www.sci-p.uz
II SON. 2025
841
INVЕSTITSIYALARNI JALB ETISHDA INVЕSTITSION MUHITNING
O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Davletova Nargiza
O‘zbekiston Respublikasi
Bank-moliya akademiyasi
ORCID: 0009-0009-9618-6738
Annotatsiya.
Mazkur maqolada mamlakat miqyosida, xususan har bir hudud doirasida
investitsion muhitni yaxshilash va shu asnoda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb
qilishni jadallashtirish masalalarining nazariy hamda amaliy jihatlari ochib berilgan.
Shuningdek, investitsiyalarni jalb qilishda investitsion muhitni takomillashtirishning asosiy
omillari va xususiyatlariga oid yondashuvlar yoritilgan.
Kalit so
‘
zlar:
investitsiyalar, investitsion muhit, huquqiy tizim, infrastruktura,
makroiqtisodiy barqarorlik, moliyaviy qulaylik, investitsion imtiyozlar.
ОСОБЕННОСТИ ИНВЕСТИЦИОННОЙ СРЕДЫ ПРИ ПРИВЛЕЧЕНИИ ИНВЕСТИЦИЙ
Давлетова Наргиза
Банковско
-
финансовая академия Республики Узбекистан
Аннотация
.
В статье раскрываются теоретические и практические аспекты
улучшения инвестиционного климата на национальном уровне, особенно в каждом
регионе, и одновременного ускорения привлечения прямых иностранных инвестиций.
Также рассматриваются подходы к основным факторам и характеристикам улучшения
инвестиционного климата в сфере привлечения инвестиций.
Ключевые слова:
инвестиции, инвестиционный климат, правовая система,
инфраструктура,
макроэкономическая
стабильность,
финансовое
удобство,
инвестиционные стимулы.
SPECIFIC ASPECTS OF THE INVESTMENT CLIMATE IN ATTRACTING INVESTMENTS
Davletova Nargiza
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This article reveals the theoretical and practical aspects of improving the
investment climate at the national level, in particular within each region, and thereby
accelerating the attraction of foreign direct investment. It also covers approaches to the main
factors and features of improving the investment climate in attracting investments.
Keywords:
investments, investment climate, legal system, infrastructure, macroeconomic
stability, financial convenience, investment incentives.
UOʻK:
330.322.01
841-846
www.sci-p.uz
II SON. 2025
842
Kirish.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida investitsiyalarni jalb etish tizimiga ta‘sir
etuvchi asosiy faktor
–
investitsion muhit
va uni rivojlantirishga e‘tibor qaratish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanishi hech kimga sir emas. Bugungi kunda, xalqaro
darajada moliyaviy globallashuvning kuchayishi, investitsiya bozorlaridagi raqobatning ortishi
bilan, har bir mamlakat investitsion muhitni tubdan yaxshilash orqali xorijiy investitsiyalarni
jalb etishga e‘tiborni kuchaytirmoqda.
Tabiiyki, bizning yurtimizda ham investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida so‘nggi
yillarda keng ko‘lamda iqtisodiy islohotlar amalga oshir
ilmoqda va bu islohotlar investorlar
uchun qulay sharoit yaratish va mamlakatning iqtisodiy potensialini oshirishga qaratilgan.
Masalan,
investitsiyalarni faol jalb etish sohasida
—
makroiqtisodiy barqarorlikni
ta‘minlash, sog‘lom raqobat uchun zarur sharo
itlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya
muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori
iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish, «xufyona» iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning
ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish borasida
sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Investitsiya faoliyatini qo‘llab
-quvvatlashga qaratilgan birgina 2019 yilning 25 dekabrida
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
“Invest
itsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi
(Qonun, 2012)
qonunning o‘zi, ushbu masalalarga mamlakatimizda e‘tibor
qanchalik yuksak ekanligini ko‘rsatib berishi mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Ilmiy izlanishda investitsion muhitni rivojlantirishning asosiy omillari va xususiyatlarini
o‘rganish jarayonida bir qator
xorijiy va mahalliy olimlarning yondashuvlari ham inobatga
olingan.
Masalan, Xorijiy olimlardan
–
Taraqqiyot tadqiqotlari instituti (IDS, University of Sussex)
vakillari Mur va Shmitslarning (Moore & Schmitz, 2008) fikricha, investitsion muhitning
yaxshilanishi kapitalni investitsiyalashdagi risklarni pasaytirish imkonini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, Tereshenko Dmitriy, Sherbakov Vasiliy kabi olimlar tomonidan olib borilgan
tadqiqot natijalariga asosan, “investitsion muhit keng ma‘noda “investitsiyalar bilan bog‘liq
daromad va xavflarga ta‘sir qiluvchi mavjud va kutilayotgan
siyosat, institutsional va xatti-
harakatlar muhiti
” sifatida ta‘riflanishi mumkin”
(Терешенко & Шербаков, 2015)
. Dj.Douns
va G.Elliotning ta‘kidlashlaricha esa “investitsion muhit investitsiyalar samaradorligiga ta‘sir
ko‘rsatuvchi iqtisodiy, moliyaviy va boshqa sharoitlardir”
(Douns & Goodman, 2017)
.
Iqtisodiyot bo’yicha taniqli olim Dolad Ed
ning fikricha qulay investitsiya muhitini
yaratishda mamlakatning iqtisodiy sharoiti asosiy ro‘l o'ynaydi. Uning taʼkidlashicha,
“inflyatsiya darajasi, valyuta barqarorligi va moliyaviy resurslardan foydalanish mamlakatning
investorlar uchun jozibadorligi
ni belgilovchi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridir”. Bundan
tashqari, yalpi ichki mahsulot darajasi, soliq tizimi va kredit resurslarining mavjudligi sezilarli
ta'sir ko'rsatadi. (Dolan, 2017)
Rus olimlaridan Baldin (2020)
investitsiya muhitiga ta‘rif berishda, uni investorlarga
prognoz qilish imkoniyatini beruvchi omillardan iboratligini ta
‘
kidlagan holda yondashadi.
Uning fikricha, investitsiya muhiti -
bu kapital qo‘yilmalar risk darajasi va ulardan samarali
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilab beradigan
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy,
maishiy, iqlim, tabiiy, infratuzilma va boshqa omillarning birlashmasi
(Балдин, 2020)
deb hisoblaydi.
Basenko va Taranovlar (2016)
esa “investitsion muhit”, “investitsion iqlim” kabi
kategoriyalarning mazmuni “biznes muhiti” tushunchasiga yaqin deb qarab, uni kapitalni
qo‘yishning risklilik darajasi va aniq obyektga investitsiya qilishning jozibadorligi darajasini
shakllantiruvchi tashqi shart-sharoitlar majmui sifatida talqin etadilar
(Басенко & Таранов,
2016).
www.sci-p.uz
II SON. 2025
843
Mahalliy iqtisodchi olimlarimizdan Vaxabov, Xajibakiyev, Muminovlar (2010) esa
“investitsiya muhit bu
-
xorijiy kapital qo‘yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan
mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan
iqtisodiy, siyosiy,
yuridik va ijtimoiy omillar yig‘indisidir
”
(Vahabov & Hajibakiyev, 2010)
–
deya
ta‘kidlaganlar. Shuningdek, iqtisodchi olimlardan Mamatov, Xujamkulov va Nurbekovlarning
(2014) fikricha, investitsiyaviy jozibadorlik
–
mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir
korxona
investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski
darajasi nuqtayi nazaridan baholanishi
(Mamatov & Nurbekov, 2014)
, deya ta‘kidlanadi.
Bundan tashqari, tanlangan mavzu doirasida ba‘zi mualliflar tomonidan ta‘kidlab
o‘tilganidek, investitsion muhitni yaxshilash masalalarida mamlakatning investitsion portfelini
shakllantirishda diversifikatsiya prinsipiga qattiq rioya etish muhimdir.
Umumlashtirib aytganda, ilmiy izlanish doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlar, ko‘plab olim va izlanuvchilarning ilmiy
tadqiqotlari natijalari, mutasaddi davlat organlari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar
samaradorligi va natijalari inobatga olingan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy ish doirasida kompleks yondashuv, statistik modellash, komparativ tahlil,
solishtirma va sintez kabi tadqiqot usullaridan
foydalanilgan bo‘lib, ushbu metodologiyalar
natijalaridan kelib chiqqan holda umumiy hulosalar chiqarilgan.
Xususan, iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy omillarni birgalikda baholash
doirasida, kompleks yondashuv ishlatilgan bo‘lsa, investitsion
jarayonlarga ta‘sir etuvchi
omillarni son jihatidan baholash (investitsiyalar hajmi, xorijiy investorlarning ulushi) orqali
statistik metodlardan foydalanildi.
Shuningdek, turli mamlakatning investitsion muhitni rivojlantirish borasidagi tajribasini
solis
htirishda komparativ metodlarga murojaat etilgan bo‘lsa, inestitsion muhitning tarkibiy
qismlarini (iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya darajasi, YAIM, huquqiy omillar, ijtimoiy omillar,
investitsion muhitning umumiy holati, investorlar uchun xavf-xatar va imkoniyatlar)
o‘rganishda va umumiy xulosalar chiqarishda sintez metodlaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Globallashuv va raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgan bir paytda, investitsiyalar
nafaqat moliyaviy manba, balki mamlakatning iqtiso
diy o‘sish va rivojlanishining muhim
vositasiga aylangan. Biroq, investitsiyalarni jalb etish
—
bu tasodifiy jarayon emas, balki yaxshi
investitsiya muhitini yaratish asosida qurilgan murakkab strategiyaning natijasidir. Shunday
ekan, investitsiya muhitini
shakllantiradigan asosiy jihatlarni o‘rganish dolzarb mavzulardan
biri bo‘lib hisoblanadi.
Bilamizki har bir mamlakatning
huquqiy bazasi
–
investorlar ishonchining asosi
hisoblanadi
. Shuning uchun ham aniq, shaffof va barqaror qonunlarsiz investitsiyalarni jalb
etish deyarli imkonsizdir. Investorlar, xox bu katta korporatsiyalar yoki shaxsiy shaxslar
bo‘lsin, ularning huquqlari ximoyalanganiga va qoidalar har daqiqada o‘zgarmasligiga ishonch
hosil qilishni istaydilar.
(Ручкина & Лапина, 2022)
Huquqiy bazaning muhim elementi bo‘lib esa, mulkiy huquqlarning ximoya qilinishi
hisoblanadi. Mulk huquqlari aniq qonunlar bilan mustahkamlangan va ximoyalangan
mamlakatlarda investorlar o‘zlarini yaxshi his qiladilar. Misol uchun,
Skandinaviya
mamlakatlari yoki Singapurda mulk huquqlarining yuqori darajada ximoyalangani chet el
kapitalini jalb etishning asosiy omillaridan bir bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, byurokratik jarayonlarni soddalashtirish muhim ro‘l o‘ynashi hech
kimga
sir emas. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bir necha kunni olmaydigan va ruxsatnomalarni
olish uchun uzun muddatli kelishuvlar talab qilmaydigan mamlakatlarda investorlar pul
www.sci-p.uz
II SON. 2025
844
sarflashga ko‘proq tayyor bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu masalalarga alohida e‘ti
bor
qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy barqarorlik
—
bu investitsiya muhitining yana bir asosiy ustunidir. Investorlar
ehtimoliy xavfni minimallashtirishni maqsad qiladi va ularning qaroriga ta‘sir ko‘rsatadigan
asosiy omillardan biri makroiqtisodiy barqarorlikdir. Albatta, bu inflyatsiyaning past darajasi,
milliy valyutaning barqaror kursi va davlat budjetining muvozanatliligini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari mamlakatdagi soliq siyosati ham muhim rol o‘ynaydi. Irlandiya yoki
Shveysa
riya kabi investorlar uchun soliq stavkalari va imtiyozlarga ega bo‘lgan mamlakatlar
katta miqdorda kapitalni jalb etayotgani barchaga ma‘lum.
(Ireland, 2025)
Biroq, past soliq stavkalari mavjudligi, investitsiyalarni jalb etishda yagona asosiy omil
emasligini ta‘kidlash lozim. Chunki, investorlar, shuningdek, soliq tizimining shaffofligi va
yashirin to‘lovlarning yo‘qligiga e‘
tibor beradilar.
Ta
‘
kidlash joizki, rivojlangan bank tizimi va mavjud kredit resurslari mamlakatni
investitsiyalar uchun juda jozibali qiladi. Masalan, Germaniya yoki Yaponiyadagi rivojlangan
moliyaviy infratuzilma, investorlarga o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun osonlik bilan kredit
olish imkoniyatini beradi. (Saravanakumar, 2023)
Shuningdek, rivojlangan i
nfratuzilma
—
bu nafaqat "qulaylik", balki muvaffaqiyatli
biznes uchun zaruriyatdir. Rivojlangan transport, energetika va raqamli infratuzilmasiz
investitsiyalarni jalb etish juda qiyin bo‘ladi. Bunda transport, energetika va raqamli
infratuzilmalarning rivojlanishiga alohida e
‘
tibor qaratiladi.
Bilamizki,
transport infratuzilmasi
, yo‘llar, temir yo‘l tarmoqlari, aeroportlar va
portlarni o‘z ichiga oladi, logistika va tovarlarni yetkazib berishda asosiy ro‘l o‘ynaydi. Masalan,
Xitoy yuqori tezlikdagi temir yo‘llar va
portlarni qurishga faol investitsiyalar kiritish orqali,
jaxon savdosida liderlardan biriga aylangan. (John Cockburn., 2013)
Energetika infratuzilmasi
xam muhimdir, chunki ishonchli energiya ta‘minoti va
zamonaviy energiya manbalariga kirish ishlab chiqarish yoki IT kabi ko‘p sohalar uchun majburiy
shartdir.
O‘z navbatida
raqamli infratuzilma
raqamli iqtisodiyot davrida yanada muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki, yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy telekommunikatsiya
texnologiyalari kompaniyalarga global bozorda samarali ishlash imkoniyatini beradi.
Masalan, Janubiy Koreya yoki Estoniyada rivojlangan raqamli infratuzilma yuqori
texnologiya sohalariga investitsiyalarni jalb etishga katta zamin yaratadi.
Siyosiy barqarorlik - uzuq muddatli investitsiyalar uchun asosdir.
Bu
investorlarning qaroriga ta
‘sir ko‘rsatadigan yana bir asosiy omildir. Siyosiy nobarqarorlik,
inqiloblar yoki hukumatning keskin almashinishi xatto eng jiddiy investorlarni xaydashi
mumkin.
Shveysariya yoki Germaniya kabi barqaror siyosiy tizimga ega bo‘lgan mamlakatlar
o‘zlarining aniqligi tufayli kapitalni jalb etadi. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar va
kelishuvlarda ishtirok etish investorlarning ishonchini oshiradi. Bu borada, korrupsiyaga
qarshi kurash xam muhim rol o‘ynaydi. Davlat jarayonlarining shaffofligi va korrupsiyaga
qarshi samarali kurash mamlakatni investitsiyalar uchun juda jozibali qiladi. Masalan, Singapur
yoki Daniyada korrupsiyaning past darajasi chet el kapitalini jalb etishning asosiy omillaridan
biri bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, bugungi kunda
Innovatsiyalar va texnologiyalar iqtisodiy o‘sishning
dvigateli ekanligi barchaga ma
‘
lum
. Xozirgi global iqtiso
diyotning jadal sur‘atlarda rivojlanib
borayotgan bir davrda, ya‘ni raqamli iqtisodiyot davrida innovatsiyalar investitsiyalar uchun
kurashning asosiy vositasiga aylangan. Texnologiyalarga e‘tibor qatarayotgan mamlakatlar
nafaqat kapital, balki talantlarni
xam jalb etayotganligini barchamiz guvohi bo‘lishimiz
mumkin.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
845
AQSHdagi Silikon vodiysi, Izraildagi texnologiya klasterlari yoki Estoniyadagi startap
ekosistemasi
—
bu innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishning dvigateli bo‘lishining misollaridir.
(Jerome S.Emgel., 2011)
Yuqorida aytib o‘tilganidek investitsiyalarni jalb qilish borasida bugungi kunda
mamlakatlararo jadal
raqobat ketmoqda
. Shunday ekan, har bir mamlakat investitsiyalar
uchun kurashadigan dunyoda o‘zini ajratib ko‘rsatishni bilish muhimdir. Foydali geografiyaviy
joylashuv, resurslarga kirish yoki maxsus iqtisodiy siyosat kabi unikal ustunliklar xal qiluvchi
bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, xalqaro arenada o‘z imkoniyatlarini faol tarzda targ‘ib etish
investorlarning e
‘tiborini jalb etishta yordam beradi. Masalan, BAA xalqaro ko‘rgazmalar va
marketing orqali kapitalni jalb etishga alohida e‘tibor qaratmoqda.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda investitsiya muhiti
—
muvozanat san
‘
atidir. Yaxshi investitsiya
muhitini yaratish, bu iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatlar o‘rtasida muvozanatni talab qiladigan
murakkab jarayondir. Shu sababli investorlarga barqarorlik, shaffoflik va unikal imkoniyatlarni
taklif qiladigan mamlakatlar g‘olib chiqadi. Ch
unki zamonaviy dunyoda investitsiyalar
—
bu
nafaqat pul, balki ishonchdir va faqat uni qozonganlar global iqtisodiyotda muvaffaqiyatga
erishadi.
Buning uchun esa, quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni jadallashtirish taklif etiladi.
Birinchidan, Bugungi kunda mamlakatimizda davlat korxonalarini xususiylashtirish
orqali investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida katta imkoniyatlar yaratib
berilmoqda. Albatta, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, transport infratuzilmasini yaxshilash borasida erishilayotgan yutiqlar ham
taxsinga loyiq. Birgina misol, “Xitoy
-
Kirg‘iziston
-
O‘zbekiton temir yo‘li qurilishi” loyihasining
amalga oshirilishi, yurtimizga qanchalik ulkan imkoniyatlarni ochib berishini hech kim inkor
eta olmaydi.
Biroq ushbu sohada rejalashtirilgan loyihalar uzoq muddatli ekanligini inobatga olib,
ularni amalda ishga tushirish masalalariga e‘tibor qaratish foydadan holi bo‘lmaydi.
Uchinchidan, iqtisodiyotning rivojlanishi bevosita energetika sohasi bilan chambarchas
bog‘liqligini barcha yaxshi tushinadi. Shunday ekan, energetika sohasidagi loyihalarni amalga
oshirish, ayniqsa, qayta ishlanadigan energiya manbalarini rivojlantirish borasidagi loyihalarni
amalga oshirishni jadallashtirish maqsadga muvofiqdir.
To‘rtinchidan, Investorlar va davlat o‘rtasidagi nizolarni hal etish uchun arbitraj
sudlarining faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish lozim. Chunki aynan shu omil sababli ko‘plab
investorlar yurtimizga o‘z mablag‘larini kiritishga ikkinlanib turishini oldini ol
ish talab etiladi.
Shuningdek, investorlar uchun huquqiy maslahat xizmatlarini kengaytirish, ularning huquq va
majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumot berish orqali kelgusida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan nizolarning oldini olish mumkin. Bu chor
a-tadbirlar mamlakatimizning investitsion
jozibadorligini oshirishga hamda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Beshinchidan,
Texnologiya va innovatsiyalarga investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash kerak,
chunki aynan shu sohalar bugun
gi zamon talablaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot
markazlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish orqali innovatsion
g‘oyalarni tezroq hayotga tatbiq etish sharoitlarini yaratish lozim. Ilmiy
-tadqiqot muassasalari
va
xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish natijasida innovatsion yechimlarni
tezkor joriy etish imkoniyati kengayadi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotga yo‘naltirilgan
sarmoyalarni oshirish hamda sun‘iy intellekt, biotexnologiya va nanotexnologiya kabi ilg‘or
yo‘nalishlarni qo‘llab
-quvvatlash zarur. Bu esa mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirib,
uning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Oltinchidan, Xalqaro tashkilotlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni
rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu yondashuv xorijiy
www.sci-p.uz
II SON. 2025
846
investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirib, iqtisodiy o‘sish dinamikasini tezlashtirishga
ko‘maklashadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik orqali ilg‘or texnologiyalar va innovatsion
tajribalarni mahalliy iqtisodiyotga tatbiq etish imkoniyati yaratiladi.
Yettinchidan,
Investorlar uchun barcha xizmatlarni bir markazda ko‘rsatish tizimini joriy
etish asosiy takliflardan biri bo‘lib hisoblan
adi. Bugungi kunda, ushbu taklifning amalda ishga
tushirilishi yurtimizga investorlarning kelishini yanada jadallashtirishi mumkin.
Sakkizinchidan,
Davlat tomonidan investorlarga mablag‘ ajratish, ya‘ni xususiy banklar
tomonidan kredit resurslari ajratilis
hini rag‘batlantirish orqali ularni ba‘zi muammolarini hal
etilishini ta‘minlash ham investorlarni jalb qilishda yana bir imkoniyat yaratishi mumkin.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Dolan, E., (2017). Quality of Government, Not Size, Is the Key to Freedom and Prosperity.
Available at: https://evonomics.com/quality-government-not-size-key-freedom-prosperity/
[Accessed 15 03 2025].
Douns , D. & Goodman, D., (2017)
. Финансово
-
инвестиционный словарь. Издание:3.
Издательство.:Инфра
-
М.
Ireland,
(2025).
Corporate
-
Withholding
taxes.
Available
at:
https://taxsummaries.pwc.com/ireland/corporate/withholding-taxes
[Accessed 07 03 2025].
Jerome S.Emgel., I. d.-P., (2011). Global Cluster of ISrael and Silicon Valley. California Review
Management , Issue 53, pp. 10-25.
John Cockburn., Y. D., (2013). Infrastructure and Economic Growth in Asia. Issue:3 Nyu York:
s.n.
Mamatov D., J. D. N. O., (2014) Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Toshkent:
s.n.
Moore, M. & Schmitz, H., (2008). Idealism, realism and the investment cimate in developing
countries. Institute of Development Studies, Issue 307, pp. 30-50.
Saravanakumar,
N.,
(2023).
Economic
Stability.
Available
at:
https://www.wallstreetmojo.com/economic-stability/
[Accessed 06 03 2025].
Vahabov, A. & Hajibakiyev, S., (2010)
. Хорижий инвестициялар. Тошкент: s.n.
Балдин, К.,
(2020)
. Инвестиции: системный анализ и управление. Издание:4
Издательство:Дашков и К.
Басенко, А. & Таранов, А.,
(2016)
. Особые экономические зоны как
институциональный
инструмент
мобилизации
инвестиционно
-
финансового
потенциала территориального развития. Финансовые исследования, Issue 50, pp. 10
-27.
Ручкина, Г. & Лапина, М.,
(2022)
. Правовые и финансово
-
экономические средства
достижения целей устойчивого развития. Издательство:Прометей.
Терешенко, Д. & Шербаков, В.,
(2015)
. Влияние экономических и политических
институтов на инвестиционные процессы в регионе. ECONSTOR, Issue 33, pp. 11
-38.
Qonun (2012
) O’zbekiston Respublikasining 25.12yildagi O’RQ
-598-sonli Qonuni.
