Rivojlanmagan homiladorlik sabablari

Аннотация

Rivojlanmagan homiladorlik (muzlatilgan homiladorlik) - bu homilaning bachadon ichi o'limi, miometriyning passiv patologiyasi va gemostaz tizimining buzilishini o'z ichiga olgan patologik holat. Rivojlanmagan homiladorlikning asosiy sabablari: onaning kcch rcproduktiv yoshi (35-40 yosh), anamnczdagi ko'p miqdorda homila tushishi, homila rivojlanishidagi mutatsion o'zgarishlar,gormonal buzilishlar, nosog'lom turmush tarzi, onaning surunkali ginekologik va ekstragenital kasalliklari: TORCH infektsiyalari, bachadon devorining anomaliyalari, tuxumdon polikistoz sindromi, dekompensatsiyalangan qandli diabet, arterial gipertenziya, tizimli qizil yuguruk, antifosfolipid sindromi kabi autoimmiin kasalliklar. Hozirgi vaqtda abort amaliy akushcrlikning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda va chuqurroq o'rganishni talab qiladi. 18-25 yoshda abort qilish xavfi 10% gacha, 30-40 yoshda - 30% gacha va 45 yoshdan oshganlarda esa 75% gacha. Anamnezdagi homila o’smasligi va abortlar qanchalik ko'p bo'lsa, keyingi homiladorlik uchun prognoz shunchalik yomon bo'ladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
  • Ташкентский государственный стоматологический институт
  • Ташкентский государственный стоматологический институт
CC BY f
23-24
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хонхожаева M., & Назирова M. (2025). Rivojlanmagan homiladorlik sabablari. Посвящается 100-летию со дня рождения академика Комилжона Зуфарова, 1(1), 23–24. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/akzyb/article/view/92359
М Хонхожаева, Ташкентский государственный стоматологический институт
Кафедра акушерства и гинекологии - клинический ординатор 2-го года обучения
М Назирова, Ташкентский государственный стоматологический институт
Научный руководитель: доцент кафедры акушерства и гинекологии
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Rivojlanmagan homiladorlik (muzlatilgan homiladorlik) - bu homilaning bachadon ichi o'limi, miometriyning passiv patologiyasi va gemostaz tizimining buzilishini o'z ichiga olgan patologik holat. Rivojlanmagan homiladorlikning asosiy sabablari: onaning kcch rcproduktiv yoshi (35-40 yosh), anamnczdagi ko'p miqdorda homila tushishi, homila rivojlanishidagi mutatsion o'zgarishlar,gormonal buzilishlar, nosog'lom turmush tarzi, onaning surunkali ginekologik va ekstragenital kasalliklari: TORCH infektsiyalari, bachadon devorining anomaliyalari, tuxumdon polikistoz sindromi, dekompensatsiyalangan qandli diabet, arterial gipertenziya, tizimli qizil yuguruk, antifosfolipid sindromi kabi autoimmiin kasalliklar. Hozirgi vaqtda abort amaliy akushcrlikning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda va chuqurroq o'rganishni talab qiladi. 18-25 yoshda abort qilish xavfi 10% gacha, 30-40 yoshda - 30% gacha va 45 yoshdan oshganlarda esa 75% gacha. Anamnezdagi homila o’smasligi va abortlar qanchalik ko'p bo'lsa, keyingi homiladorlik uchun prognoz shunchalik yomon bo'ladi.


background image

23

RIVOJLANMAGAN HOMILADORLIK SABABLARI.

Xonxo’jayeva M.M., TDSI Akusherlik ginekologiya kafedrasi- 2 kurs klinik

ordinatori

Ilmiy rahbar: Nazirova M.U. TDSI Akusherstvo va ginekologiya kafedra

dotsenti.

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti, Family Doctors M, Toshkent,

O’zbekiston.

Dolzarbligi:

Rivojlanmagan homiladorlik (muzlatilgan homiladorlik) - bu

homilaning bachadon ichi o'limi, miometriyning passiv patologiyasi va gemostaz
tizimining buzilishini o'z ichiga olgan patologik holat. Rivojlanmagan homiladorlikning
asosiy sabablari: onaning kech reproduktiv yoshi (35-40 yosh), anamnezdagi ko'p
miqdorda homila tushishi, homila rivojlanishidagi mutatsion o'zgarishlar,gormonal
buzilishlar, nosog'lom turmush tarzi, onaning surunkali ginekologik va ekstragenital
kasalliklari: TORCH infektsiyalari, bachadon devorining anomaliyalari, tuxumdon
polikistoz sindromi, dekompensatsiyalangan qandli diabet, arterial gipertenziya, tizimli
qizil yuguruk, antifosfolipid sindromi kabi autoimmün kasalliklar. Hozirgi vaqtda abort
amaliy akusherlikning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda va chuqurroq
o'rganishni talab qiladi. 18-25 yoshda abort qilish xavfi 10% gacha, 30-40 yoshda - 30%
gacha va 45 yoshdan oshganlarda esa 75% gacha. Anamnezdagi homila o’smasligi va
abortlar qanchalik ko'p bo'lsa, keyingi homiladorlik uchun prognoz shunchalik yomon
bo'ladi.

Tadqiqot maqsadi:

Homila rivojlanishining dastlabki bosqichlarida abortning

xavf omillari va sabablarini o'rganish va ularning keyingi reproduktiv funktsiyaga ta'sirini
baholash.

Tadqiqot materiallari va usullari:

Toshkent shahridagi Milliy Tibbiyot

Markazi, “Family Doctors M” klinikasi ginekologiya bo‘limida

davolanayotgan “Rivojlanmagan homiladorlik” tashxisi qo‘yilgan. Tadqiqotda 19-37
yosh oralig‘idagi 42 nafar ayol ishtirok etdi:

30 nafar – birinchi homiladorlik

,

8 nafar –

ikkinchi homiladorlik

,

4 nafar – uchinchi homiladorlik

.

Homiladorlik muddati: 5 haftadan

12 haftagacha.Demografik tahlil:18-35 yoshdagi ayollar – 75%

,

Kasbiy taqsimot: Uy

bekalari – 32% (8 nafar)

.

Davlat muassasalari xodimlari – 60% (15 nafar)

,

Og‘ir jismoniy

mehnat bilan band – 8% (2 nafar). Ayollarning 12 foizida ekstragenital kasalliklar, 4
foizida bachadon bo'shlig'ining rivojlanishi anomaliyalar mavjud. Barcha ayollardan
umumiy qon tahlili, siydik tahlili, AFS, TORCH infeksiyasi, koagulogramma, bioximik
analizlar, qon guruhi, gistoanaliz va UZI tekshiruvlari o’tkazildi. Homiladorlikni sun’iy
to‘xtatish usullaridan medikamentoz , vakuum aspiratsiya.

Tadqiqot natijalari va muhokama:

Birinchi tug’uvchi ayollarning 70 %,

ikkinchi, uchinchi ayollarda 40 foizida giperkoagulyatsiya (fibrinogen – 4,50 g\l.
trombotsit- 380*

10

12

g/l. ACHTV 38-40 sek. MNO 0,8 ), 20 foizida endometrit kabi

operatsiyadan keyingi asoratlar kuzatilgan. Bachadon bo'shlig'i vakum aspiratsiya
amaliyotidan so’ng gistologik tekshiruvdan o'tkazildi, ularning 64 foizida "


background image

24

Rivojlanmagan homiladorlik" aniqlandi. Ular orasida anamnezida med abort bo'lgan
ayollar ham bor edi. Hozirgi homiladorlik TORCH infektsiyalarining 20%, ayollarning
12% da o'tkir respirator virusli infektsiyaning kuchayishi fonida davom etdi. Ayollarning
64 foizi homila tushish xavfi bilan klinikaga kelgan. Klinikasi qindan qonli ajralmalar va
og'riqni o'z ichiga oladi. Ayollarning 20 % og'ir vaginal qon ketish bilan murojaat qildi
va shoshilinch ravishda bachadon bo'shlig'ini kuretaj qilindi. Ayollarning 16 %
ultratovush tekshiruvi ma'lumotlariga ko'ra, bachadonning kattaligi va homila muddati
o'rtasidagi nomuvofiqlik belgilariga va konservativ terapiyaning samarasizligiga
asoslanib, rivojlanmagan homiladorlik tashxisi qo'yilgan. Barcha bemorlar
ko'rsatmalarga muvofiq med abortdan o'tkazildi, so'ngra antibakterial va yallig'lanishga
qarshi terapiya va o'tkir qon ketishga qarshi terapiyasi o'tkazildi.

Xulosalar:

Xulosa qilib aytganda, ushbu tadqiqot davomida homilador bo'lish

uchun xavf omillari quyidagilar bo'lishi mumkinligi aniqlandi: AFS sinromi, ko'plab
abortlar, tos a'zolarining yallig'lanish kasalliklari, jinsiy faoliyatning erta boshlanishi,
ekstragenital kasalliklar va anomaliyalar. Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida
fibrinogen oshishi, antitrombin miqdori kamyishi va o'tkir respirator virusli infektsiya,
herpes simplex virusi homilaning o'limiga olib keladigan yuqumli omil bo'lib xizmat
qildi.

Oydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

:

1.

Назарова, Д., Муратова, Н., Абдурахманова, С., & Сулаймонова, Н. (2022).

Определение уровня цитокинов в крови больных для выбора тактики лечения
миомы. in Library, 22(1), 341-342.
2.

Abdullaeva, L. M., Babadzhanova, G. S., Nazarova, D. B., Muratova, N. D., &

Ashurova, U. A. (2012). Role of hormonal disturbances in sterility development for
patients with benign formations of ovaries. Likars' ka Sprava, (3-4), 104-109.
3.

Муратова, Н. Д., et al. "Допплерометрия в диагностике типа миомы матки

сочетанной

с

аденомиозом." IX

Международный

съезд

акушеров-

гинекологов (2017): 27-28.

Библиографические ссылки

Назарова, Д., Муратова, Н., Абдурахманова, С., & Сулаймонова, Н. (2022). Определение уровня цитокинов в крови больных для выбора тактики лечения миомы, in Library, 22(1), 341-342.

Abdullaeva, L. M., Babadzhanova, G. S., Nazarova, D. B., Muratova, N. D., & Ashurova, U. A. (2012). Role of hormonal disturbances in sterility development for patients with benign formations of ovaries. Likars' ka Sprava, (3-4), 104-109.

Муратова, H. Д., et al. "Допплерометрия в диагностике типа миомы матки сочетанной с аденомиозом." IX Международный съезд акушеров-гинекологов (2017): 27-28.