KOGNITIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MUAMMOLARNI HAL ETISH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

Annotasiya

Mazkur maqolada kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, muammolarni hal etishda o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan qiyinchilik va to‘siqlar haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Umarov , N. (2025). KOGNITIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MUAMMOLARNI HAL ETISH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(2), 414–421. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80278
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, muammolarni hal etishda o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan qiyinchilik va to‘siqlar haqida to‘xtalib o‘tilgan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

414


KOGNITIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MUAMMOLARNI

HAL ETISH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

Umarov Nodirbek

Navoiy davlat universiteti

ORCID

: 0009-0003-4029-2925

umarovnodirbek36@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning

muammolarni hal etish

qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, muammolarni hal etishda o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan qiyinchilik va to‘siqlar

haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

k

ognitiv ta’lim texnologiyalari,

muammolarni hal etish qobiliyati, divergent

fikrlash, SCAMPER, fishbone, refleksiya, kompetensiya, kritik fikrlash, Ishikava diagrammasi,

VARK modeli.

ФОРМИРОВАНИЕ У УЧАЩИХСЯ НАВЫКОВ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ НА ОСНОВЕ

КОГНИТИВНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Умаров Нодирбек

Навоийский государственный университет

Аннотация.

В статье представлены информация и рекомендации по развитию у

учащихся навыков решения проблем на основе когнитивных образовательных

технологий. В нем также обсуждаются трудности и препятствия, с которыми

сталкиваются студенты при решении задач.

Ключевые слова:

когнитивно

-

образовательные технологии, навыки решения

проблем,

дивергентное

мышление,

SCAMPER

,

«рыбья

кость»,

рефлексия,

компетентность, критическое мышление, диаграмма Ишикавы, модель VARK.

FORMATION OF STUDENTS’ PROBLEM

-SOLVING SKILLS BASED ON

COGNITIVE LEARNING TECHNOLOGIES

Umarov Nodirbek

Navoi State University

Abstract.

This article provides information and recommendations on the formation of

students' problem-solving skills based on cognitive educational technologies. It also discusses the
difficulties and obstacles that students face in solving problems.

Keywords:

cognitive educational technologies, problem-solving skills, divergent thinking,

SCAMPER, fishbone, reflection, competence, critical thinking, Ishikawa diagram, VARK model.

UOʻK:

37.01:371.3:159.953

414-421


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

415

Kirish.

Bugungi kunda ish beruvchilar ta’lim muassasalaridagi bitiruvchilardan faqat nazariy

bilim emas, balki amaliy muammolarni mustaqil hal qilish ko‘nikmasini ham kutadi. Ba’zi

o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik metodlar, psixologik yondashuvlar va kognitiv ta’lim

texnologiyalari bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi, ta’lim muassasalarida
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash uchun yaratilishi kerak bo‘lgan shart

-sharoitlardagi

kamchiliklarga e’tiborsiz qarab bo‘lmaydi. Talim mazmunining tez eskirishi va mehnat bozori

talablariga mos kelmasligi masalasi ham ustuvordir. Buning natijasida o‘quvchilarda

muammolarni hal qilish qo

biliyatining pasayib ketishi, bilimlarni chuqur o‘zlashtira olmaslik,

o‘z

-

o‘ziga baho berishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi davrda jamiyat,

texnologiyalar va mehnat bozori tez o‘zgarayotgani sababli, ta’lim oluvchilardan mustaqil

fikrla

sh va yangi vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish talab etiladi. Muammoli vaziyatlarni hal

qila olmaslik

real hayotga moslashishda jiddiy to‘siq bo‘ladi. Taʼlimda kompetensiyaviy

yondashuv ustuvorlik kasb etmoqda. Bu esa faqatgina bilim berish emas, ba

lki o‘quvchilarni

faol, mustaqil va kreativ fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirishni talab qiladi. Muammolarni hal

qilish qobiliyati esa bu yondashuvning asosiy tarkibiy qismidir. Ko‘plab maktablarda hali

-

hanuz o‘quvchilarni tayyor javoblarni yodlashga yo‘naltiruvchi usullar qo‘llanmoqda. Bu esa

tanqidiy va mantiqiy fikrlashni, tahlil qilish va muammoli vaziyatlarga mos yechim topish

ko‘nikmalarini shakllantirmaydi. Muammolarni hal qilishda qiyinchilikka duch keladigan

o‘quvchilar ko‘pincha o‘ziga bo‘lgan

ishonchni yo‘qotadi, bu esa ularning umumiy o‘quv

motivatsiyasini pasaytiradi. Bunday vaziyatda o‘qituvchilarning o‘qitish usullarini

modernizatsiya qilish, yangi metodikalarga moslashish, kognitiv va zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish ko‘nik

malarini oshirish talab etiladi. Gamifikatsiya, loyihaviy

o‘qitish va muammoli ta’lim metodlari yordamida o‘quvchilar motivatsiyasini oshirish mumkin.

Adabiyotlar sharhi.

Har bir ta’lim oluvchi har xil xarakter va xususiyatga ega, shu sababli o‘qituvchil

ar ham

o‘zlarining ham o‘quvchilarning kompetensiyalari ustida muntazam ishlashlari kerak. Umumiy

ma’noda “kompetensiya” –

tegishli faoliyat sohalarida va muayyan turdagi muammolarni hal

qilishda talablarga, belgilangan mezonlarga va standartlarga rioya qilish, zarur faol bilimlarga

ega bo‘lish, natijalarga ishonchli erishish va nazorat qilish qobiliyati (

Tursunov, 2021). Bu

qobiliyat o‘quvchilardagi muammolarni hal qilish jarayoniga, o‘qituvchilarning esa bu

jarayonni ijobiy tomonga o‘zgartirishga ko‘makla

shuvchi rolni bajarishiga fundamental xarita

vazifasini o‘taydi.

Ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt, chatGPT kabi zamonaviy dastur va texnologiyalarni olib

kirish, o‘quvchilarga ta’limning mazmunini tushuntirish, ularning bilimini baholash,

muammolarni hal

etish qobiliyatlarini kuchaytirishda o‘qituvchilarga bir qancha qulaylik va

samaradorlikni taqdim etadi.

So‘ngi 3 yillikda sun’iy intellekt texnologiyalari barcha sohalarda tub o‘zgarishlarni olib

kirayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga albatta 2022

-yil noyabr oyida OpenAI

kompaniyasi tomonidan GPT modelini ishlab chiqilishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki,

ushbu model asosida sun’iy intellektning qanday imkoniyatlarga ega ekanligi ko‘plab

tadqiqotchi va olimlar tomonidan ilmiy asoslanib kelinmoqda (Mamatov, 2025).

Masalan, VARK modelini olaylik. U ta’lim oluvchilarning o‘rganish uslublarini tavsiflovchi

mashhur model bo‘lib, Neil Fleming tomonidan ishlab chiqilgan. VARK qisqartmasi inglizcha

to‘rt xil o‘rganish uslubining bosh harflaridan olingan:

V

Visual (Ko‘ruvchilar): Bunday o‘quvchilar vizual materiallar (diagrammalar, grafiklar,

xaritalar, rangli belgilar, jadvallar) orqali ma’lumotni yaxshi qabul qiladilar. Ular ko‘rish orqali

eslab qolishni afzal ko‘radilar.

A

Aural, Auditory (

Eshituvchilar): Bu turdagi o‘quvchilar tinglash orqali o‘rganadilar.

Ma’ruza, muhokama, suhbatlar orqali yaxshiroq tushunadilar va eslab qoladilar.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

416

R

Read, write (O‘qish, yozish): Ular matnli ma’lumotlarni o‘rganishni afzal ko‘radilar.

Kitob o‘qish, esla

tma yozish, maqolalar bilan ishlash ular uchun samarali.

K

Kinesthetic (Harakat orqali o‘rganuvchilar): Amaliyot, tajriba, harakat, real hayotiy

vaziyatlar orqali o‘rganishni yoqtiradilar. Ular “qilishga” asoslangan o‘rganish uslublarini

ma’qul ko‘rishad

i.

VARK modeli har bir shaxsning o‘rganish uslubi boshqalarnikidan farq qilishini hisobga

oladi va turli o‘rganish uslubiga mos keladigan metodlarni qo‘llagan holda o‘quvchilarni faolroq

jalb eta oladilar. Sun’iy intellect va chatGPT ham huddi shunday imko

niyatni taqdim etadi.

Tadqiqot natijasida, chatGPT ta’lim oluvchilar uchun moslashtirilgan ta’lim materiallarini taklif
etishi hamda adaptiv o‘quv yo‘nalishlarini yaratish imkoniyati o‘quv jarayonini yanada

samaraliroq qilishi aniqlandi. Shu bilan birga ch

atGPT orqali ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga

jalb qiladigan va individual yondashuv asosida tayyorlangan materiallar, ularning o‘zlashtirish

darajasini 30% ga oshiradi (Asy’ari, Sharov, 2024). Shuningdek, yana bir tadqiqotda, Finkning
“Muhim o‘qitish tajribalari taksonomiyasi” (TSL) asosida sun’iy intellekt orqali uzluksiz malaka
oshirish va ta’lim berish bo‘yicha yangicha yondashuv ilgari suriladi. Maqolada asosan

tashkilotda faoliyat yuritayotgan xodimlarni Finkning taksonomiya modeli asosida uzluksiz

kognitiv o‘qitishni rivojlantirish, ushbu jarayonga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya
qilish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, TSL asosida sun’iy

intellektdan foydalangan holda xodimlarni o‘qitish va

rivojlantirish usullari ularning faol

ishtirokini yanada oshiradi hamda ta’limni shaxsiylashtirishga yordam beradi (Billiot, 2023).

Kognitiv ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarda chuqur anglash, mantiqiy fikrlash va

tushunishga asoslangan bilimlarni shakllantiradi.

Talabalar an’anaviy va standart

yondashuvlardan tashqari, yangicha fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar (

Holiqova, 2025).

Yuqoridagi adabiyotlar tahlilidan shuni ko‘rishimiz mumkinki, kognitiv taʼlim

texnologiyalari faol fikrlashni rivojlantirad

i, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishni taʼminlaydi,

motivatsiyani oshiradi, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi, individual yondashuvni

taʼminlaydi, metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiradi, o‘rganilgan bilimlarni hayotda

qo‘llashga yo‘naltiradi va

bu orqali o‘quvchilarning muammolarni hal qilish qobiliyatlari

shakllantiriladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqot doirasida

kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning

muammolarni hal etish qobiliyatlarini

shakllantirish masalalari tahlil qilingan va bu bo‘yicha

ma’lumot hamda tavsiyalar berilgan. Tahlil jarayonida yig‘ilgan ma’lumotlarni tekshirish,
ajratish hamda guruhlash kabi analiz xususiyatlari qo‘llanildi. Kuzatish metodi orqali ayni

vaqtdagi tizimdagi kamchilik va xatolarga tabiiy sharoitni hisobga olib bevosita hamda bilvosita

e’tibor qaratildi. Yig‘ilgan ma’lumotlar esa xulosaga kelish va tavsiyalarni ishlab chiqishga

fundamental asos yaratdi. Shuningdek, maqolada VARK modeli

, “SCAMPER”, “Fishbone

(

tutqichli suyak)” kabi metod va texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Zamonaviy dunyoda bilim va texnologiyalar juda tez yangilanmoqda. Biroq o‘quv

dasturlari ko‘p hollarda eskirgan va mehnat bozoridagi talabga ja

vob bermaydi, fanlararo

integratsiya va amaliy bilimlar yetarlicha o‘qitilmasligi natijasida ta’lim oluvchilarda o‘z

muammolarini hal etish qobiliyatining yetarlicha shakllanmasligiga olib kelmoqda. Bugungi

kunda o‘quvchilarda muammolarni hal qilish qobili

yatining yetarli darajada rivojlanmagani

dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tahlillar natijasida buning bir necha asosiy sabablarini

ko‘rsatish mumkin:

1. Anʼanaviy taʼlim metodlarining cheklanganligi –

o‘quv jarayonida ko‘pincha tayyor

bilim berish u

suli qo‘llaniladi, bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va muammolarni tahlil

qilish qobiliyatini rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor qaratmaslikka olib keladi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

417

2. Kreativ va tanqidiy fikrlashning yetishmasligi

zamonaviy jamiyatda muammolarni hal

qi

lish uchun ijodiy va tanqidiy yondashuv zarur bo‘lsa

-

da, ko‘plab o‘quvchilarda bu ko‘nikmalar

kam rivojlangan.

3. Amaliyotga yo‘naltirilgan taʼlim yetishmovchiligi –

o‘quvchilarga nazariy bilim berilgan

bo‘lsa ham, ularni real hayotdagi vaziyatlarga qo‘llash imkoniyati kam bo‘lishi natijasida ular
o‘rgangan bilimlarini amalda qo‘llay olishmaydi.

4. Kognitiv qiyinchiliklar va pedagogik-

psixologik to‘siqlar –

baʼzi o‘quvchilarda o‘z fikrini

ifodalash yoki muammoni tahlil qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Bu esa ularning o‘quv jarayonida

faollik ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi.

5. Axborot ortiqchaligi va diqqatni jamlash muammosi

raqamli texnologiyalar

rivojlanishi bilan bolalar va o‘smirlar ortiqcha axborot oqimiga duch kelishmoqda. Bu esa

ularning diqqatini jam

lay olmasligiga va muammolarni tizimli hal qilish ko‘nikmalarining

shakllanmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ushbu omillarni bartaraf etish uchun zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan, jumladan,

kognitiv taʼlim texnologiyalaridan foydalanish muhimdir.

Ta’lim jarayonida turli muammolar uchraydi, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning samarali

faoliyat olib borishiga salbiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, o‘quvchilar muammolarga uchraganda uni

bartaraf etishda bir muncha qiyinchiliklarga uchraydi. Ularda

muammolar bilan ishlash

qobiliyati sustdir. Muammoni hal qilish qobiliyati o‘quvchilarning muammolarni aniqlash va

ularga yechim topish qobiliyatidir. Bu qobiliyat kognitiv, ijodiy va mantiqiy tafakkurni

rivojlantirish orqali shakllanadi. O‘quvchilar tomonidan muammoning moh

iyati va asosiy

omillarini anglash, muhim va keraksiz ma’lumotlarni ajratish, mavjud resurslarni tahlil qilish,
eng samarali yechimni tanlash uchun alternativ variantlarni yaratish, to‘g‘ri strategiyani ishlab

chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish, yechimning natijalarini baholash, kamchiliklarni

aniqlash va takomillashtirish juda muhim hisoblanadi. Ko‘plab o‘quvchilar muammolarni hal

qilish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishadi. Kuzatishlar buning bir qancha sabablarini
yuzaga chiqardi.

Birinchidan, kognitiv qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Tahlil va sintez qilishda muammolar

o‘quvchilar muammolarni ajratish va ularga tizimli yondashishda qiynaladilar. Mantiqiy

fikrlashning sustligi

muammo sabablarini tushunishda qiyinchilik bo‘ladi. Ko‘p bosqichli

muammolarni hal qila olmaslik

masalan, murakkab matematik masalalar yoki ilmiy tajribalar.

Ikkinchidan, psixologik to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Ishonchsizlik va qo‘rquv –

o‘quvchi xato

qilishdan yoki noto‘g‘ri javob berishdan qo‘rqadi. Passiv

lik

o‘quvchi mustaqil yechim topish

o‘rniga tayyor javob kutadi. Ijodiy fikrlashning sustligi –

standart yondashuvlarga o‘rganib

qolish.

Uchinchidan, muhit va pedagogik yondashuvlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi

mumkin. O‘quv dasturlarining muammoli f

ikrlashga mos kelmasligi

–darslar ko‘proq yodlashga

asoslangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan yetarlicha mustaqillik berilmasligi –

muammolarni yechishda o‘quvchilar fikri cheklanadi. Jamoaviy muhokamalar yetishmasligi –

o‘quvchilar fikr almashish orqali muammolarni hal qilishni o‘rganmaydi.

To‘rtinchidan, metakognitiv qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. O‘z tafakkur jarayonini

anglamaslik

o‘quvchi qanday fikrlashini tushunmaydi. Rejalashtirish va o‘z

-

o‘zini nazorat

qilishning sustligi

yechim jarayonini aniq boshqarolmaslik. Natijani baholay olmaslik

o‘zining yechimining to‘g‘riligini tahlil qilmaslik.

O‘quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatini shakllantirish uchun kognitiv ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish lozim. Kognitiv ta’lim texnolo

giyalari

bu o‘quvchilarning

tafakkur jarayonlarini faollashtirish, tahlil qilish, muammolarni hal etish va mustaqil qaror
qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar

to‘plamidir. Ushbu texnologiyalar asosida o‘quvchilarda muammolarni hal etish qobiliyatini

shakllantirish quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

418

1-bosqich: Muammoni anglash va tahlil qilish. Bunda metakognitiv strategiyalar ishlab

chiqiladi hamda o‘quvchilarga muammoni qanday tushunish, uni

ng sabablarini tahlil qilish va

asosiy omillarni ajratish bo‘yicha ko‘nikmalar beriladi. Masalan “Savol

-

javob texnologiyasi”

asosida “Nima? Qanday? Nima uchun?” savollari yordamida muammoning mohiyati ochib

beriladi.

2-bosqich: Yechimlarni izlash va

ijodiy fikrlash. Bunda “Divergent fikrlash” ya’ni koʻplab

mumkin boʻlgan yechimlarni oʻrganish orqali

ijodiy

gʻoyalarni yaratish uchun ishlatiladigan

fikrlash jarayoni yoki usulidan foydalanish nazarda tutiladi. Masalan

“SCAMPER”, “Fishbone

(tutqichli suyak)” usuli kabi texnikalar qo‘llaniladi. Shuningdek, analogiyalarga asoslangan
tahlilga ya’ni o‘quvchilarga muammoni boshqa fan yoki hayotiy holatlar bilan solishtirishga

o‘rgatiladi.

3-bosqich: Qaror qabul qilish va yechimni sinash. Bunda eksperiment va simulyatsiyalar

ya’ni muammoning nazariy va amaliy yechimlarini sinab ko‘rish imkoniyatlari yaratiladi.
Masalan rolli o‘yinlar va loyihalardan foydalaniladi. O‘quvchilar turli rollarni bajarish orqal

i

muammolarni turli nuqtai nazardan hal qilishni o‘rganadilar.

4-bosqich: Yechimning natijalarini baholash va refleksiya. Zamonaviy pedagogikada

refleksiya faoliyat va uning natijalarini tahlil qilish ekanligiga e’tibor qaratiladi. Shunga ko‘ra

refleksiya jarayonida muayyan xulosaga kelish, umumlashtirish, muqobillarini topish,

taqqoslash va baholash, qayg‘urish, yodga olish, muammoni hal qilish ko‘zga tashlanadi. Men

qanday xatolarga yo‘l qo‘ydim? Qanday qilib yaxshiroq qilishim mumkin? kabi savollar

yordamida natijalar baholanadi.

1-jadval

O‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashdagi muammolarini hal etishda

SCAMPER kognitiv texnologiyasini qo‘llash

Substitute

almashtirish

Qaysi elementni boshqasi bilan almashtirish mumkin?

Masalan,

plastik o‘rniga biologik parchalanadigan material ishlatish.

Combine

birlashtirish

Ikki yoki undan ortiq g‘oyalarni qanday birlashtirish mumkin?

Masalan, quyosh batareyalari bilan ishlaydigan velosiped yaratish.

Adapt

moslashtirish

Boshqa

sohalarda qo‘llanadigan texnologiyani bu muammoga moslash

mumkinmi?

Masalan, termal kiyimlardan ilhomlanib, o‘zgaruvchan haroratga moslasha

oladigan chodir ishlab chiqish.

Modify, Magnify

o‘zgartirish,

yaxshilash

Qanday qilib mahsulot yoki jarayonni yaxshilash mumkin?

Masalan, oddiy suv idishlarini filtr bilan jihozlash.

Put to other use

boshqa sohalarda

qo‘llash

Ushbu mahsulot yoki g‘oyani boshqa sohada ishlatish mumkinmi?

Masalan, eski kiyimlarni qayta ishlash orqali yangi matolar yaratish.

Eleminate

qisqartirish

Keraksiz qismlarni olib tashlab, mahsulotni soddalashtirish mumkinmi?

Masalan, ortiqcha qadoqlash materiallarini olib tashlash orqali chiqindilarni
kamaytirish.

Rearrange, Reverse

qayta tartibga

solish, teskari

qilish.

Agar

jarayon yoki mahsulotni teskari tartibda ishlatsak nima bo‘ladi?

Masalan, o‘quvchilarga bilim berish tizimini o‘zgartirib, amaliy tajribalar orqali

o‘qitish.

O‘quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatlarini shakllantirish uchun qo‘llash

kerak

bo‘lgan bir nechta kognitiv ta’lim texnologiyalarini ko‘rib chiqamiz.

SCAMPER texnologiyasi o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, ularni

muammolarni hal qilishga yo‘naltirish va innovatsion yondashuvlarni shakllantirish uchun

samarali metod hisoblanadi.

Bob Eberle

tomonidan ishlab chiqilgan ushbu texnologiya dars

jarayonida, loyiha ishlari yoki ijodiy mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi mumkin.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

419

Dastlab, o‘quvchilarga hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo yoki savol beriladi. Masalan,

texnolo

giya darsida “Kelajak avtomobili qanday bo‘lishi kerak?”, ekologiya darsida “Plastik

chiqindilar muammosini qanday hal qilish mumkin?”, matematika darsida “Qanday qilib

murakkab masalalarni oson tushunish mumkin?”.

SCAMPER usuli orqali har bir bosqichda muammoni hal qilish uchun turli savollar beriladi

va o‘quvchilarning javoblari tahlil qilinadi.

SCAMPER kabi kognitiv texnalogiyalardan foydalanish o‘quvchilarning muammolarni hal

etish qobiliyati shakllantiradi. O‘qishga qiziqishlari va motivatsiyasini kuch

aytiradi,

o‘rganuvchilarning darsda zerikishi va charchashining oldi olinadi, o‘rganuvchida ijodiy ishlash
ko‘nikmalari va faol fikr rivojlanadi, mavzu bo‘yicha yangi assotsiativ fikr va tasavvurni erkin

va ochiq jalb qilishga yordam beradi.

Fishbone (tutqichli suyak) -

sabab va ta’sir diagrammasi yoki Ishikava diagrammasi

(uning yaratuvchisi Kaoru Ishikava nomi bilan atalgan ) sifatida ham tanilgan baliq suyagi

diagrammasi o‘quvchilarga g‘oyalarni foydali toifalarga saralash orqali muammoning ko‘plab

mumki

n bo‘lgan sabablarini aniqlashga yordam beradi va ayniqsa, aqliy hujum sessiyalarini

tuzishda foydalidir. U baliq suyagi diagrammasi deb ataladi, chunki to‘ldirilgandan so‘ng, jadval

baliq skeletiga o‘xshaydi. O‘quvchilarning muammolarni hal etishdagi qiyi

nchiliklarini quyidagi

“Ishikava diagrammasi” orqali tahlil qilishimiz mumkin.

1-

rasm. O‘quvchilarning muammolarni hal etishdagi qiyinchiliklarini Ishikava

diagrammasi orqali tahlil qilinishi

Ishikava diagrammasi muammoning yuzaga kelishiga

ta’sir qiluvchi barcha omillarni

tizimli ravishda ko‘rib chiqish imkonini beradi. Faqat natijaga emas, balki uning asosiy

sabablariga e’tibor qaratishga yordam beradi. Jamoa bo‘lib ishlashda muammoni kengroq tahlil

qilish imkonini yaratadi. Katta hajmdagi axborotni tartibli shaklda ifodalash mumkin.
Diagramma shaklida berilgani sababli tushunish va tahlil qilish osonlashadi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

420

Xulosa va tavsiyalar.

Kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammolarni hal qilish

qobiliyatlarini shakllantirish samarali natijalar beradi.

Bu usullar o‘quvchilarni faqat bilim

olishga emas, balki o‘rganganlarini amaliyotda qo‘llashga ham o‘rgatadi. Natijada, ular tanqidiy

fikrlaydigan, ijodkor va mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxslar bo‘lib

yetishadilar.

O‘quvchilar muammoni aniqlash, tahlil qilish, yechim variantlarini ishlab chiqish va ularni

baholash kabi bosqichlarni amalda qo‘llay boshlaydilar. Kognitiv texnologiyalar orqali

interaktiv ta’lim jarayoni yaratiladi, bu esa o‘quvchilarning q

iziqishini oshiradi. Haqiqiy

hayotdagi muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar o‘quvchilarda ishtiyoq
uyg‘otadi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini real hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta’lim

oluvchilar kritik fikrlashni ya’ni o‘z yechi

mlarining samaradorligini tahlil qilish va

takomillashtirishni o‘rganadilar. Shuningdek, jamoaviy muhokama va hamkorlikda ishlash

orqali o‘z fikrlarini himoya qilish va muqobil fikrlarga ochiq bo‘lish qobiliyatlari rivojlanadi.

Muammoni yechishda turli nuq

tai nazarlardan yondashish ko‘nikmasi shakllanadi.

Kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammolarni hal etish

qobiliyatlarini shakllantirish

bo‘yicha quyidagilar taklif etiladi:

-

Ta’limda faol o‘qitish metodlarini qo‘llash lozim. Masalan, muammoli o‘qitish: Dars

jarayonida o‘quvchilarga real hayotga yaqin muammolarni taqdim etish va ularni mustaqil hal

qilishga yo‘naltirish. Kichik guruhlarda ishlash: Hamkorlikda ishlash orqali o‘quvchilar bir

-

birining fikrlarini tahlil qiladi, muammoni

turli nuqtai nazardan ko‘ra boshlaydi.

-

O‘quvchilarga kognitiv strategiyalarni o‘rgatish kerak. Masalan, metakognitiv

yondashuv: O‘quvchilarni o‘z fikrlash jarayonlarini kuzatishga va baholashga o‘rgatish (ya’ni:
“Men bu muammoni qanday hal qilayapman?”).

-

Savol berish texnikasini rivojlantirish lozim. Masalan, o‘quvchilarga ochiq, tahliliy

savollar berishni o‘rgatish: “Nima uchun?”, “Qanday qilib?”, “Agar... bo‘lsa, nima bo‘ladi?” kabi

savollar muammoni chuqur tushunishga yordam beradi.

-

O‘quvchilarni refleksiya va tahlil qilishga o‘rgatish lozim. Masalan, Har bir topshiriq yoki

loyiha yakunida o‘quvchidan: “Nimani o‘rgandim?”, “Qanday qiyinchiliklarga duch keldim?”,

“Keyingi safar nimani boshqacha qilaman?” kabi savollarga javob yozdirish.

-

Ta’lim tizimida sun’iy intellekt, chatGPT, VARK modeli, “SCAMPER”, “Fishbone (tutqichli

suyak)” kabi dastur va texnologiyalardan muntazam foydalanish lozim. Bu ta’lim oluvchilarda

muammolarning asl mohiyati, uning sabablari va ta’sir doirasini aniqlash, tahlil qilish

va

ko‘lamini baholash, yuzaga keladigan xavflarni bloklash, ularni bartaraf etish bo‘yicha

samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarni ishlab chiqish, maqbul variantlarni tanlash va

yakunda muammolarni hal etish qobiliyatini shakllantirishga imkoniyat yaratadi.

Adabiyotlar/ Литература /References.

Tursunov J.

(2021). “Zamonaviy pedagogning kasbiy kompetentligi”. “O‘zbekistonda ilmiy

-

amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi Respublika 28

-

ko‘p tarmoqli ilmiy konferensiya materiallari.

191-bet.

Mamatov A.

(2025). “Sun’iy intellekt yordamida boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini

rivojlantirish”. “Ilg‘or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 1

-son 399-

bet.

Asy’ari

M., Sharov S. (2024). Transforming Education with ChatGPT: Advancing Personalized

Learning, Accessibility, and Ethical AI Integration. International Journal of Essential Competencies

in Education, 3(2), 119-157.

https://doi.org/10.36312/ijece.v3i2.2424

.

Billiot

, T. (2023). “Continuous learning and advancing technologies: a framework for

professional development and training in artificial intelligence”, Development and Learning in

Organizations, Vol. 37 No. 3, pp. 28-31.

https://doi.org/10.1108/DLO-04-2022-0064

.

Tajiyeva Sh.S.

(2025). “

Kognitiv qobiliyatlarning ta

lim jarayonidagi o

rni

Yangi

O

ʻ

zbekiston pedagoglari axborotnomasi. 3-jild 2-son. 7-bet.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

421

Holiqova M.K.

(2025). “Talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda divergent

tafakkur ahamiyatining nazariy tahlili”. “Science and Education” ilmiy jurnali 6

-jild 2-son. 371-

bet.

Berdaliyeva S.D.

(2023). “Bo‘lajak pedogoglarda refleksiv sifatlarini innovatsion yondoshuv

asosida rivojlantirish texnologiyalari”. “Tadqiqotlar” jahon ilmiy

-metodik jurnali. 27-son 4-

to‘plam. 94

-bet.

Sobirova M.I., Yusupova S.K.

(2024). “Yangi kreativ pedagogik texnologiyalar”. “Pedagogik

islohotlar va ularning yechimlari” ilmiy jurnali 181

-bet.

Bibliografik manbalar

Tursunov J. (2021). “Zamonaviy pedagogning kasbiy kompetentligi”. “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi Respublika 28-ko‘p tarmoqli ilmiy konferensiya materiallari. 191-bet.

Mamatov A. (2025). “Sun’iy intellekt yordamida boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini rivojlantirish”. “Ilg‘or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 1-son 399-bet.

Asy’ari M., Sharov S. (2024). Transforming Education with ChatGPT: Advancing Personalized Learning, Accessibility, and Ethical AI Integration. International Journal of Essential Competencies in Education, 3(2), 119-157. https://doi.org/10.36312/ijece.v3i2.2424.

Billiot, T. (2023). “Continuous learning and advancing technologies: a framework for professional development and training in artificial intelligence”, Development and Learning in Organizations, Vol. 37 No. 3, pp. 28-31. https://doi.org/10.1108/DLO-04-2022-0064.

Tajiyeva Sh.S. (2025). “Kognitiv qobiliyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni” Yangi Oʻzbekiston pedagoglari axborotnomasi. 3-jild 2-son. 7-bet.

Holiqova M.K. (2025). “Talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda divergent tafakkur ahamiyatining nazariy tahlili”. “Science and Education” ilmiy jurnali 6-jild 2-son. 371-bet.

Berdaliyeva S.D. (2023). “Bo‘lajak pedogoglarda refleksiv sifatlarini innovatsion yondoshuv asosida rivojlantirish texnologiyalari”. “Tadqiqotlar” jahon ilmiy-metodik jurnali. 27-son 4-to‘plam. 94-bet.

Sobirova M.I., Yusupova S.K. (2024). “Yangi kreativ pedagogik texnologiyalar”. “Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari” ilmiy jurnali 181-bet.