www.sci-p.uz
II SON. 2025
946
INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHDA GAT TEXNOLOGIYASINING ROLI
prof.
Abduxalilova Laylo
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0003-0783-4078
Annotatsiya.
Mazkur maqolada infratuzilmani samarali rejalashtirish, boshqarish va
rivojlantirishda geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalarining o‘rni yoritilgan. GAT
vositalari orqali hududiy resurslardan oqilona foydalanish, muhandislik kommunikatsiyalarini
optimallashtirish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish va ekologik barqarorlikni
ta’minlash imkoniyatlari tahlil etilgan. Dunyodagi ilg‘or tajribalar, xususan, Singapurda “Smart
N
ation” tashabbusi doirasida GAT texnologiyalarining joriy etilishi, virtual shahar modellarining
shakllantirilishi va ularning transport, suv va qurilish infratuzilmasiga ta’siri misol sifatida ko‘rib
chiqilib, tahlillar asosida xulosa va takliflar keltiri
b o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
GAT, shaharsozlik, aloqa, yer, geografik joylashuv, infratuzilma, suv, yo‘llar,
bino va inshootlar, axborot, raqamli dastur, xarita.
РОЛЬ ТЕХНОЛОГИИ
GAT
В РАЗВИТИИ ИНФРАСТРУКТУРЫ
проф
.
Aбдуxaлилoвa Лaйлo
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В этой статье освещается роль технологий географических
информационных систем (GAT) в эффективном планировании, управлении и развитии
инфраструктуры. С помощью инструментов GAT были проанализированы возможности
рационального использования территориальных ресурсов, оптимизации инженерных
коммуникаций, быстрого реагирования на чрезвычайные ситуации и обеспечения
экологической устойчивости. В качестве примеров рассматриваются передовой
мировой опыт, в частности внедрение технологий GAT в рамках инициативы Smart
Nation в Сингапуре, формирование моделей виртуальных городов и их влияние на
транспортную, водную и строительную инфраструктуру, а также приводятся выводы
и предложения на основе анализа.
Ключевые слова:
GAT
, городское планирование, связь, земля, географическое
положение, инфраструктура, вода, дороги, здания и сооружения, информация, цифровое
приложение, карта.
UOʻK:
338.49
946-953
www.sci-p.uz
II SON. 2025
947
ROLE OF GAT TECHNOLOGY IN INFRASTRUCTURE DEVELOPMENT
prof.
Abdukhalilova Laylo
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article covers the role of geographic information systems (GAT) technologies
in the effective planning, management and development of infrastructure. Through GAT tools, the
possibilities of rational use of territorial resources, optimization of engineering communications,
rapid response to emergencies and ensuring environmental sustainability have been analyzed.
The world’s advanced experiences, in particular the introduction
of GAT technologies in Singapore
under the Smart Nation initiative, the formation of virtual urban models and their impact on
transport, water and construction infrastructure, were considered as examples, drawing
conclusions and suggestions based on the analysis.
Keywords:
GAT, urban planning, communications, land, geographic location,
infrastructure, water, roads, buildings and structures, information, digital program, map.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy tarmoqlarini takomilla
shtirish
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri yerni o‘zgartirish ko‘lamiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda yer va ko‘chmas mulk
ob’ektilarini kompleks ro‘yxatga olish va hisob –
balansini yuritish tizimida davlat xizmatlarini
ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun geodeziya, kartogra
fiya va kadastr sohalariga zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda raqamli transformatsiyadan o‘tkazilayotganligi
sababli, Zamonaviy ro‘yxatga olish va hisob –
balansini yuritish tizimida uch o‘lchovli (3D)
kadastr plan va xaritalarini yaratishni taqozo etadi. Bu mamlakat infratuzilmasini raqamli
muhitda shakllantirish va tadqiq etish imkonini beradi.
Zamonaviy jamiyatda infratuzilmani samarali boshqarish va uni yanada rivojlantirish
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu
jarayonda geografik axborot tizimlari (GAT)
muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. GAT
—
bu fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil
qilish va vizual ko‘rinishda taqdim etishga imkon beruvchi texnologiyalar majmuasidir. Aynan
shu xususiyatlari tufayl
i, GAT infratuzilma sohasida keng qo‘llanilmoqda.
Axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi natijasida u nafaqat
texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda.
GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi
klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida,
yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini
tuzish
hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni
loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri
va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtir
ishda, yerlarninig holatini
aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi.
Avvalo, GAT yordamida mavjud infratuzilma obyektlari, masalan, yo‘llar, elektr
tarmoqlari, gaz quvurlari va suv ta’minoti tizimlari aniq xaritada joylashtir
iladi. Bu esa ularga
xizmat ko‘rsatish va ularni yangilash jarayonini osonlashtiradi. Shuningdek, bu tizim orqali
infratuzilma holatini monitoring qilish, xavfli zonalarni aniqlash va texnik xizmat ko‘rsatish
muddatlarini rejalashtirish mumkin bo‘ladi.
Bug
ungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun’iy yoʻldoshlar
bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash
orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻll
arni izlab topishda
qulaylik tugʻdirmoqda. Bir qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma’lumotlarni
kartada bemalol olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonun
-
qoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. A
gar geoaxborot tizimini bundan 10 yillar
oldin faqatgina aniq bir mutaxassislar guruhigina ishlatishi mumkin, degan qoidalar mavjud
www.sci-p.uz
II SON. 2025
948
boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib internet tarmogʻidagi veb
-portallar, turli navigatsiya
tizimlari, uyali telefonlardagi dasturlarning ishlab chiqilishi oddiy fuqaroning ham ushbu
sohani bilishiga asos yaratdi.
Adabiyotlar sharhi.
Bogdanova (2017) GAT texnologiyasiga asoslangan bunday portallarning vazifalaridan
biri bu mintaqa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial sayyohla
r uchun qulay va ochiq shaklda
taqdim etishdir. Buning uchun sayt ixcham bo‘lishi kerak, navigatsiya intuitiv va aniq tuzilgan
bo‘lishi kerakligini keltirib o‘tgan.
Zamoskovniy (2006) infratuzilmadagi bunday imkoniyatlar, xususan, ko‘p o‘lchovli
ma’lumotlarni vizualizatsiya qilishning vektor
-maydon usuli asosida geoanalitik texnologiyalar
(GAT) tomonidan ta’minlanadi. Ushbu usulning foydali xususiyati bir vaqtning o‘zida vektor
shaklida tuzilish va intensivlik ko‘rsatkichlarini taqdim etishdir ya’
ni vektor-maydon usuli
orqali infratuzilmaning kartografiyasini yaratihdir deb keltirgan.
Qodirov (2024) mintaqa iqtisodini prognozlashtirishning ilmiy yondashuvlari va uni
geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi iqtisodiy siyosatni
shakllantirishda va barqaror o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. GAT orqali
mintaqaning kelajakdagi o‘sish sur’atlari, sanoat tarmoqlari rivoji, demografik o‘zgarishlar va
infratuzilma holati tahlil qilinadi. Bunday prognozlar siyosatchilar va investorlarga aniq
ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish imkonini beradi.
Imomkulov (2020)
O‘zbekiston hududida foydalanilishi mumkin bo‘lgan fazoviy
ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, integratsiyalash
hamda
ulardan foydalanish masalalariga o‘z ichiga oladigan tizim
larni joriy etish hudud
infratuzilmasi uchun
lozimligni keltirib o‘tgan
.
Maxkamova (2021) raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash imkoniyatlarini
tahlil qilgan va ular yordamida qishl
oq xo‘jaligida ishlab chiqarish sotish zanjirida to‘la kuzatuv
va muvofiqlashtirishni amalga oshirish mumkinligini aytib o‘tgan. Raqamli texnologiyalar
olingan ma’lumotlarni ob’ektivligini ta’minlaydi va bu narsa qishloq xo‘jaligi yerlarini
boshqarishda optimal modellarini yaratish imkoniyatini beradi deb hisoblaydi.
Anvarov (2023) infratuzilmani geoaxborot texnologiyalari bilan integratsiyalash yerdan
foydalanish bo‘yicha bashoratlarning aniqligini oshiradi va rejalashtiruvchilarga barqaror
shahar rivojlanishi uchun proaktiv qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Egamberdiyev (2025) GATdan foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri hududning
infratuzilmasi sxemalarining yaratilganligi va qidiruv, qurulish va davlat ahamiyatiga molik
sohalarda zamonaviy, real vaqtdagi xaritalarni yaratish, qidiruv, navigatsiya tizimlarini ishlab
chiqish imkoniyatidir deb keltirgan. Ushbu dastur orqali notanish yerlardagi obyektlarni
ko‘rishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy asoslangan metodlar majmuasidan keng foydalanildi. Xususan,
statistik tahlil usuli orqali mavjud ma’lumotlar son jihatdan chuqur o‘rganilib, ular asosida
muayyan qonuniyatlar va tendensiyalar aniqlab olindi. Qiyosiy tahlil yordamida turli davrlar,
hududlar yoki hodisalar o‘rtasida o‘zaro solishtirishlar amalga oshirilib, farqli va umumiy
jihatlar aniqlandi. Dinamik o‘rganish esa vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil
qilish imkonini berdi, bu orqali rivojlanish yo‘nalishlari va bosqichlari ochib berildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Infratuzilmani boshqarishning o‘sib borayotgan muammolari ichida ayniqsa ijtimoiy,
iqtisodiy infratuzilma, ekologik, transport va boshqa muammolar yanada keskinlashadi, shahar
hosil qiluvchi baza va ijtimoiy infratuzilma o‘rtasida teskari ta’sir kuchayadi.
Aholiga uy-
joylarning yetishmasligi, iqtisodiy-
ijtimoiy va kommunal xo‘jaligi tizimini joylashtirishlar
www.sci-p.uz
II SON. 2025
949
bugungi kunda har qanday shaharda kuzatilmoqda. Hozirgi kunda shaharlarda aholini yashash
qulayligi va zamonaviyligi, shaharlarning kelajakda gullab-yashnashi dolzarb muammolardan
biridir. Bizning oldimizga yashash muhitini yanada farovonlashtirish va shinamlashtirish
hamda optimallashtirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Oddiy shaharning bir qismini ekologik shaharga aylantirish jarayonida mavjud holatni
baholash va bosh reja, texnik-muhandislik yechimlarni ishlab chiqishdan boshlanib, ijtimoiy
masalalar bilan yakunlanadigan ko‘plab o‘zaro bog‘liq bosqichlardan iborat bo‘lgan uzoq
jarayondir:
- Bosh reja;
- Energiya tejamkorligi;
- Materiallar (Resurslar);
- Transport;
- Suv.
Shaharlarning infratuzilmasi konsepsiyasi misolida Germaniya shaharlarining
shaharsozlik dasturlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. Asosiy
e’tbor, shahar infratuzilmasining barcha elementlarini ko‘kalamzo
rlashtirishni, xususan, aholi
o‘rtasida toza ekologik fikrlash va turmush tarzini joriy etishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli
ekologik siyosatga qaratildi.
GAT texnologiyalari infratuzilmani zamonaviy va samarali boshqarishda, rejalashtirishda
hamda muammolarga tezkor yechim topishda beqiyos ahamiyatga ega. Bu texnologiya
yordamida shaharsozlik, geografik joylashuvlar bo‘yicha muammolarni hal qilishda
ko‘maklashadi. Quyidagi 1
-
jadvalda an’anaviy va zamonaviy kartografiyaning qiyosiy tahlili
keltirilgan bo‘
lib, GAT texnologiyasiga asoslangan tarzda infratuzilmani rejalashtirish
imkoniyatlari keltirib o‘tilgan.
1-jadval
An’anaviy
va zamonaviy kartografiyaning qiyosiy tahlili
Jarayonlar
An’anaviy
texnologiyalar
boʻyicha
GAT
boʻyicha
Ma’lumotni
toʻplash yoʻllari
Aerofototasvirlar, raqamli
masofadan zondlash, geodezik
ishlar, ishchi chizmalar, statistik
ma’lumot
lar
An’anaviy yoʻl bilan va qoʻshimcha tayyor raqamli
kartalar, relyefning raqamli modeli, raqamli
ortofototasvirlar, raqamli
ma’lumotlar
bazasi
Ma’lumotni
kiritish
Nuqta, chiziq, maydonlarni
qogʻozga
tushirish
Nuqta, chiziq, maydonlarni kompyuter
xotirasiga tushirish
Ma’lumotni
qayta ishlash
Tahlilchi mutaxassis tomonidan
ishlatiladigan lineyka, planimetr,
transportir va boshqa asboblar
qoʻllaniladi.
Kompyuter axborotini oʻlchash, taqqoslash va
ma’lumotlar bazasida tasvirlash
imkoniyatlari
qoʻllaniladi.
Ma’lumotni
saqlash va
tanlash
Nuqta, chiziq, maydonlar
qogʻozga shartli belgilar
yordamida chiziladi. Tanlash
oʻqish
orqali bajariladi.
Nuqta, chiziq va maydonlar rastr, koordinata yoki
identifikator sifatida kompyuter xotirasida
saqlanadi. Atributlar jadvali koordinatalar bilan
bogʻliq boʻladi. Tanlashda
kompyuter orqali
izlashning samarali usullaridan foydalaniladi.
Kartalarni
ishlab chiqarish
Qogʻozli koʻrinishda turli xil
ma’lumotli kartalar alohida
-
alohida tasvirlanadi,
kartogrammalar ham qoʻshilishi
mumkin.
Raqamli koʻrinishda va istalgan payt qogʻozli
koʻrinishda bosmaga
chiqarish mumkin, barcha
ma’lumotlarni yagona umumiy karta sifatida
qatlamlarga ajratgan holda tasvirlash va boshqa
turdagi statistik diagrammalar hamda jadvallarni
birlashtirib chiqarish imkoniyati mavjud.
Manba:
Boltayev Tolmasbek Xasanovich, Qosimjon Raxmonov, Muxitdin Sadritdinovich Akbarov Geoaxborot
tizimining ilmiy asoslari Oʻquv qoʻllanma T:
- 2015 36-b.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
950
Shuning uchun ham GAT texnologiyalari asosida yangi infratuzilma loyihalarini ishlab
chiqish muhim rol o‘ynaydi. Masalan, yangi yo‘l qur
ilishi rejalashtirilayotganda, GAT yordamida
eng maqbul yo‘nalish tanlanadi, ekologik va ijtimoiy omillar hisobga olinadi. Bu esa resurslar
tejalishini ta’minlaydi va loyiha samaradorligini oshiradi.
Shuningdek, tabiiy ofatlar yoki favqulodda holatlar yuzaga kelganda GAT texnologiyalari
tezkor choralar ko‘rishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, suv toshqinlari xavfi bo‘lsa, GAT
orqali xavf ostidagi hududlarni aniqlab, aholiga ogohlantirish berish va evakuatsiya yo‘llarini
belgilash mumkin.
Infratuzilmani rejalashtirishda geoaxborot texnologiyalarining integratsiyalashuvi
barqaror shahar rivojlanishiga yordam beradi. Suv toshqini yoki seysmik faollik kabi xavflarni
baholash uchun GISni qo‘llash orqali shaharlar infratuzilma loyihalari haqida xabardor qarorlar
qabul qilishlari mumkin. Ushbu proaktiv yondashuv shahar tuzilmalarining chidamliligini
oshiradi, ularning potensial xavfxatarlarga bardosh berishini va tiklanishini ta’minlaydi.
Davlat muassasalari va xususiy korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik shaharlardan
foydalanishni o‘rganishda geoinnovatsiyalarni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Davlat
-
xususiy sheriklik ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, tadqiqot tashabbuslarini
moliyalashtirish va innovatsion yechimlarni amalga oshirishni osonlashtirishi mumkin.
Bunday hamkorlik shaharsozlik va rivojlanish sohasidagi yutuqlarni tezlashtiradigan sinergiya
yaratadi (Anvarov, 2023).
GAT
texnologiyalari inklyuziv shahar rejalashtirish orqali ijtimoiy tenglikni ta’minlashda
ahamiyatlidir. Demografiya foydalanis
h imkoniyati va resurslarni taqsimlash bilan bog‘liq
fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish orqali rejalashtiruvchilar yerdan foydalanishdagi
nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun maqsadli tadbirlarni talab qiladigan hududlarni
aniqlashlari mumkin. Ushbu yondashuv yanada inklyuziv, qulay va adolatli shahar
maydonlarini ta’minlaydi. Yerdan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar geograflar, shaharsozlar,
ekologlar, ma’lumotlar bo‘yicha olimlar va boshqa mutaxassislar o‘rtasidagi fanlararo
hamkorlikdan foyda oladi.
Ushbu hamkorlikdagi yondashuv yerdan foydalanishga ta’sir
qiluvchi omillarni yaxlit tushunishni ta’minlaydi, shaharsozlikning kompleks va
integratsiyalashgan yechimlariga olib keladi.
Geoaxborot texnologiyalari rivojlanishi bilan aqliy mulohazalar, jumlad
an, ma’lumotlar
maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shaharsozlik uchun qimmatli
ma’lumotlarni to‘plash va shaxslarning shaxsiy hayotini himoya qilish o‘rtasidagi muvozanatni
saqlash juda muhimdir. Shaharlarda yerdan foydalanishni o
‘rganishda geofazoviy
ma’lumotlardan foydalanishni boshqarish uchun shaffof siyosat va axloqiy ko‘rsatmalar
o‘rnatilishi lozimligini ham unutmasligimiz kerak.
1-rasm. GAT texnologiyasining tarkibiy qismlari
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida tayyorlandi.
Kompyuter
tizimi
Dasturiy
ta'minot
Inson
resurslari
Ma'lumotlar
Infratuzilma va
jarayonlar
www.sci-p.uz
II SON. 2025
951
1-
rasm ma’lumotlaridan ko‘rining turibdiki, GAT texnologiyasi yordamida sirkulyatsion
tarzda komyuter tizimi yaratiladi, dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi, inson resurslari
o‘rganiladi, ma’lumotlar tahlil qilinib, infratuzilma va jarayonlar kompyuter tizimiga kiritiladi.
World bankning (2021)
hisoboti bo‘yicha, rivojlanayotgan davlatlarda GAT
texnologiyasidan foydalanish infratuzilma loyihalarida o‘rtacha 15–
25%gacha xarajatlarni
kamaytirishga yordam bergan. Ayniqsa, transport va kommunal xizmatlar sohasida bu
ko‘rsatkich 30% gacha yetgan.
Yangi qurilayotgan infratuzilma obyektlarining joylashuvi,
relyef xususiyatlari, yer maydonining xatti-harakatlari va ijtimoiy infratuzilma bilan
aloqadorligi GAT orqali aniqlangan. Masalan, AQShda har yili 40 mingdan ortiq infratuzilmaga
oid loyiha GAT orqali tahlil qilinadi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini 40% tezlashtirgani
aniqlangan.
2020-
yilgi Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari vaqt
ida GAT texnologiyalari orqali xavfli
hududlar aniqlanib, 120 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Shu bilan birga, 3000 km
dan ortiq transport yo‘llari real vaqt rejimida monitoring qilinib, muhim logistika yo‘llarining
xavfsizligi ta’minlangan.
GAT t
exnologiyalarini infratuzilmani takomillashtirishda foydalanilishi toʻgʻrisida
ma’lumotga koʻra, GATning oʻzi ham tizimlarga boʻlinadi va ular quyidagilar:
1. Ma’lumotlarni toʻplash tizimi va unda ma’lumotlar turli xil manbalardan olinadi va
boshlangʻich q
ayta ishlov amalga oshiriladi. Bu tizimning asosiy vazifasi turli xil fazoviy
ma’lumotlarni oʻzgartirish (rastr koʻrinishdan vektor koʻrinishiga keltirish) dan iboratdir.
2. Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi fazoviy
ma’lum
otlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat.
3. Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni hal qilish uchun
ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi.
4. Ma’lumotni chiqarish tizimi. Toʻliq yoki qisman ma’lumotlar bazasi jadval, diagramma
yoki karta koʻrinishida tasvirlanib, bosmaga chiqariladi yoki foydalanuvchining talabiga koʻra
elektron yoki qogʻozli ma’lumot koʻrinishida beriladi.
GAT texnologiyalari nafaqat infratuzilmani rejalashtirish va qurishda, balki uni doimiy
monitoring qilish, xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda raqamli infratuzilmaning ajralmas qismi bo‘lgan GAT, global miqyosda iqtisodiy
samaradorlikni oshirishga ham xizmat qilmoqda.
GAT texnologiyasining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilgan tajribalardan biri Singapur
misolida oladigan bo‘lsak
, Singapur
dunyodagi eng ilg‘or tajribalardan biriga ega davlatlardan
biridir. Uning muvaffaqiyatining asosida esa geografik axborot tizimlarining (GAT) keng va
chuqur qo‘llanilishi yotadi. 2014
-
yilda Singapur hukumati “Smart Nation” (Aqlli millat)
dasturini e’lon qildi. Bu tashabbusning markazida GAT texnologiyalari asosida butun shaharni
raqamli xaritaga joylashtirish yotgan. Dasturdan maqsad
har bir infratuzilma elementi yo‘llar,
binolar, elektr va suv tarmoqlari, ekologik zonalar haqida aniq, interaktiv va real vaqtda
yangilanadigan ma’lumotlar bazasini yaratish edi. Bu loyiha qo‘llab
-
quvvatlangandan so‘ng
mamlakat uchun real vaqtda o‘zgarish
larni nazorat qilib borish imkonini bergan.
Singapurdagi eng ilg‘or loyihalardan yana biri bu “Virtual Singapore” bo‘lib, u 3D GAT
texnologiyalari asosida yaratilgan. Ushbu raqamli shahar modeli quyidagi imkoniyatlarni
yaratib bergan:
-
Shahar
rejalashtirish asosida yangi obyektlar qurilishi (masalan, ko‘p qavatli uy yoki
savdo markazi) shaharga qanday ta’sir qilishini oldindan simulyatsiya qilish;
-
Transport harakatini tahlil qilish va tirbandlik yuzaga keladigan hududlar aniqlash,
alternativ yo
‘nalishlarni tavsiya qilish;
-
Quvurlar va kommunikatsiyalar yer osti infratuzilmasining to‘liq raqamli modelga
o‘tkazish, bu esa avariya xavfini kamaytirishga;
-
Energiya tejamkorligi oshirish, binolar qanday energiya sarflayotgani aniqlash, energiya
samarado
rligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘mak berib kelmoqda.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
952
Singapur tajribasi shuni ko‘rsatadiki, GAT texnologiyalaridan samarali foydalanish
infratuzilmani boshqarishda inqilobiy o‘zgarishlar qilish imkonini beradi. Ularning tajri
basida
GAT shunchaki xaritalash vositasi emas, balki har bir qaror uchun asos bo‘luvchi, doimiy
yangilanib turuvchi aqlli platforma sifatida qaraladi.
Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda mamlakatimizda infratuzilmani rivojlantirish
uchun GAT texnologiyasiga asoslangan joriy qilish uchun bir necha bosqichlarni amalga
oshirish lozim (2-rasm).
2-
rasm. O‘zbekistonda infratuzilmani rivojlantirishda GAT texnologiyasidan
foydalanishni joriy qilish bosqichlari
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda GAT texnologiyalarini infratuzilma sohasida qo‘llash
tendensiyasi kuchaymoqda. 2025-
yilda “Raqamli O‘zbekiston —
2030” strategiyasi doirasida
12 ta viloyatda kommunal xizmatlar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida GAT
texnologiyasi joriy qilish fikrimizcha ijobiy natijalarga olib keladi. Natijada aholiga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi. GAT asosida tahlil qilingan loyihalarda, an’anaviy
yondashuvga nisbatan suv ta’min
otida 20%, elektr tarmoqlarida 18%, gaz quvurlarida esa 12%
resurs tejalganligi kuzatilgan. Bu esa milliy byudjetga sezilarli daromad olib kelishi mumkin.
Xulosa va takliflar.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki GAT texnologiyalariga
asoslangan xaritalarni keng
joriy qilish mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni baholashga va dasturlar ishlab
chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi;
O‘zbekiston sharoitida ham GAT texnologiyalarini joriy etish infratuzilma rivojiga sezilarli
ijobiy ta
’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, raqamli transformatsiya doirasida mahalliy
loyihalarda GATdan foydalanish xizmatlar sifatini oshirish, byudjet xarajatlarini kamaytirish va
aholining hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi;
GAT texnologiyalari infratuzilmani samarali rejalashtirish va boshqarishda muhim vosita
hisoblanadi. Ular hududiy resurslardan oqilona foydalanish, obyektlarning optimal
joylashuvini aniqlash hamda mavjud infratuzilmani monitoring qilish imkonini beradi;
Transport, suv ta’minoti, quri
lish va ekologik xavfsizlik sohalarida GAT texnologiyalari
xarajatlarni kamaytirish va vaqtni tejashda katta samaradorlik ko‘rsatmoqda. Masalan, yo‘llar
va kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashda GAT orqali aniqlik oshadi va xatoliklar
kamayadi;
Singapur
tajribasi GAT texnologiyalarini kompleks ravishda qo‘llash orqali shahar
infratuzilmasini aqlli boshqarish mumkinligini ko‘rsatadi. Virtual shahar modellaridan tortib
real vaqt rejimida monitoringgacha bo‘lgan tizimlar orqali barqaror, xavfsiz va zamonaviy
Tayyorlov bosqichi
Texnik infratuzilma
yaratish
Ma'lumotlarni
yig'ish va
integratsiya qilish
Tahlil va
rejalashtirish
Tahlil va
rejalashtirish
Monitoring va
boshqaruv
www.sci-p.uz
II SON. 2025
953
infratuzilmaviy yechimlar ishlab chiqishda yordam bermoqda. Tajribadan kelib chiqqan holda
mamlakatimizda qo‘llash infratuzilmini rivojlanishiga olib keladi.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Boltayev Tolmasbek Xasanovich, Qosimjon Raxmonov, Muxitdin Sadritdinovich Akbarov
(2015).
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari Oʻquv qoʻllanma T:. 36
-b.
Egamberdiyev D. M. et al.(2025). Turizm sohasida GAT texnologiyasining o ‘rni //Yangi O
‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. Т
. 2.
–
№. 1. –
С
. 256-257.
Imomkulov U. K. (2020) Advantages of web and mobile gis when using geoservices of spatial
data infrastructure
о
f uzbekistan //
Эффективность
применения
инновационных
технологий
и
техники
в
сельском
и
водном
хозяйстве
.
С
. 284-286.
World bank (2021). https://www.worldbank.org/en/search?q=gat
Анваров Ш. М., Рахмонов Д. Н., Носиров Б. И. (2023). Геоахборот технологиялари
ёрдамида шаҳарда ердан фойдаланишни ўрганиш услублари // Экономика и социум. №12
(115)-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/geoahborot-tehnologiyalari-yordamida-sha-
arda-erdan-foydalanishni-rganish-uslublari
Анваров Ш. М., Рахмонов Д. Н., Носиров Б. И. (2023). Геоахборот технологиялари
ёрдамида шаҳарда ердан фойдаланишни ўрганиш услублари // Экономика и социум. №12
(115)-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/geoahborot-tehnologiyalari-yordamida-sha-
arda-erdan-foydalanishni-rganish-uslublari
Богданова Лидия Петровна, Пигарева Елизавета Юрьевна, Тихонова Маргарита
Андреевна. (2017). Интернет
-
технологии как инструмент продвижения туристских
продуктов (на примере Республики Карелия) // Сервис в России и за рубежом. №7 (77). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/internet-tehnologii-kak-instrument-prodvizheniya-turistskih-
produktov-na-primere-respubliki-kareliya.
Замосковный Н. О. (2006). Информационное обеспечение исследования
инвестиционных процессов на основе геоаналитических технологий // ТДР. №11
-II. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/informatsionnoe-obespechenie-issledovaniya-investitsionnyh-
protsessov-na-osnove-geoanaliticheskih-tehnologiy-1.
Кодиров
А
.,
Фазлиддинова
З
. (2024). Mintaqa iqtisodini prognozlashtirishga ilmiy
yondashuvlar va uni geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi
//
Перспективы
реформирования
и
устойчивого
развития
национальной
экономики
.
Т
. 1.
–
№. 1. –
С
. 645-649.
Махкамова
Сайёра
Шокировна
,
Одина
Шокировна
Маматожиева
(2021)
Қишлоқ
хўжалигида
геоахборот
тизими
ва
уни
ўзбекистонда
жорий
қилиш
имкониятлари
//
Scientific progress. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ishlo
-h-zhaligida-geoahborot-
tizimi-va-uni-zbekistonda-zhoriy-ilish-imkoniyatlari.
