jaliklarida ari oilalari orasida
xozirgi kunda kana chaqiruvchi kasalliklar yangi paydo bo‘lgan tropilelapsoz
kasalligi tez-tez uchrab turishi aniqlandi va amaliy yordam sifatida oldini olish
choralari amalga oshirildi.

Tropilelapsoz kasalligi tadqiqot jarayonlarida

xarakterli klinik belgilari, hamda

patologik materialning laboratoriya tekshiruvlari natijalariga qarab tashhis qo‘yildi
ya’ni tropilaelaps kanasi uyaga kirish joyi yaqinida va uyalar tubida lichinkalar,
g‘umbaklar va yovvoyi asalarilar topilishi katta arilarni ko‘p zararlantirolmasligi
asosan ona ari qo‘yayotgan tuxumlarni lichinkalarni zararlashiga ahamiyat qaratildi.
Kana arilarning tuxumlari va lichinkalari bilan oziqlangandan so‘ng ramka
mumkataklarida (gniliz) chikish xosil bo‘lishi aniqlandi. trapilaelapsoz kasalligi
varroatoz bilan aralash kechib, bunda ishchi arilar varroatoz bilan zararlansa,
trapilaelapsozda esa ona ari quyayotgan tuxumlari va lichinkalari zararlanish
natijasida nobud bo‘lishi aniqlandi. Trapilaelapsoz bilan zararlangan asalari oilalarida
lichinkalarning rivojlanishi kechikadi yoki rivojlanmay qolishi kana bilan zararlangan
g‘ummbaklarni olib tashlashga qaramay, aralar kaloniyasi tezda zaiflashib o‘lishi
asalarilar oilalariga katta iqtisodiy zarar keltirishi aniqlandi.


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

20

8

1-noyabr 2024-yil.

3-4 rasmlar. Chapdan Tropilaelaps

clareae

kanasi bilan zararlangan asalari

g‘umbaklari o‘ngdan

Tropilaelaps

clareae

kanasinig mikroskopik kurinishi

Tropilelapsozga diagnoz qo‘yishda

. Epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar,

arilar tanasi va ramka mumkataklarida joylashgan ari lichinkalari sinchiklab
tekshirildi, mikroskopik tekshirish o‘tkazilib, morfologiyasi morfosistematikasi
o‘rganilib kana turi aniqlandi. Ajratib olingan kana turalari taqqoslanib yakuniy
diagnoz qo‘yildi.

Kasalllikning

oldini olish va qarshi kurashish choralari.

Tropilelapsozini

oldini olish va qarshi kurashishda

tropilaelaps kanasiga qarshi

kurashish va davolashda to‘rtburchak salfetka 4-5 qavat qilib, tayyorlanadi va salafan
paketchaga solinadi. Safetkaga solingan salafan usha arilar uyasiga qo‘yilayotgan
tomoni, ya’ni osti pichoqcha bilan yoriladi. Qo‘llanayotgan preparatlarning ari
uyasiga hidi chiqishi uchun. Asalari uyasi qutilardagi ramkalarga (1 ta ramkaga 1 ml
xisobida) ya’ni har bir oilaga mos ravishda 85 foizli chumoli kislotasidan
tayyorlangan salafan paketcha ichiga shprits bilan shimdiriladi va ari uyasiga
qo‘yiladi. Ushbu preparat bilan 5-6 kunda bir marta ishlov berish tavsiya etiladi.
So‘ngra preparatning samaradorligiga qarab ishlov muddati o‘zaytiriladi. Asalarilar
parvarishlanayotgan hududdagi 7 km radius joy nazoratga olinish lozim. Atrofda
asalarichilik xo‘jaliklari bor yo‘qligi aniqlanadi usha xo‘jaliklarda ham zararlanganmi
yo‘qmi ma’lumotlarni aniqlash zarur. Kasallangan asalari uyalarini boshqa erlarga
kuchirib o‘tkazish taqiqlanadi.

Tadqiqot natijalari.

Qashqadaryo, viloyati asalarichilik xo‘jaliklarida olib

borilgan tadqiqotlarda asalarilarda uchraydigan tropilelapsoz kasalliklarining
epizootologik holati aniqlandi diagnostik tekshirish usullari o‘tkazildi va ushbu
kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar tadqiqotlar amalga oshirildi asalarichilik
xo‘jaliklariga amaliy yordam ko;rsatildi hamda tavsiyalar ishlab chiqildi

Xulosa:

Tropilelapsoz bugungi kunda asalarilarning eng xavfli kasalligi bo‘lib,

kanalar asalari lichinkalari etilayotgan g‘umbaklari bilan oziqlanib, parazitlik qilib
yashaydi. Agar kasallikka qarshi kurashilmasa asalari oilasi nobud bo‘lishi bilan
birga asaarilar avlodi yo‘qolib ketishi mumkin. Asalari kasalliklarining oldini
olishning eng asosiy yo‘llaridan biri – bu veterinariya qoidalariga asosan har yili
barcha asalari oilalarini veterinariya vrachi ko‘rigidan o‘tkazish va asalarilarga
bahorda tarkibida vitaminli preparatlarni qo‘shimcha oziqa sifatida berish maqsadga


background image

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida

|

TO‘PLAM – 2/24

20

9

1-noyabr 2024-yil.

muvofiq. Asalarilarni normal boqish tadbirlari ko‘rilgan joylarda asalarilar juda kam
kasallanadi. Asalarilardagi ko‘pgina kasalliklar deyarli bir xil belgiga egadir. Shuning
uchun ham faqat mutaxassislargina kasallikni aniqlay olishlari va unga qarshi
muvaffaqiyatli davolash tadbirlarini qo‘llashlari mumkin. Kasallikni aniqlash,
ko‘pincha turli tashhislar qo‘yish yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham
kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilanoq, kasallangan asalarilardan va
uning naslidan namuna olib, yaqin oradagi veterinariya laboratoriyalariga murojaat
qilish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Элмуродов, Б., Давидов, О., Уракова, Р., & Рахимов, М. (2022).

Распространение и меры борьбы с пчелиным тропилапсозом в Узбекистане.

in

Library

,

22

(4), 19-21.

2.

Уракова, Р. М., Салимов, Х. С., Салимов, И. Х., & Джураев, О. А. (2021).

Значение патологоанатомических исследований в диагностике брадзота
овец.

Academic research in educational sciences

,

2

(6), 912-917.

3.

Уракова, Р., & Джураев, О. (2022). Балиқларнинг лигулёз билан

зарарланишидаги ўзгаришлар.

Перспективы развития ветеринарной науки и её

роль в обеспечении пищевой безопасности

,

1

(2), 219-223.

4.

Рахимов, М., Давидов, О., Элмуродов, Б., & Уракова, Р. (2022).

Распространение болезни тропилелапиоза пчел в Узбекистане и меры борьбы с
ним.

in Library

,

22

(4), 19-21.

5.

Уракова, Р. (2022). Результаты биопробы у морских свинок при

брадзоте.

Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении

пищевой безопасности

,

1

(2), 224-227.

6.

Uraqova, R. M., & Salimov, H. S. (2021). The causative agent of bradzot's

disease is CL. results of laboratory determination of 50% and 100% lethal doses
(LD50 and LD100) of oedematiens strain.

ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research Journal

,

11

(7), 136-140.

7.

Салимов, И. Х., Салимова, Д. И., & Уракова, Р. М. ИЗУЧЕНИЕ

КЛИНИЧЕСКИХ

ПРИЗНАКОВ

И

ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ

ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ.
8.

Салимов, Х., Урақова, Р., & Менглиев, А. (2024). Определение

иммуногенности экспериментальной серии местной моновалентной вакцины
ГОА против брадзоита овец на морских свинках.

in Library

,

2

(2), 178-185.

9.

Салимов, Х. С., Урақова, Р. М., & Менглиев, А. С. (2024). ҚЎЙЛАР

БРАДЗОТ КАСАЛЛИГИГА ҚАРШИ МАҲАЛЛИЙ МОНОВАЛЕНТ ГОА
ВАКЦИНА ТАЖРИБА СЕРИЯСИНИ ИММУНОГЕНЛИГИНИ ДЕНГИЗ
ЧЎЧҚАЧАЛАРИДА АНИҚЛАШ НАТИЖАЛАРИ.

Ustozlar uchun

,

1

(1), 178-

185.
10.

Урокова, Р. (2022). Клинические признаки лигулеза рыб.

in Library

,

22

(4),

24-25.
11.

Урокова, Р. (2019). Довольно опасное заболевание.

in Library

,

19

(3), 15-

16.

Bibliografik manbalar

Элмуродов, Б., Давидов, О., Уракова, Р., & Рахимов, М. (2022). Распространение и меры борьбы с пчелиным тропилапсозом в Узбекистане, in Library, 22(4), 19-21.

Уракова, Р. М., Салимов, X. С., Салимов, И. X., & Джураев, О. А. (2021). Значение патологоанатомических исследований в диагностике брадзота овец. Academic research in educational sciences, 2(6), 912-917.

Уракова, P., & Джураев, О. (2022). Балиқларнинг лигулёз билан зарарланишидаги ўзгаришлар. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 7(2), 219-223.

Рахимов, М., Давидов, О., Элмуродов, Б., & Уракова, Р. (2022). Распространение болезни тропилелапиоза пчел в Узбекистане и меры борьбы с ним. in Library, 22(4), 19-21.

Уракова, Р. (2022). Результаты биопробы у морских свинок при брадзоте. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 7(2), 224-227.

Uraqova, R. М., & Salimov, Н. S. (2021). The causative agent of bradzot's disease is CL. results of laboratory determination of 50% and 100% lethal doses (LD50 and LD100) of ocdcmaticns strain. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(7), 136-140.

Салимов, И. X., Салимова, Д. И., & Уракова, Р. М. ИЗУЧЕНИЕ КЛИНИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ И ПАТОЛОГОАНАТОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ БРАДЗОТЕ ОВЕЦ.

Салимов, X., Уракова, Р., & Мснглисв, А. (2024). Определение иммуногенности экспериментальной серии местной моновалентной вакцины ГОА против брадзоита овец на морских свинках, in Library, 2(2), 178-185.

Салимов, X. С., Уракова, Р. М., & Менглиев, А. С. (2024). ҚЎЙЛАР БРАДЗОТ КАСАЛЛИГИГА ҚАРШИ МАҲАЛЛИЙ МОНОВАЛЕНТ ГОА ВАКЦИНА ТАЖРИБА СЕРИЯСИНИ ИММУНОГЕНЛИГИНИ ДЕНГИЗ ЧЎЧҚАЧАЛАРИДА АНИҚЛАШ НАТИЖАЛАРИ. Ustozlar uchun, /(1), 178-185.

Урокова, Р. (2022). Клинические признаки лигулеза рыб. in Library, 22(4), 24-25.

Урокова, Р. (2019). Довольно опасное заболевание, in Library, 79(3), 15-16.