М Хонхожаева, М Назирова
Rivojlanmagan homiladorlik (muzlatilgan homiladorlik) - bu homilaning bachadon ichi o'limi, miometriyning passiv patologiyasi va gemostaz tizimining buzilishini o'z ichiga olgan patologik holat. Rivojlanmagan homiladorlikning asosiy sabablari: onaning kcch rcproduktiv yoshi (35-40 yosh), anamnczdagi ko'p miqdorda homila tushishi, homila rivojlanishidagi mutatsion o'zgarishlar,gormonal buzilishlar, nosog'lom turmush tarzi, onaning surunkali ginekologik va ekstragenital kasalliklari: TORCH infektsiyalari, bachadon devorining anomaliyalari, tuxumdon polikistoz sindromi, dekompensatsiyalangan qandli diabet, arterial gipertenziya, tizimli qizil yuguruk, antifosfolipid sindromi kabi autoimmiin kasalliklar. Hozirgi vaqtda abort amaliy akushcrlikning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda va chuqurroq o'rganishni talab qiladi. 18-25 yoshda abort qilish xavfi 10% gacha, 30-40 yoshda - 30% gacha va 45 yoshdan oshganlarda esa 75% gacha. Anamnezdagi homila o’smasligi va abortlar qanchalik ko'p bo'lsa, keyingi homiladorlik uchun prognoz shunchalik yomon bo'ladi.