4
BIRLAMCHI OCHIQ BURCHAKLI GLAUKOMA BILAN
KASALLANGAN BEMORLARDA QON TOMIR ENDOTELIAL
DISFUNKTSIYANI TASHXISLASH USULLARI.
Do’smuxamedova A.M. - Oftalmologiya kafedrasi assistenti, TDSI
Ilmiy rahbar: Tuychibаeva D.M. - t.f.d., Oftalmologiya kafedrasi dotsenti
Toshkent davlat stomatologiya instituti, O’zbekiston
Dolzarbligi.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma (BOBG) - bu ko'rish
buzilishining asosiy sabablaridan biri bo'lib qoladigan jadallashuvchi optik neyropatiya
bilan tavsiflangan ko'p omilli neyrodegenerativ kasallikdir. BOBGning patogenezida qon
tomir buzilishlarining rolini barcha mualliflar tomonidan tan olinishiga qaramasdan,
ushbu kasallikni tashxislashda ko‘zlarda qon aylanish darajasini monitoring qilish
imkoniyati yetarli darajada o‘rganilmagan.
Tadqiqot maqsadi.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan
bemorlarda qon tomir endotelial disfunktsiyani gemodinamik buzilishlarga asoslanib
o'rganish.
Material va usullar.
Tadqiqotda 65 yoshdan 80 yoshgacha bo'lgan 94 nafar
BOBG bemorlari ishtirok etdi.
Natijalar.
BOBG ning I bosqichidagi UTDG usuli bilan ko‘ arteriyalarning
parametrlari qiyoslanganda eng muxim tashxisiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar
sifatida OQSAning ko‘rsatkichlari bo‘ldi, bunda: nazorat guruhiga nisbatan qon
oqimining sistolik tezligi 8% ga pasaydi, qon oqimining diastolik tezligi 10% ga kamaydi,
Pulsatsion indeksi 6%ga oshdi, Rezistentlik indeksi esa
9% ko‘tarildi. Bundan tashqari, BOBGning rivojlanishiga bog‘liq xolda
dopplerogrammalarda ishemiya koeffitsiyenti ortishini quyidagi ko‘rsatkichlari: I
bosqichda 8%, II bosqichda 10,3%, III bosqichida esa 13% gacha ortishi qayd etildi.
OKT-A ma’lumotlari BOBGning dastlabki bosqichida to‘r pardaning
peripapillyar sohasi va KND ning pastki qismini patologik jarayonlarga erta jalb
etilishidan guvohlik beradi. Olingan natijalar ko‘rsatadiki, peripapillyar soha va KND
dagi qon tomirlar va qon oqimi zichligini pasayishi OKT va KP usullari bilan aniqlangan,
funksional va tuzilmaviy yo‘qotishlarga nisbatan erta aniqlanadi.
Mazkur ma’lumotlar BOBGni erta tashxislashda OKT ni angiografiya
funksiyalari bilan birga qo‘llash imkoniyatini beradi.
Xulosalar.
BOBGli bemorlarda to‘r parda mikrosirkulyatsiyasini OKT-A
tekshirish natijalarining tahlili qon oqimi va qon tomirlari zichligining ko‘rsatkichlarini
ishonchli kamayishini ko‘rsatdi (p<0,001). Ko‘rsatkichlarni tashxislovchi ahamiyati
aniqlandi, ya’ni: Inferior Hemi quyi segmentida KNDning qon tomir oqim zichligi 12%ga
va dastlabki bosqichda - Inside disc diski ichkida esa 18%ga ishonchli kamaydi (p<0,05),
bunda rivojlangan bosqichlarda (BOBGning II va III bosqichlari) KNDning qon tomir
oqim zichligi barcha ko‘rsatkichlarini kamayishi kuzatildi; quyi segmentning
peripapillyar to‘ri va KNDdagi qon oqim zichligi glaukomaning dastlabki bosqichida mos
5
xolda 26% va 13%ga pasaydi (p<0,05), rivojlangan bosqichlarda esa 20%ga (p<0,001)
va 33% (p<0,001) ga kamaydi.
UTDG usuli bilan ko‘z gemodinamikasini tekshirish natijalarining tahlili
BOBG bosqichini ortishi bilan KA, TPMA va OQSA larda qon aylanishi tanqisligini asta
sekin ortib borishini ko‘rsatdi (p<0,05). Biroq BOBGning I bosqichida barcha arteriyalar
parametrlari solishtirilganda tashxisiy jihatdan eng ahamiyatli bo‘lib, OQSA
ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘ldi (p<0,001); nazorat guruhi bilan qiyoslanganda qon
oqimining sistolik tezligi 8%ga kamaydi, qon oqimining diastolik tezligi 10%ga kamaydi,
Pulsatsion indeksi 6%ga oshdi, Rezistentlik indeksi esa 9%ga ko‘tarildi. Bundan tashqari
dopplerogrammalarda BOBGning rivojlanish darajasi bo‘yicha ishemiya koeffitsiyentini
ortishi qayd etiladi, ya’ni: u I bosqichda 8%ga, II bosqichda 10,3% ortsa, bu vaqtda III
bosqichda 13% ko‘tarildi.
Oydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
1.
Назарова, Д., Муратова, Н., Абдурахманова, С., & Сулаймонова, Н. (2022).
Определение уровня цитокинов в крови больных для выбора тактики лечения миомы. in
Library, 22(1), 341-342.
2.
Муратова, Н. Д., et al. "Допплерометрия в диагностике типа миомы матки
сочетанной с аденомиозом." IX Международный съезд акушеров-гинекологов (2017):
27-28.
3.
Бабаджанова, Г. С., and С. И. Абдурахманова. "Современные представления об
этиопатогенезе, клинико-диагностических критериях миомы матки и аденомиоза у
женщин и особенности их лечения (обзор литературы)." Журнал теоретической и
клинической медицины 3 (2018): 85-90.
4.
Муратова, Н. Д., Ш. А. Зуфарова, and Д. Д. Эшонходжаева. "Диагностическое
значение определения сосудисто-эндотелиального фактора роста при миоме
матки." Журнал теоретической и клинической медицины 1 (2015): 106-108.
