ОСНОВНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ ФОРМИРОВАНИЯ УЧЕТНОЙ ПОЛИТИКИ В БУХГАЛТЕРСКОМ УЧЕТЕ МИКРОФИНАНСОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ

Аннотация

В данной статье рассмотрены теоретические и практические основы формирования учетной политики в бухгалтерском учете микрофинансовых организаций. Системно проанализированы ключевые элементы учетной политики – форма ведения учета, способы признания процентного дохода, методы создания резервов и признания сомнительных долгов. На примере организаций “IMKON FINANS”, “Vodiy Taraqqiyot” и “Biznes Finans” представлены различия учетной политики и даны рекомендации по их совершенствованию.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
821-825
13

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Гафуров I. (2025). ОСНОВНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ ФОРМИРОВАНИЯ УЧЕТНОЙ ПОЛИТИКИ В БУХГАЛТЕРСКОМ УЧЕТЕ МИКРОФИНАНСОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ. Передовая экономика и педагогические технологии, 2(2), 821–825. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/91748
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены теоретические и практические основы формирования учетной политики в бухгалтерском учете микрофинансовых организаций. Системно проанализированы ключевые элементы учетной политики – форма ведения учета, способы признания процентного дохода, методы создания резервов и признания сомнительных долгов. На примере организаций “IMKON FINANS”, “Vodiy Taraqqiyot” и “Biznes Finans” представлены различия учетной политики и даны рекомендации по их совершенствованию.


background image

www.sci-p.uz

II SON. 2025

821


MIKROMOLIYA TASHKILOTLARI BUXGALTERIYA HISOBIDA HISOB SIYOSATINI

SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY ELEMENTLARI

G‘ofurov Iskandar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

ORCID: 0009-0003-5021-746X

gafurov_iskandar@sbtsue.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlari buxgalteriya hisobida hisob

siyosatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Hisob siyosatining asosiy

elementlari

buxgalteriya hisobini yuritish shakli, foiz tushumlarini tan olish usullari, kredit

zaxiralari va yomon qarzlarni hisobga olish mezonlari tizimli ravishda tahlil qilingan.

IMKON

FINANS

,

Vodiy Taraqqiyot

va

Biznes Finans

mikromoliya tashkilotlari misolida amaliy

ko‘rsatkichlar asosida hisob siyosati far

q

lari tahlil qilinib, takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar

ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

mikromoliya tashkilotlari, buxgalteriya hisobi, hisob siyosati, foiz tushumi,

kredit zaxiralari, ijtimoiy indikatorlar, moliyaviy hisobot.

ОСНОВНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ ФОРМИРОВАНИЯ УЧЕТНОЙ ПОЛИТИКИ В

БУХГАЛТЕРСКОМ УЧЕТЕ МИКРОФИНАНСОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ

Гафуров Искандар

Самаркандский филиал Ташкентского

государственного экономического университета

Аннотация

.

В данной статье рассмотрены теоретические и практические основы

формирования учетной политики в бухгалтерском учете микрофинансовых организаций.

Системно проанализированы ключевые элементы учетной политики –

форма ведения

учета, способы признания процентного дохода, методы создания резервов и признания

сомнительных долгов. На примере организаций “

IMKON FINANS

,

Vodiy Taraqqiyot

и

Biznes Finans

представлены различия учетной политики и даны рекомендации по их

совершенствованию.

Ключевые слова:

микрофинансовые организации, бухгалтерский учет, учетная

политика, процентный доход, кредитные резервы, социальные индикаторы, финансовая

отчетность

.

KEY ELEMENTS OF DEVELOPING ACCOUNTING POLICIES IN THE FINANCIAL

REPORTING OF MICROFINANCE ORGANIZATIONS

Gafurov Iskandar

Samarkand Branch of the Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article explores the theoretical and practical foundations of forming

accounting policy in microfinance institutions. Key elements such as accounting methods, interest

income recognition, loan loss reserves, and bad debt recognition criteria are systematically
analyzed. Using the examples of

IMKON FINANS

,

Vodiy Taraqqiyot

, and

Biznes Finans

,

differences in accounting policies are identified, and recommendations for improvement are
provided.

Keywords:

microfinance institutions, accounting, accounting policy, interest income, loan

reserves, social indicators, financial reporting.

UOʻK:

656.071.32

821-825


background image

www.sci-p.uz

II SON. 2025

822

Kirish.

Mikromoliya tashkilotlari bugungi kunda iqtisodiy jihatdan zaif qatlamlarni moliyaviy

xizmatlar bilan qamrab olish, ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish hamda

kambag‘allikni kamaytirish kabi muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi institut sifatida e’tirof

etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida mikromoliya sektori kichik biznes subyektlari va

aholining past daromadli qatlamlari uchun muqobil moliyaviy manba vazifasini bajarib

kelmoqda. Ushbu institutlarning faoliyat samaradorligi bevosita moliyaviy boshqaruv tizimi,

ayniqsa buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishiga bog‘liq.

Buxgalteriya hisobida aniqlik, izchillik va shaffoflikni ta'minlashda hisob siyosatining

o‘rni alohida ahamiyatga ega. Hisob siyosati –

bu tashkilotning buxgalteriya hisobini yuritish va

moliyaviy hisobotlarini shakllantirishda amal qilinadigan tamoyillar, usullar va qoidalar

tizimidir.

Aynan ushbu siyosat mikromoliya tashkilotining moliyaviy holatini to‘g‘ri aks ettirish,

resurslardan oqilona foydalanish, ichki nazorat va audit tizimini samarali tashkil etish imkonini

yaratadi.

Mikromoliya tashkilotlari odatiy tijorat banklaridan farqli ravishda, nafaqat daromad

olish, balki ijtimoiy ta’sir ko‘rsatishga ham yo‘naltirilgan bo‘lganligi sababli, ularning
buxgalteriya hisobida “ijtimoiy

-

moliyaviy yondashuv” talab etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, hisob

siyosatini shakllantirishda ijtimoiy mezonlarning inobatga olinishi, foydalanuvchilarning turli
ehtiyojlarini qondira oladigan universal axborot tizimini yaratishni taqozo etadi.

Bugungi kunda xalqaro moliyaviy hisob standartlariga mos ravishda, hisobotlar

tayyorlashda asosiy e’tibor uzluksizlik,

ehtiyotkorlik, iqtisodiy mazmun ustuvorligi, to‘liqlik va

moslik kabi tamoyillarga qaratilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi tomonidan tasdiqlangan milliy normativ hujjatlar, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi

Qonun va bosh

qa me’yoriy asoslar ham mikromoliya tashkilotlarida hisob siyosatining

shakllanishi uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur maqolada mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishda hisob

siyosatini shakllantirishning asosiy eleme

ntlari tizimli tarzda o‘rganiladi, ularning nazariy

asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi hamda real tashkilotlar misolida (IMKON FINANS,

Vodiy Taraqqiyot, Biznes Finans) ko‘rsatkichlar asosida baho beriladi. Bu orqali sohada hisob

siyosatining amaliyotga moslashtirilgan modelini takomillashtirishga doir ilmiy xulosalar va
takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.


Adabiyotlar sharhi.

Mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish, ayniqsa hisob siyosatini

shakllantirish bo‘yicha ilmiy qarashlar va amaliy yondashuvlar so‘nggi yillarda sezilarli

darajada rivojlanib bormoqda. Bu borada xorijiy va mahalliy adabiyotlarda turli metodik
yondashuvlar shakllangan.

Mikromoliya faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda, buxgalteriya hisobining asosiy

elementlarini belgilash va ularni muayyan siyosat shakliga keltirish zarurati bir qator

manbalarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Pikuzon

(2007) mikromoliya faoliyatida garov

operatsiyalarini hisobga olishda aniq yondashuvlar va schyotlar tizimini ishlab chiqish

zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, “hisob siyosati buxgalteriya axborotining to‘g‘ri

tuzilmasini shakllantirishning asosiy vositasidir”.

O‘zbekiston amaliyotiga asoslangan tadqiqotlarda esa mikromoliya tashkilotlarining

hisob siyosatig

a ijtimoiy ko‘rsatkichlarni integratsiya qilish masalasi ilgari surilgan. Masalan,

2023 yil uchun IMKON FINANS mikromoliya tashkilotining yillik hisobotida hisob siyosatida

hisoblangan foizlar va aktivlar bahosini aniqlashda xalqaro standartlarga yaqinlashuv
kuzatilgan.

Iqtisodchi olim Joanna Ledgervod (2022) mikromoliya tashkilotlarida hisob siyosati

moliyaviy barqarorlikni ta'minlash uchun asosiy vositadir. Buxgalteriya amaliyoti aniq, shaffof

va barqaror bo‘lishi kerak.


background image

www.sci-p.uz

II SON. 2025

823

Beatriz Armendariz (2023) mikromoliya buxgalteriyasi har qanday moliyaviy institut

kabi standartlashgan yondashuvlarga tayanishi lozim, ammo aholining past daromadli

qatlamlariga yo‘naltirilganligi sababli ijtimoiy natijalar ham e’tiborga olinadi.

Kovalev va

Baranova (2020) o‘z tadqiqotlarida hisob siyosatini shakllantirishda asosiy

yo‘nalish sifatida axborotni foydalanuvchi subyektlar uchun maqsadli tuzilganligini belgilaydi.

Bu esa mikromoliya tashkilotlari uchun ham investorlarga, ham ijtimoiy sheriklarga manzur

bo‘ladigan yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi.

Shuningdek, Janubiy Afrika tajribasi asosida olib borilgan tadqiqotda hisob siyosatining

xavflarga moslashuvchan holda shakllanishi tavsiya etiladi. Tadqiqotda “har bir hisob siyosati

elementi mijoz va tashkilotning moliyaviy xulq-

atvori bilan bog‘langan holatda aniqlanishi

zarur” deb ta’kidlanadi

(IFRS, 2022) .

Raqamli hisobotlar muhiti hamda Markaziy bankning yillik hisobotlari va statistik

byulletenlari orqali ham hisob siyosati orqali

samaradorlikni ta’minlash imkoniyati ko‘rsatib

berilgan. Xususan, “Vodiy Taraqqiyot” va “Biznes Finans” tashkilotlarining 2020–

2022 yillarga

oid moliyaviy hisobotlarida hisobga olish mezonlari o‘rtasida farqlar aniqlanib, hisob siyosatini

takomillashtirish

bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, mikromoliya tashkilotlari uchun hisob

siyosati universal emas, balki modulli, moslashuvchan va ijtimoiy-moliyaviy balansga

asoslangan bo‘lishi lozim. Bu yondashuv ilmiy

asoslarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq

qilish uchun muhim poydevor hisoblanadi.


Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlari hisob siyosatini shakllantirish bo‘yicha ilmiy

va amaliy manbalar tahlil qilinib, nazariy asoslar hamd

a xalqaro standartlar (IFRS), O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobiga oid normativ
hujjatlar asos qilib olindi. Metod sifatida taqqoslash, tahliliy sintez, amaliyotdan misollar olish

va tizimlashtirish usullaridan foydalanildi. IMKON FINANS, Vodiy Taraqqiyot va Biznes Finans
mikromoliya tashkilotlari faoliyatidan olingan amaliy materiallar asosida xulosa chiqarildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mikromoliya tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirishda nazariy tamoyillarni

amaliyotga tatbiq etish darajasi har doim ham yuqori bo‘lmagan. Tashkilotlarning o‘ziga xos
faoliyati, xizmat ko‘rsatish segmenti va moliyaviy instrumentlarining xilma

-xilligi hisob

siyosatini ishlab chiqishda individual yondashuvni talab etadi. Tadqiqot doirasida IMKON
FINANS, Vodiy Taraqqiyot va Biznes Finans mikromoliya tashkilotlarining hisob siyosati

elementlari tahlil qilindi va quyidagi asosiy natijalarga erishildi.

Birinchidan, barcha tashkilotlarda hisob yuritish shakli avtomatlashtirilgan dasturiy

ta’minotga asoslangan bo‘lsa

-da, daromadlarni tan olishda uslubiy yondashuvlar turlicha.

Masalan, IMKON FINANS tashkiloti foiz tushumlarini hisoblashda hisoblash usulini qo‘llasa,
Biznes Finans real tushum asosida e’tirof etadi. Bu es

a hisobotlar solishtiruvchanligiga salbiy

ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, xarajatlarni tan olish, aktivlarni baholash va zaxiralarni shakllantirishda ham

bir xillik yo‘q. Bu holat tashkilotlarning hisob siyosati bo‘yicha ichki hujjatlarining dolzarbligi

va

yangilanishiga bog‘liq. Ayniqsa, kredit zaxiralari shakllanishi va yomon qarzlarni tan olish

mezonlari har bir tashkilotda turlicha.

Uchinchidan, ijtimoiy indikatorlarning hisob siyosatida o‘z ifodasini topmaganligi

kuzatildi. Faqat IMKON FINANS mikromoli

ya tashkilotining strategik hujjatlarida “ijtimoiy

missiya” qayd etilgan bo‘lsa

-

da, bu buxgalteriya hisobining shakllanishida to‘liq aks etmagan.

Quyidagi jadvalda hisob siyosatining asosiy elementlari bo‘yicha uchta tashkilot faoliyati

solishtirildi:


background image

www.sci-p.uz

II SON. 2025

824

1-jadval

Mikromoliya tashkilotlarida hisob siyosati elementlari bo‘yicha solishtirma tahlil

Hisob siyosati

elementi

Imkon finans

Vodiy Taraqqiyot

Biznes Finans

1 Hisob yuritish shakli

Avtomatlashtirilgan

Avtomatlashtirilgan

Avtomatlashtirilgan

2

Foiz tushumini tan
olish usuli

Hisoblangan foiz

asosida

Real tushum

asosida

Real tushum asosida

3

Kredit

zaxiralarini

shakllantirish

3 bosqichli model

asosida

2 bosqichli

baholash

Statik ko‘rsatkichlar

asosida

4 Amortizatsiya usuli

Chiziqli usul

Tezlashtirilgan usul

Chiziqli usul

5

Yomon

qarzlarni

e’tirof etish mezoni

90 kun

120 kun

90 kun

6

Ijtimoiy ko‘rsatkichlar

hisobda aks etishi

Qisman (strategiyada

mavjud)

Mavjud emas

Mavjud emas

Ushbu tahlil shuni

ko‘rsatadiki, mikromoliya tashkilotlarida hisob siyosatini

shakllantirishda yagona yondashuv yo‘q va tashkilotlar faoliyatiga mos, moslashuvchan,

dinamik tizimli yondashuv asosidagi uslubiy qoidalarni ishlab chiqish zarur. Ayniqsa, xalqaro
moliyaviy hisobot standartlariga moslashtirilgan, real amaliyotga integratsiyalashgan hisob

siyosatini shakllantirish tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini oshirish bilan birga,

auditorlik tekshiruvlarining aniqligini ham ta'minlaydi.

Natijaviy jihatdan aytish mumkinki, mikromoliya tashkilotlarining hisob siyosatini

takomillashtirish, ularning moliyaviy hisobotlari sifati va tahliliy ahamiyatini oshirish bilan
birga, sektor darajasida solishtiruvchanlik va shaffoflikni kuchaytiradi. Bu esa investorlar,

regulyatorlar va jamoatchilik uchun ishonchli moliyaviy axborotni taqdim etishning muhim
omilidir.


Xulosa va takliflar.

O‘tkazilgan tadqiqotlar mikromoliya tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish

muhim va murakkab jarayon ekanini ko‘rsatdi.

Mikromoliya subyektlari moliyaviy xizmatlar

bilan bir qatorda ijtimoiy missiyani ham bajarganligi sababli, ularning buxgalteriya hisobini

yuritish va siyosatini ishlab chiqishda an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda, ijtimoiy

mas'uliyatli yondashuv ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Hisob siyosatining asosiy elementlari

buxgalteriya hisobini yuritish shakli, foiz

daromadlarini e’tirof etish usuli, amortizatsiya siyosati, zaxiralarni shakllantirish mezonlari va

yomon qarzlarni tan olish me'zonlaridan iborat

bo‘lib, ular mikromoliya tashkilotlarining

moliyaviy hisobotlari aniqligi va shaffofligiga bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa, foiz tushumlarini

hisoblash usuli va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni hisob siyosatiga integratsiyalash bo‘yicha

yondashuvlar tashkilotlar

o‘rtasida farqlanadi.

Tadqiqotda Imkon finans, Vodiy Taraqqiyot va Biznes Finans mikromoliya

tashkilotlarining amaliy faoliyati asosida hisob siyosati tahlil qilinib, mavjud farqlar va umumiy
muammolar aniqlab berildi. Ushbu tashkilotlarda foiz tushumlarini hisoblash, kredit

zaxiralarini yaratish va yomon qarzlarni e’tirof etish mezonlari har xil bo‘lib, bu holat moliyaviy

hisobotlarni solishtirish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklaydi.

Mikromoliya tashkilotlari uchun yagona, lekin moslashuvchan, ijtimoiy va moliyaviy

komponentlarni o‘zida mujassam etgan hisob siyosati modelini ishlab chiqish dolzarbdir. Bu

orqali tashkilotlar o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishi, moliyaviy intizomni

kuchaytirishi va investorlar ishonchini oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu yondashuv

ichki audit tizimi va strategik boshqaruv qarorlarini samarali qo‘llab

-quvvatlash imkonini

yaratadi.


background image

www.sci-p.uz

II SON. 2025

825


Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

IFRS (2022).

Молиявий

ҳисоботлар

халқаро

стандартлари

(IFRS).

Лондон

: IFRS

Foundation,

215

б

.

Jansen van Vuuren S.J. (2011) Risk Management for Microfinance Institutions in South

Africa: Master's thesis ... M.Com.

Pretoria: University of Pretoria,

130 p.

Markaziy bankning 2021 yil uchun yillik hisoboti (2022).

Toshkent: MB,

114 b.

Microfinance Handbook (1999)

Rhyne E. (2001) Mainstreaming Microfinance.

Bloomfield: Kumarian Press,

263 p.

Vodiy Taraqqiyot MMT 2020

2022 yillarga oid moliyaviy hisobotlari (2023).

Andijon,

Yunus M. (2007) Creating a World Without Poverty.

New York: PublicAffairs,.

261 p.

Исломов Б.Б.

(2020)

Микромолия институтлари: назарий асослар ва ривожланиш

истиқболлари. –

Тошкент: Иқтисодиёт

,

248 б.

Ковалев И.И., Баранова Т.Н.

(2020)

Методическое обеспечение бухгалтерского учета

в сельскохозяйственных кредитных кооперативах / И.И. Ковалев, Т.Н. Баранова. –

Москва:

Юнити

-

Дана, –

280 с.

Қонун

(1996)

Бухгалтерия

ҳисоби

тўғрисида

//

Ўзбекистон

Республикасининг

Қонуни

.

Тошкент

,

–№279

-I.

Пикузон Н.Г.

(2007)

Бухгалтерский учет залоговых операций в ломбардах: дис. ... канд.

экон. наук. –

Новосибирск: Сибирский университет потребительской кооперации, –

144 с.

Библиографические ссылки

IFRS (2022). Молиявий ҳисоботлар халқаро стандартлари (IFRS). – Лондон: IFRS Foundation, – 215 б.

Jansen van Vuuren S.J. (2011) Risk Management for Microfinance Institutions in South Africa: Master's thesis ... M.Com. – Pretoria: University of Pretoria, – 130 p.

Markaziy bankning 2021 yil uchun yillik hisoboti (2022). – Toshkent: MB, – 114 b.

Microfinance Handbook (1999)

Rhyne E. (2001) Mainstreaming Microfinance. – Bloomfield: Kumarian Press, – 263 p.

Vodiy Taraqqiyot MMT 2020–2022 yillarga oid moliyaviy hisobotlari (2023). – Andijon,

Yunus M. (2007) Creating a World Without Poverty. – New York: PublicAffairs,. – 261 p.

Исломов Б.Б. (2020) Микромолия институтлари: назарий асослар ва ривожланиш истиқболлари. – Тошкент: Иқтисодиёт, – 248 б.

Ковалев И.И., Баранова Т.Н. (2020) Методическое обеспечение бухгалтерского учета в сельскохозяйственных кредитных кооперативах / И.И. Ковалев, Т.Н. Баранова. – Москва: Юнити-Дана, – 280 с.

Қонун (1996) Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида // Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. – Тошкент, –№279-I.

Пикузон Н.Г. (2007) Бухгалтерский учет залоговых операций в ломбардах: дис. ... канд. экон. наук. – Новосибирск: Сибирский университет потребительской кооперации, – 144 с