ABADIYATGA DAHLDORLIK

Abstract

Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” dramasida
Manguberdining jasorati, mardligi, vatanga bo‘lgan muhabbati va dramaning hozirga 
qadar o‘rni, uning inson ko‘nglidan keng joy olganligi haqida so`z yuritiladi.

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14647126
CC BY f
108-111
20

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Isroilov Raxmatillo Luqmonxo’ja o‘g‘li. (2025). ABADIYATGA DAHLDORLIK. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(1), 108–111. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/64544
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” dramasida
Manguberdining jasorati, mardligi, vatanga bo‘lgan muhabbati va dramaning hozirga 
qadar o‘rni, uning inson ko‘nglidan keng joy olganligi haqida so`z yuritiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

108

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ABADIYATGA DAHLDORLIK

Isroilov Raxmatillo Luqmonxo’ja o‘g‘li

(Toshkent davlat transport universiteti)

(Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi)

Annotatsiya:

Maqsud

Shayxzoda

“Jaloliddin

Manguberdi”

dramasida

Manguberdining jasorati, mardligi, vatanga bo‘lgan muhabbati va dramaning hozirga
qadar o‘rni, uning inson ko‘nglidan keng joy olganligi haqida so`z yuritiladi.

Kalit so`zlar:

G‘anim, shaxs, sarkarda, Amir Temur, jasur, mubolag‘a, xalq, vatan,

fidokor, qo‘shin,

Ikkinchi jahon urishi ning shavqatsiz damlarining o‘ta suronli voqealari hukm

surib turgan damlarda g‘anim bilan mardonavor kurash ketayotgan bir vaqda
yozuvchilar oldiga o‘tmishdagi mashhur sarkardalar haqida ibratli badiiy asarlar
yaratish masalasini qo‘ydi. Bunday asarlar xalq va armiyani o‘tmishdagi jasur
sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olishga da’vat etishi, jangchilarni vatanga
bo‘lgan muhabbatini yanada kuchaytirish, ularni bu mashhur shaxslarning
vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin edi. Shunday ijodiy buyurtmani
olgan Maqsud Shayxzoda o‘zbek xalqining jasur va mard farzandlaridan biri Jaloliddin
haqida sahna asarini yozishga kirishadi. Mo‘g‘ul istilosi davrida Movaraunnahrda
katta jasorat ko‘rsatgan Jaloliddin haqida hali adabiyotimizda birorta badiiy asar
yaratilmagan, sovet tarixchilarining ilmiy asarlarida esa uning na nomi, na jangovar
jasorati iliq so‘zlar bilan tilga olingan edi. Shunga qaramay, Shayxzoda bu jasorat siymi
haqidagi Shahobuddin Muhammad Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin
Mangburni” va Alouddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi jahongushoyi Juvayniy” kabi
asarlarini o‘qib, shu asarlarda tasvirlangan tarixiy davr voqealari asosida o‘z asarini
yozishga ahd qiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, Jaloliddin haqidagi noyob
manbalardan biri - Nasaviyning nomi yuqorida qayd etilgan asarida mashhur
sarkardaning ismi Jaloliddin Mangburni deb atalgan. “Mangburni” laqabini ayrim
tarixchilar “burnida xoli bor”, “xoldor” deb talqin qilingan. Ammo Shayxzoda o'z
asarida Jaloliddinni, tarixiy manbalardan farqli o'laroq, “Manguberdi” deb atagan va
Nasaviy kitobidagi “Mangburni” so‘zini o‘zbek tiliga shunday tarjima qilgan. Va
mashhur sarkarda o‘zbek xalqi o‘rtasida hanuzgacha shu nom bilan yashab keladi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, agar Xorazmshoh Chingizxonning tinchlik va totuvlik
haqidagi taklifini qabul qilib, u yuborgan elchi bilan birga savdo karvonini ham
qilichdan o‘tkazmaganida, qudratli Xorazm saltanati o‘n uchinchi asrda mo‘g‘ullar


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

109

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tomonidan qonga botirilmagan bo‘lardi. Xorazmshoh Chingizxonning qudratli
qo‘shinni to‘plagani bilan hisoblashmay, katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, chor atrofga
o‘lim urug‘ini sochib, ya’juj-ma’juj singari bosib kelayotgan mo‘g‘ullarga qarshi
otlangan Jaloliddinga yordam bermay, aksincha, unga har tomonlama qarshilik
ko‘rsatib, yana-da katta xato qilgan. Jaloliddin vatan va tarix oldidagi burchini chuqur
his etgani uchungina kichik bir qo‘shin bilan mo‘g‘ullarga qarshi tengsiz kurashga
otlanadi va chinakam jasorat namunalarini ko‘rsatadi. Jaloliddin mo‘g‘ullarning
ashaddiy dushmani bo‘lganiga qaramay, Chingizxon uning dovyurakligi va sarkardalik
mahoratiga tan berishga majbur bo‘ladi. Shayxzoda yetuk yozuvchi sifatida yoza
boshlagan ilk sahna asariga ana shunday tarixiy shaxsni - mo‘g‘ul qo‘shinlariga
g‘ulg‘ula solgan, g‘alaba yuz o‘girgan jang maydonlaridan ham omon - eson chiqib
ketgan Jaloliddinni qahramon qilib oladi.

Maqsud Shayxzoda O‘zining drammasida Manguberdining Vatan oldidagi

burchi, vatanga muhabbati naqadar kuchli ekanini aniq hamda mardlik urug‘ini
sochuvchi sarkarda dek yoritib bergan. Naim karimovning fikriga ko‘ra urush yillarida
hokimiyat vakillari yozuvchilarni o‘tmishdagi mashhur sarkardalar haqida asar
yozishga yo‘naltirgan bunday asarlar xalq va armiyani o‘tmishdagi jasur
sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olishga da’vat etishi, ularni bu mashhur
shaxslarning vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin degan qarashda
bo‘lishgan. Shunday ijodiy buyurtmani olgan Shayxzoda o‘zbek xalqining jasur
farzandlaridan biri Jaloliddin Manguberdi haqida sahna asari yozishga kirishgan.
Respublikaning o‘sha paytlardagi rahbari Usmon Yusupov shoirning asarini tezroq
yakunlashi uchun uni yurtimizning xushmanzara maksanlaridan biri Farg‘ona
viloyatiga yuboradi. “Boshqa ishlar bilan xayolingni bo'lma. Xalq sendan Jaloliddin
to'g'risidagi asarni intizorlik bilan kutmoqda. Vodilga borib, uni tezroq tugallab qayt!”
deya rahbar shoirni ruhlantiradi. Shunday qilib, Maqsud Shayxzoda rafiqasi
Sakinaxonim bilan Farg‘onaga borib, olti oy ichida tarixiy dramani yozadi. Buni
qarangki, odamlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini jo‘sh urdiruvchi, qahramonlik
ruhidagi bu asar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Oradan ko‘p yillar o‘tsa
ham Shayxzoda domla asarlari o‘z kuch-qudratini namoyon etib kelmoqda. Asarning
oxiriga yetib qolganda quyidagi satirlar insonning ruhini ajablantirib yubradi. Bunga
o‘xshash satrlarni har kim ham yoza olmaydi, zero Maqsud Shayxzoda bu satrdagi
so‘zlarni maromiga yerkazib yozgan.

Bir kun paydo bo‘laman shu yurt, shu yerda,

Yurt shaydosi ko‘rinmas g‘urbatda - go‘rda.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

110

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Kim yurtdan yovni quvsa, mendurman o‘shal!

Ulug‘vor niyatlarga kor qilmas ajal.

Yuqoridagi mislalarda Maqsud Shayxzoda o‘zining vataniga bo‘lgan

muhabbatini yaqqol aks etirib bergan, desak xato bo‘lmaydi. Maqsud Shayxzoda
drammasida vatan erki, o‘z vatandoshlarining mustaqilligi hamda erki uchun
fidokorona kurash olib brogan vatan o‘g‘loni, jasur sarkarda Manguberdi obrazini
yaratdi.

O‘zbekiston hukumati xalqning bu jasur farzandi nomini abadiylashtirish

maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining sakkiz yuz yilligini nishonlash
haqida” bir ming to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi yilda esa maxsus qaror qabul
qilinadi. O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ikki mingingchi yilda esa
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi. Vatanparvarlik hissiyoti jo‘sh urib
yozilgan Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasi bir ming to‘qqiz
yuz qirq beshinchi yilda Hamza nomidagi O‘zbek davlat drama teatri tomonidan
muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgan ammo ko‘p o‘tmay, sahnadan olib tashlandi.
Muallifga esa o‘tmishni, xonlarni, beklarni, feodalizmni oqlash va yoqlash tamg‘asi
yopishtirildi. Bu aybnoma nohaq qamalishiga ta‘sir ko‘rsatdi. Dramaning ayrim
parchalarigina yozilgan kezlari nashr etildi. Muallif hayotlik chog‘ida, biror marta
to‘lig‘icha chop etilgani yo‘q. To‘lig‘icha ilk bor o‘zbek tilida dramaturg vafotidan
yigirma bir yil o‘tgach, bosma shaklda chiqdi.

Jaloliddin - qahramon shaxs. U jasur sarkarda, elni, yurtni g‘animga qarshi

birlashtirayotgan, tashabbusi bilan lashkarni ulug‘ g‘alabalarga ilhomlantirayotgan va
bu yo‘lda ibrat ko‘rsatayotgan valiahd bo‘lishiga qaramay, ayni vaqtda, oddiy inson
sifatida gavdalanadi. Masalan, Jaloliddin bilan singlisi Sultonbegim o‘rtasidagi oddiy
insonlarga xos bo‘lgan aka-singillik mehr-oqibatlari shu qadar samimiy va go‘zal
tasvirlanadiki, kishining havasi keladi.Vatan va xalq taqdirining eng qaltis pallalarida
ularni bosqinchilardan himoya qilish uchun otlangan Jaloliddinning bu yo‘ldagi
shijoatini, jur’atini, jasoratini ko‘rsatar ekan, dramaturg o‘zining qahramoni valiahd va
hukmdor sifatidagi xususiyatlaridan ko‘ra oddiy inson sifatidagi iztiroblarini, har
qanday insonga begona bo‘lmagan ayrim mas‘uliyatli holatlardagi ikkilanishlarni
badiiy tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Bu esa qahramon xarakterining ishonarli,
jonli va hayotiy chiqishini ta‘minlaydi. Dushman qo‘liga tushib azoblangandan ko‘ra,
o‘limni afzal bilib, hatto dunyodagi eng aziz zot - onasi va farzandlari daryoga
cho‘ktirilishini ma’qul ko‘rgan Jaloliddin Manguberdi va mard Temur Malikning


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

111

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tarixiy haqiqat ruhi bilan yo‘g‘rilgan siymolari dramaturg Maqsud Shayxzoda qalami
ostida ko‘z o‘ngimizda tirik gavdalanadilar.

Xulosa: Bu drama bilan adib milliy adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirdi desak

adashmagan bo‘lamiz. Chunki undagi adabiyotga dahldor badiiy manzaralar hali-
hanuz ham insonlar qalbida mangu qolmoqda. Yurt ozodligi yo’lida jonidan
kechadigan bunday insonlarni fidoyi, jasur, mard deymiz. Buyuk bobokalonimiz
Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan mislsiz
jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbati, atigi o‘ttiz uch yil umr
ko‘rgan, ammo nomi ellarda doston bo‘lgan, Chingizxonni lol qoldirgan, o‘z vatanini
beadad sevgan oxirgi Xorazimshox Jaloliddin Manguberdi dostonini Maqsud
Shayxzoda maromiga yetkazib yozdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Naim Karimov, Maqsud Shayxzoda: Ma’rifiy-biografik roman. – Toshkent
“Sharq”,2009 – 359 b.

2.

Sharafiddinov Ozod Adabiyot-hayot darsligi – Toshkent G‘afur G‘ulom
nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 1981-96 b

References

Naim Karimov, Maqsud Shayxzoda: Ma’rifiy-biografik roman. – Toshkent

“Sharq”,2009 – 359 b.

Sharafiddinov Ozod Adabiyot-hayot darsligi – Toshkent G‘afur G‘ulom

nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 1981-96