www.sci-p.uz
II SON. 2025
379
MOLIYAVIY HISOBOT XALQARO STANDARTLARINING HISOB
TIZIMIDAGI INTEGRATSIYASI
PhD, dots.
Imamova Nasiba Muzafarovna
International School of Finance Technology and Science
Annotatsiya.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari bugungi kunda global iqtisodiyotning
ajralmas qismiga aylangan. Ularning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqishda
yagona yondashuvni taʼminlash, xalqaro miqyosda taqqoslashni osonlashtirish va investorlar
uchun shaffoflikni oshirishdir. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari koʻplab maml
akatlar
tomonidan qabul qilingan boʻlib, bu biznes jarayonlarini muvofiqlashtirish, kompaniyalar
faoliyatining samaradorligini baholash, va moliyaviy axborotni standartlashtirish uchun katta
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, hisob tizimining xalqaro standartlarga moslashishi,
kompaniyalar uchun nafaqat qonuniy talablarni bajarish, balki biznes jarayonlarida
raqobatbardoshlikni oshirish uchun ham muhimdir. Ushbu maqolada, moliyaviy hisobot xalqaro
standartlarining hisob tizimidagi integratsiyasi, uning mohiyati va foydalari, shuningdek, joriy
qilish jarayoni va xalqaro mamlakatlar tajribasi haqida soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzlar
:
moliyaviy hisobot xalqaro standartlari, integratsiya, investor, GAAP, IFRS.
Moliyaviy hisobotlar standartlari kengashi, moliyaviy hisobot.
ИНТЕГРАЦИЯ
МЕЖДУНАРОДНЫХ
СТАНДАРТОВ
ФИНАНСОВОЙ
ОТЧЕТНОСТИ
В
УЧЕТНУЮ
СИСТЕМУ
PhD,
доц
.
Имамова Насиба Музафаровна
International School of Finance Technology and Science
Аннотация.
Международные стандарты финансовой отчетности на сегодняшний
день стали неотъемлемой частью глобальной экономики. Их основная цель –
обеспечение
единого подхода при составлении финансовых отчетов, облегчение их сопоставимости
на международном уровне и повышение прозрачности для инвесторов. Международные
стандарты финансовой отчетности приняты многими странами, что имеет большое
значение для координации бизнес
-
процессов, оценки эффективности деятельности
компаний и стандартизации финансовой информации. В то же время, адаптация
учетной системы к международным стандартам является важным не только для
выполнения юридических требований, но и для повышения конкурентоспособности в
бизнес
-
процессах. В данной статье рассматривается интеграция международных
стандартов
финансовой отчетности в учетную систему, их суть и преимущества, а
также процесс внедрения и опыт международных стран.
Ключевые слова
:
международные стандарты финансовой отчетности,
интеграция, инвестор, GAAP, IFRS, Совет по международным стандартам финансовой
отчетности, финансовый отчет.
UOʻK:
657.1
379-385
www.sci-p.uz
II SON. 2025
380
INTEGRATION OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS
INTO THE ACCOUNTING SYSTEM
PhD, assoc. prof.
Imamova Nasiba Muzafarovna
International School of Finance Technology and Science
Abstract.
International Financial Reporting Standards (IFRS) have become an integral part
of the global economy today. Their main purpose is to ensure a unified approach to the
preparation of financial statements, facilitate their comparability on an international level, and
increase transparency for investors. International financial reporting standards have been
adopted by many countries, which is of great importance for coordinating business processes,
evaluating the effectiveness of company operations, and standardizing financial information. At
the same time, adapting the accounting system to international standards is crucial not only for
meeting legal requirements but also for enhancing competitiveness in business processes. This
article discusses the integration of international financial reporting standards into the accounting
system, their essence and benefits, as well as the implementation process and the experience of
international countries.
Keywords:
international financial reporting standards, integration, investor, GAAP, IFRS,
International Financial Reporting Standards Council, financial report.
Kirish.
Moliyaviy hisobotlar xalqaro tizimlarning integratsiyasi bugungi kunda iqtisodiyotning
globalizatsiyasi va moliyaviy bozorlarning rivojlanishi bilan o‘sib bormoqda. Shu sababli,
xalqaro moliyaviy hisobotlar tizimining yagona va bir xil qo‘llanilishi kompan
iyalar va
investorlar uchun yanada samarali va taqqoslanadigan hisobotlarni taqdim etadi. Xalqaro
moliyaviy hisobot standartlari (MHXS)
–
bu kompaniyalar tomonidan moliyaviy hisobotlarni
tayyorlash va taqdim etishda qo'llaniladigan usullarni belgilovchi qoidalardir. MHXS tizimi
korxonalarga o'z faoliyatini xalqaro miqyosda bir xil uslubda taqdim etish imkonini beradi, bu
esa investorlarga kompaniyalar o'rtasida taqqoslashni ancha osonlashtiradi. MHXS tizimi
kompaniyalar faoliyatini samarali monitoring qilish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshiroq
tushunish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Adabiyotlar sharhi.
Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (IFRS) global moliya bozorlarida kompaniyalar
uchun bir xil hisobotlarni taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan. 1973-yilda tashkil etilgan
Xalqaro Moliyaviy Hisobotlar Standartlari Kengashi (IASB) tomonidan boshqariladi.
Izlanishlarimiz davomida mutaxassislar tomonidan keltirilgan bir qancha ta’riflarni o‘rgandik
.
Deloitte hisobotida IFRSni qabul qilgan mamlakatlarning moliyaviy hisobotlar bo'yicha
integratsiyasiga va uning iqtisodiy samaradorligiga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.
(Deloitte, 2020). IFRS (2020) Adoption Worldwide: A Status Report. Deloitte Touche Tohmatsu
Limited.). IFRS oshkor qilish talablariga rioya qilish
–
kapital bozorining samarali faoliyatini
ta’minlay oladigan yuqori sifatli moliyaviy axborotni taqdim etishni anglatadi. ta’kidlaganidek,
IFRS standartlariga amal qilish moliyaviy hisobot sifati oshishiga olib keladi, bu esa
daromadlarni manipulyatsiya qilish imkoniyatlarini kamaytiradi, zararlarni o‘z vaqtida tan
olishni ta’minlaydi va hisobotdagi axborotni yanada qiymatga asoslangan qiladi. Bundan
tashqari, investorlarni himoya qiluvchi huquqiy tizim moliyaviy hisobot sifati uchun muhim
hisoblanadi. (Auwalu Musa, 2019).
So‘nggi yillarda global iqtisodiyotning jadallik bilan rivojlanishi, transmilliy kompaniyalar
sonining ortishi va kapital bozorlarining xalqaro integratsiyasi natijasida moliyaviy
hisobotning yagona, tushunarli va solishtiriladigan shaklda taqdim etilishi zarurati keskin
oshdi. Shu sababli, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qabul qilish va ularni milliy
www.sci-p.uz
II SON. 2025
381
hisob tizimlariga integratsiya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. (Nobes, &
Parker, 2016).
Ko‘plab olimlar va mutaxassislar MHXSning hisob tizimiga integratsiyasi masalasini turli
jihatlari bilan o‘rgangan. Masalan, Nobes and Parker (2016) o‘z tadqiqotida MHXS va milliy
buxgalteriya standartlari o‘rtasida
gi asosiy farqlarni tahlil qilib, MHXSning global
konvergensiyadagi rolini ochib bergan. Ularning fikricha, MHXSning asosiy ustunligi
–
bu
axborotning shaffofligi va investorlar uchun yuqori darajadagi ishonchni ta’minlashidadir.
(Nobes, & Parker, 2016).
Mirza, Holt va Orrellar esa MHXSni qo‘llash tajribasini amaliy misollar orqali tahlil qilib,
bu standartlarning hisob siyosatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur ko‘rib chiqqanlar. Ular,
ayniqsa, aktivlar va majburiyatlarning baholanishi, daromadlarni tan olish va moliyaviy
instrumentlar hisobidagi yondashuvlar farqiga e’tibor qaratgan. (Mirza, Holt va Orrell
, 2019)
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (IFRS) sifatida ham tanilgan, dunyo bo'ylab ko'plab
mamlakatlar tomonidan qabul qilinib, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda yagona
yondashuvni ta'minlaydi. Ushbu standartlarning joriy qilinishi global miqyosda korxonalarning
moliyaviy shaffofligini oshiradi, investorlarga ma'lumotlar taqqoslash imkoniyatini beradi va
biznes jarayonlarini soddalashtiradi. Turli mamlakatlar MHXSni joriy qilishda o'ziga xos
tajribalarni ishlab chiqdilar. Quyida ba'zi mamlakatlarning MHXSni qabul qilish va integratsiya
qilishdagi tajribalari keltirilgan. Yevropa Ittifoqi 2005-yildan boshlab, barcha kompaniyalarga
MHXSni joriy etdi. Barcha birja orqali aktsiyalarini chiqaruvchi kompaniyalar va Yevropa
Ittifoqi a'zolarining aksariyat korxonalari uchun IFRS talab qilindi. Shuningdek, Yevropa
Ittifoqida MHXSning qo'llanilishi quyidagi asosiy jihatlar bilan o'ziga xosdir. 2005-yildan
boshlab, Yevropa Ittifoqining kompaniyalari uchun IFRS qo'llanilishi majburiydir. Bu nafaqat
ularga, balki ularning moliyaviy hisobotlarini soliq va auditorlik nazorati uchun bir xil tizimda
taqdim etishga yordam beradi. Mahalliy tizimlar bilan integratsiyada Biroq, Yevropa Ittifoqi
davlatlari o'zlarining mahalliy soliq va buxgalteriya tizimlariga nisbatan ayrim farqlarni saqlab
qolgan. Shu bilan birga, mahalliy qonunchilikdagi farqlarni hal qilish uchun mahalliy va xalqaro
standartlar o'rtasida muvofiqlik talab qilingan.
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar o'zlarining mahalliy
buxgalteriya tizimlariga nisbatan Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini qo'llashga jadal
o'tganlar. Britaniya o'zining audit va soliq tizimini modernizatsiya qilishda XHSni joriy qilishga
katta e'tibor qaratdi. Xitoy buxgalteriya hisob tizimining evolyusiyasi xalqaro buxgalteriya
hisobi standartlari bilan uyg‘unlashuv jarayoni edi. Buxgalteriya hisob tizimini isloh qilish
dastlab 1980 yillardan boshlab xorijiy mulkka ega bo‘lgan firmalarning talabini qondirish
uchun boshlandi. Buxgalteriya hisobi standartlarining birinchi
to‘plami xalqaro buxgalteriya
hisobi standartlari doirasida ishlab chiqilgan.
1990 yillarga kelib buxgalteriya hisobi tizimi iqtisodiyot va kapital bozorining o‘sib
borayotgan rivojlanishi natijasida yanada rivojlandi. 2005 yil 8 noyabrda Moliya Vazirligi va
Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari kengashi (IASB) memorandum imzoladilar. (Tianyu
Zhang 2020) Xitoy 2007-yildan boshlab IFRSni o'zining milliy buxgalteriya tizimiga
integratsiya qilishni boshladi. Xitoyning moliyaviy tizimi an'anaviy tarzda mahalliy tizimga
asoslangan edi, ammo global bozorlarga integratsiyalashish zarurati tufayli IFRS tizimiga
o'tishni boshladi.
Biroq, bu jarayon ba'zi qiyinchiliklar bilan yuzlashdi. Xitoyda MXHSni joriy qilishda
boshlang'ich bosqichlarda mahalliy buxgalteriya tizimi va xalqaro standartlar o'rtasida ba'zi
farqlar mavjud edi. Xitoy 2011-yilda moliyaviy hisobotlarini IFRS asosida tayyorlashni
boshladi, ammo ba'zi kichik o'zgarishlar va mahalliy talablar saqlanib qolgan. Shuningdek,
Xitoy kompaniyalariga ma'lum shartlar asosida IFRSni qo'llash huquqi berildi. Xitoy Xalqaro
hisobot tizimiga o'tishni bosqichma-bosqich amalga oshirdi va 2014-yilda ularni kengroq
www.sci-p.uz
II SON. 2025
382
tarzda tatbiq qila boshladi. Xitoyning kompaniyalarini xalqaro standartlarga moslashtirilishi
uzoq davom etdi, ammo natijada global investorlar uchun shaffoflik va ishonch ortdi.
Malayziya hisob tizimi ham o‘ziga xos bo‘lib faoliyat yurituvchi korxonalar Malayziya
buxgalteriya hisobi standartlar kengashi (MASB) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tayyorlaydilar.Malayziya Fond birjas
ida ro‘yhaga
olingan xorijiy kompaniyalar moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobot xalqaro standartlari
kabi xalqaro e’tirof etilgan buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tayyorlaydilar. Malayziya
buxgalteriya hisobi standartlar kengashi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobi
standartlarining quyida to‘plamni o‘z ichiga oladi.
- xususiy korxonalardan (tashkilotlar)dan tashqari boshqa barcha tashkilotlar uchun
Malayziya moliyaviy hisobot standartlari
- Malayziya xususiy tashkilotlar uchun moliyaviy xisobot standartlari
2012-yil 1-yanvardan Malayziya buxgalteriya hisobi standartlar kengashi tomonidan
tasdiqlangan moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga to‘la mos keladigan malayziya
moliyaviy hisobot standartlari ishlab chiqildi. Mazkur st
andartlar ichida qayta ko‘rib chiqilgan
hamda yangidan ko‘rib chiqilgan hamda moliyaviy instrumentlar, konsolidatsiya, xaqqoniy
qiymatni o‘lchash, xodimlarning foydalari, qo‘shma kelishuvlar kabi bir qator yangi
standartlarni ham o‘z ichiga oladi
(admin, n.d.).
Yaponiya 2010-yildan boshlab IFRSni o'zining milliy hisobot tizimiga kiritdi va
kompaniyalar uchun buni ixtiyoriy ravishda joriy qilish imkoniyatini berdi. Yaponiya xalqaro
standartlarga o'tishni bosqichma-bosqich amalga oshirdi.Yaponiya kompaniyalariga 2010-
yildan boshlab IFRSni tanlash huquqi berildi. Yaponiyaning katta kompaniyalari, masalan,
Toyota va Sony, IFRSga o'tish orqali global bozorlar bilan aloqalarni mustahkamlashdi.
Shuningdek, Yaponiya kompaniyalari, masalan, Toyota, Sony va Honda, IFRSni qabul qilishda
muvaffaqiyatli tajriba o'tkazgan va xalqaro investorlarga yanada ochiq va shaffof moliyaviy
ma'lumotlarni taqdim etgan.
1-jadval
IFRS standartlarining qo‘llanilishi
Mamlakat
IFRS qo‘llanishi
Huquqiy maqom
Yevropa
Ittifoqi (EU)
Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan mamlakatlar uchun IFRS
umumiy qo‘llaniladi.
Ishlab chiqilgan
standartlar
AQSh (USA)
AQShda, asosan GAAP standartlari qo‘llaniladi.
Milliy standartlar
(GAAP)
Xitoy
ba’zi mahalliy tuzatishlar bilan.
Stanardlarni
integratsiya qilish
jarayoni
Yaponiya
Yaponiya kompaniyalari IFRS standartlarini ixtiyoriy
qo‘llashlari mumkin.
Yaponiya milliy
standartlari bilan
birga
Indiya
Indiya IFRS
’ga o‘tgan, lekin mahalliy standartlar bilan o‘ziga
xosliklar saqlanib qolgan.
IFRS-ga moslashgan
standartlar
Kanada
Kanadalik kompaniyalar uchun IFRS majburiy.
IFRS standartlari
Braziliya
Braziliyada moliyaviy hisobotlarda IFRS standartlarini
qo‘llash majburiy.
Qonunga asoslangan
amalga oshirish
Avstraliya
Avstraliyada barcha ommaviy kompaniyalar IFRS
standartlariga amal qiladilar.
Avstraliya IFRS
standartlari
Rossiya
Rossiyada IFRS milliy kompaniyalar uchun ixtiyoriy, davlat
tashkilotlari uchun majburiy.
Qisman qabul qilish
Qozoqiston
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari barcha listing
kompaniyalar, moliyaviy institutlar hamda yirik aksiyadorlik
kompaniyalari uchun qo‘llaniladi
Qonunga asoslangan
amalga oshirish
www.sci-p.uz
II SON. 2025
383
Dunyo mamlakatlarida moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining (IFRS)
qo‘llanilishi
haqidagi ma’lumotlar, ayrim mamlakatlarda IFRS standartlarining qo‘llanilishi
darajasini va huquqiy hujjatlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri yoki paralel tarzda olib borishni ko‘rsatib
o‘tadi. Har bir mamlakatning IFRS standartlarini qo‘llash uchun o‘zining shartlari, o‘zgarishlar
va talablari bor. Bu tizimlarning global ta’sirini ko‘rish uchun, jadvalda mamlakatlar va ularning
IFRS qo‘llash darajasi bilan tanishish mumkin. Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan mamlakatlar
IFRSning qanday darajada amalga oshir
ilayotganini ko‘rsatadi.
Dunyo bo'ylab 93 ta yirik qimmatli qog'ozlar birjalarida ro'yxatdan o'tgan taxminan
49,000 ta ichki ro'yxatga olingan kompaniyalardan 29,000 dan ortig'i IFRS hisoboti
standartlarini qo'llaydi. Faqat uchta mamlakat IFRSni qabul qilmagan kompaniyalar soni
bo'yicha katta qismini tashkil etadi.
1-r
asm. Dunyo mamalakatlari MHXSlarini qo’llanilishi
Bugungi kunda 169
ta malakatda moliyaviy hisobot xalqaro standartlari qo‘llanilmoqda
(IFRS, 2024)
. Ayrim mamlakatlar to‘liq ayrimlari qisman tan olgan. Moliyaviy hisobot xalqaro
standartlarining asosiy vazifasi jahon itisodiyotida o‘sish hamda uzoq muddatli moliyaviy
barqarorlikni mustahkamlashdir. Shuningdek, asosiy maqsad jahon moliya bozorida shaffoflik,
javobgarlik va samaradorlikni saqlashdir.
2-r
asm. MHXSni qabul qilish uslubiga ko‘ra mamlakatlar o’rtasida taqsimlanishi
Izoh
:
Ushbu diagramma global miqyosda qaysi davlatlar IFRSni to'liq, qisman yoki modifikatsiyalar bilan
qabul qilganligini ko'rsatadi. To'liq qabul qilgan: 60% Qisman qabul qilgan: 30% Modifikatsiyalar bilan: 10%.
MHXSlarini qabul
qilgan davlatlar
98%
Moliyaviy hisobot
xalqaro
satandartlarini
qabul qilmagan
davlatlar
2%
Dunyo davlatlari MHXSlarini qabul qilish %da
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
MHXSlarni xech qanday
o'zagrishlarsiz qabul
qilgan mamlakatlar
Qisman o'zgarishlar
bilan qabul qilgan
mamlakatlar
O'zgartirishlar bilan
qabul qilgan
mamlakatlar
www.sci-p.uz
II SON. 2025
384
Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (IFRS) va milliy moliyaviy hisobotlar tizimlari
o‘rtasidagi farqlarni tushunish, bu tizimlarning qanday ishlashini va qanday integratsiya qilish
kerakligini aniqlash uchun muhimdir. IFRS dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarda qo‘llaniladi
va global moliyaviy shaff
oflikni ta’minlashga yordam beradi. Boshqa tomondan,
GAAP
(Umumiy qabul qilingan moliyaviy hisobotlar prinsiplari)
asosan AQSHda qo‘llaniladi,
ammo boshqa mamlakatlarda ham mavjud. Quyida IFRS va GAAP o‘rtasidagi asosiy farqlarni
ko‘rib chiqamiz:
2-jadval
Asosiy farqlarni taqqoslash jadvali
Asosiy Yo'nalishlar
IFRS
GAAP
Moliyaviy instrumentlar
Adolatli qiymat (Fair Value)
Ko‘proq amortizatsiya qiymati
Ijara shartnomalari
Balansda ko‘rsatish (IFRS 16)
Ba’zi hollarda ko‘rsatilmasligi
mumkin
Zararlarni tan olish
Kutilayotgan kredit zararlari
modeli
Tarixiy zararlar modeli
Konsolidatsiya
Boshqaruvga asoslangan
konsolidatsiya
Potentsial nazorat asosida
Daromadlarni tan olish
Besh bosqichli model (IFRS 15)
Turli qo‘llanmalar
Xarajatlarni qayta
baholash
Adolatli qiymat asosida baholash
Qattiq qoidalarga asoslangan
IFRS va GAAP o‘rtasidagi farqlar kompaniyalar uchun moliyaviy hisobotlarni
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. IFRS global moliya bozorlariga yanada moslashgan va
shaffof tizim bo‘lib, kompaniyalarga ko‘proq. GAAP ko‘proq qat’iy qo‘llanmalarga asoslanadi va
ba’zi holatlarda aniqroq yo‘nalishlarni taqdim etadi. Xalqaro moliya bozorlarida yirik
integratsiya jarayonlari davomida bu tizimlar orasidagi farqlarni bartaraf etish va umumiy
yondashuvga o‘tish zarurati kuchaymoqda.
Xulosa va takliflar.
Xalqaro moliyaviy hisobotlar tizimini integratsiya qilishning asosiy sabablaridan biri
tashkilotlar va investorlar uchun taqqoslashni osonlashtirish, shaffoflikni oshirish va global
sarmoyalarni jalb qilish. -Integratsiyaning iqtisodiy afzalliklari: Kapital bozorlari uchun
barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va investorlar uchun imkoniyatlar yaratish.
- huquqiy va institutsional integratsiya:
Yuridik me’yorlar va institutsional mexanizmlar
orqali IFRS tizimini milliy va mintaqaviy darajalarda amalga oshirish.
Xalqaro tizimni joriy etish uchun zarur bo‘lgan texnologik infratuzilma, yangilanishlar va
tizimni integratsiya qilishdagi texnologik muammolar.Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish:
Yangi standartlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish va metodologik
qo‘llanmalarning mavjudligi. Moliyaviy Hisobotlar Standartlari Integratsiyasining Moliyaviy
Barqarorlikka Ta’siri jahon miqyosida yuz berayotgan o‘zgarishlar va jahon bozorning
sarmoyadorlarga taqdim etadigan imkoniyatlarini kengaytiradi. IFRS’ning risklarni aniqroq
ko‘rsatishi, investitsiya qarorlarini shakllantirishdagi rolini tahlil qilishni osonlashtiradi
risklarni to’g’ri boshqa
rishga yordam beradi. ESG (Environmental, Social, Governance): Xalqaro
moliyaviy hisobotlar tizimida ESG elementlarining integratsiyasi. ESG omillariga asoslangan
hisobotlar va ularning moliya bozorlaridagi rolini oshiradi. Xalqaro moliyaviy hisobotlar
tiz
imining rivojlanishi va integratsiyaning kelajakdagi yo‘nalishlari sun’iy intellekt va
blockchain texnologiyalari va yangi texnologiyalar va ularning moliyaviy hisobotlarni
yaxshilashdagi rolini oshiradi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
385
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
admin
(n.d.).
Malaysia.
[online]
www.iasplus.com.
Available
at:
https://www.iasplus.com/en/jurisdictions/asia/malaysia
Auwalu Musa. (2019) The Role of IFRS on Financial Reporting Quality and Global
Convergence: A Conceptual Review. //International Business and Accounting Research Journal
Volume 3, Issue 1, January, 67-76.
Ball, R. (2006). “International Financial Reporting Standards (IFRS): Pros and cons for
investors.” Accounting and B
usiness Research, 36(sup1), 5-27.
David Alexander Christopher Nobes (2010) FINANCIAL ACCOUNTING An International
Introduction Fourth edition published. IAS 1-
“
Presentation of Financial Statements
”
.
IFRS (2020) Adoption Worldwide: A Status Report. Deloitte Touche Tohmatsu Limited.
Deloitte.com.
IFRS (2024). Who Uses IFRS Accounting Standards? [online] Ifrs.org. Available at:
https://www.ifrs.org/use-around-the-world/use-of-ifrs-standards-by-jurisdiction/
Mirza, A., Holt, G., & Orrell, M. (2019). IFRS: A Quick Reference Guide. Wiley.
Nobes, C., & Parker, R. (2016). Comparative International Accounting. 13th Edition. Pearson
Education Limited.
Tianyu Zhang (2020) The Accounting System in China From the book The Handbook of
China's
Financial
System
Published
by
Princeton
University
Press
2020
https://www.degruyter.com/document/doi/10.1515/9780691205847-015/pdf
кирилган сана
17.03.2025.
