RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI 2023-yil 12-13-may
– 561 –
UDK. 33:343.352
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
Narziyeva Nargiza Norkuziyevna –
SamDVMCHBU,
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat
va sport kafedrasi mudiri, PhD, dotsent
Annotatsiya:
Maqolada fuqarolarni huquqiy bilimini oshirish hamda ularga
korrupsiya tarixi haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, huquqiy ta’lim, korrupsiya tarixi, korrupsiyaga oid qonun
hujjatlari.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi
XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin taassufki,
barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga qarshi qancha-
qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi.
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda
yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi
davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning
siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va
uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida
brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning
26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali
izohlanadi: “Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu
holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi
o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan
mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish jazolarini tayinlamoq lozim”.
“Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga
javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq to‘planadigan joylar va bozorlarda
quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar
bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”.
Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri
Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham
Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham,
ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!".
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz
Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi pandni
bergan edi:
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to
bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab
bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora olgan
pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”.
XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda
korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur davlatlar fuqarolari va davlati
orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda.
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, korrupsiya —
shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga
xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim
etishdir. Undan tashqari, manfaatlar to‘qnashuvi degan tushuncha ham bor. Manfaatlar
to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki
VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI
– 562 –
xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning,
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida
qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda
samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul
jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini
olishga ham astoydil kirishilgan. Ammo...
Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:
1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va
kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi.
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi,
mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt
mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi
omillardir.
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki,
ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda
mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda
korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.
4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli
davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda
davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va
tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida
pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan
ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha,
“Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga
soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo
bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi.
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro
Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency
Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan
(korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha)
bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks
bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi.
Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib,
Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu
davlatlarda 10 dan 13 gacha. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini
olish maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana
maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan.
Oliy ta’lim tizimida yaqin yillargacha yoshlarning oliy ta’lim muassasasi, tanlov
yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq
va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning ta’magirligi
negizida ham shu illat yashab keldi.
Davlatimiz 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga
qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi
kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xalqaro va milliy huquq
me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI 2023-yil 12-13-may
– 563 –
Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va unda qatnashgan
shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va Bojxona kodekslari
(yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” kabi
qonunlar qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va
demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun esa axborotdan erkin foydalanish va bu
borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya qilishda muhim qadam bo‘ldi.
Mamlakatimizda 2016 yilning 14 oktabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 2017 yil
4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari hamda
fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi yuzasidan ko‘rayotgan chora-
tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish
orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.
Shuningdek, bu davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi turli sub’ektlar faoliyatini
muvofiqlashtirib, ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida respublika
idoralararo komissiyasi tuzildi, uning tarkibiga davlat organlari vakillaridan tashqari
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari
kiritildi. Umuman davlat korrupsiyaga qarshi kurashni izchillik va qat’iyat bilan tashkil eta
olishining huquqiy asoslari yaratildi.
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun ular
muttasil ravishda takomillashtirib borildi. Chunonchi, korrupsiyaga doir jinoyatlar
sub’ektlari doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari shakllantirildi. Bundan
tashqari, pora va’da qilganlik yoki taklif etganlik, g‘ayriqonuniy tarzda boylik orttirganlik,
ta’sir doirasini suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni, shuningdek, sudyalar va
deputatlarning xizmat rutbasidagi immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar ishlab chiqildi.
“Elektron hukumat”ning korrupsiyani kamaytirishdagi roli e’tiborga olinib, uni
boshqaruv tizimiga keng joriy qilish boshlandi. Ayniqsa, davlat xizmatlaridan yuzdan
ortig‘ini amalga oshirish elektronlashtirish va yagona elektron davlat portalini yaratish
vositasida bajarildi. Keyingi vaqtda me’yoriy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan
o‘tkazib borish an’anasi shakllandi. Shuningdek, biznes sohasida ta’magirlikka sabab
bo‘ladigan tartibsizliklarga chek qo‘yish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Jumladan,
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy etish va ular samaradorligini
oshirish yo‘l-yo‘riqlari belgilandi. Savdo-sanoat palatasi “Biznes yuritish odobi kodeksi”ni
qabul qildi. Ayni chog‘da, kichik va o‘rta biznesga (xususiy korxonalarga) ichki nazorat
tizimini barpo etishda ko‘maklashish chora-tadbirlari ishlab chiqish va qabul qilish rejalari
hozirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Qonunchilik asosida “2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat
dasturi” tasdiqlandi, unda qo‘yilgan aksariyat vazifalar amalga oshirildi. 2018 yil 9 aprelda
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur
qonunning 12-moddasi “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi” deb nomlanib, unda “Xarid
qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi”, degan qoida belgilandi. Shuningdek,
VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI
– 564 –
mazkur qonun kuchi bilan bu sohada davlat xizmati ko‘rsatishning shaffof tizimi
shakllantirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga
oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu
organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud
va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish
prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas
ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni
tashkil eta olmaymiz.
Sohadagi islohotlar sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati,
salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois
endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgan. Bu
boradagi dastlabki qadam test imtihonlarini topshirish jarayonini tartibga solish bilan
boshlandi.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul
qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Oliy ta’lim
tizimida “Korrupsiyasiz soha”
loyihasini amalga oshirishni tashkil etish belgilangan bo‘lib,
BMTning Taraqqiyot dasturi ko‘magida xalqaro auditorlik kompaniya KPMG (Italiya)
ekspertlari tomonidan 2020 yilning 11 mayidan e’tiboran korrupsiyaga qarshi kurashish
“Komplaens-nazorat” tizimini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining markaziy apparati
hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tajriba tariqasida joriy etish ishlari
boshlandi. Xalqaro ekspertlar tomonidan oliy ta’lim tizimida korrupsiya holati mavjud
bo‘lishi ehtimoli bor bo‘lgan 7 ta turdagi yo‘nalishlar (korrupsiyaviy risklar kuzatilayotgani)
belgilab berildi.
OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar
qilish imkoniyatini beruvchi telegram kanali test rejimida faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
OTMlarda o‘quv jarayonlari, imtihonlar va qabul jarayonlarida AKT imkoniyatlari keng
joriy etilmoqda.
Korrupsiya illati va uning oqibatlaridan aholi, ayniqsa professor-o‘qituvchilar,
talabalarning keng qatlamlarini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari,
ma’ruza matnlari, slaydlar, infografikalar OTMlarda keng targ‘ib qilindi. Shuningdek,
jamoat joylarida ta’lim muassasalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz”,
“Korrupsiya ‒ jamiyatni yemiradi”, “Korrupsiya salbiy illat”, “Pora ‒ eng yomon chora”
kabi shiorli bannerlar o‘rnatildi.
Korrupsiyaning ma’lum bir mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning tanazzuliga
olib keladi.
Talabalar va ota-onalarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiogen holatlarni barvaqt aniqlash
va bartaraf etish maqsadida murojaatlarini elektron qabul qilish uchun barcha ta’lim
muassasalari rektorlari va rahbar xodimlarining maxsus botlari ishga tushirildi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy
vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. O‘ylaymizki, bunday
ma’naviy buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va
umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. Shunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga
nodavlat, notijorat tashkilotlari bunday illatni oldini olish va unga qarshi kurashda
birgalikdagi harakatigina samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li bo‘lib
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish va uning har
qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurashish ishlari qisqa fursatda o‘z samarasini bera
boshlaydi. Ayni davrda O‘zbekiston oliy ta’limi sohasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi o‘zgarib, moddiy-texnik bazasi yaxshilanyapti,
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI 2023-yil 12-13-may
– 565 –
ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda,
jumladan, professor-o‘qituvchilarning daromadlari ham oshmoqda. Bularning barchasi oliy
ta’limga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko‘tarishga xizmat
qilishi aniq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://fayllar.org/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-reja-korrupsiya-sozining-
3.
https://fayllar.org/reja-korrupsiya-ozi-nima.html
4.
https://customs.uz/oz/news/view/6787
5.
https://video.anarim.az/axtar/korrupsiya+haqida+murakkab+rejali+insho
UDK.34:343.352:342
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH FUQAROLIK JAMIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI
J.E.Ostanov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ma’lumki, korrupsiya balosi har qanday davlatni tanazzulga, xalqni
qashshoqlikga, qullikga duchor etuvchi illatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda dunyo
davlatlari bo‘yicha ushbu illatga qarshi keng kulamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu
maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor
shartlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, poraxo‘rlik, qonun ustuvorligi, adolat, fuqarolarning huquq
va erkinliklari, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari.
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash bugungi kunda dunyoning
barcha mamlakatlarida faol amalga oshirilib kelinmoqda. Respublikamizda ham
korrupsiyaga qarshi kurashish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti sifatida
qaralmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator
qonun va dasturlar qabul qilindi. Ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib
kelinmoqda.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va
kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun
ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq
tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning
institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali
tizimi yaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy
qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga
alohida e’tibor berildi. Bu munosabat 2008 yil 28 avgustda qabul qilingan «Birlashgan
Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31
oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi.
2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga
qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan
