MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA HUDUDNING SOLIQ POTENSIALINING O‘RNI

Annotasiya

Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda hududning soliq potensialiga taʼsir etuvchi koʻrsatkichlar tahlil qilingan. Mahalliy byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan byudjet-soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, soliq undirish mexanizmlari, hududlarni soliq toʻlay olish qobiliyati, ularni oshirish va soliqlarni undirish jarayonida sodir boʻladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib berilgan. 

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ismailov , M. (2025). MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA HUDUDNING SOLIQ POTENSIALINING O‘RNI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(2), 883–890. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/91772
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda hududning soliq potensialiga taʼsir etuvchi koʻrsatkichlar tahlil qilingan. Mahalliy byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan byudjet-soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, soliq undirish mexanizmlari, hududlarni soliq toʻlay olish qobiliyati, ularni oshirish va soliqlarni undirish jarayonida sodir boʻladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib berilgan. 


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

883


MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA HUDUDNING

SOLIQ POTENSIALINING O

RNI

Ismoilov Muslimjon

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0003-2598-6240

muslimjonsoliq1804@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda hududning

soliq potensiali

ga taʼsir etuvchi

k

oʻrsatkichlar tahlil qilingan. Mahalliy

byudjet daromadlarini

oshirishga qaratilgan byudjet-soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, soliq undirish

mexanizmlari, hududlarni soliq toʻlay olish qobiliyati, ularni oshirish va soliqlarni undirish

jarayonida sodir boʻladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar:

soliqlar, mahalliy byudjet, viloyat byudjeti, shahar byudjeti

, foyda soligʻi, aksiz

soligʻi, soliq potensiali, reprezentativ soliq tizimi, yuridik shaxslar, soliq tushumlari, soliq

toʻlovchilar, soliq imtiyozlari.

РОЛЬ НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА В ФОРМИРОВАНИИ ДОХОДОВ

МЕСТНОГО БЮДЖЕТА

Исмаилов Муслимджон

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье проанализированы показатели, влияющие на

налоговый потенциал территории в формировании доходов местного бюджета.
Система мер бюджетно

-

налоговой политики по увеличению доходов местного бюджета,

механизмы налогообложения, способность регионов платить налоги,

взаимоотношения,

возникающие в процессе их повышения и взимания налогов, освещены на основе

зарубежного опыта.

Ключевые слова:

налоги, местный бюджет, областной бюджет, городской

бюджет, налог на прибыль, акцизы, налоговый потенциал, репрезентативная налоговая

система, юридические лица, налоговые поступления, налогоплательщики, налоговые
льготы.

THE ROLE OF THE TAX POTENTIAL OF THE REGION IN THE FORMATION

OF LOCAL BUDGET REVENUES

Ismailov Muslimjon

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the indicators that affect the tax potential of the region in

the formation of local budget revenues. The system of budgetary and tax policy measures to

increase local budget revenues, tax collection mechanisms, the ability of regions to pay taxes, and

the relationships that occur in the process of increasing and collecting taxes are highlighted based

on foreign experience.

Keywords:

taxes, local budget, regional budget, city budget, profit tax, excise tax, tax

potential, representative tax system, legal entities, tax revenues, taxpayers, tax incentives.

UOʻK:

336.228

883-890


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

884

Kirish.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda

avvalombor, soliq siyosati samaradorligini oshirish, soliq turlari va ularning amal qilish

mexanizmini soddalashtirish, soliq yuki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida optimal

taqsimlash soliq tizimi oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuningdek
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshiriladigan soliq sohasidagi

islohotlarda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy faoliyatini soliqlar vositasida

rag’batlantirishni ko’zda tutadi, lekin shu bilan birgalikda soliqlarning asosiy fiskal funksiyasi

bajarilishi ko’p jihatdan soliqlarning budjetga o’z vaqtida va to’liq undirilish jarayoniga bog’liq.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda, ular oldiga

qo‘yilayotgan asosiy vazifalarni soliq siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Hududlarning soliq

salohiyatini oshirish maqsadida, “sharoiti juda “og‘ir” bo‘lgan hududla

r uchun yangi tashkil

etiladigan tadbirkorlik subyektlariga, aylanmadan olinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan

olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol

-mulk soliqlari hisoblangan

summadan 1 foiz stavkada to‘lash bo‘yicha qonun loyihasi”ni

(Farmon, 2022) ishlab chiqish va

uni amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan.

Budjetga soliqlarni va to’lovlarni o’z vaqtida

tushushi bo’yicha hududlar salohiyatini aniqlash, mahalliy

budjet daromadlarini

shakllantiruvchi omillarni to’lov qobiliyatini oshirish va kelib chiqishi mumkin bo’lgan ijtimoiy

-

iqtisodiy salbiy natijalarni oldindan aniqlash zaruriyat hisoblanadi. Natijada, hududlarni soliq

to’lay olish qobiliyatini aniqlash, qanday qil

ib budjet

daromadlarini ko’paytirish mumkin degan

savollarga javob topish uchun ilmiy asoslangan tavsiya va takliflarga murojaat qilinadi.

Adabiyotlar sharhi.

Har bir mamlakat

ning ma’lum bir hududi iqtisodiy rivojlanish holati mazkur hududdagi

korxonalar faoliyati hamda mahalliy budjet daromadlarining shakllanish manbalari kabi

ko‘rsatkichlar hudud iqtisodiy xavfsizligini belgilaydigan asosiy jihatlardir. Yuqoridagi

fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish

darajasiga bevosita ta’sir etu

vchi omillardan biri

hududlarning soliq salohiyatidir. Shu

sababli, mazkur tushuncha, ya’ni «soliq salohiyati» kategoriyasining nazariy mazmun

-

mohiyatini ko‘rib o‘tish maqsadga muvofiq. Xorijlik olimlardan T.Saprikina va D.Lisitskiy

tomonidan bildirilgan

takliflarga asosan, hududlarning soliq salohiyati nisbiy tushuncha bo‘lib,

u mamlakat hududlarida mavjud undirilishi rejalashtirilgan soliqlarning undirilishi bo‘yicha

mavjud imkoniyatini o‘zida aks ettirib, u hududning yoki mamlakatning yalpi ichki (hudu

diy)

mahsulot (YAIM/YAHM)ga nisbatan aniqlanishi maqsadga muvofiqdir:

𝑆𝑆 =

∑ 𝑆𝐻

𝑌𝐴𝐻𝑀

∗ 100%

bu yerda: SS

soliq salohiyati (potensiali), foizlarda; SH

umumiy soliqlarning hajmi;

YAHM

yalpi hududiy mahsulot.

Soliq tushumlarini prognoz qilish uslubiyatini takomillashtirish yo‘nalishida tadqiqot olib

borgan Xudoyqulov (2019)

tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, «soliq salohiyati –

milliy xo‘jalik,

hududlar, yuridik va jismoniy shaxs sifatida soliq majburiyati yuklatilgan shaxslarni davlatning

byudjet-

soliq siyosati doirasida hamda amaldagi soliq qonunchiligi bo‘yicha o‘zlariga

y

uklatilgan soliq majburiyatini to‘lash imkoniyati, shuningdek, davlat tomonidan soliqlarning

adolatlilik tamoyili buzilmagan holda budjetga maksimal darajada soliqlarni jalb etish mumkin

bo‘lgan imkoniyatdir».

Budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlar soliq salohiyatini oshirish

yo‘nalishlari borasida ilmiy izlanishlar olib borgan Bozorovaning

(2012) talqinicha, hudud

soliq potensiali

soliq qonunchiligining amal qilishi sharoitida tahlil etilayotgan davrdagi soliq

va boj to‘lovlarining ehtimol qilinadigan eng yuqori summasi, shuningdek, soliq va bojxona


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

885

organlarining nazorat ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlari
summalari, ya’ni bu haqiqiy yig‘ilgan soliqlar miqdori bilan byudjet daromadlarini potensial

to‘planishining qobiliyati o‘rtasidagi farqdir.

Chet el adabiyotlarida ko’rishimiz mumkinki soliq potensiali asosida ma’lum hududning

soliq tushumlari ko’rinishida daromad keltiradigan soliq bazasi tushuniladi. Xususan, Pelevin

(2014)

fikriga ko’ra, bugungi kunda soliq potensialini baholash ahamiyatli topshiriqlardan biri

hisoblanadi, bu nafaqat budjetga tushadigan soliqli tushumlarni

o’sishini, shuningdek ushbu

hududning soliq va boshqa tushumlari tushushi prognoz darajasini aniqlash imkonini beradi.

Soliq to’lovlarini tahlil qilishning birinchi bosqichi soliq bazasining holatiga ta’sir qiluvchi
mintaqaviy omillarni o’rganishni o’z ich

iga oladi. Mintaqaning soliq potensialini shakllantirish

jarayoniga quyidagi bloklar ta’sir ko’rsatadi:

-

tartibga soluvchi va qonunchilik;

-

iqtisodiy;

-

budjet.

Chun-Yan Kuo (2000)

soliq potensialini soliq to’lovchilarning soliq to’lay olishi yoki

davlatning daromad olish qobiliyati tarzida ifodalaydi.

Yuqoridagi fikrlarni o’rganar ekanmiz bu fikrlarga qo’shila olmaymiz. Chunki soliqlarni

to’lash qobiliyatini soliq potensiali bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Soliq potensialiga soliqlarni

to’lash qobiliyatidan boshqa omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Shuningdek Amerika Qo’shma Shtatlarining hukumatlararo munosabatlar bo’yicha

Maslahat qo’mitasi tomonidan soliq potensialini davlat xarajatlarini qoplash imkoni mavjud

bo’lgan jamiyatning maksimal summasidir deb ta’rif bergan

((ACIR, 1982)

Keng ma’noda “soliq potensiali”

- bu hududning soliq solinadigan resurslarining umumiy

miqdori. Torroq, аmaliy ma’noda “soliq potensiali”

-amaldagi qonunchilikda hisoblab chiqilgan

soliq va yig’im tushumlarining mumkin bo’lgan maksimal miqdori.

Soliq potensiali tushunchasi budjet

federalizmi modeli keng qo’llaniladigan ko’pchilik

rivojlangan davlatlarda moliyaviy potensial bilan tenglashtiriladi (

Прокопенко

, 2007).

Ko’plab mahalliy iqtisodchi olimlar tomidan ham soliq potensiali haqida fikr

-mulohazalar,

ayrim yondashuvlar bildirib o’tilgan. Ulardan Islamkulov

(2017) soliq potensiali har bir

davlatning o’ziga xos bo’lgan milliy soliq qonunchiligi, soliq ma’murchiligi, soliq tizimi

xususiyatlari bilan izohlanadi deb fikr bildirgan.

Shuningdek Musalimov (2020) hududlarni soliq potesialini mahalliy budjetlarning

daromad salohiyatini aniqlashdagi muhim element deb hisoblaydi.

Albatta hududlarning soliq potensiali har bir hududning o’zining ichki imkoniyatlaridan,

iqtisodiy imkoniyatlaridan, soliq resurslaridan va soliq to’lovchilarning to’lov qobiliyatidan

kelib chiqib aniqlanadi.

Fikr bildirgan mahalliy va xorijiy olimlarni fikrini o’rganar ekanmiz, ularning soliq

potensialiga bergan ta’riflarini bilan tanishishimiz mumkin. Misol uchun Chun

-Yan Kuo soliq

potensiali soliq to’lovchilarni soliqlarni to’lay olish qobiliyati sifatida ta’rif bergan. Amerikalik

olimlar esa soliq potensialiga davlat xarajatlarini qoplay olish qobiliyati sifatida qarashgan.

Albatta bu berilgan berilgan ta’riflarni hammasi to’g’ri, biroq soliq potensiali berilgan

tushunchalardan kengroq tushuncha. Soliq poten

siali nafaqat soliqlarni to’lay olish qobiliyatini,

balki soliq to’lovchilarni ham, soliq qarzlarini undirish qobiliyatini ham, soliq madaniyatini ham
o’zida mujassam etadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda ilmiy bilishning nazariy va empirik usullaridan keng foydalanilgan. Xususan,

ilmiy abstraksiyalash, kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, statistik guruhlash

usullaridan keng foydalanilgan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

886

Tahlil va asosiy natijalar muhokamasi.

Soliq salohiyatini aniqlashning eng oddiy usullaridan yana biri sifatida professor I.Gorskiy

tomonidan quyidagi usul ishlab chiqilgan (

Горский

, 1999):

Bu yerda:

NPR

hududning soliq salohiyati, (pul qiymatida);

F

xaqiqiy soliq tushumlari, (pul qiymatida);

Z

hisobot davrida soliq qarzdorligining ortishi (pul qiymatida);

L

h

ududga to‘g‘ri keluvchi soliq

imtiyozlari (pul qiymatida).

I.Gorskiy usulida ko’rsatilgan 2024

-

yildagi omillarni tahlil qilib o’tamiz. 1

-diagrammadan

ko’rishimiz mumkinki, 2024

-

yilda hududlar ichida Toshkent shahrida eng ko’p 16

957 ta yangi

xo’jalik subekti ro’yxatdan o’tgan. 2024

-yilda hududlar ichida eng kam ko

’rsatkich Sirdaryo

viloyatida 1

809 ta yangi xo’jalik subekti ro’yxatdan o’tgan.

1-

diagramma ko’rsatilgan ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida ko’rsak bo’ladiki, faoliyat

ko’rsatayotgan subektlarning 39 foizini savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko’rsatishga, 24
foizi qishloq xo’jaligiga, 10,4 foizi sanoatga va 26,6 foizi boshqa sohalarga to’g’ri keladi.

Yangi ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslar soni 77,2 mingta bo’lib, savdo, umumiy

ovqatlanish va xizmat ko’rsatishda 55,2 foizni, qishloq xo’jaligida 11,8 foizni, sanoatda 15 foizni

va boshqa sohalarda 18 foizni tashkil etadi.

Yangi ro’yxatdan o’tgan yurudik shaxslar tomonidan 2024

-yilda jami 1

675,8 mrld.so’m

soliq (

ijtimoiy soliq bilan birga

) to’landi.

1-diagramma. 2024-

yilda xo’jalik subektlar soni(mingta)

(Shodiev, 2022)

2-

diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, iqtisodiyotdagi ijobiy o’zgarishlar, soliq siyosati

va ma’murchiligini yaxshilash bo’yicha vaqtida qabul qilingan qarorlar hamda mahallabay va

korxonabay yangi institutlari faoliyatini samarali tashkil etilishi natijasida 2024-yilda 199,5

0

10000

20000

30000

40000

50000

60000

70000

80000

90000

100000

96085

48665 48400 45998 41630

32814 31795 30583 28593 28436 26137 24298

21348 14888

887

16957

6264 6855 5966 4504 4351 4997 3853 6668 4741 3096 4185 2904 1809

8

Faoliyat ko'rsatayotganlar

2024-yilda yangi ro'yxatdan o'tganlar


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

887

trln so’m soliq tushumlari davlat budjetiga tushgan va 2023

-yilga nisbatan 20,2 %ga (+33,5 trln

so’m) oshgan.

2024-

yilda hududlar kesimida tushumlarda eng yuqori o’sish sur’atlarni Toshkent shahri

(26,7 %), Toshkent viloyati (22,9 %), Xorazm viloyati (19,5 %), Sirdaryo viloyati (24,6 %) va

Yirik soliq to’lovchilar bo’yicha Hududlararo soliq inspeksiyasi (20 %) tas

hkil etganini

ko’rishimiz mumkin.

2-diagramma. Hududlar kesimida 2024-yilda tushumlar (mlrd.so'm)

(Буранова,

2020)

3-diagramma. 2024-yilda qo'llanilgan soliq imtiyozlari soliq turlari bo'yicha

(mlrd.so'm)

(

Исмоилов

, 2023)

27692.7

5278.6 7359.8 5398.4 4268.9 3760.4 3828.3 3452.1 2978.3 3188.3 3029.8 2201.8 2140.5 1695.5

123175.6

26.7%

17.7%

22.9%

16.1% 16.4%

11.6%

17.4%

10.1%

19.5%

17.2% 17.0% 17.4%

15.8%

24.6%

20.0%

0.0%

5.0%

10.0%

15.0%

20.0%

25.0%

30.0%

0

20000

40000

60000

80000

100000

120000

140000

Tushum

2023-yilga nisbatan o'sish sur'ati

Qo'shilgan qiymat

solig'i, 10983.6

Foyda solig'i, 3995.7

Daromad solig'i,

1333.8

Suv resurslaridan

foydalanganlik

uchun soliq, 59.7

Mulk solig'i, 824.4

Yer solig'i, 2177.6

Ijtimoiy soliq, 2610.8

Aylanmadan

olinadigan soliq,

209.7


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

888

2024-

yilda 249,5 ming holatda 22,2 trln so’mlik soliq imtiyozlaridan foydalanib, 2023

yilga nisbatan 3,1 foizga o’sgan. 3

-

diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, 2024

-

yilda ko’p

qo’llanilgan imtiyoz Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha 11,0 trln.so’m (49,5%), foyda solig’i 4,0

trln.so’m (18,0%), yer solig’i 2,1 trln.so’m (9,8%), ijtimoiy soliq 2,6 trln.so’m (11,8%), jismoniy

shaxslardan olinadigan daromad solig’i 1,3 trln.so’m (6,0%), mol

-

mulk solig’i 0,8 trln.so’mni

(3,7%) tashkil etgan.

Yuqoridagi ma’lumotlarni tahlil qilar ekanmiz, 2023

-yil bilan solishtirganda, 2024-yilda

jami imtiyozlarning hajmi sezilarli ravishda oshgan. 2023-

yilda jami qo‘llanilgan imtiyozlar

hajmi 60,6 mlrd.so‘m bo‘lib, asosiy qismi (50,6 mlrd. so‘m yoki 83,6%) QQS

imtiyozlaridan

iborat bo’lgan. 2024

-

yilda esa soliq imtiyozlari keskin ortib (22 195,3 mlrd.so‘m), QQS bo‘yicha

imtiyozlar hajmi ham sezilarli darajada oshgan.

4-diagramma. 2024-yilda soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan

qo'shimcha soliqlar (mlrd.so’m)

(Исмоилов,

2024)

2024-yilda soliq majburiyatiga ega 520 557 ta korxonaning 84 222 tasida yoki 16,2%

(

2023 yilda 570 372 ta korxonaning 105 859 tasi yoki 18,5%

) soliq tekshiruvlari tashkil etilgan.

4-

diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, 2

143 ta soliqdan qochish xavfi yuqori bo’lgan soliq

to’lovchilarda soliq auditi o’tkazilib, 6

217,2 mlrd.so’m qo’shimcha soliq va moliyaviy

sanksiyalar qo’llanilgan.

31

938 ta kameral soliq tekshiruvi o’tkazilib, 1

302,7 mlrd.so’m qo’chimcha soliqlar

hisoblangan.

Tekshiruvdan oldingi tahlil

“Avtokameral” ATda 504 ta mezon asosida soliq

to’lovchilarga xato

-kamchiliklarini mustaqil bartaraf qilish imkoniyatlarini yanada

kengaytirmoqda. “Avtokameral” AT orqali soliq to’lovchilarning hisobotlarida aniqlangan

tavofut va xatoliklarning qariyb 12,6 trln.so’mi bo’yicha ixtiyoriy ravishda aniqlashtirilgan

hisobotlar taqdim etildi va 4,6 trln.so’mlik moliyaviy jarimalar qo’llanil

ishining oldi olingan.

Natijada, budjetga 3,1 trln.so’mlik qo’shimcha soliqlar hisoblandi.

Yuqoridagi tahliliy ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, 2024

-yilda Toshkent shahar

va Toshkent viloyati kabi iqtisodiy faol hududlarda kuchli va oʻsib borayotgan soliq salohiyati

ko’rsatilgan. Shu bilan birga, soliq imtiyozlari, xususan, QQS bo'yicha, shu

ningdek, tekshiruvlar

Soliq auditi

Kameral soliq tekshiruvi

Tekshiruvdan oldingi tahlil-Avtokameral

0.00

1,000.00

2,000.00

3,000.00

4,000.00

5,000.00

6,000.00

7,000.00

6,217.20

1,302.70

3,100.00

Soliq auditi

Kameral soliq tekshiruvi

Tekshiruvdan oldingi tahlil-Avtokameral


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

889

natijasida aniqlangan katta miqdordagi qo'shimcha soliqlar soliqqa tortish imkoniyatlari hali
ham foydalanilmaganligini ko'rsatadi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa sifatida ko’rishimiz mumkinki, albatta soliqlardan berilayotgan imtiyoz va

perefensiyalarning samaradorligi muntazam ravishda baholab borilishi maqsadga muvofiq

bo’ladi. Chunki tahlillar natijasida soliq imtiyozlarining eng samarali bo’lganlarini da

vom

ettirish mumkin bo’ladi va samaradorligi past bo’lganlarini qayta ko’rib chiqiladi. Berilayotgan

imtiyozlarning o’rinli berilishi, soliq bazasini kengaytirish, qonunchilikka rioya qilishni
kuchaytirish va soliq siyosatini takomillashtirishga doimiy e’t

ibor har bir hududning soliq

salohiyatiga ta’sir o’tkazadi.

O’rganishlar natijasida quyidagi chora

-

tadbilarni amalga oshirish iqtisodiy o’sishga

to’sqinlik qilmasdan soliq tushumlarini maksimal darajada oshirishga xizmat qilishi mumkin:

Birinchidan, soliq qonunchiligiga rioya etish choralarini kuchaytirish; ikkinchidan, soliq

imtiyozlari muntazam va tizimli optimallashtirish; uchinchidan, soliq nazoratini kuchaytirish;

to’rtinchidan, ishbilarmonlik faolligini, ayniqsa salohiyati rivojlanayotgan hududlarni yanada

rag'batlantirish.

Adabiyotlar /

Литература

/Reference:

Advisory Commission on Intergovernmental Relations (ACIR). 1982. Tax Capacity of the Fifty

States: Methodology and Estimates

Bozorova L.A. (2012

) Byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlar soliq

salohiyatini oshirish yo‘nalishlari. Iqtisod va moliya / Экономика и финансы № 12,

https://cyberleninka.ru/article/n/byudzhet-daromadlari-bar-arorligini-taminlashda-ududlar-

soli-salo-iyatini-oshirish-y-nalishlarihttps://cyberleninka.ru/article/n/byudzhet-daromadlari-

bar-arorligini-taminlashda-ududlar-soli-salo-iyatini-oshirish-y-nalishlari.

Farmon (2022) O

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF

60-

sonli “2022–

2026-yillarga mo

ljallangan Yangi O

zbekistonnig taraqqiyot strategiyasi

to

g

‘risida”gi Farmoni.

Ismoilov M.Q. (2025) European Journal of Business Startups and Open Society, Vol. 5 No. 4

(April): EJBSOS. The Role of Tax Revenues in Determining the Tax Potential of Regions. 285-290.

Ismoilov M.Q. (2025) European Journal of Business Startups and Open Society, Vol. 5 No. 4

(April): EJBSOS. The Importance of Tax Benefits in Determining the Tax Potential of Regions. 252-

257.

Kuo, C.-

Y. (2000) ‘Estimation of Tax Revenue and Tax Capacity’, Development Discussion

Papers.

Shodiev O. (2022) Excise tax: general and special.

Академические

исследования

в

современной

науке

Xudoyqulov S. (2019) Soliq tushumlarini prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish.

08.00.07

Moliya, pul muomalasi va kredit. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi

avtoreferati. Toshkent

2019. 23-bet.

Худайкулов С.К. Cовершенствования Оценки

Налогового Потенциала Регионов в

Узбекистане // Международная конференция.

“Экономика Евразии” 2018 г.

www.avekon.org/proceedings/avekon10.pdf

.

Буранова

Л. (2020) Экономика и инновационные технологии,

Финансовый потенциал

региона: понятие, сущность и значение для развития Сурхандарьинской области

.

Горский И.В. (1999) Налоговый потенциал в механизме межбюджетных

отношений

// Финансы. № 6.

11

с

Исмоилов

М. (2024) Экономическое развитие и анализ,

Роль налогового потенциала

регионов в обеспечении финансовой устойчивости

. 104-111.

Исмоилов

М. (2024) Экономическое развитие и анализ.

РОЛЬ НАЛОГОВОГО

ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНОВ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ

.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

890

Исмоилов

М.К. (2023) Экономика и социум.

Роль налогового потенциала в

формировании доходов местного бюджета

.

Пелевин, И. Ю. (2014) АНАЛИЗ КОНЦЕПТУАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ И МЕТОДОВ ОЦЕНКИ

НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНОВ, Статистика и Экономика. doi: 10.21686/2500

-

3925-2014-5-70-72

Прокопенко Р.А

(2007)

Понятие и роль налогового потенциала в экономическом

развитии региона / Научный журнал «Современные наукоемкие технологии». №12

Худжамуратович, И. А. (2017) "Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий

электрон журнали. № 2, март

-

апрель.

Шухрат, М., (2020) Научный, И. and Финансовый Институт, Т. ‘Iqtisodiyot va

innovatsion texnologiyalar’ Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart

-aprel.

Bibliografik manbalar

Advisory Commission on Intergovernmental Relations (ACIR). 1982. Tax Capacity of the Fifty States: Methodology and Estimates

Bozorova L.A. (2012) Byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlar soliq salohiyatini oshirish yo‘nalishlari. Iqtisod va moliya / Экономика и финансы № 12, https://cyberleninka.ru/article/n/byudzhet-daromadlari-bar-arorligini-taminlashda-ududlar-soli-salo-iyatini-oshirish-y-nalishlarihttps://cyberleninka.ru/article/n/byudzhet-daromadlari-bar-arorligini-taminlashda-ududlar-soli-salo-iyatini-oshirish-y-nalishlari.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnig taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.

Ismoilov M.Q. (2025) European Journal of Business Startups and Open Society, Vol. 5 No. 4 (April): EJBSOS. The Role of Tax Revenues in Determining the Tax Potential of Regions. 285-290.

Ismoilov M.Q. (2025) European Journal of Business Startups and Open Society, Vol. 5 No. 4 (April): EJBSOS. The Importance of Tax Benefits in Determining the Tax Potential of Regions. 252-257.

Kuo, C.-Y. (2000) ‘Estimation of Tax Revenue and Tax Capacity’, Development Discussion Papers.

Shodiev O. (2022) Excise tax: general and special. Академические исследования в современной науке

Xudoyqulov S. (2019) Soliq tushumlarini prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent – 2019. 23-bet. Худайкулов С.К. Cовершенствования Оценки Налогового Потенциала Регионов в Узбекистане // Международная конференция. “Экономика Евразии” 2018 г. www.avekon.org/proceedings/avekon10.pdf .

Буранова Л. (2020) Экономика и инновационные технологии, Финансовый потенциал региона: понятие, сущность и значение для развития Сурхандарьинской области.

Горский И.В. (1999) Налоговый потенциал в механизме межбюджетных отношений // Финансы. № 6. 11 с

Исмоилов М. (2024) Экономическое развитие и анализ, Роль налогового потенциала регионов в обеспечении финансовой устойчивости. 104-111.

Исмоилов М. (2024) Экономическое развитие и анализ. РОЛЬ НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНОВ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ.

Исмоилов М.К. (2023) Экономика и социум. Роль налогового потенциала в формировании доходов местного бюджета.

Пелевин, И. Ю. (2014) АНАЛИЗ КОНЦЕПТУАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ И МЕТОДОВ ОЦЕНКИ НАЛОГОВОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНОВ, Статистика и Экономика. doi: 10.21686/2500-3925-2014-5-70-72

Прокопенко Р.А (2007) Понятие и роль налогового потенциала в экономическом развитии региона / Научный журнал «Современные наукоемкие технологии». №12

Худжамуратович, И. А. (2017) "Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 2, март-апрель.

Шухрат, М., (2020) Научный, И. and Финансовый Институт, Т. ‘Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar’ Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel.