Хуснида Норпулатова , Акобир Нуров
Ko‘krak bczi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biridir. Ushbu kasallik nafaqat bemorning sog‘lig‘iga, balki uning psixologik holatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘krak bezi saratoni dunyo bo'ylab millionlab odamlarning hayotiga ta’sir qilmoqda. 0‘zbekistonda ham bu kasallik jiddiy muammo bo‘lib, har yili minglab yangi holatlar qayd etilmoqda. Ushbu maqolada kasallikning sabablari, belgilari, tashxis usullari, davolash va oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Asosiy qisml. Ko’krak bezi saratoni nima?
Ko’krak bezi saratoni bu ko’krak bezidagi hujayralaming nazoratsiz o‘sishi natijasida yuzaga keladigan xavfli o'sma hisoblanadi. Ushbu kasallik har xil turlarga bo’linadi va rivojlanish mexanizmi hujayralardagi genetik o’zgarishlarga bog’liq.
Dunyo bo’ylab har yili taxminan 2 milliondan ortiq ayolda ko’krak bezi saratoni aniqlanadi. 0‘zbekistonda ham kasallik statistikasi yildan yilga oshib bonnoqda, shuning uchun profilaktika va erta tashxis qo‘yish juda muhim.