Развитие исследовательских компетенций у студентов ветеринарных вузов на основе интегративного подхода

Аннотация

Сегодня принятие государственного образовательного стандарта высшего образования на основе компетентностного подхода объясняется тем, что компетентно мыс- лящая молодежь возникла в результате интеграции высшего образования, студентов, науки и производства.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
107-111
4

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Нарзиева N. (2025). Развитие исследовательских компетенций у студентов ветеринарных вузов на основе интегративного подхода. in Library, 1(3), 107–111. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/104434
Наргиза Нарзиева, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Сегодня принятие государственного образовательного стандарта высшего образования на основе компетентностного подхода объясняется тем, что компетентно мыс- лящая молодежь возникла в результате интеграции высшего образования, студентов, науки и производства.


background image

107

Kasb-hunar ta’limi №2, 2024

NARZIYEVA N.N.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

mudiri, dotsent

INTRODUCTION.

Ta’lim

sifatiga

zamonaviy yondashuvning tahlillari shuni

ko‘rsatmoqdaki, talabalarni hayoti davomida

o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil

ravishda muntazam oshirib borish va hayot

tajribasidan foydalangan holda kundalik

turmushda uchraydigan muammolarni hal

eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish,

asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil

qila bilish samarali omillardan hisoblanadi.

Ushbu holat talabalarning ijodiy faolligini

oshiradi, tadqiqotchilik kompetensiyalarini

rivojlantirishga asos yaratadi, bu esa

talabalarning o‘z kasb yo‘nalishini tanlashlarida

o‘ta muhimdir.

Undan tashqari, butun dunyoda bo‘layotgan

ta’lim sohasidagi islohotlar ham, xususan

Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa

va Amerika qit’alaridagi 10-15 yildan buyon

amalga oshirilayotgan ta’limga oid islohotlar

ta’sirida O‘zbekistonning kompetensiyali

ta’lim strategiyasi yaratildi.

O‘quv jarayoniga ta’limning interfaol

shakllari, texnologiyalari – integrativ dars,

integrativ kun, o‘quvchini tanqidiy fikrlashga

undovchi metodlar jadal joriy qilinmoqda.

Ta’limning globallashuvi hamda sog‘lom

va muammoli ta’lim muhitini tashkil etish

orqali bolalarni birgalikda o‘qitish maqsadiga

xizmat qiladigan integrallashgan ta’limni

tashkil qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Integrallashgan kasblar paydo bo‘lmoqda.

Talabalarni tadqiqotchilik kompetensiyalarini

rivojlantirishda esa integrasiyalashgan

ta’limning o‘rni ayniqsa, muhimdir.

Research

Methodology.

Talabalarda

tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish

jarayoniga integrativ yondashuvni qo‘llash

va unda axborotlarni qayta ishlash

texnologiyasidan foydalanish pedagogikada

Annotatsiya.

Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oliy ta’limning

davlat ta’lim standartini qabul qilinishi oliy ta’lim, talaba, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan

integratsiyalashuv natijasida kompetentli fikrlovchi yoshlar vujudga kelganliklari bilan izohlanadi.

Аннотация.

Сегодня принятие государственного образовательного стандарта высшего

образования на основе компетентностного подхода объясняется тем, что компетентно мыс

-

лящая молодежь возникла в результате интеграции высшего образования, студентов, науки и

производства.

Abstract.

Today, the adoption of the state educational standard of higher education based on

the competency-based approach is explained by the fact that competently thinking youth arose as a

result of the integration of higher education, students, science and production.

Kalit so‘zlar:

veterinariya, integratsiya, integrativ funksiya, integratsiyalash, integrativ

yondashuv, talabaning ijodiy faolligi, tadqiqotchilik kompetensiyalari.

Ключевые слова:

ветеринарная медицина, интеграция, интегративная функция, инте

-

грация, интегративный подход, творческая деятельность студентов, исследовательские ком

-

петенции.

Key words:

veterinary medicine, integration, integrative function, integration, integrative

approach, creative activity of students, research competencies.

VETERINARIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA

TALABALARDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA

TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH


background image

108

Kasb-hunar ta’limi №2, 2024

o‘ziga xos innovatsion yondashuv bo‘lib, uning

yordamida tadqiqot jarayonida ijobiy sifat

o‘zgarishi va yuqori samaradorlikka erishiladi.

Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy, texnologik

islohotlarga bog‘liq. Bu islohotlarning barchasi

talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini

rivojlantirishga asoslangan.

Ma’lumki, Integratsiya(lot. integratio —

tiklash, to’ldirish, integer — butun so‘zidan

olingan) — 1) sistema yoki organizmning

ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro

bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib

boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;

2) fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro aloqa

jarayoni, differensiatsiya bilan birga kechadi;

3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini

o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.

Integrativ yondashuv – axborotlarni tashkil

qiluvchi cheksiz ko‘p kichik qismlarning

o‘zaro ajralmas bog‘liqligi, ularning yaxlitligi,

bir butunligi asosida yagona to‘g‘ri xulosani

aniqlash jarayonidir.

Bu yondashuv o‘rganilayotgan bilimlarning

didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo‘lishi,

bilimlarga tizimli yondashish, talabalar

bilimlarini egallashning eng maqsadga muvofiq

yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.

Integrativ yondashuv ta’lim-tarbiya

jarayonlariga kompleks yondashuv, tizimiy

yondashuv, tizimiy tahlil tadqiqot metodlarini

joriy etishda va bilishning induksiya hamda

deduksiya metodlaridan foydalanishda qo‘l

keladi.

Integrativ yondashuv ta’lim va tarbiyani

iyerarxik tizim sifatida qarab, ular ustida olib

boriladigan tadqiqotlar olib borishda ijobiy

samaralarni kafolatlaydi.

O‘quv jarayoni professor-o‘qituvchining

o‘qitish vositalari yordamida ta’lim

oluvchilarga ma’lum bir sharoitda, muayyan

ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim

natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi,

texnologiyalashgan ta’limiy tadbirlar olib

borishda rivojlanib boradi.

Integrativ yondashuv bilimlarni

o‘zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab

oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish,

muammoning yechimini baholash faoliyatni

tashkil qilish metodlarini o‘z tarkibiga oladigan

kompleks integrativ jarayondan iborat.

Integratsiya – ta’lim jarayonida ta’lim

berishning maqsad va vazifalarini bir

butunlikda birlashtirishdir.

Integrativ funksiya – bu funksiya oliy ta’lim

va ishlab chiqarishni bog‘lovchi bo‘g‘imdir.

Bunda oliy ta’lim mazmunidagi barcha

tashkil etuvchi elementlar majmuasini – bilim,

ko‘nikma, malaka, kompetensiya, me’yor,

pedagogik tizimlarni o‘zida mujassamlab:

bilimlarni tizimlashtirishni tashkil etish,

talabalarda har xil predmetlarda o‘tiladigan

va texnik, texnologik jarayonlarda sodir

bo‘ladigan hodisalar, tushunchalar, g‘oyalar,

nazariyalar orasidagi o‘zaro integrasiya va

har tomonlama bog‘lanish borligini o‘rnata

olish kompetensiyalarni rivojlantirish; bu

bog‘lanishlar ilmiy va kasbiy bilimlarni

chuqurlashtirishga yordam beruvchi ekanini

tushuntirishni ta’minlash; talabalarda

tadqiqotchilik, ijodkorlik masalalarini nazariy

to‘g‘ri texnik va amaliy jihatdan maqsadga

muvofiq yechishda, turli o‘quv predmetlarini

o‘rganishda olgan bilim va mahoratlari asosida

texnikaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik,

tashkiliy-pedagogik tizimlar maqsadi,

mezoni va vazifasini to‘g‘ri rivojlantirish

kompetensiyalarini hosil qilishlarini nazarda

tutadi.

Integratsiyalash – lotincha “integer” -

umumiylik, “integerara” - umumiylikni

to‘ldirish, yaratish, tiklash degan

ma’noni bildirib, u ta’lim mazmunidagi

uyg‘unliklarni ta’minlash muammolari

ham integratsiyalashning shug‘ullanadigan

sohasi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyada esa

bilimlar, tushunchalar, ko‘nikmalar malaka

va kompetensiyalarni rivojlantirishlarni

umumlashtirib, qonun yoki qoida ko‘rinishiga

keltirishni amalga oshiradi.

Integratsiyalash tushunchasi muhim

ilmiy termin bo‘lib, u umumlashtirish,

xulosalashlarda metodologik vosita bo‘lib


background image

109

Kasb-hunar ta’limi №2, 2024

hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon

va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy

uyg‘unlik algoritmlari yaratiladi.

Tadqiqot ishlarini bajarishda va turli

fanlardagi ta’lim mazmunlarini umumlashtirish

va to‘ldirishda integratsiyalash jarayoni doimo

qo‘l keladi va ko‘zlangan maqsadga erishishni

kafolatlashga yordam beradi.

O‘qitish mazmunini integratsiyasi – o‘zaro

ta’sir, aloqa, bir-biriga o‘tish jarayoni va

natijalari, bilimlar sintezi, faoliyat turlari

va iqtidori (qobiliyati) yaxlit bir tizim deb

tushunilishidir. Veterinariya oliy ta’lim

muassasalarida o‘quv fanlarini, shu jumladan

ijtimoiy fanlarni tabiiy fanlar bilan, tabiiy

fanlarni aniq fanlar bilan, aniq fanlarni

ijtimoiy-gumanitar fanlar, barcha fanlarni

veterinariya fanlari bilan bog‘lab o‘qitishni

talab qiladi. Chunki, birinchidan, muammolar

yechimi kompleks tadbirlarni talab qilib, bunga

erishish uchun muammoga turli jihatlardan

qarash va buning uchun esa turli fanlardan

olingan bilimlar zarur bo‘ladi. Ikkinchidan,

oliy ta’limda veterinariyaga oid tadqiqotchilik

kompetensiyalari faqat ma’lum bir fan asosida

aks etmasdan, fanlararo bog‘liqlikda namoyon

bo‘ladi. Chunki, bironta fan doirasida uni

to‘liq amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan

birgalikda turli fanlarni o‘qitish jarayonida ijodiy

izlanishni amalga oshirish imkoniyatlari ham

bir xil emas. Ular fanning o‘ziga xos vazifalari

va mazmuni bilan belgilanadi. Masalan,

radiobiologiya kursida talabalar radioaktiv

moddalar va ularning tirik organizmga ta’sirini

o‘rganadilar. Fizkolloid kimyo fanida kimyoviy

elementlar, ularning xususiyatlari, atmosferaga

kimyoviy moddalarning chiqarilishi va

uning ta’sir qilishi, suvlar, mineral moddalar

va o‘g‘itlar hamda boshqa tabiiy hodisalar

haqidagi tushunchalar keltiriladi. Hayvonlar

anatomiyasida tirik organizmlarning atrof-

muhit bilan o‘zaro aloqadorligi, biosfera va

boshqalar o’rganiladi. Lotin tili va veterinariya

atamalari fanida uchraydigan chorvachilik va

veterinariya sohasidagi so’zlarning ma’nosi,

tuzilishi va boshqa xususiyatlari o’rganiladi.

Demak, veterinariya sohasidagi oliy

ta’lim muassasalarida tadqiqotchilik faoliyati

fanlararo xarakterga ega va tadqiqotchilik

kompetensiyalari turli xil aspektlarda, ya’ni

lotin tili va veterinariya atamalari, biofizika,

hayvonlar anatomiyasi, sohada axborot

komunikatsiya texnolkogiyalari, veterinariya

kasb etikasi, lotin tili va farmatsiya

terminologiyasi, hayvonlar morfologiyasi,

biologik kimyo, biofizika va radiobiologiya,

biologiya va genetika va boshqa fan

yo’nalishlarining o’zaro uyg’unligida

o’zlashtiriladi.

Turli davrlarda fanlararo aloqadorliklar,

uning mazmun mohiyati, ta’lim jarayoni

samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida

B.L.Farberman, R.G.Musina, B.S.Abdullayeva,

O.Abduquddusov, N.J.Isaqulova kabi

tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib

borilgan.

Tadqiqotchi N.J.Isaqulova esa ta’lim

jarayonida fanlar aloqadorligining ahamiyatini

quyidagicha izohlaydi: ta’lim jarayonini

tashkil etishda optimal yo’l; dars mavzusiga

turli fanlar yondashadi; darsning qiziqarli

tomoni kuchayadi; bir mashg’ulot davomida

o’zlashtirilgan axborotlarning ko’lami

kengayadi; turli fanlar yuzasidan xulosa

chiqarish imkoni shakllanadi; mustaqil

fikrlashni amalga oshiradi. Xulosa qilib

aytganda, ta’lim sifatini oshirishda fanlararo

aloqadorlik pedagogik muammo, prinsip,

metod, muhim samarali vosita bo’lib xizmat

qiladi.

Analysis and results. Talabalarda

tadqiqotchilik kompetensiyalarini

rivojlantirishda o’qitishning yangi

texnologiyalari rivojlanishi tez o’zgarayotgan

axborotlashgan jamiyatda internet

saytlari, xalqaro ta’limiy aloqalar, ta’lim

muassasalarining yagona axborot fazosi muhim

ahamiyatga ega.

Fanlararo ta’lim asosida tadqiqotchilik

faoliyati oliy ta’lim muassasalarining

professor-o’qituvchilarini o’quv-tadqiqot

masalalariga bir xilda yondashishga


background image

110

Kasb-hunar ta’limi №2, 2024

chorlaydi. Shu sababli o’qituvchi nafaqat

o’z fani bo’yicha chuqur nazariy bilimga ega

bo’lishi, balki turli uzviy mutaxassislikka oid

muammolar topishning zamonaviy uslublariga

ega bo’lishi lozim. Ushbu holat ishimizning

mohiyatini bildirdi, chunki, talabalarning

tadqiqotchilik layoqatini asosiy yo’nalishlari

rivojlanishini aks ettirish, ushbu jarayonda

umumlashtirilgan ta’lim asosida veterinar

mutaxassisi shaxsini shakllantirishning to’kis

jarayoni sifatida veterinariya ta’limi doirasida

o’zini samarali namoyon etishga qodir, kasbiy

pedagogik faoliyatning barcha turlarini bajarish

imkoniyatiga ega shaxs tarbiyalanadi.

Talabalarni tadqiqotchilikka yo’naltirishda

muayyan ta’lim jarayonidan ko’zlangan

maqsad hisobga olinadi.

Ta’lim maqsadlarini qo’yishda quyidagi

talablarni hisobga olish tavsiya qilinadi:

1. Mavjud ehtiyoj va muammolarning

tahlili maqsadni qo’yishning bosh asosi

bo’lib xizmat qilishi, birinchidan, dastlabki

imkoniyatlar, vositalar, ikkinchidan, zahiralar

kabilar;

2. Maqsadlar muhim muammolarni hal

qiladigan darajada dolzarb bo’lishi;

3. Maqsadlar murakkab, biroq real bo’lishi;

4.

Maqsadlarning aniq (istalgan

natijaning aniq darajasi va unga erishish

muddati ko’rsatilgan holda) shakllantirilgan

bo’lishi(ularga erishganlikni aniqlash shuncha

oson bo’ladi);

5. Maqsadlar diagnostik, rag’batlantiruvchi,

undovchi xarakterga ega bo’lishi;

6. Maqsadlar talabaning oldida turgan

vazifalariga mos kelishi va yaqin kelajakdagi

rivojlanish doirasida bo’lishi;

7.

Hamkorlikdagi faoliyat maqsadlari

uning barcha qatnashchilariga ma’lum, ular

tomonidan tushunilgan va anglangan holda

qabul qilingan bo’lishi(bu jamoaviy faoliyat va

maqsadlar birligini talab qiladi);

8. Kichikroq aniq maqsadlar yirikroq

va uzoq muddatli maqsad va intilishlarga

bo’ysungan bo’lishi.

Bu talablar ta’lim maqsadlarining

hayotiyligini ta’minlashda muhim masala

sifatida namoyon bo’ladi. Quyidagi masalada

biz Sohada raqamli texnologiyasi fanining

yaylov cho'l o'simliklari biologiyasi va

cho'llanishni oldini olish fani bilan aloqasini

tadqiq etdik:

Hozirgi kunda talabalar tabiat va jamiyatning

o’zaro ta’siri haqida birmuncha ma’lumotga

ega bo’lsalarda, ular matematik muammoli

vaziyatlarning miqdoriy tavsifi bilan, ya’ni,

insonning atrof-muhitga ta’sirini hisoblab

chiqish bilan qiziqmaydilar. Ushbu bo’shliqni

inson va tabiatning o’zaro ta’siri jarayonlarining

miqdoriy ko’rsatkichlarini hisoblash ishlarini

o’quv jarayoniga keng tarzda tatbiq etish bilan

to’ldirish mumkin.

Yaylov cho'l o'simliklari biologiyasi va

cho'llanishni oldini olish darsida tegishli

miqdoriy ko’rsatkichlarni olishning samarali

usulidan biri – bu muammoli mazmundagi

masalalarni tuzish va yechishdir.

Talabalarda tadqiqotchilik

kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida

matematik ifodalardan foydalanish

talabalarning ilmiy dunyoqarashlarini

kengaytiradi, raqamlarni taqqoslash,

solishtirishga o’rgatadi hamda bu ularni

tejamkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Raqamlar ustida ishlashni xush ko’ruvchi

talabalar faolligini yuqori darajada ta’minlaydi.

Tabiiy jarayonlarni baholash va bashoratlash

ko’nikmalarini rivojlantirishda asosiy omil

hisoblanadi.

Aynan tabiiy fanlarda raqamlar ustida

eng ko’p ishlanadi va shu bilan birgalikda

ular o’zgaruvchandir. Hozirgi axborotlar

hajmi ko’paygan va globallashuv jarayonlari

kuchaygan bir davrda professor-o’qituvchi

talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini

rivojlantirishda ularning turli fanlardan olgan

bilim va malaka, kompetensiyalariga tayanishi,

har xil ma’lumotlardan foydalana olishga

o’rgatishi zarur. Bu jarayonda o’quv fanlaridan

beriladigan axborotlarni tizimlashtirish,

masalaga majmuali yondashgan holda inson

va tabiat o’rtasidagi aloqalarni ochib berish


background image

111

Kasb-hunar ta’limi №2, 2024

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1. Narzieva, N. N. (2023). DEVELOPMENT OF RESEARCH COMPETENCIES IN THE CONDITIONS OF INTEGRATED EDUCATION IN
STUDENTS ON THE BASE OF A COMPETENT APPROACH. Thematics Journal of Education, 8(Q1).
2. Narzieva, N. N. (2023). DEVELOPMENT OF RESEARCH COMPETENCES OF VETERINARY SPECIALISTS IN THE MODERNIZATION
OF VETERINARY EDUCATION. International Journal of Engineering Mathematics (Online), 5(3).
3. Norkuzievna, N. N. (2022). Development Of Research Competences Of Future Veterinary Specialists In The Process Of Lessons.

Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 15, 41-43.

4. Нарзиева, Н. Н. (2022). СПОРТ ТУРЛАРИ БЎЙИЧА ТРЕНЕР-ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИ

-

НИ РИВОЖЛАНТИРИШ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 980-983.
5. Тургунбоев, А., & Нарзиева, Н. Н. (2022). ЗАРДЎШТИЙЛИКНИНГ ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ МАНБАИ-“АВЕСТО” ДАГИ ВЕТЕРИНАРИЯ
ВА ЧОРВАЧИЛИК ТАЛҚИНИ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 1180-1183.
6. Norkuzievna, N. N., & Solievna, S. G. (2022). Formation of Students' Research Skills in the Process of English Lessons. Texas Journal

of Multidisciplinary Studies, 8, 141-143.

7. Norkuzievna, N. N., & Solievna, S. G. (2022, March). DEVELOPING RESEARCH SKILLS ON THE BASIS OF COMPETENT APPROACH
TO STUDENTS IN AN INTEGRATED LEARNING CONDITION. In E Conference Zone (pp. 151-154).
8. Turgunboev, A., & Narzieva, N. N. (2022). Zoroastrianism's source of education-interpretation of veterinary and animal husbandry in"
Avesta. Scientific Journal of Agrobiotechnology and Veterinary Medicine, ps, 1180-1183.
9. Narzieva, N., Namazova, U., & Ernazarov, T. (2022). Factors of the development of socio-cultural competence of history teachers in the
process of professional development. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (109), 171-173.
10. Нарзиева, Н. Н., & Гаппарович, Ҳ. А. ТАЯНЧ КОМПЕТЕНЦИЯЛАР АСОСИДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИЗЛАНИШ, ТАДҚИҚОТ МАДА

-

НИЯТИНИ БОСҚИЧМА-БОСҚИЧ ШАКЛЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ-2021, 1, 528.
11. Faxriddinovna, U. G., Norqo'ziyevna, N. N., & Azimovna, M. N. (2020). SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARIDA INNOVATSION
METODLAR ORQALI ALISHER NAVOIY ASARLARINI O’QUVCHILARGA O’RGATISH (1-SINF MISOLIDA). Интернаука, 29, 55.
12. Hasanovna, S. K., & Nargiza, N. (2019). The advantages of teaching grammar through games. Достижения науки и образования, (6
(47)), 30-31.
13. Нарзиева, Н. Н. (2019). Умумтаълим мактаб ўқувчиларида таянч компетенциялар асосида тадқиқотчилик кўникмаларини шакл

-

лантириш: пед. фан...(PhD) дисс. Самарқанд: СамДУ.
14. Narzieva, N. N. (2019). Formation of research skills in general education school students based on basic competencies: ped. science...
(PhD) diss. Samarkand: SamDU.
15. Khusenova, N. I., Fayzieva, F. N., Narzieva, N. N., & Rajabova, G. R. (2019). THE CONTENT OF TEACHING LISTENING IN ENGLISH
AT ELEMENTARY SCHOOL. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 45-47).
16. Нарзиева, Н. (2017). ФОРМИРОВАНИЕ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ КОМПЕТЕНЦИИ У УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВ

-

НОГО ПОДХОДА. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 156-158).
17. Narzieva, N. (2017). Development of Education And Research Activity Profile Class Students on The Basis of Integrative And Personal

Approach, Www. www. auris-verlag. de.

18. Рахимов, Б. Х., & Нарзиева, Н. Н. (2016). ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОВРЕМЕННОГО ПОДХОДА К ОБУЧЕНИЮ. In Обра

-

зование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития (pp. 356-360).
19. Назарова, Б., Нарзиева, Н., Умаров, Х., Машарипов, К., & Кулахметова, М. (2011). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕСС ФОР

-

МИРОВАНИЯ НАУЧНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ. Педагогические науки, (1), 147-151.
20. НАРЗИЕВА, Н. Зариф БЕГИМҚУЛОВ. http://science. nuu. uz/uzmu. php.
21. Хушназаров, А. Х., Райимкулов, И. Х., Эшқораев, А. М., & Давлатов, Р. Б. (2023). Қуён эймериозининг кимёпрофилактикаси.
SCHOLAR, 1(2), 56-62.
22. Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023). DIAGNOSTICS OF RABBIT EMERIOSIS. Journal of new century innovations, 22(3),

72-77.

axborot texnologiyalari bilan fanlararo

aloqadorlikda amalga oshiriladi.

Xulosa. Yuqoridagilarga asoslanib,

zamonaviy axborot-kommunikasiya

texnologiyalarining yangi o’quv

texnologiyalarini ishlab chiqish uchun o’quv

jarayonini tashkil etish va boshqarishning

didaktik tamoyillari, veterinar-mutaxassis

faoliyatining asosiy qoidalari va talabalarning

o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan

holda o’rganish uchun shaxsga yo’naltirilgan

integrativ yondashuvlarga asoslangan holda

barcha kerakli imkoniyatlar mavjud bo’lishi

mumkin degan xulosaga kelish mumkin.

Библиографические ссылки

Narzieva. N. N. (2023). DEVELOPMENT OF RESEARCH COMPETENCIES IN THE CONDITIONS OF INTEGRATED EDUCATION IN STUDENTS ON THE BASE OF A COMPETENT APPROACH. Thematics Journal of Education. 8(Q1).

Narzieva, N. N. (2023). DEVELOPMENT OF RESEARCH COMPETENCES OF VETERINARY SPECIALISTS IN THE MODERNIZATION OF VETERINARY EDUCATION. International Journal of Engineering Mathematics (Online). 5(3).

Norkuzievna. N. N. (2022). Development Of Research Competences Of Future Veterinary Specialists In The Process Of Lessons Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. 15. 41-43.

Нарзиова. H. H. (2022). СПОРТ ТУРЛАРИ БУЙИЧА ТРЕНЕР-УКИТУВЧИЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИ-НИ РИВОЖЛАНТИРИШ AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYATIBBIYOTI ILMIY JURNALI. 980-983

Тургунбоев. A., & Нарзиева. H. H. (2022). ЗАРДУШТИЙЛИКНИНГ ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ МАНБАИ-'АВЕСТО’ ДАГИ ВЕТЕРИНАРИЯ ВАЧОРВАЧИЛИКТАЛКИНИ. AGROBIOTEXNOLOGIYAVAVETERINARIYATIBBIYOTI ILMIY JURNALI. 1180-1183.

Norkuzievna. N. N.. & Solievna, S G. (2022). Formation of Students' Research Skills in the Process of English Lessons. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 8, 141-143.

Norkuzievna, N. N.. & Solievna, S. G. (2022, March). DEVELOPING RESEARCH SKILLS ON THE BASIS OF COMPETENT APPROACH TO STUDENTS IN AN INTEGRATED LEARNING CONDITION. In E Conference Zone (pp. 151-154).

Turgunboev. A., & Narzieva, N. N. (2022). Zoroastrianism's source of education-interpretation of veterinary and animal husbandry in" Avesta. Scientific Journal of Agrobiotechnology and Veterinary Medicine, ps. 1180-1183.

Narzieva. N.. Namazova. U.. & Emazarov. T. (2022). Factors of the development of socio-cultural competence of history teachers in the process of professional development. ISJ Theoretical & Applied Science. 05 (109). 171-173.

Нарзиева. H. H.. & Гаппарович. X- А. ТАЯНЧ КОМПЕТЕНЦИЯЛАР АСОСИДА УкуВЧИЛАРНИНГ ИЗЛАНИШ. ТАДКЙКОТ МАДА-НИЯТИНИ БОСКИЧМА-БОСКИЧ ШАКЛЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ-2021, 1.528.

Faxnddmovna. U. G.. Norqo'zryevna. N. N., & Azimovna, M. N (2020). SINFDAN TASHQARI O'QISH DARSLARIDA INNOVATSION METODLAR ORQALI ALISHER NAVOIY ASARLARINI O'QUVCHILARGAO RGATISH (1-SINF MISOLIDA). Интернаука. 29. 55.

Hasanovna. S. K.. & Nargiza. N. (2019). The advantages of teaching grammar through games. Достижения науки и образования, (6 (47)), 30-31.

Нарзиева. Н. Н. (2019). Умумтаьлим мактаб укуечиларида таянч компетенциялар асосида тадкицотчилик куникмаларини шакл-лантириш: лед фан (PhD) дисс Самарканд: СамДУ.

Narzieva, N N (2019). Formation of research skills in general education school students based on basic competencies: ped. science.. (PhD) diss. Samarkand: SamDU.

Khusenova. N. I.. Fayzieva. F. N.. Narzieva. N. N.. & Rajabova. G. R. (2019). THE CONTENT OF TEACHING LISTENING IN ENGLISH AT ELEMENTARY SCHOOL In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 45-47).

Нарзиева. H. (2017). ФОРМИРОВАНИЕ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ КОМПЕТЕНЦИИ У УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА. In WORLD SCIENCE: PROBLEMSAND INNOVATIONS (pp. 156-158).

Narzieva. N. (2017). Development of Education And Research Activity Profile Class Students on The Basis of Integrative And Personal Approach. Www. www. auns-verlag. de.

Рахимов. Б. X.. & Нарзиева. H. H. (2016). ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОВРЕМЕННОГО ПОДХОДА К ОБУЧЕНИЮ. In Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития (рр. 356-360).

Назарова. Б.. Нарзиева. Н., Умаров. X., Машарипое. К., & Кулахметова. М. (2011). ФАКТОРЫ. ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ НАУЧНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ. Педагогические науки. (1). 147-151.

НАРЗИЕВА, Н Зариф БЕГИМКУЛОВ. http://science. nuu. uz/uzmu php,

Хушназаров. A. X., Райимкулов, И. X.. Эшкораев, А. М.. & Давлатов, Р. Б. (2023). Цуён эймериозининг кимёпрофилактикаси. SCHOLAR. 1(2), 56-62.

Khushnazarov, А. К., & Davlatov. R В. (2023) DIAGNOSTICS OF RABBIT EMERIOSIS. Journal of new century innovations, 22(3), 72-77.