www.sci-p.uz
II SON. 2025
430
O‘ZBEKISTON. DEMOGRAFIK RIVOJLANIS
H VA URBANIZATSIYA
i.f.d.,prof
. Umurzakov Baxodir Xamidovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy
asoslari va muammolari”ilmiy tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0000-8140-1700
g.f.d., prof.
Tojieva Zulxumor Nazarovna
O‘zbekiston Milliy universiteti
ORCID: 0000-0001-5626-9517
Annotatsiya.
Ushbu maqola shahar aholisining tezlik bilan o‘sishi, aholining yirik va katta
shaharlarda to‘planishi, shaharlar chegarasi kengayishida demografik jarayonlar va ularning
rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan. Bunda mamlakatni ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlantirish
maqsadida olib borilgan siyosat mahsuli bo‘lgan mavjud shahar aholi manzilgohlari shakllanishi,
unda aholi tabiiy va mexanik harakatlari ko‘lami, xususan aholining tashqi va ichki migratsiya
natijasida shakllanishi asoslangan. Shuningdek, dunyoning
barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi
O‘zbekistonda ham aholining demografik rivojlanish tendensiyalari boshqa ijtimoiy
-iqtisodiy
jarayonlar qatori urbanizatsiyaga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganligi ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar
:
shahar, urbanizatsiya, migratsiya, aholi punkti, aholi tarkibi, demografiya,
hudud.
УЗБЕКИСТАН. ДЕМОГРАФИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ И УРБАНИЗАЦИЯ
д.э.н., проф.
Умурзаков Баходир Хамидович
Научно
-
исследовательский центр
«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном экономическом университете
д.г.н., проф.
Тожиева Зулхумор Назаровна
Национальный университет Узбекистана
Аннотaция
.
Данная статья посвящена вопросам стремительного роста
городского населения, концентрaции населения в крупных и больших городах,
демографическим процессам при расширении границ городов и их развитию. В ней
обосновано
формирование
существующих
городских
поселений,
являющихся
результатом политики, проводимой в целях социально
-
экономического развития
страны, рассмотрены масштабы естественного и механического движения населения, в
частности, формирование населения в результате внешней и внутренней мигрaции.
Также научно обоснован тот факт, что тенденции демографического развития
населения в Узбекистане, как и во всех странах мира, наряду с другими социально
-
экономическими процессами, оказывают непосредственное влияние на урбанизaцию.
Ключевые слова
:
город, урбанизaция, мигрaция, населенный пункт, состав
населения, демография, территория.
UOʻK:
314.152
430-438
www.sci-p.uz
II SON. 2025
431
UZBEKISTAN. DEMOGRAPHIC DEVELOPMENT AND URBANISATION
DSc, prof.
Umurzakov Bakhodir Khamidovich
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems
of the Development of the Economy of Uzbekistan"
under Tashkent State University of Economics
DSc, prof.
Tojieva Zulkhumor Nazarovna
National University of Uzbekistan
Abstract.
This article is dedicated to the issues of rapid urban population growth,
concentration of population in large and major cities, demographic processes in the expansion of
city boundaries, and their development. The formation of existing urban settlements is
substantiated as a result of policies aimed at the country's socio-economic development, the scale
of natural population growth and migration, particularly the formation of population due to
external and internal migration. It is also scientifically justified that demographic development
trends in Uzbekistan, as in all countries worldwide, along with other socio-economic processes,
have a direct impact on urbanization.
Keywords
:
city, urbanization, migration, settlement, population composition, demography,
territory.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasida aholining hududiy tarkibida qishloq aholisining salmog‘i
kamayishi hisobiga shahar aholisi va shahar aholi manzilgohlarining doimo eniga va bo‘yiga
o‘sishi ro‘y bergan bo‘lsa, mustaqillik yillari ushbu
qonuniyatga zid ravishda aksincha vaziyat
vujudga keldi, ya’ni umumiy aholining miqdori ortib borsada, 1990 yillardan shahar aholisining
jami aholidagi salmog‘i yildan
-yilga qisqarib, urbanizatsiya darajasi pasaya boshlaganligini
ko‘rish mumkin. Chunki, m
avjud shahar aholi manzilgohlari asosan mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish maqsadida olib borilgan siyosat mahsuli bo‘lib, ularning aksariyati
aholisi tashqi va ichki migratsiya natijasida shakllangandir.
Bunda ayniqsa,
aholining
qishloqlardan sh
aharlarga intensiv migratsiyasi shaharlar aholisi ko‘payishini ta’minlab
kelganligini keltirish o‘rinli.
Dunyoning barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham aholining demografik
rivojlanish tendensiyalari boshqa ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qatori urbanizatsiyaga
jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bunday holat respublika shahar
aholisining oxirgi 20-
30 yilda soni va salmog‘i ortishida yaqqol kuzatilmoqda.
BMT hisob-
kitoblariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston aholisining deyarli
51 foizi shaharlarda
istiqomat qiladi, bu global urbanizatsiya darajasi 56,2 foizga yaqin. Biroq urbanizatsiya
dinamikasi haqida gap ketganda, respublika urbanizatsiya sur’atlari o‘rtacha bo‘lgan
mamlakatlarning umumiy fonidan ajralib turadi. Ajablanarlisi
shundaki, O‘zbekiston shahar
aholisining o‘rtacha ulushiga ega bo‘lishiga qaramay, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda ko‘pchilik
mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada urbanizatsiyalangan, ammo oxir-oqibatda shahar
aholisi ulushining boshqa mamlakatlarg
a nisbatan sekin o‘sishi va hatto ayrim yillari
urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Shaharlarni iqtisodiy- ijtimoiy va demografik nuqtayi-nazaridan tadqiq etish iqtisodiyotni
rivojlantirish va joylashtirishda o‘ta muhimdir. Shaharlar, urbanizatsiya muammolari
davlatlarning rivojlanishida, taraqqiyotida, ularning dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini
belgilashida muhim ilmiy, madaniy hamda ma’rifiy
ahamiyatga egadir.
Shaharlar rivojlanishi,
urbanizatsiya jarayonlari, ularni tadqiq etish muammolari eng muhim ilmiy yo‘nalishlardan
hisoblanadi. Jumladan, ushbu muammolar bilan juda ko‘plab olimlar ish olib borishgan va
www.sci-p.uz
II SON. 2025
432
davom ettirishmoqda. Jumladan,
Davidovich (1906-1978)
, Lappo (1978), Listengurt (1974),
Пивоваров (1999
), Polyan (1988) lar ishlari alohida ahamiyatga egadir. Shaharlarning
ko‘payishi, urbanizatsiya jarayonining rivojlanishini
olimlar tomonidan ilmiy va amaliy
o‘rganish asosida o‘z davrig
a mos, turli qonuniyatlar, nazariya va konsepsiyalar yaratildi.
Shaharlar rivojlanishi va joylanishi, uning hududlar taraqqiyotidagi rolini tadqiq
etishning ilmiy asoslari Tyunen
(Модели в географии, 1971), Мерфи (1972), П. Геддес
(Проблемы изучения городских агломерatsiй, 1988), Готтман (Пивоваров Ю., 2007
v
а
boshqa olimlar tomonidan batafsil o‘rganilgan. Ular tadqiqotlarida
shaharlar rivojlanishi va
joylanishining ilmiy nazariyalarini hamda ularning nazariy-metodologik asoslarini ishlab
chiqish bilan shug‘ullanishgan.
Jumladan, Forrestr yirik shaharlarning dinamik rivojlanishini
tizimli tahlil va EHM asosida modellashtirib, uzoq muddatga prognozlashtirgan (Форрестер,
1974).
Yirik
shahardan atrofga tarqaluvchi bosh transport yo‘llariga, ikkinchi darajali
transport tarmoqlari kelib tutashadi. Ana shu yеrda, shahardan ma’lum uzoqlikda yo‘llar
tutashadigan nuqtada keyingi pog‘onadagi aholi manzilgohini joylashtirish maqsadga
muvofiqligini 1850-
yilda Kol o‘z nazariyasida asoslab beradi. Aholi manzilgohlarini
joylashtirish, uning atrofida tarmoqlarni joylashtirish nazariyalari bilan Nemis olimlari
dunyoga mashhur. Bulardan, nemis
olimi V.Kristallerning “Janubiy Germaniyada
markaziy o‘rinlar” (keyinchalik “Markaziy o‘rinlar”
nazariyasi bilan mashhur bo‘lgan)
nazariyasida iqlim, aholi zichligi, transport va boshqa jihatdan bir xil xususiyatlarga ega
bo‘lgan hududda shaharlar ma’lum qonuniyatga asoslanib joylashishini aniqlagan.
Rossiyada Semenov-Tyanshanskiy 1910-
yilda “Rossiyaning
Yevropa qismidagi
shahar va qishloq” (“Город и деревня Европейской России”) asarini chop etadi. Unda,
shaharlar umumsayyoraviy markazlar bo‘lib, ulardan tarqalgan radiuslar bo‘ylab,
muayyan masofada unga yordamchi kichikroq shaharlar joylashadi va uning atrofidagi
hududlar iqtisodiy jihatdan o‘sha markazga qaram bo‘lishi ilmiy ko‘rsatib beriladi.
O‘zbekistonda esa ko‘rilayotgan muammoning ijtimoiy
-iqtisodiy va demografik jihatlari
Z.M.Akramov (1964), E.A.Ahmedov (2002), S.S.Zokirov (1996), T.N.Mallaboyev (1982),
O.B.Ota-Mirzayev (1985), T.I.Raimov (1964), A.S.Soliyev (1984; 2002), Z.X.Rayimjonov (1992),
R.N.Tillayev (1975), A.A.Qayumov (1994) S.Zokirov, tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
O‘zbekistonda O
ta-Mirzayev aholi joylashuvi hududiy tizimlarini shakllanish jarayonlarini
o‘rganish asosida ularni bir necha tiplarga ajratgan va prognozlashtirgan (Ata
-Mirzayev O.B.,
1979). O‘rta Osiyo davlatlari urbanizatsiya jarayonlari, shahar aholi punktlarining zav
onaviy
holati va rivojlanish istiqbollari (Soliyev, 1976-
1999 yy.) O‘zbekiston shaharlari va shahar aholi
manzilgohlari rivojlanishi (
Солиев
, 2013).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida mavzuga oid adabiyotlar tahlil qilindi. Statistik ma’lumotla
rni tahlil
qilib, hududlar kesimida o‘zaro taqqoslash usuli, tizim
-tahlil tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
XIX asrda fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi sababli, aholining qishloq aholi
manzilgohlaridan shahar ahol
i punktlariga ko’plab miqdorda ko‘chib borishi, yirik shahar aholi
punktlari sonining ko’payishi, shahar aholisi salmog‘ining ortib borishi va qishloq aholi
punktlari ham shaharcha turmush tarzining keng yoyilishi bilan bog‘liq bo‘lgan urbanizatsiya
jarayo
nlari tez sur’atlar bilan rivojlanib bordi. XXI asrga kelib urbanizatsiya bo‘hrondek
rivojlangan va rivojlanayotgan davr bo‘ldi. Urbanizatsiya rivojlanishida sh
ahar aholi punktlari
soni va salmog‘i ortishida aholisining ko‘p
-ozligini hisobga olinishi bilan bir qatorda, ijtimoiy -
iqtisodiy omillar ham muhim o‘rin egallaydi, ammo shunga qaramasdan, aholining tutgan
mavqei bu yеrda hamisha yеtakchi hisoblanadi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
433
O‘zbekiston Respublikasida 2025
-
yil ma’lumotiga ko‘ra 1179 ta shahar aholi punktlari
bo‘lib, shundan 120 ta shaharlar, 1059 tasi shahar aholi posyolkalariga kiruvchi aholi punktlari
mavjud bo‘lgan. Bu aholi punktlarining kattaligi juda xilma
-xildir, aholisi bir necha ming
kishidan iborat kichik shaharlardan tortib, bir milliondan ortiq aholiga ega yirik
shaharlargacha. Mustaqillik yillarida shaharlardagi aholi punktlarining ko‘lami, asosan, aholi
sonining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda keskin o‘zgardi. O‘zbekistonda demografiya va aholining
hududiy harakatidagi keskin o‘zgarishlar shahar ah
oli posyolka tizimlarining hududiy tarkibida
juda muhim o‘zgarishlarga olib keldi
(
Тojiyeva, Omanova va boshq., 2024)
.
O‘zbekistondagi
urbanizatsiya
tendensiyalari
dunyoning
ko‘pgina
boshqa
mamlakatlaridagi urbanizatsiyaning umume’tirof etilgan namunalariga to‘g‘ri kelmadi, bu
yеrda jarayon ancha sekin va bir xilda kechdi. O‘zbekistonda, Markaziy Osiyoning boshqa
davlatlari kabi, 1990 yillardan boshlab urbanizatsiya darajasi biroz o‘sgan bo‘lsada, u boshqa
o‘rtacha daromadli mamlakatlarda yoki butun dunyoda bo‘lgani kabi tez sur’atda bo‘lgani yo‘q.
Shunday qilib, 1990 yilda O‘zbekiston aholisining 40,7 foizi shaharlarda yashagan, bu o‘sha
davrda shahar aholisining salmog‘i unchalik yuqori emas edi. Respublikada, 2009 yildan
keyingi urbanizatsiya darajasinin
g su’niy ko‘tarilishi hisobiga keyingi yillarda uning salmog‘i
50 foizdan baland bo‘lib kelmoqda. Xususan, 2025 yilga kelib shahar aholisi salmog‘i 51 foizga
yеtdi. Masalan, 1990 yilda shaharlarda yashovchi dunyo aholisining o‘rtacha ulushi taxminan
46% ni
tashkil etgan bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich atigi 36,7% ni tashkil
etdi. Qizig‘i shundaki, O‘zbekistonda shahar aholisining ulushi ko‘p yillarda deyarli
o‘zgarmagan (1
-jadvalga qarang).
Biroq bu tendensiya har doim ham O‘zbekiston aholisining demografik rivojlanish
sur’atlariga mos kelavermaydi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari va umuman Sobiq Ittifoq
mamlakatlarida so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda shahar va qishloq aholisi ulushi o‘
rtasidagi
tafovutda keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi.
1-jadval
Shahar aholisi salmog‘i
1980
1990
2000
2010
2020
2025
O‘zbekiston
40,7
40,7
37,4
49,5
50,5
50,9
O‘rta Osiyo
45,2
45,2
45,7
48,0
48,3
49,1
Sobiq sovet davlatlari
62,6
65,6
65,3
65,7
65,4
65,6
Manba:
DESV OON, 2021
.
Ko‘rinib turibdiki, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishini tubdan isloh qilish
davrida sodir bo‘lgan demografik va geografik jarayonlar (qishloqda kolxozlar va boshqa
xo‘jalik usullarining tugatilishi, transport kommunikatsiyalari, yo‘llar va ele
ktron aloqa
tizimining o‘zgarishi, aholining qishloq va shahar o‘rtasida taqsimlanishining bunday noodatiy
modelining asosiy sabablari bo‘ldi Mamlakat shaharlarining hozirgi holati va tuzilishini belgilab
bergan tub ijtimoiy-
demografik o‘zgarishlarni ijtim
oiy, iqtisodiy, siyosiy va demografik
jarayonlarning moslashuvi davri kontekstida ko‘rib chiqish kerak, shuning uchun ham
mustaqillik yillarida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlarni sobiq ma’muriy tizimning aholini
demografik nazoratini qat’iy markazlashtirilgan boshqarish tamoyiliga chuqur o‘zgartirish, deb
tavsiflash mumkin. O‘zbekistonning yangi qabul qilingan Konstitutsiyasida nazarda tutilgan
jismoniy shaxsning yashash joyini tanlash erkinligi, ro‘yxatga olishni bekor qilish asosida
aholini joylashtirish va
ko‘chirishning miqdoriy shakllari urbanizatsiya darajasiga xam ma’lum
ma’noda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Darhaqiqat, shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda qishloq joylarda iqtisodiy faoliyatning
yangi shakllari (fermer xo‘jaligi, klasterlar va erkin iqtisodiy faoliyat) paydo bo‘lishi
www.sci-p.uz
II SON. 2025
434
munosabati bilan aholining davriy va hududiy taqsimlanishida juda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Biroq mustaqillik yillarida aholining qishloq aholi punktlaridan shaharga ko‘chishi hali
ham nisbatan ahamiyatsiz edi, chunki a
holi ko‘chishining asosiy qismi shaharlar o‘rtasida sodir
bo‘lgan. Bu esa respublikada demografik o‘tish davri sezilmadi, urbanizatsiya darajasi, asosan,
aholining kichik shaharlardagi aholi punktlaridan yirik shaharlarga ko‘chishi bilan tavsiflandi
xolos.
Natijada shahhar aholisining salmog‘i ko‘p yillarda o‘zgarmadi hatto kamayib bordi.
Oqibatda, shaharlar deb tasniflangan aholi punktlarining umumiy soni sezilarli darajada
o‘zgarishlar bo‘lmadi.
Jumladan, 1990-2009 yillarda respublikdagi shaharlar soni 5 taga kamaydi, shahar
tipidagi posyolkalari soni esa 976 taga ko‘paydi. Shahar aholisi ko‘payish manbai tabiiy harakat
bo‘lish bilan birga ayrim tuman markazlariga shahar va shaharcha maqomining berilishi uning
soni va salmog‘ini oshirdi. “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy
-hududiy tuzilish, toponimik
obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunining 12
-moddasiga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholi
punktlarining ma’muriy
-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ
-120-
sonli qaroriga binoan 2000 dan ortiq kishi yashaydigan, Qonunda ko‘zda
tutilgan moddalar
ga mos keladigan qishloqlarni shaharchalarga aylantirish vazifasi bo‘yicha
2009 yildan yirik va katta shaharlar salohiyatini oshirish, ularda iqtisodiyotning ustivor
tarmoqlarini shakllantirish va takomillashtirish uchun qilinayotgan sa’iy
-harakatlar bois, 966
ta qishloq aholi punktlari shaharchalarga aylantirildi (Qonun, 1996; Qaror, 2005) . Oqibatda,
2009 yili shahar tipidagi aholi punktlari soni 1080 taga еtdi, shaharlar soni 119 tadan iborat
bo‘ldi. Respublikadagi mavjud shahar tipidagi posyolkalar jami
shahar aholi punktlarining 90,0
foizini, aholisining 39,2 foizini qamrab oladi
(Солиев
, 2013).
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy
-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish
va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risidagi
(
Ўзбекистон
Қонун ҳужжатлари тўплами 2005
)
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12
-moddasiga
binoan Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va
boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi
bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Mazkur omillar qishloqlarga sh
aharcha maqomini
berish chog‘ida qat’iy hisobga olinishi va ularga rioya qilinishi lozim. Shu boisdan, dastavval
shaharcha toifasiga o‘tkazilayotgan qishloqlarni haqiqatan shahar maqomiga loyiq ekanini
asoslash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasini
chuqur ilmiy o‘rganish zarur. Sababi, bitta
qaror bilan birdaniga mingga yaqin yangi shaharchalarning paydo bo‘lishi qator muammolarni
keltirib chiqarishi aniq. Natijada, yangi shaharchalarning eski muammolari to‘g‘risida gapirish
mumkin. Chunki, qishloql
ar maqomini o‘zgartirish bilan ularning muammolari butunlay hal
bo‘lib qolmaydi, yangi shaharchalar paydo bo‘laveradi, ammo muammolar qolaveradi.
Yangidan shaharchalar maqomiga ega bo‘lgan aholi punktlarining barchasida ham
moddada ko‘rsatilgan mezonlar mavjud, deb bo‘lmaydi. Jumladan, 966 ta shaharchalarning har
birida aholi soni 2000 kishi va undan ko‘pni tashkil etadi, ammo sanoat korxonalari, qurilishlar
va temir yo‘l stansiyalari to‘liq bo‘lmagan, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari rivojlanmagan
qishloql
arga ham shaharcha maqomining berilganligi urbanizatsiya darajasining su’niy
ko‘tarilishidir xolos. Yangi shaharchalarning barchasida ham haqiqiy shahar hosil qiluvchi
tarmoqlar (qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sohalar) mavjud emas yoki
sust
rivojlangan. Binobarin, ularni agroshaharlar, deb atash ma’qulroq sanaladi. Agroshaharlarning
ko‘plab vujudga kelishi respublika va uning viloyatlarida urbanizatsiya darajasining keskin
ko‘tarilishiga olib keldi. Keyingi yillarda ayrim sanoat korxonal
ari va foydali qazilma konlari
turli sabablarga ko‘ra normal faoliyat yurita olmayaptilar. Bu esa ushbu korxonalar joylashgan
aholi manzilgohlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shahar
posyolkalari ko‘proq foydali qazilma konlari, temir yo‘l stansiyalari yaqinida yoki qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar bazasida tashkil etilishi lozim. Aholi punkti
www.sci-p.uz
II SON. 2025
435
shahar posyolkasi maqomiga erishishi uchun aholi soni 2 mingdan kam bo‘lmasligi, aholisining
uchdan ikki
qismidan ko‘ppog‘i ishchi
-
xizmatchilar va ularning oila a’zolaridan iborat bo‘lmog‘i
lozim. O‘rganishlar natijasidan, yangi tashkil etilgan aholi punktlarida o‘z belgilariga ko‘ra,
hozirda Qonunda ko‘zda tutilgan talablarning hammasi ham uchramasligi aniq
landi. Bu esa,
mazkur sohada jiddiy yondoshuv zarurligini taqoza etadi.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi shahar va shahar tipidagi aholi punktlarining tarkibi
(1989-2025 yy.)
Shahar aholi punktlari
kategoriyasi
Shahar va shahar tipidagi
posyolkalar soni, ta
Aholisi, foiz hisobida
1989
yil
1999
yil
2009
yil
2025
yil
1989
yil
1999
yil
2009
yil
2025
yil
Jami shahar aholi punktlari
221
234
1199
1179
100
100
100
100
shu jumladan,
9,9 ming kishigacha
86
78
975
926
6,34
5,01
27,90 21,94
10,0-19,9
68
71
124
123
11,95
10,84 11,94
9,56
20,0-49,9
44
54
65
86
16,50
16,75 12,85 14,92
50,0-99,9
7
14
18
24
5,54
9,43
8,01 10,05
100,0-499,9
15
16
16
17
34,12
34,47 23,92 20,42
500,0-999,9
-
-
-
2
-
-
-
6,84
1000 ming va undan
ko‘p
1
1
1
1
25,54
23,50 15,38 16,26
Manba:
O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif
lar tomonidan hisoblandi.
O‘zbekistonda shahar aholi punktlarining soni 2025 yilda 1179 tani tashkil etgan bo‘lsa,
shundan yirik shaharlar soni tobora ko‘payib, kichik shaharlar soni kamayishi ro‘y bermoqda.
Bunga mutanosib ravishda, shahar aholi punktlarining iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishidagi
fundamental jarayonlar sezilarli darajada o‘zgardi. Xalqaro savdoga faol qo‘shilish va
davlatning sanoat tovarlariga bo‘lgan talabining keskin qisqarishi o‘rta va kichik shaharlardagi
aholi punktlari (monoshaharlar) sanoatiga jiddiy sa
lbiy ta’sir ko‘rsatdi, bu ularning tez
sur’atlarda pasayishiga olib keldi. Boshqa tomondan, yirik shaharlar demografik o‘sish nuqtai
-
nazaridan sezilarli foyda ko‘rdi, chunki ular aholi oqimining asosiy diqqatga sazovor joylariga
aylandi, birinchi navbatda,
yaxshi ish o‘rinlari va shahar sharoitlarini izlash uchun kichik
shaharlardan aholining ko‘plab ko‘chib o‘tishi ro‘y berdi
(
Тojiyeva, Omanova 2024
).
So‘nggi o‘ttiz yillikdagi shahar demografik statistikasi tahlili aholi soni
50 dan 250 ming kishigacha b
o‘lgan kichik, o‘rta va katta shahar aholi punktlaridagi demografik
o‘zgarishlar bilan ularning aholi soni 200 dan ortiq kishi bo‘lgan eng yaqin yirik shaharga
yaqinligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Keyingi o‘n yilliklarda mamlakatning umumiy
demog
rafik holati yaxshilana boshladi, kichik va o‘rta shaharlar odatda ijobiy demografik
dinamikani ko‘rsatdi. 1999–
2009 va 2009
–
2019, 2020-2025 yillarda ham yirik shaharlarga
yaqin joylashgan shaharlar eng yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatganini ko‘ramiz. Ka
tta
shaharlar atrofidagi bu shaharchalar o‘rtacha hisobda yirik shaharlardan 250 km dan ortiq
masofada joylashgan juda chekka shaharlarga qaraganda ikki baravar tez o‘sdi.
O‘ttiz yillik statistik ma’lumotlar, ehtimol, eng yaqin yirik shahardan masofa ortib
borayotgan shaharlarda aholi o‘sish sur’atining bosqichma
-
bosqich pasayishini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, eng yaqin yirik shahardan 50 km dan kam masofada joylashgan shaharlar
mustaqillik davrida aholi soni o‘rtacha 44,2 foizga ko‘paydi. Yirik shaharlardan 50
-150 km
uzoqlikda joylashgan shaharlar uchun bu ko‘rsatkich 17,8%, 150
-250 km uzoqlikda joylashgan
shaharlarda esa aholining o‘rtacha o‘sishi 7,5% ni tashkil qila
di. Yirik shaharlardan 250 km
uzoqlikda joylashgan chekka shaharchalar O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar bo‘lgan
aholi sonini o‘rtacha hisobda tiklagani yo‘q.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
436
1-rasm.
O‘zbekiston shaharlari va o‘rta shaharlari aholisining 1989 yildagi o‘zga
rishi
Shaharlarning o‘sish sur’atlarining yirik shaharlardan uzoqligiga qarab farqlanishi, shu
jumladan, 200 mingdan ortiq aholiga ega yirik shaharlar markaz va tugun rolini o‘ynaydigan
tugun shahar tizimlarining shakllanishining yaxshi ko‘rsatkichi sifatida qaralishi mumkin, va
yaqin atrofdagi shaharlar periferik elementlar sifatida ishlaydi. Shu nuqtai nazardan, nima
uchun yirik shaharlar yaqinidagi eng tez rivojlanayotgan shaharlar asosan turar-joy shaharlari
ekanligi ma’lum bo‘lganligi tushunarli, masalan, yirik shaharlar yaqinida joylashgan
shaharlarda demografik o‘zgarish tendensiyalarini belgilaydigan bir nechta jarayonlar bo‘lishi
mumkin. Birinchidan, yirik shaharlar atrofidagi ko‘plab shaharlar shahar atrofi sifatida harakat
qila boshlaydi va shahar aholisini turar-joy joylari sifatida markazlashgan shaharlardan jalb
qiladi. Og‘ir sanoat an’anaviy ravishda katta salbiy ta’sir sifatida ko‘rilganligi sababli, og‘ir
sanoati bo‘lgan shaharlar aholini eng yaqin yirik shahardan jalb qilishda unchalik yaxshi
bo‘lmasligi mumkin. Shaharlarni chekka hududlarga aylantirish jarayonini shahar atrofiga
ayl
antirishning kengroq tasvirining bir qismi sifatida ko‘rish mumkin, bunda yirik shaharlar
nafaqat o‘sib, yaqin atrofdagi shaharlarni o‘ziga singdiribgina qolmay, balki turar
-joy massivlari
funksiyasidan qisman voz kechadi.
Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtis
odiyotiga o‘tish O‘zbekistonda shaharsozlik va tashkil
etishning butun tizimiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shaharlarning o‘lchamlari bo‘yicha
taqsimlanishining yirik shaharlar foydasiga o‘zgarishi asosiy tendensiyalardan biri bo‘lib, bu
yirik shaharlarda aholining asosan kichikroq shahar posyolkalari hisobiga sezilarli darajada
to‘planishini nazarda tutgan. Shu bilan birga, aholining kichik shaharlardan yirik shaharlarga
qayta taqsimlanishi ham urbanizatsiya jarayonini sekinlashtirdi.
Respublikada urbanizatsiy
a jarayoninini to‘laqonli rivojlantirish uchun to‘siq bo‘lib
turgan omillardan biri, shahar aholisi tarkibida qishlok xo‘jaligi bilan band bo‘lgan kishilarning
ko‘pligidir. Bu sohada O‘zbekiston shaharlari MDH mamlakatlari orasida 1
-
chi o‘rinni egallab
turibdi.
Mustaqillik yillarida shahar va tipidagi aholi punktlari soni va demografik jarayonlaridagi
o‘zgarishlardan quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
www.sci-p.uz
II SON. 2025
437
•
Ko‘pgina yirik qishloqlar shaharchalarga aylandi va ularda asta
-sekinlik bilan
noqishloq xo‘jalik faoliyati keng yoyila boradi, ammo aholisi demografik munosabatlarida
qishloq aholisiga xos qarashlar uzoq vaqt saqlanib qoladi;
•
Uncha katta bo‘lmagan sanoat
korxonlariga bog‘langan ko‘p sonli shaharchalar
rivojlanadi. Bir vaqtlar rivojlanish istiqbollari hisobga olinib tashkil etilgan shahar va
shaharchalarda sanoat korxonalarining yopilishi, ish faoliyatidagi qisqartirishlar, aholining
ko‘chib ketishi aholi o‘sish sur’atini pasaytirdi. Xuddi shunday holat, tabiiy geografik o‘rni
noqulay bo‘lgan shaharlarga ham xos bo‘ldi;
•
So‘nggi yillardagi demografik jarayonlar natijasi, sun’iy ko‘tarilgan urbanizatsiya
darajasining yana pasayishiga zamin bo‘lishi mumkin. Sh
u boisdan, shahar aholi punktlarini
hududiy to‘g‘ri tashkil etish, mintaqalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini zamon
talabida rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida shaharsozlik sohasida shaharcha
maqomini berishning me’yoriy mezonlarini asoslash va uni qonun yo‘li bilan tasdiqlash hamda
ishlab chiqilgan mezonlarga mosligini tekshirish yo‘li bilan qishloq aholi manzilgohlari
inventarizatsiyasini o‘tkazish zarur. Bunda, aholi punktlariga shaharcha m
aqomini berishning
mavjud me’yoriy
-
huquqiy hujjatlarga mosligini tegishli davlat organlari tomonidan qat’iy
nazorat ostiga olish talab etiladi.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Davidovich, V.G. (1967) O vzaimosvyazannom rasselenii v gorodskih aglomeraciyah / V.G.
Davidovich // V pomosch' proektirovschiku-gradostroitelyu. Vyp. 7. - Kiev, - S.32-35.
Forrester, J. W. (2008). Posting to online System Dynamics Mailing List:
www.vensim.com/sdmail/sdmail.html, 7 April, SD 6994, and 14 April, SD 7034.
Geddes P. (1904) City development : a study of parks, gardens and culture-institutes : a
report to the Carnegie Dunfermline Trust; with plan, perspective and 136 illustrations.
–
Edinburgh : Geddes & company, Outlook Tower ; Bournville ; Birmingham: The Saint George press,
-231 p.
Gottmann J. (2007)
La politique des Etats et leur géographie. P., Р. 223.
Lappo, G.M. (2007) Aglomeracii Rossii v HHI veke / G.M. Lappo, P.M. Polyan, T.V. Selivanova
// Vestnik Fonda regional'nogo razvitiya Irkutskoy oblasti. -
№ 1.
- S. 45-52. -
URL: http://www.frrio.ru/uploads_files/Lappo.pdf (data obrascheniya: 18.02.2023).
Listengurt, F.M. (1975) Kriterii vydeleniya krupnomasshtabnyh aglomeraciy v SSSR / F.M.
Listengurt // Izvestiya Akademii nauk. -
№ 1.
- S. 41-49.
Pivovarov, Yu.L. (1999) Osnovy geourbanistiki: urbanizaciya i gorodskie sistemy / Yu.L.
Pivovarov. M.: Vlados. - 232 s.
Polyan, P.M. (1982) Krupnye gorodskie aglomeracii Sovetskogo Soyuza / P.M. Polyan //
Izvestiya RGO. -
T. 114. № 4.
- S. 305-314.
Qaror (2005) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy
-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-120-sonli qarori.
Qonun (1996) “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy
-hududiy tuzilish, toponimik
obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunining 12
-moddasi. 30.08.1996 yildagi
276-I-son.
Коломак, Е.А.
(2011)
Оценка влияния урбанизации на экономический рост в России /
Е. А. Коломак // Регион: экономика и социология. –
No 4.
–
С. 51–
69.
Солиев А. (2013). Иқтисодий география: назария, методика ва амалиёт (Танланган
асарлар). –
Т.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
438
Т
ojiyeva Z., Omanova K. (2024) Mehnat migratsiyasini tadqiq etishning hududiy masalalari.
“Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy
-
amaliy konferensiyasi. Toshkent: -yil 24-oktyabr.
Т
ojiyeva Z., Omanova K., Pardayev N., Jaloliddinov N., Bekzod Musayev and Sadriddin
Khursanov. (2024) Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural Population
of
the
Republic
of
Uzbekistan.
E3S
Web
of
Conferences
491,
04004.
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449104004.
Тюнен И.Г.
(1926)
Изолированное государство в его отношении к сельскому
хозяйству и национальной экономии: пер. с нем. Т
. 1.
–М
.:
Экономическая
жизнь
, -219
с
.
Ўзбекистон Қонун ҳужжатлари тўплами (2005) № 28
-29.-
Т.: Б.11.
