Modern education and development _
160
NARXLARNING O’SISHI
Kamola Otaboyeva Gʻayrat qizi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Buxgalteriya hisobi va menejment
fakulteti talabasi
O’rinboyeva Yulduz Pirnazarovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazaryasi kafedrasi
dotsenti
Abstract:
Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasining so’ngi yillardagi
iqtosodiyotdagi narx munosabatlari va narx hajmining o’sishi, o’zgarishi
(inflyatsiya) haqida umumiy ma’lumot beradi.
Keywords:
Narx shakllanishi, inflyatsiya, talab inflyatsiyasi, sarf xarajatlar
inflyatsiyasi, Markaziy Bank, soliq islohoti, iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish,
narxlarni liberallashtirish, ob-havo va iqlim sharoitlari
Kirish
Narx –
real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narx shakllanishi
- tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator
omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx
shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa
Modern education and development _
161
koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy faoliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir
koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi.
Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud.
Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va
xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va
maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx
shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi
firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi. Narx shakllanishining
bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash
qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish
va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi
kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir
daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng
quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun
maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan
yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi
kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni
moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan
bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi
xaridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi
zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda
kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi.
Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki
ularning xaridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh
(oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma
belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini
moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida
amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin
belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Modern education and development _
162
Inflyatsiya
- lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, ‘o’sish’, ‘ortish’,
“ko'tarilish” degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi
umumiy darajasining oshishi tushuniladi. Inflyatsiya haqida ko’plab horij
davlatlari ham o’z fikr nazaryalarini aytib o’tishgan
Talab inflyatsiyasi:
Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda yalpi talabning
keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish
mumkin bo'lmay qolishi hisoblanadi. Ortiqcha talab - narxlarning oshib ketishiga
sabab boʻladi. Narxlar oshganda foydaning oshirishga imkon tug'iladi. Shunda
ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni kengaytib, qo'shimcha ishchi kuchi
yollashadi, ishsizlik darajasi pasayadi va buning oqibatida ish haqi oshadi, lekin,
kelajakda talabning yanada oshishiga va narxlarning ko'tarilishiga olib keladi.
Sarf xarajatlar inflyatsiyasi:
Bu yerda ikki xil dastlabki holat bo'lishi
mumkin, ish haqi oshishi (kasaba uyushmalarning yoki ishchilarning talabi
natijasida) yoki xom ashyo va yoqilg'ining (import narxlarining oshishi, qazib
chiqarish shartlarining oʻzgarishi, transport xarajatlarning oshishi va boshq.)
qimmatlashishi natijasida sarf xarajatlar inflyatsiyasi kelib chiqadi.
2023 yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha
0,2 foizga arzonlashgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning
iyul oyida narxlar va tariflarda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 0,9 foizga
arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pulli xizmatlar
ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.Iste’mol sektoridagi
narxlarning yillik o‘sish darajasi 8,9 foizga yetdi. Yil boshidan buyon iste’mol
sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,3 foizga o‘sgan dep xabar beradi kun.uz
nashryoti. Bu malumotlarni 2022-yil hisobiga ko’ra tahlil qiladiga bo’lsak. 2022-
Yil davomida iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 12,3 foizga yetdi,
o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 1 foizni tashkil qildi. 2022-yilning dekabrida
narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy
davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,7 foizga oshdi. Nooziq-ovqat mahsulotlar
narxlari ushbu davrda 0,8 foizga, xizmatlar narxlari 1,1 foizga oshdi. Oziq-ovqat
Modern education and development _
163
mahsulotlari 2022-yil davomida narxlar oshishi bo‘yicha sezilarli ustunlik bilan
yetakchilik qildi — 15,6 foiz, 1,2 foizlik o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati. Nooziq-
ovqat mahsulotlar yil davomida 10,7 foizga qimmatlashib, o‘rtacha oylik o‘sish
sur’ati 0,9 foizni tashkil etdi. Pullik xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati 2022-
yilda 8,4 foizga yetib, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,7 foiz bo‘ldi. Ma’lumot
uchun O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 2020-yilda 11,2 foizni, 2021-yilda 10
foizni tashkil qilgan edi.
O‘zbekistonda narxlarning oshishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi.
Markaziy bank 2018 yil II choragi yakuni bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda
jami 437 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. So‘rovnomani o‘tkazish
jarayonida respublika iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
“O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AJ,
“O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ,
“O‘zavtosanoat” AJ va “O‘zeltexsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda
«Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy tog‘-kon metallurgiya
kombinati» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekiston havo yo‘llari»
MAK kabi yirik korxona va tashkilotlar qamrab olingan.
So‘rovnoma doirasida korxona va tashkilotlarda mahsulotlar (ish,
xizmatlar) narxlarining o‘zgarishi o‘rganilganda, respondentlarning 38 foizi
so‘nggi chorak mobaynida narxlarni oshirganligini qayd etgan. Bunda, ushbu
korxona va tashkilotlarning 82 foizida narxlar 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda
oshirilgan bo‘lib, respondentlarning 31 foizida narxlarning oshishi 1-5 foiz
oralig‘ida, 39 foizida 6-10 foiz oralig‘ida hamda 12 foizida 11-15 foiz oralig‘ida
shakllangan. Tarmoqlar kesimida qaralganda, korxona va tashkilotlarning tog‘-
kon sanoatida 60 foizida, kimyo sanoatida 47 foizida, qurilish materiallari
sanoatida 39 foizida, oziq-ovqat sanoatida 40 foizida va yengil sanoatda 32
foizida mahsulotlar narxlari joriy yilning I choragiga nisbatan oshgan.
Qurilish ishlari sohasida respondent korxona va tashkilotlarning 77 foizida,
transport sohasida respondent korxona va tashkilotlarning 48 foizida, tibbiy
Modern education and development _
164
xizmat sohasida esa faqatgina 22 foizida ish va xizmatlar narxlari
oshirilgan. Bunda, respondentlarning 65 foizi narxlar oshishining asosiy sababi
sifatida xom-ashyolar narxlarining oshishini ko‘rsatgan. Xususan, xom-ashyolar
narxlarining oshishi korxona va tashkilotlarning 22 foizida 1-5 foiz oralig‘ida, 39
foizida 6-10 foiz oralig‘ida, 16 foizida esa 11-15 foiz oralig‘ida shakllangan. O‘z
navbatida, respondentlarning 40 foizi so‘nggi chorak davomida import qilingan
xom-ashyolar narxining oshganligini ma'lum qilgan deb xabar beradi kun.uz
ijtimoiy tarmog’i.
Narxlar o‘sishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy nomonetar
omillar.
Markaziy bankning narxlar darajasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
asosiy nomonetar omillarni e'lon qildi. Bu haqda MBning pul-kredit siyosati
sharhida aytilgan. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda inflatsiya dinamikasiga to‘rtta
omil ta'sir qilishi mumkin.
Birinchi navbatda, bu
iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish.
U investitsiya
jarayonlarini jadallashtirishga olib keladi. Bu esa mahalliy mahsulotlarga
talabning
oshishi,
narxlarga
bosimni
yuzaga
keltiradi.
Shuningdek,
investitsiyalarni jalb qilish import mahsulotlariga talabning oshishi, xorijiy
valutaga talabning ortishiga olib keladi. Bu valuta kursiga bosimni yuzaga
chiqaradi, natijada import narxlari o‘zgarishi mumkin.
Yana bir omil -
tartibga solinadigan narxlarni liberallashtirish.
Energiya
resurslari narxlarini ularni ishlab chiqarish rentabelligi darajasigacha olib chiqish
mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxi hamda xarajatlarining
oshishi olib keladi, bu narxlarga bosimni yuzaga keltiradi.
Uchinchi omil -
ob-havo va iqlim sharoitlari.
Aynan esa - ob-havo va iqlim
sharoitlarining asosiy iste'mol mahsulotlari narxlari bilan yuqori korrelyatsiyasi,
shuningdek, suv resurslari va unumdor yerlarning cheklanganligi hamda
Modern education and development _
165
ma'lumotlarning yuqori nosimmetrikligi. Bularning bari, MB fikricha, oziq-ovqat
tovarlari narxlariga mavsumiy bosimga olib kelishi mumkin.
So‘nggi omil -
soliq islohoti.
U norasmiy aylanmani qisqartirish va soliq
yukini odilona taqsimlanishi maqsadida soliqqa tortishdagi o‘zgarishlarni nazarda
tutadi. Narxlarga norasmiy aylanmaga ega bo‘lgan kichik biznes uchun soliq
yukining oshishi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, aylanmani yashirish orqali soliqlardan
qochish esa naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi tafovutga olib keladi.
Shuningdek, soliqlardan qochish naqd xorijiy valutaga talabning oshishini keltirib
chiqarishi mumkin, bu valuta kursiga hamda import narxlariga bosimni keltirib
chiqaradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G‘afiirov. “Iqtisodiyot nazariyasi” (darslik). Т .,
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005, 784 bet. A/as W mu/iamr: M. Mirkomilov
Tagrizchi/ar: i.f.d. A/frzavev / Q., f.fd. Kj/tobov /4. К, /./с/ ffamtvyer O. //., f.f.d.
ЛЬн/gosfmov X. P, /././?. ffos/i/mov P Z.
2.
Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isam uxam etov. Iqtisodiyot nazariyasi. (Darslik) -
Т.: «Инновацион ривожланиш наш риётматбаа уйи», 2020. 526 Ь. M .A. M
ahkamova - i.f.d., prof., TDTU X.P.Abulqosimov - i.f.d., prof., 0 ‘zMU;
A.F.Rasulev - i.f.d., prof., TDRJ; A.M.Tursunov - i.f.n., dots., TDTU.
3.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/18/wheat/
61 Osnovi ckonomichcskoy teorii. Politckonomiya: Uchebnik /Pod red. d -га
ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd.3-ye,ispravl.-М.:Editorial URSS,2003,s. 88.
7Ye.F. Borisov. Ekonomicheskaya teoriya. Ucheb. — 2-ye izd.. pererab. i dop. -
М.: T K Velbi, Izd-vo Prospekt. 2005, s. 144.
8Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. red. akad.
V.I.Vidyapina, A .I.D obrinina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. — М.: IN FR
A -M . 2005, s. 143.
