www.sci-p.uz
II SON. 2025
792
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATI BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHNI
REYTING TIZIMI ASOSIDA BAHOLASH USULLARI
Xolov Nabijon
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0003-1056-0928
Annotatsiya.
Mazkur maqolada tijorat banklari faoliyati barqarorligini mustahkamlashda
reyting tizimi asosida baholashning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Bank
nazoratining xalqaro tajribalari, reyting baholash usullari hamda CAMELS tizimi asosida
baholash yondashuvlari tahlil qilinadi. Reyting tizimlarida foydalanilayotgan baholash
mezonlari, shkalalar va metodik yondashuvlar, xususan raqamli va alifbo asosidagi reyting
ifodalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kompleks va ekspert baholash uslublarining
afzalliklari, cheklovlari, ulardan foydalanish shart-sharoitlari hamda baholash modelining mezon
tanlashdagi muhim jihatlari asoslanadi. Maqolada reyting tizimining samaradorligini oshirish
uchun sifatli axborotlarni to‘plash, matematik
-
statistik modellarni qo‘llash va baholash
parametrlarini to‘g‘ri tanlash zarurligi ta’kidlanadi. Banklarning moliyaviy holatini ob
yektiv
baholash orqali ularning ishonchliligi va barqarorligini oshirishda reyting tizimi muhim vosita
sifatida e’tirof etiladi.
Kalit so
‘
zlar:
tijorat banklari, reyting tizimi, bank nazorati, CAMELS tizimi, moliyaviy
barqarorlik, ekspert baholash, kompleks tahlil, bank faoliyatini baholash, raqamli va alifbo
reytingi, baholash mezonlari.
МЕТОДЫ ОЦЕНКИ УСТОЙЧИВОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ
БАНКОВ НА ОСНОВЕ РЕЙТИНГОВОЙ СИСТЕМЫ
Холов Набижон
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В данной статье подробно освещены теоретические и практические
основы оценки на основе рейтинговой системы в укреплении устойчивости
деятельности коммерческих банков. Анализируется международный опыт банковского
надзора, методы рейтинговой оценки, а также подходы к оценке на основе системы
Camels. Подробно рассматриваются критерии оценки, шкалы и методологические
подходы, используемые в рейтинговых системах, в частности числовые и алфавитные
рейтинговые выражения. Также обосновываются преимущества, ограничения, условия
использования комплексных и экспертных методов оценки, а также существенные
аспекты модели оценки при выборе критерия. В статье подчеркивается необходимость
сбора качественной информации, применения математико
-
статистических моделей и
правильного выбора параметров оценки для повышения эффективности рейтинговой
системы. Рейтинговая система признается важным инструментом в повышении
надежности и устойчивости банков за счет объективной оценки их финансового
состояния.
Ключевые слова:
коммерческие банки, рейтинговая система, банковский надзор,
система CAMELS, финансовая устойчивость, экспертная оценка, комплексный анализ,
оценка банковской деятельности, цифровой и алфавитный рейтинг, критерии оценки.
UOʻK:
336.71.078.3
792-797
www.sci-p.uz
II SON. 2025
793
METHODS FOR ASSESSING THE SUSTAINABILITY OF COMMERCIAL
BANKS BASED ON THE RATING SYSTEM
Kholov Nabijon
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article highlights in detail the theoretical and practical foundations of
assessment based on the rating system in strengthening the sustainability of commercial banks.
The article analyzes the international experience of banking supervision, methods of rating
assessment, as well as approaches to assessment based on the Camels system. The evaluation
criteria, scales and methodological approaches used in rating systems, in particular numerical
and alphabetical rating expressions, are considered in detail. The advantages, limitations, and
conditions of using complex and expert assessment methods are also substantiated, as well as
essential aspects of the assessment model when choosing a criterion. The article highlights the
need to collect high-quality information, apply mathematical and statistical models, and choose
the right assessment parameters to improve the effectiveness of the rating system. The rating
system is recognized as an important tool in improving the reliability and stability of banks
through an objective assessment of their financial condition.
Keywords:
commercial banks, rating system, banking supervision, CAMELS system,
financial stability, expert assessment, comprehensive analysis, assessment of banking activity,
digital and alphabetical rating, evaluation criteria.
Kirish.
Bugungi globallashuv jarayonida moliyaviy tizimlarning barqaror faoliyat yuritishi milliy
iqtisodiyotlarning rivojlanishida muhim omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa,
tijorat banklari iqtisodiyotda pul-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi va real sektorni
moliyalashtiruvchi asosiy institutlar sifatida alohida o‘rin tutadi. Ularning faoliyat
samaradorligi va moliyaviy barqarorligi esa bevosita bank tizimiga bo‘lgan ishonchni ta’minla
b
beradi. Shu nuqtai nazardan, tijorat banklari faoliyatini baholashning aniq, ishonchli va tizimli
yondashuvlarga asoslangan mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish
dolzarb masalaga aylanmoqda. Ushbu jarayonda reyting tizimi muhim v
osita sifatida ko‘riladi.
Reyting tizimi orqali banklarning moliyaviy holati, risklarni boshqarish qobiliyati, foydalilik
darajasi kabi mezonlar asosida tahlil qilinadi. Mazkur maqolada tijorat banklari barqarorligini
mustahkamlashda reyting tizimi asosida baholashning nazariy va amaliy jihatlari, xalqaro
tajribalar va baholash uslublari tahlil qilinib, ularning takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.
Adabiyot sharhi.
James R. Barth, Gerard Caprio Jr. va Ross Levine (2001)
“Bank regulation and supervision:
What works best?”
Ushbu tadqiqotchilar bank tizimining barqarorligini ta’minlashda reyting
tizimi bilan birgalikda mustahkam nazorat va boshqaruv institutlarining mavjudligini
ta’kidlaydi. Ular reyting tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun qonunchilik bazasi va
institutlar mustahkam bo‘lishi zarurligini asoslab berishadi. Ularning modeli xalqaro
solishtirma tahlilga asoslangan bo‘lib, 107 mamlakat bank tizimi tahli
l qilingan (
Климович
,
2005).
Хасанов (2016) "Banklar faoliyatining reyting baholash tizimini takomillashtirish yo‘llari.
"
Mazkur o‘zbek olimi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini reyting ko‘rsatkichlari
orqali tahlil qilishni taklif etadi. Uning t
adqiqotida CAMELS tizimining O‘zbekiston bank
tizimiga moslashtirilgan shakli tavsiya etilgan bo‘lib, muallif indikatorlar tanlovi va ularning
og‘irlik koeffitsiyentlari orqali kompleks baholash metodologiyasini ishlab chiqqan
(
Корнилов
, 2005).
www.sci-p.uz
II SON. 2025
794
Altman, Edward (1968)
“Financial Ratios, Discriminant Analysis and the Prediction of
Corporate Bankruptcy”
Altman reyting tizimlarida keng qo‘llaniladigan Z
-score modelining
muallifidir. Ushbu model tijorat banklari moliyaviy holatini tahlil qilishda keng tatbiq qilinadi.
Uning tahlilida rentabellik, aktivlar aylanishi va likvidlik kabi ko‘rsatkichlar asosida banklar
faoliyatining barqarorligi bashorat qilinadi. Bu yondashuv ekspert baholashga nisbatan
miqdoriy ishonchlilikni ta’minlaydi
(
Коробова
, 2007).
Muminov B. (2019) "Tijorat banklari moliyaviy faoliyatini baholashda reyting
tizimlarining roli."
Mo’minov o‘z ishida O‘zbekiston bank tizimidagi reyting baholashning
amaliy muammolarini, xususan subyektiv yondashuv, axborot yetishmovchiligi va texnologik
cheklovlarni tahlil qiladi. U reyting tizimlarining avtomatlashtirilgan va texnologik asosda
faoliyat yuritishini tavsiya etadi hamda blokcheyn va sun’iy intellekt yondashuvlarining joriy
etilishi zarurligini asoslaydi (
Короткова
, 2005).
Moody’s Investors Service (2020) “Banking System Outlook: Global Trends and Credit
Risks”Moody’s xalqaro reyting agentligi o‘z hisobotlarida bank sektorining barqarorligiga ta’sir
etuvchi asosiy omillar
–
aktiv sifati, likvidlik, kapital yetarliligi va regulyator siyosatini tahlil
qiladi. Hisobotda reyting ko‘rsatkichlarining bank kredit resurslariga kirish imkoniyatlariga
ta’siri tahlil qilingan. Bu yondashuv banklar faoliyatini xalqaro miqyosda qiyosiy baholash
imkonini beradi (
Лаврушин
, 2009).
Tadqiqot metodologiyasi
.
Maqolada ilmiy abstraktsiyalash, gruhlash, qiyoslash, retrospektiv va istiqbolli, empirik
tahlil va boshqa uslublardan foydalanildi. Maqolada ilmiy abstraktsiyalash usuli tijorat
banklarining likvidlilik ko’rsatkichlarini mustahkamlash mexanizmini takomill
ashtirishning
ilmiy va amaliy ahamiyati keltirib o’tildi. Shuningdek, qiyosiy taqqoslash usulida jahon
amaliyotida va taraqqiy etgan mamlakatlarda likvidlikni ta’minlash
asosida banklar faoliyati
samaradorligini oshirish usullarining tashkiliy-huquqiy asoslarini mamlakatimizdagi mavjud
asoslar bilan taqqoslab tegishli xulosalar shakllantirildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Bank nazoratining mohiyati davlatning bank mijozlari va bank manfaatlarini himoya
qilishi, bankning me’yorini va
xavf-
xatarni kafolatlash bo’lib, bu davlatning iqtisodiy o’sishini
ta’minlash omili bo’lib hisoblanadi. Bank nazoratining infratuzilmasi jahon amaliyotida bir xil
umumiy tomonlarga ega:
qonunchilik - davlat parlamenti tomonidan qabul qilingan huquq;
me
’yorlar tizimi
-
bank faoliyatini boshqarish jarayonidagi qoidalar, yo’riqnomalar;
siyosiy qarashlar - bank nazoratidagi siyosiy tushunchalar, ham boshqarish qoidalari.
Bankning muassasalar tomonidan nazorat etishga jahon amaliyoti turlicha yondashadi.
Faqat, Markaziy bank tomonidan bank nazoratini olib boruvchi davlatlar sirasiga quyidagi
davlatlar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Portugaliyani kiritish
mumkin.
Nazoratni, Markaziy bank bilan birgalikda boshqa muassasalar bilan bank nazoratini olib
boruvchi boshqaruvchi davlatlar sirasiga Yaponiya markaziy banki, Moliya vazirligi, Amerika
Qo’shma Shtatlari Federal rezervlar tizimi va moliya vazirligi hamda depozitlarda so’g’urta
kompaniyasi bilan birgalikda, Shvetsiya markaziy banki, banklarning federal komissiyasi bilan
birga, Frantsiyada Frantsiya banki Banklar komissiyasi bilan birgalikda, Germaniyada
Bundesbank Federal kredit xizmat nazorati bilan birgalikda. Markaziy bank bank nazoratini
olib bormaydigan davlatlar sirasiga Kanada, Daniya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Avstriya,
Finlyandiya, Norvegiyani kiritish mumkin.
Tijorat banklari qaysi muassasalar tomonidan nazorat qilinishidan qat’iy nazar ularning
asosini davlat tashkil qilib har bir davlatning o’z siyosiy qarashidan kelib
chiqib, o’z mavqeini
belgilaydi. Ularning milliy barqarorligini saqlash maqsadiga xizmat qiladi. Nazorat har bir
www.sci-p.uz
II SON. 2025
795
davlatning o’z ijtimoiy
-
siyosiy bozor yo’nalishlariga qarab tahlil etiladi. Bank amaliyotida
tijorat banklar faoliyatini baholashda ikki yon
dashish bor: bank faoliyati ko’rsatkichlarini
ikkinchi sinf, birinchi sinf toifasidagi banklarga nisbatan tahlil etish asosida; nazorat
tashkilotlari tomonidan belgilangan reyting ko’rsatkichlari asosida. Agar bu mazmunni tahlil
etsak dunyoda ko’p davlatla
rda bu ikki yondashuv bir-
birini to’ldiruvchi hamdir. AQShda,
Yaponiyada nazorat tashkilotlari tijorat banklarning reytingini belgilash bilan birga ularni 1-
sinf toifasidagi banklarga solishtiradi. Albatta, bu ikki davlat ham tijorat banklarini CAMELS
reyting tizimi asosida nazorat qiladi. Ularning amaliyotida oldin tijorat banklar reytingini
belgilab, keyin ularning eng yirik o’rta va kichik banklarga ajratib, ular o’rtasida nisbatlarni ham
to’liq tahlil etadi. Demak tijorat banklarning faoliyatini baholas
hda bu ikki yondashuv bir-birini
to’ldirar ekan, baholardan kutilgan yakuniy natija reyting hisoblanadi. Reytingni ifodalashda
ikki xil usul qo’llaniladi: raqam ko’rinishdagi usul; alifbo ketma
-ketligida belgilanuvchi usul.
Banklarni faoliyatini tekshirib
ularga ball belgilanib, shu ballarni yig’indisini umumiy
reyting bahosi deb yuritiladi. Alifbo ketma-
ketligida belgilanuvchi usulda ko’p davlatlarning
ichki reyting markazlarida foydalaniladi. Misol uchun Rossiya federatsiyasi «Kommersant»
reyting ekspert
lari banklarni uch guruhga bo’lgan
- A, V, S. Bu reytingdagi banklar barqarorligi
eng yuqori bo’lgan banklar hisoblangan. AS
- barqaror banklar reyting ramzi sifatida
ifodalangan. Shu bilan birga «Reyting» axborot markazi banklarning reyting ko’rsatkichlar
ini
qo’yidagicha ifodalagan: A
- eng yuqori barqarorlik kategoriyasi. V
—
o’rta barqarorlik
kategoriyasi. S
—
noaniq barqarorlik kategoriyasi. Bundan kelib chiqib, A3 - eng yuqori
barqarorlik kategoriyasi; A2 - ancha baland barqaror kategoriyasi; A1
—
baland barqarorlik
kategoriyasi; VZ - yetarli baland barqarorlik kategoriyasi; V2 -
o’rta; V1
-
yetarli bo’lmagan
baland barqarorlik kategoriya; SZ - qisman noaniq; S2 - noaniq; S1
—
juda noaniq. Bunday
reytingni aniqlashda tijorat banklarining manbai bo’lib b
ank aktivlari, aktivlarning berilgan
kreditdagi qismi, ustav fondi va daromad ko’rsatkichlari hisoblanadi. Albatta, xalqaro miqyosda
ham reytingni aniqlash uchun bank kapitali, aktivlar, daromad ko’rsatkichlari asos qil
ib olinadi.
Kompleks iqtisodiy tahlil tizimida bir necha mezonlarni hisobga oluvchi kompleks
iqtisodiy ko’rsatkichlar sifatida reyting asosida iqtisodiy faoliyatni baholash muhim ahamiyat
kasb etadi. Reytingni qo’llash tez va samarali tanlash, mos boshqaruv qarorlarini qabul qilish
imkonini b
eradi, buning oqibatida jahon amaliyotida korxona, bank, investitsiya jamg’armalari,
sug’urta kompaniyalari reytinglari amaliyotda keng tarqalgan. Reytingning dastlabki
komponentini ishlab chiqishda zarur mezonlarni tanlash tahlil maqsadlari asosida amalga
oshirilishi lozim, ulardan belgilangan qiyoslash mezoni asosida bosqichlarga ajratishda
foydalanish mumkin (ishonchlilik, ishbilarmonlik faolligi, matbuotdagi obro’si, foydalilik,
moliyaviy holati). Zarur mezonlarni tanlashning navbatdagi bosqichida biror-bir
umumlashtirilgan mezonlar tahlilida yuzaga keluvchi farqni o’xshash baholovchi axborotli
ko’rsatkichlarni tanlash zarur. Navbatdagi bosqichda shkalalarni ishlab chiqish zarur, ular
asosida biror-bir mezon baholanadi. Bunda shkala (ustun) moslik xu
susiyatiga ega bo’lishi,
ya’ni o’lchash shkalasiga nisbatan fikrlarning invariantligini ta’minlashi lozim
3. Keyingi
o’rinlarda tanlash tamoyilini ishlab chiqish zarur, uning a
sosida yakuniy reyting
shakllantiriladi. Uslubiy ko’rinishda foydalanilgan hisob
-
kitob texnologiyasiga bog’liq holda
kompleks reyting baholarini tuzishga ikkita asosiy yondashuvni ajratish lozim: buxgalteryaga
oid (balans) yondashuv; ekspert yondashuv. Buxgalteriyaga oid baholash faqat miqdoriy
ko’rsatkichlar tahlilidan foydalanib, bankning rasmiy moliyaviy hisoboti asosida amalga
oshiriladi. Bu kabi baholashni tuzishda ommaviy moliyaviy hisobot asosida hisoblab chiqilgan
miqdoriy shkalalar, ko’rsatkichlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashning
oraliq-statistik usullaridan keng foydalaniladi; kredit tashkilot faoliyat yuritishining tuzilgan
matematik va matematik-statistik modellari asosida baholash ham mumkin.4 Ekspert baholash
mutaxassislar tomonidan ularning har qanday foydalanilgan axborot bo’yicha tajriba va
malakalari asosida hamda axborotlarni miqdoriy va sifatli tahlili asosida beriladi. Tabiiyki,
reytin
glarni tuzishga ekspert yondashuvdan foydalanish ma’lum sharoitlarda barcha sezilarsiz
www.sci-p.uz
II SON. 2025
796
farqlarni aniqlash va nomiqdoriy axborotlarni hisobga olish imkonini beradi, bu esa
pirovardida yuzaga kelgan vaziyatga o’xshash bahoni yaratishga ko’maklashadi, biroq m
azkur
usuldan foydalanish axborotlar yetishmasligi, ekspertlarning omilkorligi va kelisholmaslik
muammosi, mutaxassisning bahosiga sub’ektiv omillarning ta’siri, ekspertlar guruhlari
ishlarini tashkil etish murakkabligi, ba’zan o’xshash baholash tizimlarin
i kamchiliklari,
ekspertiza
o’tkazish
texnologiyasi
hamda
axborotni
qayta
ishlash
usullari
takomillashmaganligi, shuningdek bu kabi tadqiqotlar nisbatan qimmatligi kabi qator
qiyinchiliklar bilan bog’liq. Bizning fikrimizcha, baholash tizimini yaratishda i
kkala usuldan
foydalanish maqsadga muvofiq. Zero banklarni tabaqalarga ajratish amaliyotida ikki
yondashuvni birgalikda olib borishga oid yetarlicha misollar mavjud, bunda baholash
tizimining dastlabki yaratilishi ekspertlar tomonidan namunaviy guruhlarni tahlil qilish
asosida olib borilgan hamda shu tarzda olingan tizim qat’iy miqdoriy ko’rsatkichlardan
foydalanadi, uzoq vaqt davomida bir marta faqat yakuniy formulani sozlagan ekspertlarning
ishtirokisiz yakuniy bosqichlarga ajratish amalga oshirildi.
Reytinglar tuzishning ikki asosiy usuli mavjud:
•
kompleks qiyoslash ko’rsatkichi bo’yicha barcha ob’ektlarni bosqichlarga ajratuvchi
yagona reytingni tuzish (
xususiy mezon, umumiy ball yoki yashirin ko’rsatkichlarga
);
•
bir yoki bir necha belgilar
bo’yicha bosqichlarga foydalanilishi mumkin bo’lgan
toifalarni tuzish (sinflar, guruhlar, segmentlar).
Birinchi yondashuv, baholash tizimi bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar asosida
shakllangan miqdoriy tahlilda ustuvor ravishda foydalaniladi, buning natijasida berilgan
o’lcham vositasida ob’ektlar bir xilda reyting soni ortib borishi tartibida bosqichlarga ajratiladi
.
Ushbu usuldan foydalanishda qiyoslanayotgan ob’ektlarning eng muhimini ko’rsatish mumkin
.
O’lchov sifatida xususiy ko’rsatkichlardan biri, y
oki bir nechta xususiy mezonlardan tashkil
topgan funktsiya sifatida shakllanuvchi birlashtirilgan kompleks ko’rsatkichlardan
foydalaniladi. Ikkinchi yondashuv boshqa tamoyilga asoslangan. Dastlab biror-bir sabab bilan
tranzitivlik xususiyatini saqlab qol
gan holda barchasiga nisbatan har bir ob’ektga nisbatan
afzalliklarni aniqlashning imkoni yo’qligi ko’zda tutiladi. Bunda tadqiq etilgan yig’indini
guruhlarga ekspert guruhi ishlari asosida hamda tasniflash tartibotining miqdoriy
ma’lumotlariga tatbiq etis
h vositasi bilan taqsimlash amalga oshiriladi. Bu holatda ushbu
yondashuv nisbatan qayishqoq, chunki turli ob’ektlarni tahlil qilish imkonini beradi. Shunday
qilib, hajmiga ko’ra sezilarli farqlanuvchi banklar tahlilini ushbu usulga mos ravishda olib
bori
sh maqsadga muvofiq, chunki yirik va kichik banklar ko’rsatkichlarining tuzilishi bir
guruhdan boshqasiga o’tishda kuchli o’zgartiriladi. Yakuniy baholash mezonini aniqlash va
asosiy qiyoslash ko’rsatkichlarini tanlash muhim uslubiy masala hisoblanadi. Bu
nda nafaqat
reytingni shakllantirish bo’yicha oraliq ish, bevosita bosqichlarga ajratishning yakuniy natijasi
ham ushbu masalaga bog’liqligi shubhasiz.
Xulosa va takliflar.
Holbuki, banklarni tasniflashning belgisi bank faoliyatining alohida tomonlarini singari
(foydalilik, likvidlik, to’lovga layoqatlilik) butun bank faoliyatini ham aks ettirishi mumkin.
Bunda, mohiyatiga ko’ra, shakllantirilgan baholash modelining paramet
rlarini tanlash
natijalariga uning yakuniy natijasi bog’liq bo’lib, yanada axborotli ko’rsatkichlarni to’g’ri
tanlanishi kelgusida tuzatish va o’zgartirishlar kiritilmaydigan tarzda aniq ishlaydigan modelni
yaratish imkonini beradi. Kompleks reyting baholashni tuzish uchun baholash tizimiga bank
faoliyatining barcha tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiritilishi lozim. Faqat mazkur
holatdagina yakuniy reytingni haqiqatda kompleks baholash sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Ekspert baholash hozirgi kunda amaliyotda kredit muassasalari faoliyat yuritishiga
nisbatan sifatli axborotni olish va tahlil qilishning nisbatan keng tarqalgan usuli hisoblanadi.
Biroq mazkur usulning muvaffaqiyatli tatbiq etilishi ko’p tomonlama ko’plab omillarga, shu
jumladan ekspert axborotlarini tahlil va qayta ishlanishini amalga oshiriluvchi matematik
www.sci-p.uz
II SON. 2025
797
apparatning takomillashuviga bog’liq. Shunga muvofiq, reytingni shakllantirishning dastlabki
bosqichida foydalanilayotgan texnologiyaga mos ravishda zarur axborotni olish imkonini
beruvchi shkala kiritiluvchi baholash tizimini ishlab chiqish zarur. Agar tahlilda mezonlarning
afzalliklarini ustuvor ravishda sifatli baholash usuli o’zini oqlamasa, yoki tahlilning maqsadi
yig’indini biror bir belgilari bo’yicha sinflarga taqsimlash hisoblansa, u holda juft va ko’plik
qiyoslash, tabaqalarga ajratish yoki tasniflash usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Agar
tahlil qilinayotgan axborotning xarakteri mezonlarning qiyosiy afzalligini miqdoriy baholash
maqsadga muvofiq bo’lsa, ob’ektlar baho
lanuvchi shkalani aniqlash zarur.
Adabiyotlar/
Литература/Reference:
Климович В.П. (2005) Основы банковского аудита: учебник.
-
М.:ФОРУМ: Инфра
-
М, С.
-4
Корнилов Д.Т. (2005) Устойчивост банковской системы в условиях рыночной
конкуренции. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата
економических наук. Ярославл.
-
22 стр.
Коробова Г.Г. (2007) Банковское дело. Учебник. –М.: Экономист, С.78.
Короткова Е.А. (2005) Устойчивост банковской системы России и ее обеспечение.
Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук.
Волгоград.
-
24 стр.
Лаврушин О.И. (2009) Банковский менеджмент. Учебник. Под ред. проф. О.И.
Лаврушина. –
М.: КНОРУС, –
С. 44, 95.
