KORXONALARNING INVESTITSION SALOHIYATINI MOLIYAVIY BARQARORLIK ORQALI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston korxonalari misolida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, kapital tuzilmasi, likvidlik, risk boshqaruvi va moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyasi bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
322-326
22

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Irgashev , A. (2025). KORXONALARNING INVESTITSION SALOHIYATINI MOLIYAVIY BARQARORLIK ORQALI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(2), 322–326. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80251
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston korxonalari misolida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, kapital tuzilmasi, likvidlik, risk boshqaruvi va moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyasi bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqilgan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

322


KORXONALARNING INVESTITSION SALOHIYATINI MOLIYAVIY BARQARORLIK ORQALI

RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Irgashev Aziz Abduqayumovich

“O‘zmetkombinat”

aksiyadorlik jamiyati

ORCID: 0000-0001-4434-3102

aziz.irgashev09@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy

barqarorlikni ta’minlashning

nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari va amaliy mexanizmlari

tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston korxonalari misolida moliyaviy

barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, kapital tuzilmasi, likvidlik, risk boshqaruvi va

moliyalas

htirish manbalarining diversifikatsiyasi bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar

:

moliyaviy barqarorlik, investitsiya faoliyati, kapital tuzilmasi, likvidlik,

risklarni boshqarish, moliyaviy mexanizmlar.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ИНВЕСТИЦИОННОГО ПОТЕНЦИАЛА

ПРЕДПРИЯТИЙ ЧЕРЕЗ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ

Иргашев Азиз Абдукяюмович

Акционерное общество

«Узметкомбинат»

Аннотация

.

В данной статье рассматриваются теоретические основы, этапы

развития и практические механизмы обеспечения финансовой устойчивости в

инвестиционной деятельности предприятий. На основе международного опыта и

анализа деятельности узбекских предприятий выявлены ключевые факторы, влияющие
на финансовую устойчивость, и разработаны стратегические предложения по

оптимизации структуры капитала, обеспечению ликвидности, управлению рисками и

диверсификации источников финансирования.

Ключевые слова:

финансовая устойчивость, инвестиционная деятельность,

структура капитала, ликвидность, управление рисками, финансовые механизмы.

THEORETICAL FOUNDATIONS FOR DEVELOPING ENTERPRISE INVESTMENT POTENTIAL

THROUGH FINANCIAL STABILITY

Irgashev Aziz Abduqayumovich

“Uzmetkombinat”

Joint Stock Company

Abstract.

This article analyzes the theoretical foundations, developmental stages, and

practical mechanisms for ensuring financial stability in corporate investment activities. Based on

international experience and the case of Uzbek enterprises, key factors affecting financial

resilience are identified, and strategic recommendations are developed regarding capital

structure optimization, liquidity management, risk mitigation, and diversification of funding
sources.

Keywords:

financial stability, investment activity, capital structure, liquidity, risk

management, financial mechanisms.

UOʻK:

330.322.012

322-326


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

323

Kirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning raqobatbardoshligini saqlab qolish va uni uzoq

muddatli rivojlanish traektoriyasiga yo‘naltirishda investitsiya faoliyati muhim rol o‘ynaydi.

Kapital qo‘yilmalar orqali ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish, yangi

mahsulotlar ishlab chiqish, eksport salohiyatini oshirish va tashqi bozorlarga chiqish

imkoniyatlari kengayadi. Shu bilan birga, investitsiya qarorlarining to‘g‘ri q

abul qilinishi va

ularning samarali moliyalashtirilishi bevosita korxonaning moliyaviy barqarorlik darajasiga

bog‘liqdir. Zero, moliyaviy barqarorlik –

bu korxonaning investitsiyaviy tashabbuslarini amalga

oshirishdagi tayanch omil bo‘lib, uni ta’minlash o

rqali investitsiya faoliyatining tavakkal

darajasi kamayadi, kapitaldan foydalanish samaradorligi oshadi va moliyaviy muvozanat

mustahkamlanadi.

So‘nggi yillarda iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi, global geoiqtisodiy muhitdagi

o‘zgarishlar, inflyat

sion bosim va moliyaviy resurslar tanqisligi sharoitida korxonalarning

moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalasi yanada dolzarblashmoqda. Bu, ayniqsa, o‘sib

borayotgan investitsion ehtiyojlar, kredit manbalarining cheklanganligi va moliyaviy vositalar

bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi sharoitida sezilarli ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,

moliyaviy barqarorlikni saqlash korxonaning nafaqat ichki qaror qabul qilish tizimi, balki
tashqi moliyaviy muhit

banklar, investorlar, davlat moliyaviy institutlari bilan samarali

hamkorlikni talab etadi.

Moliyaviy barqarorlik deganda, korxonaning o‘zining moliyaviy majburiyatlarini to‘liq va

o‘z vaqtida bajarish, o‘sish va kengayish imkoniyatlarini moliyalashtirishga layoqatliligi, aktiv

va passivlarning strukturaviy muvozanatini saqlab turish qobiliyati tushuniladi. Ushbu
barqarorlikning buzilishi esa investitsiyaviy xavfning ortishiga, kredit reytingining pasayishiga,

hamkorlik resurslarining qisqarishiga va eng asosiysi

korxonaning bankrotlik xavfiga olib

kelishi mumkin. Shu sababli, zamonaviy menejmentda moliyaviy barqarorlikni strategik

boshqarish yondashuvi keng qo‘llanilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqalar

mustahkamlanib borayotgan bir vaqtda, investitsiyaviy faollikning oshirilishi bilan birga,

moliyaviy risklarni minimallashtirish, kapitallashtirish darajasini muvozanatlash va moliyaviy

turg‘unlikni kafolatlaydigan mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib

qolmoqda. Xususan, makroiqtisodiy muvozanat, moliyaviy intizom, kredit resurslaridan

samarali foydalanish va investitsion xavflarning oldini olish orqali moliyaviy barqarorlikka

erishish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishidir.


Adabiyotlar sharhi.

Korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalasi

global iqtisodiy jarayonlarda doimo dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Bunda

moliyaviy barqarorlikni saqlash - investitsion jarayonlarning uzluksizligi, kapitallashtirish
strategiyasining samaradorligi, likvidlik darajasi va risklarni boshqarish tizimlarining

mukammalligi bilan bevosita bog‘liqdir. Moliyaviy barqarorlik nazariyasi dastlab Modigliani va

Miller (1958) tomonidan ishlab chiqilgan kapital tuzilmasi modelida asoslab berilgan. Unga

ko‘ra, korxonaning kapitallashuvi tarkibi (qarz va o‘z mablag‘lari nisbati) uning qiymatiga ta’sir

ko‘rsatmaydi, biroq real iqtisodiy sharoitlarda soliq imtiyozlari, bankrotlik xavfi va agentlik

xarajatlari ushbu neytrallik farazin

i inkor etadi. Keyinchalik Myers va Majluf (1984) o‘zlarining

“Pecking Order Theory” modelida kompaniyalar moliyalashtirishda avval ichki resurslardan,

so‘ngra qarzdan va nihoyat aksiya emissiyasidan foydalanishini asoslashdi.

Moliyaviy barqarorlikni baholashning amaliy vositalari ichida Altman (1968) tomonidan

ishlab chiqilgan Z-

score modeli keng qo‘llaniladi. Ushbu model moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida

korxonaning moliyaviy holatini bashorat qilishga imkon beradi va investitsiya xavfini

baholashda universal mezon sifatida tan olingan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

324

Moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha World Bank (2021) hisobotida esa

makroiqtisodiy barqarorlik, moliyaviy vositalarning xilma-xilligi, kredit infratuzilmasining

rivojlanganligi va tahliliy tizimlarning mavjudligi

asosiy omillar sifatida ta’kidlanadi.

Shuningdek, IMF (2020) hisobotida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda stress

-testlar, pul

oqimi prognozlari va foiz stavkalari xavfini baholovchi indikatorlarning ahamiyati ko‘rsatib
o‘tilgan.

Korxona darajasida olib borilgan tadqiqotlarda moliyaviy strategiya, naqd pul oqimlarini

rejalashtirish, qarz tuzilmasining diversifikatsiyasi va foyda marjalarining barqarorligi

moliyaviy barqarorlikni belgilovchi asosiy omillar sifatida tasdiqlanadi (Ross, Westerfield, &
other, 2008)

. Xususan, ilg‘or xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, yirik korxonalar investitsiya

faoliyatida moliyaviy monitoring tizimlarini joriy etgan, kichik va o‘rta biznes esa davlat

kafolatlari va lizing mexanizmlaridan keng foydalanmoqda.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning investitsiya faoliyati samaradorligi ularning

moliyaviy barqarorligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu barqarorlikni ta’minlashda qarz va o‘z

kapitali nisbatining optimal darajada saqlanishi, likvidlikni boshqarish, rentabellik

ko‘rsatkichlarining barqarorligi va moliyaviy xavflarni minimallashtirish muhim ahamiyat kasb

etadi.

1-jadval

Korxonalar investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlik mexanizmlarining

rivojlanish bosqichlari

Bosqich

Yillar

Asosiy xarakteristika

Moliyaviy barqarorlikka ta’siri

I

bosqich

1991

1996-yillar

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish boshlanib,

korxonalarga investitsion faoliyat

yuritish bo‘yicha huquqiy asoslar

shakllandi. Kapital xususiylashtirildi.

Moliyaviy barqarorlik

mexanizmlari sust; o‘zini

-

o‘zi

moliyalashtirish ustun; risklar

yuqori.

II

bosqich

1997

2005-yillar

Nomarkazlashtirilgan investitsiya

faoliyatiga o‘tilib, korxonalar

moliyaviy mustaqillik asosida

investitsiya qarorlarini qabul qilishni

boshladi.

Tashqi moliyalashtirish

manbalari paydo bo‘ldi; tijorat

banklari faol ishtirok eta

boshladi.

III

bosqich

2006

2010-yillar

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar

investitsiyalarning erkinlashtirilishi;

erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.

Davlat va xususiy kapitalning

integratsiyasi kuchaydi;

moliyaviy monitoring

mexanizmlari joriy etildi.

IV

bosqich

2011

2016-yillar

Innovatsion rivojlanish siyosati

doirasida ilmiy-texnik baza va

texnologik modernizatsiyaga

yo‘nalti

rilgan investitsiyalar kuchaydi.

Kapital strukturasini

diversifikatsiyalash boshlandi;

uzoq muddatli barqarorlik

tamoyillari shakllana boshladi.

V

bosqich

2017

hozirgi

vaqtgacha

Investitsiya muhiti erkinlashdi; xorijiy

investitsiyalar faollashdi; qayta ishlab

chiqarish va eksport yo‘naltirilgan

ishlab chiqarish kengaydi.

Innovatsion-moliyaviy boshqaruv

vositalari joriy etilmoqda;

risklarni boshqarish va

kapitallashtirish tizimi

kuchaymoqda.

Manba:

muallif tomonidan tayyorlandi.

1-jadval tahlili

shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda korxonalarning investitsiya faoliyatida

moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari bosqichma

-bosqich va evolyutsion tarzda

rivojlanib kelmoqda. Dastlabki bosqichlarda moliyaviy barqarorlik asosan o‘zini

-

o‘zi

moliyalas

htirishga asoslangan bo‘lsa, keyingi yillarda moliyalashtirish manbalarining


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

325

diversifikatsiyasi, bank tizimi faoliyati va davlat-xususiy sheriklik asosida barqarorlikka
erishish mexanizmlari shakllangan. Ayniqsa, 2017-

yildan so‘ng investitsiya muhiti

erkinlashgani, innovatsion-moliyaviy boshqaruv vositalari joriy etilgani moliyaviy

barqarorlikni mustahkamlashda muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Bu esa zamonaviy korxonalar

uchun integratsiyalashgan moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi.

2-jadval

Korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni

ta’minlash mexanizmlari

Mexanizm nomi

Mazmuni va vazifasi

Amaliy ahamiyati

1. Kapital tuzilmasini

optimallashtirish

Qarz va o‘z mablag‘lari nisbatini

muvozanatlashtirish orqali moliyaviy

mustaqillikni oshirish.

Qarzdorlik xavfini kamaytiradi,

investorlar ishonchini

mustahkamlaydi.

2. Naqd pul oqimlarini

boshqarish

Investitsion loyihalar doirasida kirim-

chiqimlar balansini rejalashtirish,

kassalik uzilishlarni oldini olish.

Likvidlikni ta’minlaydi, qisqa

muddatli to‘lov majburiyatlarini

o‘z vaqtida bajarishga yordam

beradi.

3. Moliyaviy risklarni

boshqarish tizimi

Valyuta, foiz stavkalari va bozor

risklarini identifikatsiya qilish,

sug‘urtalash va hedj qilish

vositalaridan foydalanish.

Kutilmagan moliyaviy

yo‘qotishlarning oldini olish

imkonini beradi.

4. Rentabellik

monitoringi

Investitsiya kiritmalari

samaradorligini doimiy baholab borish

(NPV, IRR, ROE, ROA koeffitsientlari

orqali).

Investitsiya qarorlarining

asoslanganligini oshiradi va

foydador loyihalarga ustuvorlik

beradi.

5. Moliyalashtirish

manbalarini

diversifikatsiya qilish

Bank kreditlari, davlat kafolatlari, fond

bozori vositalari, leasing va grantlar

kabi alternativ manbalardan kompleks

foydalanish.

Moliyaviy mustaqillik va

barqarorlikni kuchaytiradi,

moliyaviy manbalarga

qaramlikni kamaytiradi.

6. Moliyaviy tahlil va

hisobot standartlari

IFRS, M

С

FO, audit va buxgalteriya

standartlariga mos ravishda hisobotlar

tayyorlash va tahlil qilish.

Investorlar va kreditorlar uchun

shaffoflikni oshiradi, ishonchli

qaror qabul qilishga asos

yaratadi.

7. Strategik

budjetlashtirish va

investitsiya

rejalashtirish

Uzluksiz investitsiya ehtiyojlarini

aniqlash, ustuvor loyihalarni moliyaviy

jihatdan rejalashtirish.

Resurslarni samarali taqsimlash

va moliyaviy intizomni

mustahkamlashga xizmat qiladi.

8. Raqamli moliyaviy

boshqaruv

texnologiyalari

ERP, CRM, BI tizimlari orqali moliyaviy

oqimlar, balans, rentabellik va risklar

monitoringi.

Tezkor qaror qabul qilish

imkonini beradi, real vaqtli

moliyaviy nazoratni ta’minlaydi.

Manba:

muallif tomonidan tayyorlandi.

Korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash ko‘p qirrali va

o‘zaro bog‘liq mexanizmlarni talab etadi

. Kapital tuzilmasini muvozanatlash, likvidlikni

boshqarish, risklarni aniqlash va moliyaviy tahlil vositalaridan samarali foydalanish orqali

korxonalarda investitsiyalarning uzluksizligi va samaradorligi ta'minlanadi. Bu

mexanizmlarning kompleks qo‘llanil

ishi nafaqat moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaydi,

balki investitsion jozibadorlikni oshiradi.

Xulosa va takliflar.

Korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun

quyidagi kompleks va strategik takliflarni ilgari surish mumkin: birinchidan, moliyalashtirish
manbalarini diversifikatsiya qilish zarur, bu esa bank kreditlaridan tashqari fond bozori


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

326

vositalari, davlat kafolatlari, leasing, grant va obligatsiyalardan foydalanishni kengaytirishni
taqozo etadi. Ikkinchidan, moliyaviy xavflarni baholovchi va boshqaruvchi tizimlar

xususan,

stress-

testlar, real vaqtli pul oqimlari monitoringi, valyuta va foiz risklari bo‘yicha hedj

strategiyalarini joriy etish tavsiya etiladi. Uchinchidan, korxonalarda moliyaviy ko‘rsatkichlarni

muntazam monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim; bunda rentabellik, likvidlik va
qarzdorlik indikatorlari asosida investitsion holat baholanadi. To‘rtinchidan, korxonalarning

ichki moliyaviy boshqaruv salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari

ERP, CRM va moliyaviy tahlil modellarini joriy etish dolzarbdir. Beshinchidan, davlat

darajasida moliyaviy barqarorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan fiskal va institutsional

mexanizmlar

soliq imtiyozlari, kredit subsidiyalari va kafolat fondlari orqali moliyaviy

xavflarni yengillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilishi lozim.

Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, korxonalarning investitsiya

faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash –

bu faqat buxgalteriya balansining muvozanatli

bo‘lishi emas, balki kompleks va strategik yondashuvlarni talab etadigan ko‘p komponentli

tizimdir. Bunda kapital tuzilmasining maqbulligi, likvidlikni saqlash, xavflarni boshqarish,

moliyaviy monitoring va rejalashtirish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy barqarorlik korxonalar uchun nafaqat investitsion
salohiyatni ro‘yobga chiqarish vositasi, balki ularning uzoq muddatli raqobatbardoshligi,

moliyaviy mustaqilligi va iqtisodiy

otdagi faol ishtirokini ta’minlovchi asosiy strategik omildir.

Shu bois, investitsiya siyosatini ishlab chiqishda moliyaviy barqarorlikni asosiy

ustuvorliklardan biri sifatida belgilash zarur.

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Altman, E. I. (1968). Financial Ratios, Discriminant Analysis and the Prediction of Corporate

Bankruptcy. The Journal of Finance, 23(4), 589

609.

International Monetary Fund. (2020). Financial Soundness Indicators Compilation Guide.

Washington, DC: IMF.

Modigliani, F., & Miller, M. H. (1958). The Cost of Capital, Corporation Finance and the

Theory of Investment. The American Economic Review, 48(3), 261

297.

Myers, S. C., & Majluf, N. S. (1984). Corporate financing and investment decisions when firms

have information that investors do not have. Journal of Financial Economics, 13(2), 187

221.

Ross, S. A., Westerfield, R. W., & Jordan, B. D. (2008). Fundamentals of Corporate Finance.

McGraw-Hill Education.

World Bank. (2021). Global Financial Development Report: Financial Inclusion. Washington,

DC.

Bibliografik manbalar

Altman, E. I. (1968). Financial Ratios, Discriminant Analysis and the Prediction of Corporate Bankruptcy. The Journal of Finance, 23(4), 589–609.

International Monetary Fund. (2020). Financial Soundness Indicators Compilation Guide. Washington, DC: IMF.

Modigliani, F., & Miller, M. H. (1958). The Cost of Capital, Corporation Finance and the Theory of Investment. The American Economic Review, 48(3), 261–297.

Myers, S. C., & Majluf, N. S. (1984). Corporate financing and investment decisions when firms have information that investors do not have. Journal of Financial Economics, 13(2), 187–221.

Ross, S. A., Westerfield, R. W., & Jordan, B. D. (2008). Fundamentals of Corporate Finance. McGraw-Hill Education.

World Bank. (2021). Global Financial Development Report: Financial Inclusion. Washington, DC.